Научная статья на тему 'ZULFIYA SHE'RIYATI VA ESTETIK QARASHLAR'

ZULFIYA SHE'RIYATI VA ESTETIK QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1625
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik kechinma / qahramon tabiati / mavzu ko„lami / obrazlar olami / poetik timsol / mavzu / g„oya / lyrical experience / the nature of the protagonist / the scope of the theme / the world of images / the poetic image / the theme / the idea

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munojaat Akbarova, Shahlo Botirova

Ushbu maqolada shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish mahorati she‟rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she‟rlarining tahlili shuni ko„rsatadiki, she‟rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo„nalishini, avj pardasini, maqsad, g„oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg„ular belgilaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ZULFIYA'S POETRY AND AESTHETIC VIEWS

In this article, the poet Zulfiya‟s mastery of creating a poetic image is clarified through an analysis of her poems. An analysis of Zulfiya's poems shows that the spirit and tone, content and direction, climax, purpose, ideas and ideals of her poems are determined by universal thoughts and feelings

Текст научной работы на тему «ZULFIYA SHE'RIYATI VA ESTETIK QARASHLAR»

ZULFIYA SHE'RIYATI VA ESTETIK QARASHLAR

Munojaat Akbarova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Shahlo Botirova

O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti (ilmiy rahbar)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish mahorati she'rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she'rlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, she'rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo'nalishini, avj pardasini, maqsad, g'oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg'ular belgilaydi.

Kalit so'zdar: lirik kechinma, qahramon tabiati, mavzu ko'lami, obrazlar olami, poetik timsol, mavzu, g'oya.

ZULFIYA'S POETRY AND AESTHETIC VIEWS

Munojaat Akbarova

Master of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Shahlo Botirova

Associate Professor of Uzbek Language and Literature (Supervisor)

ABSTRACT

In this article, the poet Zulfiya's mastery of creating a poetic image is clarified through an analysis of her poems. An analysis of Zulfiya's poems shows that the spirit and tone, content and direction, climax, purpose, ideas and ideals of her poems are determined by universal thoughts and feelings.

Keywords: lyrical experience, the nature of the protagonist, the scope of the theme, the world of images, the poetic image, the theme, the idea.

KIRISH

Har bir badiiy asar ijtimoiy-ma'rifiy tushunchalarni nozik sezimlar bilan idroklaydi. Shaxsiy tushuncha tadrijida poetik yaxlitlik matn hissiy-ruhiy asoslari bilan o'zaro raqobatga kirishadi. Ruhiyat zamiridan sizib chiqayotgan fikr tugalligi

poetik axborotga evriladi. Poetik axborot zamirida mavjudlik jumbog'i aks ettiriladi. Bu xususiyat ko'proq poeziyaga daxldor tushunchalar hisoblanadi. SHu boisdan, biz shoirlarni ko'ngil tarjimoni deb sifat beramiz. Bular til bilan ifodalab bo'lmaydigan, oniy shuurni so'z vositasida lirik shaklga aylantiradi. Lirik shakl mohiyatida insoniy munosabatlar o'z ahamiyatini namoyon qiladi. E'tibor berilsa, XX asr o'zbek poeziyasida jahon she'riy maktablarinin o'rni va ta'siri beqiyos. Bular adabiy aloqalarning muhstahkamlanishida yorqin namoyon bo'lgan. Shoira Zulfiya ijodining poetik olami va estetik qarashlari ham mazkur jarayonning bir halqasini tashkil etadi. Negaki, ijodkor o'z davrining komil farzandi. O'zi yashab turgan ijodiy muhit suvratidan estetik qarashlari shakllanadi. Ustozlari boshlab bergan salmoqli ishlar, keyingi avlod nazaridan izsiz o'tmaydi. Bularni davom ettirganligi uchun bugungi adabiy jarayon o'ziga kerakli va muhim jihatlardan ibrat olishda davom etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shoira ijodini kuzatar ekansiz, bitta muhim jihat kishi e'tiborini o'ziga jalb qiladi. U ham bo'lsa falsafiy-intellektuallikdir. Bu muhim qirraning shoira ijodidagi rang-barang ko'rinishlari lirik va epik asarlarida go'zal moxiyatni yuzaga keltirgan. Olislarga qadalgan nigoh, kutish va sabr onlari, muhabbatdan yaralangan dil nolalari, hijrondan yaralgan mungli ohanglar, taqdir hukmining javobsiz sadolari, orzularning kamalak jilosi, shodlikning munavvar tongdek sezimlari kishi qalbining bitmas, tuganmas idroki shoira Zulfiya lirikasining har bir nuqtasida estetik qarashlarini yaqqol ifodalab turibdi. Ko'pgina hollarda o'sha tanish tuyg'ular kitobxon qalbidagi tizginsiz savol yanglig' yuzaga chiqishiga guvoh bo'lasiz. Davrlar ham xuddi odamdek turfa va ko'p-qirralidir. Unda mavjudlik jumbog'iga echim topish mumkin. Lekin har bir buyuk savol bag'rida shunga monand javob ham mavjud. Albatta, lirika yordamida ko'ngil poklanadi, hissiyot sayqallanadi, go'zallik va ezgulik qadrlanadi. Zulfiya ijodi bunga misol bo'la oladi.

