Научная статья на тему 'XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
838
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / raqamli transformatsiya / xizmatlar sohasi / ijtimoiy media marketing / biznes-model / ERP tizim / turizm / turistik xizmatlar / raqamli marketing. / digital economy / digital transformation / service sector / social media marketing / business model / ERP system / tourism / tourist services / digital marketing.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Alieva, G.I.

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot, uning xizmatlar sohasini rivojlantirishdagi roli, sanoat inqilobi va uning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli, xizmatlar sohasining transformatsiyasi sharoitida nimalarga ahamiyat berish, turizm, mehmonxona biznesiga kirib kelayotgan raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni joriy etish dasturlari va imkoniyatlari tahlili hamda Xorazm viloyatida turizm sohasi raqamlashtirilishi holati bo‘yicha bilimlar darajasi o‘rganilgan, shuningdek, mavjud tadqiqotlar tahlili asosida rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF THE SERVICES SECTOR IN THE CONDITIONS OF THE DIGITAL ECONOMY

In this article, the digital economy, its role in the development of the service sector, the industrial revolution and its role in economic development, what is important in the context of the transformation of the service sector, the digital technologies entering the tourism and hotel business and the possibilities of their use, the analysis of programs and opportunities for the introduction of the digital economy in Uzbekistan, and the level of knowledge on the digitalization of the tourism industry in Khorezm region was studied, as well as the opportunities for development were highlighted based on the analysis of existing research.

Текст научной работы на тему «XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Alieva G.I.

Urganch davlat universiteti gulnara@ gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot, uning xizmatlar sohasini rivojlantirishdagi roli, sanoat inqilobi va uning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli, xizmatlar sohasining transformatsiyasi sharoitida nimalarga ahamiyat berish, turizm, mehmonxona biznesiga kirib kelayotgan raqamli texnologiyalar va ulardan foydalanish imkoniyatlari, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni joriy etish dasturlari va imkoniyatlari tahlili hamda Xorazm viloyatida turizm sohasi raqamlashtirilishi holati bo 'yicha bilimlar darajasi o'rganilgan, shuningdek, mavjud tadqiqotlar tahlili asosida rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, xizmatlar sohasi, ijtimoiy media marketing, biznes-model, ERP tizim, turizm, turistik xizmatlar, raqamli marketing.

In this article, the digital economy, its role in the development of the service sector, the industrial revolution and its role in economic development, what is important in the context of the transformation of the service sector, the digital technologies entering the tourism and hotel business and the possibilities of their use, the analysis of programs and opportunities for the introduction of the digital economy in Uzbekistan, and the level of knowledge on the digitalization of the tourism industry in Khorezm region was studied, as well as the opportunities for development were highlighted based on the analysis of existing research.

Keywords: digital economy, digital transformation, service sector, social media marketing, business model, ERP system, tourism, tourist services, digital marketing.

Xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti va turizm sohasi iqtisodiy faoliyatning eng istiqbolli turlaridan biridir. Rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, xizmatlar ishlab chiqarish hajmi va ulardan daromadlar ortib bormoqda. Jahon savdo tashkiloti tasnifiga ko'ra xizmatlar ko'rsatish iqtisodiyoti 150 dan ortiq turli xil xizmatlarni o'z ichiga oladi. Jumladan, biznes xizmatlari, aloqa xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, ta'lim xizmatlari, turizm va unga tegishli xizmatlar, transport xizmatlari, transport va dam olish hamda

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

madaniy va sport tadbirlari singari turlari mavjud1. Shundan ko'rinib turibdiki hozirgi vaqtda xizmat ko'rsatish sohasi iqtisodiy faoliyatning asosiy turi hisoblanadi. Deyarli har bir kishi u yoki bu xizmatdan foydalanadi. Raqamli iqtisodiyot eng avvalo keng polosali internet portlarini yaratishni, optik tolali internet liniyalarini yotqizishni taqozo qiladi. Ushbu muammolarni inobatga olgan holda hamda mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yaratish hozirda dolzarb hisoblanadi.

Keyingi yillarda raqamli iqtisodiyot tushunchasi ko'plab mamlakatlar iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida paydo bo'ldi. Bu raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi, axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi.

