Научная статья на тему 'Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish'

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2747
400
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiya / investitsiyalar moliyaviy mexanizmlari / ichki investitsiyalar / akselerator modeli / kapitalga cheklangan moyillik / kapital samaradorligi / ichki investitsiyalardan samarali foydalanish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Zarnigorxon Fazliddin Qizi Nuritdinova, Akbar Aqmirzaevich Shernayev

Ushbu maqolada Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda etarli tajribalar mavjud. Investitsiyani moliyalashtirish asosan, mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasini rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bogʻliq takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish»

Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish

Zarnigorxon Fazliddin qizi Nuritdinova Akbar Aqmirzaevich Shernayev Toshkent moliya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirish ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda etarli tajribalar mavjud. Investitsiyani moliyalashtirish asosan, mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasini rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bog'liq takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiya, investitsiyalar moliyaviy mexanizmlari, ichki investitsiyalar, akselerator modeli, kapitalga cheklangan moyillik, kapital samaradorligi, ichki investitsiyalardan samarali foydalanish.

Improvement of financial mechanisms for attracting foreign investments to the national economy

Zarnigorkhan Fazliddin kizi Nuritdinova Akbar Akmirzaevich Shernayev Tashkent Financial Institute

Abstract: In this article, investment attraction and financing is a rather complex process. There is sufficient experience in attracting investments and financing at the international and national level. Investment financing is mainly based on the country's economic policy, legislation, the development and level of investment attraction infrastructure, and the country's economic situation.

Keywords: foreign investment in the national economy, financial mechanisms of investments, domestic investments, accelerator model, limited inclination to capital, capital efficiency, effective use of domestic investments.

O'zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog'liqligini bugungi kunda deyarli har bir mutaxassis va xo'jalik yurituvchi subyekt anglab etganligini nazarda tutsak, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish, ularning mamlakatimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini

ta'minlashning muhim asosiga aylangan. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma'lumki, xar qanday davlat jahon tajribalarini o'rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.

Xalqaro va milliy darajada investitsiyalarni jalb qilish va moliyalashtirishda etarli tajribalar mavjud. Investitsiyani moliyalashtirish asosan, mamlakatdagi iqtisodiy siyosat, qonunchilik, investitsiyani jalb qilish infratuzilmasini rivoji, darajasi va mamlakatning iqtisodiy ahvoliga bog'liq bo'ladi. Mamlakatimizda sifatli xom-ashyoning boy resurslari mavjudligi iqtisodiyotimiz uchun investitsiyalarni jalb qilish o'ta zarurligi va shu bilan birga, xom-ashyo resurslar bazasini tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qarashimiz zarurligi yaqqol namoyon bo'lib turibdi.

Iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida jahonda investitsiyalar uchun qat'iy raqobatli kurash izchil davom etmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini ta'minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o'tkazish, mablag'larni mamlakatning iqtisodiy mustaqqilligini ta'minlovchi ustuvor yo'nalishlarda hamda raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog'liq yo'nalishlarda mujassam qilish respublikada o'tkazilayotgan investitsiya siyosatining asosiy tamoyillaridir.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent viloyatida xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi deyarli 26 % ni tashkil etdi

2022- yil yanvar-iyun oylarida Toshkent viloyatida 3741,9 mlrd. so'm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning umumiy hajmining 25,8 % i xorijiy investitsiya va kreditlari hisobidan amalga oshirilgan. Shundan xorijiy investitsiyalarning hajmi 1912,8 mlrd. so'mni, jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi 51,1 % ni tashkil qildi. Xorijiy kreditlarning hajmi 1829,1 mlrd. so'mni, jami xorijiy investitsiya va kreditlardagi ulushi 48,9 % ni tashkil qildi. 2022- yil yanvar-iyun oylarida jami 48,0 trln. so'm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilib, 2021- yilning

mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 91,8 % ni tashkil etdi. Uning tarkibida, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan investitsiyalar 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,2 % ni, O'zbekiston Respublikasi kafolati ostida xorijiy kreditlar 44,7 % ni tashkil etdi.

Mamlakatimiz hududlarining barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash respublikamizda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lmoqda. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishi, turmush sharoitlarining yaxshilanishi ham bevosita ularning iqtisodiyoti rivojlanishi bilan bog'liq. Mamlakat iqtisodiyoti hududlardan tarkib topgan bir butun tizimni tashkil etgani sababli, uning har bir mintaqasidagi rivojlanishni ta'minlash mamlakatimizning uzluksiz taraqqiyotiga zamin yaratadi. Shunday ekan, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda mamlakat va uning mintaqalarida yaratilgan investitsion jozibadorlik va nisbiy afzalliklar muhim o'rin tutadi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni va yuqori texnologiyalarni, boshqaruv ko'nikmalarini jalb qilish milliy firmalarning ishlab chiqarish usullariga muayyan o'zgarishlarni olib kiradi. To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlash, xududlardagi reurs salohiyatini faolllashtirish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish hajmini oshirish, texnologiyalarni zamon talablari asosida yangilash, iqtisodiyot tarmoqlarini tarkibiy diversifikatsiyalash, eksportni rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish orqali aholi turmush farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi.

