Научная статья на тему 'ZULFIYA SHE’RIYATIDA BADIIY OLAM TALQINI'

ZULFIYA SHE’RIYATIDA BADIIY OLAM TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6139
323
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik kechinma / qahramon tabiati / mavzu ko‘lami / obrazlar olami / poetik timsol / mavzu / g‘oya. / lyrical experience / the nature of the protagonist / the scope of the theme / the world of images / the poetic image / the theme / the idea.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munojaat Akbarova, Shahlo Botirova

Ushbu maqolada shoira Zulfiya she’riyati haqida ma’lumot beriladi. Shoira Zulfiya she’rlarining mavzu ko‘lami, obrazlar olami tahlil qilinadi. Shuningdek, shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish maxorati she’rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she’rlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, she’rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo‘nalishini, avj pardasini, maqsad, g‘oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg‘ular belgilaydi. Shu ma’noda, Zulfiya ijodining haroratini ta’minlagan omil ham undagi jo‘shqin va faol insonparvarlik, poetik timsol, go‘zal tuyg‘ular olamidir. Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo‘shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo‘lgan she’riyatdir. Maqolada shoira she’riyatining aynan shu jihatlari o‘z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERPRETATION OF THE ARTISTIC WORLD IN ZULFIYA'S POETRY

This article provides information about the poetry of the poetess Zulfiya. The scope of the theme and the world of images in the poems of the poet Zulfiya are analyzed. The poet Zulfiya's mastery of creating a poetic image is also clarified through the analysis of her poems. An analysis of Zulfiya's poems shows that the spirit and tone, content and direction, climax, purpose, ideas and ideals of her poems are determined by universal thoughts and feelings. In this sense, the factor that provides the warmth of Zulfiya's work is her passionate and active humanity, poetic image, the world of beautiful emotions. Zulfiya's lyrics are a poem of deep thought and passion. These are the aspects of the poet's poetry that are reflected in the article.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA SHE’RIYATIDA BADIIY OLAM TALQINI»

ZULFIYA SHE'RI YATIDA BADIIY OLAM TALQINI

Munojaat Akbarova

TVCHDPI O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi magistranti

Ilmiy rahbar: Shahlo Botirova, O 'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shoira Zulfiya she'riyati haqida ma'lumot beriladi. Shoira Zulfiya she'rlarining mavzu ko'lami, obrazlar olami tahlil qilinadi. Shuningdek, shoira Zulfiyaning poetik timsol yaratish maxorati she'rlari tahlili orqali oydinlashtiriladi. Zulfiya she'rlarining tahlili shuni ko'rsatadiki, she'rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo'nalishini, avj pardasini, maqsad, g'oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg'ular belgilaydi. Shu ma'noda, Zulfiya ijodining haroratini ta'minlagan omil ham undagi jo'shqin va faol insonparvarlik, poetik timsol, go'zal tuyg'ular olamidir. Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Maqolada shoira she'riyatining aynan shu jihatlari o'z ifodasini topgan.

Kalit so'zlar: lirik kechinma, qahramon tabiati, mavzu ko'lami, obrazlar olami, poetik timsol, mavzu, g'oya.

INTERPRETATION OF THE ARTISTIC WORLD IN ZULFIYA'S POETRY

Munojaat Akbarova

Master's degree in Uzbek language and literature, CSPI

Supervisor: Shahlo Botirova, Associate Professor of Uzbek Language and Literature

ABSTRACT

This article provides information about the poetry of the poetess Zulfiya. The scope of the theme and the world of images in the poems of the poet Zulfiya are analyzed. The poet Zulfiya's mastery of creating a poetic image is also clarified through the analysis of her poems. An analysis of Zulfiya's poems shows that the spirit and tone, content and direction, climax, purpose, ideas and ideals of her poems are determined by universal thoughts and feelings. In this sense, the factor that provides the warmth of Zulfiya's work is her passionate and active humanity, poetic image, the world of beautiful emotions. Zulfiya's lyrics are a poem of deep thought and passion. These are the aspects of the poet's poetry that are reflected in the article.

Keywords: lyrical experience, the nature of the protagonist, the scope of the theme, the world of images, the poetic image, the theme, the idea.

