Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI VA MAMLAKAT INNOVATSION FAOLIYATINI AXBOROT TEXNOLOGIYALRI A SOSIDA SAMARALI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI VA MAMLAKAT INNOVATSION FAOLIYATINI AXBOROT TEXNOLOGIYALRI A SOSIDA SAMARALI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1587
284
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / sanoat korxonalari / raqamli texnologiyalar / innovatsiyalar. / цифровая экономика / промышленные предприятия / цифровые технологии / инновации.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Raxmonqulov Jonibek Murotovich

Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭФФЕКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ И ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТРАНЫ НА ОСНОВЕ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

В статье обсуждается важность цифровой экономики, которая является современным требо­ ванием, и насколько она эффективна для жизни человечества и государства, и как приравнять уровень жизни этой страны к развитым странам мира.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI VA MAMLAKAT INNOVATSION FAOLIYATINI AXBOROT TEXNOLOGIYALRI A SOSIDA SAMARALI RIVOJLANTIRISH»

у

Raxmonqulov Jonibek Murotovich,

Toshkent davlat texnika universiteti mustaqil tadqiqotchi doktoranti

RAQAMLIIQTISODIYO T SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI VA MAMLAKAT INNOVATSION FAOLIYATINIAXBOROT TEXNOLOGIYALRI ASOSIDA SAMARALI RIVOJLANTIRISH

UDK:339.13

RAXMONQULOVJ.M. RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SANOAT KORXONALARI VA MAMLAKAT INNOVATSION FAOLIYATINI AXBOROT TEXNOLOGIYALRI A SOSIDA SAMARALI RIVOJLANTIRISH

Maqolada bugungi kunda zamon talabi hisoblangan raqamlashtirish iqtisodiyotining muhim ahamiyatlari va uning insoniyat hamda davlat hayot tarziga qanchalik samarali ekani va bu mamlakat turmush darajasini dunyo rivojlangan mamlakatlariga tenglashtirish haqida boradi.

Tayanch so'zlar: raqamli iqtisodiyot, sanoat korxonalari, raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar.

РАХМОНКУЛОВ Ж.М. ЭФФЕКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ И ИННОВАЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТРАНЫ НА ОСНОВЕ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

В статье обсуждается важность цифровой экономики, которая является современным требованием, и насколько она эффективна для жизни человечества и государства, и как приравнять уровень жизни этой страны к развитым странам мира.

Ключевые слова: цифровая экономика, промышленные предприятия, цифровые технологии, инновации.

RAXMON^LOV J.M. EFFECTIVE DEVELOPMENT OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND INNOVATIVE ACTIVITIES OF THE COUNTRY ON THE BASIS OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE DIGITAL ECONOMY

In the article is discussed the importance digital economy, which is a modern requirement, and how effective it is for humanity and the state, and how to equate that to the living standards of the country with of the world's developed countries.

Keywords: digital economy, industrial enterprises, digital technologies, innovations.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

Kirish.

O'zbekiston Respublikasida aholi soni o'sib bormoqda, bu esa o'z navbatida aholi iqtisodiy faoliyatiga hamda sanoat korxonalari faoliyatining kuchaytirish tadbirlariga olib kelmoqda, va nafaqat sanoatni balki respublikaning jamiki iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga olib keladi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo'layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o'zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.

Innovatsion faoliyat ulushining o'sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo'lida, innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning, mamlakatimizda ko'p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun - qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech imkoni yo'q.

Davlatimiz rahbarining ta'kidlashicha, "... yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha 2019 yilda 8 pog'onaga ko'tarilgan bo'lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko'p mablag' va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo'ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o'tish - kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo'ladi.

Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og'ir illat - korrupsiya balosini yo'qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin"1.

1 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25

Maqolaning dolzarbligi.

Turli tadqiqotlar natijalari bo'yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog'i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo'shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog'liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo'shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi2.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag'ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma'lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi3.

Raqamlashtirishning ahamiyati va ta'sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so'nggi o'n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko'rish kifoya.

