Научная статья на тему 'INVESTITSIYA FAOLIYATINI RAG’BATLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI'

INVESTITSIYA FAOLIYATINI RAG’BATLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1251
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsiya faoliyati / investitsion muhit / investitsiya siyosati / davlat budjeti / investitsiyalarni moliyalashtirish. / investment / investment activity / investment climate / investment policy / state budget / financing of investments.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rahmonova, Sitorabonu Bahodir Qizi

Maqolada investitsiya faoliyatining mazmuni, uni moliyalashtirish zarurligi, jarayoni va funksiyalari, investitsiya faoliyatini rag’batlantirish tizimi, manbalari va unga ta’sir etuvchi omillar, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solishning ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ular resurlari tarkibiy tuzilishi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE STATE IN INCENTIVING INVESTMENT ACTIVITY

The article examines the content of investment activities, the need for its financing, process and functions, the system of stimulating investment activities, the sources and factors affecting it, the impact of government regulation on the financing of investment activities. Also, the sources of financing of investment activities and the structural structure of the resources in them are analyzed.

Текст научной работы на тему «INVESTITSIYA FAOLIYATINI RAG’BATLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

INVESTITSIYA FAOLIYATINI RAG'BATLANTIRISHDA DAVLATNING

ROLI

Rahmonova Sitorabonu Bahodir qizi

Toshkent moliya instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada investitsiya faoliyatining mazmuni, uni moliyalashtirish zarurligi, jarayoni va funksiyalari, investitsiya faoliyatini rag'batlantirish tizimi, manbalari va unga ta'sir etuvchi omillar, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni davlat tomonidan tartibga solishning ta 'siri o'rganilgan. Shuningdek, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari va ular resurlari tarkibiy tuzilishi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsiya faoliyati, investitsion muhit, investitsiya siyosati, davlat budjeti, investitsiyalarni moliyalashtirish.

АННОТАЦИЯ

В статье изучается содержание инвестиционной деятельности, необходимость ее финансирования, процессы и задачи, система стимулирования инвестиционной деятельности, источники и факторы, влияющие на нее, влияние государственного регулирования финансирования инвестиционной деятельности. Также были проанализированы источники финансирования инвестиционной деятельности и структура их ресурсов.

Ключевые слова: инвестиции, инвестиционная деятельность, инвестиционный климат, инвестиционная политика, государственный бюджет, финансирование инвестиций.

ABSTRACT

The article examines the content of investment activities, the need for its financing, process and functions, the system of stimulating investment activities, the sources and factors affecting it, the impact of government regulation on the financing of investment activities. Also, the sources of financing of investment activities and the structural structure of the resources in them are analyzed.

Keywords: investment, investment activity, investment climate, investment policy, state budget, financing of investments.

KIRISH

Zamonaviy sharoitlardagi jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar zaif investitsion faollikning namoyon etishi bilan bir qatorda xalqaro investitsiyalar taqsimlanishida nomutanosibliklar kuzatilmoqda. Xususan, "2018 yildagi global to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 13 foizga qisqarib, nominal mazmunda bu ko'rsatkich

84

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1,3 trln. dollarni tashkil qilgan. Yangi loyihalarga e'lon qilingan investitsiyalar kelgusi taraqqiyotning omili sifatida yil mobaynida 14 foizga qisqargan. 2004 yildan buyon rivojlangan mamlakatlarga xorijiy investitsiyalar oqimi 27 foizni tashkil qilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiyalar hajmida esa o'zgarish tendensiyasiga ega bo'lmay, 2 foiz yillik o'sish kuzatilgan"[1]. BMT (YUNKTAD)ning berayotgan ma'lumotlariga ko'ra, "2019 yilda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 1,54 trln. dollarga qisqarib, bunda sezilarli o'zgarish jahon iqtisodiyotida 2005 yildan buyon kuzatilmagan.

O'zbekistonda yuritilayotgan faol investitsiya siyosati mamlakat milliy iqtisodiyotining istiqboldagi raqobatbardoshligini oshirishning muhim moliyaviy omili sifatida xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturida: 850,5 trln. so'm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilishini nazarda tutuvchi kapital qo'yilmalarni o'zlashtirishning yig'ma prognoz parametrlari, shuningdek, investitsiya va kreditlarni o'zlashtirish hamda jalb etishning prognoz parametrlarida 206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish o'rinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish ob'ektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi ko'rsatilgan [2]. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday keng ko'lamli islohotlar va faol investitsiya siyosati samaradorligini yanada oshirish, avvalo, investitsiya faoliyatini makro va mikroko'lamda mukammal tizimli moliyalashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa, o'z navbatida, investitsiya faoliyatini rag'batlantirishda davlatning ro'lini takomillashtirish tadqiqot ishining dolzarbligini belgiladi.

