Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH'

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
194
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / elektron savdo / xizmat / raqamli texnologiya / axborot / korxona / infratuzilma / elektron tijorat / elektron hukumat. / цифровая экономика / электронная коммерция / сервис / цифровые технологии / информация / предприятие / инфраструктура / электронная коммерция / электронное правительство.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jo‘rayeva Sarvinoz Baxtiyor Qizi

Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot tiziminining hozirgi kundagi holati, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot tizimining iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ijobiy hamda salbiy ta’siri, raqamli iqtisodiyotning insonlar uchun qanchalik qulayligi, yangi imkoniyatlardan foydalanish zarurligi, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo‘la olishi, raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o‘rni haqida ta’kidlab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной статье рассмотрено современное состояние системы цифровой экономики в Узбекистане, дальнейшее совершенствование цифровой экономики в нашей стране, устранение существующих проблем в цифровой экономике, положительные и отрицательные эффекты системы цифровой экономики на экономическую и социальную жизнь, насколько цифровая экономика удобна для людей, новые возможности необходимость ее использования, то, что наша страна может быть в числе развитых стран, была подчеркнута ни с чем не сравнимая роль цифровой экономики во всех сферах.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH

Jo'rayeva Sarvinoz Baxtiyor qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-bosqich talabasi sarvinozj orayeva0201 @gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot tiziminining hozirgi kundagi holati, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot tizimining iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ijobiy hamda salbiy ta'siri, raqamli iqtisodiyotning insonlar uchun qanchalik qulayligi, yangi imkoniyatlardan foydalanish zarurligi, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo'la olishi, raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o'rni haqida ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron savdo, xizmat, raqamli texnologiya, axborot, korxona, infratuzilma, elektron tijorat, elektron hukumat.

РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Жураева Сарвиноз Бахтиёр кизи

Студентка 3- курса Ташкентского государственного экономического

университета

sarvinozj orayeva0201 @gmail .com

Аннотация: В данной статье рассмотрено современное состояние системы цифровой экономики в Узбекистане, дальнейшее совершенствование цифровой экономики в нашей стране, устранение существующих проблем в цифровой экономике, положительные и отрицательные эффекты системы цифровой экономики на экономическую и социальную жизнь, насколько цифровая экономика удобна для людей, новые возможности необходимость ее использования, то, что наша страна может быть в числе развитых стран, была подчеркнута ни с чем не сравнимая роль цифровой экономики во всех сферах.

Ключевые слова: цифровая экономика, электронная коммерция, сервис, цифровые технологии, информация, предприятие, инфраструктура, электронная коммерция, электронное правительство.

DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN

Jurayeva Sarvinoz

3rd year student of Tashkent State University of Economics sarvinozj orayeva0201 @gmail.com

Abstract: In this article, the current state of the digital economy system in Uzbekistan, further improvement of the digital economy in our country, elimination of existing problems in the digital economy, positive and negative effects of the digital economy system on economic and social life, how convenient the digital economy is for people, new opportunities the necessity of using it, the fact that our country can be among the developed countries, and the incomparable role of the digital economy in all fields were emphasized.

Key words: digital economy, e-commerce, service, digital technology, information, enterprise, infrastructure, e-commerce, e-government.

Kirish

Bugungi kunda butun dunyo globallashuvi davrida har bir davlat iqtisodiyotining rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish juda qiyin. Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi XXI-asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biri desak ham adashmagan bo'lamiz. Butun dunyo bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak ham, rivojlangan davlatlarning deyarli barchasi raqamli iqtisodiyotga o'tgan davlatlardir. Shuningdek, O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot kundan kunga, asta-sekinlik bilan bo'lsa-da rivojlanib bormoqda. Bu albatta, quvonarli holatlardan biri. "Raqamli iqtisodiyot" tushunchasi 1995-yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte tomonidan amaliyotga kiritildi. U axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar deyarli barcha qo'llamoqda. 2016-yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko'p jihatdan ta'sir etadi [1].

Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mazmuniga keladigan bo'lsak, bu tushuncha axborot-texnologiyalariga bog'liq, ya'ni raqamli iqtisodiyot - bu masofadan turib turli xizmatlar ko'rsatish, elektron savdo qilish, elektron to'lovlarni amalga oshirish, sun'iy intellekt (Artificial Intelligence) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish va boshqa turdagi sohalarda rivojlangan texnologiyalarda raqamlar orqali amalga oshiriladigan iqtisodiyotning bir turidir. Shu sababli jamiyatdagi foydalanadigan narsalarimizni raqamlashtirish bizning hayotimiz bilan

birgalikda ishlash tarzimizni ham tubdan o'zgartira oladi. Bu butun davlat rivojlanishi hamda jamiyat farovonligi demakdir.

