Научная статья на тему 'MODERN SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON'

MODERN SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1970
171
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rauf Parfi / mustaqillik / zamonaviy adabiyot / modern / she’riyat / she’r / shoir / lirik qahramon. / Rauf Parfi / Independence / Modern Literature / Modern / Potility / Poet / Lyrical hero.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mohinur Abduxakimova

Modern deganda, biz zamonaviylikni, yangilikni tushinamiz. Adabiyotga nisbatan modern, zamonaviy so’zlarini qo’llashimizga sabab, adabiyotda shaxsga sig’inish kuchli edi. Mustaqillik tufayli adabiyotda ham erkinlik bo’ldi. Shu bilan birga, she’riyatda ham. Shaxsga sig’inish o’rnini, insonni tasvirlash boshlandi. Zamonaviy she’riyatdagi lirik qahramonni Rauf Parfi she’rlari orqali o’quvchiga yetkazishni maqsad qilib qo’ydik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A LYRICAL HERO IN MODERN POETRY

When you say Modern, we understand modernity, the news. The reason for the literature, the reason for the use of modern words, was strong in the personality in the literature. Due to independence, freedom became freedom. At the same time, in poetry. The personality of the person began to describe humanity. We aimed to bring the lyrics in modern poetry through the poems of Rauf parfi.

Текст научной работы на тему «MODERN SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON»

MODERN SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON

Mohinur Abduxakimova

Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-kurs

magistri

ANNOTATSIYA

Modern deganda, biz zamonaviylikni, yangilikni tushinamiz. Adabiyotga nisbatan modern, zamonaviy so'zlarini qo'llashimizga sabab, adabiyotda shaxsga sig'inish kuchli edi. Mustaqillik tufayli adabiyotda ham erkinlik bo'ldi. Shu bilan birga, she'riyatda ham. Shaxsga sig'inish o'rnini, insonni tasvirlash boshlandi. Zamonaviy she'riyatdagi lirik qahramonni Rauf Parfi she'rlari orqali o'quvchiga yetkazishni maqsad qilib qo'ydik.

Kalit so'zlar: Rauf Parfi, mustaqillik, zamonaviy adabiyot, modern, she'riyat, she'r, shoir, lirik qahramon.

A LYRICAL HERO IN MODERN POETRY

Mohinur Abdukhakimova

Andijan State University, Faculty of Philology, 2nd year Master's degree in Literary

Studies

ABSTRACT

When you say Modern, we understand modernity, the news. The reason for the literature, the reason for the use of modern words, was strong in the personality in the literature. Due to independence, freedom became freedom. At the same time, in poetry. The personality of the person began to describe humanity. We aimed to bring the lyrics in modern poetry through the poems of Rauf parfi.

Keywords: Rauf Parfi, Independence, Modern Literature, Modern, Potility, Poet, Lyrical hero.

KIRISH

"Modern" deganda, biz "eng yangi", "zamonaviy" kabi tushunchalarni tushinamiz. "Modern she'riyati" esa en yangi, zamonaviy she'riyatdir. Nima uchun zamonaviy deb nom berdik? Yuqorida bu haqda to'xtalib o'tgandik. She'riyatni yangilanganiga sabab, lirik qahramonni tasvirlash o'zgardi: adabiyotda ham shaxsga sig'inish kuchli edi. Sekin-asta insonni qalb tuyg'ularini, ko'ngil kuylarini, dard-alamlarini tasvirlash boshlandi. Lirik qahramon o'zgardi. U shoirning o'zi yoki o'zga shaxs bo'lishi mumkin. She'riyatda Rauf Parfining ijodi orqali lirik qahramon tasvirini yaratamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asr turkiy adabiyotida, xususan, o'zbek adabiyotida sohir she'riyat sohibi Rauf Parfining alohida o'rni bor. Ilk she'riy kitobi 1968 yilda "Karvon yo'li" nomi bilan chop etilgan Rauf Parfi yillar osha muxlislariga "Aks sado" (1970), "Tasvir" (1973), "Xotirot"(1975), "Ko'zlar"(1977), "Qaytish"(1980), "Sabr daraxti" (1986), "Sukunat"(1989) va "Tavba"(2000) kabi kitoblarini taqdim etdi. Uning yana o'z qo'li bilan tartib bergan "So'nggi vido" kitobi o'limidan so'ng 2006 yilda chop etilgan.

