"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Aliyev Murodjon Tursun o'g'li
Jizzax davlat pedagogika universiteti, tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10159796
Annotatsiya. Raqamli rivojlanish konteksida raqamli savodxonlikni oshirish, zamonaviy raqamli landashftda ilg'or bilim, mahoratga ega bo'lgan inson resurslari salmog'ini oshirish dolzarb ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Raqamli texnologiylar paydo bo'lishi bilan mazkur texnologiyalardan foydalanuvchi, yaratuvchi inson resurslariga ehtiyoj obyektiv zaruratdir. Shu nuqtai nazardan inson resurslarida raqamli savodxonlik darajasini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish hamda xorij tajribasini o'rganish orqali ularning raqamli savodxonligini oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Kalit so'zlar: raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiya, raqamli texnologiyalar, raqamli rivojlanish, raqamli savodxonlik turlari, IT-parklar
Аннотация. В условиях цифрового развития повышение цифровой грамотности, увеличение веса человеческих ресурсов с передовыми знаниями и навыками в современном цифровом ландшафте становится все более важным. С появлением цифровых технологий потребность в человеческих ресурсах, которые используют и создают эти технологии, становится объективной необходимостью. С этой точки зрения важно исследовать уровень цифровой грамотности человеческих ресурсов с научной точки зрения и повышать их цифровую грамотность путем изучения зарубежного опыта.
Ключевые слова: цифровая грамотность, цифровая компетентность, цифровые технологии, цифровое развитие, виды цифровой грамотности, ИТ-парки
Abstract. In the context of digital development, increasing digital literacy, increasing the weight of human resources with advanced knowledge and skills in the modern digital landscape is becoming increasingly important. With the emergence of digital technologies, the need for human resources that use and create these technologies is an objective necessity. From this point of view, it is important to research the level of digital literacy in human resources from a scientific point of view and to improve their digital literacy by studying foreign experience.
Keywords: digital literacy, digital competence, digital technologies, digital development, types of digital literacy, IT parks
Raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi va ularning zamonaviy hayotning turli jabhalariga integratsiyalashuvi bilan tavsiflangan raqamli rivojlanish XXI asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biriga aylandi. Jamiyatda raqamlashtirish jarayonlarining izchil davom etishi, raqamli savodxonlikning ahamiyatini dolzarb mavzuga olib chiqdi.
Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi global landshaftni o'zgartirdi, bu bizning muloqot qilish, ishlash, o'rganish va biznes yuritishda chuqur o'zgarishlarga olib keldi. Ushbu raqamli davrda raqamli savodxonlik shaxsning rivojlanish va jamiyatda raqamli jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatining asosiy hal qiluvchi omili sifatida namoyon bo'ladi.
Raqamli savodxonlik - subyektlarning raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va ularni boshqarish, axborotga kirish, muloqot qilish, raqamli dunyoda ishtirok etish qobiliyatini anglatadi. Raqamli savodxonlik raqamli vositalardan foydalangan holda zarur ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlarni amalga oshirishning keng qamrovli jarayonini o'z ichiga oladi. Ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot uchun raqamli texnologiyalarning afzalliklarini to'liq tushunish uchun biz
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
raqamli savodxonlik tusunchasini o'rganishimiz va bunday ko'nikma, malakaga ega bo'lishimiz zarur bo'ladi.
Asosiy qism.
