INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
MAXSUS IQTISODIY HUDUDLARNING O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA
TUTGAN O'RNI Rafikova Muattar Ravshanovna
Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona institute Umumhuquqiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi Muxammadiyeva Mohinur Ulug'bek qizi
Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti kursanti https://doi.org/10.5281/zenodo.7229176
Annotatsiya. Mamlakatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, tadbirkorlik va kichik biznes vakillari bilan ochiq muloqatda bo'lish va ularni qo'llab-quvvatlash, eksportbop va import o'rnini bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarnijalb etishda maxsus iqtisodiy zonalar katta rol o'ynaydi. Mazkur maqolada maxsus iqtisodiy hududlarning respublikamiz iqtisodiyotida tutgan o'rni ko'rib chiqilgan.
Kalit so'zlar: maxsus iqtisodiy zonalar, erkin iqtisodiy zonalar, maxsus ilmiy-texnologik zonalar, turistik-rekreatsion zonalar, erkin savdo zonalari, maxsus sanoat zonalari, xorijiy investorlar, "yagona darcha" tamoyili, maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi, bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlar, xorijiy investitsiyalar.
РОЛЬ СПЕЦИАЛЬНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН В ЭКОНОМИКЕ
УЗБЕКИСТАНА
Аннотация. Непосредственно в целях обеспечения экономической безопасности нашей страны, ведения открытого диалога с представителями предпринимательство и малого бизнеса и их поддержки, обеспечения опережающего развития производства экспортных и импортозаменяющих товаров, логистических услуг особые экономические зоны играют важную роль в привлечении прямых иностранных инвестиций. В данной статье рассматривается значение особых экономических зон в экономике нашей республики.
Ключевые слова: особые экономические зоны, свободные экономические зоны, особые научно-технические зоны, туристическо-рекреационные зоны, зоны свободной торговли, особые индустриальные зоны, иностранные инвесторы, принцип «единого окна», генеральный план особой экономической зоны, таможенные льготы, иностранные инвестиции.
THE ROLE OF SPECIAL ECONOMIC ZONES IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN
Abstract. Directly in order to ensure the economic security of our country, maintain an open dialogue with representatives of entrepreneurship and small businesses and support them, ensure the rapid development of the production of export and import-substituting goods, logistics services, special economic zones play an important role in attracting foreign direct investment. This article discusses the importance of special economic zones in the economy of our republic.
Keywords: special economic zones, free economic zones, special scientific and technological zones, tourist and recreational zones, free trade zones, special industrial zones, foreign investors, "single window" principle, master plan of special economic zone, customs concessions, foreign investments.
KIRISH
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo'naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o'zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta'minlash uchun to'g'ridan to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iqtisodiy zonalarni yaqqol misol qilib keltirish mumkin Shu bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlar sanoati rivojlangan mamlakatlardan farqli o'laroq, asosiy e'tiborni birinchi navbatda sanoatlashtirishning yuqori darajasiga erishishga qaratadi, ya'ni : sanoatni modernizatsiya qilish, xorijiy kapitalni jalb qilish, ishchilarning malakasini oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etish. Bunda maxsus (erkin) iqtisodiy zonalar muhim ahamiyat kasb etadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan hudud hisoblanadi. Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
• erkin iqtisodiy zonalar;
• maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
• turistik-rekreatsion zonalar;
• erkin savdo zonalari;
• maxsus sanoat zonalari.
Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o'rnini bosuvchi, eksportga yo'naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta'minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to'plangan hudud.
Turistik-rekreatsion zona — unda zamonaviy turistik infratuzilma obyektlarini (mehmonxona komplekslari, madaniy-sog'lomlashtirish, savdo-ko'ngilochar va boshqa turistik ahamiyatdagi obyektlarni), maxsus faoliyat ko'rsatuvchi va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini turistlarga xizmat ko'rsatish maqsadida zarur shart-sharoitlarni ta'minlagan holda barpo etishga doir investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladigan hudud.
