Научная статья на тему 'O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH'

O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

13653
854
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
she`riy asarni o`qishga tayyorgarlik / adabiy tahlil va talqin / didaktik qoida / deduksiya / induksiya / metodik sistema / pedagogik texnologiya / preparation for reading a poetic work / literary analysis and interpretation / didactic rule / deduction / induction / methodological system / pedagogical technology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolida Gulomova, Hilola Bakiyeva

Ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda she`riy asarlarning o`ziga xos xususiyati, uni o`rganishga tayyorgarlik, she`riy asar matni tahlili xususida so`z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING ON THE TEXT OF POETIC WORKS IN READING LESSONS

In this article we will talk about the peculiarity of poetic works in the primary classes, preparation for its study, analysis of the text of a poetic work.

Текст научной работы на тему «O'QISH DARSLARIDA SHE’RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 O'QISH DARSLARIDA SHE'RIY ASARLAR MATNI USTIDA ISHLASH

Xolida G'ulomova Hilola Bakiyeva

Toshkent viloyari Chirchiq davlat pedagogika Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda she'riy asarlarning o'ziga xos xususiyati, uni o'rganishga tayyorgarlik, she'riy asar matni tahlili xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: she'riy asarni o'qishga tayyorgarlik, adabiy tahlil va talqin, didaktik qoida, deduksiya, induksiya, metodik sistema, pedagogik texnologiya.

WORKING ON THE TEXT OF POETIC WORKS IN READING LESSONS

Kholida Gulomova Hilola Bakiyeva

Chirchiq State Pedagogical Institute of Senior teacher of TDPU named after Nizami

Tashkent region

ABSTRACT

In this article we will talk about the peculiarity of poetic works in the primary classes, preparation for its study, analysis of the text of a poetic work.

Keywords: preparation for reading a poetic work, literary analysis and interpretation, didactic rule, deduction, induction, methodological system, pedagogical technology.

KIRISH

She'r ohang jihatidan malum bir tartibga solingan, his -tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. She'riy nutqni ohang jihatidan malum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo'laklarning izchil va bir meoyorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so'zlar) hisoblanadi.

She'rni o'qiganda kichik yoshdagi o'quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlangich sinflarda she'r tarzida yozilgan hikoyalar, ertaklar, lirik va epik she'rlar o'qitiladi.

She'riy hikoya, she'riy ertaklarda syujet, yani voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she'r "biror hayotiy voqea-hodisa tasirida insonda tugilgan ruhiy

kechinma, fikr va tuygular orqali turmushni aks ettiradi" Lirik she'rning xususiyati "kishining his-tuyg'uga to'la hayajonli nutqini ta'sirliroq ifodalashda qo'l keladi"

Lirik she'rni o'qish va tahlil qilish o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko'p hollarda she'rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she'riy san'at hissiyot bilan bog'liq ekanligi unutiladi, she'r ma'nosining satrlar, so'zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o'quvchilar she'rdagi obrazlilikning magzini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin manoni o'qish mehnattalab ishdir. Busiz hatto adabiy ta limning maqsadi ham amalga oshmaydi.

METODOLOGIYA

She'riy ohangni his qilmaslik, matn so'zlarini to'la tushunib yetmaslik she'r yodlashni zerikarli mashg'ulotga aylantiradi. Ma'nosi anglanmagan matnni yodlash oson kechmaydi.

4-sinfda Q. Hikmatning "Qish to'zg^itar momiq par" she'rini o'rganishda albatta tabiat manzaralarini izohlash talab etiladi. SHe'rni o'qishdan oldin unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o'tkaziladi yoki she'r mazmunini tushunish uchun o'quvchilar bilishi lozim bo'lgan voqealarni o'qituvchi qisqa qilib aytib beradi.

Ma'lumki, qish fasli go'zal ko'rinishi bilan odamda yoqimli tuygular uyg'otadi. Qishda bolalar chana uchish, qorbobo yasash, qorbo'ron o'ynashdan olam-olam zavq oladilar. Qishdagi sof va toza havogina emas, oppoq qorga burkalib turgan daraxtlar, dala-bog'lar kishida ajib bir kayfiyat uyg'otadi.

