Научная статья на тему 'XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA VA TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY HOKIMLIKLARNI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH'

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA VA TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY HOKIMLIKLARNI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
2920
323
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Investitsiya / mahalliy xokimlik / xorijiy investitsiya / to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya / portfel investitsiya / investor / kapital eksporti / ustav kapital / dividend / tadbirkorlik foydasi / eksport / import. / Investment / local government / foreign investment / direct foreign investment / portfolio investment / investor / capital exports / charter capital / dividend / entrepreneurship benefits / export / import.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — X. A. Umrzaqov

Xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni mahalliy xokimyatlar iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni yoritilgan bo’lib, Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE EFFICIENCY OF LOCAL GOVERNMENT ACTIVITIES IN ATTRACTING FOREIGN INVESTMENT AND DEVELOPING FOREIGN TRADE

The importance of foreign investment and the role of local governments in economic development is highlighted, and the article discusses the challenges of attracting foreign investment into the national economy and what measures should be taken to prevent them.

Текст научной работы на тему «XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA VA TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY HOKIMLIKLARNI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHDA VA TASHQI SAVDONI RIVOJLANTIRISHDA MAHALLIY HOKIMLIKLARNI FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH

X. A. Umrzaqov

Quvasoy shahar hokimyati Investitsiya va tashqi savdo bo'limi boshlig'i o'rinbosari

Xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularni mahalliy xokimyatlar iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rni yoritilgan bo'lib, Shuningdek, maqolada milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mavjud muammolar va ularni oldini olishni faollashtirishda qanday chora-tadbirlardan foydalanish kerakligi keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Investitsiya, mahalliy xokimlik, xorijiy investitsiya, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya, portfel investitsiya, investor, kapital eksporti, ustav kapital, dividend, tadbirkorlik foydasi, eksport, import.

INCREASING THE EFFICIENCY OF LOCAL GOVERNMENT ACTIVITIES IN ATTRACTING FOREIGN INVESTMENT AND DEVELOPING FOREIGN

TRADE

The importance of foreign investment and the role of local governments in economic development is highlighted, and the article discusses the challenges of attracting foreign investment into the national economy and what measures should be taken to prevent them.

Keywords: Investment, local government, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment, investor, capital exports, charter capital, dividend, entrepreneurship benefits, export, import.

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o'ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o'rin tutishini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan ivestitsion faoliyatning yo'lga qo'yilishini hukumatimizning

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta'kidlash lozim. O'zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan dasturlar doirasida Investitsyalarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o'rinlarini yaratish ishlari ustuvor yo'nalishlari belgilab qo'yilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda "Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo'nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish bilangina ro'yobga chiqadi"[1]. Albatta, kuchli investitsiya siyosatini o'tkazish orqaligina biz o'z iqtisodiyotimizni yanada gullab- yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o'rni katta hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.[2] Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu - investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat. Shuning uchun ham, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulotni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiya, eksportbop tovarlarni o'zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Chet el investitsiyalar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida "Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob'ektlariga qo'shadigan barcha turdagi moddiy

[2].

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O'zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi".[3][1].

Xorijiy investitsiyalarning umumiy ta'rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug'atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: "Xorijiy investitsiyalar - bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar"[4] [1].

Bundan tashqari, professor D.G'ozibekovning xorijiy investitsiyalar to'g'risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: "Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub'ekti kapitalini o'zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog'lash bo'lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi".[5] Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko'chuvchi kapital bo'lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.

Shuningdek, iqtisod fanlari doktori N.Qo'ziyevaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to'g'risida: "Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko'rinishdagi boyliklar (ko'char, ko'chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta'minot va boshqa mukofotlar)ni qo'yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi" [6] degan ta'rif keltirilgan. Olimaning fikricha, xorijiy investitsiyalarni turli belgilariga asoslangan holda tasniflash ularning iqtisodiy mohiyatini yanada oydinlashtiradi.

Sh.Q. Fozilchayev va N.G'. Xidirovlarning "Investitsiya va lizing asoslari" kitobida xorijiy investitsiyaga quyidagicha ta'rif keltirilgan: "Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir"[7]

TAHLIL VA NATIJALAR

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo'lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo'naltirish va pirovardida aholining me'yordagi turmush darajasini ta'minlash imkonini yaratadi;

uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi;

to'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;

beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko'maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko'payadi.

Xorijiy investitsiyalarning milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish o'tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog'liq. Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o'tgan yillarda investitsiyalarning o'sishi jadallashdi.

