Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN KONSEPTI'

MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN KONSEPTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18838
459
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konsept / Ifoda usuli / shakl va mazmun / fonetik uslub / lisoniy birlik / badiiyat / ritm / metafora / uslubiyat / “Vatan” / “Vatanim”. / concept / way of expression / form and content / phonetic style / linguistic unity / art / rhythm / metaphor / methodology / "Vatan" / "Vatanim".

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojimatov, R., Tojimatova, M.

Ushbu maqolada Muhammad Yusuf she’rlarida vatan konsepti masalasi shoir she’rlari asosida tahlilga tortilgan. Shoirning “Vatan”, “Vatanim” kabi she’rlaridagi ona-Vatan madhi o’ziga xos tasvir uslubida bayon etilgani misollar asosida aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONCEPT OF THE COUNTRY IN THE POEMS OF MUHAMMAD YUSUF

Based on the poet's poems, the article analyzes the problem of the concept of the Motherland in the poems of Muhammad Yusuf. Based on examples, it has been established that the poet's hymn "Homeland" in his poems ";Vatan", ";Vatanim" is expressed in a unique style.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN KONSEPTI»

Scientific Journal Impact Factor

MUHAMMAD YUSUF SHE 'RLARIDA VATAN KONSEPTI

R.Tojimatov

NamMQI "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi

M.Tojimatova NamDU magistranti

Ushbu maqolada Muhammad Yusuf she'rlarida vatan konsepti masalasi shoir she'rlari asosida tahlilga tortilgan. Shoirning "Vatan", "Vatanim" kabi she'rlaridagi ona-Vatan madhi o'ziga xos tasvir uslubida bayon etilgani misollar asosida aniqlangan.

Kalit so'zlari: Konsept, Ifoda usuli, shakl va mazmun, fonetik uslub, lisoniy birlik, badiiyat, ritm, metafora, uslubiyat, "Vatan", "Vatanim".

Based on the poet's poems, the article analyzes the problem of the concept of the Motherland in the poems of Muhammad Yusuf. Based on examples, it has been established that the poet's hymn "Homeland" in his poems "Vatan", "Vatanim" is expressed in a unique style.

Keywords: concept, way of expression, form and content, phonetic style, linguistic unity, art, rhythm, metaphor, methodology, "Vatan", "Vatanim".

Konsept va tushuncha borasida ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilgan bo'lib, ushbu ikki lisoniy kategoriyalarni farqlovchi xususiyatlar aniqlangan. Jumladan, tushuncha - predmet va hodisalar to'g'risidagi umumiy va xususiy belgilarni aks ettiradigan fikr, deb qaralsa, konsept - nafaqat mavhumiy bo'lgan, balki aniq-assitsiativ va emotsional-baholovchi belgilarni qamrab olgan g'oya sanaladi. Konseptlar, odatda, inson turmush tarzi bilan bog'liq ma'lum tushunchalarni maxsus qoliplarga solish, lisoniy va madaniy mavjudligini belgilashga qaratiladi. Albatta, konsept tushunchasi borasida fikr va munozaralar ko'pchilikni tashkil qilib uning ta'rifi borasida aniq to'xtamni topish qiyin.

D. S. Lixachevning keltirishicha konsept - bu indvidual anglash jarayoni va ma'lum kontekstda so'z ma'nosini almashtirish hisoblanadi. Ma'lum bir konsept har bir lingvomadaniyatda o'ziga xos shakllanishga ega sanaladi. Konseptlar, o'z navbatida, so'z ma'nolariga nisbatan keng talqin etiladigan, murakkab tipologik qurilmaga ega.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

Filologiya ilmida konsept - bu insoniy hayotning aqliy, ma'naviy yoki moddiy sohasiga tegishli bo'lgan, xalq hayotidagi tarixiy ildizlarga ega bo'lgan, ijtimoiy va subyektiv tushunchaga ega bo'lgan fikrlashlarning bir tomoniga asoslangan so'z belgining tarkibiy qismi hisoblanadi. U ko'pincha boshqa konseptlarga aloqador yoki ko'p holatlarda unga qarshi bo'lgan tushunchalarni o'zida mujassam etadi.

Badiiy konsept va bilim konsepti o'rtasidagi yana bir muhim farq shundaki, tadqiqotchilar "his-tuyg'ular, xohish-istaklar, umuman olganda, ilm konseptiga befarq bo'ladilar". Badiiy konsept esa odatda, har ikkalasining ham majmuasidir, ya'ni tushunchalar, g'oyalar, his-tuyg'ulardan iboratdir, his-tuyg'ular esa ba'zan hatto oliy belgilarini ham ifodalaydi ".

Ushbulardan ma'lum bo'ladiki, badiiy konsept ma'lum bir "hissiy va estetik zo'riqish" ni yaratishga qodir va ayni paytda idrok tushunchalari shakllantirishga qodir bo'lgan tushunchalarni ifodalaydi. Ehtimol, badiiy konsept tuzilishida umumiy va individual ma'noviy ma'nolarni, ya'ni emotsional-baholovchi narsalar (salbiy va ijobiy yoki bo'yoqdorlik va boshqalar )ni ajratib ko'rsatish orqali o'ziga xoslikni ifodalashi mumkin bo'ladi.

