Научная статья на тему 'XORIJIY INVESTITSIYALAR – IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI'

XORIJIY INVESTITSIYALAR – IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
703
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar / sof investitsiya oqimi / investitsiya muhiti / o’tish iqtisodiyoti / Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musobek Samijonov

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishdagi ahamiyati hamda ularning mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishdagi chora-tadbirlar to’risida takliflar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJIY INVESTITSIYALAR – IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-275-279

XORIJIY INVESTITSIYALAR - IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING

ASOSI

Musobek Samijonov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti musobeksamij onov7 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xorijiy investitsiyalarning mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishdagi ahamiyati hamda ularning mazmun-mohiyati yoritib berilgan. Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishdagi chora-tadbirlar to'risida takliflar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar, sof investitsiya oqimi, investitsiya muhiti, o'tish iqtisodiyoti, Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar,

ABSTRACT

This article discusses the significance of foreign investment in the development of the country's economy and their content. There are also proposals for measures to stimulate foreign investment in our national economy.

Keywords: foreign investment, net investment flow, investment climate, transition economy, fixed capital, investment.

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatlar o'z iqtisodiyotining rivojlanishi asosi sifatida xorijiy investitsiyalarni ko'rishmoqda. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar globallashuvning asosiy drayveri bo'libgina qolmay globallashuv jarayonlarida iqtisodiyotni mustahkamlashda muhim ro'lni o'ynaydi. U mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonini qo'shimcha kapital bilan ta'minlaydi va iqtisodiy o'sish darajasini oshirishda bevosita ishtirok etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

"To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotida sof investitsiya oqimi hisoblanadi. Shuningdek, u uzoq va qisqa muddatli kapitalni hamda jamg'armalarni reinvestitsiya qilinishini ham anglatadi"[1].Xorijiy investitsiyalarning hajmi oshishi uchun mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllangan bo'lishi

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-275-279

talab qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotida investorlar uchun qanchalik qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilsa, xorijiy investitsiyalar oqiminig iqtisodiyotga kirib kelish hajmi oshib boradi hamda chet ellik investorlarning ham mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga bo'lgan qiziqishi va ishonchi ortadi. Xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish asosida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga erishish mumkin. Umuman olganda xorijiy investitsiyalarning ikki turi farqlanadi. Bular xorijiy portfelli investitsiyalar hamda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir. Xorijiy portfelli investitsiyalar asosan qimmatli qog'ozlarga (aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog'ozlarga) kiritiladigan bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar bevosita yangi korxona barpo etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni hajmini oshirish kabi tadbirkorlik faoliyatiga kiritiladi.

"O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillar mavjud va ular besh guruhga bo'linadi:

✓ bozor omillari( ichki bozor va eksport imkoniyatlari);

✓ boy tabiiy resurslarning mavjudligi;

✓ ishlab chiqarish xarajatlari omillari;

✓ investitsiya muhiti;

✓ mamlakatning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi"[2].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'ngi besh yillikda mamlakatimiz iqtisodiyotida investitsiyalarning salmog'i ortib bormoqda. Shuningdek, O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqiminig jadal sur'atlarda o'sib bormoqda. Buning asosi sifatida quyidagi omillarni ko'rsatishimiz mumkin:

✓ mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;

✓ valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o'zgarishlar;

✓ mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yo'nalishlari belgilanganligi;

✓ soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;

✓ jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi.

Buning isboti o'laroq quyidagi statistik ma'lumotlarni keltirish mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-275-279

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar O'zbekiston Respublikasi kesimida (mln. so'm). 1-jadval.

Hudud 2017y. 2018y. 2019y. 2020y. 2021y.

O'zbekiston Respublikasi 2,2 3,8 5,8 6,1 7,0

Manbaa: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments (jadval O'zbeksiton Respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan yaratilgan).

Shuningdek, 1-jadvaldagi ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga o'zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 2021- yilda bazis yilga nisbatan qariyb 3,2 barobarga oshgan. Ya'ni, 2017-yilda aholi jon boshiga o'zlashtirilgan investitsiyalar 2,2 mln.so'm bo'lgan bo'lsa, 2021-yilga kelib ushbu ko'rsatkich 7,0 mln.so'mga ortgan.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar

O'zbekiston Respublikasi kesimida (mln.so'm). 1-grafik.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar

8,0

7,0

1,0 0,0

2017 2018 2019 2020 2021

» O'zbekiston Respublikasi

Manbaa: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/investments (grafik O'zbeksiton Respublikasi statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan yaratilgan).

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-275-279

Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

✓ inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o'sishiga ta'sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko'paytirish;

✓ investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya'ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;

✓ chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag'batlantirish maqsadida soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish;

✓ uzoq muddatli, past foizli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;

✓ xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlovchi jamg'armalar tashkil etish.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqoridagi takliflarni amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Buning natijasidada ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to'liq amalga oshirish imkoniyatini yaratiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Global Journal of Management and Business Research Volume 11 Issue 8 Version 1.0 August 2011 Type: Double Blind Peer Reviewed International Research Journal Publisher: Global Journals Inc. (USA).Page 35.

2. N.G'.Karimov, R.X.Xojimatov, J.X.Razzaqov. Investitsiya. O'quv qo'llanma."Iqtisodiyota", T.:2019.75-76 bet.

3. D.G'.G'ozibekov. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari.-T: "Moliya" nashiriyoti,2003.,23-bet.

4. N.X.Haydarov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalasi. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.,2003.

5. N.G'.Karimov,R.X.Xojimatov,J.X.Razzoqov. Investitsiya. "Iqtisodiyot"-T-2019., O'quv qo'llanma.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-275-279

6. M.S.Qosimov., Investitsiya loyihalari tahlili. Darslik.-T: " Innovatsion rivojlanish nashiriyot matbaa-uyi" 2021

7. N.G'.Karimov, A.S.Axmedov. Moliya asoslari: moliya va investitsiyalar. O'quv qo'llanma .-T: " Innovatsion rivojlanish nashiriyot matbaa-uyi" 2021.

8. R.S.Muratov,A.S.Kucharov,D.M.Rasulev. Investitsion tahlil. Darslik.-T-2017.

9. Investments by Zvi Bodie Alex Kane Alan J. Marcus Eleventh edition. | New York, NY : McGraw-Hill Education, [2018].

10. Foreign Direct Investment in Developing Countries by Sarbajit Chaudhuri , Ujjaini Mukhopadhyay. Springer New Delhi Heidelberg New York Dordrecht London.2014.

11. U.Sharp, G.Aleksandr,J.Beyli. Investments,-M.:Infra-M.1997.

12. www.stat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.