NATIJALAR

Adabiy asarning mohiyatida obrazlilik mavjud. U maromiga etkazilmas ekan, badiiy ijod ekspressivlik va emotsionallik kasb etmaydi. Adabiy asar tesha tegmagan metaforalarga boy bo'lsa, unda teran mushohadaga chorlovchi badiiy-tasviriy vositalar etarlicha qo'llanilsa, poetik qiymati ham shunchalik rang-barang, betakror bo'ladi. Darvoqe, "Har bir obrazda shoirning voqelik hodisalariga shaxsiy munosabati bor. Unda shoir dunyoqarashi, ideali, estetik olami mujassamlashgan" [1]. Haqiqatan ham, shoira Zulfiya poetikasida - fasllarga ajralgan qalbning ruhiy

kechinmalari aks ettirilgan. Masalan, quyidagi to'rt qator she'rni kuzatamiz va bunga guvoh bulamiz:

Gavhar marjon kabi yaltirab tursa, Meni ham o'raydi she'riy hayajon! Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga, Nurlarga ko'milib yuraman shodon [2].

Kuz poetik obraz darajasi ko'tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni akslantirmoqda. Hisiy bo'yoqdorlik qabarib ko'ringan ushbu she'r mohiyatida lirik obraz - kuz tiynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Idrok va tushuncha qa'rida tuyg'ular realizmi inkishof qilinadi. SHoira bir dam bo'lsa ham o'quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro'y-rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she'rning doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida qabarib ko'rinadi. "Tovusday bezangan daraxt bog'lari" tashbihining kuzga ishorasi o'ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. "Oltin kuz" nomli she'rning kechinma tarkibida o'nlab muqoyasalarni original inkishof qilishga erishgan. Jumladan, "nurlarga ko'milib yuraman shodon" birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini -umid ekanligini talqin qilish etakchi kategoriyaga aylangan.

Shoira Zulfiyaning adabiy suhbatlaridan uning shogirdlariga qanchalik g'amxo'rlik ko'rsatganini anglab olish mushkul emas. Bu ko'pincha shoiraning yaxshi she'rni qanday yozish kerakligi, she'r yozishda nimalarga jiddiy e'tibor qaratish lozimligi kabi masalalarda o'z maslahatlarini ayamaganligida ko'rinadi. SHe'rning dunyoga kelish onlari bo'ladi, shoir ana shu jarayonda ilhomiga tayanib ish tutsa, iste'dodidan unumli foydalansa yaxshi natijalarga erishishi mumkinligiga ishora qiladi. Bular shoira Zulfiyaning hayot va ijod haqidagi tasavvurlarining bir uzvi xolos. Voqelikka xos munosabatda bo'lish, she'rni takror va takror ishlash, uni qayta tekshirish, tahlil qilish tufayli yangi fikr aytish mumkin deb hisoblaydi va bu fikrlarni hayotiy a'mol darajasiga ko'taradi. Borliqni estetik qayta idroklash shoirdan mehnat va mahoratni talab qilishiga mantiqiy urg'u beradi. Binobarin, "she'rlar minglarcha kishilar o'z qalbi va dili bilan his etib o'zlariniki qilib olgandagina poeziyaga aylanadi. Menimcha, shoir uchun eng qiyini - shoirning o'zi uchungina emas, o'quvchi uchun ham zarur o'z ovozini, o'quvchining yuragiga yaqin, aziz, uni ham hayajonga soladigan torlarni topa bilishdir. Agar o'quvchi shoir yoki yozuvchining his-tuyg'ulari va g'oyalaridan to'lqinga kelmasa, asar u uchun befarq qolsa, demak, poeziya yaratilmadi" [3].

