Научная статья на тему 'ERKIN IKTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

ERKIN IKTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
316
112
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsion jozibadorlik / harakatlar strategiyasi / salohiyat / bozor konyukturasi / strategik dastur / iqtisodiy zona / sanoat zona. / investment / investment attractiveness / action strategy / potential / market conditions / strategic program / economic zone / industrial zone.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Primov, Sirojiddin Furqat O‘g‘li

Maqolada mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy yuksalish uchun asosiy omil hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar, ularning jozibadorligi va uni baholash mezonlari zarurligini nazariy asoslari yoritilgan. Bu o‘z navbatida xar bir viloyatni o‘zining mineral va resurs boyliklaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishni talab qilinadi. Ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, eksport salohiyatini oshirish diversifikatsion siyosatni kuchaytirish mintaqalar iqtisodiyotini barqarorligini va mamlakatimizdagi hozirgi holati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF DEVELOPMENT OF FREE ECONOMIC ZONES

The article describes the theoretical foundations of free economic zones, which are a key factor in the socio-economic growth of the country, their attractiveness and the need for criteria for its evaluation. This, in turn, requires each region to locate and develop its productive forces based on its mineral and resource resources. In particular, small business and private entrepreneurship, strengthening export policy, strengthening diversification policies, the stability of regional economies and the current situation in the country are highlighted.

Текст научной работы на тему «ERKIN IKTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ERKIN IKTISODIY ZONALAR FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH

MASALALARI

Primov Sirojiddin Furqat o'g'li

Toshkent moliya instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy yuksalish uchun asosiy omil hisoblangan erkin iqtisodiy zonalar, ularning jozibadorligi va uni baholash mezonlari zarurligini nazariy asoslari yoritilgan. Bu o 'z navbatida xar bir viloyatni o'zining mineral va resurs boyliklaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishni talab qilinadi. Ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, eksport salohiyatini oshirish diversifikatsion siyosatni kuchaytirish mintaqalar iqtisodiyotini barqarorligini va mamlakatimizdagi hozirgi holati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsion jozibadorlik, harakatlar strategiyasi, salohiyat, bozor konyukturasi, strategik dastur, iqtisodiy zona, sanoat zona.

В статье описаны теоретические основы свободных экономических зон, которые являются ключевым фактором социально-экономического роста страны, их привлекательность и необходимость критериев ее оценки. Это, в свою очередь, требует от каждого региона размещения и развития своих производительных сил на основе своих минерально-сырьевых ресурсов. В частности, выделены малый бизнес и частное предпринимательство, усиление экспортной политики, усиление политики диверсификации, устойчивость региональных экономик и текущая ситуация в стране.

Ключевые слова: инвестиции, инвестиционная привлекательность, стратегия действий, потенциал, конъюнктура рынка, стратегическая программа, экономическая зона, промышленная зона.

The article describes the theoretical foundations of free economic zones, which are a key factor in the socio-economic growth of the country, their attractiveness and the need for criteria for its evaluation. This, in turn, requires each region to locate and develop its productive forces based on its mineral and resource resources. In particular, small business and private entrepreneurship, strengthening export policy, strengthening diversification policies, the stability of regional economies and the current situation in the country are highlighted.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: investment, investment attractiveness, action strategy, potential, market conditions, strategic program, economic zone, industrial zone.

Erkin iqtisodiy zonalar jahon iqtisodiyotining noyob rivojlanish shakliga aylandi va ko'plab mamlakatlarda keng tarqalgan. So'ngi 5 yil mobaynida rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda EIZlar tashkil etilishining faol o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bugungi kunda mavjud 5400 ta EIZlarning qariyb 1000 ga yaqin turli xil turdagi zonalari qayd etilgan muddatda tashkil etilgan bo'lib, yana 500 tasi 2021 va undan keyingi yillarda tashkil etish boskichidadir[1]. Butun jahon eksport ishlab chiqarish zonalari assotsiatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, jahon savdosining 30% dan ortig'i erkin iqtisodiy zonalar orqali amalga oshiriladi[2]. Erkin iqtisodiy zonalar eksport komponentini oshirish, xorijiy investitsiyalar oqimini ko'paytirish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish orqali mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Erkin iqtisodiy hududlar to'g'risidagi tushunchalar va ularning mazmun-mohiyati borasida tadqiqotlar olib borgan xorijiy va mahalliy olimlarning ayrim fikrlari turlicha ekanligining guvohi bo'lamiz.

