Научная статья на тему 'MAHMUD TOIR LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI'

MAHMUD TOIR LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

942
234
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Poetik / ijodkor / tajohili orifona / topildiq / obrazlilik / misra / mantiq / uslubiy yangilik / sheʼr / badiiy hodisa / uslub / Poetic / creative / tajori orifona / discovery / figurative / verse / logic / stylistic novelty / poetry / artistic phenomenon / style

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Guljahon Ismailovna Doshanova

Bugungi adabiy, ijtimoiy, maʼnaviy-madaniy hayotda Oʻzbekiston xalq shoiri Mahmud Toir juda faol, oʻz ovoziga ega zabardast, qalami oʻtkir va hozirjavob shoirlardan biridir. Mahmud Toir sheʼriyatining umumkonseptual pafosini ezgulik tarannumi tashkil qiladi. Shoirning hozirgacha bosilgan sheʼriy toʻplamlari va dostonlari adabiyot ixlosmandlarining maʼnaviy mulkiga aylandi. Mahmud Toir sheʼriyatining mavzu koʻlami keng va anʼanaviy. Zotan, badiiy ijodda abadiyatga oid mavzular barmoq bilan sanarlidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC PROPERTIES OF MAHMUD TOIR LYRICS

In today's literary, social, spiritual and cultural life, the People's Poet of Uzbekistan Mahmud Toir is one of the most active, articulate, sharp-witted and modern poets. The general conceptual pathos of Mahmud Toir's poetry is the hymn of goodness. The poet's collections of poetry and epics, which have been published so far, have become the intellectual property of literary lovers. Mahmud Toir's poetry has a wide range of themes and is traditional. Indeed, in art, the themes of eternity are numbered with the finger

Текст научной работы на тему «MAHMUD TOIR LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI»

MAHMUD TOIR LIRIKASINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Guljahon Ismailovna Doshanova

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi adabiy, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy hayotda O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir juda faol, o'z ovoziga ega zabardast, qalami o'tkir va hozirjavob shoirlardan biridir. Mahmud Toir she'riyatining umumkonseptual pafosini ezgulik tarannumi tashkil qiladi. Shoirning hozirgacha bosilgan she'riy to'plamlari va dostonlari adabiyot ixlosmandlarining ma'naviy mulkiga aylandi. Mahmud Toir she'riyatining mavzu ko'lami keng va an'anaviy. Zotan, badiiy ijodda abadiyatga oid mavzular barmoq bilan sanarlidir.

Kalit so'zlar: Poetik ,ijodkor, tajohili orifona, topildiq, obrazlilik, misra, mantiq, uslubiy yangilik, she'r,badiiy hodisa, uslub.

ARTISTIC PROPERTIES OF MAHMUD TOIR LYRICS

ABSTRACT

In today's literary, social, spiritual and cultural life, the People's Poet of Uzbekistan Mahmud Toir is one of the most active, articulate, sharp-witted and modern poets. The general conceptual pathos of Mahmud Toir's poetry is the hymn of goodness. The poet's collections of poetry and epics, which have been published so far, have become the intellectual property of literary lovers. Mahmud Toir's poetry has a wide range of themes and is traditional. Indeed, in art, the themes of eternity are numbered with the finger.

Keywords: Poetic, creative, tajori orifona, discovery, figurative, verse, logic, stylistic novelty, poetry, artistic phenomenon, style.

KIRISH

Vatan ravnaqi, xalq farovonligida, yurt tinchligi, fikr-ongning ezgu maqsad sari yo'nalishida, komil insonning shakllanishida milliy g'oya va mafkuraning roli va o'rni g'oyat kattadir. Uni odamlar ongi va qalbiga singdirishda bir qancha omillar qatorida adabiyot katta vazifa bajaradi. Malumki, milliy g'oya va milliy mafkura keng tushuncha. U tarkibiga Ma'naviy, siyosiy, iqtisodiy, diniy masalalarni qamrab

oladi. Milliy g'oya inson va jamiyat hayotiga katta mano va mazmun kasb etadigan falsafiy fikr va dunyoqarash olib kiradi. Bu fikrlar insoniylik bilan yo'g'rilgani uchun uning ezgu maqsadlarni amalga oshirish tamoyillarini belgilaydi va qay tarzda amalga oshirish g'oyasini ishlab chiqadi. Biroq plyurealizm tamoyiliga ega bo'lgan mafkuragina istiqbolli va hayotbaxsh bo la oladi. Chunki bunday mafkura erkin fikrga to'sqinlik qilmaydi.

Mamlakatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlaboq matbuot va so'z erkinligi, ijod erkinligi masalasi kun tartibiga qo'yilib, axondagi eng ilg'or mamlakatlardagi singari tegishli bosqichlarda qonunlashtirildi. Bu tarixiy hodisa olimlar va jurnalistlar, shoir va yozuvchilar imkoniyatlar eshigini katta va keng ochib berdi. Ilgarilari qatiy taqiqlangan mavzular - ajdodlarimizning sharafli tarixi, diniy qadriyatlarimiz, milliy urf-odatlarimiz haqida bemalol qalam tebratish, ularni targ'ib va tashviq qilish mumkinchiligi tug'ildi. Sharq xalqlari, xususan ozbeklar minglab yillardan beri etiqod qilib kelayotgan islomiy dunyoqarashni o'rganish ham o'sha yillarda taqiqlangan mavzulardan bittasi edi. Shuning uchun ham adabiyotshunos va tarixnavislarimiz Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy, Najmiddin Kubro kabi ijodkorlar va ularning adabiy meroslari haqida mavjud haqikatni ayta olmadilar. Shoirlarimiz ko'nglida kokarib turgan diniy-irfoniy tuyg'ular samarasi she'rlar iforidan o'quvchi vatandoshlarini bahramand qila olmadilar.

Malumki, she'r sarlavhadan boshlanadi. Istedodli shoir sarlavha orqali ham o'quvchi qalbiniga yo'l topa oladi. Sarlavha esa, she'r mazmunidan kelib chiqadi. Nomlanishda yarim mazmun ifoda topsa, mavzu bilan uyg'unlikda oz mantiqiy asosi va mohiyatiga ega bo'ladi. Bu hol ayniqsa ustoz shoirlar ijodida yorqin ifoda topadi. Hayot haqiqatidan Malumki, har kim oz qo'lidan kelgan yumish bilan mashg'ul bo'lsagina, o'ziga ham, jamiyatga ham foyda keltiradi. Bugungi bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan kun, davr talabi va shiori shudir. Yani har kim oz o'rnida vijdonan mehnat qilsin, oz sohasini rivojldantirishga hissa qo'shsin. Bu shior zamirida ham milliy g'oya yotadi. Chunki unga rioya qilinsa, Vatan taraqqiyotiga erishiladi.

Badiiy asarni tushunish, anglash, his etish, uning go'zalligini sezish, ta'sirini tuyish, boshqalarga yuqtirish, yolg'izlikda eslash - har bir insonda kechadigan individual ruhiy holat, albatta. Biroq anglangan, tushunilgan, xayol ufqida aks etgan go'zallikni tushuntirish, uning beg'uborligi va ta'sir quvvatini anglatish, zavq-shavq ildizini muhokama qilish oson emas. Har qanday go'zal badiiy hodisaning qaysidir qirrasi sirliligicha, qaysidir jihati ochiqligicha qolib ketadi. Badiiy so'zning sehri, poeziyaning quvvati, she'r hikmati ham mana shunda...

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Barcha shoirlar uchun muhabbat, Vatan, ota-ona, do'sti sodiq mavzulari birdek tabarruk. Ammo Mahmud Toir ijodida bu mavzular muallif biografiyasiga mos sifatlar bilan orzu-istaklari, dardu armonlari erkin va xalqona yo'sinda talqin etiladi. "Yashash yaxshi, bir g'unchaning Gul bo'lganini ko'rib tursang" - cho'ng orzu. Boshqa sahifada o'qiymiz:

Bulut ko'kda, suv soydadur, Qaro tunda ko'z oydadur, Jonim onam, jon qaydadur, Yashadingmi o'zing uchun?

