Научная статья на тему 'KICHIK BIZNESDA INVESTITSIYALARDAN FOYDALANISHNING MINTAQAVIY TAHLILI'

KICHIK BIZNESDA INVESTITSIYALARDAN FOYDALANISHNING MINTAQAVIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
900
145
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / investitsiyalar / tadbirkorlik / xorijiy investitsiyalar / asosiy kapital.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ikrom Ergashboevich Kenjaev, Ibodilloxon Ismatillayevich Soliyev

Ushbu maqolada koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatning investitsiya loyihalarini ro’yobga chiqarishda qo’llab-quvvatlashining muhim yo’nalishlari hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o’rni ko’rsatilgan. SHu bilan birga Namangan viloyati kichik biznesida investitsiyalardan foydalanish holati tahlili amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNESDA INVESTITSIYALARDAN FOYDALANISHNING MINTAQAVIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

KICHIK BIZNESDA INVESTITSIYALARDAN FOYDALANISHNING

MINTAQAVIY TAHLILI

Ikrom Ergashboevich Kenjaev

Ibodilloxon Ismatillayevich Soliyev

Namangan davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada koronavirus pandemiyasi sharoitida davlatning investitsiya loyihalarini ro'yobga chiqarishda qo'llab-quvvatlashining muhim yo'nalishlari hamda iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o'rni ko'rsatilgan. SHu bilan birga Namangan viloyati kichik biznesida investitsiyalardan foydalanish holati tahlili amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, investitsiyalar, tadbirkorlik, xorijiy investitsiyalar, asosiy kapital.

Koronavirusning jahon bo'ylab tarqalishi va O'zbekistonga ham kirib kelishi ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muayyan muammolarni keltirib chiqardi va iqtisodiy rivojlanish sur'atlariga salbiy ta'sir etdi. Davlat jiddiy choralar ko'rishga, shu jumladan noiqtisodiy choralarga ham, majbur bo'lmoqda. Koronavirus pandemiyasi sharoitlarida davlat qo'llab-quvvatlashi quyidagi eng muhim yo'nalishlardagi investitsiya loyihalarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan:

ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob'ektlarini barpo etish (amalda davlat tomonidan to'la yoki hal qiluvchi darajada moliyalashtirish);

iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsion loyihalar;

qayta ishlovchi sanoatdagi qo'shilgan qiymat yaratish zanjirida yakunlovchi bo'g'in bo'lgan va yangi ish joylari yaratayotgan investitsion loyihalar (ular asosan xususiy investorlar tomonidan davlatning faol moliyaviy va boshqa quvvatlashida amalga oshiriladi);

aholi daromadlarini oshirish bo'yicha loyihalar (asosan davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi va o'zini o'zi band qilishga, kambag'allikni qisqartirishga va kichik biznesni jadal rivojlantirishga qaratilgan).

Barcha yo'nalishlardagi investitsion loyihalarning bajarilishi, shubhasiz, kichik biznes mahsulotlariga qo'shimcha talab yaratadi va uni jadal rivojlantirishni taqozo etadi, bu esa sektordagi investitsiyalar kutilayotgan samaradorligini oshiradi, investitsion muhitni qulaylashtiradi. 2019 yilda O'zbekistonda mo'ljallangan 138 trln. so'm o'rniga 189 trln. so'm investitsiyalar o'zashtirildi. 2020 yilning Davlat investitsion

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

dasturi o'z ichiga 3000 dan ortiq investitsion loyihalarni olgan bo'lib, uning doirasida 235 trln. so'm investitsiya kiritiladi (YalMning 38 foizi), shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.

Davlat tomonidan ko'rilayotgan inqirozga qarshi choralar kichik biznesdagi investitsion jarayonlarni bevosita va bilvosita qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ularning muhim qismi soliq yukining yengillashtirilishidir (3 oyga yer solig'i va mulk solig'idan ozod qilish, soliq to'lovlarini kechiktirish, soliq xarakteridagi turli to'lovlarni kamaytirish - 2020 yilda bular 70 trln. so'mdan ko'proqni tashkil etadi), bank kreditlashi taomillarini soddalashtirish va shartlarini yengillashtirish, bank kreditlashi resurs manbalarini kengaytirishni tashkil etadi.

