Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARI FAOLIYATIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA TA’LIM BILAN INTEGRATIYA MASALALARI'

SANOAT KORXONALARI FAOLIYATIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA TA’LIM BILAN INTEGRATIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
49
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiy rivojlanish / raqamli iqtisodiyot / raqamlashtirish / raqobatbardoshlik raqamli texnalogiyalar / bulutli texnologiyalari / ma’lumotlar bazasi / axborot texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turg‘Unov Muxriddin Mo‘Ydinjon O‘G‘Li, Ortig‘Aliyev Bunyodbek Kamoliddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirishning dolzarbligi asosiy masala sifatida qaralgan. Sanoat korxonalarini raqamlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari, korxona faoliyatini samarali tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etishda ta’lim bilan integratsiya holati o‘rganilgan. Yangi texnika va texnalogiyalarni olib kirish raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sanoat tarmoqlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning dolzarbligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etish shu orqali raqobatbardosh ustunlikka erishish muxim xisoblanadi. Raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish sanoat sohasiga joriy etish uning samaradorligini oshirish va uni ta’lim bilan integratiya qilish uchun taklif etilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARI FAOLIYATIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA TA’LIM BILAN INTEGRATIYA MASALALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

SANOAT KORXONALARI FAOLIYATIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDA TA'LIM BILAN INTEGRATIYA

MASALALARI

JTurg'unov Muxriddin Mo'ydinjon o'g'li, 2Ortig'aliyev Bunyodbek Kamoliddin o'g'li

1Farg'ona Politexnika Instituti o'qituvchisi, 2Farg'ona Politexnika Instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10160321

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda raqamli iqtisodiyot tarmoqlarini yanada rivojlantirishning dolzarbligi asosiy masala sifatida qaralgan. Sanoat korxonalarini raqamlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari, korxonafaoliyatini samarali tashkil etishda raqamli texnologiyalarni joriy etishda ta'lim bilan integratsiya holati o'rganilgan. Yangi texnika va texnalogiyalarni olib kirish raqamli texnologiyalarni rivojlantirish sanoat tarmoqlarida ro'y berayotgan o'zgarishlarning dolzarbligi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan raqamli texnologiyalarni joriy etish shu orqali raqobatbardosh ustunlikka erishish muxim xisoblanadi. Raqamli texnologiyalarni ishlab chiqarish sanoat sohasiga joriy etish uning samaradorligini oshirish va uni ta'lim bilan integratiya qilish uchun taklif etilmoqda.

Kalit so'zlar: iqtisodiy rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, raqobatbardoshlik raqamli texnalogiyalar, bulutli texnologiyalari, ma'lumotlar bazasi, axborot texnologiyalari.

Аннотация. В данной статье в качестве основного вопроса рассматривается актуальность дальнейшего развития отраслей цифровой экономики в нашей стране. Изучены особенности цифровизации промышленных предприятий, состояние интеграции с образованием при внедрении цифровых технологий в эффективную организацию деятельности предприятия. Внедрение новой техники и технологий развитие цифровых технологий актуальность изменений, происходящих в отраслях, внедрение цифровых технологий хозяйствующими субъектами таким образом, достижение конкурентного преимущества является важным. Внедрение цифровых технологий в производственную отрасль предлагается для повышения ее эффективности и интеграции с образованием.

Ключевые слова: экономическое развитие, Цифровая экономика, цифровизация, конкурентоспособность цифровых технологий, облачных технологий, баз данных, информационных технологий.

Abstract. in this article, the relevance of the further development of the branches of the digital economy in our country is considered as the main issue. The peculiarities of digitization of industrial enterprises, the state of integration with education in the introduction of digital technologies in the effective organization of the activities of the enterprise are studied. The introduction of new technologies and technology the development of digital technologies the relevance of the changes taking place in industrial sectors, the introduction of digital technologies by business entities through which the achievement of a competitive advantage is highly appreciated. The introduction of digital technologies into the industrial sphere of production is being proposed to improve its efficiency and integrate it with education.

Keywords: economic development, digital economy, digitization, competitiveness digital technology, cloud technologies, database, information technology.