Bu borada iqtisodchi olim, Muminov N.G. EIZ deganda mamlakat (davlatlar) xo'jalik kompleksining ajralmas qismi bo'lgan davlatning (davlatlarning) suveren hududi tushunilib, unda ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash ta'minlanib, ishlab chiqarish va taqsimotning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishning maxsus mexanizmlaridan foydalangan holda, uning chegaralarini diffuzion kengayishi va tarqalishiga qodir bo'lgan malum bir butun mamlakat bo'ylab yaxlit, korporativ maqsadga erishish taminlanadi [3].

Shuningdek, P.V. Pavlov Maxsus hududiy subektlarni tashkil etishi, faoliyat ko'rsatishi va faoliyatini tugatish sohasidagi jamoat munosabatlarini tartibga soluvchi xuquqiy normalarni birlashtiradigan mustaqil muassasadir [4].

A.V. Vaxabov fikricha, Erkin iqtisodiy zona - bu davlatda qabul qilingan xo'jalik faoliyatining tartibiga nisbatan imtiyozli soliq rejimi qo'llaniladigan geografik hudud. Boshqacha qilib aytganda, bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo'lib, u yerda uning boshqa qismlarida ishlamaydigan malum imtiyozlar tizimi qo'llaniladi va bu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamayadi [5].

J.I.Karimqulov fikricha, Erkin iqtisodiy hududlar deganda, muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda kengaytirilgan mustaqillikka, boshqaruvning maxsus

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rejimi va investorlar iqtisodiy faoliyati uchun qulay sharoitlarga ega bo'lgan hududni tushunish mumkin. Fikrimizcha ushbu umumiy ta'rif, jahon amaliètida uchraydigan turli xil va shakllardagi erkin iqtisodiy hududlar va ularga berilgan ta'riflarni bitta umumiy qatorda joylashtirish imkonini beradi [6].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, umumlashtirish, tahlil qilish, sintez qilish va prognozlashtirish usullari qo'llanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR MUHOKAMASI.

Mamlakatimiz hududlarining ishlab chiqarish, resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta'minlash, transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda erkin iqtisodiy zonalarning alohida o'rni bor. Angren erkin iqtisodiy zonasini tahlil qilib chiqadigan bo'lsak, Angren EIZ tashkil etilganidan buyon umumiy qiymati 285 mln. AQSH dollariga teng 15 ta loyiha amalga oshirildi va qariyb 840 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

1-rasm. Angren EIZ mahsulotlar eksport hajmi (mln. AQSH dollari) [7]

1-rasm ma'lumotlari tahlil natijalaridan ko'rinadiki, Angren erkin iqtisodiy zonasida mahsulotlar eksport hajmi yillar sayin ko'payish tendensiyasiga ega bo'lib, 2013 yilda 0,17 mln. AQSH doll.ni, 2014 yilda 0,98 mln.AQSH doll.ni, 2015 yilda 6,9 mln. AQSH doll.ni, 2016 yilda 13,0 mln. AQSH doll.ni, 2017 yilda 16,2 mln. AQSH doll.ni, 2018 yilda 17,9 mln. AQSH doll.ni, 2019 yilda 23,1 mln. AQSH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

doll.ni tashkil qilgan bo'lsa, 2020 yilga kelib, bu ko'rsatkich 2013 yilga nisbatan 24,53 mln. AQSH doll.ga ko'paygan va 24,7 mln. AQSH doll.ni tashkil qilgan.