2020 yilda O'zbekistonda barcha manbalar hisobidan 240 mingta ishlab chiqarish ob'ektlari, 16 mingta ijtimoiy soha va infrastruktura ob'ektlari ishga tushurilishi mo'ljallangan. SHuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan ajratiladigan 2,7 mlrd. AQSH dollari hajmidagi mablag'larning o'zlashtirilishi nazarda tutilmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sharoitlarida ham o'ziga xos investitsiya siyosati natijasida O'zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasidagi natijalar ijobiy tendentsiyalarga ega bo'lmoqda. Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning tutgan o'rni quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy, yangi texnika va yuqori texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantirsa;

ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin bo'ladi va shu asosda aholining turmush darajasini oshirish imkoni yaratiladi;

uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi;

to'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy texnik bazasini yangilaydi, texnik jihatdan qayta qurollantiradi;

beshinchidan esa, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko'maklashadi.

Namangan viloyatida xususiy sektorda ustun darajada kichik korxonalar tashkil etilishi va rivojlanishi kuzatilmoqda. So'nggi 10 yil mobaynida Namangan viloyatida iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik korxonalar soni muntazam ravishda ortib bormoqda. Ayniqsa, sanoat va qurilish sohalarida ular sonining o'sishi yangi korxonalar paydo bo'lishi va yangi zamonaviy ish o'rinlari yaratilishi bilan bog'liq. Sanoatda kichik korxonalar soni 2014 yildagi 2347 tadan 2020 yilda 5453 taga yetgan. Qurilishda mos ravishda 1149 tadan 1922 taga yetgan. E'tiborlisi, eng jadal o'sishga 2020 yilda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

erishilgan. Pandemiya sharoitlariga qaramasdan sanoatda deyarli 1149 ta, qurilishda 400 ta yangi kichik korxonalar paydo bo'lgan. Boshqa sohalarda ham shu kabi jarayonlar kuzatilmoqda (1-jadval).

(1-jadval)

Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha kichik korxonalar soni

2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020

Qishloq o'rmon va baliq xo'jaligi 1110 1153 1248 1320 1445 1533 1796

Sanoat 2347 2608 2844 3215 3851 4304 5453

Qurilish 1149 1247 1345 1402 1432 1521 1922

Savdo 4015 4099 4384 4610 4811 4967 6905

Tashish va saqlash 448 465 519 625 691 779 960

Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 620 668 700 729 796 843 1119

Axborot va aloqa 227 275 297 295 287 308 349

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish 418 418 432 295 346 414 444

Boshqa turlari 1958 2147 2325 2176 2290 2306 2513

Jami 12292 13080 14094 14667 15949 16975 21461

Viloyat iqtisodiyoti rivojlanishida kichik biznesning roli mazkur sektorning jalb etilayotgan yalpi investitsiyalardagi ulushi oshib borishida o'z ifodasini topmoqda (2-jadval). Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, viloyatda eng katta xajmdagi investitsiyalar qayta ishlash sanoatga yo'naltirilmoqda. Bu jarayon sanoatda kichik biznes jadal rivojlanayotganligi va yangi sub'ektlar tarmoqqa investitsiyalar olib kirayotganligi bilan bog'liq. Asosiy kapitalga investitsiyalar barcha sohalarda kengayib bormoqda va ular ustun darajada kichik biznes sub'ektlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 2020 yilda viloyatda kichik biznesning asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 73.9 %ni tashkil etdi. Bu albatta sanoatda yangi kichik biznes korxonalari muntazam ravishda tashkil etib borilayotganligi bilan bog'liq.

(2-jadval)

Tarmoqlarga jalb etilayotgan yalpi investitsiyalar va ulardagi KB sub'ektlari

ulushi

2016 2017 2018 2019 2020

Asosiy kapitalga investitsiyalar: 2362,6 3052,0 7131,0 12187,0 11982,5

SHu jumladan iqtisodiy faoliyat turlari bo 'yicha (mlrd.so'm):

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 49,61 103,77 290,9 1236,7 1122,2

Tog'-kon sanoati 2,36 3,05 245,5 - -

Elektroenergetika - - - 3069,4 -

Sanoat 314,23 412,02 727,7 3137,0 5398,3

Qurilish 73,24 51,88 46,7 258,4 756,7

Turar joy qurilishi 760,76 842,35 1153,9 1458,7 1715,6

Axborot va aloqa - - 12,8 180,5 39,1

Savdo va umumovqatlanish 96,87 109,87 110,6 564,4 -

Moliya va sug'urta - - 17,3 166,1 100,2

Komunal qurilish 165,38 479,16 3471,9 - 678,4

Ko'chmas mulk - - - 298,9 -

Ta'lim 7,09 6,10 183,3 293,2 307,1

Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar 59,07 51,88 123,3 321,7 399,0