"Qish to'zg^itar momiq par" (Qudrat Hikmat) she'rini o'rganish jarayonida agar qor yogmagan bo'lsa, ayni manzara tasvirlangan rasmlardan foydalanish ham mumkin. Qish fasli haqida gapirilar ekan, albatta, "kumush" sifati qo'shib aytiladi. Bu shu fasl hukmronligi davridagi manzaraga, qorning oppoq bo'lib tovlanishiga, ko'zlarni qamashtirishiga ishoradir. Ushbu she'rni o'rganish darsi dastlab o'quvchilarning qish fasli haqidagi tushunchalarini aniqlashdan boshlanadi. Qishning o'ziga xos belgilari, qishda o'ynaladigan o'yinlar, qish manzarasi yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. O'quvchilarning qish faslida sovuq bo'lishi tufayli ayrim qushlarning o'lkamizni tark etib janubga uchib ketishlari, qishda sovuqqa mos issiq kiyimlarning kiyilishi haqidagi tushunchalari aniqlashtirilib, to'ldiriladi. SHundan so'ng o'qituvchi she'rni ifodali o'qiydi.

MUHOKAMA

Quyida she'riy asarni o'rganish bosqichlarini bir she'r misolida yoritishga harakat qilamiz.

Sheriy asarni organishni quyidagi kabi bosqichlarda tashkil etish mumkin:

1. She'r matni tahlilidan oldin oquvchilarni she rni o qish va tushunishga tayyorlovchi, ularni fikrlashga undovchi metodik ishlar amalga oshiriladi. Bunda sher mavzusiga bilan aloqador topishmoqlardan, afsonalardan foydalanish bir usul sifatida qollanishi mumkin:

Oppoqqina dasturxon

Er yuzini qoplagan. (Qor)

Bostirdim ikki tovuq,

Biri issiq, biri sovuq. (Yoz, qish)

Yoki qor haqidagi afsonalardan hikoyalab berish mumkin: Qadimda osmondan un yogilar ekan. Odamlar o'z ehtiyojlariga yarashasini olib, uylariga olib kirar ekan. Qishloqda bir ochko'z boy unlarning o'ziga keragidan ham ortigini qoplab o'z uyiga tashiy boshlabdi. Hatto yer yuzini chegaralab olibdi. O'z yerim degan joylardagi unlarni boshqalarga bermabdi. SHunda osmon-u quyosh va bulutlarning jahli chiqib, unlarni muzdek qorga aylantirib qo'yishibdi.

Savol: Bugungi darsimizda qaysi mavzudagi asarni organar ekansiz?

2. O'quvchilarning qish fasli haqidagi dastlabki tushunchalarini aniqlash. Buning uchun qish fasliga xos xususiyatlarni klaster metodidan foydalaniladi. O'quvchilar tarmoqlash usulida qish fasliga xos xususiyatlarni yozadilar:

3. Xattaxtaga mavzu - «Qish to'zg'itar momiq par» (Qudrat Hikmat) yoziladi. O'quvchilardan she'r muallifining yana qaysi she'rlarini o'qib o'rganganliklari va ularning qaysi mavzuda ekani haqida suhbat o'tkaziladi hamda shoir haqida qisqa ma'lumot beriladi:

- Qudrat Hikmat - isteododli bolalar shoiri. U qisqa umr ko'rgan. SHoir o'z ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag' ishlagan.

Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag'al dehqon oilasida tug'ildi. Birinchi she'rlari 1945 yilda bolalar gazetalarida bosildi.

1960-yildan boshlab bolalar nashriyotida ishladi.

Uning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalar» (1952), «Obodlik» (1953), «Do'stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan» (1955) kabi qator she'riy to'plamlari nashr etilgan. Keyinchalik «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O'g'lim bilan suhbat» kabi kitoblari bosilgan. (Kitoblari ko'rsatiladi. Ular o'qishga tavsiya etiladi.)

4. She'r bilan tanishtiriladi va o'quvchilarning she'rdan olgan dastlabki tushunchalari aniqlanadi

5. She'r matni ustida ishlash o'quvchilarning o'qish ko'nikmalarini takomillashtirish bilan bog'lab olib boriladi.

- Birinchi to'rtlikni o'qing. Unda qaysi so'z va iboralar o'z ma'nosida qo'llanmagan? Ularning qaysi ma'noda qo'llanganini izohlashga harakat qiling.

- Quyidagi to'rtlikning qaysi misralarida jonlantirish qo'llangan? Jonlantirish deganda nimani tushunasiz?

Mahalla-ko 'y ko'chada

CHuvurlashib qor kurar,

Esib sovuq izg^irin:

- Tezroq yur! — deb buyurar.

- Quyidagi to'rtlikning keyingi ikki misrasidagi so'zlarning ma'nosini tushuntirishga harakat qiling.

