Научная статья на тему 'MOLIYA TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO‘LLARI VA JAHON TAJRIBASI'

MOLIYA TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO‘LLARI VA JAHON TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1617
255
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RAQAMLI IQTISODIYOT / TEXNOLOGIYA / KRAUDFANDING / KRAUNINVESTING / ELEKTRON TIJORAT

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ravshanova M.U.

Globallashuv davrida raqobatning tobora o‘sib borayotgan muammolarini inobotga olgan holda, iqtisodiyotning maqsadga muvofiqligi va boyligi uchun innovasiya juda muhimdir. Bu borada rivojlangan davlatlarda innovasiya mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustunidir va uni hukumat siyosatinigg eng muhim masalalaridan bir sifatida qarab kelmoqda. Ushbu maqolada moliya tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish yo’llari hamda bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga oid masalalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS OF INTRODUCING DIGITAL TECHNOLOGIES INTO THE FINANCIAL SYSTEM AND WORLD EXPERIENCE

Given the ever-increasing challenges of competition in an era of globalization, innovation is critical to the viability and prosperity of the economy. In this regard, in developed countries, innovation is the main pillar of the country's economic development, and it is viewed as one of the most important issues of government policy. This article analyzes the ways of introducing digital technologies in the financial system and the issues related to the experience of developed countries in this regard.

Текст научной работы на тему «MOLIYA TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO‘LLARI VA JAHON TAJRIBASI»

Ravshanova M. U.

Toshkent Moliya instituti talabasi

MOLIYA TIZIMIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH

YO'LLARI VA JAHON TAJRIBASI

Annotatsiya. Globallashuv davrida raqobatning tobora o'sib borayotgan muammolarini inobotga olgan holda, iqtisodiyotning maqsadga muvofiqligi va boyligi uchun innovasiya juda muhimdir. Bu borada rivojlangan davlatlarda innovasiya mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ustunidir va uni hukumat siyosatinigg eng muhim masalalaridan bir sifatida qarab kelmoqda. Ushbu maqolada moliya tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish yo'llari hamda bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribasiga oid masalalar tahlil qilingan.

Tayanch iboralar. Raqamli iqtisodiyot, texnologiya, kraudfanding, krauninvesting, elektron tijorat.

Ravshanova M.U.

Tashkent Institute of Finance

WAYS OF INTRODUCING DIGITAL TECHNOLOGIES INTO THE FINANCIAL SYSTEM AND WORLD EXPERIENCE

Abstract. Given the ever-increasing challenges of competition in an era of globalization, innovation is critical to the viability and prosperity of the economy. In this regard, in developed countries, innovation is the main pillar of the country's economic development, and it is viewed as one of the most important issues of government policy. This article analyzes the ways of introducing digital technologies in the financial system and the issues related to the experience of developed countries in this regard.

Key words. Digital economy, technology, crowd funding, crown investing, e-commerce.

Kirish.

Moliya tizimi o'ta keng qamrovli va murakkab operatsiyalardan iborat soha hisoblanadi. Koronavirus infeksiyasi oqibatlariga qarshi kurashish moliya tizimi vazifalarining yanada kengayishiga olib keldi hamda ularni bajarish muddatlarini keskin tezlatish zaruriyatini paydo qildi. Moliyaviy operatsiyalarni talab darajasida va oldingidan ancha qisqa vaqtlarda amalga oshirish mutaxassisning intensiv ishlashi bilangina hal qilinadigan ish emas. Buning uchun moliyaviy jarayonni tezlashtira oladigan zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish zarur bo'ladi. Moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish ana shu maqsadga erishishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqola aynan shunday dolzarb

masalaga bag'ishlangan. Unda moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etishni tezlatishning zaruriyati, dolzarbligi va ahamiyati asoslab berilgan hamda raqamli texnologiyalarni joriy etishning asosiy yo'nalishlari ishlab chiqilgan.

2019 yilning oxirida paydo bo'lgan koronavirus insoniyat hayoti va jahon iqtisodiyotini butunlay o'zgartirib yubordi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash jarayonida butun dunyoda bo'lgani kabi O'zbekiston Respublikasida ham majburiy ravishda odamlar harakatini cheklash hamda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sub'ektlari faoliyatini vaqtincha to'xtatish jamiyat hayotiga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ya'ni ishlab chiqarish va iste'mol miqdorlari qisqarmoqda, xalqaro iqtisodiy aloqalar toraydi, xomashyo mahsulotlari narxi pasaydi, konyunktura yomonlashdi. Natijada yangi sharoitda iqtisodiy faoliyatning an'anaviy turlaridan muayyan qismi o'z ahamiyatini yo'qotdi va uning yangi shakllari paydo bo'ldi.