ADABIYOTLAR SHARHI

Investitsiya faoliyatini amalga oshirish, investitsiya jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda investitsiya resurslari hosil qilinishi natijasiga tayanadi va yuz beradi. O'z navbatida, u investitsiyalashdan ko'zlangan maqsadga bevosita bog'lanadi. Zero, ko'zlangan maqsadga erishish ishtiyoqi investorni kapital to'plab, so'ng uni shu maqsad yo'lida safarbar etishga undaydi. Zotan, maqsad muayyan natijaga qaratilar ekan, natija ham o'z navbatida, muayyan maqsadlarni keltirib chiqaradi va tegishlicha, investitsiya jarayonini aks ettiruvchi ketma-ketlikni hosil qiladi. Investitsiyalarning bu tarzda harakatlanishi investitsiya faoliyati orqali yuz beradi. Shunday ekan, investitsiya faoliyatining mohiyatini bilish juda muhimdir.

Turli iqtisodiy adabiyotlarda "investitsiya faoliyati" tushunchasi mazmun-mohiyatiga turlicha ta'riflar berilgan. Ularni chuqur va keng tadqiq etgan holda,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muallifning fikricha, investitsiya faoliyati mazmuniga berilgan quyidagi ta'riflarga alohida to'xtalib o'tish lozim.

Iqtisodchi olim A.S.Neshitoyning fikricha, "Investitsion faoliyat daromad olish va foydali samaraga erishish maqsadida mablag'larni joylashtirish (investitsiyalash) va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir"[3].

AQSHning taniqli iqtisodchi olimlari Frank Reilly va Keith Brownning fikricha, "investitsiya kelajakda to'lovlarni olish uchun ma'lum bir davrda qilingan sarmoyadir" Shuningdek, "investor" - shaxs, hukumat, pensiya jamg'armasi yoki korporatsiya bo'lishi mumkin. Ular qanday bo'lmasin, bugungi kunda ma'lum miqdorda mablag' yo'naltiradi va kelajakda hozirgi miqdoridan yuqori bo'ladigan to'lovlarga ega bo'lishga qaratilgan faoliyat yig'indisidir[4]. Muallifning fikricha bu ta'rif o'rinli, lekin investitsiyalarni kiritishda tashqi omillarga ham e'tibor qaratish lozim.

Bunga o'xshash ta'riflarni yana quyidagi olimlarning fikrlarida ham kuzatish mumkin. Jumladan, rossiyalik iqtisodchi olim V.Bocharevning fikricha: "Investitsiya faoliyati - davlat, fuqarolar va huquqiy shaxslarning investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlari yig'indisi"ni [5] anglatadi. Mualliflar A.Arzimiyana va boshqalar: "Investitsiya faoliyati investitsiya kiritish yoki investitsiyalash hamda investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlar yig'indisi"[6], deb ta'riflaydilar.

L.L.Igonina esa investitsiya faoliyati mazmuniga ham keng, ham tor mazmunda ta'rif berish mumkinligini ta'kidlab o'tadi [7]. Ushbu atamaga keng ta'rif berilsa, "investitsiya faoliyati - mablag'larni investitsiyalash ob'ektlariga daromad (samara) olish maqsadida kiritish bilan bog'liq faoliyat" sifatida tushuniladi. L.L.Igonina investitsiya faoliyati mazmuniga bergan ta'rifini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ushbu atamaga bergan ta'rifga o'xshash mazmunga egaligini qayd etadi, ya'ni ushbu mamlakat qonunchiligiga ko'ra: "Investitsiya faoliyati - foyda olish va (yoki) boshqa foydali samaraga erishish maqsadida investitsiyalarni kiritish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir"[8].

O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunida: "Investitsiya faoliyati - investitsiya faoliyati sub'ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog'liq harakatlari majmui"[9] sifatida ifodalanadi.

