Научная статья на тему '“VATAN” KONSEPTUAL SEMANTIKASINI VOQEALANTIRUVCHI TIL VOSITALАRINING АLISHER NАVOIY АSАRLАRIDА TALQINI'

“VATAN” KONSEPTUAL SEMANTIKASINI VOQEALANTIRUVCHI TIL VOSITALАRINING АLISHER NАVOIY АSАRLАRIDА TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
235
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kontsept / vatan kontsepti / tushuncha / olamning lisoniy manzarasi / tuygʼu / fikr-mushohada

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sadoqat Аbbosxon Kizi Sharipova

Mazkur maqolada kontsept, kontseptual semantika, vatan kontsepti va uning universal tabiat, Аlisher Navoiy asarlarida Vatan kontseptining talqin etilishi xaqida soʼz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“VATAN” KONSEPTUAL SEMANTIKASINI VOQEALANTIRUVCHI TIL VOSITALАRINING АLISHER NАVOIY АSАRLАRIDА TALQINI»

"VATAN" KONSEPTUAL SEMANTIKASINI VOQEALANTIRUVCHI TIL VOSITALARINING ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TALQINI

Sadoqat Аbbosxon kizi Sharipova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Anotatsiya: Mazkur maqolada kontsept, kontseptual semantika, vatan kontsepti va uning universal tabiat, Alisher Navoiy asarlarida Vatan kontseptining talqin etilishi xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kontsept,vatan kontsepti, tushuncha, olamning lisoniy manzarasi, tuyg'u, fikr-mushohada

INTERPRETATION OF LANGUAGE MEANS REALIZING CONCEPTUAL SEMANTICS "MOTHERLAND" IN THE POETS OF ALISHER NAVOI

Sadoqat Abbasxon kizi Sharipova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Annotation: This article deals with the concept, conceptual semantics, the concept of Motherland and its universal nature, the interpretation of the concept of Motherland in the poets of Alisher Navoi.

Keywords: concept, concept of homeland, concept, linguistic view of the world, emotion, thought

Kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan biri - bu kontseptdir. Bu atama XX asrning 90 yillariga kelib keng qo'llanila boshladi. Kontsept so'zi aslida lotincha conceptus bo'lib, "tushuncha" ma'nosini ifodalaydi. Hozir ham ko'pincha "kontsept" terminidan "tushuncha" so'zining sinonimi sifatida foydalanilmoqda. Shuningdek, kontsept termini matematik logika, madaniyatshunoslik, psixologiya kabi fanlarda ham faol qo'llanilmoqda. Ye.S.Kubryakova ta'kidlaganidek, "kontsept" termini tafakkur,anglash, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi kognitiv psixologiya hamda kognitiv tilshunoslik, lingvokultturologiya fanlari uchun "soyabon" vazifasini o'taydi .

Tilshunoslikda keng ishlatilayotgan "Olamning lisoniy manzarasi" tushunchasining o'rtaga chiqishida fizik olim G.Gertsning xizmati bor. Tilshunoslikka kirib kelishi va keng joriy qilinishi esa L.Vaysgerber nomi bilan bog'liq. U lisoniy belgini tushunchaga tenglashtirgan holda, har bir xalq lug'at boyligidagi belgilarga muvofiq keladigan tushunchalarga - olamning o'ziga xos manzarasiga ega bo'ladi, deb hisoblaydi. L.Vaysgerber fikricha, tilda u yoki bu

lisoniy belgi, ya'ni tovush ifodasi bo'lmasa, unga mos keladigan tushuncha ham bo'lmaydi, turli tilda gaplashuvchi insonlar turli olamlarda yashaydilar.O'zbek tilshunosligida rus va boshqa tilshunosliklarda bo'lgani kabi olamning kontseptual va lisoniy manzaralari farqlanadi. Olamning kontseptual manzarasi hissiy idrok bilan bog'liq bo'lib, his etish orqali tasavvur qilingan manzara hisoblanadi. Olamning lisoniy manzarasi esa kontseptual ya'ni hislar orqali anglangan, tasavvur qilingan manzaraning tildagi ifodasidir. Olamning kontseptual manzarasi muayyan kontseptlar sifatida namoyon bo'lsa, olamning lisoniy manzarasi til birliklari orqali ifodalanadi.

