Научная статья на тему 'Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni samaradorligini oshirishda masalalari'

Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni samaradorligini oshirishda masalalari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
750
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
investitsiyalar / xorijiy investitsiyalar / investitsion muhit / investitsion jozibadorlik

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Husan Mansurovich Isayev

Bugungi kunda davlatlarning ichki iqtisodiy-moliyaviy holatini oshirish uchun mamlakatga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar muhim rol oʻynaydi. Kiritiladigan kapitallar hajmini oshirish yoki samaradorligini ta’minlash Oʻzbekistondek endi rivojlanib borayotgan davlatlar uchun suv va havodek zarur vositadir. Albatta, ushbu sohada qandaydir yutuqlarga erishishni xorij koʻnikmalaridan oʻrganishsiz, ularni foydalanishsiz va amaliyotga tatbiq etishlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi, zero hech qaysi davlat yakka va boshqa davlatlardan uzilgan holda, o‘zi rivojlanishi haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni samaradorligini oshirishda masalalari»

Iqtisodiyotda xorijiy investitsiyalarni samaradorligini

oshirishda masalalari

Husan Mansurovich Isayev [email protected] Toshkent moliya Instituti

Annotatsiya: Bugungi kunda davlatlarning ichki iqtisodiy-moliyaviy holatini oshirish uchun mamlakatga kiritiladigan xorijiy investitsiyalar muhim rol o'ynaydi. Kiritiladigan kapitallar hajmini oshirish yoki samaradorligini ta'minlash O'zbekistondek endi rivojlanib borayotgan davlatlar uchun suv va havodek zarur vositadir. Albatta, ushbu sohada qandaydir yutuqlarga erishishni xorij ko'nikmalaridan o'rganishsiz, ularni foydalanishsiz va amaliyotga tatbiq etishlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi, zero hech qaysi davlat yakka va boshqa davlatlardan uzilgan holda, o'zi rivojlanishi haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Kalit so'zlar: investitsiyalar, xorijiy investitsiyalar, investitsion muhit, investitsion jozibadorlik

Issues in increasing the effectiveness of foreign investments in

the economy

Husan Mansurovich Isayev [email protected] Tashkent Institute of Finance

Abstract: Today, foreign investments in the country play an important role in improving the internal economic and financial situation of the countries. Increasing the volume of invested capital or ensuring its efficiency is a tool as necessary as water and air for developing countries like Uzbekistan. Of course, it is impossible to imagine achieving some kind of progress in this field without learning from foreign skills, using them and putting them into practice, because it is unrealistic for any country to develop independently and isolated from other countries.

Keywords: investments, foreign investments, investment environment, investment attractiveness

KIRISH

Ma'lumki, hozirgi kunda investorlarnmg mamlakatga yetarlicha huquqiy ishonchi bo'lmasa, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishda muammolar yuzaga

keladi. Ushbu sohada keyingi besh yilda qilinadigan ishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tog'risida"gi PF-60-son Farmonida ham alohida bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar belgilandi [1]. Ushbu me'yoriy hujjatga ko'ra ushbu yillar davomida O'zbekiston hukumati to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni o'zining asosiy siyosati, ustuvor yo'nalishlaridan biri deb e'lon qildi va yuqori iqtisodiy o'sish hamda investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish dinamikasini oshirish orqali mavjud ijtimoiy muammolarni xususan, ishsizlik va qashshoqlik darajasini hal etish mumkinligi belgilab qo'yildi.

2020-yil 27-yanvardan kuchga kirgan "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni mamlakatimizdan mablag'larni cheksiz olib chiqish va investitsiyalarni milliylashtirishdan himoya qilishni kafolatladi [2]. Yana shuni alohida ta'kidlash muhimki, 2019-yil noyabr oyida tashkil etilgan Prezident huzuridagi xorijiy investorlar kengashi xorijiy investorlar, ekspertlar va ishbilarmon doiralar bilan yangi kengaytirilgan muloqot platformasiga aylandi.