Raqamli iqtisodiyotning inson hayoti barcha jabhalariga ta'sirini sezish qiyin emas. Hozirgi kunda sayyoramizning ko'pchilik aholisi internetga kirish imkoniyatiga ega va raqamli xizmat ko'rsatish iqtisodiyoti xizmatlaridan foydalanishi mumkin, ijtimoiy tarmoqlar, turli mesendjerlar allaqachon shaxslararo muloqotning asosiy ajralmas qismiga aylangan.

Hozirda mamlakatimizda ham yuqori texnologiyalarga asoslangan, innovatsion va raqamli iqtisodiyotga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mamlakat prezidenti Sh.Mirziyoev takidlaganlaridek "Yangi asrda raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning shakllanishi tendensiyaviy tus oladi2.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dunyoning aksariyat mamlakatlarida keyingi o'n yilliklarida xizmat ko'rsatish sohasi davlatning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarini belgilab bermoqda. Sanoat va qishloq xo'jaligida yangi texnologiyalarning joriy qilinishi hamda ishlab chiqarishning avtomatlashtirilishi xizmatlar sohasini bandlikning asosiy manbaiga aylanib bormoqda. Servis sohasining rivojlanishi universal jarayon bo'lib, so'ngi o'n yillikda quyidagi tendensiyalar uyg'unligi bilan belgilanadi:

- ijtimoiy hayot va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi;

- barqaror rivojlanish, globallashuv hamda insonparvarlashuvning ijtimoiy iqtisodiy jarayonlari;

- xizmat ko'rsatish tendensiyalari va gibrid mahsuotning paydo bo'lishi;

- hamkorlik iqtisodiyoti va birgalikdagi iste'mol iqtisodiyotining rivojlanishi;

Raqamli iqtisodiyot - bu siyosiy iqtisodiy, ilmiy-ijtimoiy, madaniy va ma'rifiy

munosabatlardagi aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash yordamida amalga

1 Servis plus Tom 12 2018 №1 / Service plus Volume 12 2018 #1

2 Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi".-Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021 172,174b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

oshiruvchi yangi tizim bo'lib, raqamli iqtisodiyot sharoitida servis sohasini barqaror rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir.

Raqamli iqtisodiyot tovarlar va xizmatlarni yaratish, ilgari surish va sotish bilan bog'liq barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishni o'z ichiga oladi. Raqamli ma'lumotlar ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanib, kompaniyalarning asosiy aktiviga aylanib, barcha iqtisodiy faoliyatda asosiy rol o'ynaydi.

Yaxlit global tarmoqda real vaqt rejimida iqtisodiy tizimlar faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlardan foydalanishni ta'minlovchi xizmat ko'rsatish biznesining axborot muhiti alohida ahamiyatga ega. Raqamli infratuzilma raqamli asosda ishlaydigan kompaniyalarning hisoblash, telekommunikatsiya, tarmoq ehtiyojlarini ta'minlaydigan texnologiyalar majmuasini o'z ichiga oladi.

Yangi iqtisodiyotning raqamli infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi eng yangi raqamli texnologiyalarga quyidagilar kiradi:

- katta ma'lumotlar texnologiyalari (Big Data)

- blokcheyn texnologiyalari

- narsalar interneti

- neyron tarmoqlar (sun'iy intellekt)

- virtual va to'ldirilgan reallik texnologiyalari

- 3D bosib chiqarish

- mobil qurilmalar

- aqlli sensorlar va boshqalar.

Xizmat ko'rsatish sohasidagi aloqa xizmatlari, bank xizmatlari, turizm xizmatlari raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga to'liq yo'naltirilgan, xizmat ko'rsatish iqtisodiyotidagi ko'plab biznes jarayonlar, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yangi paradigmasiga muvofiq allaqachon qayta qurilgan.

Raqamli texnologiyalar eng faol joriy etilayotgan sohalardan biri bu turizm xizmatlaridir. Turistik yo'nalishning jozibadorligini shakllantirish va turistlar oqimini ta'minlash uchun sayohatchi uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni o'z ichiga olgan yaxshi axborot ta'minotini yaratish kerak.