Yo'l-yo'riqsiz, boshqalardan ajralib turadigan o'ziga xos uslubsiz ijodkor adabiy qiyofaga ega bo'lmaydi. Mahmud Toirning samimiy, sodda, jarangli, shiddatli, eng muhimi, dilining rangiga mos uslubi - so'zi, sozi va ovozi bor. Uning she'riy ovozidan o'ktamlik, jo'shqinlik, o'z so'ziga ishonch tuyg'usi sezilib turadi. Shoir dilining rangin holatlari va manzaralarini o'z muxlislariga taqdim etadi. Shuning uchun ko'rkam dilini avaylab qo'rchilaydi. Shoir "har dilda bir yangi kalom bor"ligini biladi.

Maysalarga inimsan, degin, Binafshaga shirinsan, degin, Lolazorlar qoshiga kelgin, Bahor berar biz kutgan baxtni.

Ha, Mahmud Toir tabiatga yaqin shoir. Shunga monand uning she'rlarida shiddatli shamollar guvullab tog' daralari aro kezib yuradi. Uning she'rlarida daryo to'lqinlari samanga aylanadi. Atirgul ildizi oshiq yuragidan suv ichadi. Rayhon ifori chor atrofga taraladi.

Shoirlarning durdona she'rlari - iste'dodining totli mevalari. She'rni qoyilmaqom qilib o'qish, ya'ni ijro ham o'ziga xos san'at sanaladi. Ayniqsa, Mahmud Toir nutq so'zlasa, xalq baxshi-oqinlari uslubiga xos ravishda nasr bilan nazmni aralash qo'llaydi; tinglovchi auditoriyasini zabt etadi va bir lahza ham ular diqqati chalg'imaydi. Shoir qatnashgan adabiy uchrashuv va anjumanlar o'zgacha jo'shqinlik, fayzu tarovat kasb etadi. To'g'risi, she'riyat shaydolarining butun vujudi bilan Mahmud shoirni tinglagan vaziyatlarga ko'p guvoh bo'lganman.

Har narsani bilib turgan shoir ba'zan go'yo hech narsani bilmagandek she'r o'qiydi:

Men toshlarning tiliman, Men ko'ngilning guliman,

Bu dunyoning giliman, Mendan meni so'rama.

Lirik "men" o'zini turli narsalarga qiyoslaydi. She'rning har bir bandida o'zidan oldin keladigan uch qatordagi tezisni "mendan meni so'rama" degan to'rtinchi misra antitezisi tajohili orifona yo'sinida tasdiqlaydi.

Har qanday ijodkorning ma'naviy, adabiy, ijtimoiy qiyofasini so'zining fasohati, balog'ati, asarlarining umrboqiyligi belgilaydi. Shu e'tibordan Mahmud Toir she'rlarining ko'pchiligi she'riyat muhiblari qalbida yashayotgani sir emas. Shoir ko'ngil yo'rig'iga yuradigan inson. Odamlar yuragiga quloq tutib, sadoning aks-sadosini qog'ozga tushiradi. Chin shoir va chin insonning yurak devorini Yer yuzi xaritasi, el-yurt dardi, baland tog'lar mahobati bezaydi. Haq so'zni jonining jarangi, she'rni dilining rangi o'laroq tavsiflagan Mahmud Toir she'rlarida "Elning e'zozidan balandroq tog' yo'q", "Quvonch - yurak chertgan baxt qo'ng'irog'i", "Dilpora dillarga dildoshsan, lola" kabi juda nafis shoirona topildiqlar ko'p uchraydi. Boshqa o'rinda "Bir maysaga ildiz bo'lib ko'r" misrasi diqqatimni tortdi. Xo'sh, buni qanday izohlash mumkin? Maysa - juda mayda, ingichka, uning ildizi undan nozik - qilday. Odam o'zini shu mitti o'simlik ildiz o'rniga qo'ysin va uning vazifasini o'ylasin. Yo bo'lmasa, maysaning yonida tiz cho'kkan, chumolidan uzr so'rayotgan inson holini tasavvrn- qiling.