Raqamli savodxonlikni tushunchasining muaomalaga kiritilishi P.Glister bilan bog'liq bo'lib hisoblanadi. Pol Gilster raqamli savodxonlikni « kompyuterlar xususan, internet orqali keng, turli xil manbalardan olingan bir nechta formatdagi ma'lumotlarni tushunish va undan foydalanish qobiliyati» deb ta'riflaydi. Gilster raqamli savodxonlikning to'rtta asosiy kompetentsiyasini o'zining kitobida quyidagicha keltiradi: bilimlarni yig'ish, axborot mazmunini baholash, Internetda qidirish, gipermatnni boshqarish. R.Lanham esa, "savodxonlik" o'zining semantik doirasini "o'qish va yozish qobiliyati" ma'nosidan hkelib chiqib, "ma'lumotni qanday taqdim etilishini tushunish qobiliyati" degan ma'noni anglatadi. U raqamli ma'lumotlarning multimediyali xususiyatini ta'kidlaydi va raqamli savodxonlik "murakkab tasvir va tovushlarni dekodlashda mahoratli bo'lishni o'z ichiga oladi", deb ta'kidlaydi. A.Seliverstova "raqamli savodxonlik" atamasini raqamli qurilmalar va tarmoq texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha asosiy bilim, ko'nikma va malakalar yig'indisi sifatida tavsiflaydi. Li Deganning ta'kidlashicha, raqamli savodxonlikni rivojlantirish jarayonida raqamli savodxonlik, tanqidiy fikrlash qobiliyatlari, ijodiy ishlab chiqarish va o'zini namoyon qilish, interaktiv muloqot qobiliyatlari va raqamli media etikasiga alohida e'tibor qaratish lozim. Keyinchalik "raqamli savodxonlik" tushunchasiga kompyuter, axborot, vizual va mediasavodxonlik kabi komponentlarni o'z ichiga ola boshladi. Boshqa bir mualliflar esa, raqamli savodxonlikni raqamli ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, ma'lumotlarni qidirish va qayta ishlash ko'nikmalarini kompyuter savodxonligidan ayro holda ajratib o'rganilishini taklif etganlar.
Shuningdek, Qozog'iston Respublikasi "Axborotlashtirish to'g'risidagi" (Aqparattandwru turalw) qonunda raqamli savodxonlik - shaxsning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilishi va ulardan kundalik va kasbiy faoliyatida foydalanish qobiliyati, deya ta'rif berilgan.
Shunday qilib yuqorida keltirilgan ta'riflardan kelib chiqib umumiy tarzda raqamli savodxonlik - raqamli texnologiyalar va resurslardan foydalanish hamda turli shakllarda raqamli ma'lumotlarni boshqarish, kirish, baholash va yaratish imkonini beruvchi bir qator bilimlarni o'z ichiga oladi.
Raqamli kompetensiya - subyektlarning raqamli texnologiyalardan samarali va ishonchli foydalanish imkonini beradigan bilim, ko'nikma va malakalar jamlanamasini bildiradi. Bu raqamli vositalar, ilovalar va onlayn resurslar bilan ishlash uchun zarur bo'lgan keng ko'lamli qobiliyat vamahoratni o'z ichiga oladi.
Raqamli kompetensiyaning asosiy jihatlariga quyidagilar kiradi:
Raqamli savodxonlik: raqamli qurilmalar, dasturiy ta'minot va onlayn platformalardan foydalanish uchun zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalarga ega bo'lish. Bunga kompyuterdan foydalanishning asosiy ko'nikmalari, internetda navigatsiya va raqamli terminologiyani tushunish kiradi.
Axborotni boshqarish: raqamli ma'lumotlarni samarali va tanqidiy tarzda topish, baholash va tartibga solish qobiliyati. Bu onlayn manbalarning ishonchliligi verifikatsiya qilish, baholashni o'z ichiga oladi.
Raqamli aloqa: turli raqamli kanallar, jumladan, elektron pochta, ijtimoiy media, video konferensiya va xabar almashish orqali mohirona muloqot qilish.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Raqamli xavfsizlik va maxfiylik: potentsial onlayn xavflardan xabardorlik va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, maxfiylikni saqlash va kiber tahdidlardan himoya qilish bo'yicha nazariy va amaliy ko'nikmaga ega bo'lish.
Texnologiyalar bilan samarali foydalanish: turli sohalardagi muammolarni tahlil qilish va hal qilish uchun raqamli vositalarni qo'llash, masalan, ma'lumotlarni tahlil qilish dasturidan foydalanish yoki tadqiqot uchun onlayn resurslardan foydalanish.