KIRISH

Zulfiya ijodi, u yaratgan poetik asarlar hozirgi o'zbek she'riyatida muayyan ahamiyatga molikdir. Shoira Zulfiya ijodida xotin-qizlar mavzusining ko'p jihatlari teran yoritilishi, sevgi va hijron motivlarining haqqoniy badiiy tadqiq etilishi, tinchlik, xalqlar do'stligi g'oyalarining ancha tasirchan tarannum etilishi tahsinga sazovor. Ma'lumki, Zulfiya tomonidan yaratilgan asarlarida realistik tasvir tamoyillari kuchayganligi hamda poetik obrazlar olami kengayganligini ko'rsatadi. O'zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolaridan biri san'atkorning o'ziga xos, betakror badiiy olamini o'rganish bo'lib, bu masalaning teran atroflicha tadqiq qilinishi yozuvchining individual mahoratini ko'rsatishga, uning adabiyotimiz taraqqiyotidagi o'rnini belgilashga xizmat qiladi. Zulfiyaning poetik fikrlash tarzini jiddiy o'rganish, uning asarlaridagi obraz va obrazlilikning tabiati, xarakterini yana ham to'laroq ochish o'zbek she'riyatidagi katta bir turkum asarlar mohiyatini tushunishga imkon beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Zulfiya she'riyati, shoiraning poetik timsol yaratish, shoira badiiy olami borasidagi mahoratini N.Karimov, I.G'afurov, A.Akbarov, O.Sharafiddinov, H.Umurov, O.Hojieva, M.Ulug'ova, N.Jabborov, D.To'raev kabi adabiyotshunos olimlarimiz, ijodkorlarimiz alohida ta'kidlaganlar va Zulfiya ijodiga yuksak baho berganlar. Shuningdek, muallifligim ostida nashr etilgan "Shoira Zulfiyaning badiiy

1 9

olami" nomli monografiyamizda, "Zulfiya lirikasida tuyg'ular tadriji" , "Zulfiya badiiy mahoratining ba'zi qirralari"3 kabi maqolalarimizda shoira Zulfiya badiiy olami va uning o'ziga xos jihatlari tahlil qilingan. Shu bilan birga, Zulfiya ijodida kuzatiladigan voqelikka yangicha estetik nuqtai nazardan yondashish tamoyillari, insonparvarlik, falsafiylik, obrazli fikrlashdagi o'ziga xosliklar shoiraning novatorlik izlanishlari bilan belgilanishini e'tirof etganlar.

NATIJALAR

Zulfiya she'riyati hissiy ta'sirchanligi, tuyg'ulari rozining originalligi, mushohada va ifoda tarzining o'ziga xosligi bilan betakrordir. Ayniqsa, ijodining umumbashariyligi va zamonaviyligini, asarlarida sadoqatu vafo tuyg'ulari insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko'tarilganligini kashf etish hamon dolzarbdir. Zulfiya yangi davr ayollar she'riyatining manshaida turib XX asr o'zbek adabiyotining ayol shoiralari poetik maktabini yaratdi. H.Xudoyberdieva, O.Hojieva, G.Jo'raeva, E.Oxunova va yana boshqa ko'plab shoiralar Zulfiya ijodining davomchilari sanaladilar. Ta'kidlash joizki,

1 Умурова Г. Шоира Зулфиянинг бадиий олами. Монография. -Тошкент, "Навруз", 2014. - 156 б.

2 Умурова Г. Зулфия лирикасида туйгулар тадрижи // Хорижий филология. - Самарканд, 2018. - №4.- Б.83-88.

3 Умурова Г. Зулфия бадиий мадоратининг баъзи кирралари //Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 2017. - №5. -Б.85-90.

hozirgi paytda muayyan shoir she'riarinmg alohida o'ziga xosligini o'гganish bilan bog'liq qator muammolar va ularning natijalari bugunga qadar yaxlit holda umumlashtirilmaganligi ko'zga tashlanmoqda. Bundan tashqari, Zulfiya badiiy olami tur spetsifikasi - lirik asar dunyosi nuqtai nazaridan adabiy-nazariy jarayon sifatida yaxlitlashtirilgan.

MUHOKAMA

ЕЧЛог berilsa, XX asr o'zbek poeziyasida jahon she'riy maktablarining o'mi va ta'siri beqiyos. Bular adabiy aloqalarning mustahkamlanishida yorqin namoyon bo'lgan.

Shoira go'zal hayotning muayyan tomonini badiiy tadqiq qilar ekan, u asosiy e'tiborini inson qalbida kechayotgan ziddiyatlar, tuyg'uto tovlanishini ifodalashga qaratadi. U inson ruhiy olamini rang-barang ko'гinish vaziyatlarda badiiy tadqiq etib, shu orqali uning yaratuvchilik, bunyodkorlik hamda borliqdagi barcha sodir bo'lgan, bo'layotgan voqealarga mas'uliyat hissini oshirishga intiladi. Shu jihatlari bilan shoira Zulfiya H.Olimjon she'riaridagi ba'zi poetik ifodalarni lirik tasvir yo'nalishiga singdirib yuboradi:

Kecha jimjit: ko'p go'zal kecha, Qaraysanu suqing kiradi. Yonadi gul, jilmayar g'uncha, Ellar g'ti-g'tf esib turadi.