Atoqli tilshunos, professor G'.M.Hoshimov kontseptga quyidagicha ta'rif beradi: "Kontsept, bu-tafakkurda kechuvchi biri-biri bilan chambarchas bog'liq nafaqat ikki muhim jarayon (kontseptualizatsiya (kontseptuallashtirish) va kategorizatsiya (kategoriyalashtirish)ning natijasi bo'lib sanaladi, balki unga qo'shimcha yana bir qator muhim (psixologizatsiya, kognitizatsiya, sotsiologizatsiya, (lingvo) semantizatsiya, sotsiolektizatsiya,stilizatsiya (dialektizatsiya, variantizatsiya va idiolektizatsiya kabi) jarayonlarning pirovard natijasidir, va u yaxlit kontseptual/kognitiv semantika sifatida lingvistik semantikaning kognitiv asosini tashkil etadi hamda unda til birligi o'zining semantik sig'imi bilan bog'liq holda ma'lum darajada (qisman) aks etadi". Professor kontseptni murakkab idrokiy voqelik, ya'ni tilda verbal (va kerak hollarda noverbal) vositalar orqali voqelantiriluvchi hodisa sifatida murakkab ichki tashkil etuvchilardan iborat deb hisoblaydi. Olimning fikricha, u o'ziga xos tashkil etuvchilarni o'z ichiga olgan shajaraviy tarkibga ega va tilda gapiruvchilar o'rtasida barcha so'zlovchilar tomonidan belgi (lar) orqali moddiylashtiriladi hamda barchaga umumiy bo'lgan bir ma'no sifatida qabul qilinadi.1

Til inson ongida kontseptni ifodalovchi va shakllantiruvchi vositalardan biridir. Kontsept inson aqliy dunyosidagi madaniyatning asosiy yacheykasidir. Kontseptlar inson ongida nafaqat so'zning lug'aviy ma'nolari asosida, balki shaxsiy hamda butun bir xalqning madaniy-tarixiy tajribasidan kelib chiqib paydo bo'ladi. Tajriba qancha boy bo'lsa, kontseptning chegarasi shunchalik keng bo'ladi. Aynan shunday holatda kontsept o'zini har tomonlama namoyon eta oladi. Zotan, kontsept dunyoni bilish va u haqda o'z tasavvuriga ega bo'lish demakdir. Intensivlikning kontseptualizatsiyalashuvi til jarayoni bo'lib, unda til birliklari ma'no jihatdan qayta ishlanadi. Intensifikator ham so'zga nisbatan qo'llanadi, natijada o'sha so'zning kontseptiga aloqador bo'ladi. Kontseptlar xalqning ongida jamoa merosi sifatida, uning ma'naviy mulki, madaniyati sifatida namoyon bo'ladi. Aynan jamoa ongi (fikri) kontseptning yashovchanligini ta'minlovchi muhim vositalardan biri sanaladi.

1 Shayxislomov Nursulton Zamon o'g'li. Kognitiv tilshunoslik to'g'risida tushuncha va uning universal tabiati. Ilmiy maqola.Scientific progress. 2021. 412-bet

Oddiy tushuncha va kontsept o'zining farqli hamda o'xshash tomonlariga ega. Tushuncha moddiy borliqdagi narsa-hodisalarning eng muhim belgilarini ifodalasa, kontsept ularning yuzaki (o'ta muhim bo'lmagan) tomonlarini ham ifodalay oladi. Tushuncha so'z orqali ifodalanadi. Lekin tushuncha va so'z aynan bir narsa emas. Tushuncha biror bir sinfga kiruvchi predmetlarni umumlashtirish va bu predmetning umumiy va farqlovchi belgilari majmuasi asosida shakllanadi. Bir umumiy tushuncha turli tillarda turli so'zlar orqali ifodalanadi. Masalan, ingliz tilida - water, nemis tilida wasser, o'zbek tilida suv, rus tilida voda kabi. Ushbu misollar so'z ma'nosi va tushunchaning bir-biri bilan zich aloqada ekanligini ko'rsatadi. Shu sababli turli millatlar tillaridagi so'zlar o'z ma'nosiga ko'ra bir-biriga qisman yoki aynan mos kelishi mumkin. Shuningdek, so'z tushunchaning ifodalovchisi hisoblanadi va shu asosda bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish imkoniyati tug'iladi. Ba'zi olimlar tushuncha va so'z ma'nosining bir-biriga mos kelishini ta'kidlaydilar hamda shu asosda tushuncha va so'z ma'nosini mohiyatan bir narsa deb qaraydila. Bu masala munozaraligicha qolmoqda. Tushuncha va so'z ma'nosining birligi nimada ko'rinadi, degan savol tug'ilishi mumkin. Har ikkalasi ham bir xil predmet yoki hodisani ifodalaydi, umumlashtiradi. Bu tarzda ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Tushuncha so'z va uning ma'nosisiz mavjud bo'lmaydi va, aksincha, so'z tushunchaning, fikrning ifodalovchisi hisoblanadi. So'z ma'nosi til kategoriyasi, tushuncha esa tafakkur kategoriyasi bo'lishi sababli ular bir-biridan farq qiladi.