Shu bois ham Vatan konsepti keng va tor ma'noda tushunish mumkin. Tor ma'noda kishining tug'ilib o'sgan yurti, muayyan xalqqa tegishli hudud ma'nosini anglatsa, keng ma'noda esa, muayyan qit'a vakillari uchun o'z qit'alari umumiy vatan, bashariyat uchun Yer sayyorasi yagona makon sanaladi. Shu sababdan uni faqat tor ma'noda olish yaramaydi.

Qolaversa, ko'plab olimlar o'z ishlarida ayni shu masalaga ham alohida to'xtalib o'tgan. Shuni alohida qayd etish joizki, vatan va vatanparvarlik mavzusi eng katta ehtiyoj singari har doim insoniyatga kerak bo'lgan, uning ma'naviy kamolotida asosiy omil bo'lib xizmat qiladigan vositadir.

Vatan mavzusi zamonaviy o'zbek she'riyatida alohida yirik ko'lam kasb etadi. Bu esa alohida tadqiqot mavzusi hisoblanadi. Ta'limda vatan konsepti haqida tushuncha berish, uni o'quvchilar ongiga singdirish esa har doim o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan va dolzarblik kasb etadigan mavzu bo'lib qolaveradi.

Hozirgi o'zbek adabiyoti, xususan, she'riyati jamiyatimizning ma'naviy ma'rifiy jihatdan yuksalishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda, uning jahon adabiyoti silsilasidagi o'rni ham o'ziga xos va betakrordir. Xalqimiz o'ziga xos boy ma'daniy va ma'rifiy tarixga ega, xususan o'zbek adabiyoti. Adabiyotga komil imson tarbiyachisi sifatida qarab kelingan, chunki adabiyot inson ma'naviyatini shakllantiradigan asosiy vositadir. Bu jarayon adabiyotimizning yirik namoyandalari yaratgan ijodiy an'analarning bugungi kunda o'ziga xos shakllarda davom etayotganida ko'rinadi.

Scientific Journal Impact Factor

Har qanday shoir yoki ijodkorning kamolotga erishuvi eng avvalo, uning milliy g'oya va qadriyatlarga qanchalik sadoqat va ularni o'z ijodida qo'llay olishdadir. An a shunday milliylikni, Vatanga bo'lgan cheksiz muhabbatni o'z ijodida kuylay olgan Muhammad Yusuf "Vatan1" she'rida beshikdan boshlangan bu muqaddas tuyg'uning qiyosi yo'qligi haqida shunday deydi:

Ko'hna tol beshikdan boshlangan olam, Senga iddaolar qilmay sevaman. Bir kuni singlim deb, Bir kuni onam -Vatan,

Kimligingni bilmay sevaman.

Biz bilamizki, endigina dunyoga kelgan chaqaloq ulug' onaxonlarimiz tomonidan birinchi beshikka belanadi. Uning uyi beshik hisoblanadi. Ana shunga qiyosan shoir birinchi olam beshikdan boshlanishini ifodalaydi.

Vatan - uni tarannum etmagan, kuylamagan ijodkor topilmasa kerak. Chunki ijodkor uchun o'zi tug'ilib o'sgan maskani - Vatanini kuylashdek zavqli va sharfli baxt bo'lmaydi. Vatan mavzusida yozilgan asarlarning tub mohiyati bir bo'lsada, lekin ularning hech biri bir-biriga o'xshamaydi. Shu o'rinda Muhammad Yusuf ijodida asosiy o'rinlarda turuvchi vatan mavzusidagi she'rlar o'zgacha ohang va takrorlanmas misralarda jo bo'lganligi bois ulardagi obraz yorqin va ta'sirchan deyishimiz mumkin.

Ijodkor Vatan mavzusiga qayta-qayta murojaat etadi. Chunki shoir o'zi tug'ilib o'sgan yurtini, Vatanini hech kimga bermas va hech narsaga alishmas edi.

Vatan deb ko'krak kerish yod narsa, shoir shunchaki og'iz ko'pirtirib qog'oz qoralamaydi. U bitgan misralar yuragidan, shoirning ko'ksidan hayotga kelgan. Shuning uchun ham Muhammad Yusufning she'rlari purma'no va serjiloligi bilan ajralib turadi.

Vatanga muhabbat, onaga muhabbat kabi muqaddas va buyuk tuyg'u. Olloh insonga Vatanni muzliklarda ham, sahrolarda ham, changalzorlarda ham ato etishi mumkin. Lekin yaratgan bizga O'zbekiston deb atalgan tuprog'ida oltin bor, har tongda bulbullar madhini o'qib tugatmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan.

