Научная статья на тему 'MAVLAVIY ABDURASHID JAVHARIY HAYOT YO‘LI VA IJODIY MEROSI'

MAVLAVIY ABDURASHID JAVHARIY HAYOT YO‘LI VA IJODIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
181
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy meros / Abdurashid Javhariy / “Javzjon quyoshi” / Afg‘oniston / literary heritage / Abdurashid Javhariy / “The sun of Javjon” / Afghanistan

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sebg‘Atulloh Javhariy

Ushbu maqolada Afg‘onistonda yashab ijod qilgan shoir Mavlaviy Abdurashid Javhariy hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida fikr yuritilgan. U o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan yirik zullisonayn millatparvar shoir, yozuvchi, xatib, munaqqid, diniy olimlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, maqolada ijodkor qoldirgan boy adabiy meros, ularning adabiy-badiiy qiymati hamda biblografiyasi keltirib o‘tilgan. Afg‘onistondagi notinch siyosiy vaziyat va holatlar tufayli uning adabiy merosi o‘rganilmay kelayotgan edi. Maqolada ijodkor hayot yo‘li va adabiy merosi ilk bor ilmiy jihatdan tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MAVLAVI ABDURASHID JAVHARIY WAY OF LIFE AND CREATIVE HERITAGE

The article tells about the life and creative heritage of Mavlavi Abdurashid Javkhari, a poet who lived and worked in Afghanistan. He was one of the great nationalist poets, writers, preachers, critics and religious scholars who took an active part in the social and political movements of his time. The article also mentions the author's rich literary heritage, its literary value and bibliography. His literary legacy remains unexplored due to the turbulent political situation in Afghanistan. The article is the first scientific analysis of the creative life and literary heritage.

Текст научной работы на тему «MAVLAVIY ABDURASHID JAVHARIY HAYOT YO‘LI VA IJODIY MEROSI»

MAVLAVIY ABDURASHID JAVHARIY HAYOT YO'LI VA IJODIY

MEROSI

Sebg'atulloh Javhariy

Termiz davlat universiteti 2-bosqich magistranti

sebQhatullahiawhari60@Qmail.com

+99 899 1 799918

Annotatsiya: Ushbu maqolada Afg'onistonda yashab ijod qilgan shoir Mavlaviy Abdurashid Javhariy hayot yo 'li va ijodiy merosi haqida fikr yuritilgan. U o'z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarida faol qatnashgan yirik zullisonayn millatparvar shoir, yozuvchi, xatib, munaqqid, diniy olimlaridan biri bo'lgan. Shuningdek, maqolada ijodkor qoldirgan boy adabiy meros, ularning adabiy-badiiy qiymati hamda biblografiyasi keltirib o'tilgan. Afg'onistondagi notinch siyosiy vaziyat va holatlar tufayli uning adabiy merosi o 'rganilmay kelayotgan edi. Maqolada ijodkor hayot yo'li va adabiy merosi ilk bor ilmiy jihatdan tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: adabiy meros, Abdurashid Javhariy, "Javzjon quyoshi", Afg 'oniston

Abstract: The article tells about the life and creative heritage of Mavlavi Abdurashid Javkhari, a poet who lived and worked in Afghanistan. He was one of the great nationalist poets, writers, preachers, critics and religious scholars who took an active part in the social and political movements of his time. The article also mentions the author's rich literary heritage, its literary value and bibliography. His literary legacy remains unexplored due to the turbulent political situation in Afghanistan. The article is the first scientific analysis of the creative life and literary heritage.

Keywords: literary heritage, Abdurashid Javhariy, "The sun of Javjon", Afghanistan

Аннотация: В статье рассказывается о жизни и творческом наследии Мавлави Абдурашида Джавхари, поэта, жившего и творившего в Афганистане. Он был одним из великих националистических поэтов, писателей, проповедников, критиков и религиоведов, которые принимали активное участие в социальных и политических движениях своего времени. В статье также упоминается богатое литературное наследие автора, его литературная ценность и библиография. Его литературное наследие остается неизученным из-за бурной политической ситуации в Афганистане.

Oriental Renaissance: innovative, VOLUME 11 ISSUE 2

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

Статья является первым научным анализом творческой жизни и литературного наследия.

Ключевые слова: литературное наследие, Абдурашид Джавхари, «Солнце Джавджона», Афганистан.

