Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDAGI JAHON MIQYOSIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNI O’ZBEKISTON SHAROITIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTGA TA’SIRI'

BUGUNGI KUNDAGI JAHON MIQYOSIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNI O’ZBEKISTON SHAROITIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
257
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamlashtirish usulari / bozor iqtisodiyoti / raqamli texnologiya / robototexnika / IT / raqamli dividentlar / YAIM. / Digital economy / digitization methods / digital economy / market economy / digital technology / robotics / IT / digital dividends.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bо’rixadjayeva, M. S.

Ushbu maqolada hozirgi kunda dunyoda ko’plab rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta’sir o’tkazmoqda, shuningdek davlat iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o’rni muhim hisoblanishi keltirilgan. "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", hamda "Raqamli iqtisodiyotni O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotga ta’sir ko’rsatuvchi omillar va to’siqlari" kelib chiqish omillari va ularning yeshimlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT OF TODAY'S GLOBAL DIGITAL ECONOMY ON THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN

In this article, the digital economy and the factors of their development have a significant impact on the economy of many developed countries in the world, as well as the importance of the role of the digital economy in the state economy. "What is the digital economy?", "Tasks and goals of the digital economy", and "Factors and obstacles affecting the digital economy in Uzbekistan" and their solutions were scientifically analyzed. .

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDAGI JAHON MIQYOSIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNI O’ZBEKISTON SHAROITIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTGA TA’SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(8), August, 2023

BUGUNGI KUNDAGI JAHON MIQYOSIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTNI O'ZBEKISTON SHAROITIDAGI RAQAMLI IQTISODIYOTGA TA'SIRI

M.S. Bo'rixadjayeva

Toshkent davlat trasport universiteti, "Transport iqtisodiyoti" kafedrasi assistenti [email protected] +998971957779

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda dunyoda ko'plab rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta 'sir o 'tkazmoqda, shuningdek davlat iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o 'rni muhim hisoblanishi keltirilgan. "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", hamda "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va to'siqlari" kelib chiqish omillari va ularningyeshimlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. .

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish usulari, bozor iqtisodiyoti, raqamli texnologiya, robototexnika, IT, raqamli dividentlar, YAIM.

ABSTRACT

In this article, the digital economy and the factors of their development have a significant impact on the economy of many developed countries in the world, as well as the importance of the role of the digital economy in the state economy. "What is the digital economy?", "Tasks and goals of the digital economy", and "Factors and obstacles affecting the digital economy in Uzbekistan" and their solutions were scientifically analyzed. .

Keywords. Digital economy, digitization methods, digital economy, market economy, digital technology, robotics, IT, digital dividends.

KIRISH.

Bashariyat iqtisodiyot tarmoqlari o'zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga sun'iy intellektning joriy etilishi bilan bog'liq muhim davrni boshdan kechirmoqda. 2022 yilga kelib dunyo YAIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga to'g'ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi.«Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi.Jahonda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida tashqi migratsiya, xalqaro

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlariga ta'sir etadi. O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o'sishini misol qilib keltirish mumkin. Xalqaro savdoga raqamlashtirishning ta'siri haqida manbalarda ilmiy maqolalarni topish judayam qiyin.

Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi. Bugungi davrda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning sur'ati, ko'lami, qamrovi va chuqurligida misli ko'rilmagan texnologik o'zgarishlar odatda „to'rtinchi sanoat inqilobi" degan umumiy atama bilan tavsiflanadi (inglizcha: the Fourth Industrial Revolution). Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradigan suv va bug' energiyasiga, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda jadal taraqqiyotni ta'minlagan elektr energiyasiga va elektronika hamda axborot texnologiyalariga asoslangan uchta sanoat inqilobidan farqli о'laroq, tо'rtinchi sanoat inqilobi tizimli ta'sirga ega. U hayotning barcha sohalariga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada, jamoatchilik bilan aloqalar tizimida sifatli о'zgarishlarga olib keldi. Shveysariyaning UBS banki mutaxassislarining fikriga kо'ra, iqtisodiy va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalari va yirik ma'lumot bazalarining paydo bо'lishi, Internet va blokcheyn, ilg'or robotlar va boshqalar tufayli har qanday ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligini ta'minlashning о'zaro bog'liqligi vujudga kelmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