Tabiat go'zalliklaridan behad chuqur hayajonga tushush, o'z tuyg'ularini tabiatdagi tovlanishlar surati orqali berish Zulfiya ijodiga xos xususiyatlardan biridir. Shoiraning hayot haqidagi falsafiy fikrlari lirik kechinma yo'nalishi hamda tabiat tasviri bilan hamohang teranlashib, tiniqlashib boradi. Fikr bilan tuyg'u uyg'unligi inson umrining abadiylikka daxldorligi mohiyatini ochadi: Hijroning qalbimda, sozing qo'limda, Hayotni kuylayman, chekinar alamyu Tunlar tushumdasan, kunduz yodimda, Men hayot ekanman, hayotsan sen ham.

Zulfiya mahoratidagi bunday o'ziga xoslik uning tasvir ob'ektini yangicha badiiy tadqiq etishi, u haqida yangicha fikrlashga intilishi natijasidir. Shuning uchun ham Zulfiya an'anaviy obrazlar qa'ridan yangi-yangi ma'noto izdaydi.

Shoira Zulfiya ijodining poetik olami va estetik qarashlari ham mazkur jarayonning bir halqasini tashkil etadi. Negaki, ijodkor o'z davrining komil farzandi. O'zi yashab turgan ijodiy muhit suvratidan estetik qarashlari shakllanadi. Ustozlari boshlab bergan salmoqli ishlar, keyingi avlod nazaridan izsiz o'tmaydi. Bularni davom

ettirganligi uchun bugungi adabiy jarayon o'ziga kerakli va muhim jihatlardan ibrat olishda davom etmoqda.

Gavhar marjon kabi yaltirab tursa, Meni ham o'raydi she'гiy hayajon! Quyoshni qarshilab chiqib ayvonga, Nurlarga ko'milib yuraman shodon4.

Kuz poetik obraz darajasiga ko'tarilgan mazkur parchada lirik qahramonning kayfiyati shodlik va xurramlikni akslantirmoqda. Hissiy bo'yoqdoгlik bo'rtib ko'гingan ushbu she'г mohiyatida lirik obraz - kuz ziynati mushohada sahniga olib chiqilgan. Shuningdek, bu misralarda kuz ziynati-poetik timsol darajasiga olib chiqiladi. Idrok va tushuncha qa'rida tuyg'uto realizmi inkishof qilinadi. Shoira bir dam bo'lsa ham o'quvchi oldidagi samimiyatini pinhon tutmaydi, aksincha ro'y-rost izhor qilishni maqsad qiladi. Bular she'ming doimiy qoidalarini maromida ifodalanganida aniqroq ko'гinadi. "Tovusday bezangan daraxt bog'lari" tashbihining kuzga ishorasi o'ziga xos sifat darajasini yuzaga keltirgan. "Oltin kuz" nomli she'ming kechinma tarkibida o'nlab muqoyasalarini original inkishof qilishga erishgan. Jumladan, "nurlarga ko'milib yuraman shodon" birikmasida shoira kayfiyatining ranginligini, hayotga orzular negizida qarashini, borliqning taskini - umid ekanligini anglash qiyin emas. Zulfiya lirik qahramoni sahovat va noyob zavq bilan yashaydigan inson. Zulfiya asarlarida insonni sevish, ardoqlash, tabiatni, Vatanni e'zozlash g'oyalaгi bilan birlashib ketadi.

Shoira Zulfiya "Salom tansiq bahor" she'гida bahor mavzusiga bag'ishlangan she'гida o'z lirik qahramonining ma'naviy dunyosini tabiat manzaralari tasviri poetik timsollar orqali kengroq yoritib bera olgan:

Yana ko'k tubida sayraydi qushlar, Yana erda ko'hna yam-yashid ko^pa. Yana tandan ketdi mudrashu tushlar, Yana yoshday dilda o'yto ming turfa.

Gar ibora qadim, qofiya siyqa, Ajdod o'lmasligin haqiqati bu. Bahor deding - birdan olam antiqa, Va senda eng yolqin, tiniq bu tuyg'u5.

Inson qalbi va tabiat tovlanishlarining ma'nosi nozik kuzatishlar va teran falsafiy umumlashmalar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bahor timsolida shoira lirik qahramon tabiat husnini, hayot go'zalligini, tinchlik, osoyishtalikni, insonlarning quvonchini, orzu

4Зулфия. Йиллар садоси. - Тошкент: "Адабиёт ва санъат" нашриёти. 1995. 91-бет.

5 Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. - Тошкент: Шарк, 2006. 168-б.

intilishlarini ko'radi. Ayni chog'da bahor insonning qalb manzaralarini ko'rish va kuzatish uchun ham vosita bo'lib xizmat qiladi.