2010-2019 yillarda umumiy qiymati 1141,1 million dollarlik jami 241 ta investitsiya loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi doirasida 19672 ming ish o'rni yaratildi. Eng ko'p loyihalar 2018 yilda amalga oshirildi, ya'ni 392,3 mln. AQSH dollariga teng 83 loyiha va 2019 yilda 491,8 mln. AQSH dollariga teng 99 loyiha, 2011 yilda eng kichik loyiha, ya'ni 17,8 mln. AQSH dollariga teng 2 loyiha (2-rasm).

Bunday holatning asosiy sababi iqtisodiyotdagi og'ir vaziyat, O'zbekistonning asosiy savdo sheriklari mamlakatlaridagi inqirozdan keyingi davr, jahon va mintaqaviy investitsiya kapitali bozoridagi raqobatning keskin kuchayishi, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 2017 yilgacha tizimli muammolari, kapital egalarining investitsiya faolligi sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

Biroq, 2017 yildan boshlab valyuta kursini unifikatsiyalash, ishlab chiqarish tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, modernizatsiyani amalga oshirish, investitsiya resurslari bazasini kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va chet el investitsiyalarini, birinchi navbatda, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish bo'yicha ko'rilgan choralar o'sish va investitsiya faoliyatining rivojlanishiga turtki bo'ldi.

2-rasm. 2010-2019 yillarda EIZ hududida investitsiya loyihalarini amalga

oshirish dinamikasi [8]

Mamalakatimizda EIZ rivojlantirish so'nggi yillarda misli ko'rilmagan darajada tus olmoqda. Birgina 2017- 2019 yillarda 15 ta EIZ tashkil etildi. So'nggi ikki yil

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ichida sanoat ko'rsatkichlarida ham sezilarli darajada o'sish kuzatildi. EIZ hududida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va uning eksporti o'sishi ta'minlandi (3-rasm).

3-rasm. EIZ ishtirokchilari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish ko'rsatkichlari dinamikasi [9]

Shuningdek, mamlakatimizda EIZlar quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi: tashqi iqtisodiy aylanmasining salbiy saldosi, ishlab chiqarish va eksport diversifikatsiyasining pastligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligining pastligi va boshqalar. Eksport salohiyati baland bo'lgan, yuqori samarali innovatsion sanoat zonalarini shakllantirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

XULOSA VA TAKLIFLAR.

1. O'zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo'ljallangan erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash.

2. O'zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan "Maxsus iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi Qonun me'yorlari asosida amaldagi qonunchilikni birxillashtirish.

3. EIHlar mazmunini ochib berishga bo'lgan katta qiziqish bugungi kunga qadar davom etmoqda. Shu sababdan turli iqtisodchi-olimlar va mutaxassislar tomonidan uning mazmunini yoritib berishga bo'lgan urinish va tadqiqotlar hamda ta'rifini keltirishga oid amaliy harakatlar davom etib kelayotganligini ko'rish mumkin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

4. EIHlar - shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo'jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to'lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo'lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo'llanilmaydigan ma'lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko'ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.

REFERENCES

1. https://unctad.org/en/Publication Chapters/WIR2019_CH4.pdf 2019y.

2. О.Н. Артемьева "Совершенствование экономического механизма функционирования свободных экономических зон" автореферат диссертации. г.Москва, Российская Федерации.

3. Муминов Н.Г. Свободные экономические зоны. Учебное пособие, Национальный Университет Узбекистана. Ташкент-2005,- 8 с.

4. Швлов П.В.Институт особых экономических зон в РФ финансово -правовые и организационно -экономические аспекты функционирования/.- М.: ИНФРА-М, 2010.-256 с.

5. Вахабов А.В. Хожибакиев Ш.Х., Муминов Н.Г. Инностранные инвестиции. Учебное пособие. - Т.:Молия, 2010. -С.180

6. Karimqulov J.I. Erkin iqtisodiy hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rivojlantirish yo'nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: BMA, 2019. - 13 b.

7. www.invest.gov.uz

8. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va EIZ direksiyalari ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

9. www.mift.uz. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va EIZ direksiyalari ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.