Научная статья на тему 'ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHDA JAHON TAJRIBASI'

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHDA JAHON TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1405
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqobatbardosh / texnologik / xorijiy investitsiyalar / globallashuv jarayoni / xalqaro kapital / iqtisodiy holat / huquqiy baza / tabiiy xomashyo resurslari / mehnat resurslari / ishlab chiqarishning texnik bazasi / ilmiy-texnika salohiyati / tavakkalchilik / moliya-kredit tizimi / kredit siyosati / infratuzilma / ekologik vaziyat / erkin iqtisodiy zonalar / davlatlararo kelishuv. / Конкурентоспособность / технологичность / иностранные инвестиции / процесс глобализации / международный капитал / экономическая ситуация / правовая база / природные ресурсы / трудовые ресурсы / техническая база производства / научно-технический потенциал / риск / финансово-кредитная система / кредитная политика / инфраструктура / экология. ситуация / свободные экономические зоны / межгосударственное соглашение.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eshqobilov, Sherzod Normamatovich

Maqolada iqtisodiy erkin zonalar, jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishlarida EIZ o‘rni, investrlarni jalb etish, investitsiya muhitining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan hamda mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalarining rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

МИРОВОЙ ОПЫТ СОЗДАНИЯ СВОБОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН

В статье рассматриваются свободные экономические зоны, роль СЭЗ в экономическом развитии мира, привлечении инвесторов, факторы, влияющие на формирование инвестиционного климата и предлагаются предложения по развитию свободных экономических зон в нашей стране.

Текст научной работы на тему «ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHDA JAHON TAJRIBASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHDA JAHON

TAJRIBASI

Eshqobilov Sherzod Normamatovich

Termiz Davlat Universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada iqtisodiy erkin zonalar, jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishlarida EIZ o 'rni, investrlarni jalb etish, investitsiya muhitining shakllanishiga ta'sir etuvchi omillarga atroflicha to'xtalib o'tilgan hamda mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalarining rivojlantirish bo 'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Raqobatbardosh, texnologik, xorijiy investitsiyalar, globallashuv jarayoni, xalqaro kapital, iqtisodiy holat, huquqiy baza, tabiiy xomashyo resurslari, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnik bazasi, ilmiy-texnika salohiyati, tavakkalchilik, moliya-kredit tizimi, kredit siyosati, infratuzilma, ekologik vaziyat, erkin iqtisodiy zonalar, davlatlararo kelishuv.

В статье рассматриваются свободные экономические зоны, роль СЭЗ в экономическом развитии мира, привлечении инвесторов, факторы, влияющие на формирование инвестиционного климата и предлагаются предложения по развитию свободных экономических зон в нашей стране.

иностранные инвестиции, процесс глобализации, международный капитал, экономическая ситуация, правовая база, природные ресурсы, трудовые ресурсы, техническая база производства, научно-технический потенциал, риск, финансово-кредитная система, кредитная политика, инфраструктура, экология. ситуация, свободные экономические зоны, межгосударственное соглашение.

Bugungi kunda jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash, yuqori qo'shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, korxonalarni texnologik yangilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi ish o'rinlarini yaratish hamda ulardan samarali foydalanish muhim o'rin egallaydi.

Jahonda globallashuv jarayoni va halqaro kapital migratsiyasi rivojlanayotgan mamlakatlar va mintaqalarda xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga milliy

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова: Конкурентоспособность, технологичность

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J) SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

iqtisodiyotning tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun muhim istiqbolli imkoniyatlarni yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Qisqa 30 yil mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining har sohalari bo'yicha rivojlanish eshiklari ochildi, ya'ni qishloq ho'jaligi (paxta, g'alla, baliqchilik, go'sht va sut, dorivor o'simliklar, meva-sabzovot, poliz va boshqa) mahsulotlarini qayta ishlashga alohida urg'u berildi. Og'ir sanoatning neft va gazni qayta ishlash, tog'-kon, kimyo sanoati, mamlakatimizda yangi tarmog'i hisoblanmish avtomobil sanoati va boshqa tarmoqlarlarning rivojlanishi orqali O'zbekiston agrar respublikadan industrial agrar respublikaga o'tishi natijasida mamlakatimiz aholisining turmush darajasini ortishiga olib kelmoqda. Bu amaliy ishlarni bajarishda mamlakatimizda qulay investitsion muhitning yaratilishi orqali rivojlangan mamlakatlar bilan qo 'shma korxonalar tuzilmoqda. Investorlarni jalb etish orqali mamalakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, yangi ish o'rinlarning yaratilishiga, xom-ashyodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga, asosiysi import ulushini kamaytirishga xizmat qiladi. Mamlakat investitsiya muhitining shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar1.

