Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA JAHON MIQYOSIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA STATISTIK TAHLILI'

BUGUNGI KUNDA JAHON MIQYOSIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
264
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / elektron tijorat / onlayn to‘lov / infratuzilma / raqamlashtirish usulari / raqamli iqtisodiyot / bozor iqtisodiyoti / raqamli texnologiya / robototexnika / IT / raqamli dividentlar / internet banking / Digital economy / e-commerce / online payment / infrastructure / digitization methods / digital economy / market economy / digital technology / robotics / IT / digital dividends / internet banking.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nomozov Umid Iskandarovich

Ushbu maqolada bugungi kunda jahonda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda,shuningdek davlat iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o’rni muhim hisoblanishi keltirilgan.Raqamlashtirishning xalqaro savdoga ta’siri, uning ta’sirida xalqaro savdo tarkibi va shaklining o‘zgarishi, global raqobatning kuchayishi va uning nomoddiy sohaga o‘tish haqida to’xtalib o’tilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPACT AND STATISTICAL ANALYSIS OF THE WORLDWIDE DIGITAL ECONOMY TODAY

In this article, the digital economy and the factors of their development have a significant impact on the economy of developed countries in the world today, and the role of the digital economy in the state economy is considered important. The impact of digitalization on international trade, the structure of international trade and changes in its form, increased global competition and its transition to the intangible sphere are discussed and scientifically analyzed.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA JAHON MIQYOSIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI VA STATISTIK TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

BUGUNGI KUNDA JAHON MIQYOSIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING IQTISODIYOTGA TA'SIRI VA STATISTIK TAHLILI

Nomozov Umid Iskandarovich

AT Xalq banki Qashqadaryo viloyat filiali 4-hudud Ichki audit xizmati katta auditori

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda jahonda rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotiga raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda,shuningdek davlat iqtisodiyotida raqamli iqtisodiyotning o'rni muhim hisoblanishi keltirilgan.Raqamlashtirishning xalqaro savdoga ta 'siri, uning ta'sirida xalqaro savdo tarkibi va shaklining o'zgarishi, global raqobatning kuchayishi va uning nomoddiy sohaga o'tish haqida to'xtalib o'tilgan va ilmiy jihatdan tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, onlayn to'lov, infratuzilma, raqamlashtirish usulari, raqamli iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, raqamli texnologiya,robototexnika, IT, raqamli dividentlar, internet banking.

ABSTRACT

In this article, the digital economy and the factors of their development have a significant impact on the economy of developed countries in the world today, and the role of the digital economy in the state economy is considered important. The impact of digitalization on international trade, the structure of international trade and changes in its form, increased global competition and its transition to the intangible sphere are discussed and scientifically analyzed.

Keywords: Digital economy, e-commerce, online payment, infrastructure, digitization methods, digital economy, market economy, digital technology, robotics, IT, digital dividends, internet banking.

KIRISH

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida 2020 yil — Ilm- ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" deb e'lon qilindi1. Shundan keyin fuqarolarda "raqamli iqtisodiyot" atamasi haqida ko'plab savollar tug'ila boshladi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot

1. „Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildi". Daryo (24-yanvar.2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi"Raqamli iqtisodiyot — bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot"terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar — deyarli barcha qo'llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi (Raqamli dividendlar). «Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi.Jahonda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlariga ta'sir etadi. Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishiyurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o'sishini misol qilib keltirish mumkin. O'zbekiston Respublikasida ham raqamlashtirish, axborot texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. 2020 yil mamlakatimizda "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qilinib, bu borada ko'lamli ishlar boshlandi. Xususan, 2020 yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Bundan tashqari 2020 yil 5 oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O'zbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" farmoni e'lon qilindi. Bu mamlakatimizda raqamlashtirish ishlarini yana tezlashtirish va rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor berilayotganini belgilaydi.

Xalqaro savdoga raqamlashtirishning ta'siri haqida manbalarda ilmiy maqolalarni topish muammo hisoblanadi. Shuning uchun ushbu mavzudagi tadqiqot dolzarb ahamiyatga ega.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, „Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

zarur va shart2. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi". O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Bundan tashqari Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya vazirliklari va boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o'ziga xos mas'uliyat va vazifalarga ega. Bu haqida kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida ham alohida ta'kidlab o'tildi.Bugungidavrda amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning sur'ati, ko'lami, qamrovi va chuqurligida misli ko'rilmagan texnologik o'zgarishlar odatda „to'rtinchi sanoat inqilobi" degan umumiy atama bilan tavsiflanadi (inglizcha: the Fourth Industrial Revolution).

Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradigan suv va bug' energiyasiga, ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda jadal taraqqiyotni ta'minlagan elektr energiyasiga va elektronika hamda axborot texnologiyalariga asoslangan uchta sanoat inqilobidan farqli o'laroq, to'rtinchi sanoat inqilobi tizimli ta'sirga ega ekanligini ko'ramiz. U hayotning barcha sohalariga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohada, jamoatchilik bilan aloqalar tizimida sifatli o'zgarishlarga olib keldi. Shveysariyaning UBS banki mutaxassislarining fikriga ko'ra, iqtisodiy va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sun'iy intellekt texnologiyalari va yirik ma'lumot bazalarining paydo bo'lishi, Internet va blokcheyn, ilg'or robotlar va boshqalar tufayli har qanday ishlab chiqarishni tashkil etish samaradorligini ta'minlashning o'zaro bog'liqligi vujudga kelmoqda.

To'rtinchi sanoat inqilobi va uning insoniyat uchun qanday oqibatlarga olib kelishi to'g'risida eng zamonaviy g'oyalar Jahon iqtisodiy forumining (JIF) asoschisi va rahbari, professor Klaus Shvab tomonidan bayon etilgan bo'lib, ushbu hodisani "jismoniy, raqamli va biologik sohalar orasidagi chegaralarni yo'q qiladigan texnologiyalarning birlashishi" deb ta'riflaydi. Ya'ni kelajak kiber-fizik ishlab chiqarish tizimlariga asoslanadi. Shu bilan birga, iqtisodiyotni raqamlashtirish to'rtinchi sanoat inqilobining hal qiluvchi tarkibiy qismi bo'lib xizmat qiladi va ilg'or texnologik yechimlardan samarali foydalanish uchun misli ko'rilmagan imkoniyatlar yaratadi.

2018 yil yanvar oyida bo'lib o'tgan Jahon Iqtisodiy Forumi(JIF) sessiyasida taqdim etilgan ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etish to'g'risidagi hisobotda McKinsey & Company global konsalting tarmog'ining mutaxassislari ishlab chiqarishni keskin o'zgartiradigan uchta asosiy texnologik megatrendlarni ko'rsatib o'tdilar: zamonaviy raqamli texnologiyalarning kombinatsiyasi orqali

2 Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi". Daryo (24-yanvar.2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

o'zaro bog'liq, shu jumladan Interneti hamda turli AT texnologiyalari; ishlab chiqarish jarayonlari va tizimlarini sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda boshqarish, kompyuterda o'qitish, raqamli buxgalteriya va yirik ma'lumot bazalari, diagnostika xizmatlari; ilg'or robotlar, moslashuvchan mustaqil ishlab chiqarishning yangi turilarini vujudga kelishiga asos bo'luvchi 3D nashr etish, elektron-optik boshqaruv tizimlari va boshqalardan foydalangan holda yuqori mahsuldorlikka erishadigan avtomatlashtirishdir.

Akademik S. G'ulomov va boshqalar muallifligidagi "Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari" nomli o'quv qullanmada raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif berilgan:- "raqamli iqtisodiyot(elektron) bu-axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishning o'ziga xos xususiyati bo'lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot-kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat subektlari - tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayoni obektlari va subektlarining to'laqonli o'zaro aloqa qilish imkoniyatini ta'minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo'lishi mumkin"

- Tadqiqotmetodologiyasi (Research Methodology)

Tadqiqotning asosiy masalasi bugungi kunda O'zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan undan xalqaro savdoda foydalanishni rivojlantirishning qonuniyatlari, tendensiyalari va imkoniyatlarini, xususan, axborot texnologiyalarining tashqi iqtisodiy faoliyatning turli sohalariga kirib borish darajalarini ilmiy asosda o'rganish nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Vatanimiz taraqqiyoti va istiqboli, mamlakatimizda keng ko'lamda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati milliy iqtisodiyotimizga yangi innovatsiyalarni joriy qilishga bevosita bog'liqdir. Shu sababli tashqi savdoda raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot ishida kuzatish, umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash, induksiya, deduksiya kabi usullar qo'llanildi.

- Tahlil va natijalar (Analysis and results)

Raqamlashtirish tufayli yetakchi kompaniyalarning strategiyasi va rivojlanishida kutilayotgan o'zgarishlar to'g'risida 2017 yil sentabr oyida JIF ekspertlari tomonidan yuqori darajadagi mansabdor shaxslardan o'tkazilgan so'rov ma'lumotlarini o'rganish muhim xulosalar qilishga imkon beradi.