Bu tavsiflarda ijodkor uchun bir necha jihatlar umumlashtiriladi. Haqiqiy ijodkor tabiatidagi mukammallik, izlanish va e'tiqod, talant tarbiyasiga jiddiy e'tibor ko'rsatish masalasi dolzarb vazifalar sirasiga kirishi ta'kidlanadi. Noyob va murakkab talqinlar zamirida pafosning muhimligiga ishora qilinadi. Yaratgan tomonidan berilgan beqiyos iste'dod va ilhomga tayanib ijod qilish yaxshi samaralar berishini dalolatlaydi. Bular shoira Zulfiya adabiy-estetik qarashlarida g'oyat rang-barang, yorqin obrazlar yaratish zimnida ham ko'zga tashlanadi.

MUHOKAMA

Ma'lumki, "lirika - inson qalbini, zamondoshimiz qalbini kashf etish, uning orzu va tuyg'ularini, muqarrar dramalarini idrok etish demakdir. Kishilarning ruhiy olami nechog'lik chuqur payqab va ilg'ab olinsa, she'riyat shu qadar boy va ta'sirchan bo'ladi. Lekin kashf etish fikr qilish, o'ylash demakdir. Hozirgi zamon she'riyatining mohiyati, rivojlanishining asosiy yo'nalishi ham ana shundadir" [4]. Darhaqiqat, shoira Zulfiya mazkur tushunchaning mohiyatida ijtimoiylik kasb etgan lirikaga xos muhim fazilatlar xususida fikr yuritadi. Haqiqatan ham, lirik she'r tabiatan estetik zavq va shavq, ohangdorlik ulashishini, inson ruhiyatiga daxldor tushunchalarga hamohang qirralarga ega bo'lishini mushohadalaydi. Yuqorida keltirilgan estetik idrok tabiatida xolis e'tirof ko'zga tashlanadi. Aynan xolis mushohada tuyg'ularning betakror bo'lishiga zamin hozirlaydi. Binobarin, taqdir tufayli yozilgan to'rt qator she'rda butun olam qiyofasi aks etishi mumkinligiga asosli dalillar keltiradi. "She'riyat shoirning urib turgan yuragi singari tirik jon" [5] ekanligini o'zining dilbar she'rlari bilan ham isbotlagan:

She'r demak - o'jar do'st qalamning izi, Shoirni boricha etar namoyon: Ne tariq hayotda otgan ildizi, Ne tariq qaddini tiklab turgan jon.

Bu shunday bir iz-ki - qalb sollanishi, Goh dengiz dolg'asi, gohi nasimdir. Goh bayram... Goh g'ussa yallig'lanishi, Dardlardan tavallud kamyob tizimdir... [6] Mazkur she'rda tuyg'ular realizmi yanada yanada tiniqroq ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, "shoirni boricha etar namoyon" satrida shoiraning butun tafakuri o'ziga xos mahoratidan shahodat berib turibdi. Ushbu samimiy satrlar mohiyatida iste'dod va mahoratning vobastaligi ko'rinadi. Shoira teran anglangan va anglanmagan lirikaning

idrok qilinishi ijodkor manerasiga borib tutashishini nozik sezimlar bilan mushohadalaydi. Bitta qalbning ichida yashirin tuyg'ular o'quvchi ko'ngliga yo'l topishi oson emasligiga ham ishora qilinmoqda. Aynan "dardlardan tavallud kamyob tizimdir" deganida haq gapni ilgari surgan. Hayot faqat quvonchdan iborat emasligi, odamning bir kuni bayram bo'lsa, bir kuni g'am tortishga mahkumligini, ijodkorning taqdiri azaldan kelayotgan hayot kechmishlariga aylanib ulgurganiga ham oydinlik kiritadi. "Goh bayram... goh g'ussa" yangilanishi - odamzotning tabiatiga daxldor qismat ekanini kutilmagan tashbihlar negizida talqin qiladi.