Maysalaring shivirlashdi, tizlar cho'kib, quloq berdim, Bilmay bosib chumolini gunohimga so'roq berdim, Vatan ne deb so'rganlarga bir kaftgina tuproq berdim, Menga Vatan siyratini, Momo yerim, o'zing berding.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shok tasavvuri va tasviri eng mitti maysa bilan chumoliyu bñ kaft tupгoqdan toгtib bepoyon Vatan va Momo yer manzaralarigacha biг lahzada qamrab oladi. Oraliqda esa inson vosita bo'lib turibdi. Shoir lozim topsa, "qizg'alodoqning armonini qo'shiq" qiladi, kulib tuгgan boychechak tabassumiga bog'lanadi. U borliq ovozini tinglaydi; so'zini tog'u toshlarga tinglatadi. Mahmud shoir turfa gullar - lola, yalpiz, rayhonu boychechaklar, yuqorida ta'kidlanganidek, hatto maysalarning ildizlaгi bilan tillashadi. Shok shamollar, daгaxtlar, yaproqlar kuyiga jo'r bo'lib qo'shiladi. Goho - so'z ortiqcha bo'lgan fursatda - yashil barglar o'zaro shitirlab so'ylashganida shoir "dilini xushlab", "tilini tishlab" ham turadi. Tabiatdagi go'zallikdan lol qolgan mahallarda, tabiiyki, so'z ortiqchalik, qalam ojizlik qiladi.

Kapalakka uzatgandim qo'l,

Qanotlarin yozdi duoga.

Kapalakning qo'shqanoti duoga ochilgan qo'lni eslatadi. Poetik detallararo bunday metaforik yaqinlik-qarinani faqatgina shoirning tafakkur ko'zi ko'ra oladi. Umumiy bir kuzatishimcha, oftob, oy, shamol, bulut, yomg'ir; maysa, yalpiz, boychechak, rayhon, kurtak, kapalak, qaldirg'och - bularning barchasi shoir she'rlarining obrazlilik pallasiga yuk bosadigan tabiat unsurlaridir. "Qaldirg'och" she'rida shu beg'ubor qushga qarab yozadi:

Ko'klam ko'rki qaldirg'och, Ayvonimga xush kelding. Qaydan kelding, diling och, Osmonimga xush kelding. Kel, kurtaklar ko'zidan Kulgu terib olamiz Sabolarning so'zidan Tuyg'u terib olamiz.

Shoir uchun xayol muhim; shoir uchun dil obodligiyu ko'ngil pokligi, ko'ngil ranglari va gurunglari aziz; shoir bir lahza ichida olamning olti tarafida, ko'ngil mulkining beshta faslida istiqomat qiladi.

"Jonimda bir chashma bor, Unga qancha tashna bor. Bu dunyo bozorida Men vafoga xaridor", "Irmoqlarning tushiga, Daryo kirsa ne ajab", "Tavba - yaratgandan so'rar gunohim" - Mahmud Toir she'rlariga ana shunday quyma, ohangli, hikmatli, dono va hayotiy falsafa xos. "Seni siylaganni senlama axir" kabi misrasini ochqilash - tahlil etish uchun hurmat, ehtirom, izzat-ikrom, sharqona odob-axloq va yana bir qancha fayzli tushunchalarni qo'llash mumkin.

Shoir bahorning kelishini o'z ifoda uslubiga moslab obrazli qilib yozadi:

Suvlar sepgin hovlingga, Eshigingni katta och. Uyingga sovchilikka Ketayapti qaldirg'och.