Erkin savdo zonalari — konsignatsiya omborlarini, maxsus bojxona va soliq rejimlari bo'lgan hududlarni, shuningdek tovarlarga ishlov berish, ularni o'rab-joylash, saralash, saqlash uchun maydonchalarni o'z ichiga oladi.
Erkin savdo zonalari chegara punktlarida, aeroportlarda, temir yo'l bog'lamalarid a yoki O'zbekiston Respublikasining boshqa bojxona hududlarida tashkil etiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Maxsus sanoat zonasi — boshqaruv, xo'jalik va moliyaviy faoliyatning alohida rejimi joriy etiladigan hudud. Maxsus sanoat zonalari zarur ma'muriy, ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani barpo etish uchun yer uchastkalarini ajratish orqali shakllantiriladigan xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish zonalarini o'z ichiga oladi.
TADQIQOT NATIJALARI
Maxsus sanoat zonasining faoliyat ko'rsatish qoidalari va tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Quyidagilar innovatsion zonalarni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari hisoblanadi:
> Nano va biotexnologiyalar
> Murakkab tibbiy texnologiyalar
> Elektronika va aloqa
> Axborot texnologiyalari
> Aniq va analitik asboblar
> Murakkab texnik tizimlarni loyihalash
> Yadro fizikasi
Iqtisodiy aloqalarning eng muhim shakllardan biri maxsus iqtisodiy zonalardir. Ular iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning alohida turini ifodalaydi. EIZlar bajariladigan funksiyalari, iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasi va berilayotgan imtiyozlar tizimlariga ko'ra tasniflanadi.
Ayrim tatqiqotchilarning fikriga ko'ra, V.E. Rybalkin, "erkin iqtisodiy zona - bu xorijiy ishtirokchilarning iqtisodiy (ishlab chiqarish, tijorat, tadbirkorlik) faoliyatini rag'batlantiradigan, xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi maxsus imtiyozli tashqi savdo, bojxona, investitsiya, valyuta-moliya va soliq rejimlariga ega mintaqa, milliy hududning bir qismi va ilg'or xorijiy texnologiyalar", M.Boguslavskiy "erkin iqtisodiy zonalar ostida xalqaro amaliyot muayyan iqtisodiy va boshqa muammolarni hal qilish uchun xorijiy korxonalar faoliyati uchun alohida qulay sharoitlar yaratilgan davlatlarning alohida hududlari tushuniladi", shuningdek S.A. Rybakov va N.A. Orlovlarning fikricha esa, - "erkin iqtisodiy zonalar va maxsus iqtisodiy zonalarni ekvivalent tushunchalar bo'lib, mamlakat hududining nisbatan izolyatsiya qili ngan, tadbirkorlik faoliyati uchun alohida huquqiy rejim, jumladan, soliq, bojxona, ma'muriy va fuqarolik imtiyozlari va kafolatlari belgilangan qismi" deb ta'kidlab o'tishgan.