San'at va dam olish - - 18,3 54,7 151,9

Tashish va saqlash 734,77 705,01 488,5 568,4 598,9

Boshqa sohalar 99,23 286,89 240,3 578,9 715,1

KB sub'ektlari ulushi (%) 48,0 42,2 50.2 54,2 73,9

Iqtisodiyotni, shu jumladan kichik biznesni rivojlantirish uchun tashqi va ichki investitsiyalar oqimini faollashtirish iqtisodiy o'sishning yangi bosqichini boshlab

beradigan asosiy omil hisoblanadi. SHunga ko'ra, iqtisodiyotni rivojlantirish keng miqyosdagi investitsiyalarni talab qiladi. Respublika hududlarida ishlab chiqarish kuchlarini zamonaviylashtirish va asosiy vositalarini yangilash, mavjud korxonalarni rekonstruktsiya qilish uchun kapital qo'yilmalarni safarbar qilish zaruriyati mavjuddir (3-jadval).

(3-jadval)

Namangan viloyati bo'yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning

manbalari bo'yicha ko'rsatkichlar tahlili

2015 2016 2017 2018 2019 2020

Asosiy kapitalga investitsiyalar

(moliyalashtirishning barcha 1926,6 2824,5 3586,7 8158,1 12187,0 11982,5

manbalari hisobiga), mlrd.so'm

Asosiy kapitalg a investitsiyalar, o'tgan yilga nisbatan % da 105,9 108,2 110,2 178,1 132,0 87,9

shu jumladan moliyalashtirish

manbalari:

Respublika byudjeti 163,9 71,1 130,1 226,9 574,6 627,1

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

korxona (maxalliy byudjet, xomiy mablag'lari) va aholi 895,9 1436,6 1789,7 2422,6 4393,8 2929,5

bank kreditlari va boshqa zayomlar 211,4 489,2 416,8 1282,9 1427,1 2925,4

chet el investitsiyalari va kreditlari 565,5 639,1 1133,4 2729,5 5313,6 1304,9

byudjetdan tashqari fondlar 89,9 188,5 116,6 1496,2 477,8 2489,9

Ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, Namangan viloyatida so'nggi yillarda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritilishi kengayib bormoqda, ammo 2019 - 2020 yillarda bu

jarayon pandemiyaning iqtisodiyotga ta'siri natijasida kamayishi kuzatilmoqda. 2020 yilda asosiy kapitalga jami investitsiyalar 11982,5 mlrd. so'mni tashkil etgani holda uning faqat 627,1 mlrd. so'mi respublika byudjetidan qoplandi va qolgan qismi boshqa manbalarga to'g'ri keldi. Mahalliy byudjetlar imkoniyatlari bu borada muayyan darajada cheklanganligi va yirik korxonalar kamligini e'tiborga olsak, moliyalash manbalari asosiy qismini kichik biznes sub'ektlari va aholining mablag'lari (2929,5 mlrd.so'm) tashkil etmoqda. Moliyalash manbalarida bank kreditlari ulushining ortishi kuzatilmoqda va 2020 yilda bu 2925,4 mlrd so'mni tashkil etdi. Ayni paytda viloyatdagi iqtisodiy inqiroz asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashda xorijiy investitsiyalarning kamayishiga sabab bo'ldi va 2020 yilda 1304,9 mlrd.so'mni tashkil etdi. Bu manbaning asosiy kapitalga jami investitsiyalardagi ulushi 2018 yilga nisbatan 47,8 foizni, 2019 yilga nisbatan 24,6 foizni tashkil etdi. Bu esa o'z navbatida ko'plab kichik biznes korxonalarini moliyalashtirishda muammolarni keltirib chiqardi.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiya kiritilishi bo'yicha Namangan viloyati mamlakat o'rtacha darajasidan pastroq, lekin qo'shni viloyatlarga nisbatan yuqoriroq ko'rsatkichga ega (4-jadval).

