Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA "VATAN" KONSEPTINING QIYOSIY
TAHLILI
Mamadaliyeva Husnora Baxodir qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti I bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada o 'zbek va ingliz tillarida "Vatan " tushunchasining o 'ziga xos xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Shuningdek, ikki tildagi "Vatan" tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan tushunchalar maqollar asosida o 'rganilgan.
Kalit so'zlar: Vatan, konsept, tilshunoslik, maqollar, kognitiv fonetika va fonologiya, lingvistik tadqiqotlar.
ABSTRACT
In this article, the specific features of the concept of "Homeland" in Uzbek and English languages are analyzed from a comparative point of view. Also, were studied concepts related to the concept of "Homeland" in two languages on the basis of proverbs.
Key words: Homeland, concept, linguistics, proverbs, cognitive phonetics and phonology, linguistic research.
KIRISH
Yangi O'zbekistonda xorijy tillarni o'qitishga bo'lgan e'tibor yildan yilga kuchayib bormoqda. Bu borada, ayniqsa O'zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-sonli "Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori muhim huquqiy asoslardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda tilshunoslikda rivojlanib borayotgan sohalardan biri "Kognitiv lingvistika" hisoblanadi. Ushbu fan hozirgi tilshunoslikda mustahkam o'rin egallagan, 70-yillarda tilshunoslik maktabi sifatida paydo bo'lgan tilshunoslikning dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Kognitiv so'zi ingliz tilidagi "idrok etish, anglash, tushunish" so'zidan olingan bo'lib, bu soha falsafadagi bilish nazariyasi bilan chegaralanib qolmay, tilni tafakkur (ong) va uning shakllanishining psixologik, biologik jihatlari bilan bog'laydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Shuni alohida qayd etish lozimki, kognitiv tilshunoslik tilni aqliy hodisa sifatida tadqiq etishni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ygan tamoyillar jamlanmasidir. Tilshunos olim A.Abduazizovning fikriga ko'ra, inson tili "tovushli, ovozli" bo'lib, u
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
mazmunni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala kognitiv fonetika va fonologiyada o'rganilishi sababli uni kognitiv tilshunoslikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalaridan biri - bu konseptdir.
Kontsept atamasi lingvistik tadqiqotlarda XX asrning birinchi yarmida paydo bo'la boshladi va 90-yillarda keng qo'llanila boshlandi. Bu atama aslida lotincha "konsept so'zidan olingan bo'lib, "tushuncha" degan ma'noni anglatadi. Keyinchalik bu atama tushuncha atamasi bilan chalkashib ketgach, uning so'zma-so'z ma'nosini oydinlashtirishga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazila boshlandi.
Tilshunoslikka oid aksariyat ilmiy adabiyotlarda "konsept" atamasiga quyidagicha ta'rif berilgan: "Konsept so'z ma'nosiga o'xshash, faqat bog'lanishlari jihatidan farq qiladigan tushunchadir"1.
XX asrda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, yozilgan adabiyotlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularning ko'pchiligida kontsept haqidagi sharhlarga tanqidiy yondashildi. Faqat 80-yillarga kelib, bu atamaga ehtiyoj yana paydo bo'ladi. Y. S. Stepanov o'z tadqiqotida psixik shakllanishning mohiyatini ochib berishga harakat qiladi va konsept so'zining etimologiyasiga murojaat qiladi. Kontsept lotincha konseptus - tushuncha so'zining tarjmasi bo'lib, ikki tomonlama xususiyat kasb etadi.
Bir tomondan madaniyat insonning ruhiy olamiga konsept shaklida kirsa, ikkinchi tomondan, inson madaniyatga tushuncha yordamida kirib keladi va ba'zan unga ta'sir qiladi"2.
N.Y.Shvedova esa kontsept tushuncha ekanligini, bu tushuncha ortida ijtimoiy yoki subyektiv idrok qilinadigan, inson hayotining muhim moddiy, aqliy va ma'naviy tomonlarini aks ettiruvchi, o'ziga xos tarixiy ildizlarga ega bo'lgan mazmun mavjudligini ta'kidladi.
So'zning turli tushunchalar bilan bog'lanishida ma'no ifodalash xususiyati haqida o'rta asr olimlari ham ijobiy fikr bildirib o'tganlar: "Konsept deb yozadi B.Grasian, ongda turli predmetlar (g'oyalar, tushunchalar) o'rtasidagi aloqa haqida tasavvur paydo bo'lishi va ushbu aloqani timsol, so'z yoki harakat vositasida ifodalash imkoniyati tug'ilishida shakillanadi" Yuqoridagi fikrlar va qarashlarga asoslanib shuni aytish joizki, konsept - bu ma'noning yoki aqliy ifodalashning kognitiv birligidir. Konsept milliy, ijtimoiy, ma'lum guruhga tegishli va individual xususiyatlarga ega bo'lib, insonning mental dunyosi hamda ma'daniyati va tarixiga bog'lanadi.