KIRISH

Mavlaviy Abdurashid Javhariy XX asrning birinchi yarmida Afg'oniston Respublikasining shimoliy viloyatlaridan bo'lmish Javzjon viloyati, Shibirg'on shahri, Xayerxona mahallasida dunyoga kelgan. Jahariy o'zining 72 yillik umri davomida Afg'onistonda o'zbek til va adabiyoti ravoji va taraqiyoti uchun faol harakat qilgan, shu yo'lga o'z umrini baxshida etgan insondir.

Mavlaviy Abdurashid Javhariy domla Abdulhamid Hamidiy yoki (kichkina domla) o'g'li milodiy yilning 1926- yil palang yilida tug'ilgan va Javhariyning o'zi o'z tarjimayi hollarida bu haqida ma'lumot berib o'tgan.

Javhariyning otasi hurmatli domla Abdulhamid Hamidiy Xo'ja Tohir o'g'li olim, tabib, so'fi va zabardast xattot bo'lib, aruz va qofiya ilmiga mahorati bor edi. Tariqat bobida Naqshbandiy silsilasiga kirgan bo'lib, bulardan tashqari domla Abdulhamid Hamidiy yaxshi suxanvar shoir bo'lib ikki tilda (o'zbek va fors) she'rlar yozgan. Mavlaviy Javhariy shunday bir munavvar va fozil oylada ko'z ochgan. U o'z hayotida otasining yo'lini tutib, ilm o'rganish uchun otasining yonida qo'lini tutadi.

Domla Abdulhamid Hamidiy Buxorodagi Mir Arab va Ko'kaldosh madrasalarida ta'lim olib, keyin 1917- yilda o'z yurti(Shibirg'on)ga qaytib keladi. Domla Abdulhamid Hamidiy Ibn Yamin (mulla aka) madrasasida mudarris sifatida va Shibirg'on jome masjidining mudarrisi va xatibi sifatida hayotining so'ngi yillarigacha ish olib boradi. Yuzlarcha shogird tarbiya qiladi. Abdurashid Javhariy shunday bir fozil, olim, ruhoniy va ilmli oilada dunyoga kelib, hayotini ilmga bag'ishlagan inson edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Maqolada tarixiy-tipologik, qiyosiy-chog'ishtirma metodlardan foydalanilgan. Ilmiy bilishning obyektivlik usuli asosida Abdurashid Javhariyning Afg'oniston o'zbek ijodkorlari orasida munosib o'ringa egaligi obyektiv yoritilgan. Adabiyotlar tahlili sifatida Abdurashid Javhariyning o'z asarlaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Abdurashid Javhariy kichik yoshidan ya'ni 4-5 yoshlaridan saboq olishni boshlaydi, boshlang'ich ta'limni arab tilida Ibni Yamin (mullo aka) madrasasida o'z otasidan dars olishga kirishadi. Arabiy ilmlar (sarf, nahv) o'qishdan tashqari, Javhariy

bolalikdan she'r aytish va o'qishga qiziqqan. Madrasalarda savod chiqarish uchun ana'naviy shaklida ba'zilar she'riy devonlarni o'qidilar. Bu an'analar mulla aka madrasasida ham rivojlangan bo'lib, madrasadagi talabalarga she'r o'qish va uni o'rganishni muhim va zarur bilib va ilmiyatni yuqori darajaga erishish uchun katta ahmiyatga ega deb hisoblar edilar. Javhariy janoblari ham bu an'anadan uzoqlashmagan holda o'z savodini yuqori darajaga olib borish uchun bolaligidan ba'zi shoirlar devonlarini qiziqish bilan o'qiydi. Jumladan, mumtoz turkiy sho irlar: Fuzuliy, Mavlono Lutfiy, Mir Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab, So'fiy Ollayor, Amir Umarxon To'ra; forsiygo'y shoirlardan: Mavlono Abdurahmon Jomiy, Sohib Tabriziy, Hofiz Sheroziy, Mirzo Abdulqodir Bedil Dehlaviy, Ibn Yamin Shibirg'oniy va bir qancha shoirlar devonlarini zavq bilan o'qib, ularning go'zal she'rlaridan ilhom olib bora-bora o'zi ham ijod qila boshlaydi. Bir qancha shoirlarning g'azallariga taxmis va muxammaslar bog'laydi. Ta'kidlab o'tilganidek, Javhariy bolalikdan she'r aytish va o'qishga ko'p qiziqib, mushoira mahfillarga va farhangiy ehtifollarga ko'p qatnashadi. Bedilxonliklarda huzur topib, hifz qilgan she'rlarini mushoiralarda o'qib va ba'zi paytlarda o'zi ham she'r aytgan. Mahfilga kelgan kishilarning e'tiborini o'ziga tortadi, ularni o'zi yozgan chiroyli va mazmunli she'rlari bilan quvontiradi.