Asosiy qism

Yuqorida ko'rib o'tilganidek, raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy faoliyat bo'lib, uni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron to'lovlar, internet reklama va shu kabilar ko'riladi. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar ijtimoiy farovonlik o'sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida qaralmoqda.

Raqamli iqtisodiyot barcha sohalarda, korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt, bandlik, ko'nikma, daromadlarni to'g'ri taqsimlash, atrof-muhit va tashqi olamga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, hisob-kitob jarayonida ham elektron hisoblash texnologiyalaridan, elektron savdo qilishda esa masofadan turib turli xil maxsus dastur, web-saytlar orqali amalga oshirishimiz mumkin. Bu esa raqamli iqtisodiyot eng qulay va arzon iqtisodiyot turlaridan biri ekanligini yaqqol na'munasidir. Chunki biz elektron savdo qilish yoki turli xizmat ko'rsatish jarayonlarida masofadan turib boshqa ishlarimizni bajargan holda ham bajarishimiz mumkin, bu esa bizning vaqtimiz hamda pulimizning tejalishiga sabab bo'ladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifalaridan biriga aylangan. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2020-yil 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda bu ko'rsatkich 2 foizdan ham oshmasligini ta'kidladi [2].

Prezidentimizning 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida 2023-yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga oshirish, boshqa sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo'yilgan [3].

Bugun raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari birinchi navbatda bu iqtisodiyot turi barcha sohalarda qog'ozbozlikga chek qo'yilishiga, barcha jabhalardagi faoliyatni avtomatlashtirishga olib keladi. Shuningdek, bajarilgan ishlarning, hisob-kitobning ochiq, shaffof, aniq va ishonchliligini ta'minlaydi, ishlab chiqarish jarayonida xarajatlarning kamayishiga olib keladi, kompyuter savodxonligiga ega bo'lgan yoshlar uchun yangi ish o'rinlari yaratiladi, ta'lim sohasida ham bir qator qulayliklar yaratilishiga, u esa talabalarning vaqtini tejashiga va ko'proq bilim olishiga

ko'maklashadi, insonlar masofadan turib turli joylarda o'qishiga yordam bera oladi, eng asosiylaridan yana biri bu jamiyat kushandasi bo'lmish, korrupsiyaning oldini oladi. Chunki korxonalar va tashkilotlarda qarindosh-urug'chilik, tanish-bilishchilikni yo'qotadi va hujjatlarning shaffofligini ta'minlaydi.

O'zbekistonda barcha tizim, tarmoqlar vaqt sayin, kundan kunga raqamlashib bormoqda. Ayniqsa, Covid-19 tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga bo'lgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan to'lovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy ta'lim olish ham mumkin. Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o'sishini misol qilib keltirishimiz ham mumkin. "Elektron hukumat", "elektron boshqaruv", "telekommunikatsiya" kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo'lagiga aylanishga ulgurdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali xizmatlari yo'lga qo'yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda. Yana bir muhim jihati mamlakatimizda aholi eng ko'p to'qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og'irini yengil qilishga ustuvorlik qaratilmoqda, jumladan, sog'liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo'jaligi, ta'lim yo'nalishlarini raqamlashtirish bo'yicha amaliy jarayonlar boshlangan va tez orada o'zining ijobiy samaralarini beradi degan umiddamiz.

Raqamli iqtisodiyot - raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog'liq iqtisodiy faoliyat, tashkilotlar va birinchi navbatda iqtisodiyotning real sektori korxonalarning raqamli iqtisodiyotda samarali ishlashining eng muhim sharti ular tomonidan zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan foydalanishdir. Korxonani raqamlashtirish zamonaviy ishlab chiqarish usullariga asoslangan holda texnologik jarayonlarni va boshqaruvning barcha darajalarida qaror qabul qilish jarayonlarini boshqarish sifatini keskin o'zgartiradi va korxona faoliyati samaradorligi va barqarorligini oshirish uchun eng muhim omillardan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot bo'yicha korxonalar va tashkilotlar soni asta-sekin oshib bormoqda va u yoshlar va davlatimiz iqtisodiyoti uchun bir qancha imkoniyatlar va kelajak eshiklarini ochilishiga sabab bo'lmoqda. Misol sifatida oladigan bo'lsak, raqamli iqtisodiyot ayniqsa bozor munosabatlarida va ta'lim sohalarida keng tarqalmoqda va korxonalarda xodimlar ko'plab hujjatlar uchun vaqtini va pulini sarflashga hojat qolmayapdi, ular hujjatlashtirish jarayonini online tarzda olib bormoqda. Shuningdek, mamlakatimizdagi ko'plab oliygohlarda talabalarning darsga kelib-ketish holatlari va baholash tizimi ham online tarzda olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika Agentligi manbalari asosida tuzilgan quyidagi jadval ma'lumotlari respublikamizda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishib borayotganligini ko'гsatadi.