Ma'lumki, tafakkur qonunlari ob'ektiv olam bilan bog'liq. Tushuncha mazmuni millatga bog'liq emas, u umuminsoniy xarakterga ega. Shuning uchun ham turli millat vakillari bir-birlarini oson tushunadi, fikr almasha oladi. So'z esa milliy xarakterga ega bo'lib, mazkur xalq tilining o'ziga hos qonun-qoidalari asosida shakllanadi. Shu bois ham bir so'zning ma'nosi boshqa tildagi so'z ma'nosi bilan har doim ham mos kelavermaydi. B.Ismoilov o'z tadqiqotida rus tilidagi "stol" tushunchasi ingliz va rus kishisi uchun bir xil bo'lsa-da, uni leksik ma'nosiga ko'ra ingliz tilidagi "table" so'zi bilan bir xil ma'noda qo'llab bo'lmasligini to'g'ri ta'kidlaydi. Lug'aviy ma'nosiga ko'ra kontsept va tushuncha bir-biriga umuman yaqin, lekin kontsept tushunchaga nisbatan keng ko'lamga ega. Masalan "stol" so'zining ma'nosini tushuntirishda biz "to'rt oyoqli, ust qismi silliq, yozish yoki ovqatlanish uchun foydalaniladigan mebel turi" deb izohlaymiz. Tushunchada stolning eng muhim tomonlari aks etadi, xolos. Kontsept lingvistik kategoriya sifatida tushuncha kategoriyasini til tizimida namoyon etuvchisidir.

Kontseptni aniqlash tadqiqotchilar tomonidan turli usullar yordamida amalga oshiriladi:

1. So'z etimonini aniqlash yordamida. Bunda kontseptning yozuvgacha bo'lgan tarixini aniqlash yo'li tutiladi.

2. Asos guruhlarni o'rganish, yatni berilgan etimondan hosil bo'lgan so'zlar guruhini o'rganish.

3. Diaxroniyada yasama so'zlarni qo'llashni o'rganish orqali, ya'ni epidigmatik bog'lanishlarni o'rganish.

4. Berilgan so'zlardan asosiy qo'llanilayotganlarini sinxron darajada o'rganish. Bunda sintagmatik bog'lanishlar o'rganiladi.

5. Tahlil qilinayotgan so'z - kontseptning paradigmatik bog'liqliklarini o'rganish.

6. Berilgan so'zni boshqa tildagi aynan (yoki shunga yaqin) so'z kontsept bilan taqqoslash.

Sanab o'tilgan usullar, shuningdek, olingan material va ekstrolingvistik omillarni sintezlash orqali tahlil qilinayotgan so'zning milliy-madaniy spesifikasi hamda shu bilan bog'liq holda tahlilga tortilayotgan kontseptning milliy-madaniy spesifikasini aniqlash mumkin. Kontsept tizimda mavjud bo'ladi, u boshqa kontseptlardan kelib chiqadi,sistemadan alohida ajratib olinsa, u tadqiq etilayotgan obtekt to'g'risida noto'liq tasavvurlar beradi. Kontsept tahlilini kontseptosfera doirasida tadqiq qilish, dominanta va chekka (yondosh) kontseptlarni izlash maqsadga muvofiqdir. Kontseptosfera atamasi mental reallikni ifodalashga xizmat qiladi. Kontseptlarning madaniyat, kasbiy etika ishlarini yuritishdagi o'rni beqiyosdir. Umumiy kontseptlar individual kontseptlardan, etnomadaniylari etnososiomadaniylaridan farqlanadi.2

Vatan kontsepti deyarli barcha ijodkorlar ijodida keng o'rin egallaydi. Qolaversa, ko'plab olimlar o'z ishlarida ayni shu masalaga ham alohida to'xtalib o'tgan. Shuni alohida qayd etish joizki, vatan va vatanparvarlik mavzusi eng katta ehtiyoj singari har doim insoniyatga kerak bo'lgan, uning ma'naviy kamolotida asosiy omil bo'lib xizmat qiladigan vositadir. Yosh avlodni buyuk kelajak uchun jonkuyar farzandlar qilib tarbiyalashda, eng asosiy e'tibor ularning qalbida vatan tuyg'usini chuqur ildiz ottirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratiladi.