To'rtinchi sanoat inqilobi va uning insoniyat uchun qanday oqibatlarga olib kelishi to'g'risida eng zamonaviy g'oyalar Jahon iqtisodiy forumining (JIF) asoschisi va rahbari, professor Klaus Shvab tomonidan bayon etilgan bо'lib, ushbu hodisani "jismoniy, raqamli va biologik sohalar orasidagi chegaralarni yo'q qiladigan texnologiyalarning birlashishi" deb ta'riflaydi. Ya'ni kelajak kiber-fizik ishlab chiqarish tizimlariga asoslanadi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni raqamlashtirish to'rtinchi sanoat inqilobining hal qiluvchi tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladi va ilg'or texnologik yechimlardan samarali foydalanish uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlar yaratadi.

2018 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan Jahon Iqtisodiy Forumi(JIF) sessiyasida taqdim etilgan ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish to'g'risidagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

hisobotda McKinsey & Company global konsalting tarmog'ining mutaxassislari ishlab chiqarishni keskin o'zgartiradigan uchta asosiy texnologik megatrendlarni ko'rsatib o'tdilar: zamonaviy raqamli texnologiyalarning kombinatsiyasi orqali o'zaro bog'liq, shu jumladan Interneti hamda turli AT texnologiyalari; ishlab chiqarish jarayonlari va tizimlarini sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda boshqarish, kompyuterda o'qitish, raqamli buxgalteriya va yirik ma'lumot bazalari, diagnostika xizmatlari; ilg'or robotlar, moslashuvchan mustaqil ishlab chiqarishning yangi turilarini vujudga kelishiga asos bo'luvchi 3D nashr etish, elektron-optik boshqaruv tizimlari va boshqalardan foydalangan holda yuqori mahsuldorlikka erishadigan avtomatlashtirishdir.

Akademik S. G'ulomov va boshqalar muallifligidagi "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari" nomli o'quv qullanmada raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif berilgan:- "raqamli iqtisodiyot(elektron) bu-axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o'ziga xos xususiyati bo'lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subyektlari - tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayoni obyektlari va subyektlarining to'laqonli o'zaro aloqa qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo'lishi mumkin". Bugun jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni "yangi iqtisodiyot"ni vujudga keltirdi. Kam o'rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig'iz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo'natishdan ko'ra kengroq imkoniyatlar bo'lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.

Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, ya'ni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka o'tishga asoslanadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Olimjon Umarov ta'kidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi.

Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o'sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi.

YAIM 30 foizga oshadi

Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko'ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi, — deydi "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori Eldor TULYAKOV. — Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan bo'lsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internet-banking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida o'zining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat o'z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko'rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.

O'zbekistonda "Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Hozirgi davrda mamlakatning rivojlanishi faqat mavjud tabiiy boyliklar yoki aholi soniga bog'liq bo'lmay qoldi, — deydi O'zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, iqtisod fanlari doktori Qalandar ABDURAHMONOV. — Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi — 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, ya'ni asosan shaxsning ilm darajasiga to'g'ri kelmoqda. AQSHda ushbu ko'rsatkich milliy boylikning 77 foizi — 95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada "Eng

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!"degan fikrni alohida keltirib o'tdi.

Aql-zakovat va ilm — taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi — "raqamli iqtisodiyot" boshlangani anglatadi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning o'zida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning o'zida transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan va bu boradagi ishlar jadal olib borilmoqda. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yana-da rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi versiyasi, Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish virtual qabulxonasi "business.gov.uz" portali ishga tushirilgani raqamli iqtisodiyot rivoji yo'ldagi muhim qadamlardir.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko'rib chiqish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda kelishish (viza qo'yish) uchun, shu jumladan bir vaqtning o'zida keng jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasini o'tkazish va tezkor jo'natish uchun vaqtni va mehnat resurslarini sezilarli darajada tejash maqsadida yagona elektron tizimi "project.gov.uz" joriy etilgani ham quvonarli.

2020-yilgacha AKTni iqtisodiyot sohalariga keng joriy etishga nima to'sqinlik qilgan?