O'zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o'ziga xos yo'nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o'rin tutishini o'z vaqtida to'g'ri anglab etganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo'lgan e'tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi.

Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o'z milliy investitsiya muhitini o'zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o'ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko'zlashi hisoblanadi. Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyektlari kapitallarini boshqasiga bog'lab qo'yish bo'lib, bunga o'ziga xos qo'shimcha risklari, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi xos bo'lib, natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi. Bularning barchasi kapitalni eksport qiluvchi mamlakatdagi investitsiya muhitiga qaraganda yanada qulayroq muhitni yaratishni obyektiv zaruratga aylantiradi. Chet el investitsiyalari oqimi ko'pgina aktivlar olib kelish bilan birga kapitalni import qiladigan mamlakatda soliq, ijara va boshqa tushumlarini ko'payishini ta'minlab beradi.

Hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar ko'magida korxonalarga zamonaviy texnik-texnologiyalar joriy qilib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlanadi, import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo'naltirish va pirovardida aholining turmush darajasini oshirish imkoni yaratiladi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlashga ko'maklashadi, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlari, moddiy-texnik bazasi yangilanadi va texnik qayta qurollanadi, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalar barpo etiladi.

Birinchidan, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kelgusida takomillashtirish yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlariga erishishga, yangi turdagi raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishiga va eng muhimi mamlakatimiz mintaqalarida yangi ish o'rinlarining yaratilishiga, shu orqali aholi turmush tarzining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi. Xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish asosida ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Hukumat kafolati asosidagi xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishi chet ellik investorlarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga qiziqish uyg'otadi.

Ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotni ustivor sohalariga yo'naltirish, pirovardida, aholining me'yordagi turmush darajasini ta'minlashga imkon yaratadi.

Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi.

To'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnika bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko'maklashadi.

Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni milliy korxonalarga jalb etishda quyidagi ustuvor yo'nalishlarni belgilash maqsadga muvofiqdir:

•qishloq xo'jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohalarini rivojlantirish; •mineral xom ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni qazib chiqarish, qayta ishlash bo'yicha ekologik ishlab chiqarishni tashkil etish;

•transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish; •iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ilm talab va jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;

•turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro va ichki turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratishga erishish.

Erishilgan yutuqlar bilan birga bu borada to'siq va kamchiliklar mavjud. Mamlakatni investitsiya iqlimi holatini belgilaydigan asosiy ko'rsatkich bo'lgan, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining etarli darajada ko'paymaganligini ko'rsatish mumkin. Shu nuqtai nazardan ham xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jonlantirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi kerak:

1. Mamlakat investitsiya iqlimini yaxshilash va echimini topish maqsadida, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mutaxassislari, hududiy hokimliklarining mutaxassis vakillari, investitsiya imkoniyatiga ega bo'lgan yirik kompaniya va korxonalar rahbarlari hamda respublikaning investitsiyalar sohasidagi etuk olimlari ishtirokida, keng jamoatchilik o'rtasida ochiq muloqot tashkil qilinib, mavjud muammolar oshkoralik bilan har tomonlama muhokama etilishi lozim. Shu asosda masalaga keng jamoatchilkk fikrini jalb qilgan holda, mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar o'rtasida ilmiy va iqtisodiy asoslangan yagona investitsiya siyosatini, shuningdek, qabul qilingan qonun va qarorlarni amalda ishlash mexanizmini ishlab chiqish va hayotiyligini ta'minlash lozim.

2. Investitsiyalar oqimiga (nafaqat xorijiy, balki ko'p tomonlama ichki investitsiyalar taalluqli) ta'sir qiluvchi omillardan biri sifatida marketing tadqiqotini zaif olib borilayotgani, natijada ko'plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda qoldiq bo'lib qolayotganligi ko'rsatilmoqda. Bu muammoni faqat investitsiyalarning o'ziga bog'liq qaratilib, echim izlamasdan, aholi va korxonalarning iste'mol qobiliyatini ko'tarish, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga iisbatan sog'lom talab darajasini oshirish nuqtai nazaridan qaralishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

