Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDА RАQАMLI TRАNSFORMАTSIYАNI АMАLGА OSHIRISHNING YO‘NАLISHLАRI VА ULАRNING IJROSI'

O‘ZBEKISTONDА RАQАMLI TRАNSFORMАTSIYАNI АMАLGА OSHIRISHNING YO‘NАLISHLАRI VА ULАRNING IJROSI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
43
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rаqаmli iqtisodiyot / rаqаmli trаnsformаtsiyа / rаqаmli texnologiyаlаr / strаtegiyа / biznes modellаr. / цифровая экономика / цифровая трансформация / цифровые технологии / стратегия / бизнес-модели.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nuriddinovа Аzizаxon Bаhromjon Qizi

Mаqolаdа iqtisodiyotdаgi rаqаmli trаnsformаtsiyа qilish jаrаyonlаri аxborot-kommunikаtsion texnologiyаlаrini jаdаl joriy etish, sаnoаtni innovаtsion rivojlаntirish vа rаqаmli iqtisodiyotgа o‘tish bilаn bog‘liqligi hаqidа fikr bildirilgаn. Rаqаmli iqtisodiyot shаroitidа yаngi biznes modellаrigа o‘tish tаhlil qilingаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НАПРАВЛЕНИЯ РЕАЛИЗАЦИИ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ И ИХ РЕАЛИЗАЦИЯ

В статье высказывается мнение о том, что процессы цифровой трансформации в экономике связаны со стремительным внедрением информационно-коммуникационных технологий, инновационным развитием промышленности и переходом к цифровой экономике. Анализируется переход к новым бизнес-моделям в условиях цифровой экономики.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDА RАQАMLI TRАNSFORMАTSIYАNI АMАLGА OSHIRISHNING YO‘NАLISHLАRI VА ULАRNING IJROSI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI AMALGA OSHIRISHNING YO'NALISHLARI VA ULARNING IJROSI

Nuriddinova Azizaxon Bahromjon qizi

Nаmаngаn dаvlаt universiteti tаlаbаsi

Annotatsiya: Mаqolаdа iqtisodiyotdаgi rаqаmli trаnsformаtsiyа qilish jаrаyonlаri аxborot-kommunikаtsion texnologiyаlаrini jаdаl joriy etish, sanoatni innovatsion rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotga o'tish bilan bog'liqligi haqida fikr bildirilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi biznes modellariga o'tish tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: rаqаmli iqtisodiyot, rаqаmli trаnsformаtsiyа, rаqаmli texnologiyаlаr, strаtegiyа, biznes modeler.

НAПРAВЛЕНИЯ РЕAЛИЗAЦИИ ЦИФРОВОЙ ТРAНСФОРМAЦИИ В УЗБЕКИСТAНЕ И ИХ ИСПОЛНЕНИЕ

Нуриддиновa A3roaxoH Бaхромжон кизи

студент Наманганского государственного университета

Aннотaция: В статье высказывается мнение о том, что процессы цифровой трансформации в экономике связаны со стремительным внедрением информационно-коммуникационных технологий, инновационным развитием промышленности и переходом к цифровой экономике. Анализируется переход к новым бизнес-моделям в условиях цифровой экономики.

Ключевые ^OBa: цифровая экономика, цифровая трансформация, цифровые технологии, стратегия, бизнес-модели.

DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF DIGITAL TRANSFORMATION IN UZBEKISTAN AND THEIR EXECUTION

Nuriddinova Azizakhon

student of Namangan State University

Abstract: The article expresses the opinion that the processes of digital transformation in the economy are associated with the rapid introduction of information and communication technologies, the innovative development of industry

and the transition to a digital economy. The transition to new business models in the digital economy is analyzed.

Keywords: digital economy, digital transformation, digital technologies, strategy, business models.

Kirish

Bugungi kunda iqtisodiyotni transformatsiya qilishning dolzarbligi iqtisodiyotda bir tekis amalga oshirilayotgan ijtiomiy-iqtisodiy rivojlanish va transformatsiya jarayonlarining o'ziga hos tezkor xususiyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Hududlarda iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni tizimli tahlil qilish, jahon iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlarining asosiy yo'nalishlarini va sanoati rivojlangan mamlakatlar tajribasini batafsil o'rganish talab etiladi. Mamlakatimiz Prezidenti, Sh.M. Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "...Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish kerak..." ligini ta'kidlab o'tgan edi [1]. Avvalo, raqamli iqtisodiyot nima ekanligini anglashimiz darkor.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Raqamli iqtisodiyot - bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo'lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellar yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko'chirish deganidir.