"ERGO Research & Advisory" konsalting xizmati tahlilchilarining izlanishlariga ko'ra, bundagi asosiy muammo telekommunikatsiya infrastrukturasi va aloqaning yaxshi emasligidir. AKT sohasiga investitsiya kam kiritilishi natijasida tayanch aloqa stansiyalari zichligi past holatda bo'lgan. Bu internet, mobil xizmatlarning yaxshi ishlamasligini keltirib chiqaradi, natijada raqamli iqtisodiy o'sishni kamaytiradi, raqamli uzilishlarni keltirib chiqaradi. Quvonarlisi, joriy yilda bu boradagi ko'rsatkich sezilarli darajada oshdi.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati bergan ma'lumotlarga ko'ra, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishida ham bir qator ishlar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

amalga oshirilmoqda. Internet tarmog'iga ulanishning umumiy o'tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog'iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etmoqda. 2020-yilning 1-yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o'tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so'mni tashkil etdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Respublika bo'yicha 237 ta obyektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o'tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi. Ijobiy natijalar bor, biroq bu yetarli degani emas.Zero, raqamli iqtisodiyot aql bovar qilmas katta hajmda raqamli ma'lumotlarni to'plashda davom etmoqda. 2022-yilda global IP trafik hajmi 150 700 Gbit/s(solishtirish uchun 2017-yil 45 000 Gbit/s) chiqishi kutilayotgani davrdan ortda qolmaslikka chaqiradi.

Aholining barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'ldagi yana bir to'siq bo'lib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida ko'pchilikka ma'lum bo'lgan "Microsoft" korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash o'rinli: "Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud bo'ladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar". Tadbirkorlar mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes iste'molchi uchun, biznes biznes uchun, iste'molchi iste'molchi uchun tamoyillari asosida o'z faoliyatini tashkil etishi maqsadga muvofiq.Shuningdek, uzoq vaqt davomida byudjet tashkilotlarida texnik xodim hisoblangan axborot texnologiyalari mutaxassislariga yuqori maosh berilmagani ham raqamli iqtisodiyotni joriy etishdagi muammo bo'lgan. Sababi malakali dasturchilar bu lavozimda u zoq qolmagan. Ular xalqaro tashkilotlar, qo'shma korxonalar, chet ellik buyurtmachilar uchun ishlashni ma'qul ko'rgan. Endilikda ularga ustama berish mexanizmi joriy etilgani ko'rishimiz mumkin.Yutuqlar bilan birga muammolar mavjud, qilinadigan ishlar ko'p, Prezident Sh.Mirziyov ta'kidlaganidek, "Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi".

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

O'zbekistonda barcha tizimlar raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga bo'lgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan to'lovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy ta'lim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar an'anaviy turga qaraganda qog'ozbozlik, rasmiyatchilikning yo'qligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli ko'rinishda olsangiz, sizga belgilangan to'lovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi.Bularning barchasi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga faol o'tilayotganining belgisi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili — kiberxavfsizlikni ta'minlashdir. Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo'yicha ko'rsatmalar yorlig'i ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va'da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o'tkazishni so'rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do'konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta'minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi.Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini ta'minlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, kiberxavfsizlikni ta'minlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. O'zbekiston kiberxavfsizlik global indeksida o'zi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93-o'rinni egallagan bo'lsa, 2018-yilda 52-o'ringa ko'tarildi.

Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir ko'rinishi bo'lish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak ma'naviyatdan o'zgacharoq tushuncha. U ko'proq texnik jarayonlarga oid bo'lib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, to'lov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni o'rnatish, o'z shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq ma'noda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu ma'lumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning to'laqonli ishlashini anglatadi.

"Kiberxavfsizlik markazi" DUK tahlillariga ko'ra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to'g'ri keladi.