Abdurashid Javhariy birinchi she'rlarini Aminiy taxallusi bilan yozgan va ularni otasiga ko'rsatgan, otasi esa she'rlarni o'qib, xatolarini to'g'irlab bergan. Afsuski, shoirning bu she'rlaridan bir parcha ham bizgacha yetib kelmagan. Bunga sabab sifatida ichki urushlar, ixtiloflarni aytib o'tish mumkin. Siyosiy holat tufayli ijodkor-shoirlar eski she'rlarining ko'pini yo'qotgandir.

Mavlaviy Javhariy arabiy ilmlar qatorida badiiy, bayon, ma'oniy, aruz va qofiya ilmini turli ravishlarda komil o'rgangan. Abjad hisobi bilan she'r aytishdan zavqlangan. Bu janrlarda ancha mukammallikka erishgan. Buni tarixiy she'rlarida kuzatishimiz mumkin. Mavlaviy Javhariy she'r yozishni 1951- yildan boshlagan. Uning she'r va maqolalari birinchi marta 1961-yildan boshlab Shibirg'ondagi davlat bosmaxonasi "Divah" jaridasida va undan keyincha "Yulduz Esturiy", "Javzjonon quvonch" jurnallarida chiqqan. Bulardan tashqari Pokiston o'lkasida ish olib boradigan muhojir Afg'onlarning kunlik, haftalik, oylik gazeta va faslnomalarida Javhariyning she'r va maqolalari bosilib chiqqan.

Javhariyning she'r va maqolalari ikki tilda (forsiy va o'zbek) va ayrim joylarda ba'zi risolalari arab tilida ham she'r yozgandir. U turli urf-odat, rasm-rusum va an'analar to'g'risida she'r va maqolalar yozib tarqatgan millatchi shoir va yozuvchilar hisobiga kiritiladi. Shundan bilamizki, ulug' o'lkamiz Afg'oniston ko'p

yillar davomida urushlar girdobida qolib, birini xalqiy deb, birini parchamiy deb millatparastlik qilib, xalqni azoblaganlar. Bu urushlardan hech bir kishi ziyonsiz qolgan emas, Javhariy ham bu shum urushlardan ziyonsiz qolmay ko'p zajr va alamlar tortgan.

Abdurashid Javhariyning Pokistondagi musofirlik davri. Mavlaviy Javhariy 1980- yilning fevral oyida Kobul tamon yo'l oladi va oz muddatdan keyin o'z ona yurti Afg'onistonni butun oilasi bilan tark qilishga majbur bo'ladi. 1983 -milodiy yil muhojirlik yukini orqasiga bog'laydi va juda qiyinchilik bilan ko'p yo'l yurib qo'shni o'ikalardan bo'lgan islomiy yurt Pokistonga boradilar. Pokistonning bir necha shaharlarida Kuvayt, Karochi va Peshavorda hayot kechiradi. Vatandan hijrat qilgan paytida "Xush qoling" deb nomlangan muxammasini yozgan. Uning ushbu muhamasini keltirib o'tsak: Hijrat aylab chiqdim ey mulkdiyorim xushqoling, Xushqoling, ahboblar ty yaxshi yorim xushqoling, Hijrat ayladim bu kun bog'bahorim xushqoling, Ey jigarband aziz xishutaborim xushqoling, Jonajon oshnolaorim ay hamkorim xushqoling, Xushqoling hamsoyalar yaxshi vafodorim eding, Yaxshi kunlarda yomon kunlarda hamkorim eding, Xushqoling ey hamnishinlar barcha dustdorim eding, Ichkuyaru jonkuyor har ishaga g'amxuvorim eding. Kecha-kunduz bir yerub gasht guzorim xushqoling,

Mavlaviy Abdurashid Javhariy Pokiston o'lkasida o'n bir yil butun oilasi bilan birgalikda hayot kechirib, u yerda ko'p olimlar, donishmandlar, yozuvchilar va shoirlar bilan suhbatdosh bo'ladi. Ular bilan birgalikda Afg'onistonda bo'lib turgan og'ir vaziyatdan qanday qutqarish choralarini ko'radi va bu xohishni barcha afg'onlar bilan maslahat qiladi. Bu yomon vaziyatni hal qilishni o'zlariga farz bilib, o'zlari uchun sharaf deb hisoblaydilar.