Ijodkorlik va raqamli kontent yaratish: taqdimotlar, grafikalar, videolar va multimedia loyihalari kabi tarkibni yaratish uchun raqamli vositalardan foydalanish qobiliyatiga ega bo'lish.
Raqamli hamkorlik: onlayn hamkorlik platformalari, bulutga asoslangan vositalar va virtual jamoa muhiti orqali boshqalar bilan samarali ishlash.
Raqamli fuqarolik: Internetda axloqiy va mas'uliyatli xatti-harakatlarni tushunish, intellektual mulk huquqlarini hurmat qilish.
Raqamli kompetentsiya zamonaviy jamiyatda tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki raqamli texnologiyalar kundalik hayot, ta'lim, ish va muloqotning turli jabhalariga kirib kelmoqda.
Tadqiqotchi G.U.Soldatova raqamli kompetentsiyaning to'rt komponentli tuzilmasini taklif qiladi, unga quyidagilar kiradi:
- bilim;
- ko'nikma va malakalar;
- motivatsiya;
- javobgarlik (shu jumladan xavfsizlik).
Ushbu komponentlarning har biri turli darajada axborot va Internet manbalari bilan faoliyatning turli sohalarida (kontent bilan ishlashda, aloqada, texnologiya sohasida, iste'molda) turli darajada amalga oshirilishi mumkin.
Jamiyatning raqamli rivojlanish vektorida raqamli savodxonlik hamda raqamli komptensiyaning o'zaro dialektik aloqsai shundan iboratki, jamiyatlar 4-sanoat inqilobi sharoitida jamiyat a'zolarini raqamli savodxonligini oshirish, zarur ko'nikmalarini shakllantirish keyinchalik esa bu holat raqamli komptenisyaga aylanishi uchun zarir shart-sharoit, infratuzilmasni yartaish lozim bo'ladi.
Raqamli savodxonlik haqida so'z borgnada uning turlarini ham kelirib o'tish lozm bo'ladi. Tadqiqotchilar O. V. Yelsova, M. V. Yemelyanovalar tomonidan raqamli savodxonlikning quyidagi turlarini sanab o'tishgan:
- axborot savodxonligi - axborotning o'ziga xos xususiyatlari va turli xil axborot manbalariga tegishli ma'lumotlarni topish va uni taqqoslash axborotning foyda va zarari haqida bilimning mavjudligi;
- kompyuter savodxonligi - kompyuter qurilmasi, uning vazifalari kompyuter va shunga o'xshash qurilmalardan foydalanish kompyuterning kundalik hayotdagi o'rni;
- media savodxonligi - media kontenti va uning manbalari yangiliklarni topish va ularning to'g'riligini tekshirish ommaviy axborot vositalari orqali berilgan ma'lumotlarning ishonchliligi;
- kommunikativ savodxonlik - raqamli aloqada dialogning o'ziga xosligi zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish tarmoq etiketi;
Bugungi kundagi raqamli rivojlanish tendensiyasi shiddat bilan o'sib borayotganlogi bois yangidan-yangi raqamli savodxonlik bilimlarni o'rganishni talab etadi. Yuqoridagi fikrlarga qo'shimcha tarzda quyidagi raqamli savodxonlikni turlarini qo'shsimcha qilish mmumkin:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
- kiberxavfsizlik savodxonligi: onlayn tahdidlardan xabardorlik va shaxsiy ma'lumotlarni kiberhujumlardan himoya qilish bo'yicha eng yaxshi amaliyotlarni bilish.
- maxfiylik savodxonligi: shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligining muhimligini tushunish va turli platformalar va qurilmalarda maxfiylik sozlamalarini qanday boshqarishni bilish.