Insidentlarning 69 foizi O'zbekistondagi xosting-provayderlarida joylashgan veb-saytlarda aniqlangan, qolgan 31 foizi xorijiy davlatlardagi xosting-provayderlaridagi saytlarga tegishli. 80 ta holatga nisbatan tekshirish ishlari olib borilib, aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan, qolgan 188 ta holat veb-sayt egalari tomonidan mustaqil ravishda bartaraf etilgan. Kibermakonda xavfsizlik bilan bog'liq muammolarning yuzaga kelishiga kodda xavfsizlik xatolari mavjud bo'lgan kontentni boshqarish, eskirgan versiyalar bilan ishlash, kirish parollarining osonligi, xavfsiz bo'lmagan manbalardan yuklab olingan shablonlar, viruslar bilan zararlangan kompyuterlarda veb-saytlarni boshqarish kabilar sabab bo'ladi.Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130 mingdan ziyod kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat botnet tarmoqlari ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta holat spamelektron pochta yoki parolni buzishi sababli turli xizmatlar tomonidan qor a ro'yxatga olingan IP-manzillarni blokirovka qilish bilan bog'liq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial File Transfer Protocol - fayl uzatishning oddiy shakli) protokoli va tegishli portlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lib, ular utentifikatsiya mexanizmlari yo'qligi sababli begona kontentni yuklab olishga olib kelishi mumkin. 2 114 ta holat RDP (Remote Desktop Protocol-masofaviy ish stoli protokoli) zaif protokoli ishlatilishi bilan bog'liq. 1 042 ta holat dasturiy ta'minot va ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida autentifikatsiya mexanizmiga ega bo'lmagani, shuningdek muddati tugagan yoki yaroqsiz imzoga ega SSL-sertifikatlar bilan bog'liq.

Bu natijalar kiberxavfsizlik masalasining dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi, boisi dasturiy zaifliklar buzg'unchiga axborot tizimi yoki veb-sayt, shuningdek, fayl va ma'lumotlarga masofadan kirish, fuqarolarining shaxsiy ma'lumotlari chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Kiberxavfsizlik choralari bu kabi holatlarning oldini oladi. Bugungi kunda O'zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan undan xalqaro savdoda foydalanishni rivojlantirishning qonuniyatlari, tendensiyalari va imkoniyatlarini, xususan, axborot texnologiyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga kirib borish darajalarini ilmiy asosda o'rganish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz taraqqiyoti va istiqboli, mamlakatimizda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati milliy iqtisodiyotimizga yangi innovatsiyalarni joriy qilishga bevosita bog'liqdir. Shu sababli tashqi savdoda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish muhim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot ishida kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, induksiya, deduksiya kabi usullar qo'llanildi. Raqamlashtirish tufayli yetakchi kompaniyalarning strategiyasi va rivojlanishida kutilayotgan o'zgarishlar to'g'risida 2017 yil sentabr oyida JIF ekspertlari tomonidan yuqori darajadagi mansabdor shaxslardan o'tkazilgan so'rov ma'lumotlarini o'rganish muhim xulosalar qilishga imkon beradi

Xalqaro mehnat taqsimotiga, mamlakatlar ega bo'lgan tabiiy, nisbiy va raqobatdosh ustunliklarga asoslangan an'anaviy iqtisodiy globallashuv va uning tamoyillarga muqobil bo'lgan taqsimlangan ishlab chiqarish konsepsiyasi bugungi kunda katta qiziqish uyg'otmoqdi. Bu konsepsiyaning asosiy g'oyasi ishlab chiqarishni xaridorga/iste'molchiga yaqinroq joylashtirish, mahsulotni dizayni va boshqa parametrlarni yaratishda ishlab chiqishda ishtirok etish orqali o'z manfaatlari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi qiymat yaratish jarayonini yanada samaraliroq etishdir. Bu ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan vaqtini va uning tannarxini pasaytiradi, mijozning talablariga moslashishni sezilarli darajada oshiradi. Masalan, butun konstruksiya markazlashtirilmagan 3D printerlar tarmog 'iga va dasturli hisoblash orqali amalga oshiriluvchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tizimlariga ulangan AT tizimlariga tayanish mumkin. Ta'minot zanjirlari tobora ko'proq elektron aloqa va ma'lumotlarni uzatish bilan almashmoqda. A'naviy ta'minot tizimi o'rniga raqamli texnologiyalarga asoslangan real vaqt rejimida o'zaro aloqada bo'lgan ko'plab ishtirokchilarning tezkor va mobil tarmoqlari shakllanmoqda. Biznesning innovatsion modellari va texnologik yutuqlar tovarlar va xizmatlar savdosida samaradorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu sababli, tobora kuchayib borayotgan raqamlashtirish jarayoni ichki iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida sifatli siljishlarga olib kelishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot sohasidagi konseptual xulosalar, statistik usullar va o'lchovlar hali to'liq ishlab chiqilmagan, ammo ma'lum sohalarda dastlabki xulosalar chiqarish uchun yetarlicha ma'lumot to'plangan.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish uning o'sishi va samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. 2016 yil mart oyida Buyuk Britaniya hukumatining buyurtmasiga asosan tayyorlangan raqamli iqtisodiyot to'g'risidagi hisobotda, raqamalashtirish imkoniyatlaridan to'liq foydalanilganda, mamlakatning so'nggi o'n yillikda yalpi ichki mahsuloti o'rtacha 0,4-0,7 foiz darajaga tezroq o'sishi mumkin bo'lishi ta'kidlangan.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdodagi zamonaviy o'zgarishlarning asosi, bir tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni AKT tovarlari va xizmatlari bilan to'ldirish, boshqa tomondan - mobil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