Belgilari:

- yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

- elektron hujjat almashinuvi;

- buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;

- ma'lumotlar elektron bazalari;

- CRM (mijozlar bilan o'zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

- korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari quyidagilardan iborat:

- to'lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo'lkira va boshqa resurslar tejaladi);

- tovarlar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi;

- raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari

katta;

- fidbek (iste'molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi;

- tezroq, sifatliroq, qulayroq [2].

Raqamli platformalarning rivojlanish sohasidagi yorqin misollardan biri sifatida

"Alibaba" elektron savdo tizimiga ega bo'lgan Xitoy kompaniyasini keltirib o'tish mumkin. Undan foydalanish tajribasi shuni ko'rsatadiki, ma'lumotlar to'plash jarayonida iqtisodiyotning turli sektorlariga ekspansiya uchun o'ta raqobatli ustunliklar yaratiladi. "Alibaba" bu - oddiygina raqamli platforma emas, balki platformalar ekotizimidir. Raqamli iqtisodiyot insonlarning turmush darajasini sezilarli darajada oshiradi, bu uning asosiy foydasidir.

Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va "qora iqtisodiyot"ning asosiy kushandasidir. Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma'lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma'lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to'liq axborot bermaslikning iloji yo'q, kompyuter hammasini namoyon qilib qo'yadi [3]. Ma'lumotlar ko'pligi va tizimliligi yolg'on va qing'ir ishlarga yo'l bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada "qing'ir pullarni" yuvish, mablag'larni o'g'irlash, samarasiz va maqsadsiz sarflash, oshirib yo yashirib ko'rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga legal mablag'lar oqimini oshiradi, soliqlar o'z vaqtida va to'g'ri to'lanadi, byudjet taqsimoti ochiq bo'ladi, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan mablag'lar o'g'irlanmaydi, maktablar, kasalxonalar, yo'llarga ajratilgan pullar to'liq yetib boradi va hokazo.

Davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo'nalishlar ochib beradi. "Raqamli texnologiyalar" tomon burilishga butun jahon internet tarmog'i va sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo'ldi.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda foydalanuvchilar oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet do'konlar, elektron to'lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o'rtacha xarid hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o'rtacha va yirik iqtisodiy bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni rivojlantirishdan iborat. Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog'langan, raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyatdir [4]. Bunda iqtisodiy xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi atomdan bitga, ya'ni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka o'tishga asoslanadi.

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida o'z faoliyatini olib borgan Olimjon Umarov ta'kidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs

hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi [5].

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi

O'zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi farmoni bilan "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi tasdiqlangan. Strategiya BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi va unda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo'nalishlari hamda o'rta va uzoq muddatli istiqbolli vazifalari belgilangan [6]. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi "Raqamli Toshkent" kompleks dasturi amalga oshirilmoqda.

Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 - 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash uchun quyidagi ishlar amalga oshirish belgilandi:

- aholi punktlarini Internet tarmog'iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko'paytirish, 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkaziladi;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;

- 587 ming nafar kishini, shu jumladan "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o'qitish tashkillashtiriladi;

- iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;

- hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo'yicha o'qitish uchun tegishli oliy ta'lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida o'qitiladi [7].

Tahlil va natijalar

Strategiya doirasida 2020 - 2022-yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"da to'rtta asosiy sohani, ya'ni elektron hukumatni, raqamli industriyani, raqamli ta'limni va raqamli infratuzilmani rivojlantirish nazarda tutilgan va unda, hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida:

- aholi punktlarini Internet tarmog'iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 mlngacha ko'paytirish, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 % dan 95 % ga yetkazilishi;

- hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etilishi;

- 587 ming nafar kishini, shu jumladan "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o'qitish tashkillashtirilishi;

- iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi belgilangan [8].

Raqamli texnologiyalarni amalda tatbiq etilishi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlanishining muhim yo'nalishlarini aniqlab beradi va odamlar hayotinitubdan o'zgarishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish ko'plab mamlakatlar, jumladan iqtisodiy lider - AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya uchun ham ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib hisoblanadi. Sun'iy intellekt, robotlashtirish, "Internet buyumlar" kabi texnologiyalarning yangi avlodini paydo bo'lishi ijtimoiy soha va biznes faoliyatida transformatsiya qilishni yangi to'lqinini boshlashni taqoza etmoqda. Mutaxassislarning fikricha hududlarda, kompaniyalarda bunday texnologiyalarni joriy etilishi mehnat unumdorligini 40 foizga oshiradi [9].

