Научная статья на тему 'INVESTITSION MUHIT VA INVESTISION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI'

INVESTITSION MUHIT VA INVESTISION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2706
397
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
investitsiya / investitsiya muhiti / investitsiya jozibadorligi / erkin iqtisodiy zona. / investments / investment climate / investment attractiveness / free economic zone.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Lazizjon Aziz O‘g‘li Ermatov

Makolada investitsiya muhitini mohiyati, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotdagi o‘rni hamda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning tarkibi va investitsion loyihalar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTMENT ENVIRONMENT AND INVESTMENT INCREASING ISSUES

The article analyzes the nature of the investment climate, the role of foreign investment in the economy, the structure of utilized investments and investment projects.

Текст научной работы на тему «INVESTITSION MUHIT VA INVESTISION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH MASALALARI»

INVESTITSION MUHIT VA INVESTISION JOZIBADORLIKNI OSHIRISH

MASALALARI

Lazizjon Aziz o'g'li Ermatov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs

magitri

ANNOTATSIYA

Makolada investitsiya muhitini mohiyati, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotdagi o'rni hamda o'zlashtirilgan investitsiyalarning tarkibi va investitsion loyihalar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsiya muhiti, investitsiya jozibadorligi, erkin iqtisodiy zona.

INVESTMENT ENVIRONMENT AND INVESTMENT INCREASING ISSUES

ABSTRACT

The article analyzes the nature of the investment climate, the role of foreign investment in the economy, the structure of utilized investments and investment projects.

Keywords: investments, investment climate, investment attractiveness, free economic zone.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomasida "iqtisodiy o'sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko'paytirish orqali erishiladi"[1] deb ta'kidlab o'tgan edi. Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy resurslar unumdorligi va tejamkorligini oshirish, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, iqtisodiyotni texnik-texnologik jihatdan yangilash orqali modernizatsiya qilish, investitsion jarayonlarni raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo'naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha ilmiy izlanishlarni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiq.

Xorijiy investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilishi muhimdir, u, qachonki, qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud (ijobiy) bo'lsagina o'sha davlat iqtisodiyotiga qo'yilishi mumkin[3. B. 320].

Ilmiy adabiyotlarda investitsion muhit terminiga juda ko'p tushunchalar berilgan. Jumladan, Glagoleva va Beloguralarning fikricha, "mamlakat yoki mintaqaning

investitsion muhiti moliyaviy qo'yilmalar jozibadorligi ma'lum darajasini belgilovchi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda davlatni huquqiy sharoitlari tavsifini birgalikda umumlashtirilganidir"[3. B.15].

Investitsion muhit to'g'risidagi ilmiy qarashlarni umumlashtirgan xolda, bu tushunchani ma'lum investitsion jarayonlarni amalga oshishi va rivojlanishini belgilaydigan turli omillar yig'indisi sifatida ifodalanganligini ko'rish mumkin.

Shunday qilib, investitsion muhit-bu u yoki bu xo'jalik tizimini investitsiyalashni imkoniyatlari va jozibadorligini oldindan belgilab beruvchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy,huquqiy, madaniy, tarixiy, moliya, boshqaruv va boshqa shart-sharoitlarni umumlashgan tavsifidir.