Tadbirkorlar va investorlar so'nggi yillarda mamlakatimizda davlat xaridlari jarayonida shaffofligining yo'qligi, xususiy mulk huquqlarining yomon himoyalanishi va intellektual mulk huquqlarining yetarli darajada ta'minlanmagani kabi bir qancha fundamental muammolarga duch kelishmoqda. Jumladan, 2020-yilda biznes yuritishning qulayligi reytingida 69,9 ball ko'rsatkichi bilan 69-o'rinni egalladi. Ushbu ko'rsatkich yurtimizda hali investitsiya sohasida qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina ekanligini ko'rsatmoqda. Bu esa bugungi kun iqtisodiyoti uchun ushbu mavzuni ilmiy tadqiq estish dolzarb hisoblanadi.

ADABIYOTLAR SHARXI

Iqtisodiyotda investitsiyaning o'rni muhim ahamiyat kasb etishini bir qancha mashhur iqtisodchilar ham ta'kidlab o'tishgan. Ulardan eng ko'zga tashlanuvchisi investitsiya bo'yicha juda katta ishlar olib brogan Jon Keyns hisoblanadi. Uning investitsiya to'g'risida yozgan "Retrospective: Investment innovator" nomli kitobi hozirgi iqtisodiyot uchun juda qimmatli manba hisoblanadi. Ushbu kitobda Keynes investitsiyaga oid bir qancha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berib o'tadi. Uning eng mashhur tavsiyalaridan biri bu "Boshqalar qo'rqqanda sen ochko'z bo'l" edi. Boshqacha qilib aytgancha, boshqalar bilan investitsiya bo'yicha hamfikrlik bo'lish har doim ham manfaat keltiravermaydi [3].

F.T.Nikkerbokker' "Oligopoliya va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar nazariyasi" ilmiy asarida oligopolistik tashkilotlar va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar o'rtasidagi munosabatni tadqiq qilib o'tadi. Uning 20 yil mobaynida 187 ta Amerika kompaniyalarining xalqaro faoliyatini o'rganish natijasi shuni ko'rsatgan ediki, oligopolistik tashkilotlarda milliy raqobatchilar tabiiy ravishda bozor yetakchilari orqasidan ergashadilar. Bu ergashish strategiyasi 45 foiz holatda birinchi

investitsiyalash vaqtidan boshlab 3'yil davomida kuzatilgan, 55 foiz holatda esa 7 yil davomida kuzatilgan. X.Grem ushbu modelni Yevropa transmilliy kompaniyalari investitsiya faoliyati'xarakterini tushuntirish orqali yanada takomillashtirdi. Uning aniqlashicha, ushbu korporatsiyalarning maqsadi AQShdagi o'zlarining yevropalik raqobatchilari bilan kurashish emas, balki Yevropadagi Amerika kompaniyalari strategiyalariga qarshilik ko'rsatish bo'lgan ekanlgini ta'kidlagan [4].

P.Bakkli va 'M.Kasson internalizatsiya nazariyasida internalizatsiya, integratsiya va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar muammolarini tadqiq qilib o'tganlar. Internalizatsiya nazariyasi transmilliy kompaniyalar rivojlanishi va ularning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyani amalga oshirish motivlarini o'rganadi. Bu nazariyaga ko'ra kompaniyalar yaxlit ichki tuzilmaga ega bo'lgan sharoitda o'z faoliyatlarini kengaytirish'imkoniyatiga ega. Shuningdek, ushbu nazariyada undan oldingi nazariyalar asosiy e'tiborni ishlab chiqarish funksiyasiga qaratganligi va biznesni xalqaro tashkillashtirish, marketing va boshqaruv resurslari, moliyaviy menejment, yetakchilik qobiliyati, inson resurslarini rivojlantirish kabi boshqa muhim afzalliklar e'tibordan chetda qolganligi ta'kidlanib o'tiladi [5].