Dunyo mamlakatlarida amal qilayotgan jadal iqtisodiy munosabatlari rivojlanishining bugungi sharoitida qurilish sanoati tarmoqlari faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanishni

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

joriy etish orqali ishlab chiqarish sanoatida sezilarli samara olish mumkin. Faoliyatni raqamlashtirish - ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida xususan, faoliyat samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirishda, boshqaruv jarayonida to'g'ri qaror qabul qilishda, hamda bugungi raqobat muhitida raqobatbardosh mahsulotlar yaratilishida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar inson faoliyati va iqtisodiyotning barcha asosiy sohalariga faol kirib borishi jadal sur'atlarda davom etmoqda. Ushbu jarayonning hozirgi bosqichi "raqamli transformatsiya" ta'rifini oldi. Bu esa raqamli texnologiyalar yordamida butunlay yangi sifat bilan ajralib turadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishiga asos bo'lib xizmat qilmoqda.

"Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan "Raqamli iqtisodiyot milliy kontsepsiyasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini berad[1].

Nafaqat iqtisodiy sohani balki ilm-fan va ta'limni ham bevosita iqtisodiyotimiz ishlab chiqarish salohiyatimiz bilan bog'liq holatda amalga oshirish uni jahon talablarga mos ravishda shakilantrish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda integratsiya atamasi jahonda turli sohalarni, masalan, ijtimoiy, mintaqaviy, iqtisodiy, diniy, irqiy, tashkiliy integratsiya kabi sohalarni qamrab oladigan ijtimoiy tushuncha sifatida ishlatilinmoqda. Aynan sanoat korxonalarini raqamli texnologiyalar bilan bog'lashda xam ta'lim bilan integratsiya tizimini yanada takomillashtirish zarur sanaladi.

Sanoat korxonalarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ushbu tadqiqot ishida ularni yanada jadallashtirish uchun ta'lim jarayoni bilan integratsiya qilish taklif etilmoqda. Ta'lim jarayoni bilan mamlakatda ushbu jarayonni qo'llab-quvvatlash uchun pilot dasturni ishlab chiqishda ko'rib chiqishni eng maqbul deb yechi sifatida e'tirof etilmoqda. Turli raqamli texnologiyalarni avtomatlashtirish va raqamlashtirish, ularni amalga oshirish "mehnat unumdorligi va bandlikni qo'llab-quvvatlash" milliy tadqiqot ishining maqsadi, ko'rsatkichlari va natijalariga erishishga imkon beradi[2].

1-jadval Raqamlashtirish dastur doirasida qurilish sanoati korxonalarida amalga oshirish uchun tavsiya etilgan raqamli texnologiyalar

Texnologiya nomi Texnologiya tavsifi Maqsad, vazifalar va natija Korxona turi

Raqamli dizayn va modellashtirish Texnologiyalar va dasturlar to'plami obyektlarni ishlab chiqish jarayonini avtomatlashtirish va mahsulotning 3D modelini loyihalash. Barcha raqamli parametrlarni bog'lashga imkon beradi kelajakdagi obyekt va uning ko'p o'lchovli modelida modellashtirish tashkiliy, texnik va boshqa o'zgarishlar Dizayn va muhandislik kompaniyalari, qurilish kompaniyalari, rivojlanish kompaniyalari

Shunday qilib, turli xil raqamli texnologiyalar sanoat korxonalari uchun turli xil foyda keltiradi va ularni asoslashda ularni amalga oshirish xarajatlari samaradorligini baholash masalasi paydo bo'ladi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Sanoat korxonalari faoliyatini samarali tashkil qilishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish korxonada xarajatlar tejalishidan tashqari sifat jarayonini yaxshilanishi va aniqlilik darajasini xamda sifatli boshqaruv jarayonini xam ta'minlaydi.

2-jadval Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish tendensiyasi

Ko'rsatkichlar 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y.