Axborot asri deya e'tirof etilayotgan bugungi kunimizda axborot kommunikatsiya tizimi izchil rivojlanishda davom etmoqda. Bugun zamonaviy axborot texnologiyalarisiz hayotimizni tasavvur etib bo'lmaydi. Mamlakat darajasida ushbu soha rivoji muhim omillardan biriga aylangan. Shu bois ham mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ayniqsa sohani xalqaro andozalarda mexanizasiyalashtirish va rivojlantirish ustuvor yo'nalishlar sifatida belgilab olingan. Amaliy harakatlar natijasida yurtimizning olis mintaqalarida axborot resurslarini yaratish va undan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda.

Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo'nalishlar ochib beradi. "Raqamli texnologiyalar" tomon burilishga butun jahon internet tarmog'i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo'ldi.

Maqolaning maqsadi. O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga turli

iqtisodiy islohotlar bilan birgalikda axborot texnologiyalrining o'rni qanchalik muhimligini

2 xalq so'zi gazetasi -40-2020-02-25

3 https:mff.uz/uz/press/news/2020/02/233/45/

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

1-jadval. Ba'zi hukumatlar tomonidan tadqiqot va innovatsiyalarga ajratilgan investitsiyalar (YaIMga

nisbatan foizda)1

Mamlakat YaIM %

Germaniya 2,7 %

AQSH 2,8 %

Yaponiya 3,5 %,

Belorussiya 0,74 %

Rossiya 1,04 %

dunyo hamda yurtimizdagi islohotlar orqali namoyon etib berish.

Tadqiqotga metodik yondashuv.

Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun olib borilayotgan huquqiy targ'ibotlarni o'rganish;

- Dunyo mamlakatlarining rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o'rnini o'rganish;

- Yurtimizdagi islohotlarni raqamlarda tahlil qilish;

- Xulosa va takliflarni namoyon qilish.

Tadqqiqotning asosiy natijalari

Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar hukumatlari ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga katta miqdorda mablag' sarflamoqda. Ushbu xarajatlarni (YaIMga nisbatan%) 1-jadvaldan ko'rish mumkin.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlar YaIMning taxminan 3 foizini innovatsiyalarga sarflaydilar, o'tish iqtisodiyoti bo'lgan mamlakatlar esa ancha kam mablag 'sarflaydilar.

Biroq, global iqtisodiy inqiroz sharoitida korxonalar va ilmiy guruhlarga ajratilgan mablag'lardan foydalanish samaradorligini oshirish vazifasi birinchi o'rinda turadi. Shu munosabat bilan biz iqtisodiy samaradorlik tushunchasiga duch kelamiz. Ushbu maqsadlar uchun har yili Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida Yevropa innovatsion ko'rsatkichlari (YIK) nashr etiladi. Shuningdek, 2007 yilda Yevropa Ittifoqining bir qator mamlakatlari uchun ish muhitini tahlil qilish usuli asosida texnik samaradorlik ko'rsatkichlari hisoblab chiqilgan.

Faoliyat muhitini tahlil qilish usuli asosida Belorusiya iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va ushbu ko'rsatkichga innovatsiyalarning ta'siri tahlili o'tkazildi. Ushbu tadqiqotda muallif 43

1 htpp/statistika.ru 2017

ta mamlakatdan, 3 ta kirish parametrlaridan (YalMning intensivligi, million kishiga to'g'ri keladigan olimlarning soni, ta'lim xarajatlari YalMga nisbatan%), shuningdek, 3 ta o'zgaruvchidan foydalangan (milliy patentga talabnomalar soni, yuqori texnologiyalar) eksport sanoat eksportining% sifatida, AKT eksportining umumiy eksport hajmida%).

Natija shuni ko'rsatadiki, bu holatda foyda moddiy ishlab chiqarish (sanoat iqtisodiyoti) emas, balki moliya (kapital) emas, balki yangilik sohalari va olimlarning intellekti tomonidan yaratiladi. Tadqiqotchilar E. Toffler, F. Fukuyama, D. Bell, J. Naysbitt va boshqalar zamonaviy dunyodagi aksariyat rivojlangan mamlakatlar uchun aynan innovatsion iqtisodiyot jahon iqtisodiy ustunligini ta'minlaydi, deb hisoblashadi. Hozirgi kunda AQSh, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Shvetsiya, Finlyandiya, Singapur, Isroil va boshqa mamlakatlar innovatsion iqtisodiyotning rivojlangan venchur biznesi bo'lgan innovatsion iqtisodiyotga ega mamlakatlar qatoriga kiradi.