San'at tarixida har bir davrning o'z ijodiy tutimlari bo'lganidek, o'z shoirlari bo'ladi. Bular ijodkorning hayot haqiqatini qanchalik to'g'ri va ishonarli, obrazli, betakror ifodalay olganligida qabarib ko'rinadi. Shoira Zulfiya ham o'zining ijodiy-estetik qarashlarida haqqoniy e'tirof qilganidek, "hayotda donolik va bilimning sira tuganmas konlari shu qadar ko'p ekanki, undan bahramand bo'lish uchun butun umrni sarflasa ham etmasa kerak. Men hammasini birday yaxshi bilib olishga intilar edim. Navoiy va Pushkin, Hofiz va Shekspir, Bayron va Nekrasov, Lermontov va Lutfiyni o'qir edim, uqishga intilardim" [7]. Haqiqatan ham, shoiraning estetik talqinlarida bitta muhim jihat e'tiborga molikdir. YA'ni har bir ijodkor o'z ijod va hayot yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borar ekan, ilhom va iste'dodni, mahoratni, san'atkorlikni kitob mutolaasi, ustozlarning hayotiy bilimlari, tajribalari yordamida to'play borishi muhim vazifa ekanligini mantiqiy asoslaydi. "Bir umr kitob o'qib" ham borliqning jumbog'iga, hayot sirlarining oxiriga etib bo'lmasligini anglab etadi. Lekin hayot mudom tinimsiz harakatda ekan, fikr va tafakkur ham doim harakatda bo'lishi lozimligini alohida ta'kidlab o'tadi. Ayniqsa, Hofiz, Navoiy va bir qator mumtoz shoirlar, jahon adabiyotining etuk daholari qoldirgan ma'naviy merosni mutolaa qilish borasida ko'p haqiqatlarni kashf etganligini yuksak ma'mnuniyat tuyg'usi bilan qadrlaydi, e'tirof qiladi.

Zulfiya lirikasining shakliy unsurlari haqida gap ketganda, avvalo, misralardagi so'zlarning ritmik elementlari, bo'g'in, qofiya, turoq kabilarning o'z o'rnida inkishof qilinganida yaqqol namoyon bo'ladi. Asosiy jihati, mazkur unsurlar she'rga o'zgachalik va ta'sirchanlik baxsh etadi. Belinskiy e'tirof qilganidek, shakl va mazmun yaxlitligi asar obrazliligini yuzaga chiqarish kafolati sanaladi. Shoira lirikasida poetik obraz yaratishda qarama-qarshi ma'noli parallel nisbatlar ham ko'plab uchraydi. Bular biri ikkinchisini inkor qiluvchi antiteza usulidagi obrazlardan farq qiladi. "Adabiy o'ylar" deb nomlangan kitobida shoira shunday g'oyani ilgari suradi: "Umumiy tafakkur bilan konkret manzara sening xayolingda uzoq vaqtgacha ayrim-ayrim holda yashaydi-da, keyin birdan ikkovlon bir-biriga qo'shilib ketadi.

G'afur G'ulom o'zining keyinchalik mashhur bo'lib ketgan "Vaqt" she'rini yozishni niyat qilib qo'yib, qanday qiynalib yurganini aytib bergani esimda. Uning miyasida allaqanday umumiy tasavvurlar palaxsa-palaxsa bo'lib ko'chaveribdi, fikrlar bir-biriga to'qnashib ketaveribdi, she'rning ayrim bandlari etilib qolibdi-yu, lekin she'rning ibtidosi, asosiy konkret obraz, birinchi misra hadeganda tug'ilavermabdi, shunda u tuyqusdan bir zamonlar bir shahlo ko'zli qizni taniganini, uning ajoyib, quyuq kipriklari kapalak qanotiga o'xshash bo'lganini eslab qolibdi. O'sha qizning kiprik qoqishini eslashi bilan ko'z o'ngida bir lahzali fursatning jonli obrazi gavdalanibdi. She'rga kamlik qilib turgan obrazning ibtidosi xuddi mana shu ekan" [8]. Darhaqiqat, poetik talqin o'z-o'zidan dunyoga kelmasligiga ushbu tafsilot bayonida real faktik mushohadalar bilan chizgilar beradi. Bu degani shuki, shoira nazdida she'rning yaralishiga asosiy turtki bo'lgan xos unsur - g'oya so'zlarning shaloladek quyulib kelishida muhim atribut sanaladi. Demak, talqinlararo payvandlangan poetik yaxlitlik she'rning jozibador bo'lishini dalolatlaydi. Bir tomondan bu kayfiyatga tushishda kechinmaning qanday tug'ilishi ham vazifa bajaradi. Goh g'amgin kayfiyatning bir-biriga yaqin mavzularda, goh bir motiv doirasida manzumalar yozib tashlash mumkin degan xulosa ham kelib chiqishi tayin. CHunki oniy lahzada "yarq" etgan uchqun yuzlab satrlarning, she'rlarning yaratilishiga doyalik qilishi mumkin. Shoira Zulfiya har bir she'rini yozib bo'lgach, bir necha bor tahrir qiladi. Bu she'rning poetik qiymatini oshiribgina qolmay, o'quvchi e'tiborini, diqqatini jalb qiladi, betakror so'zlarning o'z o'rnida qo'llanilishiga olib keladi. "Lahzalar" turkumidagi she'rlarda idrok, sezimlar shoira qalbining betinim daryolaridek taassurot qoldiradi:

Sening o'zing tanho, mumtoz bir kitob, Raso va noraso darsing o'qidim. Bu tun borlig'im-la quchdimu bob-bob, Og'riqdan tavallud she'rlar to'qidim.

Bandaman, ey tangrim, kashfi tabiat, Axir bir kun so'nar ko'zlarimda nur. Kalimaga zaif qolganda qudrat, Senga so'ngi sajdam - umrim to'kilur... [9] "Iqrornoma" yo'sinida bitilgan ushbu she'rda shoiraning "bu o'tkinchi dunyo"da hamma narsa omonat ekanligiga, vaqt hukmi g'olib kelishiga, unda odamzod tabiatan hech narsaga ulgura olmasligiga, faqat "tabiat"ning "mumtoz kitob" ekanligi yashashga umid, husn va malohat in'om qilishi poetik obraz

darajasiga ko'tariladi. Mazkur she'rda shoira Zulfiyaning estetik olami, tabiatning jamiki go'zalligi, uning maftunkor va betakrorligi xilma-xil tasviriy vositalar bilan yanada boyitilgan. Negaki, "poetik obraz asli she'riyatning tabiati, xarakteri bilan sinonim tushuncha"dir [10]. Lessing ta'biricha: "Shoir istasa har bir voqeani boshidan oxirigacha, unga turli o'zgarishlar kiritgan holda bir tizimda inkishof qila oladi"deydi. [11]

XULOSA

Shoira Zulfiya ham badiiy matn tarkibini (she'rni) satrma-satr mantiqiy tahrirlaydi. Bular poetik obrazning yanada tiniqlashuviga, maromiga etkazilib tasvirlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu rakursdan qaraganda, shoira lirikasining mavzu-mundarijasini shartli ravishda quyidagi olti tamoyil asosida o'rganish maqsadga muvofiq:

1. Muhabbat mavzusidagi she'rlar;

2. Vatan mavzusidagi she'rlar;

3. Tabiat va inson munosabatlariga aks ettirilgan she'rlar;

4. Aralash mavzulardagi she'rlar;

5. O'lim mavzusidagi she'rlar;

6. Publitsistik mavzudagi she'rlar.

Shulardan ikkinchi, to'rtinchi va oltinchi tamoyillarda shoira estetik olami, badiiy tafakkuri real mohiyat kasb etgan. Tuyg'ularning toshqin suvrati, alam va hijron, yolg'izlik va mahzunlik kayfiyati poetik obraz darajasiga ko'tarilganida mangulik va yo'qlik chegarasiga aniqlik kiritiladi. SHuningdek, ta'sirdorlik, musiqiylik muhabbat manzumalarida ham o'ziga xos betakrorlikni yuzaga chiqaradi. Buni "Adabiy o'ylar" kitobida ham komil ishonch bilan tahlillaydi: "Har bir she'rimni yozayotganimda, uning o'tli tuyg'ulari bilan yashayotganimda, "Men shoirman", deb o'ylayman. Biror joyda chop etilgandan so'ng esa "Qachon shoir bo'larkinman?" degan xayol dilimdan kechadi. Chunki men chop etilgan she'rlarimda qalbimdagi quvonch, dard, hayajonlarning suratini ko'rganday bo'laman, har gal ularga nimadir etmayotganday, nimasidir asliga o'xshamayotganday tuyulaveradi..." [12]. Haqiqatan ham, shoira Zulfiyaning yuqoridagi talqinlarida yosh ijodkorga ibratli mulohazalar ilgari suriladi. O'z qalbidagi orzu-umidlarini ro'y-rost ishonch bilan aytish uchun ijodkordan juda katta jasorat talab qilinadi. O'z iste'dodining qudratli va zaif tomonlarini vaqtida payqay olish ham har kimning ilkidan keladigan ish emas, albatta.

