Научная статья на тему 'POETIKADA QALB DEALIKTIKASI'

POETIKADA QALB DEALIKTIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

142
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qalb dealiktikasi / ijodkor olami / badiiy olam / lirik kechinma / qahramon tabiati / ilhom / iste‘dod / the dialectic of the soul / the creative world / the artistic world / the lyrical experience / the heroic nature / the inspiration / the istedod

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maftuna Abdusalamovna Xalova

Poetikada qalb tasviri va uning o‘ziga xos olami doimo asosiy tasviriy o‘rinlarda aks etgan. Sababi adabiyotda doimo qalb va uning kechimishi asosiy o‘rinda voqelanadi. Shoiru-yozuvchilar inson kechinmalarini, uning qalb tovlanishlarini asosiy obe‘kt sifatida tasvirlaydi. Ushbu maqolada shoira Zebo Mirzo she‘rlari tahlilga tortiladi. Shoira she‘rlarida qalb tasviri va uning o‘ziga xos tarzda voqelanishi, ayol qalbining cheksiz olami maqolada muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEALICTICS OF THE HEART IN POETICS

In poetry, the image of the heart and its unique world are always in the main places. This is because in literature, the heart and its past are always at the forefront. Poets and writers describe the human experience as the main object. This article analyzes the poems of the poet Zebo Mirzo. The image of the heart in the poet's poems and its unique expression, the infinite world of the female heart are discussed in the article

Текст научной работы на тему «POETIKADA QALB DEALIKTIKASI»

POETIKADA QALB DEALIKTIKASI

Maftuna Abdusalamovna Xalova

Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Poetikada qalb tasviri va uning o'ziga xos olami doimo asosiy tasviriy o'rinlarda aks etgan. Sababi adabiyotda doimo qalb va uning kechimishi asosiy o'rinda voqelanadi. Shoiru-yozuvchilar inson kechinmalarini, uning qalb tovlanishlarini asosiy obe'kt sifatida tasvirlaydi. Ushbu maqolada shoira Zebo Mirzo she'rlari tahlilga tortiladi. Shoira she'rlarida qalb tasviri va uning o'ziga xos tarzda voqelanishi, ayol qalbining cheksiz olami maqolada muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: qalb dealiktikasi, ijodkor olami, badiiy olam, lirik kechinma, qahramon tabiati, ilhom, iste'dod.

DEALICTICS OF THE HEART IN POETICS

Maftuna Abdusalamovna Khalova

Associate Professor of Samarkand State Institute of Foreign Languages

ABSTRACT

In poetry, the image of the heart and its unique world are always in the main places. This is because in literature, the heart and its past are always at the forefront. Poets and writers describe the human experience as the main object. This article analyzes the poems of the poet Zebo Mirzo. The image of the heart in the poet's poems and its unique expression, the infinite world of the female heart are discussed in the article.

Keywords: the dialectic of the soul, the creative world, the artistic world, the lyrical experience, the heroic nature, the inspiration, the istedod.

KIRISH

Tomchida olam aks etganidek yuksak she'riyatning qudratini ko'rish, inson qalbi mudom she'rga talpinishining sabablarini mushohada qilish mumkin. Faqat bugina emas, she'r dunyo dag'alligidan ozurda yurakka tiriklik nafasini ufuradi, ko'ngilni yumshatadi, mehrga, ezgulikka moyil qiladi, o'z botiniga nigoh tashlashga undaydi, bir so'z bilan aytganda qalbni tarbiyalaydi, ruhiyatni poklaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Lirikada link kechinma, qahramon olami va tuyg'ulari asosiy o'rinda turadi. Ma'lumki, lirikada jo'shqin o'y-fikrlar, taassurotlar, aqldan tashqari tuyg'u-istaklar kabi inson ongining ayro holatlari bosh planga ko'tariladi. Lirika degan edi F.Shlegel, - doimo o'z-o'zicha muayyan holatni, masalan, hayratning jo'sh urishini, g'azab, og'riq, quvonchning lahzalik shiddatini - aslida butun bo'lmagan allaqanday butunlikni tasvirlaydi. Bunda hislarning birligi zarur bo'ladi. Lirik poeziyadagi predmetga bunday qarashni zamonaviy fan o'ziga meros qilib olgan. Demakki, lirika hislar va tuyg'ular birligida voqelanadi. Bu voqelik kitobxon estetik olamini go'zallashtirib, yuksaklarga parvoz ettiradi.

NATIJALAR

Ma'lumki, yurtimizda istiqlol davri she'riyati ulkan iste'dodlarga boyligi bilan ajralib turadi. Bu davr she'riyatida Iqbol Mirzo, Sirojiddin Sayyid, Zebo Mirzo, Hosiyat Rustamova, Go'zal Begim kabi ijodkorlarning ijodi alohida mavqiega ega. Ularning lirik manzumalarida inson qalbi, uning go'zalligi bugungi zamon qahramonining lirik kechinmalari asosiy o'rinda jilvalangan.