Pirpiratib ko'zini

Avtobuslar o'tadi.

Qahraton qish hovurni

Mo'rkon kabi yutadi.

Mustaqil ish. 1-topshiriq: She'rni ichingizda qayta o'qing. Qaysi misrada o'xshatish borligini aniqlang.

Tomlar kiydi oq qalpoq

Hovlilarda sen tepa. Osmon elak, nazdimda, Shahrimizga un separ.

- Oxirgi to'rtlikdagi "O'rar kumush choyshabga " misrasida ham o'xshatish bor.

2-topshiriq: She'rdan qorga berilgan buyruqni topib oqing.

Etar shuncha yoqqaning Uzoq dala, qirga bor! (buyruq) Vodiylarga fayz berib Gullat bog^-u roglni. ( buyruq)

O'ra kumush choyshabga, O'lkamning har yoglni.

3- topshiriq: Jonsiz narsalar she'rda jonli qilib ifoda etilgan misralarni topib o'qing.

Ular seni kutmoqda Har zarrangga bo'lib zor. Savab bulut to'shagin Qish to'zg4tar momiqpar.

4- topshiriq: Shoir quyidagi misralarda nimalarni nazarda tutadi?

Osmon elak nazdimda SHahrimizga un separ... O'ra kumush choyshabga O'lkamning har yoglni.

5- topshiriq. She'r matni asosida xattaxtaga yozilgan sozlarning manosini izohlang: to'zgltar, momiq par, oq namat, nazdimda, zarra.

6. She'rdagi qahramonlar ustida ishlash.

- She'rda nimalar haqida gap boryapti?Ularni she'rdagi qahramonlar deyish mumkinmi? Nima uchun?

- She'rda ishtirok etgan qahramonlarni ayting (Qish, izg'irin, avtobus, osmon).

- She'rda kim g'orga qarata gapiryapti? (SHoir)

- Shoirning qorga qarata aytgan gaplarini topib o'qing.

7. Ijodiy ish uchun topshiriq: She'r mazmuniga mos rasm chizish. She'rdan olgan taassurotingizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli

matn tuzing. Matningizda she'r matnidagi quyidagi so'z va iboralardan foydalaning: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izglrin, fayz beradi, oq kiyimda.

NATIJALAR

She'r matni tahlili Pirls nazorati talabi asosida quyidagi tartibda ham tahlil qilinishi mumkin:

Q.Hikmatning "Qish to'zg'itar momiq par" she'rida qishning tabiati kimning tilidan bayon qilingan?

A. Shoir - Qudrat Hikmat tilidan.

B. O'quvchi tilidan.

C. Mahalla odamlari tilidan.

D.Bobo tilidan.

1. Shoir qorning yog'ishini nimaga o'xshatadi?

A. Oq namatga.

B. Momiq parga.

C. Oq bulutga.

D. Oq choyshabga.

3. Jonlantirish qo'llangan misralarni toping.

A. Mahalla-ko'y ko'chada Chuvullashib qor kurar.

B. Pirpiratib ko'zini Avtobuslar o'tadi.

C. O'ra kumush choyshabga O'lkamning har yog'ini.

D. Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ.

1. O'xshatish qo'llangan misralarni toping.

A.Esib sovuq izg'irin -Tezroq yur! - deb buyurar.

B. Qorga deyman: -Namuncha Zeriktirding uchqunlab.

C.Yog'masding-ku ilgari Surunkasi uch kunlab.

D.Qahraton qish hovurni Mo'rkon kabi yutadi.

• "Tomlar kiyda oq qalpoq" she'rning davomini yozing.

• Shoir "Yetar shuncha yog'ganing, Uzoq dala-qirga bor! Ular seni kutmoqda" misralari orqali nima demoqchiligini yozing.

• Jonlartirish qo'llangan misralarni topib yozing.

• O'xshatish qo'llangan misralarni topib yozing.

• Shoir she'rni nima uchun "Qish to'zg'tar momiq par" deb nomlagan?

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• Qudrat Hikmatning yana qaysi she'rlarini o'qigansiz?

