Научная статья на тему 'HUDUDLARDA ХОRIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNING HUDUDLAR KESIMIDA TAHLILI'

HUDUDLARDA ХОRIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNING HUDUDLAR KESIMIDA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
426
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbekiston iqtisodiyoti / iqtisodiyot / hududiy iqtisodiyot / xalqaro investitsiya / investitsion salohiyat / hududlarning investitsion salohiyat / asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalar / markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar. / Economy of Uzbekistan / economy / regional economy / international investment / investment potential / investment potential of regions / capitalized investments / centralized and decentralized investments.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — A. Vaxobov, Tal’at Shaydullo O‘g‘li Muhiddinov

Bugungi kunda mamlakatimizda hududiy investitsion salohiyatini yaxshilash borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kun iqtisodiyoting asosiy g’ichaklaridan biri bo’lgan investitsiya va uning jozibadorligini oshirish har bir mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada mamlakatimiz hududlarida хоrijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularning hududlar kesimida tahlili hamda uning jozibadorligini oshirish borasida bir qator rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o’rganib chiqqan holatda taklif va mulohazalar aytib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF FOREIGN INVESTMENTS IN THE REGIONS AND THEIR REGIONAL ANALYSIS

Today, a number of reforms are being carried out in our country to improve the regional investment potential. Investment, which is one of the main pillars of today's economy, and increasing its attractiveness is one of the priority tasks facing every country. In this article, the importance of foreign investments in the regions of our country and their regional analysis, as well as the experiences of a number of developed countries in terms of increasing its attractiveness, suggestions and comments are mentioned.

Текст научной работы на тему «HUDUDLARDA ХОRIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNING HUDUDLAR KESIMIDA TAHLILI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

HUDUDLARDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI VA ULARNING HUDUDLAR KESIMIDA TAHLILI

A. Vaxobov Tal'at Shaydullo o'g'li Muhiddinov

I.f.n., dotsent Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Magistratura talabasi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda mamlakatimizda hududiy investitsion salohiyatini yaxshilash borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Bugungi kun iqtisodiyoting asosiy g'ichaklaridan biri bo'lgan investitsiya va uning jozibadorligini oshirish har bir mamlakat oldida turgan ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Ushbu maqolada mamlakatimiz hududlarida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati va ularning hududlar kesimida tahlili hamda uning jozibadorligini oshirish borasida bir qator rivojlangan mamlakatlarning tajribalarini o'rganib chiqqan holatda taklif va mulohazalar aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston iqtisodiyoti, iqtisodiyot, hududiy iqtisodiyot, xalqaro investitsiya, investitsion salohiyat, hududlarning investitsion salohiyat, asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar, markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar.

IMPORTANCE OF FOREIGN INVESTMENTS IN THE REGIONS AND

THEIR REGIONAL ANALYSIS

ABSTRACT

Today, a number of reforms are being carried out in our country to improve the regional investment potential. Investment, which is one of the main pillars of today's economy, and increasing its attractiveness is one of the priority tasks facing every country.

In this article, the importance of foreign investments in the regions of our country and their regional analysis, as well as the experiences of a number of developed countries in terms of increasing its attractiveness, suggestions and comments are mentioned.

Key words: Economy of Uzbekistan, economy, regional economy, international investment, investment potential, investment potential of regions, capitalized investments, centralized and decentralized investments.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Kirish

Bugungi kunda asosiy e'tibor investitsiyalarga qaratilmoqda va hozirgi kunda O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning eng samarali va maqbul yo'li ham investitsiyalar hisoblanadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev investitsiya va uning ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tganlar: "Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi".

2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasi ga ko'ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga $70 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini $30 mlrd.ga yetkazish maqsad qilingan. Bunda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, ularning eksport faoliyatini rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega, deya ta'kidlanadi PMTI tahlilida.

Davlat rahbari xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibini belgilab berdi:

- 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga $70 mlrd miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini $30 mlrd.ga yetkazish maqsad qilingan.

- Bunda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, ularning eksport faoliyatini rag'batlantirish muhim ahamiyatga ega, deya ta'kidlanadi PMTI tahlilida.

- Davlat rahbari xorijiy investorlar bilan ishlashni tashkil etishning quyidagi tartibini belgilab berdi.