Iqtisodiy holat- Mamlakat to'lov balansining holati, valyuta pul tizimi barqarorligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganligi, ichki bozor sig'imining kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qurilish xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari.

Huquqiy baza - Yangi sharoitlarga mos keladigan, mamlakat va uning alohida tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqaradigan farmonlar, qarorlar, nizomlar, yo'riqnomalarning mavjudligi.

Tabiiy xomashyo resurslari - Mineral, xomashyo, yoqilg'ienergetika va suv resurslari zaxiralari, qishloq xo'jaligi xomashyosi ishlab chiqarish hajmlari.

Mehnat resurslari va bandlik - Iqtisodiy faol aholi soni, band aholi ulushi, ishsizlik darajasi xizmatchilar daromadi darajasi, kadrlarning malaka darajasi.

Ishlab chiqarishning texnik bazasi - Asosiy ishlab chiqarish fondlarining, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, uskunalarning foydalanish muddati tarkibi, asosiy fondlarning eskirishi darajasi.

Ilmiy-texnika salohiyati - Iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmlari. Investitsiya tavakkalchilik darajasi. Ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish va ITTKI sohasining rivojlanishi holati, mahsulotning fan sig'imkorligi katta va yuqori

1VaxabovA.V.va boshqalar. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: «Moliya», 2010.74-b.

287

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

texnologik turlarini ishlab chiqarish.

Moliya-kredittizimi - Soliq va kredit siyosati, iqtisodiyotning real sektori korxonalarning foydalilik va rentabellik darajasi. Narx siyosati va narxni shakllantirish siyosati.

Infratuzilma - Bank tizimi rivojlanish holati, transport, kommunikatsiya xizmatlari va mehmonxona xo'jaligi sohalari, tovar va fond birjalari, marketing, konsalting, auditorlik xizmatlari, sug'urta sohasi tarmog'ining ishonchliligi.

Ekologik vaziyat - Atrof-muhitning ifloslanishi darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar.

Bugungi kunda mamlakatimizda EIZ tashkil etish uchun barcha me'yoriy xujjatlar, ichki imkoniyatlar, tabiiy resurslar, xizmat ko'rsatish, ilmiy salohiyat, mehnat resurslar yetarlicha tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli "Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi, 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli "O'zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 13-sentabrdagi PF-5825-sonli "Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida"gi, 2018 yil 18 sentyabrdagi PF-5540-sonli "Termiz erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to'g'risida"gi, 2021 yil 21 dekabrdagi PF-73 - sonli "Termiz erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari, 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-sonli "Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi, 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-sonli "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to'g'risida"gi Qarorlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda juda katta ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bizga ma'lumki bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotini yanada mustahkamlash maqsadida Prezidentimizning Qarorlariga asosan 21 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo'jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)ning o'rni yuqori bo'ladi. EIZ deganda nimalarni nazarda tutiladi hamda qaysi sohalarni o'zichiga qamrab olishiga to'xtalishimiz kerak. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.To'xliyevning ta'biricha Erkin iqtisodiy zonalar-davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo'jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar.

Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi.

Erkin iqtisodiy zonalar ko'p hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yo'llari tutashgan hududlarda tashkil etiladi2.

Bizga ma'lumki, erkin iqtisodiy zonalarda alohida halqaro huquqiy imkoniyatlar yaratiladi. EIZning joylashishidan qat'iy nazar, shu mamlakatning ajralmas maydoni hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, infratuzilma, boj to'lovlari, soliq to'lovlari bo'yicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar to'lov vositasini o'tashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad ko'plab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yo'l bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.

Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik to'g'ri emas. Erkin iqtisodiy zonalarning tarixi qadimiy fmikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining o'z portlariga erkin kirib chiqishini va ularning xavfsizligini ta'minlaganlar. XVI va XVII-asrlarda Yevropaning qator shaharlari o'zlarini "Erkin savdo shaharlari" deb e'lon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi bo'lgan, mamlakatning barcha karvon yo'llari hokimiyat himoyasiga olingan.

Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxona zonalari, ilmiy texnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar asosan, eksportga ixtisoslashgan bo'ladi. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarlardan biri Irlandiyada "Shennon" aeroportida (1959) tashkil etilgan. Keyinroq shunday zona Angliyadagi "DogAylend" aeroportida paydo bo'ldi. Ba'zi Erkin iqtisodiy zonalar ancha yirik

2Nurislom To'xliyev. https://uz.wikipedia.org.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hududlarda tashkil etiladi. Masalan, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etilgan.

Erkin iqtisodiy zonalarga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qo'llanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk - Xeyxe, Qoradengiz bo'yi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalar mavjud.

O'zbekistonda Erkin iqtisodiy zonalar g'oyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti O'zbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar to'g'risida"gi qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan ta'minlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga me'yoriy huquqiy asos yaratdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, bugun Xitoy iqtisodiyotining o'sish sur'atlari bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinda turadi, bunda Xitoy davlati dunyodagi biznes munosabatlarini zudlik bilan o'zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi, tizimli mehnat evaziga Yevropadagi oddiy narsalardan tortib jahon talabiga javob beraoladigan turli mahsulotlarning narxini arzonlashishiga sabab bo'ldi. Qolaversa, Xitoy Afrika qit'asining eng yirik investoriga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan "Qora qit'a"ni o'zining asosiy hamkori hisoblaydi.

Bugungi kunda Xitoy mahsulotlarini dunyoning barcha joylarida ko'rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham "Dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%ini, konditsionerlarning 30 foizi, kiryuvish mashinalarining 25 foizi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti.

Alohida qayd etish kerakki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o'rni katta bo'lgan. Ayni vaqtda bu yerda to'rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko'rsatmoqda - Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo'ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zonalari bor.

Mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalarining rivojlantirishda quyidagi sohalarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'lardi:

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- Erkin iqtisodiy zonalarda investitsion muhit jozibadorligini boshqaruv samaradorligi darajasini investitsion faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko'rsatkichlari asosida reyting baholash tizimi tashkil etish;

- Erkin iqtisodiy zonalarda imkoniyatli va istiqbolli investorlarning «investitsion mavqei»ni oshirishning har tamonloma boshqaruv strategiyasini shakllantirish;

- Erkin iqtisodiy zonalarda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;

- Termiz IEZ hududida Afg'oniston fuqarolari uchun maxsus 10 kunlik vizasiz kirib chiqish imtiyozlari yaratilganligidan samarali foydalanish;

- Termiz IEZ hududdida Afg'oniston halqi uchun davolanish, savdo-sotiq, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, dam olish, qisqa muddatli o'qishlar, xalqaro sertifikatlar olish uchun maxsus markazlari va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish;

- Ma'muriy-iqtisodiy hududlarning investitsion muhit jozibadorligini «makon investitsion pasporti va xaritasi»ni kiritish orqali tashkiliy jihatlarini takomillashtirish;

- Termiz EIZ investitsiyalarni jalb etishga har qanday investitsiya hudud aholisi va uning ehtiyojlarini samarali qondirish, turmush darajasini oshirish, aholining real daromadlarini ko'paytirish, ish bilan bandlikni ta'minlash;

- Investitsion salohiyatni barqarorlik ko'rsatkichlari orqali boshqarish asosida Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulot xajmini 2025 yilgacha istiqbol ko'rsatkichlari ishlab chiqish orqali mamlaktimizning yanada iqtisodiy jihatidan taraqqiy etishiga xizmat qiladi.

Jahon mamlakatlarda tashkil etilgan iqtisodiy erkin zonalarning faoliyati natijasida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, hom ashyodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga, eksport ulushining oshishiga, yangi ish o'rinlarining ochilishiga, mamlakat brendining jahon bozoriga kirib borishi, eng asosiysi aholining yashash sharoitining oshishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. VaxabovA.V.va boshq. Xorijiy investitsiyalar. O'quv qo'llanma. -T.: «Moliya»,

2. Nurislom To'xliyev. https://uz.wikipedia.org.

3. Rajabov.N.R. Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish (Navoiy EIZ misolida) dissertatsiya aftoreferati. -T.: 2021

XULOSA

2010.74-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.