Mavlaviy Abdurashid Javhariy ko'p asarlarini musofirchilikda, Pokistonda yozgan bo'lib, bulardan bir qanchasini chop etishga muvofiq ham bo'lgan. Javhariyning hozirgi kunda chop etilgan asarlari:

1. Javhariyning devoni "Javzjon quyoshi" o'zbek tilida;

2. Javhariyning devoni "Fonus xuroson" fors tilida.

3. Javhariyning risolasi "Mavludiya Muhammadiya" manzuma o'zbek tilida.

4. Javhariyning "Musulmonchilik yo'li va din zaruriyoti" o'zbek tilida.

5. Javhariyning "Falsafa islom dar ejte'mo" fors tilida.

6. Javhariyning "Ibn Yamin devoni" fors tilida.

7. Javharining "Sereshk motam zadagon" fors tilida.

Javhariyning nashrga tayorlagan asarlari;

1. Javhariyning "Mavludiya Muhammadiya" fors tilida.

2. Javhariyning "Farhang Rashidiya" bu farhangda uch mingdan ortiq sof o'zbekcha so'zning forscha izohi berilgan.

3. Javhariyning "A'vomlar farhangi" bu asarda zarbulmasal, mua'mmo, topishmoq mavjud o'zbek tilida.

4. Javhariyning "Jahod armag'oni" o'zbek tilida.

5. Javhariyning "Tazkira al-oliy" fors tilida.

6. Javhariyning "Andarz ebrat" fors tilida.

7. Javhariyning "Madu jazer Inqilob" fors tilida.

8. Javhariyning "Inqilob fojealari" o'zbek tilida.

9. Javhariyning "Safarnoma haj" fors tilida.

10. Javharining "Safarnoma haj" ikkinchi jildi fors tilda.

11. Javhariyning "Haft xuvon seyosat" fors tilida.

12. Javhariyning "Qomus shayton" fors tilda.

Javhariy jonajon vatanidan hijrat qilmoq chog'ida bu muxammasni yozadi:

Bu kun ovora bo'ldim do'stlar mulku diyorimdin,

Tiriklikda judo bo'ldum hamma xeshu taboremdan,

Judo mandan bo'lub man ham judo ulyorimdan,

Falak toqati kuyar bo'ldim bu oh sharorimdan,

Agar o'lsam xabar bo'lmas keshiguru- mazorimdan,

G'ariblarg'a bo'lib hamdam bukun man ham g'arib bo'ldim,

Tamomiy do'st hamdam suhbatidan be nasib o'ldim,

Ajab kunlarda qolibman ajablardin ajab buldim,

Hammadin ayrilib qayg'u kulfatga qarib bo'ldim,

Abdurashid Javhariyning vatani Afg'onistonga qaytib kelishi. Afg'onistonda islomiy hukumat professor Sebg'atulloh Mujaddadiy janoblari davrida ko'p olimlar va donishmandlar qaytadan o'z ona yurtlariga keldilar. Bular jumlasidan biri Mavlaviy Abdurashid Javhariy oilasi bilan birga Afg'onistonga keldilar. Bu voqea 1992- yilning may oyiga to'g'ri keladi. Mavlaviy Abdurashid Javhariy Afg'onistonga birinchi Kobul viloyatiga kelib, Sebg'atulloh Mujaddadiy bilan uchrashib, Afg'onistonda doimiy tinchlik bo'lishi haqida suhbat qildilar. Pokiston Respublikasida ham Sebg'atulloh Mujaddadiy bilan Oliy majlislarga qatnashgan edilar. Kobuldan chiqib Mazor sharifga keldi. U yerda ko'p turmay bir qancha yoshi

ulug' kishilar bilan birgalikda o'z yurti bo'lgan shibirg'onga keladi. Shibirg'on aholisi shoirlar, farhangilar va yozuvchilar Javhariy sohibning kelishini eshitib, minglarcha yosh-u qarilar u kishining istiqboliga chiqadilar. Ba'zi yoshi ulug'larning aytishicha Javhariy va uning hamrohlarini kutib olish uchun hatto 5 va 10 kilometrdan (Oqcha daryosining ko'prigigacha) kelgan edilar. Shunday tantana bilan Shibirg'on shahriga boradilar. Javhariyning Shibirg'onga kelgani munosabati bilan farhangilar tarafidan majlis bo'lib unda o'zi ham faol qatnashib, vatanga qaytgani to'g'risida gaplashdilar.