Biz Karl Shvabning quyidagi fikrlariga e'tibor qaratsak texnologiyalar hayotimizni qanday tarzda o zgartirib boraytganligini va kelajak avlod hayotini qanday o'zgartirajagini tushunib olishimiz kerak, zero ushbu texnologiyalar biz yashayotgan hayotning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va madaniy sharoitlarini butkul o'zgartirib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyotni kim rivojlantiradi? Degan muhim bir savol tug'uladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ hisoblanadi. Bundan tashqari Iqtisodiyot, Moliya, Axborot texnologiyalari, Adliya vazirliklari va boshqa qator davlat tuzilmalari raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun o'ziga xos mas'uliyat va vazifalarga ega. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

1-rasm. Dunyoda ishlab chiqarish sanoati yeakchilari1.

|Дунё ишлаб чицариш саноати етакчилари

Глобал ишлаб чик;ариш юк;ори булган 10 мамлакат

Хитой @ 28.7%

АКШ Ф 16.8%

Япония • 7.5%

Германия Щ 5.3%

Хиндистон ^ В 3.1 %

ж. Корея Щ 3.0%

Италия ОН 2Л%

Франция () В 1.9% Б.Британия ф Щ 1.8% Индонезия ^ | 1.6%

MaHÔa: BMT CTaTHOTMKacM ©0©

Qonunchilik palatasiga qilgan Murojaatnomasida ham alohida ta'kidlab o'tildi.

O'z o'rnida qayd etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishini hisobga olib, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta'biri bilan aytganda, "raqamli iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi bilan bog'liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi harakatini talab etadi".

Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu o'rinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, O'zbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta'sirchan chora-tadbirlar natijasida 2019 yilda Kiberxavfsizlik

@ burchakostida

global indeksida 41 pog'onaga ko'tarilib, 52 o'rinni egalladi.

Rasmdan ko'rinib turibdiki dunyoning rivojlangan mamlakatlari yuqori pog'onalarni egallab turibdi. Buning asli sababchisin innovatsion texnologiyalar natijasi desak mubolag'a bulmaydi.

O'zbekiston hududida ham bir qancha investitsion loyihalar asosida korxonalar faoliyati ancha yuqori cho'qqilarga chiqganini amalda ko'rishimiz mumkin. Misol tariqasida "O'zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini olshimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi PQ-2126-son qaroriga muvofiq, GSM standartidagi mobil aloqa milliy operatori tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha ishlar davom ettirilmoqda, butun O'zbekiston bo'ylab GSM standartidagi mobil aloqa tarmog'ini kengaytirish amalga oshirildi.2

"O'zbektelekom" AK tomonidan 2019-2020 yillarda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 282,8 mln AQSH dollari ekvivalentida 10 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilgan (loyihalarni amalga oshirish 2019 yildan 2020 yilga o'tuvchi hisoblanib, shundan, 2019 yilda

1 Manba: BMT statistikasi 2019

2 Uzbektelekom AK 2020 yil hisoboti.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

111,9 mln. AQSH dollari, 2020 yilda 170,9 mln. AQSH dollari). Jumladan:

2019-2020 yillarda amalga oshirilgan loyihalarning moliyalashtirish manbalari quyidagicha:

100 mln. AQSH dollariga yaqini Xalqaro moliya institutlari kreditlar hisobidan;

90 mln. AQSH dollari telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchilarning mahsulot krediti hisobidan;

3,1 mln. AQSH dollari to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari hisobidan;

58,8 mln. AQSH dollari korxonaning o'z mablag'lari hisobidan1;

Moliyalashtirish manbalari bo'yicha:

I. Xalqaro moliya institutlari kredit mablag'lari hisobiga quyidagi loyihalar amalga oshirildi:

1. "Kommutatsiya markazlarini IMS texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish" loyihasi.