aloqa va Internetning mavjudligidir. Bular esa postindustrial jamiyatining muhim infratuzilmasmi tashkil etuvchilardir. Bugungi kunda o'rtacha hisobda yer yuzining har bir aholisi uyali aloqa abonentidir va dunyo aholisining deyarli yarmi Internetdan foydalanadi 1990 yilda ikkala ko'rsatkich ham nolga yaqin bo'lgan.

"Raqamli" globallashuv istiqbollari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2015 yilda dunyodagi barcha Internet foydalanuvchilarining 70 foizi rivojlanayotgan va o'tish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda, shu jumladan Xitoyda 705 million, Hindistonda 333 million, Braziliyada 120 million, Rossiyada 104 million, Nigeriyada 87 million, Meksikada 72 million (ma'lumot uchun: AQShda - 242 million, Yaponiyada - 118 million, Germaniyada - 72 million, Buyuk Britaniyada - 59 million) ni tashkil etdi. 2012 yildan 2015 yilgacha Internetdan birinchi bor foydalangan 750 million insonning 90 foizga yaqini rivojlanayotgan mamlakatlardan, shu jumladan 300 millioni Hindiston va Xitoydan edi.

Jahon mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko 'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tilgan.

• ko'plab sohalardagi monopoliya;

• internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

• axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikningzamondan orqada qolganligi;

• fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

• qonunchilikning shaffof emasligi;

• axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

• axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

• axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

• boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

So'nggi yillarda butun dunyo bo'ylab raqamli ma'lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalangan holda ko'plab raqamli platformalar paydo bo'ldi va ular

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

mavjud sanoat tarmoqlari o'rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor kapitallashuvi bo'yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.Shunga qaramay, YUNKTAD ekspertlarining fikriga ko'ra Internet orqali savdo hajmi rivojlanayotgan mamlakatlarda past darajada qolmoqda. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar o'zlarining yirik elektron savdo maydonchalari va zamonaviy ta'minot logistika tizimiga ega bo'lib, onlayn ravishda tovarlar va xizmatlarni xarid qiladigan yoki buyurtma qiladigan Internet foydalanuvchilari hajmi kundan-kunga o'sib bormoqda.

Yuqorida keltirilgan muommolar bosqichma-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Raqamli tengsizlik tengsizliklarning doirasi" bo'lib turgan bir paytda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamlashtirish jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv, dunyo bozorida o'z o'rniga ega bo'lish, iqtisodiy ravnaq topish, aholiga qulayliklar yaratishning asosiy shartidir. Quvonarlisi, bu mamlakatimizda asosiy kun tartibidagi masala. Raqamlashtirish borasida O'zbekiston dadil odimlar bilan ildamlamoqda. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etiladi. Xalqaro savdo uni tartibga solish va liberallashtirishni rivojlantirishning yangi bosqichi arafasida turibdi. Bu jarayon raqamli muhitda faoliyat ko'rsatish va raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy qoidalarni ishlab chiqishni talab etadi. Chegaradagi savdo to'siqlari olib tashlanganidan keyin (ingliz tilida: at the border disciplines), birinchi navbatda, bojxona to'lovlarini kamaytirish va bekor qilish, shuningdek, xalqaro ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan bozor faoliyatidagi ko'pgina tarifsiz cheklovlarni kamaytirish (ingliz tilida: behind the border disciplines). tizimlar, transchegaraviy virtual makonda tijoriy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq yangi fanlar sinfi vijudga keladi (ingliz tilida: above the border disciplines). Bunday tartibga solishning asosiy yo'nalishlari kiberhujumlarga qarshi kurash standartlari, intellektual mulk huquqlarining buzilishi, Internetda va elektron tijorat sohasida firibgarliklarni oldini olishga yo'naltirilgan ma'lum qoidalar, ma'lumotlarning erkin harakatlanishi, saqlanishi va ulardan foydalanish hisoblanadi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