Hazrat Alisher Navoiy asarlarida Vatan mavzusi, vatanparvarlik g'oyasi muhim o'rin tutadi. Ulug' mutafakkir tug'ilib o'sgan shaxrini qaynoq muxabbat bilan sevgan. Xayrat ul-abror da o'z kindik qoni tomgan zamin ta'rifiga aloxida maqolat bag'ishlagan bo'lsa, "Saddi Iskandariy" dostonida xam Hurosonu Movorounnaxrni madh yetgan. Jumladan:

Mash'ala yuqkim,duri tobon degil,

Dur demagil,mexri duraxshon degil.

Ko'k yeti iqlimida sulton xam ul,

Balki alar borcha tanu jon xam ul.

2 Xotamova Iroda Ibroximovna.:Ingliz va O'zbek tillarida qo'shma so'zlarning badiiy adabiyotlardagi kognitiv xususiyatlari. Toshkent.YZDJTU.2017.45-bet

Ulug' shoir talqinicha, Vatan jannat bog'laridan afzal, falakdandan xam keng, yettinchi osmondan xam yuksakdir. Vatan-durri tobon, Vatan-nur, Vatan-mehri duraxshon, Vatan-sulton, Vatan-tanu jon. Ona yurtning jug'rofiy muxiti, obi xavosi, ko'rku tarovati, oltinga teng tuprog'i, tog'lari, saxrolari, sabzayu rayxonlari, nurafshon fasllarining oltin tovlanishlarini nozik vas amimiy sevgi bilan tarannum etgan xassos shoir yana yozadi: Yerda bu iqlim erur dilpazir, Ko'kda quyosh toramidek benazir.

Faylasuf shoir talqinicha,Vatan tuprog'ida nash'u namo topgan xar bir daraxt yuz gul ochadi, undagi xar gulning muattar xidi bir yig'och masofaga tarqaladi. Ona yurt ariqlarida oqgan zilol suvning sadosi bulbullar xonishlariga uyg'undir: Suv tarab angiz chekib g'ulg'ula, O'ylaki ishrat nafasi bulbula.

Hazrat Navoiy tabarruk qadami yetgan xar bir muqaddas tuproqqa xamisha cheksiz xayrat-hayajon,yuksak ehtirom va sadoqat bilan munosabatda bo'lgn.Ulug' mutafakkir aziz poyi yetgan yurtning xar bir go'shasi xaqida o'lmas satrlar yozib qoldirgan. Bugun o'sha bitiklar yuz yillar sinovidan o'tib, tarix zarvaroqlarida o'chmas yodgorlikka aylandi. Navoiy asarlari muqaddas Qur'oni Karim va hadisi shariflardan oziqlangan. Buni uning cheksiz lirik g'azaliyoti, asarlaridagi baytlarga diqqat bilan nazar tashlash orqali ilg'ash mumkin.

Vatan mavzusi zamonaviy o'zbek she'riyatida alohida yirik ko'lam kasb etadi. Bu esa alohida tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Ta'limda vatan kontsepti haqida tushuncha berish, uni o'quvchilar ongiga singdirish esa har doim o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan va dolzarblik kasb etadigan mavzu bo'lib qolaveradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, mumtoz adabiyotda vatan kontsepti, uning o'ziga xos izohi va ma'no nozikliklariga deyarli e'tibor qaratilmagan. Ayniqsa, o'z ijodi bilan inson ma'naviy kamolotini ko'zlagan Alisher Navoiy lirikasida ham vatan tushunchasi o'ziga xos tarzda qo'llanadi. Uning lirik asarlariga diqqat qaratadigan bo'lsak, turfa mavzular, g'oyalar teranligi, mohiyat betakrorligini ilg'ash mumkin. "Navodir-ush shabob"devonida ham ana shunday betakror mavzular qalamga olinadi. Devonda vatan kontsepti bilan bog'liq baytlar ham salmoqli o'rin tutadi. Mohiyatan, vatan kontsepti kishining tug'ilib o'sgan joyiga nisbat berilsa, g'azallarda qo'llangan vatan kontsepti baytlar mazmuniga joziba baxsh etuvchi o'ziga xos tashbeh vazifasini o'taydi. Bunda, albatta, vatanning ulug'lik, muqaddaslik, yagonalik sifatlariga alohida urg'u beriladi. Lirik merosida esa go'zal tashbeh yaratishda o'ziga xos vosita rolini o'taydi. Xususan, "Badoe ul-bidoya" devoni tarkibiga kiritlgan 21-g'azaldan olingan ushbu baytga diqqat qilaylik:

Jism uyidin ko'ngul tilar ul ko'yni, valek,

G'urbat suubatin kishi bilmas vatan aro.3

Aslida g'azal ishqiy mavzuda bitilgan. Baytlarda yorning jafokashligidan iztirob chekayotgan oshiq ruhiy holati tasvir etiladi. Lekin 3-baytga kelib ishqiy holat bayoni vatandan ayro kishi holatiga nisbat berilgan holda tasvir etiladi.

Vatandan olislamagan kishi g'urbat neligini bilmaydi. Unga bu holat begona. Lirik qahramon ham yorni ana shunday g'urbat neligini bilmagan obraz sifatida tavirlaydi. Garchi bayt ishqiy mazmun kasb etsa-da, yuqorida keltirilgan bayt vatan hissini anglash va anglatishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Shujoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo'lmaskim, Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustoh.4

"Kulbayi faqr" - ko'ngil to'qligi. Uning nafsning turfa oroyishlaridan xoliligi va qalb xilvatida haq sari intilish demakdir. Kulbayi faqr shoir ta'rifida vayrona, deb keltiriladi. Sababi u dunyoning o'tkinchi shodliklaridan xoli, qolaversa, dard-u g'ussaga makon. Hayot lazzatlaridan voz kechib ushbu faqirlik kulbasiga shijoat bilan qadam qo'yish har kimning ham qo'lidan kelmaydi. Ayniqsa, haybati ajdaho bo'lgan taqdirda ham, gustoh, ya'ni osiylar bunda vatan tuta bilmaydi. Demak, vatan kontsepti ushbu o'rinda muqaddaslikka yo'g'rilgan holda tasvir etiladi. Keyingi g'azalda vatan "yashaydigan joy","muqim makon" ma'nolarida qo'llaniladi: Lahad kunjin vatan aylab minibtur umridin Majnun, Ne bo'lsa, men kibi ovorayi bexonumon ermas.5

Baytda Majnun obrazi asnosida vatan so'zi qo'llaniladi. Lirik qahramon Majnunning lahad kunjini vatan, ya'ni turar-joy, yashash makoni qilganligiga nisbat beradi. Keyingi g'azal ham ushbu g'azalga hamohangdek ko'rinadi. Sababi yuqorida keltirigan g'azal baytida vatan yashash joyi mamunini anglatib kelsa, keying g'azalda vatandan yiroq tushiish ovoraliqqa teng kelishi,vatanda ko'rilgan ovoraliqning o'zi esa yuz xonumondan yaxshiroq ekanligi tasvirlanadi: Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad, Kim bu nav ovoraliq yuz xonumondin yaxshiroq.6

Yana bir o'rinda lirik qahramon ruhiy holatini tasvirlashda ishq makoni sifatida vatan kontseptiga murojaat qilinadi:

Ko'ngul to vodiyi ishqig'a tushti, qilmadi bir xam Vatanni yod ul ovorayi bexonumon hargiz.

Oshiq mahbubasi ishq vodiysida yashaydi, oshiq ko'ngli esa ana shu vodiyga tushgan. Biroq yor o'zi makon tutgan joyga parvo qilmasdan ketadi. Endi oshiq uchun ham ma'shuq yashovchi joy - Vatan. Ikkalasi uchun esa ishq vodiysi vatandir. Bu baytda esa vatan tushunchasi ishq-muhabbat bilan yonma-yon qo'yilgani holda,

3 Xayitmetov. A. Navoiy lirikasi - T.: Fan, 2015.44-bet

4 Xayitmetov. A. Navoiy lirikasi - T.: Fan, 2015.71-bet

5 Xayitmetov. A. Navoiy lirikasi - T.: Fan, 2015.222-bet

6 Xayitmetov. A. Navoiy lirikasi - T.: Fan, 2015.275-bet

uni sevish, avaylash mazmuuniga nisbat beriladi.Vatan kontsepti quyida keltirilgan baytda betakror tashbeh bilan ifodalanadi:

Chug'z tashbihin manga,ey husn ganji qilmakim, Men vatan buzmishmen, ul qilmish buzug' vatan ichra.

