HUDUDLARDA INVESTITSION MUHITNI BARQARORLASHTIRISH ORQALI KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKKA QO'SHIMCHA MABLAG'LARNI JALB QILISH
Yusupov Sodiq Qahramonovich
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ, yetakchi muhandis e-mail: [email protected], +99897-750-72-25
Annotatsiya: Mazkur maqolda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni jalb qilish, hududlarning investitsion muhitini barqarorlashtirish orqali sohaga qo'shimcha mablag'larni jalb qilish xususiyatlari o'rganilgan va tahlil qilingan. Bundan tashqari sohani rivojlantirishda qo'shimcha mablag'larni jalb qilish imkoniyatlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: hududlarning investitsion muhiti, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qo'shimcha mablag'lar, jozibador muhit.
Hech qaysi mamlakat rivojlangan davlatlarning amaliyoti va nazariyasini o'rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat ishlab chiqarishni namunali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko'rsatkichlarga erishish, aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada u yoki bu mamlakatdagi investitsion muhit muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerdaki qulay investitsion muhit mavjud bo'lsa, o'sha tomonga iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch - investitsiyalar oqimi tezlashadi.
Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiyaning faolligi sur'atlariga, bu esa, iqtisodiyot bir tekis o'sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsion muhitga bog'liq. Investitsion muhit va investitsiyalarni jalb qilish borasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 7 sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasining to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-215-son Farmonida quyidagi maqsadlar belgilab berilgan. Mamlakatda investitsiya muhitining jozibadorligini yanada oshirish, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish hamda yangi tashabbus va loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
"O'zbekiston Respublikasining To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasining boshqaruv kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan dastlabki ustav kapitali 100 million AQSh dollariga teng bo'lgan "O'zbekiston Respublikasining To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi" mas'uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi investitsiya kompaniyasi (keyingi o'rinlarda — Investitsiya kompaniyasi) sifatida qayta tashkil qilinadi.
Bunda, Investitsiya kompaniyasiga 2022-2023-yillarda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida hamkor investorlar tomonidan 200 million AQSh dollari miqdorida qo'shimcha investitsiyalar jalb qilinishini ta'minlash vazifasi yuklatiladi.
Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali kelgusida investorlar bilan loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan qo'shimcha investitsiyalarni hisobga olib, bosqichma-bosqich 1 milliard AQSh dollariga yetkaziladi;
investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiyalar tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida bozor qiymati bo'yicha hisoblangan aksiyalarning (ulushlarning) 49 foizigacha ulushida ishtirok etish, mol-mulk sotib olish, milliy va xorijiy valyutada qarzlar berish, shuningdek, qonunchilikda zid bo'lmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan bitta loyiha uchun kiritiladigan investitsiyalarning maksimal miqdori ushbu loyiha bo'yicha umumiy investitsiyalar hajmining 49 foizidan oshmasligi lozim. Bunda, Investitsiya kompaniyasining O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalarining bitta loyiha uchun maksimal hajmi 20 million dollardan oshmasligi lozim;
Investitsiya kompaniyasining O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari hisobidan shakllantiriladigan investitsiyalari maksimal hajmining oshirilishiga yirik va muhim ahamiyatga ega investitsiya loyihalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan yo'l qo'yiladi;
Investitsiya kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihalarini tanlash va moliyalashtirish ushbu loyihalarning moliyaviy jozibadorligi va samaradorligidan kelib chiqib, mustaqil ravishda investitsiya siyosatida belgilangan mezon va talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi;
loyihaoldi ishlari, shu jumladan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyihani moliyalashtirishga tayyorlash uchun zarur bo'lgan boshqa turdagi ekspertizadan o'tkazish xarajatlari Investitsiya kompaniyasining mablag'lari hisobidan Kuzatuv kengashining qaroriga asosan moliyalashtiriladi.
Investitsion muhit ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorida muayyanligini bu borada faoliyatning maqsadga muvofiqligi va jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillarning o'zaro bog'liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi hal qiluvchi investitsion muhit hisoblanadi. Demak, investitsion muhit haddan tashqari ko'p o'lchovli, murakkab va serma'no tushunchadir.
Investitsion muhit - investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin bo'lgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuini aks ettiruvchi voqe'likdir. Aniqrog'i,
investitsion muhit - bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta'sñ ko^satuvchi iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmuasidir.