Bir e'tibor bering: "Savob asli samodan tushmas", "Mahmud, savob bilan izlaring to'lsin" kabi boshqa ko'plab misralarida Mahmud Toir savob va gunoh, rost va yolg'on, halol va harom, hurlik va qullik kabi axloqiy-didaktik tushunchalarni muhokama qiladi. Uning lirik qahramoni o'z nafsiga hisob beradi. Qilgan gunohi uchun tavba etadi, savob ishidan ortiqcha kerilib manmansiramaydi, maqtanmaydi, ezgu ishi uchun ichdan shukrona aytadi. Ammo Mahmud akaning "Bilsangiz ishq ahlining gul unmish gunohidan" misrasida mantiq buzilgandek ko'rindi.

Ma'lumki, mumtoz sharq adabiyoti, xususan, g'azal janri maqta'siga shoirlar o'z taxallusi - imzosini muhrlaydi. Shu an'anadan ulgu olgan Mahmud Toir zamonaviy she'riyatning barmoq vaznida yozgan she'rlari tuganch bandining biror misrasiga "Qoshingda Mahmudning xush dami bu kun", "Mahmudga siz jonsiz, jononsiz", "Sizga, ey do'st, Mahmud kabi dildosh bor", "Agarchi hasaddan yiroq bo'lmaysan, Mahmud, hech bir dilga chiroq bo'lmaysan", "Ayo Mahmud, maysalarning tili borga o'xshaydi", "Mahmudga shu tuproq quchog'i Vatan", "Shu ko'hna haqiqatni Mahmud takrorlar mudom" tarzida o'z ismini qo'shib qo'yadi. Zamonamizning boshqa shoirlaridan farqli o'laroq bunday tutum ham Mahmud Toir she'rlariga xos muhim bir xususiyat, o'ziga yarashib tushgan uslubiy yangilik sanaladi.

Mahmud Toirning oshiqona she'rlari toshlarni eritadigan darajada samimiy, chin. Chunki dili kuyib, ma'shuqa visoli uchun "har tong gul" dastalaydigan chin oshiq, kuyib-kuyib dili ming pora bo'lgan oshiq "kuygan dil qo'ridan kuy bastalaydi" Bunday kuy ohanglari dilni o'rtaydi.

Oshiq dilda armon ko'p, Ishqsiz dilda yolg'on ko'p.

Oshiqlikda devonaligu sultonlik, bedorligu bemorlik bor. Shoir shu dardga malham izlaydi va: "Bir malham bormikin suyub qolganga" deya bo'zlaydi. Bu savolning javobi esa, mumtoz shoirlarimiz e'tiroficha, "Tabib ayturki: ey nodon bu dardni bedavo derlar" (Mashrab), azizlar. Shoir o'ziga darddosh, maslakdosh, fikrdosh oshiqlarga qarab:

Bir ohida ming bir alam, Bir rozida yuz ming malham, Tili ko'rkam, dili ko'rkam Ahli muhabbat, qaydasiz, tarzida murojaat etadi. Shoir yaxshi bir kitobini "Ahli muhabbat, qaydasiz" deb nomlagan. Yuqoridagi she'riy misollarni asosan shu to'plamdan oldim. Undagi she'rlarni o'qiganimda bir taklif paydo bo'ldi. Kitobdagi birorta she'r oxiriga sana, joy nomi qo'yilmabdi. Ehtimol, atay shunday tutum tutilgandir. Ammo she'rning tug'ilgan kuni va joyi, she'rning tarjimai holi ba'zan adabiyotshunoslar talqini uchun zarur bo'ladi. Cho'lpon she'rlaridagi shunday qaydlar vositasida adabiyotchi oliml ar shoir yurgan yo'llarning adabiy-jug'rofiy xaritasini chizgani ma'lum. Bu kabi arzimas ko'ringan unsurlardan Sharl Sent-Byov, Andre Moruadek dunyo adabiyotshunosligining taniqli namoyandalari o'zlarining adabiy-biografik talqin usullarida juda unumli foydalanishgan.