Moliya tizimi turli bo'g'inlari o'rtasida hamda soha bilan byudjet tashkilotlari o'rtasida amalga oshiriladigan operatsiyalar ko'lami ham haddan tashqari katta. Ular ham ko'proq qo'l mehnati yordamida amalga oshiriladi. Blokcheyn tizimidan foydalanish moliyaviy axborotni tezlik bilan va xavfsiz ravishda almashtirish hamda saqlash imkonini yaratadigan texnologiya hisoblanadi. Masalan, blokcheyn usulida pul o'tkazmalari haqidagi yozuvlarni qayd etish va ularni ishonchli ravishda saqlash mumkin. Blokcheynda operatsiyaga chetdan aralashish, hujjatlarni soxtalashtirish va buzish imkoni yo'q bo'ladi. Umuman, u hozir qog'ozda saqlanayotgan barcha moliyaviy operatsiyalarni blokcheynda yozish va saqlash imkonini beradi. Tasavvur qiling, blokcheyn qay darajada katta iqtisodiy samara beradigan texnologiya hisoblanadi. Blokcheyn mutlaqo shaffof va operatsiyaga chetdan arashish imkoniyatini yo'q qilishi tufayli korrupsiyaga yo'l bermaydigan muhim vosita ham hisoblanadi. Qolaversa, u o'ta konservativ moliya tizimini liberallashtirishga ham yordam beradi.

Mamlakatimizda oxirgi yillarda amaliyotga joriy etilgan va moliya tizimiga ham muayyan darajada daxldor bo'lgan yana qator raqamli texnologiyalar ham bor. Masalan, mobil telefonlarga o'rnatilgan Click, Payme, Humo va boshqa dasturlar orqali pul o'tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish shular jumlasidandir. Ularni ishlatish miqyoslarini yanada kengaytirish uchun rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish lozim.

Xo'jalik sub'ektiga iqtisodiy faoliyatni kengaytirish uchun qo'shimcha mablag' kerak bo'lgan paytda davlat byudjeti va bank kreditidan foydalanish imkoni yoki xohishi yo'q tadbirkorlar moliyalishtirishning yangi shakllaridan foydalanishga harakat qilishadi. Masalan, rivojlangan davlatlarda "kraudfanding" va "kraudinvesting" deb ataladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish usullari mavjud. "Kraudfanding" o'zbek tilida "xalq tomonidan moliyalashtirish" ma'nosini beradi. Bunda internet orqali start-up kompaniyalarni, kichik tadbirkorlikni hamda tabiiy ofatlardan zarar

ko'rganlarni, masalan, bugungi koronavirusday ofatlardan az iyat chekkanlarni qo'llab - quvvatlash, birgalikda o'zaro foydali investisiyalar qilish mumkin.

"Kraudinvesting" esa kraudfandingning turlaridan biri bo'lib, u ham jahon moliya bozorida startap va kichik biznesga mikroinvestorlar tomonidan investisiya kiritish usulidir. Kraudinvestingda xayriya maqsadlariga mablag' ajratilmasligi, faqat foyda olish uchun investisiya qilishi uning kraudfandingdan farqi hisoblanadi. Mazkur operatsiyalarni tashkil etishda ham raqamli texnologiyalardan foydanish juda qulay hamda samarali usul hisoblanadi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Raqamlashtirish bo'yicha 246 mamlakatda olib borilgan keng ko'lamli tadqiqotlarga ko'ra, RIning rivojlanish ko'rsatkichlari turli mamlakatlarda turlicha tendensiyaga ega. Dunyo mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotning ko'rsatkichlari va rivojlanish yo'llarining turlicha bo'lishiga qaramay, unga faol innovasiyalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, raqamli texnologiyalar va infratuzilmaga investisiya harajatlarini sezilarli darajada oshirish kabi umumiy bo'lgan xususiyatlarni kiritish mumkin bo'ladi.

Qisqa tarixiy taraqqiyot davriga qaramay, raqamli iqtisodiyot birinchi navbatda savdo va internet xizmatlarida - elektron tijorat, internet -banking, elektron to'lovlar, internet-reklama, internet-o'yinlar va boshqalarda raqamli texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan. Ta'kidlab o'tish joizki, bugungi kunda dunyoda raqamli platformalar "Amazon", "Alibaba", "Facebook", "Ebay", "Uber", "Didi Chuxing" yoki "Airbnb" kabi yirik korporatsiyalar uchun asosiy biznes modeliga aylandi. Bu korporatsiyalar vositachilar va infratuzilma platformalari sifatida muhim afzalliklarga ega. Ular raqamli platformalardan foydalanuvchilar o'rtasidagi barcha bitimlar bo'yicha ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish va qabul qilish imkoniga ega. Elektron tijoratning jadal rivojlanishi virtual makonda bozor mexanizmi asoslarini yaratdi va bu bitimlar sonining barqaror o'sishiga olib keldi.