Xorijdan kapital qabul qiluvchi tomonidan investitsion muhitning modelini ishlab chiqish har tomonlama asoslangan tashqi iqtisodiy aloqalarni aniqlab beruvchi vositadir. U orqali xorijiy investoгga ta'siг ko'гsatuvchi omil^ to'g'гisida aniq tushunchalaгga ega bo'lishi, xoгijlik investoгlaгning xulq-atvorini har tomonlama anglash va mamlakatdagi iqtisodiy holatni chuqurroq baholash imkoniyati paydo bo'ladi. Bu jarayonlaming baгchasi respublikamizning boshqa davlatlar bilan dastlabki iqtisodiy munosabatlarini yo'lga qo'yish jaгayonida chetdan kapitalni jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Investitsion muhit tushunchasi o'zining murakkabligi va mukammalligi jihatidan makro va mikraiqtisodiyot daгajasida ko'гib chiqiladi. Makгoiqtisodiyot darajasida u kapitalni qabul qiluvchi mamlakatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlami o'z ichiga oladi. Makraiqtisodiyot daгajasida yondashilganda, xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati, xalqaro shartnomalarning shartlarini bajaгish, xoгijiy mulkni milliylashtiгish, tuгli masalalaг bo'yicha xalqara shartnomalar tizimida ishtirok etish, davlat boshqaruv tizimlarining mustahkamligi, siyosiy rahbariyatning muqarrarligi, davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi, iqtisodiy siyosatning mukammalligi, davlat apparatining ish samaradorligi, banklar tizimining takomillashuv darajasi, pul muomalasi va davlat byudjetining barqarorligi, davlatning ichki va tashqi qarelari miqdoгi va boshqa^ hal qiluvchi o'гin tutadi. Investitsion muhitga kapitalni qabul qiluvchi mamlakatning qonunlarida aks ettirilgan to'g'гidan-to'g'гi xarajatlar va xorijiy firmalarning faoliyatini chegaralovchi yoki taqiqlovchi omillaгdan tashqaгi, to'liq aniqlanmagan ba'zi biг qoidalaг va muvofiqlashtirilmagan jaгayonlaгning mavjudligi salbiy ta'siï etadi.
Mikroiqtisodiyot darajasida investitsion muhit, bir tomondan, investor firmasi va ikkinchi tomondan, xoгijiy investitsiyani qabul qiluvchi xo'jalik sub'yektlari, ya'ni sotuvchilar, sotib oluvchilar, banklar hamda kasaba uyushmalari va boshqa jamoat tashkilotlari o'rtasidagi ikkiyoqlama munosabatlami aks ettiradi. Bu darajada investitsion iqlim umumlashtirilgan baholar iqtisodiy, huquqiy va madaniy jabhalarda yaqqol ko'rinadi. Makro va mikraiqtisodiyot daгajalaгi biгgalikda yagona investitsion muhitni tashkil etadi va potensial investorlar hamda kapitalni qabul qiluvchi tomonlaming bo'lajak munosabatlarini belgilab beradi.
Investitsion muhit ob'yekt kategoriyasi bo'lib, har biг alohida olingan vaqt doirasida investorlar uchun haqiqatda mavjud bo'lgan shart-sharoitlar majmuasini aks ettiradi. Lekin hozirgi sharoitda investitsion muhit faqat davlat o^an^^ing ta'siri ostida shakllanmoqda. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda jahon tajribasidan, jumladan, xorijiy investitsiya bilan tashkil etilib, yuksak iqtisodiy ko^satkichlaTga erishgan kompaniya va firmalar tajribasidan kengroq foydalanish kerak. Bu jarayonni amalga oshirishda milliy xususiyatlarni ham hisobga olish lozim.
Davlat hokimiyatining ta'sirchanligi investitsion muhitni belgilovchi omillardan biridir. Shundan kelib chiqib, har bir kapital jalb qiluvchi mamlakat ma'lum bn investitsiya tizimiga egaligini ta'kidlash mumkin. Bu tizim huquqiy
me'yorlar va muassasalardan iborat xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi va investitsion muhitni o'z ichiga oladi. Xorijiy kapitalni qabul qilish tizimi investitsion muhitning komponenti bo'lib xizmat qiladi va unga nisbatan mustaqil ravishda tashkil etiladi. Chunki u investitsion muhitni o'zgartirishga qodirdir. Xorijiy investitsiyalarni qabul qilish tizimi qabul qiluvchi tomonni xorijiy kapitalni milliy iqtisodiyotga qulay ravishda kirib kelishini namoyon etsa, investitsion muhit kirib kelgan kapitalni mamlakat ichida optimal ravishda o'sib borish vaziyatiga baho beradi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali sanoatni, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan qishloq xo'jaligida qayta ishlovchi sanoat majmuini va boshqa sohalarda tub o'zgarishlar yasash mumkin. Shunday ijobiy ishlami amalga oshiгish uchun xorijiy investorlarga qulay bo'lgan investitsion muhitni yaratib beгish keгak. Investitsion muhit iqtisodiyotda yangi tushuncha emas. Bir qator rivojlangan davlatlar bu jarayonni ijobiy tarzda amalga oshirgan. Investitsion muhitning ahamiyati, amaliy jihatdan, qaysi boyliklar va yo'nalishlar tizimi asosida xorijiy investorlar faoliyat yuritishlari to'g'risida tushuncha beradi va shuning negizida xorijlik investorlarga nisbatan qanday munosabatda bo'lishni ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi.