Ko'rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi (mlrd. so'mda) 5 181,5 6 306,8 8 196,7 10 332,6 10 891,7 13 852,3 17 755,1

Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha "Axborot va aloqa" sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 5689 6 370 6 427 6 403 6 975 7 901 9 517

Ko'rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi (mlrd. so'mda) 5 181,5 6 306,8 8 196,7 10 332,6 10 891,7 13 852,3 17 755,1

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi (mlrd. so'mda) 3 876,3 4 967,7 6 377,8 7 934,0 8 701,4 11 121,8 17 738,7

Internetga ulangan korxona va tashkilotlar ulushi (foizda) 21,6 25,9 27,2 27,5 26,2 21,1 17,5

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi (foizda) 1,9 2,1 2,3 2,1 1,8 2,0 2,6

Yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibtiki, mamlakatimizdagi sanoat korxonalariga 2015-2021-yillar davomida ko'rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi 5 181,5 mlrd. so'mdan 17 755,1 mlrd. so'mgacha ko'tarilgani. Undan tashqari axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YalMdagi ulushi 1,9 foizdan 2,6 foizga ortganini ko'rishimiz mumkin.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Raqamli transformatsiyada turli xil zamonaviy texnologiyalar yordamida tegishli raqamli asosda platforma kerak. Raqamli platforma ostida raqamli ma'lumotlar modellar va vositalar, axborot va texnologik jihatdan birlashtirilgan avtomatlashtirilgan to'plam o'zaro mujassamlashadi. Sanoat korxonalari faoliyatini raqamli shaklga almashishi uchun korxonaning raqamli transformatsiyasi zamonaviy ilg'or axborot texnologiyalari va ulardan foydalanish ko'lamini oshirish zarurdir[3].

Ta'lim va sanoatning integratsiyasi hamda o'zaro hamkorligi masalasini tadqiq etish xorijiy olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Lekin ular tadqiqotlari bilan tanishish mazkur masalaga turli yondoshuv va qarashlar mavjudligini ko'rsatadi. Moddiy mahsulotdan farqli ravishda oliy ta'limda kadrlar tayyorlash jarayoni va uning sifatini aniqlash juda ko'p o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Xulosa va takliflar.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, sanoat mamlakatimiz iqtisodiyotining ishlab chiqarish sektoridagi eng muhim tarmoqlaridan sanaladi. Shuningdek, o'ziga xos murakkab texnologik jarayonlarni mujassamlashtirgan bo'lib, uni zamonaviy ilg'or raqamli texnologiyalarni tadbiq etmasdan turib rivojlantirish mumkin emas.

Sanoatda inson omili natijasida kelib chiqqan xatoning qiymati nihoyatda yuqori bo'lib, raqamlashtirish orqali bu qiymatni minimallashtirish mumkin. Ayni ushbu masalaga kadrlar bilan yechim topilishini inobatga olsak, ta'lim jarayonining naqadar uzviy aloqada ekanligini anglashimiz mumkin.

Sanoat mahsulotlarning dunyo maydonida raqobatbardoshligini ta'minlash zarurati barcha ishlab chiqarish, texnologik hamda biznes jarayonlariga innovatsion raqamli texnologiyalarni joriy etishni talab etadi.

Bizningcha, sanoat tarmog'ini yangi sharoitlarda rivojlantirishni strategik qayta qurish maqsadida O'zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning quyidagi uzoq muddatli ustuvor yo'nalishlari belgilab olish zarur hisoblanadi:

- Texnologik transformatsiya - organik sintez va nanotexnologiyalarni qamrab olgan mahalliy xom ashyo resurslaridan tayyor mahsulotlarni yaratish uchun yangi quvvatlar asosida yangi qiymatlar zanjirini hosil qilish, shuningdek, xom ashyo (tabiiy gaz, sanoat tuzlari) eksporti ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish hamda uni qayta ishlashni takomillashtirish;

REFERENCES

1. https://kun.uz/uz/news/2018/12/28/prezident-murojaatnomasi-toliq-matn.

2. Glotko, AV, Polyakova, AG, Kuznetsova, MY, Kovalenko, KE, Shichiyakh, RA va Melnik, MV (2020). Tarmoqli raqamlashtirishni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy tendentsiyalari. Tadbirkorlik va barqarorlikmasalalari , 7(3), 2181-2195. http://doi:10.9770/ jesi.2020.7.3(48)

3. Qurbonov T.K. (2018). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi texnologik yo'nalish iqtisodiyoti dasturi. Zamonaviy jamiyat rivojlanishining dolzarb masalalari , 126-132.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.