Shoira Zulfiya ijodi milliy zaminga teran tomir otgan go'zal va betakror daraxtga o'xshaydi. Zulfiya shoiralardan birinchi bo'lib jahonga O'zbekiston degan yurtning rangin va betakror manzarasini, milliy qadriyatlari-yu, boy tarixini ko'lamdor obrazlarda ko'rsata oldi. Shoiraning ruhiy dunyosi milliy zaminga shu qadar teran muhabbat bilan bog'lanib ketganki, uning dilbar shoira bo'lib kamol topishidagi haqiqatni ana shu zamin qa'tidan izlamoq kerak. Shoira qalbi tinimsiz ravishda dard va iztirob bilan yaralanib boraveradi. Oqibatda xasta ko'ngilga malham izlanadi. Shoira Zulfiyaning "Sensiz" turkumidagi muhabbat manzumalarini shu kemtik ruhiy holatga iztirob bilan yaqinlashgan va izlangan hayot haqiqati deb qarash joiz. Negaki, ko'ngil shoirlarida har bir asar namunasining ildizi, uning yaratilish sabablari uning ruhiy dunyosiga borib tutashadi. Shu jihatdan olib qaralsa, "noyob iste'dod sohiblarining ijodi tuganmas bir buloq kabidir. U sizning yuragingizda bir ko'z ochdimi uni endi hech to'xtatib bo'lmaydi. Uning sof, beg'ubor va zilol suvidan tashna qalblarga yana tutgingiz kelaveradi" [13]. Binobarin, shoira Zulfiyaning ijodida ham kuzatiladigan ayriliqning mangu qo'shig'i, hijronning alamli ohanglari, yurakning tanho nolasi, sadoqatning teran tomirlari "davr va zamon" imtihonini engib o'tib, o'z hayotini oydin orzular bilan o'tkazishga doim da'vat qilib turdi. Undan zavqlangan minglab qalblar shoira ijodiga yuksak ehtirom bilan qaradilar.

REFERENCES

1. Ганиев И ва бош;. Шавкат Рахмон олами. - Тошкент: "Академнашр" 2013. 40-бет.

2. Зулфия. Йиллар садоси. - Тошкент: "Адабиёт ва санъат" нашриёти. 1995. 91-бет.

3. Каюмов л. Зулфия. - Т.: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1975. - Б. 167.

4. Зулфия. Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 23.

5. Зулфия Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 20.

6. Зулфия. Тонг билан шом аро. -Т.: "Шар;", 2005. - Б. 137.

7. Зулфия. Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 12.

8. Зулфия. Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 12.

9. Зулфия. Тонг билан шом аро. - Т.: "Шар;", 2005. - Б. 137.

10. Акрамов Б. Шеърият гавхари. - Т.: Гафур Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1979. - Б. 8.

11. Лессинг Г. Э. Лакоон или о границах живописи и поэзии. - М.: Гослитиздат, 1957. - С. 138.

12. Зулфия. Адабий уйлар. - Т.: «Фан», 1985. - Б. 51.

13. Рахмонов Б. Вафо ;исмати. - Т.: «Мухаррир», 2011. - Б. 4-3.

14. Hojieva O. To'rt tanho.Toshkent, "O'zbekiston", 2013.

15. Расулов Р. (2020). Валентность слова и синтаксическая связь. Тил, таълим, таржима. Халцаро журнал, 3(1), 8-16.

16. Rasulov R. (2020). Word Valence and Syntactic Relationship. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 295-300.

17. Rasulov R. (2020). Agency Valency of Voice Forms of the State Verbs (On the Material of the Uzbek Language). International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 308-317.

18. Rasulov R. (2020). Kelajak - til sohiblariniki. Til va adabiyot ta'limi, 7(7), 6364.

19. Ботирова Ш.И. (2020). Об обучении студентов филологии основам анализа и литературным терминам. Преподавание языка и литературы, 7(7), 82-83.

20. Botirova, S. (2020). The Role of Artistic Psychology in the Metaphorical Harmony of Man And the Reality of Life. Asian Journal of Multidimensional Research, 9(4), 16-20.

21. Botirova Sh.I. (2020). Problematic Aspects Related To the Use of Educational Technologies And Interactive Methods In The Classroom. International Journal of Multidisciplinary Research, 6(8), 539-541.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.