Shuningdek, shoira Zulfiya ijodida ayolga extirom, onaga muhabbat mavzusi alohida o'ringa ega. Zulfiya ijodining turli davrlarida bu mavzuga qayta-qayta murojaat etgan. Natijada shoiraning "Ona", "Ona ko'ksi", "Mening mehribon onaginam", "Ona ko'ksi" singari she'rlari vujudga kelgan. Shoiraning: Onam! sening issiq, aziz joningni, Zarradek chog'imdan boshlab bilaman. O'zim zarra-yu, lekin qoningni, Yangilab jismingdan o'zni o'zganman. Sen gul juvon hali mendan bexabar, Bulutday go'daklar tortdi havasing. Endi men sen desam qaynoq, muattar, Hovrin his qilaman iliq nafasing...6 Ona va farzand muhabbatini, ayollikning botiniy va zohiriy qiyofasini ochib beruvchi lirik kechinmalar shoira ijodida talaygina.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Zulfiya lirikasi teran tafakkur va jo'shqin hissiyot vobastaligidan hosil bo'lgan she'riyatdir. Shoira lirik qahramoni ko'pda yuksak intellekt sohibasi ekanligi sezilib turadi. U biroz o'ychan, ba'zan falsafiy, ba'zida esa jiddiy va ta'sirchan. Shoira ma'naviy-ruhiy izlanishlarida, poetik timsol yaratish jarayonida his-tuyg'ular manzarasi, kechinma tarangligi, o'tkir dramatik vaziyat va kolliziyalar bo'rtib turadi. Unda makon va zamon chegarasining qamrovlari keng, o'tmish, bugun va kelajak voqeligi inson taqdiri, ertasi bilan esh tasvirlanadi.

REFERENCES

1. Karimov N.Zulfiya. Ma'rifiy biografik asar. - T., G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2015.

2. Umurova G. (2014). SHoira Zulfiyaning badiiy olami. Monografiya. -Toshkent, "Navro'z", 156 b.

3. Umurova G. (2018). Zulfiya lirikasida tuyg'ular tadriji // Xorijiy filologiya. -Samarqand, 4(4), B.83-88.

4. Umurova G. (2017). Zulfiya badiiy mahoratining ba'zi qirralari //O'zbek tili va adabiyoti. - Toshkent, 5(5), B.85-90.

5. Zulfiya. Adabiy o'ylar. - Toshkent: "Fan", 1985.

6 Зулфия. Тонг билан шом аро. Сайланма. - Тошкент: Шарк, 2006. 168-б.

6. Zulfiya. Tong bilan shom aro. Saylanma. - Toshkent: SHarq, 2006. 168-b.

7. Mahmudova D. Halima.esse-qissa. Toshkent, "O'zbekiston", 2016.

8. G'afurov I. Zulfiya siymosi // SHarq yulduzi, 2015, №1. - B. 114-120.

9. SHarafiddinov O. Sizni sog'indim, Zulfiya opa! - Ijodni anglash baxti. - T., SHarq, 2004.

10. Hojieva O. To'rt tanho.Toshkent, "O'zbekiston", 2013.

11. Botirova Sh.I. (2020). FORMING PATRIOTIC SPIRIT WITHIN PEDAGOGICAL EDUCATION CLUSTER. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, <5(10), 200-205.

12. Botirova SH.I. (2020). ProblemnLie aspektti, svyazannLie s primeneniem pedagogicheskix texnologii i interaktivntix metodov na urokax. "Science and Education " Scientific Journal, 1(7), 465-472.

13. Botirova Sh.I. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Mirovaya nauka, 5(14), 26-28.

14. Botirova SH.I. (2020). Inson va hayot voqeligini metaforik uyg'unlashtirishda badiiy psixologizmning o'rni. So 'z san 'ati, 2(3), 19-23.

15. Botirova SH.I. (2020). Badiiy psixologizm kriteriylari va zamonaviy o'zbek romanchiligi. Tafakkur ziyosi, 2(2), 146-148.

16. Botirova Sh.I. (2018). Methodology And Technology of Social And Pedagogical Activity. Teoriya i praktika sovremennoy nauki, 1(31), 14-16.

17. Botirova Sh.I. (2018). The Role of Artistic Literature In The Spiritual Development of Youth. Mirovaya nauka, 5(14), 26-28.

18. Botirova Sh.I. (2019). Poetics of artistic psychologism. Teoriya i praktika sovremennoy nauki, 2(44), 31-34.

19. Botirova Sh.I. (2018). Symbolic-figurative talk and psychological relations.

«Ekonomika i sotsium». 12(55), 114-118.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.