Bundan tashqari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Investorlarning huquqini himoya qilish qo'mitasini tashkil etilishi belgilangan.

Adabiyotlar sharhi.

Turli iqtisodiy adabiyotlarda "investitsiya faoliyati" tushunchasi mazmun-mohiyatiga turlicha ta'riflar berilgan. Ularni chuqur va keng tadqiq etgan holda, muallifning fikricha, investitsiya faoliyati mazmuniga berilgan quyidagi ta'riflarga alohida to'xtalib o'tish lozim.

Bunga o'xshash ta'riflarni yana quyidagi olimlarning fikrlarida ham kuzatish mumkin. Jumladan, rossiyalik iqtisodchi olim V.Bocharevning fikricha: "Investitsiya faoliyati - davlat, fuqarolar va huquqiy shaxslarning investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlari yig'indisi"ni anglatadi. Mualliflar A.Arzimiyana va

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

boshqalar: "Investitsiya faoliyati investitsiya kiritish yoki investitsiyalash hamda investitsiyalarni amalga oshirishdagi amaliy harakatlar yig'indisi", deb ta'riflaydilar.

L.L.Igonina esa investitsiya faoliyati mazmuniga ham keng, ham tor mazmunda ta'rif berish mumkinligini ta'kidlab o'tadi. Ushbu atamaga keng ta'rif berilsa, "investitsiya faoliyati - mablag'larni investitsiyalash ob'ektlariga daromad (samara) olish maqsadida kiritish bilan bog'liq faoliyat" sifatida tushuniladi. L.L.Igonina investitsiya faoliyati mazmuniga bergan ta'rifini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ushbu atamaga bergan ta'rifga o'xshash mazmunga egaligini qayd etadi, ya'ni ushbu mamlakat qonunchiligiga ko'ra: "Investitsiya faoliyati - foyda olish va (yoki) boshqa foydali samaraga erishish maqsadida investitsiyalarni kiritish va amaliy harakatlarni amalga oshirishdir".

Investitsiyalash, hududiy investitsiyalar samaradorligini baholash, hududiy investitsiya faoliyatini moliyalashtirish masalalari mahalliy iqtisodchi olimlar A.Vaxobov, D.G'ozibekov, M.Angelidi, N.Karimov, N.Haydarov, O.Sobirov, A.Jo'raev, D.Xo'jamqulov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.

Shuningdek, hududiy investitsiya loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash masalalari rossiyalik iqtisodchilardan Bocharov V.V., Lipsits I.V., Morozov D.S., Blank I.A.Volkov I.M.Kossov V.V.Grachyova M.V.Zolotogorov V.T.Idrisov A.B.Kartishev S.V.Kovalev V.V. va boshqalarning asarlarida keng o'rganilgan.

Tadqiqot metadologiyasi.

Taqdqiqot metodologiyasi sifatida sanoat hududlar investitsion jozibadorligini oshirishning yo'nalishlariga oid olimlar fikrini o'rgangan holda, kuzatish, iqtisodiy tahlil, statistik guruhlash, qiyosiy va tizimli tahlil kabi usullardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar.

Investitsiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakatdan Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog'iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda. Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ulushi asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalariga to'g'ri keladi. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda rasman band aholining 6%i faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 15%ni, asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi esa 24%ni tashkil etadi.

Bunday korxonalar mamlakatdagi jami korxonalarning 2,5%ini tashkil etishiga qaramay, 2021-yili tashqi savdo aylanmasining 19,8%i, eksport va importning mos ravishda 19,7%i va 25%i ularning hissasiga to'g'ri kelgan.

Statistik tahlilni o'tkazish maqsadlarida asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar quyidagi asosiy kesimlarda shakllanadi:

- qo'yilma turlari,

- texnologik,

- takror ishlab chiqarish tarkiblari,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- iqtisodiy faoliyat turlari,

- moliyalashtirish manbalari bo'yicha.

So'ngi yillarda amalga oshirilayotgan investitsion islohotlar hamda xorijiy investitsiyalarning asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibiga ko'ra ulushi quyidagi holatda ko'rishimiz mumkun.