Mahmud Toir sharq donishmandlarga xos ixcham hikmatlarni she'rlarida, tarkibida ham, alohida to'rtlik yo ikkiliklarida ham ko'p yozadi.

Dilingni o'rtasa gunohing har on, Demak, vujudingda uyg'oqdir iymon.

Bu yerdagi hikmat tavba to'g'risida. Inson qalbini nimadir o'rtashi, yaralashi, o'z ishlaridan qoniqmasligi, kimgadir zarracha yetkazib qo'ygan ozoridan o'ksinishi mumkin. Dili uyg'oq, vijdoni salomat, yuragi pokiza odam shunday holga tushadi. Bunday ruhiy-psixologik holatdagi kishining tiynatida iymondan nishon bo'ladi. E'tibor berilsa, butun she'r shu ikki qatordan iborat. Ba'zan uzundan-uzoq shaklan she'rdek tizilgan tizmalardan ma'ni uqilmaganda, ko'ngil zavq topmagan bir pallada Mahmud Toir yozgan ikkiliklarni o'qib, o'quvchi sergak tortadi. Shoirning chinakam hikmat egasi ekanining isboti shudir.

Olam go'zalligi gulning rangida, Tilning go'zalligi dilning rangida.

Yoki:

Demang, qaydan Mahmudning bayti, She'r - ko'nglimning gullagan payti.

Men Mahmud Toir shu ikkiliklarini bir necha bandlar mazmuniga joylab kattagina she'r yozishi mumkin edi, shu ish qo'lidan keladigan shoir, deb o'yladim. Aslida, uzun she'rlar ba'zan bitta so'z uchun, bir so'z birikmasi yoki bir misra uchun yoziladi. Bitta shoyista so'z potensialidan she'r bunyod bo'ladi. Birgina misra assotsiatsiyasidan matn kengayadi, bandlar bandga ulanadi; ba'zan muqaddima va tuganch hisobiga ko'lamdorlik kasb etadi. To'g'risi, men kam so'z bilan ko'p ma'no ifodasini qadrlayman; uzun ma'ruzalarda, ko'p gapda ma'no oz bo'lishi fasohatsizlik sanaladi. Menga fikr, o'y, his-tuyg'u, ijtimoiy va individual-ruhiy hodisalarning hayotiy xulosasi sifatida tug'ilgan Mahmud Toirning "Ikkilik"lari rostdanam ma'qul keldi.

Shu bilan gapni tugatishni o'yladim. Ammo Mahmud Toirning "Armon tuni" degan kichkina bir kitobi taqdimotida qatnashgan, ammo ko'ngildagi ayrim gaplarni aytish imkonini topa olmagan edim. Shu o'rinda ba'zi fikrlar bildirsam.

Mahmud Toirning "Armon tuni"da armonli nola, alamli bir nido bor. Chunki unda onaning bu yorug' olamni tark etgani, boqiy yo'lga ketgani bilan bog'liq bir dunyo tuyg'ular ifodalandi.

Dostonni o'qigan har kim undan o'zi uchun saboq oladi. "O'ylab ko'rsam, odamzod niyatidagi yorug'likni, go'zallikni, mehru oqibatni ona tabiatidan olar ekan". Haq gap ham shudir.

Bismilloh bo'lgay so'zim avvali, Onamdir qalbimning toza gavhari.

O'zi osmonimdir, o'zi zaminim, Jonidan jon bergan, jonim zargari.

Yozuvchi Xurshid Do'stmuhammad kitobchadagi bir jumlaga ishora qildi: "Sog'inch - bu aslida ko'nglimiz ko'zidagi yosh" Shu sahifada "Onani yo'qotish ko'ngilni qon yig'latadi" degan gap ham bor. Ko'ngli qon yig'lagan farzand faryodiga o'xshaydi bu doston.

Men onamdan tuproq bilan Tillashishni o'rganganman. Rayhon bilan, yaproq bilan Sirlashishni o'rganganman.