Ana shu mazmundan kelib chiqqan holda yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash mumkin: ko'ngillarni vatandan judo bo'lishini istasang, zulfing tugunlarini yechib tara. Bu baytning yoyiq holati. Uni mohiyatan izohlaganda esa, boshqacha mazmun anglashiladi. Ko'ngil ishq rishtasi sifatida talqin etilishi ma'lum. Soch esa tasavvuf adabiyotida ishq sirlariga yetishish vositasi sifatida talqin etiladi. Ko'ngil esa ana shu sochlarga bog'langan. Bu bog'ichlar yechilsa, u zero, inson uchun eng katta musibat-vatandan judo bo'lish. Bu kishini xor-zorlikka soladi. Yuqoridagi baytda ham oshiq qalbining, ruhiyatining og'riqlarini yanada aniqroq tasvrlashda ayni shu so'zdan foydalaniladi. Ayrim o'rinlarda vatan kon septi Majnun timsoli bilan birgalikda, yoki unga ishora qilgan holda keltiriladi. Bunda Majnunning yor ostonasini makon tutganligi, yoki boshqa bir o'rinda ana shu makondan judo bo'lib jafo chekkkanligi tasviri oshiq ruhiy holatga hamohang holda keltiriladi: Garchi Mjanunmen sening ko'yungni o'q aylab vatan, Anda o'q bo'lsam bo'lay bozichayi atfolkim. Yoki Lahad kunjin vatan aylab tiniptur umridin Majnun, Ne bo'lsa men kibi ovorayi bexonumon ermas.

Dastlab keltirigan baytda oshiq o'zini Majnunga qiyos etadi. Xuddi u kabi yor ko'yida bolalar o'yinchog'i singari o'q bo'lishni ixtiyor etishini ifodalaydi. Keyingi baytda esa, o'z holini Majnunnikidan yuqori qo'yadi. Majnun lahad kunjin vatan tutub umrini nihoyasiga yetkazgan, biroq oshiq undan farqli ravishda, bexonumonlikda ovorayi sarson. Baytda vatan va bexonumonlik tushunchalari o'zaro qarama-qarshilikda tasvirlanagan. Aslini olganda ham vatan va vatansizlik mazmunidagi bexonumonlik tushunchalari doimo o'zaro zidlanadi. Vatan muayyan makonga ega ekanlik, unga taalluqlilik mazmunini anglatsa, bexonumonlik vatansizlik, undan judo bo'lish singari ma'nolarni ifoda etadi.

Tuyg'u, fikr-mushohada va tasvir - bularning barisi Sharq adabiyotida, avvalo, mazmun va mohiyatga asoslanadi. Yeski adabiy matnlar bilan tanishganda so'zning ba'zan o'nlab ma'no-mazmuni bilan qiziqishga to'g'ri keladi. Agar shunday qilinmasa, ayni bir ijodkor ulardan qanday maqsadlarda foydalangani ham, matndan matnga ko'chgan sayin so'zdagi ma'no o'zgarishi yoki yangilanish sabablari ham ochilmasdan qolaveradi. Alisher Navoiy soqiynomasida yozadi: Mehribonlar qani, ahbob dog'i! Hamnishinlar qani, ashob dog'i! Barcha g'urbatda xirom ayladilar, Xuld bog'in maqom ayladilar.

G'urbat deyilganda, asosan, yel-yurtdan judolik, ayriliq hasrati kabi ma'nolar tushuniladi. "Barcha g'urbatqa xirom ayladilar" deyilganda yesa, "g'urbat" so'zi narigi dunyo, ya'ni oxirat mazmunida qo'llanilgan. Kishiki vasl tilar, g'urbat ixtiyor yetsun, Ul orzug'a burun tarki xonumon yaxshi.

Bu baytdagi "g'urbat" yendi butunlay boshqa mohiyatga yega va uning o'lim yoxud oxirat tushunchasiga aloqasi yo'qdir.Navoiyning vasl orzusini tark va g'urbatga vobasta tarzda ifodalashida ham Bag'dodiy sharhlagan tavhidga ishoratni sezish qiyin yemas. Bundan tashqari, shoirning "g'urbat ixtiyor yetsun" degan chorlovi zamirida visol tilar kishi g'arib bo'lsin, g'ariblik maqomiga ko'tarilsin, mazmunidagi fikr ham mavjuddir. Ulug' shoir "Saddi Iskandariy" dostonida: Navoiy, chu g'urbatda sen shod bo'l, Vatan yodi ranjidin ozod bo'l! Agar Sharqu G'arb o'lsa manzil sanga, Ne g'am, kom agar bo'lsa hosil sanga -

