Научная статья на тему 'IQTISODIY TIZIMLARNING RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING TA’SIRI'

IQTISODIY TIZIMLARNING RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / tizim / raqamlashtirish / sanoat / elektron tijorat / ishlab chiqarish / raqamli boshqaruv. / цифровая экономика / система / цифровизация / промышленность / электронная коммерция / производство / цифровой менежмент.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ismailov Xusanboy Maxammadqosim O‘G‘Li, Jiyanbekov Xurshidbek Ravshanbekovich, Tojiboyev Fazliddin Husniddin O‘G‘Li

Maqolada raqamli iqtisodiyotning mamlakat iqtisodiy tizimlarining rivojlanishida tutgan o‘rni bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari aks ettirilgan. Shuningdek, sanoatni raqamlashtirish, elektron tijorat sohalarining mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikrlar hamda aloqa, axborotlashtirish va axborot iqtisodiyoti bo‘yicha statistik tahlil natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СИСТЕМ

В статье отражены результаты исследования роли цифровой экономики в развитии экономических систем страны. Также представлены мнения о важности цифровизации промышленности, секторов электронной коммерции в развитии страны, а также результаты статистического анализа по связи, информации и информационной экономике.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TIZIMLARNING RIVOJLANISHIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING TA’SIRI»

10Т18ОВ1У TIZIMLARNING RIVOJLANISHIDA ЯЛОЛМЫ IQTISODIYOTNING TA'SIRI

Ismailoy ХшапЬоу Maxammadqosim о'§'И

"ЯадатИ гдИяойгуоХ tadqiqotlari шагка21"ВЫ Ьо'Ит ЪояЫщЧ

кИ. 1вшайоу@ёегс. иг

Jiyanbekoy Xurshidbek Rayshanbekoyich

"Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" ВЫmutaxassisi кк^уапЬекоу@ ёегс.иг

^^уеу Fazliddin Ниэтиит o'g'li

"Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi" ВЫmutaxassisi

£ 1:о]1Ьоеу@ёегс. иг

Annotatsiya: Мэдо1аёа гадашП 1дЙ8оё1уо1шп§ шаш1ака1 1дйвоё1у Йг1ш1агт1^ пуо^атвЫёа 1^ап о'гт Ьо'уюИа оЧкаг%ап 1аёд1доИаг па1:уа1ап акБ еШг%ап. ЗИит^ёек, БапоаШ гадаш^ЫтвЬ, е1ек1хоп 1:уога1 воЬа1аппт§ шаш1ака1 1агадд1уо1:1ёа§1 аИаш1уа1:1 Йкг1аг Иашёа а1ода, ахЬогоНавШпвЬ уа

ахЬого1 1дйвоё1уо1:1 Ьо'уюИа в1а1!81:1к 1аЫИ па1:уа1ап кеШг%ап.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, ^ш, raqamlashtirish, sanoat, вЫШ^п tijorat, ishlaЪ chiqarish, raqamli Ъoshqaruv.

ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА РАЗВИТИЕ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СИСТЕМ

Исмаилов Хусанбой Махаммадкосим угли

ГУ «Центр исследований цифровой экономики» , отдел начальник

кИ. 1Бша11оу@ёегс. иг

Жиянбеков Хуршид Равшанбекович

ГУ «Центр исследований цифровой экономики», специалист

кк^уапЬекоу@ ёегс.иг

Тожибоев Фазлиддин Хусниддин угли

ГУ «Центр исследований цифровой экономики», специалист

f.tojiboev@derc.uz

Аннотация: В статье отражены результаты исследования роли цифровой экономики в развитии экономических систем страны. Также представлены мнения о важности цифровизации промышленности, секторов электронной коммерции в развитии страны, а также результаты статистического анализа по связи, информации и информационной экономике.

Ключевые слова: цифровая экономика, система, цифровизация, промышленность, электронная коммерция, производство, цифровой менежмент.

INFLUENCE OF THE DIGITAL ECONOMY ON THE DEVELOPMENT OF

ECONOMIC SYSTEMS

Ismailov Khusanboy

"Digital economy research center" SE, head of department kh. ismailov@derc. uz

Jiyanbekov Khurshidbek

"Digital economy research center" SE, specialist kh.jiyanbekov@ derc.uz

Tojiboyev Fazliddin

"Digital economy research center" SE, specialist f. tojiboev@derc. uz

Abstract: The article reflects the results of a study of the role of the digital economy in the development of the country's economic systems. Also presented are opinions on the importance of digitalization of industry, e-commerce sectors in the development of the country, as well as the results of statistical analysis on communications, information and information economics.

Keywords: digital economy, system, digitization, industry, e-commerce, production, digital management.

Kirish

Raqamli iqtisodiyot yangi rivojlanishga asoslangan tushunchalar, yangi texnologiyalar tomonidan boshqariladigan, axborot tarmoqlari va platformalarini qo'llashga tayanadi hamda zamonaviy iqtisodiy tizimni qurishning muhim poydevori sifatida yuqori sifatli va barqaror rivojlanishni maqsad qiladi. Raqamlashtirish iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish jarayonlari va faoliyatining aksariyat qismiga ta'sir qiladi. Raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanayotgan davrda uning ahamiyati iqtisodiy va ijtimoiy sohalar bilan chuqur integratsiyalashuv, raqamli transformatsiyani rag'batlantirish va doimiy ravishda yangi texnologiyalar, yangi modellar va yangi sanoat jarayonlarini joriy etishda namoyon bo'lmoqda.