Xiabo Wei, Muhammad Mohsin hamda Qiongxin Zhang ning "Qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar" haqidagi maqolasida investitsiyalarning naqadar mamlakat uchun foydali ekanligi yana bir bor ochib berilgan. Undagi faqat qayta tiklanadigan energiya issiqxona gazlari emissiyasi nuqtai nazaridan sezilarli va salbiy ekanligi hamda Xitoyning to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalari butun dunyoda tobora ko'proq e'tiborni tortayotganligi va uning rivojlanishdagi sezilarli salmog'i ta'kidlab o'tilgan [6].

TAHLIL VA NATIJALAR

Globallashuvning yanada kengayishi bilanoq, ko'pgina korxonalar o'z faoliyatini tobora rivojlantirishga harakat qilishadi. Chunki, boshqa mamlakatda yangi ishlab chiqarish korxonalarini ochish arzonroq ishlab chiqarish va mehnat xarajatlari imkoniyatlari berishi bilan jozibaliroqdek tuyuladi. Bundan tashqari, bu yirik korporatsiyalar ko'pincha eng kam soliq to'laydigan mamlakatlar bilan biznes yuritishga intilishadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish iqtisodiy rivojlanish siyosatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. Dunyoning aksariyat mamlakatlarida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish vakolatiga ega bo'lgan milliy investitsiyalarni rag'batlantirish agentliklari tashkil etilgan. U asosiy amalga oshirish masalalarini bayon qiladi va mintaqa bo'ylab agentliklar uchun to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish va'uning samaradorligini yanada oshirish uchun amaliy qo'llanmasi bo'lib xizmat qiladi.

Investitsiyalarni jalb qilish strategiyasining maqsadi puxta o'ylangan taktikani amalga oshirish orqali erishish mumkin bo'lgan aniq maqsadlar to'plamiga asoslangan

holda biznes investitsiyalarini jalb qilishning strategik rejasini ishlab chiqishdan iborat (1-rasm).

Ma'lumki, investitsion muhit yaratilishi lozim bo'lgan hududda xorijlik investorlar ushbu hudud statistikasi va yashash sharoitlari va darajalarini chuqur tahlil qilib ko'rishadi. Ushbu tahlil potensial xorijiy investorlarni aniqlab berishda va o'z mablag'arini yo'naltirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

1-rasm. Investitsiyalarni rag'batlantirish uchun asoslari

Strategik korxonalar, jumladan, tabiiy resurslar va kommunal sohadagi eksportga yo'naltirilgan muhim korxonalar to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar uchun asosiy nomzodlardir, biroq bu tarmoqlar O'zbekistonda to'g'ridan-to'g'ri investitsiya maqsadlari sifatida sezilarli darajada cheklab qo'yilgan. Butun Markaziy va Sharqiy Yevropa uchun o'tgan yillarda xususiylashtirish natijasida kelib chiqqan to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar umumiy to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar oqimining deyarli 49 foizini tashkil etdi. O'zbekiston iqtisodiyoti, xususan, eksport tarmoqlari tovar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. O'zbekiston paxta va oltin qazib olish bo'yicha jahonda yetakchi o'rinlardan birini egallaydi, rangli metallarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi va tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi yirik davlat hisoblanadi.

2-rasmdan ko'rinib turibdiki, 2020-yilgi pandemiya asoratlari tufayli O'zbekistonga ham investitsiya hajmi biroz kamayd. Ushbu ko'rsatkich 2019-yilgi holatga ko'ra 38,4 foiz tashkil etgan bo'lsa, hozirga kelib 33,3 foiz ga yaqinlashgan. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, O'zbekiston Respublikasi YalM hajmi ham yildan yilga yuqorilagani bois, ushbu tushish mamlakatimizga avvalgidek kuchli ta'sir o'tkazgani yo'q.