- To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 11,9 trln, so'mni yoki, 2022-yilning mos davriga nisbatan 136,8 % ni tashkil etdi;

- O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 2,0 trln, so'mni yoki, 2022-yilga nisbatan 122,0 % ni tashkil etdi;

- Kafolatlanmagan xorijiy kreditlar va boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 11,2 trln, so'mni yoki, 2022-yilga nisbatan 75,2 % ni tashkil etdi.

Chet el investitsiyalari - asosan kelgusida foyda olish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi hududidagi korxona va tashkilotlarga kiritilgan chet el kapitali. Mamlakatimizda yuqori ulushga ega bo'lgan 10 ta investor-mamlakat bo'yicha asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar, jamiga nisbatan % dagi ulushi.

Xorijiy investorlar - yuridik va jismoniy shaxslar bo'lib, qarorlarni qabul qiluvchi va o'z mablag'lari, qarz mablag'lari yoki jalb qilingan mablag'larni investitsiya ko'rinishida investitsion loyihalarga kiritishni amalga oshiruvchi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini ta'minlab beruvchi investitsion faoliyat subyektlari hisoblanadi.

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar - ustav kapitalda 10 foizdan kam bo'lmagan ulushga ega xorijiy investorning moliyaviy va nomoliyaviy qo'yilmalaridir. O'zbekiston respublikasida hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiyalar va kreditlar 3 ta mezon bo'yicha klassifikatsiya qilinadi. Bular:

- To'g'ridanto'g'ri xorijiy investitsiyalar;

- O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar;

- Kafolatlanmagan boshqa investitsiya va kreditlar.

Har bir hududda turli hil sohalar kesimida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Umumiy hisobda mamlakatimizda to'g'ridan to'g'ri horijiy investitsiyalarning umumiy miqdori 2022 yil hisobida 11903,4 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda. To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarning eng katta ulushi Sirdaryo viloyati 3368,3 mlrd. so'm, Toshkent shahri 1642,0 mlrd. so'm, Samarqand viloyati 1200,9 mlrd. so'm hamda Andijon viloyati 1097,9 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda. Ushbu mezon orqali kiritilgan enga kam horijiy investitsiyalar Jizzax viloyati, Xorazm viloyati hamda Namangan viloyatiga to'g'ri kelmoqda. Ularning mos ravishda umumiy to'g'ridan to'g'ri xorijiy

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

investitsiyalar tarkibidagi ulushi 101,7 mlrd. so'm, 357,8 mlrd so'm hamda 359,0 mlrd so'mni tashkil etmoqda.

Shuning uchun ham mamlakatimizda hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlararning umumiy investisiyada ulushini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda va bu amaliy ishla kelgusi davrdagi investitsion jozibadorlikka o'zining ijobiy samarasini bermoqda, mamlakatimizda investitsion salohiyat yildan yilga ko'payib bormoqda.

1-jadval

Hududlar kesimida asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar

(mlrd. so'm)

To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar

O'zbekiston Respublikasi

Qoraqalpog'ist on Respublikasi Andijon Buxoro Jizzax

Qashqadaryo Navoiy Namangan Samarqand Surxondaryo Sirdaryo Toshkent Farg'ona Xorazm Toshkent shahri