Rauf Parfining shoir, nosir, tarjimon sifatidagi ijodiy -ijtimoiy faoliyati O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Turkiya Yozuvchilar birligining adabiy mukofotini olgan. U xalqaro Mahmud Qoshg'ariy, Turkiya Diyonat vaqfi mukofotlarining sohibidir. Shoirga 1999 yili O'zbekiston Xalq shoiri faxriy unvoni nasib etdi. 2005 yilning 28 martida chin dunyoga ravona bo'ldi. Shu o'rinda Rauf Parfining sadoqatli shogirdi Vafo Fayzulloning ustozi haqida yozgan quyidagi bitiklarini keltirib o'tishni lozim topdik:

"Undan She'riyat qoldi. Bir she'riyatki, uning yurt qayg'usida yongan, yaqin salaflari Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosiriylardan meros olgan go'zal iztiroblari, bosqinchilarga o'chi. Faqat bu tiniq tuyg'ular izlanishlar bois yillar o'tgan sari tobora ochildi, tashbehlari quyuqlashdi, fikri o'ziga xos yangicha va baland avj, betakror shakl oldi. Yuksak ruhda maromiga yetdi. Asr boshida Cho'lponlar boshlagan yangicha tajribalar asr oxirida Rauf Parfi kashfiyotlari bilan takomil topdi. Bu XX asr dunyo she'riyatining o'rganuvchi voqeasi. Uning yangiliklari (fikr tarzi, quyuq metaforalarida, sonat guldastalari va shakli ma'nosida) e'tirofga molikdir. Avvalo, bu izlanishlar shaklda ham, ma'noda ham o'zbek she'riyatiga yangi qon, yangi jilo berdi. Uning ijtimoiy mavzudagi she'rlari ham shaxsiy dard, kechinmadek qalbga yaqin va ta'sirchan. Turkiston fojiasi va iqboliga bag'ishlangan she'rlar esa, millat ziyolilarini turtib uyg'otgan ruhi rangin, naqshi-nigorli, otashin qo'shiqlardir.

Uning she'riyatidagi ohorli so'z, yangicha va har xil ohang, ramziylik va ishoralar, turlicha topilgan ritmika-sur'at, fikr va hislarning qatlam-qatlamligi, eng achchiq va katta haqiqatlarning ochiq va timsoliy tamoyili favquloddadir. Shu ma'noda boshqa ma'ni va ishoralari ong osti qochirimlari bo'lishidan qat'iy nazar "Men yolg'izman, ovozim yolg'iz" satri avvalo o'zi haqida o'zining bahosi hamdir."

MUHOKAMA

Shoir, yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos olim, Ulug'bek Hamdam esa Rauf Parfi haqida "...baribir, Rauf Parfi degan shoirdan, uning eng teran, eng nozik, eng muqaddas ko'ngil rozlaridan, go'zal va og'riqli orzu-umidlaridan hissiy ma'lumot berguvchi eng zo'r, eng ishonchli sirdosh bu uning o'lmas she'rlaridir! Chunki shoir g'oyat samimiy inson edi. Shaxsiy hayotining e'tiborli jihatlari o'zigagina emas, o'zgaga

ham qiziqarli bo'lishi mumkin bo'lgan, pichoqqa ilingudek neki qirrasi bor-ular avvalo, shoir qalbidan o'tgan, uni larzaga solgan esa, hamma-hammasini so'zga ishonib topshirguvchi edi. Shuning uchun ham lirik qahramoni unga ruhan yaqin, o'zidek samimiy:

Meni ta'qib qilar shoir degan nom, Chiqmagan she'rimga sadaqa oldim. Aslo tark etmadi qurmag'ur Ilhom, Neki undan o'tdi, Xudoga soldim1...