39% 33% 37% 36% 35% 34% 33% 32% 31% 30%

38,40%

34,S0%

AS,SUVo

2019-vil

2020-yil

2021-yil

2-rasm. Iqtisodiyot tarmoqlariga jalb qilingan investitsiyalarni YalMdagi ulushi O'zbekistonda 8000 ga yaqin xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona ro'yxatga olingan bo'lib, ulardan 5600 ga yaqini faoliyat ko'rsatayotgani xabar qilingan. Ular orasida yirik xalqaro kompaniyalar (KIA, BAT Industries, Newmont va Coca Cola) bilan tuzilgan qo'shma korxonalar ham bor. Biroq, umumiy hisobda, O'zbekiston hozirgi vaqtda aholi soniga nisbatan va Markaziy Osiyoning qolgan qismi bilan solishtirganda mutlaq ko'rsatkichlarda juda kichik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar oqimini jalb qilmoqda.

1-jadval

O'zbekiston iqtisodiyotga jalb qilingan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi

(2012-2021)

O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar

Yil Pul oqimi (AQSh dollari)

2021 3,4 $ mlrd

2020 3,5 $ mlrd

2019 2.32 $ mlrd

2018 1.4 $ mlrd

2017 1.80 $ mlrd

2016 1.66 $ mlrd

2015 1.04 $ mlrd

2014 0.81 $ mlrd

2013 0.69 $ mlrd

2012 0.74 $ mlrd

Yuqorida berilgan 1-jadvalda, mamlakatga kiritlgan investitsiya loyihalarining jami miqdori yillar davomidagiga taqqoslangan holda berilgan. Ko'rishimiz mumkinki, O'zbekiston Respublikasiga kiritilayotgan invetisiyalar hajmi tobora ortib bormoqda. Ammo, 2020-yilda sodir bo'lgan pandemiya oqibatida kiritilayotgan investitsiya hajmi yana sustlashib qoldi.

Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi ko'p qirrali investitsiyalarni kiritilishida muammo va kamchiliklarga duch kelmoqda. Ushbu holatda, investitsiyalar bo'yicha barqaror va ajoyib natijalarga erishayotgan mamlakatlarning tajribalarini o'rganish, har

tomonlama tahlil qilish hamda nihoyat ularni O'zbekiston sharoitiga tatbiq etish hozirgi tezda rivojlanayotgan zamon uchun muhim hisoblanadi.

Hozirda dunyoning turli xil nuqtalarida investitsion oqimlarni o'ziga qaratishda yoki yanada oshirishda turli xil usullarni qo'llashadi. Haqiqatki, aynan o'sha usul orqali investitsion ilg'or davlatlar hozirgi mavqeiga erishishgan. Asosiy xorij tajribasidan o'rganishimiz lozim bo'lgan jihatlar sifatida quyidagilarni ko'rib chiqamiz:

1) davlat aralashuvi kamligi. Agarda investitsiya jihatdan takomillashgan davlatlar tajribasini oladigan bo'lsak, ularda iqtisodiyotda davlat aralashuvi hamda kirib kelgan biznes xo'jaliklarining davlat tomonidan sotib olinishi holatlari deyarli uchramaydi. Qonunga ko'ra, O'zbekiston xorijiy va mahalliy xususiy tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ularga egalik qilish, haq to'lanadigan faoliyatning aksariyat shakllari bilan shug'ullanish huquqini kafolatlaydi;

2) O'zbekiston haqida investitsion "yo'l-xaritasi" yetishmasligi. Barcha rivojlangan davlatlar o'zlariga mablag' kiritmoqchi bo'lgan investorlar uchun yo'l-xaritasini tuzib chiqishadi. Bunda mamlakatning turli xil ko'rsatkichlari keltiriladi hamda mamlakatning hozirgi siyosati, soliq tizimi, biznes boshlash bo'yicha ilk qo'llanma, banklar tizimi, aholi qiziqishlari va demografik ko'payish sur'atlari, shu paytga qadar kiritilgan investitsiyalar qayerga va qancha miqdorda yo'naltirilganligi va hokazo kabi ma'lumotlar keltirilgan bo'ladi;