- kodlash va dasturlash savodxonligi: kodlash va dasturlash tushunchalari bo'yicha hatto professional dasturchi bo'lmasa ham asosiy bilimlarga ega bo'lish. Bu kodni qanday o'qish va o'zgartirishni tushunish, shuningdek, asosiy skript ko'nikmalarini o'z ichiga olishi mumkin.
- raqamli fuqarolik: raqamli texnologiyalardan axloqiy va mas'uliyatli foydalanishni tushunish. Bunga onlayn odob-axloq qoidalaridan xabardor bo'lish, mualliflik huquqi qonunlarini hurmat qilish kiradi. Shunday qilib, "raqamli savodxonlik" tushunchasida oltita asosiy ko'nikma mavjud:
- internetda kerakli ma'lumotlarni topish va uning ishonchliligi va sifatini baholay olish;
- muammoni tahlil qilish va uning yechimini topa oladigan raqamli vositalarni tanlash;
- doimiy o'zgarib turadigan texnologik vositalarni baholash va ulardan muayyan muammoni hal qilish uchun eng mosini tanlash;
- doimiy yangilanib turadigan raqamli vositalar bilan muvaffaqiyatli ishlashni o'rganish va qayta qurish;
- muammoni hal qilish, bir-biri bilan birlashtirish va turli xil texnologik vositalarni sozlash Jamiyatda raqamlashtirish jarayonlarining faol ishtirokchisi bo'lgan inson resurslarining
raqamli savodxonligi muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, texnologik determinzmning ontognesologik tabiatini chuqur anglaydigan, uni amaliyotda faol qo'llay ola biladigan inson resurslari bilan raqamlashtirish ishlaarini ratsionla va tizimli shaklada olib borish imkonini yaratadi.
Bu borada davlatlarning mamlaktdagi inson resursini raqamli savodxonligini oshirish bo'yicha bir qator loyihalarni misol qilib keltirish mumkin. Hindiston.
Digital Saksharta Abhiyan (Raqamli Saksharta Abhiyan) nomi bilan tanilgan, Hindiston hukumati tomonidan Digital India (Raqamli Hindiston) (2015-yilda loyihaga start berilgan) loyihasining bir qismi sifatida boshlangan tashabbusdir. Loyiha 2019-yilgacha mamlakatning qishloq joylaridagi fuqarolarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan. U raqamli vositalar va texnologiyalardan samarali foydalanish uchun inson resurslarini muhim raqamli ko'nikmalar bilan jihozlashga qaratilgan bo'lib hiosblanadi.
Digital Saksharta Abhiyanning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Raqamli savodxonlik bo'yicha treninglar: dastur qishloq aholisiga raqamli savodxon bo'lishga yordam berish uchun treninglarni taklif qiladi. Trening turli xil raqamli vositalar, ilovalar va onlayn xizmatlarda taqdim etiladi.
Ko'nikmalarni rivojlantirish: tashabbus smartfonlardan foydalanish, internetni ko'rish, elektron pochta xabarlarini yuborish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va raqamli to'lov tizimlaridan foydalanish kabi sohalarda ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Foydalanish imkoniyati: hatto eng qishloq va chekka hududlardagilar ham raqamli savodxonlik bo'yicha treningdan foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun chekka va kam ta'minlangan hududlarga yetib borishga harakat qilinmoqda.
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Imkoniyatlarni kengaytirish: loyiha jismoniy shaxslarga raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish va shaxsiy va professional o'sish uchun raqamli resurslardan foydalanish uchun zarur ko'nikmalarni berish orqali ularni kuchaytirishga qaratilgan.
Sertifikatlash: treningni muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, ishtirokchilar raqamli savodxonlik ko'nikmalarini tasdiqlovchi sertifikat oladilar.