REFERENCES

1. Юлдашева, С. А., & Буриходжаева, М. С. (2022, September). Повышение эффективности таможенной деятельности в развитии международного экономического сотрудничества. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 1, No. 1, pp. 87-91).

2. Ходжаева, Н. А., Файзиев, Р. Х., & Буриходжаева, М. С. (2021). Современное состояние системы экологического мониторинга в Республике Узбекистан. Biznes-Эксперт, 4, 160.

3. Буриходжаева М.С. (2022). МЕТОДЫ УСОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ И УЛУЧШЕНИЯ КАЧЕСТВА УПРАВЛЕНИЯ В ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОМ ТРАНСПОРТЕ. Экономика и социум, (12-1 (103)), 488-495.

4. Бурихаджаева, М.С. (2023). МАМЛАКАТ ЩТИСОДИЁТИДА АВТОМОБИЛ ТРАНСПОРТИ КОРИДОРЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТИКБОЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1-2), 338-345.

5. М^.Во' rixadj ayeva. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA TA'LIM MUASSASALARIDA BERILAYOTGAN E'TIBOR VA TALABALARNI IMLIY FAOLYATGA YO'NALTIRISH . PEDAGOGS Jumali, 28(1), 68-75. Retrieved from http://pedagoglar.uz/index.php/ped/article/view/3107

6. М^.Во' rixadj ayeva. (2023). PEDAGOGIKNING KASBIY MAHORATINI SHAKLANTIRISH INTERFAOL USULLARI . World Scientific Research Journal, 12(2), 128-133. Retrieved from http: //wsrj ournal .com/index.php/wsrj/article/view/2541

7. Bо'rixadjayeva, M. S. (2023). YANGI O'ZBEKISTONDA IQTISODIY TAFAKKURNI SHAKLLANISHINING USULLARI. World scientific research journal, 12(2), 134-138.

8. Bо'rixadjayeva, M. S. (2023). BUGUNGI KUN YOSHLARNI HAYOTIY BARDOSHLILIGI-MUAMMOLARNI YENGISH MANBAI SIFATIDA. World scientific research journal, 12(2), 139-143.

9. Б.М. Собитовна ДИВЕРСИФИКАЦИЯГА АСОСЛАНГАН РИСКЛАРНИ БОШКАРИШ «Саноат иктисодиёти ва менежменти: муаммо ва ечимлар» мавзусидаги III -халкаро илмий-амалий конференция материаллари туплами. -Т.: 2023. - б. 3 (3), 690-692

10. СА Юлдашева, МС Буриходжаева, ПРОБЛЕМЫ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ПОЛИТИКИ YOUTH, SCIENCE, EDUCATION: TOPICAL ISSUES, ACHIEVEMENTS AND INNOVATIONS 2 (2 ) (82-86бет) февраль 2023

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

11. Бурихаджаева, M. С. (2023). МАРКЕТИНГОВЫЙ ПОДХОД В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПРЕДПРИЯТИЯ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 653-661.

12. BURIKHODJAEVA MALOKHAT, YAKHSHIEV SHAKHZOD, THE ORETICAL PRINCIPLES OF FINANCIAL SECURITY FOR THE USE OF MANAGEMENT OF THE ECONOMIC SYSTEM OF UZBEKISTAN.. RESEARCH IN DEVELOPMENT: SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCES PART-1 2023 1/3 (42-45)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.