deydi. Odam g'urbatda, ya'ni yel-yurtidan yiroqlarda yurib, g'ariblikda ham shod-xurram kun kechirishi mumkinmi? "G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish..." misrasi bilan boshlanadigan mashhur ruboiyni tahlil qilgan olimlarning deyarli barchasi ushbu savolga mantiqan "Yo'q! Hech mumkin emas!", deya javob qaytarishgan. Mana, maktab darsliklaridan birida g'urbat tushunchasi qanday yoritilgan: "Har bir inson, jonzot o'z vatani, o'z tuprog'ida aziz, ardoqli... o'z yurtidan ajralish fojia. Inson faqat o'z vatanida o'zini g'arib, bechora sezmaydi... Bu to'rt misra zamiriga shoir olam-olam ma'noni jo yetib, vatansizlik inson uchun og'ir azob yekanini, har qanday sharoitda ham o'z yeriga sodiq qolish odamni baxt-saodatga eltishini ta'kidlamoqchi bo'ladi" (S.Axmedov, R.Qo'chqorov, Sh.Rizaev).7 Bu kabi fikr-mulohazalarni «g'urbat» va «g'arib» so'zlari uchraydigan har bir she'r to'g'risida aytish mumkin. Lekin Navoiy she'riyatida ushbu ikki kalimaning lug'aviy mazmunidan ko'ra istilohiy ma'nosiga keng va teranroq qarash shartdir. Chunki ularning har ikkalasi ham shoir dunyoqarashi va ijodiyotining tub mohiyatini anglashga xizmat qiladigan "kalit" istilohlardan sanaladi. Aks holda Navoiy devonlaridagi:

G'urbat ichra istar yerdim kezibon yoru diyor, Chunki topdim, istamak g'urbat yerur behad g'arib -

kabi baytlarni anglash, to'g'ri talqin qilish yo'li o'z-o'zidan to'siladi. Bizningcha, navoiyshunoslikdagi yeng katta bir nuqson ham ana shu.Bundoq qaraganda, "G'urbatda g'arib..." ruboiysi to'g'risida aytilmagan gap qolgani yo'q. Lekin haqiqiy she'r uchun hech bir sharh, tahlil va talqin oxirgi xulosa bo'lolmaganidek, avval anglanmaganni anglash, hanuz yoritilmagan ma'no qirralarini

7 Aga6ueT (yMyMHH ypTa Ta*MHM MaRTa6^apHHHHr 6-CHH$H ynyH gapc^HR-Ma^Mya. TomKeHT, 2005, 189-6eT). I icclT^^^^H 447 http://oac.dsmi-qf.uz/

yoritishga aslo monelik ko'rsatmaydi. Xuddi shu yehtiyoj tufayli biz ruboiyga qayta murojaat qilib, uni batafsilroq tahlil yetishga urindik. G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas yemish, Yel anga shafiqu mehribon bo'lmas yemish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulga tikandek oshyon bo'lmas yemish.

Ruboiyning, ayniqsa, vatan va vatansevarlik e'tiqodiga nisbat berilishi ko'p tadqiqotchilarni maqola va kitoblarida uni chetlab o'tmaslikka rag'batlantirgan, desak xato bo'lmas. Avvalo, bevosita shu she'rdan bahs yuritgan ayrim navoiyshunoslarning fikr-mulohazalariga to'xtalib o'tsak. A.Hayitmetovga ko'ra, mazkur ruboiyni Navoiy "yoshligi oxirlarida, goh Mashhadda bir burchakda, goh Hirotda bir buzug'da hech bir kimsaning yordamisiz yashab yurgan yillarda"8yozgan. Navoiy bu ruboiysida Vatan kontseptiga oid syzlarni ustalik bilan yoritgan: Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulga tikandek oshyon bylmas yemish.