1-jadval

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanishi, ko'rsatkichlarda [4]

Ko'rsatkichlar 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

Axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi (YaQQga nisbatan % da) 1,9 2,1 2,3 2,0 1,7 1.9 2,5

Iqtisodiy faoliyat turi bo'yicha "Axborot va aloqa" sohasida faoliyat ko'reatayotgan korxona va tashkilotlar soni, (1-yanvar holatiga ko'ra, birlikda) 6 370 6 427 6 403 6 975 7 901 9 517 10587

Ko'reatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi, (amaldagi narxlarda, mlrd. so'm) 5181,5 6306,8 8196,7 10332,6 10891,7 13852,3 17755,1

AKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soni, kishi 33 413 34 478 37 958 40 248 47 697 50 157 53 782

Yuqoridagi jadval ma'lumotlari 2017-2021-yillarda O'zbekistonda axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymatning YaIMdagi ulushi, "Axborot va aloqa" sohasida faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni, ular tomonidan ko'rsatilgan aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi hamda AKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi xodimlar soni oshib borganligini ko'rsatmoqda. Lekin O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot mavjud imkoniyatlarga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoqda, ya'ni O'zbekiston raqamli iqtisodiyot sohasida boshqa davlatlarga qaraganda orqada qolmoqda, afsuski bu iqtisodiyotga ham salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi va bu muammoga bir nechta sabablarni keltirishimiz ham mumkin:

1. Mamlakatimiz aholisi o'rtasidagi kompyuter savodxonligining sustligi;

2. Mamlakat bo'ylab internet aloqaning yaxshi emasligi, ya'ni sekin ishlashi;

3. Axborot sohasidagi mutaxassislarning yetishmasligi;

4. Aholining an'anaviy yo'nalishga ko'nikib qolganligi, ammo bu tizimning sifatsizligi va zamondan orqada ekanligi;

5. Axborot texnologiyalar sohasida maxsus Oliy ta'lim muassasalarining kamligi va yoshlarning bu sohaga qiziqishi sustligi;

6. Qonunchilik tizimining shaffof emasligi va shu kabi muammolar [5].

Shuningdek, muammolarga takliflarni keltirib o'tadigan bo'lsak, birinchidan, yoshlar o'rtasida kompyuter va axborot sohasiga qiziqishni uyg'otish, ya'ni maxsus ushbu tizim uchun universitetlarning sonini oshirish va talabalar o'rtasida ushbu sohada raqobatni kuchaytirish, yurtimizning har bir tumani, zarurat tug'ilsa chekka bir qishloqlarida ham zamonaviy kasblarni o'rganish ishtiyoqida bo'lgan hamda qiziqishi bo'lsa-da, ammo ijtimoiy, moddiy jihatdan imkoniyati yo'q bo'lgan yoshlarni bepul, davlat hisobidan o'qitish; internet tezligini barcha joyda birdek ta'minlash va aholi uchun qulayliklar yaratish kabi masalalarni ko'rib chiqishimiz lozim. Internet sustligi raqamli iqtisodiyotning eng katta to'siqlardan biri hisoblanadi, shuning uchun bu muammoni bartaraf etish eng katta hamda asosiy yechimlardan biri hisoblanadi. Rivojlangan davlatlardan yuqori texnologiyalarni davlatimizga import qilish va ularni qo'llash ham eski tizimdan foydalanishga chek qo'yadi va insonlar ongida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga oid bilimlarni va qiziqishlarni paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi. Yuqoridagi takliflarni yo'lga qo'ysakgina, O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga oz bo'lsada hissa qo'shgan bo'lamiz. Hozirda biz O'zbekiston rivojlangan davlatlar qatorida bo'lish uchun harakatdan to'xtamasligimiz zarur.