Mana endi Rauf Parfi uni yaqindan taniganlarga ham yanada tanish yanada tushunarli tuyulgan bo'lsa ajab emas. Chunki shoirni butun umr Ilhom, so'z, She'r, Haqparastlik, Go'zallik... ta'qib etdi va uni o'z holiga qo'ymadi: shaxsiy hayotini, kundalik turmushini, bir erkak, bir ota, bir inson sifatidagi farog'atini mahv etdi. Lekin shoir- bu dunyodagi eng hassos, eng tez yaralanuvchi qalb egasi bo'lgan san'atkor o'zi yo'qotgan ne'matlarga hamisha ehtiyoj sezib yashadi va ularni o'zgalardan qidirib chirpandi. Bunga muqobil ravishda shoirni So'z ta'qib qilishdan charchamadi. Natijada, Rauf Parfining shaxsiy hayotida topish-topilishi bilan topilganni tinimsiz yo'qotish almashib kelaverdi: So'z meni ta'qib qilar Chirqiratib o'yib ko'ksimni...

Shoir ko'ksini chirqiratib o'ygan so'z bag'rida uning boshni silaydi, ruhini isadi: So'zning gulxanida ruhim isindi. Yaxshilik va yomonlik, vafo va jafo...

Rauf Parfi hayotida navbatma-navbat kelib turgandek. So'zning zavqi va jabri ham taxminan shunday almashib turgan: u goh hech tuzalmaydigan yaraga aylanib, shoirga (shoirning lirik qahramoniga) cheksiz azob bergan: ...So'nggi Unut so'zin daryosi oqar. Undan-da so'rayman, She'riyat nadir?! Lazzatga g'arq botib, kunga qarayman, Hech tuzalmas Yara, u So'zdir, axir... "

Biz yuqorida bejiz Rauf Parfining sadoqatli shogirdlaridan Vafo Fayzulla va taniqli shoir, yozuvchi va olim Ulug'bek Hamdamlarning Rauf Parfi haqida yozgan bitiklaridan iqtibos keltirmadik. Boisi ularning har ikkisida ham Rauf Parfi haqida, uning ijodi, shaxsi, so'zni qadrlashi haqida haqqoniy fikrlar aytilgan.

NATIJA

Rauf Parfi she'riyatiga ko'z tashlar ekansiz, ularning fikrlari to'g'riligiga, Rauf Parfining bir umr so'zni qadrlaganiga yana bir bor amin bo'lasiz. Hech qaysi shoir

1 R.Parfi. Sakina. Saylanma. She'rlar // T.:"Muharrir", 2013, 265-bet

2 O'sha manba, 232-bet

| Uzbekistan ^ 941 |

so'zga bunchalar e'tiborli bo'lmagan bo'lsa kerak deysiz. Vatan ishqi, haqiqat, sevgi, san'at va so'zga muhabbat... bularning barchasi Rauf Parfi bir umr o'z she'rlarida tarannum etib kelgan eng muqaddas mavzulardir. Va eng muhimi, Cho'lpon juda go'zal pardalarda boshlab bergan XX asr o'zbek she'riyatini Rauf Parfi yuksak san'at nuqtai nazaridan eng baland cho'qqilarga olib chiqdi...

Keling, fikrimizning isboti uchun Rauf Parfining birgina Vatan mavzuidagi ayrim she'rlariga e'tibor qarataylik. Vatan haqida kimlar yozmagan, uni kimlar ta'riflamagan, ularning lirik qahramoni Rauf Parfining lirik qahramoni kabi shijoatkor, shiddatli, fidokor inson emasday tuyiladi. Lekin bizning fikrimizcha, hech kim Rauf Parfigacha Vatanni, eng avvalo, tushunish kerakligi haqida yozmagan.

Rauf Parfi Vatan haqida shunchaki so'z yuritmaydi, Vatanni tushunishning ma'no-mohiyatini izohlab, sharhlab boradi". Totalitär tuzum davrini boshidan kechirgan xalqning Vataniga shu xalqning shoiri, xususan, lirik qahramon sifatida munosabat bildiradi va bu munosabatning o'sha paytda kamsitilgan, qadrsizlangan o'zbek tilini e'zozlash orqali ifodalaydi:

She'r quyidagi satrlar bilan boshlanadi: Abut-Turk tarixdan balki bir hikmat Biroq sen borsan-ku Turon elinda, Shoir, So'z aytmakka sen shoshma faqat,

"5

Ulug' Alisherning qutlug' tilinda .

Shoir ona tilimizning "elim, ona tilim, ruhimning qoni", "Mening ona tilim, munis, mehribon", "Sen Turkiy Dunyoning g'olib xayoli", "Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim", deb alqaydi. Lirik qahramon ona tili uchun jonini ham fido etmoqqa tayyor. Shuning uchun ham "Zanjirbandman, ona tilim, Ona so'zingga, Kundayin so'larman, oydek to'larman, Mil kabi tortarman Seni ko'zimga", deya xitob qiladi.