Olib borilgan kuzatuvlar natijasida sayohatni rejalashtirishda sayyohlarning 80% ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan va tanlangan manzilga oid video va fotosuratlarni o'rganadi, 86% sayohat paytida mobil aloqani asosiy narsa deb bilishadi, sayyohlarning 73% elektron bortga chiqish talonlari va chiptalar katta ahamiyatga ega deb hisoblashadi. Sayyohlarning 75 foizi saytlarida o'z sharhlarini qoldiradilar, 37% sayyohlar sayohat paytida smartfonlarida konserj xizmatiga mutoj, 69% o'zlari yetib borgan manzili haqida maksimal mumkin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

bo'lgan ma'lumot olishni xohlaydilar, o'rtacha hisobda turistlar sayohat paytida 17 ta turli xil mobil ilovalardan foydalanadilar.

Xorazm viloyati hududi "Buyuk ipak yo'lining markazida joylashgan bo'lib, O'zbekistonning eng yuqori sayyohlik salohiyatiga ega mintaqalaridan biri hisoblanadi. Jahon hamjamiyati tomonidan Xiva shahrining ochiq muzey-shahar sifatida e'tirof etilishi hamda YUNESKO tomonidan butunjahon merosi ro'yxatiga kiritilishi, nafaqat Xorazm viloyati, balki O'zbekistonning jahon turizm bozoriga dadil kirib borishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Shularni inobatga olgan holda ushbu sohada ham raqamli texnologiyalarni joriy qilish va undan samarali foydalanish orqali turizmni jadal rivojlanishiga erishish mumkin.

2021 yilda amalda viloyat bo'yicha umumiy qiymati 254,5 mlrd. so'm (o'z mablag'lari 218,4 mlrd. so'm, bank krediti 36,1 mlrd.so'm) miqdoridagi 47 ta loyiha amalga oshirildi va 468 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Jumladan, Xiva shahrida 8 ta mehmonxona va 6 ta oilaviy mehmon uyi, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, Urganch shahrida 2 ta oilaviy mehmon uyi, kinoteatr, tibbiy klinika, restoran, va boshqalar ishga tushirildi. Viloyatda joylashtirish vositalari soni va infratuzilma ob'ektlari soni ham yildan yilga oshib bormoqda. Jumladan hozirda joylashtirish vositalari soni jami 179 taga yetgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich 2018 yilda 69 tani, 2019 yilda 152 ta, 2020 yilda esa 162 tani tashkil qilgan. Shundan: 79 ta mehmonxona, 83 ta oilaviy mehmon uylari, 2 ta mehmon uylari, 12 ta xostel va 3 ta boshqa joylashtirish vositalaridan iborat. 2021 yilda 61 ta sayyohlik tashkiloti faoliyati ro'yxatga olingan bo'lib, 2018 yilga nisbatan 1,7 barobarga o'sgan. 2018-2021 yillarda Xorazm viloyatining turictik salohiyati va infratuzilmasi holati3

2018 2019 2020 2021

Joylashtirish vositalari soni (ta) 69 152 162 179

Sayyohlik tashkilotlari soni jami (ta) 34 58 59 61

Zamonaviy turistik sinfga mansub 34 133 293 303

avtotransport vositalari soni jami (ta)

Tegishli sertifikatlarga ega gid-ekskursovodlar 103 114 114 138

soni jami(nafar)

Turistik axborot markazlar (ta) 4 12 12 17

Turistik yo'l ko'rsatkich belgilar (ta) 28 46 80 109

Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, viloyatga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilish, turizm sohasida ko'rsatilayotgan

3 Xorazm viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotlari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

xizmatlar sifati va ko'lamini yanada oshirish, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash maqsadida turizm sohasini raqamlashtirish bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida turizm sohasida qabul qilingan qarorlar va dasturlar doirasida, viloyatning sayyohlar ko'p tashrif buyuradigan hududlarida xorijiy sayyohlar uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida xorijiy kartalarga (Visa Card, Master Card, Amerikan Express, China Union Pay va boshqalar) xizmat ko'rsatuvchi avtomatlashgan 5 ta valyuta ayriboshlovchi bankomatlari, 6 ta terminallar, 21 ta "WIFI" nuqtalari o'rnatilib xizmat ko'rsatmoqda.

Turizm sohasiga innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq qilish va shaffoflikni ta'minlash maqsadida Xiva shahri "Ichan-qal'a" davlat muzey qo'riqxonasida -"Muzeylarga kirish uchun elektron biletlar sotish va tashrif buyuruvchilarni hisobini yuritishni avtomatlashtirilgan tizimi (turniketlar)ni yaratish" loyihasining 1-bosqichi ishga tushirildi.