O'zbekistonda asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish tendensiyasiga ega bo'lib borayotgani investitsiya muhitining qulayligidan dalolat beradi. Bunday investitsiya holati iqtisodiy o'sish texnologik darajasini tezkor o'zgartirish imkoniyatini berib kelmoqda. Ko'plab ekspertlarning fikrlariga qaraganda, o'sish sur'atlarini yanada oshirib borish taqozo etilmoqda. Investitsiyalarning bunday o'sish sur'atlari investorlar uchun qulay muhit yaratilganligi, investitsiya dinamikasi va tarkibiga ta'sir ko'rsatadigan jami iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanadi. Xususan, investitsiyalar importining oshib borayotganligi ham bundan dalolat berib turibdi. Ijobiy investitsiya muhitini yaratish vazifasini hal qilgan holda iqtisodiyotning globallashuvi jahonda mavjud investitsiya resurslaridan foydalanishni kengaytirgan holda shu orqali investitsiya retsipiyentlari o'rtasidagi raqobatni kuchaytirishini ko'zda tutish muhim. Mos ravishda, agar biz tashqaridan qo'yilmalar hajmini oshirishni xohlasak, ular uchun raqobatchilardan ko'ra yaxshiroq sharoitlarga ega bo'lishimiz kerak. Bunda nafaqat xorijiy, balki milliy investitsiya resurslari ham ko'zda tutilmoqdaki, ularning chet elga «oqib ketishi» ular uchun o'z mamlakatida yaratilgan muhit unchalik qulaymasligini ko'rsatadi. Mintaqalar investitsiya muhitining mazmuni quyidagilar hisoblanadi:

• ob'ektiv omillar;

• iqtisodiyotning turli darajalari bo'yicha investitsiya muhitini tabaqalashtirish;

• milliy iqtisodiyot investitsiya muhitining mintaqalar investitsiya muhitlari majmuiga olib kelmasligi (sinergizm xossasi);

• mintaqa iqtisodiy tizimiga investitsiya muhitini kiritish;

• ma'lum sharoitlar oqibati sifatida turli risklarning vujudga kelishi.

uchinchi ko'rinish -yiriklashtirilgan mintaqalararo iqtisodiy hududlar, mintaqalar va tarmoqlarning monitoringini o'tkazishni ko'zda tutadi (uch, to'rt bo'g'inli monitoring).

birinchi ko'rinish - alohida xo'jalik tizimlarini ajratmagan holda investitsiya muhitining holatiga chirmashib ketadi

ikkinchi ko'rinish (ikki bo'g'inli) - butun mamlakat va xususan, mintaqa uchun monitoringni amalga oshirishni ko'zda tutadi

1.1-rasm. Investitsiya muhitini monitoring qilish ko'rinishlari1

Investitsiya muhitini doimiy ravishda monitoring qilish vazifasi dolzarb hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot uchun uchinchi ko'rinish ko'proq ustuvor hisoblanadi, chunki u quyidagilarga imkon beradi:

- investitsiya muhitini tahlil qilish jarayonida sub'ektivizmni kamaytirish;

- barcha darajalarda investitsiya muhitini yaxshilash bo'yicha axborotlar yig'ish, qayta ishlash va uzatish, monitoring tizimi boshqaruvini soddalashtirish;

- mintaqalararo tuzilmalar o'xshashligi va farqlarini hisobga olish.

2020 yil 6 oyligida o'zlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 4,8 mlrd. dollarni, shu jumladan, to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar - 3,2 mlrd. dollarni va davlat kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 1,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, asosiy kapitalga kiritilgan to'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,6 mlrd. dollarni tashkil etib, 2019 yildagi shu ko'rsatkichga nisbatan 1,2 marotaba o'sish kuzatildi. To'g'ridan - to'g'ri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiya hajmidagi ulushi 29,5% gacha o'sdi. Mazkur davrda 494 ta loyiha ishga tushirildi: 28 ta yirik ishlab chiqarish korxonasi va 466 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat ob'ektlari. O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish bo'yicha Rossiya, Xitoy, Germaniya va Turkiya davlatlari yetakchilik qildi, respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlarning umumiy soni 37 tani tashkil etdi. Ushbu davrda elektrotexnika sanoati (o'sish - 13 barobar), qurilish materiallari ishlab chiqarish (o'sish - 3,6 barobar), AKT (o'sish - 3,5 barobar) sohalari investorlar uchun eng jozibador bo'lib qoldi. Oziq-ovqat sanoati (o'sish - 1,5 barobar), kimyo sanoati (o'sish - 1,3 barobar) va to'qimachilik sanoati (o'sish - 1,6 barobar) ham yaxshi o'sish dinamikasini ko'rsatdi. Shu bilan birga, mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishning o'sish tendensiyasi

1 Muallif islanmasi

mustahkamlandi va ushbu davrda 2 mlrd. dollarni tashkil etib, 1,05 barobarga oshdi. Umumiy summaning 1,6 mlrd. dollari asosiy kapitalga yo'naltirildi. Hududiy loyihalar doirasida investitsiyalarni o'zlashtirish hajmi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar umumiy hajmining 62,3 foizini tashkil etdi[4].