(4-jadval)

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalar (ming so'm)

2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019

O'zbekiston Respublikasi 1008,2 1224,0 1431,7 1608,6 2227,8 3769,6 5655,8

Qoraqalpog'iston Respublikasi 1400,7 2280,6 3388,2 2094,0 1542,2 3641,1 4476,7

viloyatlar:

Andijon 525,8 581,0 678,4 745,3 999,6 1550,3 2642,3

Buxoro 1720,3 2023,4 2264,0 3237,6 6254,2 5105,4 5167,3

Jizzax 928,1 969,6 1033,1 1125,1 1361,9 2693,9 5792,3

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Qashqadaryo 1281,0 1613,1 1969,9 2389,3 3583,4 5193,4 7246,1

Navoiy 1896,4 1933,5 1965,1 3168,1 4185,4 10920,2 17985,7

Namangan 485,6 714,7 863,8 1074,8 1340,3 2992,5 4380,8

Samarqand 623,3 730,0 912,0 1001,6 1189,4 1878,3 2552,7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Surxondaryo 600,1 646,8 773,0 879,1 1427,1 2848,3 4705,5

Sirdaryo 1126,4 1288,1 1382,2 1660,3 2011,1 3280,2 7312,4

Toshkent 1178,7 1466,6 1595,0 1507,5 2087,2 3898,4 5799,9

Farg'ona 634,3 672,0 731,6 747,8 822,4 1516,8 2465,1

Xorazm 753,1 950,0 884,7 885,8 1215,1 1655,6 3007,2

Toshkent sh. 2120,7 2527,2 2877,4 3848,1 5552,7 10627,8 16332,0

Bu birinchi navbatda mamlakat miqyosida eng katta investitsiyalar umumdavlat ahamiyatiga ega bo'lgan yirik ob'ektlarga yo'naltirilishi bilan izohlanadi. Bunday ob'ektlar Namangan viloyatida ko'p emas. Ayni paytda viloyat bu ko'rsatkich bo'yicha mamlakat o'rtacha darajasiga yaqinlashib bormoqda. 2020 yilda viloyatda iqtisodiyotga kiritiladigan investitsiyalarning kamida 85 foizi nodavlat manbalardan amalga oshirilishi kutilmoqda. Bozor munosabatlari sharoitlarida bu manbalar iqtisodiy samaradorligi eng yuqori loyihalarga yo'naltirilishi va xususiy sektorda ichki moliyaviy nazorat nisbatan ta'sirchanroq ekanligini e'tiborga olsak, bu jarayon viloyatda kichik biznesning jadal rivojlanishini kafolatlamoqda va xorijiy investorlarning mazkur sektorga jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.

Tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, mamlakatda xorijiy investitsiyalarni jalb etish rivojlanib borayotgan bir davrda, viloyatda xorijiy investitsiyalar jalb etishda qator muammolar mavjud ekanligini inkor etish mumkin emas. Jumladan:

mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni mintaqa to'g'risida batafsil ma'lumotlar bilan ta'minlashda faol ishtirok etmayotganligi;

ba'zi hollarda texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi; investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi; tadbirkorlarning biznes-ko'nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi;

investitsiya takliflari va loyihalari texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan talablarga javob bermasligi kabilardir. Ta'kidlash joizki, Namangan viloyatiga jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning respublika ko'rsatkichiga nisbatan pasayishi uning tarmoqlariga to'g'ri keladigan xorijiy investitsiyalar ulushining ham pasayishiga olib keldi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Namangan viloyati kichik biznesida investitsiyalar va innovatsiyalarni amalga oshirish borasida mablag'larga ehtiyojni shakllantiruvchi va ayni vaqtda, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ta'sir ko'rsatuvchi, hududning innovatsion-investitsion rivojlantirish shart-sharoitlarini belgilab beruvchi omillar aniqlandi. Mazkur omillar sirasiga quyidagilar kiradi:

1) innovatsion faollik va iqtisodiy o'sish sur'atlari darajasiga teskari ta'sir etuvchi, davriylik omili;

2) aholi soni va tarkibining o'zgarishi bilan bog'liq tarzda umumiy yakuniy iste'mol darajasini belgilab beruvchi, demografik omil;

3) atrof-muhitga inson ta'sirini kamaytirish va qat'iy resurs tejamkorlik asosida investitsion-innovatsion faoliyat amalga oshirilishini belgilab beruvchi, tabiiy ekologik omil;

4) iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosi sifatidagi texnologik omil.