11903,4

102,3

1097,9

905,7

101,7

251,7

369,7

359,0

1200,9

998,2

3368,3

531,0

617,2

357,8

1642,0

O'z.R. kafolati ostida xorijiy kreditlar

2026,3

185,0

94,0

259,0

34,6

150,9

88,7

115,1

89,6

79,8

14,2

259,7

51,1

140,8

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

463,9

Kafolatlanmag an boshqa investitsiya va kreditlar

11 200,4

603,1

363,6

1 206,0

799,2

1 122,9

1 334,3

690,4

415,9

279,8

405,6

2 105,0

515,9

347,0

1 011,7

Muallif ishlanmasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Statistika agentligi statistik ahborotnomasi ma'lumotlari asosida tayyorlangan. https://stat.uz/uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Yuqoridagi jadvaldan hamda infogrammadan ko'rinib turibdiki har bir hududda turli hil sohalar kesimida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda katta. Umumiy hisobda mamlakatimizda to'g'ridan to'g'ri horijiy investitsiyalarning umumiy miqdori 2022 yil hisobida 11903,4 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda. To'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarning eng katta ulushi Sirdaryo viloyati 3368,3 mlrd. so'm, Toshkent shahri 1642,0 mlrd. so'm, Samarqand viloyati 1200,9 mlrd. so'm hamda Andijon viloyati 1097,9 mlrd. so'mni tashkil qilmoqda. Ushbu mezon orqali kiritilgan enga kam horijiy investitsiyalar Jizzax viloyati, Xorazm viloyati hamda Namangan viloyatiga to'g'ri kelmoqda. Ularning mos ravishda umumiy to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar tarkibidagi ulushi 101,7 mlrd. so'm, 357,8 mlrd so'm hamda 359,0 mlrd so'mni tashkil etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarning salmog'i to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalar salmog'idan sezilarni darajada farq qiladi, eng kamida 5 barobarga kam. Buning asosiy sabalaridan biri mamlakatimizga sof investitsiyalar oqimini ko'paytirish bo'yicha olib borilayotgan chora tadbirlar hisoblanadi. Biz mamlakatimizga horijiy kreditlarni jalb qilishdan ko'ra, ko'proq sof investorlarni jalb qilishdan manfaatdormiz. O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlarning 2022 yil uchun umumiy qiymati 2026,3 mlrd. so'mni tashkil qiladi. Har bir rivojlanuvchi mamlakatda tashqi qarzning mavjud bo'lishi bu iqtisodiyotda normal holat hisoblanadi, buning sababi esa rivojlanish davrida bo'lgan ishlab chiqarish korxonalariga, sanotga, xizmat ko'rsatish sohalariga yetarlicha investitsiya kiritilishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarning salmog'i 2022 yilda Toshkent shahrida eng yuqori 463,9 mlrd. so'mni tashkil qildi, eng kami esa Sirdaryo viloyatida 14,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Yuqorida berilgan diogrammada ham buning yaqqol isbotini ko'rishimiz mumkun.

Kafolatlanmagan boshqa investitsiya va kreditlar salmog'i ham horijiy investitsion loyihalarning katta qismini tashkil qiladi. 2022 yilda umumiy hisobda ushbu turdagi investitsiyaning umumiy qiymati 11 200,4 mlrd. so'mni tashkil qildi.

O'z navtaida eng katta ulush Toshkent viloyatiga 2 105,0 mlrd. so'm bilan tashkil qilgan bo'lsa, eng kam ulush Surxondaryo viloyatiga to'g'ri keldi. Surxondaryo viloyatining kafolatlanmagan boshqa investitsiya va kreditlar salmog'idagi ulushi bor yo'g'i 279,8 mlrd. so'mi tashkil qildi.

Binobarin, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha investitsion islohotlarning umumiy negizi iqtisodiyotning turli sohasini rivojlantirishga qaratilgan bo'ladi. Quyidagi berilgan grafikda mamlakatizga xorijiy investitsiya va kreditlarning iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimotini ko'rishimiz mumkun. Investitsiyalar rentabelligi va kappital qaytimi koeffitsientlari amaldagi kapitalning faoliyati iqtisodiy samaradorligi va shu vaqtning o'zida milliy iqtisodiyot tarmoqlarining ularning yanada rivojlanishini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ta'minlash bo'yicha moliyaviy imkonniyatlarini tavsilovchi asosiy koeffitsientlar hisoblanadi, chunki kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy manbasi foyda va daromad sanaladi.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi (50%ga yaqini) ishlab chiqarish sanoatiga yo'naltirilmoqda, buning asosiy sabablaridan biri hududlarda mavjud imkoniyatlarni yanada kuchaytirish hamda iqtisodiyotning turli hil sohalarini rivojlantirgan holatda hududlarda ishsizlikni kamaytirish, aholi turmush farovonligini yaxshilashga qaratilgan. Ikkinchi o'rinda esa bugungi kun iqtisodiyoting eng dolzarb masalalridan bo'lgan elektr, gaz bilan ta'minlashga qaratilgan xorijiy investitsiyalar hisoblanadi. Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki bugungi kunda mamlakatiizda ham qayta tiklanuvchi energiya manbalarini salmog'ini umumiy energiya salmog'ida ulushini oshirish hamda kam uglerodli energiya tarmoqlarini kuchaytirishga xorijiy investitsiya oqimlarini kuchaytirish asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud bo'lgan sohalarga yo'naltirilgan eng kam ulushi bu qurulush va sog'liqni saqlash sohasi hisoblanadi. Qurulish sohasiga 1,5% hamda sog'liqni saqlash tarmog'iga 1,3% horijiy investitsiyalar va tizimlar yo'naltiriladi.