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida 21 ta erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) mavjud bo'lib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo'jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan. 2008 yildan 2021 yilgacha bo'lgan davrda erkin iqtisodiy zonalar hududlarida 2,4 milliard dollarlik jami 448 ta loyihalar amalga oshirildi. Umumiy summadan 764,6 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar hisobiga 34 mingga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Ushbu loyihalarning eng yirigi Angren EIZ (730,7 mln dollarlik 73 ta loyiha), "Urgut" EIZ (312,9 mln dollarlik 55 ta loyiha), "Navoiy" EIZ (282,8 mln dollarlik 53 ta loyiha) va "Buhoro-agro" EIZda (325,1 mln dollarlik 112 ta loyiha) amalga oshirildi. 2020 yil yakuniga qadar faoliyat ko'rsatayotgan EIZ hududlarida umumiy qiymati 487,4 mln dollarga teng bo'lgan 128 ta loyiha amalga oshirildi. Shundan 162,1 mln dollarni to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Loyihalar zamonaviy issiqxonalar qurish (204,7 mln dollarlik 62 ta loyiha), qurilish materiallari ishlab chiqarish (140 mln dollarlik 18 ta loyiha), kimyo va neft-kimyo sanoati (50,6 mln dollarlik 13 ta loyiha), oziq-ovqat sanoati (15,9 mln dollarlik 10 ta loyiha), to'qimachilik sanoati (20,1 mln dollarlik 8 ta loyiha), mashinasozlik (6 mln dollarlik 2 ta loyiha), charm-poyabbzal sanoati (14,9 mln dollarlik 5 ta loyiha), elektrotexnika sanoati ( 13,7 mln dollarlik 3 ta loyiha), farmatsevtika sanoati (56,3 mln dollarlik 6 ta loyiha), mebel va qog'oz ishlab chiqarish (1,1 mln dollarlik 1 ta loyiha) kabi sohalarni qamrab oldi[5].

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, hududlarni investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan hamda jalb etilgan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar samaradorligini oshirish bo'yicha tizimili ishlar tashkil etilgan. Bundan tashqari investitsion loyihalar samaradorligini monitoringini amalga oshirish bo'yicha ma'ul hududiy organlar tashkil etilgan. Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar investitsiyalarni hududlarni va mamlakat iqtisodiyotiga yanada ko'proq xissa qo'shishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Y36eKHCTOH PecnyönHKacH npe3HgeHTH ffl.M.Mnp3HeeBHHHr 2020 HHH 29 geKaöpgarn Y3ÖeKHCTOH Pecny6nHKacHHHHr OHHH Ma^nncra Mypo^aarnoMacH. www.prezident.uz

2. MycTa^aKynoB ffl.H. (2017). HHBecT^HOH MyxuT ®:o3H6agopnHrH. HnMHH-aManHH KynnaHMa. TomKeHT: Baktria press,320 6. / Mustafakulov Sh.I. (2017). The attractiveness of the investment climate. Scientific and practical guide. Tashkent: Baktria press, 320 p.

3. Глаголев П., Белогур С. (1997) Инвестиционные просторы России // Российский инвестиционный вестник. № 3. с 15. / Glagolev P., Belogur S. (1997) Investment spaces of Russia // Russian investment bulletin. No. 3. p. 15.

4. https: //strategy.uz/index.php?news=1033&lang=uz2

5. https://mift.uz/uz/menu/svobodnye-ekonomicheskie-zony-uzbekistana-itogi-2020-goda-i-perspektivy-razvitij a-na-2021 -god

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.