SHu tariqa, amalga oshirilgan SWOT-tahlil jarayonida aniqlangan hududiy

ijtimoiy-iqtisodiy tizimning "kuchli jihatlari" va tashqi muhit ta'sirida vujudga kelishi mumkin bo'lgan xavflarning o'zaro nisbati hudud iqtisodiyotini, shu jumladan kichik biznesni, innovatsion rivojlantirish mexanizmini shakllantirishni shart qilib qo'yadi. Ko'pchilik holatlarda mazkur mexanizmlar quyidagi guruhlardan tashkil topadi: innovatsion faoliyatni tashkil etish mexanizmlari, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish mexanizmlari; intellektual mulk mexanizmlari; innovatsion faoliyatni rag'batlantirish mexanizmlari. Biz innovatsion jarayon ishtirokchilarining o'zaro ta'sirlashuvi; innovatsion faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilish; texnologik transfertlar va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish mexanizmlarini ham kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Ta'kidlash lozimki, ushbu yondashuv ko'rib chiqilgan mexanizmlarni tizimli tarzda bayon etish, ya'ni barcha mumkin bo'lgan mexanizmlarni albatta tizim doirasida hisobga olish imkonini beradi. Bu esa aytib o'tilgan guruhlar doirasida yangi mexanizmlarning vujudga kelish imkoniyati mavj udligini ko' rsatadi.

Jahonda koronavirus pandemiyasi salbiy oqibatlari tamomila bartaraf qilinmagan bir holatda mamlakatimizda va uning mintaqalarida Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ravishda kengaytirib borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi yetakchi o'rin tutadi. Bu yo'nalishda Namangan viloyatida aniq maqsadli ish olib borish natijasida mintaqaga nafaqat xorijiy investitsiyalarni, balki eng avvalo, ilg'or texnologiya va nou-xaularni jalb etish ko'zda tutilmoqda. Bu mintaqada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Aytish kerakki, mintaqada xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan keng istiqbollar va imkoniyatlar hamda aniq bayon etilgan taraqqiyot ustuvorliklari yetakchi transmilliy kompaniyalar va korporatsiyalarning o'z investitsiyalarini olib kirishiga yuqori darajada intilishini ta'minlaydi. Tadqiq etilayotgan davrda yangi yuqori texnologiyali ish o'rinlarini yaratish hamda aholi daromadi darajasini ko'tarishning ishonchli manbaiga aylangan xorijiy investitsiyalar hajmi ortib bormoqda.

SHu bilan birga kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi takliflarni keltirish maqsadga muvofiq deb topdik:

riskli texnologik o'zgarishlarni amalga oshirayotgan va innovatsion faoliyatni tashkil etayotgan kichik biznes sub'ektlarini soliqqa tortishning past darajasini belgilash va soliq ta'tillarini berish orqali rivojlantirish;

yuqori riskli loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan soliq imtiyozlarining maxsus tizimini yaratish;

ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes ob'ektlariga yo'naltirish;

texnologik asbob-uskunalarni zamon talablariga keltirish maqsadida xo'jalik sub'ektlari vakillarining xalqaro ko'rgazma-savdolarda ishtirok etishini ta'minlash, tejamkor texnologiyalarni tanlash va ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

Hozirgi paytda tumanlar mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini faollashtirishni talab etadi. Bu ishlarda quyidagilarning zarurligini ta'kidlab o'tish mumkin:

tumanning ichki investitsion salohiyatini chuqur o'rganish va aniq manbalarga asoslangan holda investitsion loyihalarni tayyorlashda muvofiqlashtirish ishlarini olib borish;

tumanning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi xodimlari malakasini oshirishda ko'mak ko'rsatish;

xorijiy investorlar va tashabbuskorlarga huquqiy, iqtisodiy tashkiliy masalalar bo'yicha maslahat beruvchi konsalting xizmatlarini tashkil etishda amaliy yordam berish;

loyiha tashabbuskorlariga investitsiya kiritish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatish, ularni me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish;

amaliy seminarlar va texnologik ko'rgazmalarni tashkillashtirish bo'yicha tegishli mutasaddi idoralarga taklif bilan chiqish;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida elektr-energiya, gaz, suv va yoqilg'i moylash materiallari bilan uzluksiz ta'minlashda va yer resurslari ajratishda ko'mak berish;

doimiy ravishda investorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish va ular bilan muzokaralar olib borish;

hududda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi mavjud korxonalar muammolarini hal etish, hamda o'rnatilgan imtiyozlardan foydalanishni ta'minlash uchun mutasaddi vazirlik va irodalarga murojaat qilish.

Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini ta'minlovchi kuchdir. SHuning uchun ham barcha imkoniyatlarni ishga solib kichik biznes iqtisodiyotiga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmini oshirish zamon talabidir. Investitsiya faoliyatida asosiy e'tiborni rivojlanish darajasi past bo'lgan hududlardagi kichik biznes su'ektlariga qaratish maqsadga muvofiqdir. Aynan maqsadli yo'naltirilgan investitsiya siyosati mamlakatdagi kichik biznesni iqtisodiy barqarorligini ta'minlovchi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Кенжаев И. Э. Созданные условия для иностранных инвесторов в Узбекистане //Приоритетные векторы развития промышленности и сельского хозяйства. -2019. - С. 157-159.

2. Кенжаев И. Кичик бизнесга хорижий инвестицияларни жалб килишнинг норматив-хукукий асослари //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С.

3. Kenjaev I. E. Theoretical aspects of attracting foreign investment in the economy of the region //Economics and Innovative Technologies. - 2019. - T. 2019. - №. 3. - C. 8.

4. Kenjaev I. E. The Importance of Enterprises with the Participation of Foreign Capital in Attracting Foreign Investment //European Multidisciplinary Journal of Modern Science. - 2022. - T. 5. - C. 246-249.

5. Jamoliddinovich U. B. FUNDAMENTALS OF EDUCATION QUALITY IN HIGHER EDUCATION //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. -T. 11. - №. 01. - C. 149-151.

6. Jamoliddinovic, U. B. . (2022). Origins, Dynamics and Logics Bologna Process. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 5, 239-245. Retrieved from https: //emj ms .academicj ournal. io/index.php/emj ms/article/view/254

329-344.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

7. Urinov, Bakhrom Djamoliddinovich (2020) "THE QUALITY OF EDUCATION AND THE MAIN FACTORS AND CRITERIA THAT DETERMINE IT," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2 : Iss. 6 , Article 84.

8. Urinov, Bakhrom Jamoliddinovich (2020) "EUROPEAN STANDARDS FOR THE QUALITY OF EDUCATION.," Scientific Bulletin of Namangan State University: Vol. 2 : Iss. 7 , Article 77.

Available at: https://uzjournals.edu.uz/namdu/vol2/iss7/77

9. Zhamoliddinovich, Urinov B. "Strategic Priorities of the University." JournalNX, 2020, pp. 452-459.

10. Е.А.Еаниев. (2022). ТАЪЛИМ МУАССАЛАРИДА МЕДНАТГА ХДО ТУЛАШДАГИ МУАММОЛАР. Научный журнал Инволта, 1(5), 86-93. Извлечено из https: //involta.uz/index.php/iv/article/view/105

11. Rasulov N. A. PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP-AS AN EFFECTIVE MECHANISM OF FINANCING OF INNOVATION PROCESS //Theoretical & Applied Science. - 2021. - №. 6. - С. 68-71.

12. Расулов Н. А. ХУСУСИЙ СЕКТОР ТОМОНИДАН ИЛМИЙ ИННОВАЦИОН ЛОЙИХАЛАРНИ МОЛИЯЛАШТИРИШ ТАДЛИЛИ //Экономика и финансы (Узбекистан). - 2020. - №. 3 (135).

13. Баймирзаев, Д. Н. Развитие инновационной деятельности в фермерских хозяйствах - важный фактор преодоления рисков / Д. Н. Баймирзаев // Информационные технологии в образовании и аграрном производстве : сборник материалов III Международной научно-практической конференции, Брянск, 18 марта 2020 года. - Брянск: Брянский государственный аграрный университет, 2020. - С. 8-13. - EDN DMKEUK.

14. Баймирзаев, Д. Н. Минимизации рисков урожайности на основе диверсификации производства в фермерских хозяйствах / Д. Н. Баймирзаев // Актуальные вопросы экономики и агробизнеса : Сборник статей, Брянск, 05-06 марта 2020 года. - Брянск: Брянский государственный аграрный университет, 2020. - С. 12-16. - EDN QVSQIN.

15. Якубжанова Х. Я. Анализ зарубежного опыта в развитии экотуризма: на примере Ферганского экономического района //Региональная экономика: теория и практика. - 2019. - Т. 17. - №. 8. - С. 1593-1606.

16. O Boyto'rayev, X Yoqubjonova THE ROLE AND PLACE OF ECOTOURISM IN THE REGIONAL ECONOMY OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN, - Экономика и социум, 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.