Xalqaro mehnat taqsimotiga, mamlakatlar ega bo'lgan tabiiy, nisbiy va raqobatdosh ustunliklarga asoslangan an'anaviy iqtisodiy globallashuv va uning tamoyillarga muqobil bo'lgan taqsimlangan ishlab chiqarish konsepsiyasi bugungi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

kunda katta qiziqish uyg'otmoqdi. Bu konsepsiyaning asosiy g'oyasi ishlab chiqarishni xaridorga/iste'molchiga yaqinroq joylashtirish, mahsulotni dizayni va boshqa parametrlarni yaratishda ishlab chiqishda ishtirok etish orqali o'z manfaatlari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi qiymat yaratish jarayonini yanada samaraliroq etishdir. Bu ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan vaqtini va uning tannarxini pasaytiradi, mijozning talablariga moslashishni sezilarli darajada oshiradi. Masalan, butun konstruksiya markazlashtirilmagan 3D printerlar tarmog'iga va dasturli hisoblash orqali amalga oshiriluvchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tizimlariga ulangan AT tizimlariga tayanish mumkin[9]. Iqtisodiyotni raqamlashtirish uning o'sishi va samaradorligini oshirish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi. 2016 yilda Buyuk Britaniya hukumatining buyurtmasiga asosan tayyorlangan raqamli iqtisodiyot to'g'risidagi hisobotda, raqamalashtirish imkoniyatlaridan to'liq foydalanilganda, mamlakatning so'nggi o'n yillikda yalpi ichki mahsuloti o'rtacha 0,4-0,7 foiz darajaga tezroq o'sishi mumkin bo'lishi ta'kidlangan.

Jahon iqtisodiyoti va xalqaro savdodagi zamonaviy o'zgarishlarning asosi, bir tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish, milliy iqtisodiyotni AKT tovarlari va xizmatlari bilan to'ldirish, boshqa tomondan - mobil aloqa va Internetning mavjudligidir. Bular esa postindustrial jamiyatining muhim infratuzilmasini tashkil etuvchilardir. Bugungi kunda o'rtacha hisobda yeryuzining har bir aholisi uyali aloqa abonentidir va dunyo aholisining deyarli yarmi Internetdan foydalanadi 1990 yilda ikkala ko'rsatkich ham nolga yaqin ekanligini ko'rganmiz.

Jahon mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda. Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz, ularni uyimizgachayetkazib berishlari mumkin. Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatilgan.

• ko'plab sohalardagi monopoliya;

• internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

• axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikningzamondan orqada qolganligi;

• fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

• qonunchilikning shaffof emasligi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

• axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

• axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

• axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

• boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning

kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

So'nggi yillarda dunyo bo'ylab raqamli ma'lumotlarga asoslangan biznes modellaridan foydalangan holda ko'plab raqamli platformalar paydo bo'ldi va ular mavjud sanoat tarmoqlari o'rnini egalladi. Platformalarning ustunligi shundaki, bozor kapitallashuvi bo'yicha dunyodagi yetakchi sakkizta kompaniyaning yettitasi platformaga asoslangan biznes modellaridan foydalanishadi.Shunga qaramay, YUNKTAD ekspertlarining fikriga ko'ra Internet orqali savdo hajmi rivojlanayotgan mamlakatlarda past darajada qolmoqda. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlar o'zlarining yirik elektron savdo maydonchalari va zamonaviy ta'minot logistika tizimiga ega bo'lib, onlayn ravishda tovarlar va xizmatlarni xarid qiladigan yoki buyurtma qiladigan Internet foydalanuvchilari hajmi kundan-kunga o'sishini ko'rsatmoqda.

- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations)

Xalqaro savdo uni tartibga solish va liberallashtirishni rivojlantirishning yangi bosqichi arafasida turibdi. Bu jarayon raqamli muhitda faoliyat ko'rsatish va raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy qoidalarni ishlab chiqishni talab etadi. Chegaradagi savdo to'siqlari olib tashlanganidan keyin (ingliz tilida: at the border disciplines), birinchi navbatda, bojxona to'lovlarini kamaytirish va bekor qilish, shuningdek, xalqaro ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan bozor faoliyatidagi ko'pgina tarifsiz cheklovlarni kamaytirish (ingliz tilida: behind the border disciplines). Tizimlar, transchegaraviy virtual makonda tijoriy munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq yangi fanlar sinfi vijudga keladi (ingliz tilida: above the border disciplines). Bunday tartibga solishning asosiy yo'nalishlari kiberhujumlarga qarshi kurash standartlari, intellektual mulk huquqlarining buzilishi, Internetda va elektron tijorat sohasida firibgarliklarni oldini olishga yo'naltirilgan ma'lum qoidalar, ma'lumotlarning erkin harakatlanishi, saqlanishi va ulardan foydalanish hisoblanadi.

Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi. Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

(Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. „Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb e'lon qildi". Daryo (24-yanvar.2020-yil). Qaraldi: 7-aprel 2023-yil.

2. https://uz.vvikipedla.com/wiki/Digital economy.

3. Muhammadjon Butaboev, Akmaljon O'rinov, Farhod mulaydinov, Isroiljon Tojimamatov "Raqamli iqtisodiyot" darslik, 7-39 betlar.

4. Алексеев И.В. Информaционное обеспечение системы управления франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене //

5. Экономические и гуманитарные науки. - 2019. - №1 (276). - С. 105-110.

6. Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.