XX-asr boshida, axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki guruhi samarali faoliyat yuritganlar:

1) fundamental fani rivojlangan ilg'or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va boshqalar);

2) birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar.

Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlar xam paydo bo'ldi: Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta'lim, ilm-fan va axborot texnologiyalari tizimlarini samarali modernizasiya qilish orqali jahon bozorlariga chiqishga muvaffaq bo'ldilar. Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg'or va yetakchi mamlakatlarga Norvegiya, Shvesiya va Shveysariyani kiritish mumkin. TOP 10talikka AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong ham kiradi. AQShda raqamli iqtisodiyotning ulushi 10,9%, Xitoyda 10%, Yevropa Ittifoqida 8,2%, Braziliyada 6,2%ni, Rossiyada 3,9% ni tashkil etadi.

AQSh iqtisodiyotida YaIMning uchdan bir qismi (33%i) raqamli texnologiyalari ta'siri ostida va AQSh moliya sektorining katta ulushi (60%i) raqamli asosga o'tkazilgan, shuning uchun AQSh moliya sektori dunyoda eng rivojlangan hisoblanadi. Unga yaqin aloqa sohasi bo'lib, u uzoq muddatli rivojlanish uchun zamonaviy, barqaror raqamli platformani yaratishga va uning ahamiyatini sezilarli darajada oshirishga intilmoqda. Raqamlashtirish sohasida Amerika Qo'shma Shtatlarining asosiy raqobatchisi Xitoy hisoblanadi, 2021 yilda uning B2C (Business-to-consumer) raqamli bozor daromadi 765 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etdi va shu tariqa mamlakatni jahon bozori yetakchisiga aylantirdi. 2018 yilda raqamli bozor AQShda $ 700 milliarddan ortiq daromad keltirdi, Yevropaning 5tamamlakatida (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya) esa raqamli bozor daromadi 500 milliard dollardan ortiq bo' ldi.

Internetdan foydalanuvchilarning asosiy ulushi Osiyoda joylashgan, ammo aholi orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi bo'yicha Osiyo ikkinchi o'rinda turadi-aholining faqat yarmi internetdan foydalanadi (49,7 %). Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Shimoliy Amerika birinchilardan bo'lib, uning internet foydalanuvchilari mintaqa aholisining 88% ini tashkil qiladi. Internetdan foydalanuvchilarning eng yuqori darajada o'sishi Shimoliy Yevropa (94 %),G'arbiy Yevropa (90%) va Shimoliy Amerikada (88%) kuzatilmoqda. Afrikada eng tez, yiliga 20 % dan ortiq o'sish sur'atlari kuzatilmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiyada internetdan foydalanuvchilar aholining o'rtacha 81%ini, rivojlanayotgan mamlakatlarda internetdan foydalanish ulushi esa 40% ni, Rossiya, MDH va Sharqiy Yevropa kabi o'tish iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda 15% ni tashkil etmoqda. Xitoyga aholi soni bo'yicha (aholisining 55,8%i) dunyodagi eng yirik internet auditoriya, shu jumladan mobil banking foydalanuvchilari (97,5%) tegishlidir.

Denmark lOG.OO

02 USA 9091 Sweden

04 Singapore 99.4B

05 Switzerland 0S-23 Netherlands

Korea 9SJ20

Hnn$ Kong SAR 34.36 Canada

Norway

1-rasm. Jahon raqamli raqobatbardoshlik reytingi 2022

2022 yil holatiga ko'ra, Daniya dunyodagi eng raqamli raqobatbardosh mamlakat deb topildi. Raqamli raqobatbardoshlik reytingi mamlakatning raqamli texnologiyalarni o'zlashtirish va ushbu texnologiyalarni korxonalar va davlat tashkilotlari doirasida joriy etish qobiliyatini tahlil qilishga qaratilgan. Skandinaviya mamlakatlari ro'yxatda yuqori o'rinni egalladi, Shvetsiya, Finlyandiya va Norvegiya ham birinchi o'n beshtadan joy oldi. Amerika Qo'shma Shtatlari 2021 yilda eng raqobatbardosh davlat sifatida ikkinchi o'rinni egalladi.