Sobir muallim va uning urushda vafot etgan o'g'li voqeasini shunchaki -befarq o'qib bo'lmaydi. Afg'on urushi dilbandidan ajralgan har bir ota-ona qalbidagi nolayu fig'on urushidir. Tinchlik - muhim. "Aslida, tinchlik - dunyo onalarining olam ahliga salomi" - Assalomu alaykum mohiyatida tinchlik mazmuni bor. "Onasiz yashasang ko'ngling to'lmaydi". Shunday armonli, o'tkinchi, kelib-ketishli bekat bu dunyo.

Farzand o'zini har vaqt onasidan qarzdor sezadi:

Azal dunyo, go'zal dunyo, Qodir Xudo, qodir Xudo, G'oyiblardan ber bir sado, Men onamdan uzay qarzim!

Ba'zi sahifalari avval yozilgan she'rlar kompozitsiyasi asosiga qurilgan bu asar mohiyatiga ko'ra muloqot dostonidir. Shoir unda o'z yaqinlari, tabiat, borliq, asosan, ota-onasi bilan muloqotga kirishadi. Otasini erta yo'qotgan shoir padari buzrukvori ruhidan hamisha madad oladi. "Bolam, otang o'lgan dema, men o'zingda yashayman, Diling, tiling bir bo'lsa gar men so'zingda yashayman". Shoir otasi bilan bir umr g'oyibdan suhbatlar quradi:

Ko'zlarimning yoshi ne darkor, Kimga kerak bu ko'z-ko'z nolam.

Go'yo otam ruhi bo'zlardi, - Oh, yo'g'imni bildirding, bolam! Oxirgi misra har kim yuragini bir titratadi.

Doston hayotning davom etishi, oydin tuyg'ular bilan umidli yakunlanadi. Shoir yozadi: "Ona, bu dostonga men ko'zimda yosh bilan nuqta qo'ymoqchi emasman. Siz er kishining noliganini xush ko'rmas edingiz...

Mayli, armon tunining og'riqlari - bu mening dilimdagi xun, tilimdagi dod". Muallif ta'kidlashicha, umr tongining oftobi onadir.

Har tong tog'lar ortidan bosh ko'tarayotgan quyosh hayotni olqishlaydi, odamlar qalbini yoritadi. Sabrga, shukrga, fikru zikrga o'rgatadi. Mahmud Toir dostoni ham shunday - onani e'zozlashga, tinch va osuda oydin hayotni qadrlashga chorlovdek taassurot qoldiradi.

XULOSA

Shunday asarlar bo'ladiki, jaranglab turadi; yurakni larzaga soladi, dilni yashnatadi, ko'zni yoshlatadi. Adabiyotshunos shu zavqli lahzaning sababini, she'rni go'zallashtirgan badiiyat unsurlarini o'zicha topib, ularga nom bera boshlaydi. Bu zavqli jarayonda talqinchi-adabiyotshunos she'riy asarlar jilovini, parvozini, kengligini ilmiy istilohlar qo'rg'oni ichiga olib kiradi. Qolipga sig'magan she'rlar yangi nazariyalarga asos bo'ladi. Bunday talqinlar odamda she'r o'qish istagi paydo qilsa - naqadar xush. Biroq she'rlar talqini majburlab yasama qolipga solinsa, ulardan badiiy tarovat ketadi.

REFERENCES

1. Karimov I. Yangicha ishlash va fikrlash davr talabi. 5-jild.Toshkent, Ozbekiston, 1996

2. Boboev T. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, Ozbekiston, 2001.

3. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent, Sharq matbaa kontserni, 2006.

4. Mahmud Toir "Ahli muhabbat, qaydasiz". Toshkent, Ozbekiston.

5. Mahmud Toir " Yangi sherlar". Toshkent, O'zbekiston, 2018

6. Mahmud Toir "Saylanma". Toshkent, O'zbekiston, 2008

7. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent. 2010

8. Mahmud Toir. Mendan meni so'rama. "Sharq" nashriyoti.Toshkent.2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.