MUHOKAMA

Shoira ijodiga sinchiklab nazar solinsa, birinchi navbatda uning ko'ngil kishisi ekanligi, she'rlarida ko'ngil manzaralari, qalb manzaralari aks etganligini ko'rish mumkin. Uning asl she'rlarini ko'ngil mavjlari deyish mumkin. She'rlari pokiza ko'ngilning holatini ifodalash ehtiyoji va natijasi o'laroq yuzaga kelgan: Bilaman men uning tengi emasdim, Lekin sevdim tengsiz muhabbat bilan. Hijron tunlarida bor edi qasdim, Men uni o'qidim yoniq dard bilan. Qachondir yurakka jazillab bosgan, Ishq edi - Quyoshning tosh uzra yo'li. Bilaman: men unga hech kim emasman, U - menga Tangrining uzalgan qo'li! Men kimman?

G'amingga g'amdosh bo'lmasam, Og'rimasam yorug' qiynoqlaringdan Boshiga osmonni ko'targan tog'dek O'sib chiqolmasam tuproqlaringdan?

She'r hamisha darddir. Kamdan-kam holatlarda shodlikdan she'r paydo bo'ladi. Shoira ushbu misralarida xulosa bermaydi. Xolis tasvirlaydi. Har qanday so'z belgi, har qanday so'z ma'lum bir vazifani bajaradi. Hattoki insonning dardi, alami ham unga Yaratgan tomonidan berilgan bir sinoat, sinov ekanligini, hazratzada, g'am-anduhga chu;g'angan inson doimo Tangrini yod etadi, g'amlaridan xalos etmoqlikni suraydi. Shoiraning aynan "U - menga Tangrining uzalgan qo'liVmisralari mana shu fikrlarimizni o'zida mujassam etgan satrlar desak yanglishmagan bulamiz.

Ayriliqning o'ziga xosligini ifodalovchi so'zlar shoira tuyg'ularining go'zal tasviri orqali yanada mukammallashadi. Shoira she'rlari pokiza tuyg'ular, ismsiz dardlarning ifodasi. Ulardan sokin ohang taraladi. Mungli bu ohang tuyg'ular bezovtaligidan, ruhiyat tovlanishlaridan yuzaga keladi. Hasratzada ko'ngil mavjlari kitobxon qalbini ham larzaga soladi.

Na yog'du bo'loldim, na oyman to'lgan, Shamollar poyida o'ynagan xasman. Yomg'irlar qo'lida titrab ezilgan, Bir xazon bargchalik sevilganmasman... Bilaman, u menga taqdir etmagan, Umidlar haqqiga umrimni qo'ydim. O'z bag'rini o'ygan shamday alamli Jimgina yondim-u, jimgina kuydim. Ayol muhabbatining o'ziga xosligi shundaki, u naqadar kuchli, naqadar o'tli bo'lmasin, otashin tuyg'ular haqida ochiq aytilmaydi. Ayol qalbi qanchalar nozik bo'lmasin, olovli hislarni berkitishga qodir. Ayol hech kimga aytmagan so'zlarini, ko'ngil sirlarini she'r deb atalmish mo'jiza qatiga singdiribgina yengil tortadi. Mazkur she'r ham ayol muhabbatining samimiy iqroridir: Bilaman: ismi oq - jismi qoralar Bir mas'um sevgimning dilini yedi. Ming emas, milyon yil kutganimdayam, U meni baribir tan olmas edi. Bilaman. hammasin endi bilaman, Meni barbod qilgan shu ishqqa qasam: Xudo haqqi sevdim! Xudo haqqi. kam — Uni deb qanchalar to'kilgan bo'lsam!

Haqiqiy she'r shoiming qalbidan tukilgan satrlar, ushbu satrlar orqali ijodkorning o'z "men"i nomoyon bo'ladi. She'r bu - tazarru, ko'z yoshi, munojot va hatto isyon ham bo'lishi mumkin, ko'nglidan yengilgan inson uchun. Demak she'rda dard bor, shodlik bor, alam bor, sevinch bor. Jamiki insonning qalb tuyg'ulari mujassam. Shoira Zebo Mirzo bu haqda "Biroq bu hol shu lahzada, shu soniyada Iloh va Inson qalbi o'rtasidagi hol, sir. Uni o'zgalar o'qishi shart emas!", degan fikrlarini aytib o'tadi. Darhaqiqat, shoira fikrlari nihoyatda asosli. Chunki ijod etmoqlik, qalb dardlarini qog'ozga tushirmoqlik mujiza - ilohiy mujizadir. Bu -qalbning ehtiyojidir. Ammo so'z ham obrazli bo'lib, faqat tashbehli, majoziy-simvolik she'riyatning maydonidagina erkinlik bordir, chunki uni fikr posbonlari to'la anglamas, anglagan taqdirda ham majozlar va shakllar shoirni himoya qiladi. Ishoralar, kinoyalar, tashbehlar san'at darajasiga ko'tariladi: Sen yuz burgan xazin kechada Yuzinchi bor barg to'kdi chinor. Bardoshlarim singan ko'chada, Sevgim, axir senga nima bor? Osmon, osmon, bechora osmon, Tunda yig'lab to'kdi dardlarin. Unutildi o'tgan ishqsimon Daraxtlarning yupun barglari...