2. "Magistral va multiservis ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini DWDM texnologiyasi asosida kengaytirish" loyihasi.

Telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining mahsulot krediti va xorijiy banklar kreditlari hisobiga quyidagi loyihalar amalga oshirildi:

"O'zMobayl" mobil aloqa operatorining keng polosali ulanish tarmog'ini modernizatsiya qilish, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish va DWDM transport tarmog'ini kengaytirish" loyihasi;

"Respublika hududlarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish" loyihasi;

"Ma'lumotlarni saqlash markazini kengaytirish" loyihasi;

"O'zMobayl" milliy aloqa operatori tarmog'ini kengaytirish" loyihasi.

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hisobiga "Optik tolali aloqa kabellarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha "O'zbektelekom" AK va Osiyo mintaqasidagi rivojlangan davlat investorlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish uchun "Global Optical Communication Uzbekistan" qo'shma korxonasi tashkil etildi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2020-2021 yillar.

"O'zbektelekom" AK o'z mablag'lari hisobiga"Respublika bo'yicha optik tolali aloqa liniyalarini qurish" loyihasi amalga oshirildi.

YUqorida keltirilgan loyihalarni amalga oshirish natijasida 2020 yilda quyidagi natijalarga erishildi:

• magistral va multiservis ma'lumotlar uzatish tarmoqlari tezligi viloyat markazlarigacha 200 Gbit/s.ga, tuman markazlarigacha 40 Gbit/s. ga kengaytirildi;

• tarmoqlararo ulanish imkoniyati 23886 ta E1 raqamli portga kengaytirildi;

• transport kommutatsiya markazlari sig'imida bir vaqtning o'zida bog'lanish imkoniyati 701,5 mingtaga oshirildi;

• 8 ta RRL prolyotda uskunalarni modernizatsiya qilindi;

• 431 ta mobil aloqa baza stansiyalari qurildi;

• 2G standartidagi 3012 ta mobil aloqa baza stansiyalari 3G/4G texnologiyasi asosida modernizatsiya qilindi;

• mavjud ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari sig'imi 10 Petabaytga oshirildi;

• yuqoridagi ahlillar shuni ko'rsatadiki kompaniya investitsiyalrdan samarali foydalangani o'laroq o'z istiqbolini yuqor natijalarga ko'tardi22

Xulosa va takliflar. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yo'nalishlarini sanab o'tish maqsadga muvofiq:

Raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat ko'rsatishi uchun institutsional muhit va raqamli infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini ko'rsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, sog'liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet global tarmog'iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar to'liq qoplashni bosqichma-bosqich ta'minlash;

1 Uzbektelekom AK 2020 yil hisoboti.

2 Uzbektelekom AK 2020 yil hisoboti

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

Kadrlar tayyorlash ko'lamini kengaytirish va bu yo'nalishlar bo'yicha chuqur bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to'liq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini o'qitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda natijasi yuqori bo'lgan loyihalarni sinovdan O'zbekiston hududida amalga oshirish;

Raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada "Raqamli ishonch" jamg'armasi mablag'laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash;

Aholining keng qatlamlari o'rtasida "raqamli savodxonlik"ni targ'ib kilish va kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini o'zlashtirishga jalb qilish

maqsadida o'quv yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni o'tkazish;

Raqamli iqtisodiyot sohasida me'yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish,

Raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan o'zlashtirish uchun mutaxassislar malakasini oshirib borish;

Innovatsion ishlanmalar bo'yicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil etish.

Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qo'llab quvvatlagan holda qulay ekotizimni yaratishi lozim.

Foydalanilgan adabiyot ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 12 fevraldagi PQ-2126-son

2. Maxkamova M.A. Развитие инноватсионного предпринимателства на селе. Достижение науки и техники APK. №7 2002, Moskva . S.37-40. 3.Maxkamova M.A. Теория инноватсионного менеджмента. Монография. Т.: «Наука и технология» », 2020.

3. https://stat.uz/uz/2-uncategorised/5221 -o-zbekiston-aholisi

4. "Uztelekom"AT manbai

5. Statistika.ru

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 6(142)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.