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, she'rni o'qiganda kichik yoshdagi o'quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarining poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. She'riy hikoya, she'riy ertaklarda syujet, yani voqealar tizimi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she'r "biror hayotiy voqea-hodisa ta'sirida insonda tug'ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuygular orqali turmushni aks ettiradi". Lirik she'rning xususiyati "kishining his-tuyg'uga to'la hayajonli nutqini tasirliroq ifodalashda qo'l keladi". Lirik she'rni o'qish va tahlil qilish o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Holbuki, ko'p hollarda she'rga oddiy matn nuqtai nazaridan yondashiladi. Bunday holda she'riy sanat hissiyot bilan bog'liq ekanligi unutiladi, she'r ma'nosining satrlar, so'zlar zaminida yashirin berilishi anglab yetilmaydi. Buning oqibatida o'quvchilar she'rdagi obrazlilikning mag'zini chaqa olmaydilar. Vaholanki, har qanday asar zaminidagi yashirin manoni o'qish mehnattalab ishdir.

REFERENCES

1. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X. va b. Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir. 2009.

2. Хрмидий X,. ва бошц. Адабиётшунослик терминлари лугати. - Т.: Уцитувчи, 1967.

3. Matchonov S., Shojalilov A., G'ulomova X. va b. O'qish kitobi. 4- sinf uchun darslik. -

T.: Yangiyolpoligraf servis. 2020.

4. Еуломова Х. (1994). Уцувчиларнинг матн устида ишлаши. Тил ва адабиёт таълими, 2(2), 3.

5. Bakiyeva H. Boshlsng'ich sinflarda so'z ustida ishlash metodikasi. -T.: Istiqlol. 2013.

6. Еуломова Х. (2020). Орфографияни грамматика билан боглаб урганиш.

"Тилшуносликдаги замонавий йуналишлар: муаммо ва ечимлар " Халцаро илмий-амалий конференцияси, 542-544.

7. Еуломова Х. (2020). Бошлангич синфда адабий таълимни ташкил этиш методикасига янгича ёндашув. " 'Бошлангич таълимнинг долзарб муаммолари ва ечимлар " мавзусида Вазирлик мицёсидаги илмий-амалий анжуман. 7-18 апрель, 278-281.

8. Матчонов С. (2020). Адабиёт дарсларида тах,лил ва талцин уйгунлиги. Тил ва

адабиёт таълими. 7(7), 8-11.

9. Матчонов С. (2020). Китобхонлик ва мутолаа маданияти. БухДУ Бошлангич синфларнинг она тили таълимида инновацион технологиялардан фойдаланиш. Халцаро конфереция материаллари 2020 йил 29 апрель, 89-92.

10. Матчонов С. (2020). Адабий таълим тизимини технологиялаштириш ва бадиий-эстетик тафаккур муаммолари. Низомий номидаги ТДПУ Илмий ахборотлар 2020 1(1), 49-53.

11. Shermatova U. (2020). The light of nights without a day. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 4(4), 112-117.

12. Шерматова У.С. (2020). НАУКА И МИР. Международный научный журнал, 4(80), Том 2, 57-62.

13. Bakiyeva H. (2019). Developing articulation of elementary class students using independent work methodology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(6), 14-16.

14. Боциева X. (2010). Бошлангич синфларда холат феъллари иштирокида уцувчилар лугат бойлигини ошириш. Педагогик таълим, 3(3), 28-32.

15. Боциева X. (2013). Бошлангич синфда иборалар устида ишлаш. Педагогик таълим, 1(1), 62-66.

16. Umirova D. (2020). Authenticity and authentic materials: history and present. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 5(10), 129-133.

17. Rasulov R. (2020). Word Valence and Syntactic Relationship. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 295-300.

18. Rasulov R. (2020). Agency Valency of Voice Forms of the State Verbs (On the Material of the Uzbek Language). International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7), 308-317.

19. Rasulov R. (2020). Kelajak - til sohiblariniki. Til va adabiyot ta'limi, 7(7), 63-64.

20. Ботирова Ш.И. (2020). Об обучении студентов филологии основам анализа и литературным терминам. Преподавание языка и литературы, 7(7), 82-83.

21. Ботирова Ш.И. (2020). Роль художественного психологизма в метафорической гармонизации реальности человека и жизни. Преподавание языка и литературы, 10(10), 64-66.

22. Botirova, S. (2020). The Role of Artistic Psychology in the Metaphorical Harmony of Man And the Reality of Life. Asian Journal of Multidimensional Research, 9(4), 16-20.

23. Sobitova T. (2020). Orzigul dostonidagi manaviy va lafziy sanatlar. Ilmiy axborotnoma SamDU, 5(4), 56-63.

24. Sobitova T. (2020). Yoshlar manaviyatini yuksaltirishda xalq og'zaki ijodining o'rni.

Тил ва адабиёт таълими. 5(5), 26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.