Raqamlashtirish zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotning obyektiv namunasiga aylanib bormoqda. Raqamlashtirish iqtisodiyotdagi aksariyat ishlab chiqarish jarayonlari va faoliyatlarga ta'sir ko'rsatadi.

Shu bilan birga, tadqiqotlarda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarining iqtisodiy o'sish va ijtimoiy farovonlik darajasiga ta'siri yetarlicha tahlil qilinmayapti. Raqamli globallashuv tovarlar savdosidan ko'ra iqtisodiy o'sishga ko'proq ta'sir ko'rsatmoqda. Ma'lumotlar va raqamli intellektning o'sib borayotgan qiymati ularning yuqori bozor kapitallashuvida namoyon bo'ladi va ularning ortib borayotgan roli barcha iqtisodiy faoliyat uchun keng miqyosli ta'sir ko'rsatadi. Raqamli iqtisodiyot global iqtisodiy jarayonlarning ajralmas qismiga aylanib, kompaniyalarning o'sishi va rivojlanishining dvigateliga aylanmoqda [1].

Asosiy qism

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan raqamli iqtisodiyot ikki jihatda namoyon bo'ladi: sanoatlashtirish va sanoatni raqamlashtirish. Raqamli sanoatlashtirish deganda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun asos bo'lgan axborot sanoati (Internet, katta ma'lumotlar, sun'iy intellekt va boshqalar) tushuniladi.Iqtisodiy tizimlar rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning ahamiyatini ko'rib chiqamiz.

Sanoatni raqamlashtirish deganda, ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish uchun raqamli texnologiyalar yordamida asosiy milliy sanoat tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmatlar) rivojlantirish tushuniladi.

Raqamli iqtisodiyotda ma'lumotlarning ahamiyati, ishlab chiqarish omillari tizimini o'zgartirmoqda, ma'lumotlar endi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanmoqda. Qiymatga asoslangan ma'lumotlar elementlari ta'siri ostida an'anaviy ishlab chiqarish omillari, masalan, yer, mehnat, kapital raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirishga ko'maklashish maqsadida yanada optimallashtirildi va qayta tashkil etildi [2].

1-rasm. Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiyot tarmoqlariga ta'siri1

Ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan raqamli iqtisodiyotning ahamiyati boshqaruv rejimida innovatsiyalarni kiritish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va raqamli texnologiyalardan foydalangan holda boshqaruv salohiyatini oshirish orqali erishilgan raqamli boshqaruvni rivojlantirishda namoyon bo'ladi. Raqamli boshqaruv raqamli iqtisodiyotning tez va sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi.

Raqamli boshqaruv - bu qaror qabul qilish, nazorat qilish va amalga oshirish tizimi va mexanizmini o'z ichiga olgan murakkab tizim hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot davrida, ko'plab elektron tijorat korxonalari paydo bo'lishi bilan xaridorlar va sotuvchilar tezkor operatsiyalarni amalga oshiradilar, resurs samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyati paydo bo'ladi.

Elektron tijorat platformalari iste'molchilar uchun sifatli mahsulotlarni topish xarajatlarini, muzokaralar narxini va tranzaksiyalar xavfini sezilarli darajada kamaytirish uchun onlayn baholash va axborot bilan bog'lanish kabi integratsiyalashgan tizimlarga ega. Tranzaksiya xarajatlarining sezilarli darajada qisqarishi tufayli bozor qamrovi yanada kengayadi, mehnat taqsimoti yanada rivojlanadi va resurslarni taqsimlash samaradorligi ortib boradi [3].

Keyingi yillarda raqamli iqtisodiyot agrar-industrial iqtisodiyotdan keyingi yangi iqtisodiy shaklga aylandi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi birinchi marta

1 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan

Tapskott tomonidan taklif qilingan bo'lib, u tarmoq razvedkasi davri nafaqat texnologiya integratsiyasi, balki texnologiya orqali odamlarning integratsiyasi haqida ham ta'kidladi. Raqamli va tarmoq texnologiyalarining integratsiyasi raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatda ko'rinadigan qilib ko'rsatdi; shu tariqa uning ma'nosi yanada boyib ketdi. Mezenburg raqamli iqtisodiyotni uchta komponent nuqtai nazaridan aniqladi:

-elektron biznes infratuzilmasi; -elektron biznes; -elektron tijorat [4].