Shunday qilib, jahonda raqamli iqtisodiyotni milliy darajada rivojlantirish va davlat tomonidan tartibga solish borasida ancha tajriba to' plangan. Bunda faqatgina jahon tajribasida AQSh, Kanada, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kabi yetakchi davlatlarininggina amaliyotlari yetakchi hisoblanmaydi. Qator holatlarda Xitoy yoki Hindiston kabi rivojlanayotgan davlatlar ham milliy xo'jalik yuritishining raqamli iqtisodiyot rivojida yutuqlarga ega bo'lib, ular nafaqat xalqaro mehnat taqsimotida autsorsing bo'yicha bozorni egallamoqdalar, balki, o'zlari ham, masalan, Xitoy kabi, astasekin yetakchi mamlakatlarga AKTni rivojlantirish standartlarini qo'yishni boshlamoqdalar.

Elektron tijoratning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda bugungi kunda elektron tijorat zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismiga aylandi. Iste'molchilarning tobora ko'proq qismi internet orqali tovarlarni sotib olmoqdalar, tijorat tashkilotlari esa u yoki bu tarzda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ushbu tarmoq imkoniyatlaridan foydalanmoqdalar. Elektron tijoratning iste'mol segmentida jami butun jahon sotuvi hajmi 2012 yildayoq 1trln.dollardan oshgan edi va hozirgacha yanada barqaror o'sib bormoqda. McKinsey baholashiga ko'ra, 2030-yilga kelib butunjahon elektron tijorat xalqaro savdo hajmini 1,3-2,1trln.dollarga oshirishi mumkinligini taxmin qilmoqda, bu esa sanoat tovarlari savdosi hajmini 6-10% ga oshiradi.

Xulosa va takliflar.

Moliya tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etishning shakllari va imkoniyatlari juda katta. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning moliya sohasiga tezda va kam xarajat bilan joriy etish mumkin bo'lgan ayrim yo'nalishlari haqida fikr yuritildi, xolos. Davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarni shakllantirish, bajarish, xarajatlar monitoringi, bajarilishini tahlil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va topshirish, turli jamg'armalar mablag'larini ulardan yordam oluvchilarga tarqatish, sarflash, monitoringini yuritish va hisobotini topshirish, moliya tizimi turli bo'g'inlari o'rtasida hamda soha bilan byudjet tashkilotlari o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar, Click, Payme, Humo va boshqa dasturlar orqali pul o'tkazish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish ko'lamlarini kengaytirish, xo'jalik sub'ektiga qo'shimcha mablag' kerak bo'lgan paytda davlat byudjeti va bank kreditidan foydalanish imkoni yoki xohishi yo'q tadbirkorlar moliyalashtirishning yangi shakllaridan foydalanish jarayonlariga (masalan, "kraudfanding" va

"kraudinvesting" usulida) hozirning o'zida qisqa muddatlarda raqamli texnologiyalarni joriy etish mumkin.

Mazkur maqolada bayon etilgan mulohazalar raqamli texnologiyalarning foydali jihatlari juda ko'p ekanligidan dalolat bermoqda. Ular jamiyat hayotini, jumladan, moliya tizimini tubdan o'zgartiradi, uning taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi. Mazkur masalaning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, koronavirus pandemiyasi tufayli kiritilgan cheklovlarmamlakatimizda raqamli texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini yanada kuchaytirmoqda. Lekin bu jarayonning salbiy oqibatlari ham bor. Ya'ni raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lamlari ortib borgan sari moliya tizimidaan'anaviy lavozimlarning ma'lum qismiga ehtiyoj kamayib boraveradi. Shu bois moliyachi mutaxassislar raqamli texnologiyalarni puxta o'rganishlari ayni paytda davr talabiga aylandi. Umuman aytganda, moliya tizimi xodimlari raqamli texnologiyalar davriga o'tishga puxta tayyorgarlik ko'rishlari va jahon raqamli moliya sahnasida o'zlariga munosib o'rin olish uchun qattiq kurashishlari talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. [Elektron resurs] https://www.imd.org/centers/world-competitiveness-center/rankings/world-digital-competitiveness/

2. Makarov A.D., Lomakin A.Yu. Upravlenie in-novasiyami i innovasionnimi texnologiyami v bankovskom menedjmente//Uchenie zapiski Sankt-Peterburgskogo universiteta upravleniya i ekonomiki. -Spb., 2014. -№4. - S. 38 - 46

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasi Majlis. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb -sayti. 24.01.2020. [Elektron resurs]. URL: https ://president.uz/ru/lists/view/3324.

4. Цифровая экономика: глобальные тренды и практика российского бизнеса: аналитический доклад/ Оганесян Т.К.,Стырин Е.М., Абдрахманова Г.И., Розмирович С. Д. и др.;отв. ред. Д. С.Медовников. М.:НИУ ВШЭ, 2017.

5. [Elektron resurs] https://www.mf.uz/ Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rasmiy sayti

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.