"Ichan qal'a" hududiga kirish, muzeylarni va ayrim diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun chiptalar yagona kassadan sotilishi va barcha muzey va diqqatga sazovor joylarga kirish ularning kirish qismlariga o'rnatilgan smart-turniketlar orqali amalga oshirilishi joriy qilindi.

"Wolsoft" korxonasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilgan grant mablag'lari asosida "Ichan-qala"ning 3D va VR BOX ko'rinishlari ishlab chiqilmoqda va bugungi kunda 9 ta asosiy obektdan 6 tasi raqamlashtirilgan. Ushbu loyiha "Ichan-qala" davlat muzey qo'riqxonasi hududida test rejimida tekshirildi.

Shunday bo'lsada, viloyatda sohaning yanada jadal rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan ayrim sabablar ham mavjud.

Bizning fikrimizcha, hozirgi vaqtda hududdagi muammolar sifatida turizm xizmatlari raqamlashtirilishining jahon standartlaridan nibatan pastroq darajasi, qo'shimcha xizmatlar (transport, bank, sanitariya-epidemiologik va sug'urta xizmatlari) raqamlashtirilishi darajasi pastligi , to'g'ri raqamli marketing strategiyalari ishlab chiqilmaganligini keltirishimiz mumkin.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, viloyatda turizm sohasini yanada jadal rivojlanishiga erishish uchun, ushbu sohada yetakchi bo'lgan davlatlar tajribalariga suyanish, marketing strategiyalarini to'g'ri tanlay olish lozim.

Xorazm viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish, uni raqamli iqtisodiyot darajasiga olib chiqish, viloyatimizga xorijiy va mahalliy sayyohlarni yanada ko'proq jalb qilish maqsadida turizmda raqamlashtirilgan xizmatlar sifatini jahon andozalariga javob beradigan darajaga olib chiqish, raqamli marketing

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

strategiyalaridan kengroq foydalanish ishlarini amalga oshirilishi zarur, deb hisoblaymiz. Viloyatda o'tkaziladigan barcha madaniy tadbirlar va festivallar haqidagi ma'lumotlarni o'zida jamlagan veb-sayti ishlab chiqilishi, internet tarmoqi va OAV orqali reklamalarning ko'paytirilishi turistlarning hududga nisbatan yanada qizishini orttiradi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha davlat o'z rolini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda, bu erishilgan natijalar va yaqin istiqbolga mo'ljallangan ulkan maqsadlardan dalolat beradi.

Xizmatlar sohasini raqamlashtirish mehnat bozorida o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Xizmat ko'rsatish sohasida mehnat bozorining tuzilishi ham o'zgarib bormoqda, ayrim kasblarining yo'qolib borishi va yangi kasblarning paydo bo'lishi bashorat qilinmoqda. Raqamli xizmat ko'rsatish iqtisodiyotida ishlash uchun yangi kognitiv, ijtimoiy xulq-atvor va raqamli ko'nikmalar talab qilinadi, ular raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir kadrlarni tayyorlash jarayonida shakllanishi lozim. Raqamli iqtisodiyot katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga asoslanganligi sababli, xodimlarning raqamli kompetensiyalari, xavfsizligi, ishonchliligi, katta hajmdagi axborotni uzoq muddat saqlashi alohida ahamiyat kasb yetadi.

Zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha manbalar, qulay tabiiy-iqlim sharoit, boy tarixiy madaniy me'ros umuman olganda yuqori salohiyat mavjud. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, sohani raqamlashtirish va uni yanada takomillashtirish yalpi hududiy mahsulotning oshishiga, ishsizlikning qisqarishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi".-Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish to'g'rsida"gi PQ-5113-sonli Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi "2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi 55-sonli qarori. //www.lex.uz

4. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

5. Морозов М.А., Морозова Н.С., Развитие цифровой сервисной экономики и ее влияние на рынок труда // Сервис plus. Т. 12. 2018. № 1. С. 100-107 DOI: 10.22412/1993-7768-12-1-10

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Umarov O.S. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari "Iqtisodiyot va innovatsion texnoligiyalar" ilmiy elektron jurnal. №3 may-iyun 2018 yil

8. Servis plus Тот 12 2018 №1 / Service plus Volume 12 2018 #1

9. http://www. xorazmstat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.