Rossiya Federatsiya Kengashining Iqtisodiy siyosat qo'mitasi raisi Andrey Kutepovning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda 68 ta hududda faqat bitta imtiyozli rejimdan foydalanish imkoniyati mavjud bo'lib, bu ElZga keng sarmoyadorlarni jalb qilish imkonini beradi. Texnologik-innovatsion EIZlar rezidentlari tomonidan loyihalarni amalga oshirish tabiati import o'rnini bosishga ham, shuningdek, importni oshirishga qaratilgan yangi mahsulotlar, ishlanmalar va texnologiyalarni yaratishni ham nazarda tutadi. O'z faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu rezident kompaniyalar boshqa turdagi maxsus iqtisodiy zonalar rezidentlari bo'lgan kompaniyalarga nisbatan ish haqi fondini shakllantirish xarajatlarini oshirib, malakali va yuqori haq to'lanadigan kadrlarni jalb qiladilar. Qonun qoidalariga muvofiq erkin yoki maxsus iqtisodiy zona - hududning qolgan qismiga nisbatan alohida huquqiy maqomga ega cheklangan va imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega, milliy va (yoki) xorijiy tadbirkorlar uchun mo'ljallangan hudud hisoblanadi. Ular ma'lum bir maqsadlarni ko'zlab yo'naltiriladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " Erkin iqtisodiy zonalar foliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmonida ushbu zonalar faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab o'tilgan.Ular quyidagilar:
> xorijiy investorlarga mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektorlariga investitsiya kiritishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar uchun yagona huquqiy rejimni belgilash, soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;
> mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlaydigan va yuqori qo'shimcha qiymatga ega raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqaradigan yuqori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil qilish uchun to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni, avvalambor, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, erkin iqtisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini qo'llab-quvvatlash va ularda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish;
> erkin iqtisodiy zonalarda "yagona darcha" tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini ko'rsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga bosqichma-bosqich o'tish;
> ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo'l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari ko'rsatish bo'yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;
> oliy, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bo'lgan hozirgi va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning erkin iqtisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o'tashini nazarda tutgan holda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish. Ushbu yo'nalishlardan kelib chiqib bosh reja belgilanadi.
Maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi — maxsus iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati bo'lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan o'zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26- oktabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirishga va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 4853-sonli farmonining 3-bandida:
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O'zbekiston Respublikasining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonunida belgilangan tartibda alohida soliqlar, shuningdek, bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlarni qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
Farmonning 3-bandida ko'zda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:
❖ 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 3 yil muddatga;
❖ 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 5 yil muddatga;
❖ 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar — 7 yil muddatga;
❖ 10 million AQSh dollari va undan yuqori — 10 yil muddatga beriladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari soliq bo'yicha imtiyozlardan O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda foydalanadi. Ular quyidagilarni to'lashdan ozod etiladi:
-I- respublikada ishlab chiqarilmaydigan va investitsiya bitimiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qurilish davrida belgilangan tartibda olib kirilgan qurilish materiallari uchun bojxona to'lovlarini (bundan qo'shimcha qiymat solig'i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno);
-I- tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha texnologik uskunalarning o'xshashi O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydiganini olib kirishda bojxona to'lovlarini (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno).
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan ishlab chiqarish va mahsulotlarni eksportga realizatsiya qilish uchun foydalanadigan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda bojxona to'lovlari (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig'imlar mustasno) to'lanmaydi.
MUHOKAMA
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tovarlarni import qilganda qo'shilgan qiymat solig'ini 120 kungacha muddatga kechiktirib to'lashi mumkin.
Hisoblangan soliq summasidan hisobga olinadigan qo'shilgan qiymat solig'i summasining oshib ketishi natijasida hosil bo'lgan qo'shilgan qiymat solig'i summasining o'rni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisiga yetti kun davomida soddalashtirilgan tartibda qoplab beriladi.
To'langan qo'shilgan qiymat solig'i summasi maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qoplab beriladi.