Boshqa olimlar raqamli iqtisodiyotni statik samaradorlik emas, balki dinamik jarayon sifatida ko'rishgan. So'nggi yillarda raqamli iqtisodiyot raqamlashtirishning oddiy segmentidan ko'ra kengroq segment sifatida belgilandi va uning umumiy ma'nolari barcha raqamli markazlashtirilgan iqtisodiy faoliyatni birlashtiradi. Masalan, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) raqamli iqtisodiyot konsepsiyasini "iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning raqamli transformatsiyasi" deb ta'riflagan va raqamlashtirish va tarmoqqa ulanish jarayonida bo'lgan barcha an'anaviy tarmoqlarni uning bir qismi sifatida ko'rib chiqqan. G20 raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va hamkorlik tashabbusi raqamli iqtisodiyotni "iqtisodiy faoliyatning keng doirasi, jumladan raqamli axborot va bilimlardan ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida foydalanish, zamonaviy axborot tarmoqlari faoliyatning muhim sohasi sifatida va AKTdan samarali foydalanish unumdorlikni oshirish va iqtisodiyotni tarkibiy optimallashtirishning muhim omili sifatida" ko'riladi. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning noaniq ta'rifi uning o'lchov ko'rsatkichlarining qarama-qarshi tizimiga olib keladi [5].

Mamlakatimizda so'nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi salmoqli tarzda o'sib kelmoqda hamda raqamli iqtisodiyot ulushi yildan yilga YaIM da o'sib kelmoqda. Quyidagi tahlillarda mamlakatimizdagi ijobiy dinamik o'zgarishlarni kuzatish mumkin.

12000

10000

9517

10587

8000

6000

4000

2000

7901

6427

2017

2020

2021

2022

2-rasm. "Axborot va aloqa" sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va

tashkilotlar soni (ming birlikda)

Yuqoridagi tahlildan ko'rinib turiptiki, "axborot va aloqa" sohasidagi korxonalar soni sezilarli darajada o'sib kelmoqda 2017-yilga nisbatan 2022-yilda jami korxonalarning soni 61% ga o'sgan.

Qolaversa, quyidagi diagrammada jami ko'rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi yoritilgan.

30000

25000

24 508,10

20000

17 755,10

15000

10000 -8 196,70

5000

I

2017

13 852,30

2020

2021

2022

0

0

3-rasm. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi (milliard so'm)

Yuqoridagi diagrammadan ko'rinib turganidek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 2017-yilga nisbatan 2022-yilda 3 barobarga oshdi.

Raqamli iqtisodiyot sohasining muhim yo'nalishlaridan biri bo'lishi belgilangan elektron tijorat yo'nalishi ham o'zining rivojlanish bosqichiga kirib ulgurdi. Quyidagi

tahlilda axborot iqtisodiyoti va elektron tijoгat sohalaгida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmining tahlili yoгitilgan.

18000 -17 066,50

16000 14000

12000 -10 777,00

10000 8 491,90

8000

6000 4000 2000 0

6 377,80

I

2017 2019 2020 2021

4-rasm. Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohasida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi (mlrd. so'm)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yuqoridagi tahlildan ko'rishimiz mumkinki, 2017-yilda axborat iqtisodiyoti va elektron tijorat biïgalikda б miniará so'mdan oгtiq daromad qilingan bo'lsa, 2021-yil yakunida ushbu ko'гsatkich 17 milliard so'mdan oshdi, bu o'z navbatida salkam 3 barobariik o'sishni ifodalaydi.

Quyidagi diagrammada axboгot iqtisodiyoti va elektгon tijorat sektorinining YaIM dagi ulushi ko^satilgan.

3

2.5 %

1.9%

I I I

2019 2020 2021

5-rasm. Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi 2

2,5 2.3%

1,5

0,5

2017

2

1

0

2 2-5 statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida

Yuqoridagi tahlildan ko'rishimiz mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning YalMdagi ulushi u qadar yuqori emas, bunga sabab, aholining raqamli ko'nikmalar darajasining pastligi, internet narxining yuqoriligi va texnologik qurilmalarga egalik qilish nomutanosib taqsimlanganligidadir.

2021-yil yakuniga ko'ra Jahon miqyosida umumiy YalMning 5% raqamli iqtisodiyot sektoriga to'g'ri kelmoqda.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda iqtisodiyot tarmoqlarining barchasida raqamli iqtisodiyot ulushi sezilarli darajada o'sib kelmoqda, bu o'z navbatida sohalarda raqamli transformatsiyaning oshishiga olib kelmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqysoda foydalanish mamlakatning iqtisodiyot ulushida raqamli iqtisodiyotning oshishiga olib kelishiga guvohi bo'lmoqdamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi. 2017-yil 19-sentabr.

2. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 08.01.2019-yildagi PF-5614-son.

3. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik (lotin yozuvida). - T. "Iqtisod-moliya", 2007. -320 b.

4. Ayupov R.X., Urunov R.S. O'zbekistonda raqamli iqtisod va 4.0 Industriyaning rivojlanish tendentsiyalari. Iqtisodioytning tarmoqlarini innovatsion rivojlanishida AKT ning axamiyati, Respublika ilmiy-texnik anjumanining ma'ruzalar to'plami, 3-qism, 2019 yil. 14-15 mart, 399-401 betlar.

5. Gulyamov S.S va boshqalar. Raqamli iqtisodiy otda blokcheyn texnologiyalari. T.: "Iqtisod Moliya" nashriyoti, 2019. 386 bet.

6. www.infocom.uz

7. www.stat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.