Raqamli Saksharta Abhiyan dasturi raqamli inklyuziyani rag'batlantirish va qishloq jamoalariga texnologiyadan foydalanish uchun bilimlar berish orqali raqamli tafovutni bartaraf etishga yordam beradi. Ushbu tashabbus orqali Hindiston hukumati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo'shish uchun raqamli imkoniyatlarga ega jamiyat va raqamli malakali ishchi kuchini yaratishni maqsad qilgan. Loyihaning rasmiy websayti https://www.pmgdisha.in/about-pmgdisha/ . Raqamli Saksharta Abhiyan loyihasi 6 mln Hindistonlik inson resuresini raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgann bo'lib hisoblanadi. Hozirga kkelib raqamli savodxonlikni oshirish markazlari soni 432971, raqamli savodxnolni oshishish istagida bo'lib ro'yxatdan o'tgan omzodari soni 70558979 ta, kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlar 60932911 ta, raqamli savodxonlik sertifikatini qo'lga kiritganlar esa 45408666 tani tashkil etadi.
Estoniya.
Tiger Leap Foundation (Yo'lbars sakrashi jamg'armasi) Estoniya tashkiloti bo'lib, Estoniyaning texnologiya va raqamli ta'lim sohasida jadal rivojlanishida muhim rol o'ynagan. "Tiger Leap" jamg'armasi 1997-yilda Ta'lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Jamg'armaning asosiy maqsadi Estoniya maktablarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanishni rag'batlantirish va raqamli texnologiyalarni ta'limga integratsiyalashuvini qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Dasturning maqsadi:
- mahalliy munisipalitetlarni zamonaviy raqamli infrastruktura bilan ta'minlash;
- o'qituvchlarni computer savodxonligini oshirish;
- AKT ga asoaslganan o'quv dasturlarni ishlab chiqish;
- yangi milliy o'quv dasturini ishlab chiqish uchun kerakli ta'lim dasturlarini sotib olish, tarjima qilish va ishlab chiqish;
Dasturni moliyaviy qo'llab-quvvatlash asosan davlat va munispalitetlar hisobidan amalga oshirildi. 1997-yildan 2000-yilgacha "Tiger Leap" dasturi milliy byudjetdan qariyb 10 million AQSh dollari, Yevropa Ittifoqining PHARE dasturidan ("Ta'limda axborot tizimlari" loyihasi uchun) 2 million dollar, munitsipalitetlardan 5 million AQSh dollari va mahalliy biznesmenlardan 120 ming AQSh dollari jalb etildi.
Tiger Leap dasturi 2000-yil oxirida yakunlanganida quyidagi natijalar qayd etildi:
• Barcha maktablarda kompyuter va internet aloqalari bilan jihozlandi.
• O'qituvchilarning 65 foizi kompyuterning savodxonligi bilimlari bo'yicha o'qitildi;
• o'rta maktablar uchun 61 ta ta'lim dasturlari to'plami sotib olindi;
• 39 ta original ta'lim dasturlari to'plami ishlab chiqarildi;
• Taechers NetGate - ko'p funksiyali ta'lim portali ishga tushirildi;
Dastur natijsagia ko'ra mamlakatda raqamli savodxonlik darajasi biruncha ko'tarildi. Raqamli savodxonlikni oshirish uchun raqamli infratuzilma yaratildi, xizmatlar yo'lga qo'yildi. Tadqiqotimiz paragrifini yoritish uchun sahifalar cheklangani bois raqamli savodxonlikni rivojlantiirsh bo'yicha mamlakatlar tajribasini jadval ko'rinishida taqdim etib ketamiz:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
Raqamlashirish jarayonlarning keyingi rivojlanish bosqichida raqamli savodxonlik paradigmasining muhim masalaga aylnaishi bir tomondan, jamiyatlarda texnologik determizm omilining ortishi, mavjud axborot massasi va uni tarqatishing texnologik instrumentlarining xilma-xilligi, mehnat bozorida yangidan-yangi talablarni qondira oladigan, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega inosn resursiga bo'lgan talablani qo'ylishhi hamda ijtimoiy zarurat raqamli savodxonlikning bugungi kunda nechog'lik dolzarb ahamiyatini ko'rstishi mumkin. O'zbekiston o'z raqamli savodxonlikni oshirish yo'nalishida salmoqli ish va natijaalarni ko'rsatib kelmoqda.