Xulosa

Iqtisodiyotning raqamlashishi bu butun mamlakat rivoji, taraqqiyoti uchun muhim. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan chambarchas bog'liq desak ham bo'ladi. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi bugungi kunda barcha uchun dolzarb mavzulardan biridir. O'zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish bu biz yoshlarning qo'limizda. Mamlakatimizda bugungi kunda transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarda ayrim qismlari raqamlashtirishga o'ta oldi, bu esa xalqimiz uchun yana bir qulayliklardan biri bo'ldi. O'zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta asosiy muhim tamoyilni o'zi uchun belgilab olishi zarur. Raqamli muhitni qonun doirasida, me'yoriy tartibga solish uchun (Nizom, konseptsiya, dastur va qonun), infratuzilmaviy rivojlanishi uchun (katta hajmli ma'lumotlar, internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari), so'ngra kerakli mutaxassislarni tayyorlash kuchli, raqobatbardosh hamda sog'lom bozorni yaratishda eng katta tirgak bo'la oladi.

Raqamli iqtisodiyot bu - real voqe'llikni to'ldirib turadigan virtual muhit hisoblanadi [6]. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish kerak. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni qanchalik rivojlantirishga e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, kiberxavfsizlikni ta'minlash ham shuncha dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bugungi kunda raqamlashtirishning kundalik hayotimizga tezroq kirib kelishini xohlasak,

raqamlashtirish ta'sirida turmushimizda turli qulayliklar paydo bo'lsin, desak, raqamlashtirish tatbig'ida, albatta, tizimli yondashuv lozim. Qarang, salkam o'n yildan buyon elektron hukumat tizimini rivojlantirishga intilib kelamiz. Natijalar esa faqatgina so'nggi yillarda ko'zga tashlana boshladi. Birgina oddiy bir bank plastik kartasi misolida olaylik. Ilgari bank kartalarida mablag' bo'lsa-da, uni sarf qilish yoki naqd pulga almashtirish imkoniyati juda yomon, afsuski, ayanchli holatda edi. Bundan bir necha yillar ilgari o'z oylik maoshimizning qaysidir qismidan voz kechishimiz yoki zarur tovarlarni plastik karta bo'lganligi sababli, qimmatroq narxlarda xarid qilgan holatlarimiz ham kuzatilgan. Endilikda esa, istalgan bank mijozlari onlayn xaridlarni amalga oshirishi, mobil qurilmalar yordamida pul mablag'larini erkin bir plaastikdan boshqa bir plastik kartaga o'tkazish imkoniyatiga ega.

Shubhasiz, raqamli iqtisodiyot — kelajak demakdir [7]. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalqimiz farovonligini ta'minlaydigan yorqin kelajakni ko'zlar ekanmiz, raqamli iqtisodiyotni joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bugungi kunning dolzarb va ustuvor vazifasi sifatida qaralishi zarur. Agar raqamli iqtisodiyot borasida mo'ljallangan vazifalar amalga oshirilsa, barcha sohalarda ulkan amaliy natijalar yaqqol ko'rinishi va aholi farovonligi sezilarli darajada ortishi aniq.

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib xulosa qilib aytadigan bo'lsak, nafaqat O'zbekiston, balki, har bir mamlakat rivojlanishi uchun yangi-yangi o'zgarishlar, g'oyalar, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadigan yangicha tartiblar bo'lishi lozim. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham aynan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi [8]. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek iqtisodiyotni shakllantirish ko'p mablag' va mehnat talab qiladi, ammo biz bundan qo'rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz uchun qadam tashlashimiz kerak. Bu ishni bugundan, kerak bo'lsa hozirdan barchamiz birlashgan holda ma'suliyat va qa'tiyat ila boshlamog'imiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun jamiyatdagi har bir shaxs mas'ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy qarasakgina, mamlakatimiz hayotidagi raqamli iqtisodiyotning turli jabhalardagi o'rni ko'zga tashlanadigan darajada tez suratlarda o'sishga erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Raqamli iqtisodiyot, URL: https://uz.wikipedia.org/wiki/Raqamli_Iqtisodiyot

2. Raqamli iqtisodiyot bizga nima beradi? URL: https://uzlidep.uz/uz/news-of-party/11083

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori

4. Raqamli iqtisodiyot stastistik ma'lumotlari, https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/raqamli-iqtisodiyot

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil dekabrdagi "2019-yil uchun eng muhim ustuvor vazifalar" haqidagi Oliy Majlisga murojaatnomasi.

6. Digital 2019: global digital overview. Value creation and capture: implications for developing countries. UNCTAD, 2020.

7. Kurpayanidi, K., Ilyosov, A. (2020) Problems of the use of digital technologies in industry in the context of increasing the export potential of the country

8. Abdullayev, A. M., & Kurpayanidi, K. I. (2020) Analysis of industrial enterprise management systems: essence, methodology and problems.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.