Mavlaviy Abdurashid Javhariy Javzjon viloyatiga kelganidan keyin, Afg'oniston Milliy Islomiy Junbish partiyasi madaniyat birlashmasi Javzjon viloyati bo'yicha raislik ishini Javhariga topshiradi. Javhariy ham ochiq ko'ngil bilan bu ishni qabul qiladi. So'ng 1995- yilda Alisher Navoiy farhangiy uyishmasining shibirg'on shahridagi boshlig'i va raisi sifatida ham ish olib boradi. Shu yillar orasida Javhariy sohib janoblari Javzjon viloyatining olim va ruhoniylar birlashmasi raisi va Afg'oniston olimlar sho'rosining o'rinbosari sifatida ish yuritgan. Mazor sharif shahridagi olimlar kengashida ishlagan.

Mavlaviy Abdurashid Javhariy shuncha ko'p va og'ir ishlardan tashqari o'z ijodiy ishlarini esidan chiqarmaydi. Anjuman va uyishmalarda shibrg'ondan tashqari viloyatlarga safar qilib, majlis va yig'inlarda faol qatnashib yozgan chiroyli she'r va maqolalari bilan majlisni bezaydi.

Javhariy 1995- yilda Shibirg'on shahrida bir katta ilmiy uyishmani tuzdi. Uni Javzjon viloyat ining ilmiy va farhangi uyishmasi (J-M-I-A) deb nom berdi. Bu yerda ko'plab shoir va yozuvchilar bilan qatnashib, yozgan she'r va maqolalarini uyishma orqali tarqatganlar. Javhariy 1998- yilda 72 yoshida qamoqxonaga solingandan kiyin og'ir sharoitda vafot etadi.

Mavlaviy Abdurashid Javhariyning maqbarasi Shibirg'on shahri Ko'kinbad mahallasida joylashgan. 2001-yilda Marshal Abdurashid Do'stum tomonidan ona vatani uchun kurashib jon berganlar uchun shahidlar bog'i quriladi. Mavlaviy Abdurashid Javhariyning ham tuprog'idan keltirib, maqbarasini quradi.

Abdurashid Javhariy nomiga musammo bo'lagan joylar. Mavlaviy Abdurashid 72 yil umri davomida ulus va o'lkasi uchun ko'p xizmatlar qilgan bo'lib, minglarcha shogirdlar tarbiya qilib, o'zidan boy meros qoldirdi. Javhariy sohibning hurmat va ehtromi tufayli ''Xayerxona" jome masjidi Javhariy nomiga qo'yilgan. Javzjon viloyati madaniyat va ma'rifat idorasi yordami bilan 2007- yili ko'chalardan birining nomi ''Jodda Mavlaviy Abdurashid Javhariy'' deb nom qo'ygandir. 2018- yilda Javzjon viloyati hokimi Mavlaviy Lutfulloh Aziziy va Ijtimoiy ishlar vaziri Fayzulloh

Zakiy tomonidan ikki gektar yerni yetim bolalarni tarbiyalash uchun katta muassasa quriladi va bu muassasani Javhariy nomi bilan ataladigan bo'ldi. Bu ishlar Javhariyning vataniga qilgan xizmatlari oldida ancha ozdir.

XX asrda yashab ijod qilgan shoirmiz Mavlono Abdurashid Javhariy o'z davrining atoqli din olimiy, shoir va yozuvchilaridan biri bo'lib, juda og'ir sharoitlarda yashagan sababli o'zidan ko'p ta'sirotlar qoldirgan, Javhariy zullisonayn shoir yozuvchi, o'zbek tili va forsiy tillarida she'rlar va badiiy, nasriy, diniy, falsafiy asarlar yozgan bo'lib uning she'rlari, diniy asarlarini uxshsh jihatidan qaraganda Navoiydan izdoshlik qilib kilgan.

1. Mavlono Abdulrashid Javhariy. Javzjon quyoshi. Birinchi chop. Pokiston Pishovur: 1985.

2. Mavlono Abdulrashid Javhariy (diyvon serishk motamzadagon) dariy tilda birinchi chop Shebirg'on, 2018.

3. Muhammad Hoshim Mahjur (yodiy az shoiron va navisindagon farzona javzjonon) Kobul 2015.

4. Aminiy Kozim (afg'onistondagi o'zbek shoirlari) Qadir Rustoiy yordami bilan bango intishorot mayvand, 2006.

5. Muhammad umar Alimbayot (shebirg'on darsadsol axir) Mazor sharif 2007.

6.Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

7.Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8.Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

9.Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.