Investitsion muhitning muhim tarkibiy qismi davlatning qonunchilik bazasidir. O'zbekistonda davlat mustaqilligi qaror topgan nisbatan qisqa vaqt oralig'ida investitsiya sohasida ishonchli me'yoriy-huquqiy baza yaratildi.
Barcha yo'nalishlardagi investitsion loyihalarning bajarilishi, shubhasiz, kichik biznes mahsulotlariga qo'shimcha talab yaratadi va uni jadal rivojlantirishni taqozo etadi, bu esa sektordagi investitsiyalar kutilayotgan samaradorligini oshiradi, investitsion muhitni qulaylashtiradi. 2019 yilda O'zbekistonda mo'ljallangan 138 trln. so'm o'rniga 189 trln. so'm investitsiyalar o'zashtirildi. 2020 yilning Davlat investitsion dasturi o'z ichiga 3000 dan ortiq investitsion loyihalarni olgan bo'lib, uning doirasida 235 trln. so'm investitsiya kiritiladi (YaIMning 38 foizi), shu jumladan to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
Davlat tomonidan ko'rilayotgan inqirozga qarshi choralar kichik biznesdagi investitsion jarayonlarni bevosita va bilvosita qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ularning muhim qismi soliq yukining yengillashtirilishidir (3 oyga yer solig'i va mulk solig'idan ozod qilish, soliq to'lovlarini kechiktirish, soliq xarakteridagi turli to'lovlarni kamaytirish - 2020 yilda bular 70 trln. so'mdan ko'proqni tashkil etadi), bank kreditlashi taomillarini soddalashtirish va shartlarini yengillashtirish, bank kreditlashi resurs manbalarini kengaytirishni tashkil etadi.
2020 yilda O'zbekistonda barcha manbalar hisobidan 240 mingta ishlab chiqarish ob'ektlari, 16 mingta ijtimoiy soha va infrastruktura ob'ektlari ishga tushurilishi mo'ljallangan. SHuningdek, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan ajratiladigan 2,7 mlrd. AQSH dollari hajmidagi mablag'larning o'zlashtirilishi nazarda tutilmoqda.
SHu bilan birga kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagi takliflarni keltirish maqsadga muvofiq deb topdik:
riskli texnologik o'zgarishlami amalga oshirayotgan va innovatsion faoliyatni tashkil etayotgan kichik biznes sub'ektlarini soliqqa tortishning past darajasini belgilash va soliq ta'tillarini berish orqali rivojlantirish;
yuqori riskli loyihalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan soliq imtiyozlarining maxsus tizimini yaratish;
S ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish maqsadida markazlashgan kredit resurslarining bir qismini tez qoplaydigan investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes ob'ektlariga yo'naltirish;
S texnologik asbob-uskunalarni zamon talablariga keltirish maqsadida xo'jalik sub'ektlari vakillarining xalqaro ko'rgazma-savdolarda ishtirok etishini ta'minlash, tejamkor texnologiyalarni tanlash va ularni moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
S Hozirgi paytda tumanlar mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini faollashtirishni talab etadi. Bu ishlarda quyidagilarning zarurligini ta'kidlab o'tish mumkin:
S tumanning ichki investitsion salohiyatini chuqur o'rganish va aniq manbalarga asoslangan holda investitsion loyihalarni tayyorlashda muvofiqlashtirish ishlarini olib borish;
S tumanning tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi xodimlari malakasini oshirishda ko'mak ko'rsatish;
S xorijiy investorlar va tashabbuskorlarga huquqiy, iqtisodiy tashkiliy masalalar bo'yicha maslahat beruvchi konsalting xizmatlarini tashkil etishda amaliy yordam berish;
S loyiha tashabbuskorlariga investitsiya kiritish yuzasidan amaliy yordam ko'rsatish, ularni me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Кенжаев И. Э. Созданные условия для иностранных инвесторов в Узбекистане //Приоритетные векторы развития промышленности и сельского хозяйства. - 2019. - С. 157-159.
2. Кенжаев И. Кичик бизнесга хорижий инвестицияларни жалб килишнинг норматив-хукукий асослари //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2.
- №. 4/S. - С. 329-344.
3. Kenjaev I. E. Theoretical aspects of attracting foreign investment in the economy of the region //Economics and Innovative Technologies. - 2019. - Т. 2019.
- №. 3. - С. 8.
4. Sanjarbek B. The Role of High-Tech Marketing in Improving the Efficiency of Marketing Services in Enterprises //EUROPEAN JOURNAL OF BUSINESS STARTUPS AND OPEN SOCIETY. - 2022. - Т. 2. - №. 2. - С. 120-125.