Respublikamizda YalMning o'sishi yuqori darajadadir. 2017 yilda YalM 48.7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, bu 2016 yilga nisbatan 5.3 foizga o'sgan. Bunday natijaga erishishda, investitsiyalar oqimining ko'payishi muhim rol o'ynaydi. E'tibor qaratadigan bo'lsak, 2017 yilda mamlakatimizga 11.9 milliard AQSh dollarida investitsiya jalb etilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2016 yilga nisbatan deyarli 9.7 foizga o'sgan, 2020 yilda O'zbekiston yalpi ichki mahsuloti o'sishining 1,7 foizgacha sekinlashuvidan so'ng 2021 yilning birinchi yarmida YalM 6,2 foizgacha o'sdi. Sanoat va xizmat sohasining ishonchli o'sishi qishloq xo'jaligining sust o'sishini qopladi. Uy xo'jaliklari daromadi va ichki investitsiyalarning o'sishi, budjet mablag'larining inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish uchun sarflanishi, shuningdek, soliq imtiyozlari 2021 yilda iqtisodiyotning mustahkam o'sishiga yordam berdi.Bu natijalar albatta mahalliy xokimyatlar xissasi kata kisoblanadi.

Hozirgi kunda O 'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur 'atlarda o 'sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:

1) mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;

2) valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o'zgarishlar;

3) mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yo'nalishlari belgilanganligi;

4) soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;

5) jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi.

Xorijiy investitsiya va kreditlarnining katta hajmda o'zlashtirilishini O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar hisobidan amalga oshirilgan Qarshi-Termiz, Pop-Qo'qon-Andijon temir yo'l liniyalarini elektrlashtirish, 450 MVt quvvatga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ega ikkita bug'-gaz qurilmasidan iborat umumiy quvvati 900 MVt bo'lgan yangi issiqlik elektrostansiyasi qurilishi, polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksining qurilishi, A-373 "Toshkent-O'sh" magistralining "Qamchiq" dovoni orqali o'tadigan 116-190 kmda joylashgan tog'lik hududlarida 58 km uzunlikdagi avtomobil yo'lini rekonstruksiya qilish, yerustu raqamli uzatish tarmog'ini rivojlantirish kabi yirik investitsiya loyihalari bilan bog'lash mumkin.

Shuningdek, to'g'ridan-to'g'ri va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o'zlashtirilgan investitsiyalar hisobidan amalga oshirilgan yirik investitsiya

loyihalariga quyidagilarni keltirish mumkin: Kandim konlar guruhini ishlab chiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash kompleksi qurilishi (1-bosqich), Hisor va Ustyurt investitsiya bloki hududida uglevodorod konlarida qazib chiqarishni yo'lga qo'yish, Qarshi tumanida tekstil kompleksini tashkil etish (2-bosqich), uyali aloqa tizimini kengaytirish, milliy uyali aloqa operatori tarmog'ini shakllantirish va boshqa investitsiya loyihalari.

Iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha jalb etilishiga e'tibor beradigan bo'lsak, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiyotga yo'naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida tog'-kon sanoat ulushi yetakchi o'rinni saqlab turibdi va shu bilan birgalikda pasayish tendensiyasiga ega. 2016 yil tog'-kon sanoatining ulushi jami xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha 31,1 foizini tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2017 yilda 56,8 foizini tashkil etdi. Ammo ishlab chiqarish sanoati esa kapayish tendensiyasiga ega bo'lib, 2016 yilda 27,4 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2017 yilda 14,8 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa'y-harakatlariga qaramasdan qishloq xo'jaligiga yo'naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi tarmoq ehtiyojiga nisbatan past darajada saqlanib turibdi.

2017 yilda asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlarni xorijiy investorlar bo'yicha tarkibi Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Bu mamlakat investitsiyalari ishtirokida tabiiy gaz qazib chiqarishda - 9016,3 mlrd. so'm, axborot va aloqa - 467,4 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishda

- 10,5 mlrd. so'm, metallurgiya sanoatida - 10,4 mlrd. so'm va boshqa ko'plab faoliyat turlari bo'yicha investitsiyalar o'zlashtirildi.

Xitoy Xalq Respublikasi investitsiyalari ishtirokida rezina va plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarishda - 458,8 mlrd. so'm, tabiiy gaz chiqarish - 451,5 mlrd.so'm, aloqa - 544,0 mlrd. so'm, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish - 149,7 mlrd. so'm va boshqa o'nlab faoliyat turlari bo'yicha o'zlashtirildi.

Yaponiya davlati investitsiyalari hisobidan o'zlashtirilgan investitsiyalar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

loyihalari quyidagilardan iborat: quruqlikdagi va quvur transportida - 445,3 mlrd. so'm, elektr, gaz, va bug' bilan ta'minlash, havoni konditsiyalashda - 387,9 mlrd. so'm,

kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishda - 209,5 mlrd. so'm hamda aloqa faoliyat

turida

- 90,0 mlrd. so'm.

Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha olingan natijalarga qaraganda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o'sishga hissa qo'shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan O'zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo'lishi muhimdir. Markaziy Osiyoning ko'pgina mamlakatlari qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni o'zlashtirishdi, O'zbekiston esa tog'-kon, qishloq xo'jaligi, energetika, xizmat ko'rsatish, to'qimachilik va sayyohlik sohalarida ko'plab to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni o'zlashtirdi. Shunga qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko'pligi sababli mamlakatlar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta'minlash muhimdir, biroq O'zbekistonga nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko'proq xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yetarli emas edi, biroq O'zbekiston hukumati mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo'lladi.[11]

1-jadval

Markaziy Osiyo va O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar

oqimi[12]

Markaziy Osiyo mamlakatlari O'zbekiston

O'sish To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning o'sishi iqtisodiy o'sish va samaradorlikni oshirishga olib keldi. To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar moliyaviy rivojlanishga va kam ta'minlanganlik darajasini pasayishiga olib keldi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Sektor

Ko'proq energiya, qishloq xo'jaligi va ishlab chiqarish sanoati sohasida xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.