Bu o'rinda oltin qafas va oshyon so'zlari Vatanga ishoratni bildiradi. Xulosa qilib aytganda, vatan kontseptini keng va tor ma'noda tushunish mumkin.Shuni alohida qayd etish joizki, vatan va vatanparvarlik mavzusi eng katta ehtiyoj singari har doim insoniyatga kerak bo'lgan, uning ma'naviy kamolotida asosiy omil bo'lib xizmat qiladigan vositadir.Yosh avlodni buyuk kelajak uchun jonkuyar farzandlar qilib tarbiyalashda, eng asosiy e'tibor ularning qalbida vatan tuyg'usini chuqur ildiz ottirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiylashga qaratiladi. Zero, o'zligini anglagan, yuragida vatan ishqi jo'sh urgan kishigina o'z zamini uchun chin ma'noda qahramonlik ko'rsatmoqqa qodir. Vatan kontsepti deyarli barcha ijodkorlar ijodida keng o'rin egallaydi. Ko'plab olimlar o'z ishlarida ayni shu masalaga ham alohida to'xtalib o'tgan. Shuni alohida qayd etish joizki, vatan va vatanparvarlik mavzusi eng katta ehtiyoj singari har doim insoniyatga kerak bo'lgan, uning ma'naviy kamolotida asosiy omil bo'lib xizmat qiladigan vositadir.Yosh avlodni buyuk kelajak uchun jonkuyar farzandlar qilib tarbiyalashda, eng asosiy e'tibor ularning qalbida vatan tuyg'usini chuqur ildiz ottirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiylashga qaratiladi. Zero,o'zligini anglagan, yuragida vatan ishqi jo'sh urgan kishigina o'z zamini uchun chin ma'noda qahramonlik ko'rsatmoqqa qodir. Shu sababdan ham vatan kontseptini o'rganish va uni o'qitish barcha davrlarda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdirasulov Baxodir Abdumutal o'g'li. Kontseptning lisoniy voqealanish jarayoni.Science and education scientific journal. SamDChTI-2020 .

8 HaBOHH OTpHKacH.1961, 61 — 62 6eT

LMÜ^H

2. Arslonov Zafar .Kognitiv tilshunoslik xaqida qisqacha. Ilmiy maq-2012.

3. Кравченко А.В. Знак, значение, знание. Очерк когнитивной философии языка. Иркутск: ИГУ,2001.

4. Musulmonova Kamola Xusniddin qizi: SamDU. A.Navoiy lirikasida talqin etilgan Vatan kontsepti taxlili. Научный вестник НамГУ. 2019. 6-son

5. Najmiddin Komilov Navoiyga armugon (Oltinchi Kitob). Nizomiy Nomidagi TDPU-2010

6. Shayxislomov Nursulton Zamon o'g'li. Kognitiv tilshunoslik to'g'risida tushuncha va uning universal tabiati.Ilmiy maqola.Scientific progress.2021.412-bet

7. Xotamova Iroda Ibroximovna.: Ingliz va O'zbek tillarida qo'shma so'zlarning badiiy adabiyotlardagi kognitiv xususiyatlari. Toshkent.yZDJTU-2017.45-bet

8. Xayitmetov. A. Navoiy lirikasi - T.: Fan, 2015.(44-bet, 71-bet, 222-bet, 275-

bet)

9. Adabiyot (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik-majmua. Toshkent, 2005, 189-bet).

10. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

11. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

12. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

13. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

14. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

15. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

16. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

17. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ДАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

18. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

19. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

20. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

21. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

22. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

23. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

24. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

25. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

26. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

27. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

28. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

29. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

30. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

31. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

32. Солиева, Х. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

33. Омоновна, С. Х. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

34. OMOHOBHa, C. X,. (2018). YKyBHunap TapSuacuHH maKmaHTupumga OTa-OHanapra negaroruK öhhhm öepum TH3UMHHUHr axaMHtfra. CoBpeMeHHoe o6pa3OBaHHe (Y30eKHCTaH), (5).

35. OMOHOBHa, C. X. (2019). Arap öona ch3hh «3muTMaca»... CoBpeMeHHoe 0Öpa30BaHHe (Y30eKHCTaH), (4 (77)), 58-63.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

36. OMOHOBHa, X. C. (2020). TAPHXHH KV^E3MA MAHEAHAPHH КOHCЕPBAТЦH£-PЕCTABPAЦH£ KHHHm ^APAEHHAPH XYCYCH^A. Oriental Art and Culture, (V).

37. OMOHOBHa, C. X. (2021). rnOÖarnamyB ^apaeHuga axÖOpOT OKUMHHUHr ernnap MatHaBHATura Tatcupu xycycuga. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

38. OMOHOBHa, C. X. (2021). MagaHHAT Ba MatHaBHAT Macananapuga Tapuxufi ungronap ronapu. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

39. napnueB, A. (2021). ^A^H^^H OEH^OH MAXMY^OBHHHr OAOHH^TH^ArH ^HrH ^HPPAHAP. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.