Xusuan, 2017-yil 30-iyun kuni imzolangan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni asosida "Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi" tashkel etildi. Mirzo Ulug'bek Innovatsiya markazi ning vazifasi:
- AKT sohasi uchun kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil qilish;
- Oliy ta'lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining «axborot texnologiyalari» mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish;
- Innovatsiya markazi rezidentlariga ichki va tashqi bozorlarga mo'ljallangan raqobatbardosh AKT loyihalarni amalga oshirishlari uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ko'maklashish;
- Shuningdek, iqtidorli talaba-yoshlarning IT-loyiha startaplarini, axborot texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqish sohasida istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha innovatsion loyihalarini amalga oshirishda yosh tadbirkorlarni va sohaning boshqa vakillarini ham qo'llab-quvvatlashdir.
Mazkur islohot zamirida mamlakatda raqamli savodxonliki oshirish, mamlakrtning raqamli potensialini rivojantirish, shuningdek, soha mutaxasslarnining imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda muhim rol o'ynadi.
Shuningdek, mamlakatda raqamli savodxonlikni oshirish yolida amalga oshirilgan yirik loyihalardan biri "Bir million o'zbek dasturchilari" bo'lib hisoblanadi. Mazkur loyiha yurtimizda raqamli savodxonlikni oshirishda hamda malakli mutaxassilarni tayyorlshda yo'lida muhim qqadam bo'ldi. "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasi doirasida dastavall, Uzbecoders.uz platformasi ishga tushirilib, android dasturlash, Full-Stack Development, Frontend Development, Ma'lumotlar tahlili kabi yo'nalishlar bo'yicha kurslar tashkil etildi.
"Bir million dasturchi" loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o'quvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi. Joriy yil yakuniga qadar 100 mingta va 2021 yilning birinchi yarmida yana 150 mingta o'quvchini o'qitish, talabalarning dasturiy ta'minot bo'yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi. 5-sinfdan o'qitib kelinayotgan "Informatika" fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga "Bir million o'zbek dasturchi" loyihasiga doir yo'nalishlarni kiritish bo'yicha ko'rsatmalar berildi. Bir Million Uzbek Programmers megaloyihasi doirasida ta'lim olishning afzalliklaridan biri dastur yakunida dasturning eng yaxshi bitiruvchilari Udacity Nanodegree grantlari uchun raqobatlasha olishidir. Udacity Nanodegree granti ta'limingizni ilg'or darajada bepul davom ettirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Udacity Nanodegree kursi 3 oy davom etadi va agar muvaffaqiyatli bo'lsa, Nanodegree diplomiga ega bo'lishingiz mumkin - nanodiploma yirik IT-kompaniyalariga - Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqalarga ishga kirishda tan olinadi. 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qaroriga muvofiq:
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB
CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
- kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan 15 ming nafar yoshlar saralanib, ularda xalqaro miqyosda faoliyat yuritish ko'nikmalari shakllantiriladi;
- xorijiy nufuzli ta'lim platformalarida muvaffaqiyatli o'qishni yakunlagan va tegishli sertifikatga ega yoshlarga kompyuter xaridi uchun iste'mol kreditlari ajratish amaliyoti davom ettiriladi;
- 2023-yil 1-avgustdan boshlab yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar hisobidan mikroqarz shaklida hamda "Yoshlar daftari" va Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamg'armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag'larini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga ko'ra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o'tkazishga ruxsat beriladi;
- 2023-yil 1-oktabrdan boshlab B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega bo'lgan fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma'lumotlar bazasi va "bulutli" platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta'minlash va boshqa talab yuqori bo'lgan yo'nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi;
- bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi IT-park rezidenti bo'lgan kompaniyalarga ishga joylashgan nodavlat o'quv markazlariga har bir bitiruvchi uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo'lgan yoshlar uchun esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya ajratish yo'lga qo'yiladi.
Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, raqamli texnologiyalarga oid bilimlarni egallash, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish maqsadida yurtimizda ilk marotaba IT-Parklar faoliyati yo'lga qo'yildi. Yurtimizda ilk bora 2019-yil Toshkentda ilk IT-PARK ochildi. So'ngra Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch viloyatlarida filiallari tashkil etilgan.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining rezidentlari hisoblangan 392 tashkilotda bugun to'rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritmoqda. IT-Park rezidentlari tomonidan jami 560 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi. Dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmi 321 milliard so'm, eksport hajmi esa 5,1 million AQSh dollarini tashkil etdi. Shunigdek, bugunga kelib zamonaviy bilimlarni o'zichiga oluvchi dasturlash, 3Dmodelling, robototexnika va boshqa bilimlarni o'rgatuvchi IT ga ixtisoslashgan o'quv markazlas r soni ham yildan-yilga ortib bormoqda. Xusuan bugunga kelib, respublikada 120 ga yaqin o'quv markazi faoliuat olib bormoqda.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz yoshlarga zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarni o'rganish uchun imkoniyat yaratish, sifatli va bepul ta'lim berish, o'quv markazlarini qo'llab-quvvatlash hamda yoshlarning hayotda o'z yo'lini topishiga ko'maklashish maqsadida axborot texnologiyalari, xorijiy tillarni o'rganish niyatidagi yoshlarga "Kelajak kasblari" loyihasi doirasda olti oygacha muddatli o'quv kurslari uchun har oyda subsidiya ajratish tizimi yo'lga qo'yildi. Bunda 30 yoshgacah bo'lgan yoshlar https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali ro'yxatdan otib zamonaviy AKT ga oid bilimlarni o'rganishlari mumkin.
Loyiha doirasida 16549 nafar yoshlar murojaat etib, shundan 13371 nafari tavsiya etildi. Loyihani moliyalashtirish uchun 13 mlrd 897 mln so'm ajratildi.
Buguga kunga kelib Respublikada 100 tadan ortiq AKT ga ixtisoslashgan maktablar va faoliyat olib bormoqda. Maktablarga Davlat test markazi bilan hamkorlikda o'quvchilar 5-
"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
sinfdan imtihonlar asosida saralab olinadi. Bugungi kunda ularda 4 mingdan ortiq o'quvchilar tahsil olmoqda. Bundan tashqari, respublikaning 14 ta hududida "AyTi" texnikumlar faoliyati yo'lga qo'yilib, ularda dasturiy injiniring, kompyuter injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yo'nalishlar bo'yicha 8 ming nafarga yaqin o'quvchilar o'qitilmoqda. Bundan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy (Nukus, Urganch, Qarshi, Samarqand, Farg'ona, Nurafshon) filiallarida malakali oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi hamda 33 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, filiallarda 5 ta bakalavriat ta'lim yo'nalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgan.
Yoshlarning raqamli texnologilarga oid bilimlarni yanada mustahkamlash, ilg'or hamda zamnaviy bilimlarini egllash uchun oliy ta'lim tizimida ham keyingi yillarda ta'lim muassalalari soni ortib bormoqda. Xusuan, AKT ga ixtisoslashgan nodavlat oliy ta'lim muassasalar soni bugunga kelib 65 tani tashkil etsa, shundan 50ga yaqini, Xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari soni 30 ta b'lib, shundan 25 ga yaqini talabakarga AKT dan bilimlar berib kelmoqda.
Xulosa.