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan D.G'.G'ozibekov "investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag'lar olish, ularni asosli holda safarbar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etish, risklar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko'zlangan samarani olishdan iborat bo'ladi [10]", - deb ta'rif bergan.

Investitsiya faoliyati investitsiya faoliyati ob'ektlariga investitsiya faoliyati sub'ektlari tomonidan yo'naltiriladigan investitsiya resurslari bilan bog'liq holda yuzaga keluvchi munosabatlarni o'zida mujassamlashtirar ekan, bu faoliyat investorlarning aniq maqsadlariga asoslangan holda yuzaga keladi va rivojlanib boradi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada abstrakt-mantiqiy fikrlash, umumlashtirish, guruhlash, induksiya va deduksiya, qiyosiy tahlil va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI

Investitsiya faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish, birinchidan, cheklangan resurslardan samarali foydalangan holda investitsiyalar dinamikasini ta'minlash, ikkinchidan, pul mablag'lari tarkibi va soliq imtiyozlaridan unumli foydalanish hisobiga risk va xarajatlarni kamaytirishga asoslanishi lozim. Bu tamoyilning samarali ishlashini ta'minlash davlat tomonidan investitsiya faoliyatini amalga oshirish va rivojlantirish uchun qulay tizim tashkil etishni talab etadi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasida [11] belgilangan vazifalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar asosiy kapitalga kiritilayotgan investitsiyalar o'sishi va iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash uchun xizmat qilmoqda (1-rasm).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1-rasm. Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning YAIM dagi ulushi, foizda [12]

Mamlakatimizda 2000-2020 yillarda asosiy kapitalga yo'naltirilgan investitsiyalar tahlili uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2020 yilda 2000 yilga nisbatan 11,9 foizga o'sganligini ko'rsatmoqda. Pandemiya iqtisodiyot boshqa sektorlari qatori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiya darajasiga ham salbiy ta'sir etishi natijasida 2020 yilda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning YAIMdagi ulushi 2019 yilga nisbatan 3, 5 foizga kamaygan.

Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda hududlarning rivojlanish darajasi muhim ahamiyatga egadir. Hududlar mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish va o'z zimmalaridagi vazifalarini bajarishi bilan birga markaziy davlat budjetiga ham daromad kirituvchi manba hisoblanadi. Agar hududlarning rivojlanish darajasi past bo'lsa, aksincha ular markaziy davlat budjeti uchun yuk bo'lib qoladi. Shu sababli ham mamlakat miqyosida investitsiyalash manbalari va hajmlarini muayyan hudud va tarmoqlar bo'yicha muvofiqlashtirishda, birinchidan, ularning investitsiya jozibadorligi darajasi, ikkinchidan esa, muayyan hudud yoki tarmoqning iqtisodiyotdagi strategik o'rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zarur ushbu ustuvor vazifani hal etishda davlatning bevosita aralashuvi ob'ektiv zaruriyatdir.

Investitsiya resurslarining o'sib borishi hududlarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshishi hamda aholi bandligi masalasini ijobiy yechimiga o'z ijobiy ta'sirini o'tkazadi. Bu masala ayniqsa o'tish davri iqtisodiyoti maqomidagi O'zbekiston Respublikasi uchun strategik ahamiyat kasb etuvchi dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Chunki, tadqiqotlarimiz natijalari shundan dalolat bermoqdaki, 2020 yilda investitsiyalarning o'zlashtirilishi hududlar salohiyatiga mos ravishda taqsimlanmaganligi ko'rsatmoqda. Tahillar hududlar kesimida jalb etilgan investitsiyalar ulushining goh pasayib, goh ko'tarilib turishi asosan davlat tomonidan muayyan hududda istiqbolda strategik ahamiyat kasb etuvchi yirik investitsiya ob'ektlarining joylashtirilishi hamda ma'muriy hududlarning geografik joylashishi, kommunikatsiya ob'ektlarining rivojlanganlik darajasi, iqtisodiy-ishlab chiqarish salohiyati va ijtimoiy jihatlariga bog'liqligini ko'rsatmoqda.

Shu sababli hududlarga xususiy investitsyalar kiritishni rag'batlantirish maqsadida infratuzilma xarajatlari uchun davlat subsidiyasi berish tartibini joriy etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Mamlakatimizda investitsiya muhiti va jozibadorligini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019 yilda asosiy

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

kapitalga kiritilgan investitsiyalar darajasi 2015 yilga nisbatan qariyib, 30,0 foizga oshgan.