Maxsus iqtisodiy zona xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, mahalliy korxonalar va fuqarolarning iqtisodiy faoliyatining alohida rejimi qonuniy ravishda o'rnatilgan hududdir. Erkin iqtisodiy zona (keyingi o'rinlarda EIZ) lar ijtimoiy jadallashtirish uchun yaratilgan iqtisodiy rivojlanish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatimiz tabiiy resurslarini har tomonlama o'zlashtirish, eksport imkoniyatlarini oshirish, sifatli va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan. Keyingi yillarda nafaqat O'zbekistonda balki jahonning boshqa davlatlarida EIZlarni tashkil qilish borasida keng ko'lamli ishlar olib borildi. Birgina so'nggi 20 yil ichida dunyoda erkin iqtisodiy zonalar soni 6 baravar oshdi: jumladan 1998 yilda ularning soni 900 ga yaqin bo'lgan bo'lsa, 2018 yilda esa ularning soni 5400 tani tashkil etdi, shulardan 1000 dan ortig'i so'nggi besh yil ichida shakllanganlaridir. Yaqin yillarda yana 500 ga yaqin EIZ o'z investorlari uchun eshiklarini ochishi kutilmoqda. Dunyodagi 147 ta (197 ta) davlatlar uchun bunday zonalar qulay vosita, iqtisodiy vaziyatni yaxshi tomonga burish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mexanizmga aylandi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, milliy iqtisodiyotning yangi sifat holatiga erishuvi uchun iqtisodiy siyosat sohasida yangi mezonlar va maqsadlar joriy etilishi talab qilinadi. Faqat erishilgan yutuqlarni shunchaki mustahkamlash emas, balki iqtisodiy o'sishning yangi sifatini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo'ladi. Ana shunday jihatlardan biri, fikrimizcha, mamlakat hududlarining investitsiya salohiyatini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish natijasida erishiladigan samaralarga, jumladan xorijdan zamonaviy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
texnika-texnologiyalar olib kirish va ularni o'zlashtirish va boshqaruv tajribalarini o'zlashtirish, yangi ish joylarini yaratish hamda innovatsiya loyihalarini o'zlashtirish hisoblanadi. Buni birgina quyidagi statistik ma'lumot orqali ham isbotlab berish mumkin:
2022- yilning yanvar - iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi
Tarklbidagi korxonalar soni
505 1830 58 471
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so'mda
27403,4
11972,2 2026,0 234,1 13171,2
Shunday ekan, hududlar iqtisodiyotining rivoji investitsiyalarni va kreditlarni qay darajada jalb qilish va ulardan qanchalik samarali foydalanish darajasiga bog'liqdir. Alohida hudud iqtisodiyotini rivojlantirishning samarali yo'llaridan biri - shu hududda erkin iqtisodiy zonani tashkil etishdir. Shu sababdan ham ularga yuqorida ko'rib chiqqanimizdek, bir qancha imtiyozlar tizimi taqdim etiladi. Ushbu hududlarni tashkil qilish evaziga mamlakatimiz iqtisodiyotida bir qancha samarali yutuqlarga erishish mumkin. XULOSA
Mamlakatimiz iqtisodiyotida maxsus iqtisodiy hududlarning tutgan o'rnini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:
1. Dunyoda u yoki bu sohada turizmdan tortib ilmiy innovatsion parklarni yaratishga qadar kashfiyotga yo'naltirilgan turli xil erkin iqtisodiy zonalarni hamda iqtisodiyotning ishlab chiqarishga va qayta ishlashga mo'ljallangan maxsus iqtisodiy zonalarni sonini ko'paytirish.
2. Har bir viloyat o'zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyat ko'rsata oladigan hududlariga ega bo'lshi.
3. Respublikaning barcha nuqtalarida import tovarlarini o'rnini bosuvchi va eksportbop maxsulotlar ishlab chiqarilishini yo'lga qoyish.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi 2020 yil 17-fevraldagi 604-sonli Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi "Erkin iqtisodiy zonalar foliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi PF-4853-sonli Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 dekabrdagi "Kichik sanoat zonalarini barpo yetish va ularning faoliyatini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi Nizomi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
4. Maqola. Jo'rayev A. "Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish", Toshkent 2013.
5. https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/24739-maxsus-iqtisodiy-zona-kichik-sanoat-zonasi-texnopark-va-klasterlar-tarkiMga-kimvcM-korxonalar-tomonidan-bajarilgan-qurilish-ishlari.
6. https://m.business-gazeta.ru/news/547971
7. https://votpuskonline.ru/uz/money/primery-sez-svobodnaya-ekonomicheskaya-zona-svobodnye-ekonomicheskie-zony-v.html
8. openscience.uz