Ya'ni shoir lirikasida hech kim tasavvur qilmagan lekin mos keladigan tashbehlarni, o'xshatishlarni ko'ramiz. Bunday o'xshatishlar boshqa hech bir ijodkor she'riyatida uchramasligini shoir asarlarning o'ziga xos badiiy tili deyishimiz

1 M.Yusuf. Ulug'imsan Vatanim. - Toshkent: O'zbekiston, 2010. - B. 9.

2 M.Yusuf. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 275.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

mumkin. Masalan, Vatan haqida yozgan shoirlarning hech biri hali vatanni onaga, singilga o'xshatgan emas yoki vatanning tol beshikdan boshlanishini faqat shu ijodkorgina o'z asarida ilk bor qo'llagan. Vatanning bog'- rog'larini, so'lim go'shalarini tarannum etganlar ko'pdir. Lekin hech kim vatanni "yuragimning olampanohi" deb uning "bukri bir jiydasining shoxi" ni kuylagan emas. Va yo "tilimning ostida navvot - zarimsan, sen mening yagona payg'ambarimsan" degan tashbehlarini Muhammad Yusuf she'riyatidagina ko'rishimiz mumkin. Yuqorida takidlaganimizdek, shoir Vatan haqidagi she'rlarining ko'pchiligida Vatanni onaga, singilga va opaga mengzadi. Masalan, "Vatanim"2 she'rida: Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onam deymi,

Hamdard-u hamhonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri, Ilig'imsan Vatanim.

Shoir Vatan timsolini singlisida, onasida ko'radi. Ona - buyuklarning eng buyugi, ulug'larning eng ulug'i, suyukli zotlarning eng suyuklisidir. Bazan bu so'zga ta'rif berishga ojiz qolasan kishi. Bu nomga shoir-u yozuvchilarimiz o'z ijod namunalarida munosib baho aytgan allalarchalik, ular bedor o'tkazgan tunlarchalik nazm bitmasligi mumkin, biroq imkon qadar onani vasf etadi. Ana shuday buyuk zot timsolida shoir Vatanni ko'radi. Darhaqiqt, bolaning ilk qadamini ko'rgan ona uchun bundan-da ortiq quvonch bo'lmaydi. Ona kabi Vatan ham bag'rida yashayotgan xalqining yutuqlaridan, shodon kunlaridan sevinadi. Uning yo'llariga gul-u maysalar tutadi. Opa-singil kabi ko'ngli xira vaqtlarda hamdard-u hamroh bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, shoir oddiy hayotiy voqealar asosida ajoyib o'xshatishlar va teran falsafiy mushohadaga ega bo'lgan misralar yaratgan.

Haqiqiy vatanparvar inson o'zi tug'ilib o'sgan joyning xalqini bor-yo'g'i bilan sevadi. Shoir Vataniga shunday muhabbatini ko'rsatadi. Qalbining tub- tubidagi tuyg'ularini o'z misralarida namoyon qiladi. Uni yolg'izim, yagonam deb ulug'laydi.

Shoirning ona yurtida tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq; yaxshi va yomon kunlarida har doim birga, mehrini esa oftobga qiyoslaydi. Kimga dasht poshpana, kimgadir gulzor, Har kiming sig'ingan sajdagohi bor.

Scientific Journal Impact Factor

Har hovuch tuprog'i ko'zga to'tiyo, Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.

XULOSA

Har bir insonning Vatani o'ziga qadrli. Shoir uchun uning har hovuch tuprog'i ko^ziga to'tiyodir. Shoir Muhammad Yusuf qalami bitgan, Vatanga bag'ishlagan o'tli misralari kitobxon nazdida, shoir siymosida chaqmoqdek yonib o'tgan shoir-u betakror she'riyat doim xalq ardog'ida bo'lajagiga umid bilan boqishga chorlab turaveradi2. Vatan madhi uchun so'zni qurol qilgan shoir Muhammad Yusuf xalqi va jonajon vatanining ertasi bilan kun-u tunlarni o'tkazgan.

REFERENCES

1. Демьянков В. З. Термин «концепт» как элемент терминологической культуры. -М.: Наука,1975.

2. Аскольдов С.А. Концепт и слово // Русская словесность. От теории словесности к структуре текста. Антология. - М.: Аcадемиа, 1997. - С. 267-280

3. Дзюба, Е. В. Концепт УМ в русской лингвокультуре / Е. В. Дзюба ; Уральский государственный педагогический университет. - Екатеринбург : Уральский государственный педагогический университет, 2011. - 224 с.

4. Boboyorov O', Xolsaidov F. Adabiyot. - Toshkent: Ilm ziyo, 2006. - B.7.

5. Haqqul I. Mushohada yog'dusi. - Toshkent: Fan, 2009. - B. 26.

6.Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 273.

7.Ahmad S. Yo'qotganlarim va topganlarim. - Toshkent, 2000. - B. 67.

8. Sharafiddinov O. Ma'naviy kamolot yo'llari. - Toshkent, 2001. - B. 26.

9. Mirvaliyev S., Shokirov R. O'zbek adiblari. - Toshkent, 2007. - B. 240.

10. Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 12. 11 .Boltaboyev. So'z sehri. - Toshkent, 2006. - B. 98.

12. Yusuf M. Ulug'imsan Vatanim. - Toshkent: O'zbekiston, 2010. - B. 9.

13. Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 275.

3 Boltaboyev. So'z sehri. - Toshkent, 2006. - B. 98.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.