Xulosa o'rnida aytish joizki, mamlakatlar keyingi taraqqiyotining asosiy nuqtalari raqamlashtirish bilan kesishishini hisobga oladigan bo'lsak, raqamli rivojlanish sharoitda jamiyat a'zolaridan raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiya kabi mahoratlar zarur bo'ladi. Shuningdek, zamonaviy mexnat bozorida avtomatlashtirish natijada yangidan-yangi kasblarga ehtiyojning mavjud bo'lishi, davlat boshqaruv tizmida samarador inson resursiga talab ortishi, shu sohada zarur bilimlaga ega bo'lgan, ilm ulashadigan ta'lim tizimining yo'lga qo'yilishi raqamli savodxonlini oshirishga ko'mak beradi.
REFERENCES
1. Gilster, P. (1997), Digital literacy. New York: Wiley Computer Publications.
2. Lanham, R. (1995), Digital literacy. Scientific American 273 (3): 160-161.
3. Селиверстова Н.А. Цифровая грамотность // Знание. Понимание. Умение. 2021. № 3. С. 220-224.
4. Ли Дэган. Цифровая грамотность: новый тренд медиаобразования на фоне нового цифрового разрыва // Идеологическое теоретическое образование. 2012. №18. [Электронный ресурс]. URL: http://www.cqvip.com/main/none.aspx?lngid=43683500 (дата обращения: 05.03.2023).
5. Martin, A. and Grudziecki, J. (2006) DigEuLit: Concepts and Tools for Digital Literacy Development. Innovation in Teaching and Learning in Information and Computer Sciences, vol. 5, iss. 4. Taylor & Francis [online] Available at: https://www.tandfonline.com/doi/full/10.11120/ital. 2006.05040249
6. Ilomaki, L., Lakkala, M. and Kantosalo, A. (2011) What is Digital Competence? Linked Portal. Brussels, European Schoolnet (EUN). Pp. 1-12.
7. «Акпараттандыру туралы» ^азакстан Республикасыньщ Зацы 2015 жылгы 24 карашадагы № 418-V ^РЗ.// https://adilet.zan.kz/kaz/docs/Z1500000418
" RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr
8. Цифровая компетентность подростков и родителей : результаты всероссийского исследования / Г. У. Солдатова, Т. А. Нестик, Е.-1. Рассказова, Е.-Ю. Зотова. - М.: Фонд Развития Интернет, 2013. - 144 с.
9. "К вопросу о понятии цифровой грамотности" О. В. Ельцова , М. В. Емельянова I. Yakovlev Chuvash State Pedagogical University Bulletin / Вестник ЧГПУ им. И. Я. Яковлева. 2020. № 1(106) c 158 (internet manbasi: https://cyberleninka.ru/article/n/k-voprosu-o-ponyatii-tsifrovoy-gramotnosti)
10. ХО.Хуатэн Ма. Цифровая трансформация Китая. Опыт преобразования инфраструктуры национальной экономики. - М. : Альпина Паблишер, 2019. - 250 с.
11. https://www.pmgdisha.in/ state-wise-pmgdisha-targets/
12. https://www.pmgdisha.in/
13. Mart Laanpere, director, Center of Education Technology, Tallinn Pedagogical University "Tiger Leap Plus - an ICT Strategy for Estonian Schools, 2001 - 2005" Baltic IT&T Review journal 67-69 pages (http://www.ebaltics.lv/00705147)
14. The Tiger Leap Foundation, http://www.tiigrihype.ee.eng
15. The Tiger Leap Foundation, http://www.tiigrihype.ee.eng
16. https://www.texnoman.uz/post/muic-haqida.html
17. https://mitc.uz/uz/news/view/1425
18. https://mitc.uz/ru/news/view/1477
19. https://lex.uz/uz/docs/-6472548
20. https://www.texnoman.uz/post/ozbekistondagi-dastulash-boyicha-oquv-markazlari-akademiyalari -va-m aktablari -royxati .html
21. "Yoshlar siyosati" O'zbekuston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yilgi hamda 2023-yilning birinchi yarmidagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan taqdimot jurnali/ Toshkent, 2023, 24-bet
22. https://mitc.uz/uz/news/view/3576