"Vatan" konseptining ingliz va o'zbek tillarida ifodalanishi zamrida bu ikki tilning madaniy-kognitiv tizimida ona yurtga bo'lgan munosabat, uning ma'no va
1 Аскольдов, С. А. Концепт и слово / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ностик структуре текста. Антология. - М.: Academia, 1997. - С. 267.
2 Шведова Н.Ю. Избранные работы. - М., 2005. - С. 122.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
mazmunini chuqur anglash hissi yotadi. "Vatan" tushunchasini keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Tor ma'noda Vatan - inson tug'ilib o'sgan zamin, bir hududga mansub xalqning maskani. Keng ma'noda Vatan - insoniyat uchun yagona yer sayyorasi bo'lib, u insoniyatni bir maqsad yo'lida birlashtiradi.
Vatan tushunchasi izohli lug'atlarda quyidagi ma'nolarda ifodalangan::
1. Vatan — inson tug'ilib o'sgan mamlakat, shahar yoki qishloq; Bulbul chamanni sevar, odam-vatanni (maqol). Ingliz: Every birds like its own nest. (proverb).
2.Vatan - kishi tug'ilib o'sgan va o'zini uning fuqarosi hisoblagan mamlakat; ona yurt. Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan o'lchanadi. Ingliz: The value of a person is measured not by his/her actions and rank, but by his/her service to homeland and people3.
Vatan konseptining ma'nodoshlari sifatida Ona yurt, ona diyor, ona tuproq, ona zamin, ota yurt, kindik qoni tug'ilgan joy, mamlakat kabi tushunchlarni olsak, ularni ingliz tiliga Motherland, mother earth, native soil, home land, place of birth,fatherland,country kabi ma'nodosh tushunchalar bilan ifodalanishini ko'rishimiz mumkin. Vatanni madh etish, uni tarannum etish, uni sevish, millati, elatidan qat'i nazar, u uchun har qanday ishga tayyor bo'lish har bir insonning sharafli burchidir. Vatanni onaga qiyoslash, uni ona Vatan deyish har bir davlatning milliy lug'ati da mavjud.
Sababi, ona bag'rida ulg'ayganimizdek ona tabiat, ona zamin bag'rida ulg'ayib, erkin yashaymiz. Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqib aytish mumkinki, Vatan tushunchasiga oid ingliz va o'zbek tillarida qo'llaniladigan maqollar shakl va leksik jihatdan bir-biridan farq qilsa-da, mazmun jihatdan o'xshashdir.Sababi, biz onamiz bag'rida qanchalar yayrab o'sgan bo'lsak, ona tabiat, ona diyor qo'ynida ham shunchalar yayrab o'samiz, erkin yashaymiz.
"Vatan" tushunchasi ingliz va o'zbek tillarida turlicha ifodalanadi. Ingliz tilida Vatanga muhabbat ko'proq "uy" tushunchasi orqali ifodalanadi. Bu holat ingliz tili madaniyatining individualligi bilan izohlanadi. Inglizlar o'zlarining yashash joylarini, ya'ni uylarini yaxshi ko'radilar va shuning uchun uni Vatanning yorqin ramzi deb talqin qiladilar.
Ingliz xalq maqollarida uy qasrga, saltanatga, jannatga, dunyoga qiyoslanadi: Englishman's home is his castle. Home is where you hang your hat. Every bird likes
3 Аскольдов, С. А. Концепт и слово / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ностик структуре текста. Антология. - М.: Academia, 1997. - С. 268.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
its own nest. Home is the father's kingdom, the children's paradise, the mother's world. East or West, home is best4.
O'zbek xalq maqollarida esa Vatan tushunchasi ona timsoli bilan namoyon bo'ladi. O'zbek maqollarida, ona Vatan tushunchasi erkinlik hissi bilan yonma-yondir. Ona yurting-oltin beshiging. Bulbul chamanni sevar, Odam vatanni. Ona yurting omon bo'lsa, rangu-ro'ying somon bo'lmas.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Vatan konsepti nafaqat o'zbek va ingliz, balki butun dunyo xalqlari lingvomadaniyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi tushuncha bo'lib, har bir xalq o'z milliy qadriyatlari, mentaliteti va tarixan shakllangan urf-odatlaridan kelib chiqqan holda ushbu tushunchani turlicha talqin etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Kosycheva, M.A. Cognitive foundations for the study of linguistic phenomena - Samara: SF MGPU, 2006. - C. 145-149.
2. Аскольдов, С. А. Концепт и слово / С. А. Аскольдов // Русская словесность. От теории словес-ностик структуре текста. Антология. - М.: Academia, 1997. - С. 267-280.
3. Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры / Ю. С. Степанов. - М.: Академический проект, 2004. - 298 c.
4. Шведова Н.Ю. Избранные работы. - М., 2005. - 603 c.
XULOSA
4 Степанов, Ю. С. Константы: Словарь русской культуры / Ю. С. Степанов. - М.: Академический проект, 2004. - С 198.