Ushbu satrlarda lirik qahramon o'zining mahzun tuyg'ularini obrazli fikrlar orqali ifodalashi she'rning emotsionalligini oshirishga xizmat qilgan. Jumladan, "bardoshlarim singan kuchada", "unutildi o'tgan ishqsimon" kabi o'xshatishlar she'rning ta'sirdorligini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Oddiy qilib aytganda bu satrlarda inson haqiqatdan ham ta'sirlanadi. Kitobxonda she'rxonlik qobiliyatini tarbiyalash asnosida bu sekinlik bilan qalb ehtiyojiga aylanadi. Darhaqiqat, she'riy asar bir kishining - shoirning olamini o'ziga xos ko'rishi natijasida yuzaga kelgan hosiladir. Hamma gap shu o'ziga xos qarash va ko'rishni anglab, his qilib yetishga bog'liq. Ana shu aniq bitta insonga tegishli tuyg'ular, hissiyotlar ayni paytda butun insoniyatga, hamma odamlarga bir xilda aloqadorligini anglash she'rni his qilishdagi birinchi qadam, dastlabki odim bo'ladi. "She'riy asarni anglash, undagi muallif ko'zda tutgan niyatni, maqsad va vazifalarni tushunib yetish, she'r g'oyasinig mag'zini chaqish uni o'qishdan, yanada aniqrog'i ifodali o'qishdan boshlanadi", -degan ta'kidlar ancha o'rinli va asoslidir. Shu ma'noda shoira Zebo Mirzo she'riyati o'qirmanda ham, kitobxonda ham katta taassurot va huzurbaxsh tuyg'ularni shakllantiradi va uyg'otadi:

Yondi, o'chdi, so'nggi chiroq ham, Derazaga tikilgan xiyol, Sirlarini tunlarga aytdi, Yomg'irlarda ivigan Ayol. .. .Yuzlaringga yuzim bosgali Ko'nglim edi - eng chiroyli taxt. Sen chiqmading... xabar olmading... Eshigingdan yig'lab qaytdi Baxt...

XULOSA

Zebo Mirzo she'rlarining aksariyatida kuchli obraz, porloq fikr ko'pincha so'nggi bandda beriladi. Lirik qahramon o'z qismatining g'amboda ekanligidan nolib kelar ekan, tuyg'ular junbushi borgan sari pog'onama-pog'ona yuksalib boraveradi. Shoira Zebo Mirzo faqat o'z shaxsiy hayoti qobig'ida qolishi mumkin bo'lmagan darajadagi ijodkordir. Shoira tasvirlagan qalb kechinmalari tashqi olamda ro'y berayotgan voqelikka munosabat sifatida namoyon bo'lganligini kuzatish mumkin. Lirik kechinma, qalb torlari va uning nozik jihatlarini bir butun holda tasvirlash ijodkor mahoratining yetakchi xususiyatidir. Ushbu xususiyatlar shoira badiiy olamining asosini tashkil etadi.

REFERENCES

1. Зебо Мирзо. Нур кукунлари. - Т.: 2004.

2. Норматов У. Ижод сехри. Т., "Шарц" нашриёт - матбаа акциядорлик компанияси бош тахририяти, 2007.

3. To'xliyev B. Adabiyot o'qtish metodikasi. -T.: Bayoz, 2010.

4. Йулдошев Ёниц суз. Т., "Янги аср авлоди", 2006.

5. Шлегель Ф. Эстетика. Философия. Критика: В 2 т. Т. 2.

6. Ботирова Ш.И. (2020). Инсон ва хаёт воцелигини метафорик уйгунлаштиришда бадиий психологизмнинг урни. Суз санъати, 2(3), 19-23.

7. Ботирова Ш.И. (2020). Бадиий психологизм критерийлари ва замонавий узбек романчилиги. Тафаккур зиёси, 2(2), 146-148.

8. Botirova Sh.I. (2020). Problematic Aspects Related To the Use of Educational Technologies And Interactive Methods In The Classroom. International Journal of Multidisciplinary Research, 6(8), 539-541.

9. Botirova Sh.I. (2020). The Relationship Between Symbolically Figurative Interpretation And Psychology. Asian Journal of Multidimensional Research, 9(9), 12-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.