Ko'proq tog'-kon sanoati, qishloq xo'jaligi, energetika, xizmat ko'rsatish, to'qimachilik va sayyohlik sohasidagi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy

investitsiyalar jalb qilindi.

Tabiiy resurslar

Mintaqadagi davlatlar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi, chunki ular tabiiy zahiralarga boy.

Mamlakatning boy tabiiy resurslari tufayli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Ta'lim va infrastruktura

Ularni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda asosiy omillar hisoblanmaydi.

O'zbekiston hukumati infratuzilmani va ijtimoiy xizmatlarni yaxshilashga erishdi.

Huquqiy asos

Yuqori to'g'ridan-to'g'ri xorijiy yo'nalishlarda qonun ustuvorligi rivojlandi.

o'p huquqiy islohotlar amalga oshirilmadi.

uhitni himoya qilish

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mintaqada CO2 emissiyasini oshirdi.

uvaffaqiyatli atrof-muhit strategiyasi qo'llanildi.

2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish holati, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o'zlashtirish natijalari tahliliga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.[13]

Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga to'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-yilning besh oyida 776 ta yangi qo'shma va xorijiy korxona ro'yxatdan o'tkazildi. Bu o'tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko'pdir.

Yig'ilishda Prezidentimiz investitsiyalarni, eng avvalo, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o'zlashtirishni ta'minlash - barcha darajadagi rahbarlarning eng muhim vazifasi ekanini alohida ta'kidladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar natijasida qiymati 17 milliard dollar bo'lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish to'g'risida birlamchi kelishuvga erishilgan. Ushbu investitsiyalarni o'zlashtirish biznes-reja va texnik- iqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog'liq. Shu bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli loyihalarga yo'naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Keng imkoniyatlari bo'lishiga qaramay, Buxoro viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg'onada 11, Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog'iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda xorijiy investitsiya ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.

Shuning uchun bu ishlarni keskin faollashtirish lozim. Investitsiya qo 'mitasining viloyat, shahar va tuman bo'limlari xorijiy investitsiyalarni olib kelishi va xorijiy investorlarga barcha masalalar bo'yicha amaliy ko'mak berishi kerak. Shuningdek, tuman va shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining har biri o 'z hududiga to 'g'ridan-to 'g'ri xorijiy investitsiya jalb etishga hissa qo 'shishi zarur, deb Prezidentimiz ta'kidlab o'tdilar.[14]

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o'sishiga ta'sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko'paytirish;

ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya'ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;

uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;

to'rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub'ektlar bilan o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

zonalarni tashkil etish;

beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo'lgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;

oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;

yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlovchi jamg'armalar tashkil etish.

Yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to'liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. [2]

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlari. - T.: O'zbekiston, 1993 yil, 16-17 betlar.

2. G'ofurova U.F. Toshkent moliya instituti 2018 yil "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy electron jurnali.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni. // "Xalq so'zi", 8 fevral 2017 yil.

4. "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30 aprel. 3-modda.

5. Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, 2015, p.82.

6. G'ozibekov D. G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. - T.: "Moliya", 2003, 45 bet.

7. Qo'ziyeva N.R. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag'batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo'nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: BMA, 2008, 11 bet.

8. FozilchayevSh.Q., XidirovN.G'. Investitsiya va lizing asoslari. O'quv qo'llanma. -T.: Moliya, 2017 yil, 22 bet.

9. www.stat.uz(O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi rasmiy veb sayti).

10. O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi ma'lumotlari asosida tayyorlangan: www. mineconomy.uz

11. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo'mitasi veb sayti: https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/2030-asosiy-kapitalga- investitsiyalar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

12. Saidmamatov O., Salaev S., Eschanov B., Shimin L (2014). Renewable energy potential of developing countries: The drivers towards a green economy (a case study from Uzbekistan), International Journal of Green Economics, 8 (2): 134 - 143.

13. Polyxeni Kechagia and Theodore Metaxas. FDI in Central Asia: Uzbekistan. Munchin Personal RePEc Archive. University of Thessaly, Department of Economics, Greece, 2016. https: //mpra. ub. uni-

muenchen. de/71326/1/MPRA_paper_71326.pdf

14. O'zbekiston Milliy axborot agentligi: http://uza.uz/uz/politics/xorijiy-investitsiyalarni-j alb-etish-va-investitsiya-loyihal-21-06-2018

15. YANGILIKLAR XABARNOMASI №121. TIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi. 2018 yil 22 iyun.

16. https://kun.uz/uz/news/2021/10/06/2021-yilda-ozbekiston-yaimning-osishi-62-foizga-yetishi-kutilmoqda-jahon-banki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.