Microsoft kompaniyasi tomonidan berilgan ta'rifga ko'ra raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi raqobatbardoshlikni oshirish, doimo o'zgarib

turuvchi iqtisodiy sharoitda kompaniyaga o'zini rivojlantirish uchun imkon berishdir. Raqamli transformatsiyaning an'anaviy avtomatlashtirilgan tizimdan farqi samaradorlikning keskin oshishida hisoblanadi. Shuning uchun transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshrilishi, odatda yangi biznes modellarni yaratilishiga olib keladi. Shuningdek, korxonalarda korporativ axborot tizimlarini joriy etilishi yoki modernizatsiya qilinishi bo'yicha amalgaoshirilgan har qanday loyihani ham raqamli transformatsiya deb bo'lmaydi. Microsoft kompaniyasi raqamli transformatsiya loyihlarida quyidagi funksiyalarni ajratib ko'rsatadi:

1. Samaradorlikni keskin o'sishi: korxona faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari ikki barobarga yaxshilanishi mumkin.

2. Tejamkor, keng o'lchamli va moslashuvchan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish (Bulutli xizmatlar, Sun'iy intellekt, "Internet buyumlar", katta hajmdagi ma'lumotlar, robototexnika va boshqalar).

3. O'zaro bog'liq bo'lgan o'zgarishlarning mavjudligi, ya'ni loyiha biznesning bir necha sohalariga ta'sir ko'rsatishi zarur.

Mijozlar nafaqat iste'molchi bo'lishi balki biznesning bir qismiga aylanishi, tovar va xizmatlarning sifatiga ta'sir ko'rsatishi kerak. Raqamli iqtisodiyot an'anaviy iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilishni, yangi bozorlarga chiqish yo'nalishlarini belgilab beradi. Yangi biznes modellari mijozlarga yo'naltirilgan (customer centric) bo'lib, ularning strukturasini to'liq belgilab beradi, ya'ni mijoz talabini oldindan belgilangan muhim taklifini hisobga olib, xaridor tomonidan mahsulotdan foydalanish davrida, o'z vaqtida (just-in-time) yetkazib berishdan boshlab daromad kelishgacha bo'lgan davrlarni o'z ichiga oladi [10].

Xulosa

Mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish yo'li bilan transformatsiya qilinishi muqarrar. Bu jarayonni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun:

- axborot kommunkatsiya tizimlarini rivojlantirishda katta kadrlar salohiyati ega bo'lgan davlatning ta'sirini oshirish va butun jamiyat a'zolarini faol ishtirok etishini ta'minlash;

- keng miqyosda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni va texnologik transformatsiyalarni keng miqyosda joriy etilishini, ayniqsa zamonaviy texnologiyalarga asoslangan sanoat va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni rivojlantirish yo'nalishlariniqo'llab-quvvatlash zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Muroj aatnomasi. https: //president. uz/uz/lists/view/4057.

2. "Raqamli O'zbekiston-2030" Strategiyasi. https://www.norma.uz/uz/ qonunchilikda yangi/raqamli_uzbekiston.

3. Gulyamov S.S., Ayupov R.H, Abdullaev O.M., Baltabaeva G.R. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. - T.: TMI, "Iqtisod-Moliya" nashriyoti, 2019.

4. Tursunov F.U. Raqamli iqtisodiyot va globallashuv: Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning muhimligi. - T. Iqtisodiyotda innovatsiyalar, 6-son, 3 jild, DOI http://dx. doi.org/10.26739/2181 -9491 -2020-6.

5. Yo'ldosheva J.R. Usmonova S.A., Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. -T: "Fan va texnologiya" nashriyoti. 2008-yil. 132-bet.

6. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. 2022-yil. 7-noyabr. №45(210).

7. Minovarova G va Xalilov M. "Iqtisodiyot nazariyasi" fani bo'yicha o'quv uslubiy majmuasi.

8. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti.

9. Rashidov O.Yu. - Investitsion loyihalarni moliyalashtirish. - T.: TDIU, 2007.

10. www.bearingpoint.uz - "O'zbekiston iqtisodiyoti" jurnalining veb-sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.