Rauf Parfi Vatanni sevibgina qolmay, uning taqdiri, kelajagi haqida ham ich-ichidan qayg'uradi. U taniqli o'zbek geologi Habib Abdullayevni xotirlab yozgan "Er farzandi" she'rida Habib Abdullayev qidirib topgan oltin konlari mustabidlar tomonidan talon-taroj qilinayotganligini ko'rib cheksiz iztirob chekadi, yuragi eziladi: Ne kulfat yiqildi boshlarga, hayhot, Ne musibat tushdi Vatan boshiga.

Rauf Parfining fikricha, "Til bilan kuylanmas ona Vatanim". Shuning uchun ham shoir "Men seni kuylamak istayman faqat" deydi. Zero, Vatandan o'zga, Vatandan aziz va muqaddas maskan yo'q. Shoir "Abdulhamid Sulaymon Cho'lpon" she'rini 1974 yilda yozgan. Ushbu she'rda ham Rauf Parfining o'z ona yurti, uning taqdiri naqadar iztirobga solganligini anglab olish qiyin emas. Aks holda shoir "Porloq osmoningda quzg'unlar uchdi, evoh, yog'iylaring soldi yag'moni, Yog'iylaring jigar-qoningni ichdi" deb kuyinib yozmagan bo'lardi. Bundan ozor chekkan lirik qahramon "Yillar bahorimni uchirdi

3 O'sha manba, 210-bet

qalqib, Muzlarga ko'chirdi o'tluq yozimni. Axtardim, muhitda xas kabi chalqib- Men o'z Yulduzimni, o'z Quyoshimni" deya hasrat chekmagan bo'lardi. Binobarin, shoir o'zi yozganday:

Oh, shoir qismati yarqiroq, gulgun, Zavqlarga to'lar u, Bir so'zni izlar, Dunyoda hech bir zot bilmay ne uchun, Ayricha kular u, ayricha bo'zlar4.

XULOSA

Rauf Parfi ham Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lponlar kabi Vatan taqdiri haqida qayg'uradi. Uning lirik qahramoni Vatanini jonidan sevuvchi, uni asrab-avaylovchi insondir. Abdurauf Fitratning "Nega seni chulg'ab oldi buncha tikonlar? Nega chiqdi, yuragingdan yuzga bu qonlar?"degan satrlarini qayta -qayta takrorlaydi va "Abdurauf Fitrat" she'rida "Ajab mudhish qora tun kafan tutar, Bir zamon tinmaydir, izg'irar shamol. Daryo ko'piradir, odamni yutar,

Ul go'zaldir, ul irganchdir, ul - xayol" deb iztirob chekadi. "Ulug' Turkistonni kimlar sevmaydir?!" deya xitob qiladi. Uning uyqudan uyg'onishini istaydi. Rizqimizni axir kimlarga berdik. Axir odam edik muhtoj, notavon. Ular xirmon-xirmon, biz nushqurt terdik, Faryodimiz yetib bormas hech qachon, deya afsus chekadi. Oltmishinchi yillarda: Uyg'onar Turkiston, uyg'onar dunyo, Porloq umidlarga to'lib kun botar. Baxt singari olis yulduzlar, go'yo, Azal go'zallikning sha'mini yoqar5,

deb orzu qilgan Rauf Parfi istiqlolni zo'r shodu xurramlik bilan kutib oldi va o'n to'rt yil davomida bir-biridan go'zal she'rlar bitdi, ona Vatanini, istiqlolni madh etuvchi she'rlar bitib, XX asr adabiyoti xazinasini bebaho durdona asarlari bilan boyitdi.

REFERENCES

1. R.Parfi. Sakina. Saylanma. She'rlar // T.:"Muharrir", 2013;

2. H.Boltaboev. Modernizm va yangi o'zbek she'riyati / "Jahon adabiyoti", 2007, 2-son

3. http/www..ziyo.net.uz.Rauf Parfi. She'rlar.

4 O'sha manba, 251-bet

5 O'sha manba, 252-bet

J Uzbekistan ^ 943 |

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.