3) bizneslarga ko'maklashish. Yaqin yaqingacha O'zbekiston Respublikasi hududida biznes ochiq istagi borlar undagi qiyinchilik va ovoragarchiliklardan shikoyat qilishgandi. Haqiqatda, biror bir korxonani ro'yxatdan o'tkazishda turli xil bahona va qog'ozbozlik ishlari ko'payib ketgan edi. xorij davlatlarida intellektual mulkning xavfsizligi to'liq kafolatlanganligi. Yetakchi xorij davlatlarida agarda kimdir biznes vakillarining logotiplari, brend nomlari va ularga tegishli mulklaridan beruxsat foydalanishsa, ularga nisbatan jiddiy jinoyat ishi ochiladi. Investorlar o'sha sud-huquq tizimi yaxshi rivojlangan joylarga investitsiya kiritishi boisi ham ana shu hisoblanadi. O'zbekiston hukumati ham ushbu jihatda birinma ketin ketayapti deyishimiz xato hisoblanadi. Chunki, ushbu siyosat hali yurtimizda to'la qonli rivojlanyapti deya olmaymiz;

4) kapital va foydaning erkin o'tkazilishi kafolatlanishi. Chegaralar orqali mablag'larni bepul o'tkazish investorlar va ularning investitsiyalari faoliyati uchun asosiy element hisoblanadi. Investorga bunday o'tkazmalarni amalga oshirish huquqi loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi, amalga oshirilishi va rentabelligini yaxshilaydi. Aksincha, cheksiz transfer huquqlari mezbon mamlakatlar uchun ba'zi tashvishlarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan, iqtisodiy qiyinchilik davrida pulning hajmi oshib ketishiva kapitalning ko'pligi;

5) minimal kapital miqdori olib tashlanishi. 2016-yilgi Iordaniya Nizomi tomonidan kiritilgan muhim yaxshilanish chet ellik investorlar uchun qo'yilgan 50 000 JOD (Iordaniya dinori) miqdoridagi minimal kapital talabini olib tashlash edi. 2000-yilgi Nizomga (7-modda) ko'ra, kompaniyani Iordaniyada ro'yxatdan o'tkazish uchun iordaniyalik bo'lmagan investorlar kapitali kamida 50 000 Iordaniya dinori (taxminan 70 000 AQSh dollari) bo'lishi kerak edi. Bu chora xorijiy investorlarni, xususan, bilimga asoslangan sektorlar kabi kam kapital talab qiladigan tarmoqlarda noqulay ahvolga solib qo'ydi va kapitalga bo'lgan talablar asosan' mavjud bo'lmagan yoki kapital talablari bo'lmagan boshqa iqtisodlarga nisbatan Iordaniyaning raqobatbardoshligini pasaytirdi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda kapitalning minimal talabi OECD mamlakatlari va Xitoy, Indoneziya, Hindiston va Rossiya kabi yirik rivojlanayotgan mamlakatlardagi mahalliy va xorijiy investorlar uchun kapital talablaridan sezilarli darajada yuqori edi. Hozirda O'zbekistonga investorlar minimal kapital kiritilishi kerak bo'lgan summa 400 000 000 so'm 36 700 AQSh dollari;

6) rag'batlantirish. Aksariyat mamlakatlar investitsiya loyihalari uchun moliyaviy imtiyozlarni taklif qiladilar. Rag'batlantirish siyosati Lotin-Amerika mintaqasidagi mamlakatlarda sezilarli darajada farqlanadi Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda birlamchi investitsiya imtiyozlari iqtisodiy zonaga investitsiya qilishdan olinadigan soliq va boshqa imtiyozlar bo'lsa, boshqa rivojlangan mamlakatlarda imtiyozlar odatda ma'lum bir loyiha uchun ma'lum bir investorga taklif qilinadigan ixtiyoriy investitsiya paketlari hisoblanadi. Lotin-Amerika doirasida Braziliya, Chili va Meksika kabi ba'zi mamlakatlar ham investorlarga muzokaralar olib borilgan rag'batlantirish paketlarini taklif qiladi.