3. Korxonalarning moliyaviy ko'rsatkichlari hamda iqtisodiy indikatorlar haqida holis va ishonchli axborot ta'minoti hamon yaxshi yo'lga qo'yilgani yo'q. Bu masalani hal qilish uchun muqobil va mustaqil nodavlat axborot agentlarini tashkil qilinishi lozim. O'zbekiston investitsion muhitni takomillashtirish xorijiy kapitalni jalb qilish qulay makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish bo'yicha ish olib borish muhim hisoblanadi. Buning uchun inflyatsiya darajasini past darajada ushlab turish, inflyatsiyaning investitsion loyihalarni qiymatini o'sishiga ta'sirini kamaytirish, xorijiy investitsiyalar tarkibida bevosita xorijiy investitsiyalar miqdorini keskin ko'paytirishga ko'proq e'tibor qaratish kerak. Investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, birinchi navbatda xom-ashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish lozim.

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishda tashqi iqtisodiy omillardan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagilarni aytib o'tish joizdir:

1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ichki muhitni yaxshilash, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, xorijiy investitsiyalarni ro'yxatga olish tizimini soddalashtirish.

2. Xorijiy sarmoyadorni qiziqtiruvchi sohalar, obyektlarni aniqlash va ular to'g'risidagi ma'lumotlar majmuini shakllantirish, biznes rejalar va ularni iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo'lgan sohalarga chet el kapitalini jalb qilish.

3. Eksportda qayta ishlangan, tayyor mahsulotlar salmog'ini ko'paytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xo'jaligi mahsulotlarni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish.

4. Import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish uchun yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari bilan samarali aloqasini ta'minlash zarur, ya'ni yirik korxonalarga yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlarni etkazib beruvchilari bo'lishlari zarur.

5. Eksportga ishlaydigan kichik korxonalarni ko'paytirish va ularni samarali faoliyat yuritishlari uchun etarli shart-sharoitlar yaratish va davlat tomonidan imtiyozli kredit liniyalari hajmini oshirish hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Shernaev, A. A. Principles and methods of organization of the internal tax control system in joint stock company. International Journal of Economics, Business and Management Studies-ISSN, 2347-4378.

2. Shernaev, A. A. (2021). Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo'nalishlari. Студенческий вестник, (20-14), 74-76.

3. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

4. Shernaev, A. A. (2021). Sog'liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari. Интернаука, (20-7), 58-60.

5. Шернаев, А. А. (2020). Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах. Интернаука, (12-2), 43-45.

6. Jumanazarova, Z. J., & Shernayev, A. A. (2020). Budjetdan tashqari jamg 'armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo 'nalishlari. Студенческий вестник, (1-6), 87-89.

7. Shernaev, A. A. (2020). On the issue of the efficiency of taxation of joint stock companies. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-2), 149-152.

8. Шернаев, А. А. (2020). Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах-как механизм повышения эффективности финансового менеджмента. Экономика и общество, (4), 20-28.

9. Xamdamova, R. R. Q., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro moliya bozoridagi operatsiyalarning rivojlanish istiqbollar. Science and Education, 3(1), 1111-1116.

10. Кабулов, Х. А. (2020). ПРИОРИТЕТНЫЕ ВОПРОСЫ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА. ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС теория и практика № 9-1 (67), 9(1), 147.

11. Kobulov, K. (2020). Modeling the processes of forming a strategy for the revenue potential of local budgets. Архив научных исследований, 35.

12. Nurulloyev, J. A. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shakllanishining joriy holati tahlili va undagi iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar. Science and Education, 3(2), 1495-1501.

13. Nomozov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Ta'lim sohasi xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish masalalari. Science and Education, 3(2), 1489-1494.

14. Шернаев, А. А. (2021). АКЦИЯДОРЛИК ЖАМИЯТЛАРИДА СОЛИКДАРНИ РЕЖАЛАШТИРИШ: ХУСУСИЯТЛАРИ ВА УСЛУБИЁТИ МАСАЛАЛАРИ. Science and Education, 2(3), 454-469.

15. Jovmirov, A. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Jahon savdosini moliyalashtirishning zamonaviy yo'llari. Science and Education, 3(3), 1119-1127.

16. Kobulov, K. (2020). СТРАТЕГИЯ РАЗВИТИЯ ДОХОДНОГО ПОТЕНЦИАЛА РЕГИОНА В УСЛОВИЯХ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ ЭКОНОМИКИ. Архив научных исследований, 35.

17. Кобулов, Х. А. (2020). Обеспечения финансовой устойчивости местных бюджетов путем улучшения финансового потенциала региона. In Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 47-49).

18. Naimov, S. O. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Xalqaro valyuta bozori va O'zbekistonda valyuta operatsiyalarini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1099-1103.

19. Amirqulov, B. R. O. G. L., & Shernayev, A. A. (2022). Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo 'nalishlari. Science and Education, 3(1), 1048-1053.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.