Asosiy kapitalga investitsiyalar iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha amaldagi faoliyat turlari tasniflagichiga IFUT-2 ga asosan taqsimlanadi. Xulosa va takliflar

Tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida mamlakatimizda olib borilayotgan investitsion islohotlar hamda ularning hududiy investitsion salohiyatini yaxshilash orqali hududiy iqtisodiyotni rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida amaliy va nazariy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Hududlarda investitsion salohiyatini yaxshilash orqali hamda hududiy investitsion jozibadorlikni yanada yuqori bosqichga olib kelish orqali xududlarda iqtisodiy salohiyatni rivojlantirishni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan maliy chora tadbirlar o'zining ijobiy natijasini bermoqda. Mamlakatimizda hududiy investitsion jozibadorlikni oshirish hamda uni tahlil qilish, baholash natijasida quyidagi xulosa va takliflarga kelindi:

-jami investitsiyalar hajmini YalM hajmida ulushini 30%dan yuqoriga o'tkazish bo'yicha chora tadbirlar ishlab chiqish va ularni nazorat tizimini shakllantirish;

-hududiy investitsion salohiyat bo'yicha takliflarni aholi fikrini o'rgangan holatda shakllantirish va Openbudget.uz portalida aholi fikrini inobatga olgan holatda hududlarga investitsion oqimlarni rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiy rivojlanishga erishish;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

- xorijiy investitsiya va kreditlarning umumiy investitsion salohiyatda ulushini yanada oshirish lozim, buning uchun esa investorlarning havfsizlik tizimi, ularning mablag'larini dahlsizligini ta'minlash tizimini yananda takomillashtirish lozim. Soliq tizimida mavjud bo'lgan beqarorlikni bartaraf etish kerak;

- rivojlangan mamlakatlarning investitsion salohiyatini va ularning bosib o'tgan yo'llarini o'rgangan holatda o'zimizning milliy iqtisodiyotimizga moslashtirishimiz lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2022-yil 28-dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Respublika hududlarida innovatsiya va investitsiya faoliyatini jadallashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022-yil 15-oktabr 606 son qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "O'zbekiston respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2023-yil 14-yanvar, 16-son qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 4-oktabr, PQ-4477-son qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi// Xalq so'zi, 25 yanvar, 2020 yil.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi// Xalq so'zi, 29 dekabr, 2018 yil.

7. A.Yadgarov. (2020). AgroInsurance-As A Mitigating Financial Lever For Climate Change In Agriculture. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 2251 - 2258. http : //sersc.org/j ournal s/index.php/IJAST/article/view/17501

8. A.Yadgarov, A. Rakhimov. Reforms on the development of the livestock sector and insurance protection in Uzbekistan. Published online: 19 March 2021. E3S Web of Conferences 244, 12012 (2021) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202124412012

9. A.Yadgarov, I.Xotamov, X.Uktamov, M.Maxmudov, R.Najmiadinov, G'.Yuldashev. Prospects for the Development of Agricultural Insurance System. WEB OF SCIENCE. Alinteri Journal of Agriculture Science (2021) 36(1): 602-608/ e-ISSN: 2587-2249. [email protected]

10. A.Yadgarov. The importance of using the agricultural insurance system in increasing the volume of agricultural production in pandemic conditions. SAARJ

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Journal on Banking & Insurance Research (SJBIR) ISSN: 2319-1422 Vol.9, July 2020, Impact Factor: SJIF 2020 = 7.126. 31-37 page. https://saarj .com/wp-content/uploads/sibir-iuly-2020-full-iournal

11. A.Yadgarov. Issues of food safety on the basis of agricultural insurance. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering ISSN: 2689-1018. JULY 2020. Page No.: 43-52 Volume-II Issue-VII PUBLISHED: 30 JULY 2020. https://usaiournalshub.com/index.php/taiabe/article/view/576/539

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining 2022 yil uchun axborotnomalari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.