XULOSA

So'nggi yillarda mamlakatimizda barcha istiqbolli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga to'sqinlik qilayotgan muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Mamlakat hukumati jahondagi vaziyat tufayli 2023-yil ham iqtisodiyot uchun og'ir bo'lishini, shu munosabat bilan investitsiyalarni jalb etish va rivojlantirish, eksport ulushini oshirish bo'yicha aniq, maqsadli chora-tadbirlar ko'rilayotganini tan oladi. 2023-yilda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar sifatida 8.5 milliard AQSh dollaridan ortiq mablag' jalb etilishi kutilmoqda.

Joriy va keyingi yillarda iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi omillari iqtisodiyotning real sektorida raqobatni, investitsiya muhiti va infratuzilmasini rivojlantirishga, yirik davlat subyektlarini keng ko'lamda xususiylashtirishga va keng ko'lamli loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan xorijiy kapital ishtirokidagi infratuzilma loyihalari bilan birgalikda tarkibiy o'zgarishlar va iqtisodiy islohotlar bo'lishi kutilmoqda.

Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, O'zbekistonga investorlarni anchadan beri qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda kalit bo'ladigan katta

islohotlar zaruriyati bor. Unda, investorlar va ularning huquqlarini himoyat etuvchi kengash tuzilishi juda katta yangilik bo'lib xizmat qilgan bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son

2. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi O'RQ-598-sonli qonuni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son

3. Chambers D., Dimson E., Retrospectives: John Maynard Keynes, Investment Innovator // Journal of Economic Perspectives Volume 27, July 2013. Pages 213-228

4. Rugman A., Verbeke A. A perspective on regional and global strategies of multinational enterprises // Journal of International Business Studies. №235, 3-18 2004. https://doi.org/10.1057/palgrave.jibs.8400073

5. Buckley, P.J., Casson, M. The Optimal Timing of a Foreign Direct Investment. In: The Multinational Enterprise Revisited. Palgrave Macmillan, London. 2010 https://doi.org/10.1057/9780230250468_2

6. Weia X., Mohsin M., Zhang Q. Role of foreign direct investment and economic growth in renewable energy development // Renewable Energy, Volume 192, June 2022, Pages 828-837. https://doi.org/10.1016/j.renene.2022.04.062

7. Фозилчаев, Ш. К,., & Хидиров, Н. F. (2017). Инвестиция ва лизинг асослари. Укув кулланма. Т.: Молия.

8. KHIDIROV, N. EVALUATION OF EFFICIENCY OF INVESTMENT ACTIVITY IN INDUSTRIAL ENTERPRISES. ИНТЕРНАУКА Учредители: Общество с ограниченной ответственностью" Интернаука", 46-48

9. Хидиров, Н., & Мамаджонова, С. (2022). OBTAINING HIGHER EDUCATION FOR WOMEN: ISSUES AND CHALLENGES: https://doi. org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a30. Экономика и образование, 23(3), 198-205.

10. Хидиров, Н. F. (2022). Тукимачилик ва тикув-трикотаж саноати корхоналарида инвестицион фаолиятни молиялаштиришдаги муаммолар хдмда уларнинг ечимлари. Science and Education, 3(4), 1834-1840.

11. Khidirov, N. G. (2020). Methods and mechanisms of financing investment activities in industrial enterprises. International Journal of Economics, Commerce and Management, 8(7), 310-325.

12. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). Иктисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.

13. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.