Mamlakat aholisining bandlik darajasi investitsiya miqdorlari o'sishiga mos ravishda o'sib borishi ko'zatilmoqda. 2019 yil ko'rsatkichlari bo'yicha aholi bandligi darajasi mehnat resurslarining 0,9 foiziga o'sishiga qaramasdan 2 foizga oshgan.

1-jadval

2015-2020 yillarda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalarning hududlar kesimi bo'yicha tahlili, (%da) [13]

Hududlar Yillar 2020 yil M S3 m ^ - 9 5 ab £ £ « ' 00i 22n

2015 2016 2017 2018 2019

O'zbekiston Respublikasi 109, 4 104, 1 119, 4 129, 9 138, 1 91, 8 126, 2

Qoraqalpog'iston Respublikasi 133, 5 56, 2 60, 4 169, 9 100, 3 80, 4 75, 1

Andijon viloyati 105, 1 102, 4 114, 3 113, 7 129 100, 5 122, 7

Buxoro viloyati 98, 7 120, 8 154, 7 60, 6 95, 9 96, 7 97, 2

Jizzax viloyati 96, 9 102, 7 108, 2 158, 1 194, 9 152, 5 201, 1

Qashqadaryo viloyati 112, 4 108, 9 129, 7 112, 4 131, 2 74, 1 116, 7

Navoi viloyati 90, 7 144, 1 107, 4 188 144, 3 78, 7 159, 1

Namangan viloyati 108, 5 108, 2 110, 2 178, 1 131, 1 87, 9 120, 8

Samarkand viloyati 115, 8 103, 4 105, 7 131, 4 134, 5 117, 9 116, 1

Surxandaryo viloyati 110, 3 107, 6 148, 4 164, 2 144 76, 3 130, 6

Sirdaryo viloyati 97, 9 107, 9 115, 4 131 186 111 190, 0

Toshkent viloyati 99, 3 87 118, 4 139, 9 158, 5 82, 8 159, 6

Farg'ona viloyati 98, 7 97, 1 98, 6 145, 9 132 116, 4 133, 7

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xorazm viloyati 87, 2 97, 8 128, 5 111, 7 150, 7 114, 5 172, 8

Toshkent shahri 102, 3 119, 5 121, 4 138, 2 145, 8 96, 5 142, 5

Fikrimizcha, hududlarning investitsiya faoliyatiga baho berishda faqat ular hajmi bilan chegaralanmasdan aholi jon boshiga to'g'ri keladigan investitsiyalar miqdori, aholining ishga jalb etilganlik darajasi, eksport imkoniyatining o'sishi, reinvestitsiyalar holati kabi ko'rsatkichlarga ham baho berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki faqat investitsiya hajmi miqdori hududning investitsiya faoliyatini to'liq ifodalay olmaydi. Shu sababli ishda hududlar investitsiya salohiyatiga ham baho berish zarurligi asoslandi.

Dunyo mamlakatlarida investitsiya muhitiga baho berish uslublari bir-biridan farq qiladi va aksariyat hollarda makroiqtisodiy sohaga nisbatan baho beriladi. Masalan, Yaponiyada investitsiya muhitining bayoniy tavsifi berilib, miqdoriy baho qo'llanilmaydi. AQSHda esa bir biriga bog'liq to'rtta ko'rsatkich, ya'ni ishbilarmonlik faolligi, xo'jalik yuritish tizimining rivojlanganlik darajasi, investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi, soliq siyosatining asosiy tashkil etuvchilari orqali aniqlanadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida, bozor mexanizmi hamda tamoyillariga mos keladigan turli mulkchilik va xo'jalik yuritishning shakllari paydo bo'lishi investitsiya va investitsiya faoliyati bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga yangicha yondashuvni talab etmoqda. Natijada, YAIM miqdori, shuningdek davlat budjetining daromad qismida ham moliyaviy tushum manbalarining tarkibi o'zgarib, kapital mablag'larning markazlashgan taqsimotidan investitsiyalashning markazlashmagan manba va bozor sub'ektlarini shakllantirish mexanizmlarini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratildi

2020 yil 202,0 trln. so'm asosiy kapitalga investitsiyalar o'zlashtirilib, ularning 65,4 foizi yoki 132,0 trln. so'mi jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 34,6 foizi yoki 70,0 trln. so'mi moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2020 yilning mos davridagi ulushiga nisbatan 8,0 foizga kamayib, uning hajmi 39310,2 mlrd. so'mni tashkil etgan. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 162 289,9 mlrd. so'm yoki jami investitsiyalarning 80,5 foiz investitsiyalari o'zlashtirilib, o'tgan yilning mos

90

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davridagi ko'rsatkichga nisbatan 8,0 foizga ko'paygan. 2020 yilda korxona va tashkilotlarning o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 51911,3 mlrd. so'm yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 25,7 foizini tashkil etdi. Aholi mablag'lari hisobidan jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 8,9 foizi yoki 18 077,8 mlrd. so'mi o'zlashtirildi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o'zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 28740,5 mlrd. so'mni tashkil etdi va 2019 yilga nisbatan 5,3 foiz kamayib, 14,2 foizni tashkil etgan. Investitsiya faoliyatini tartibga solish tizimi doirasida soliqlarning rag'batlantiruvchi funksiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini kengaytirish maqsadida, xorijiy investorlarni ishlab chiqarish quvvatlarini o'zlashtirgunlariga qadar barcha ko'rinishdagi bojxona to'lovlari, soliqlar, yig'imlardan imtiyozlar va preferensiyalar qo'llaniladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mazkur mavzu bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi umumiy xulosalar shakllantirildi:

1. Olib borilgan tadqiqotlar asosida investitsiya faoliyatining mazmuniga zamonaviy talqindagi ta'rif ishlab chiqildi va unga ko'ra, investitsiya faoliyati hozirgi zamon talablariga javob beruvchi, yangi ilg'or innovatsion g'oyalarni ishlab chiqish va uni asoslash, ularni moddiy-texnik va moliyaviy ta'minlashdir. Buning natijasida, barpo etilayotgan soha faoliyatini moliyalashtirish orqali investorlarning yuqori foyda olishga erishish imkoniyatlarini vujudga keltiradi.

2. Mamlakat investitsiya jozibadorligining xalqaro moliya institutlari tomonidan baholanib, davlatlar reytingining davriy ravishda e'lon qilinib, borilishi xorijiy investorlarning investitsiya qarorlari uchun muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda sohalar va hududlar investitsiya jozibadorligini baholash tizimini takomillashtirish maqsadida uni ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimidan foydalanish asoslangan va ushbu ko'rsatkichlarni hisoblash yo'llari ishlab chiqildi.

3. Mamlakat va hududlarning infratuzilmasi qulayligi va rivojlanish darajasi investitsiya jozibadorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Tadqiqotlarimiz mamlakatimiz barcha hududlarining infratuzilmalari rivojlanish darajasi turlicha ekanligi investitsiyalarni jalb etish hamda o'zlashtirish darajasi past bo'lishiga sabab bo'layotganligini ko'rsatdi. Hududlar investitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida infratuzilmani yaratish xarajatlari uchun davlat sub'sidiyasi berishni joriy etish taklif qilinmoqda.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. www.unctad.org World Investment Report 2019.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020 yil 9 yanvardagi PQ-4563-sonli "O'zbekistonning 2020-2022 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

3. Нешитой А.С. Инвестиции. Учебник. - М.: Дашков и К, 2007. - С. 15.

4. www.cengage.com/highered Frank Reilly ва Keith Brown Investment Analysis & Portfolio Management.

5. Бочарев В.В. Методы финансирования инвестиционной деятельности предприятий. - М.: Финансы и статистика, 1998. - С. 7.

6. Арзимияна и др. Большой экономический словарь. - М.: Правовая культура, 1994. - С. 157.

7. Игонина Л.Л. Инвестиции. Уч.пос. - М.: Экономист, 2005. - С. 25.

8. Федеральный Закон «Об инвестиционноой деятельности в Российской Федерации, осушествляемой в форме капитальных вложений» от 25 февраля 1999 года, №39-Ф3, 1-статья.

9. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni, 2019 yil 25 dekabr, 3-modda. // www.lex.uz

10. Гозибеков Д.Г. Инвестицияларни молиялаштириш масалалари. - Т.: «Молия», 2003. - 329-бет.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 fevraldagi PF-4804-sonli Farmoni. Lex. Uz.

12. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida mualliflik ishlanmasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.