BOSHLANG'ICH SINFDA O'QISH DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI
X. G'ulomova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'qish metodikasi adabiy talim metodikasi sifatida ish ko'rishi lozimligi, boshlang'ich sinfda o'qish adabiyot o'qitish sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o'qitilishi, metodika bolajak boshlang ich sinf o qituvchisini adabiy ta limnining mazmuniga va uni o qitishga mustaqil ongli yondasha oladigan, o'zgalarning tajribasini nafaqat o'rganib olmasdan, balki ular faoliyatining natijalarini ongli ravishda tahlil qilib, togri xulosa chiqara biladigan bolishlari xususida soz yuritiladi.
Kalit so'zlar: adabiy talim, adabiy tahlil va talqin, didaktik qoida, deduksiya, induksiya, metodik sistema, pedagogic texnologiy, "Bumerang texnologiyasi", "Arm" metodi.
METHODOLOGY OF ORGANIZATION OF READING CLASSES IN
PRIMARY CLASSES
Kh. Gulomova
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
In this article, the methodology of reading in primary school should be used as a method of literary education, the method of reading in primary school should be taught as a preparatory subject for a systematic course of teaching literature, the methodology of future primary school studied the experience of others, who can take an independent conscious approach to the content of literary education and its teaching. It is also said that they will be able to consciously analyze the results of their activities and draw the right conclusions.
Keywords: literary education, literary analysis and interpretation, didactic rule, deduction, induction, methodical system, pedagogical technology, "Boomerang technology", "Saw" method.
KIRISH
Hozirgi kunga qadar adabiy ta'lim ona tili o'qitish metodikasining tarkibida o'rganilib kelinayotgan edi. O'rta umumiy ta'limda adabiyot o'qitish metodikasi mustaqil fan sifatida o'z statusiga ega bo'lgani sababli boshlang'ich ta'limda ham adabiy ta'lim metodikasiga metodist olimlar metodikaning mustaqil fani sifatida qarash lozimligini ilmiy-metodik jihatdan asoslashga harakat qilmoqdalar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ma'limki, XX asrning 2-yarmida boshlang'ich sinf metodikasida badiiy asarga estetik jihatdan yondashib san'at asari sifatida o'rganish g'oyasi ilgari surilgan bo'lsa, psixologik izlanishlar kichik yoshdagi o'quvchilarning potensial qobiliyati adabiyot dunyosini tanishtirishga boshqacha yondashish kerakligini taqozo etmoqda. Jumladan, N.N.Svetlovskaya o'quvchining mustaqil o'qish nazariyasini ishlab chiqqan bo'lsa, Ye.A.Adamov, M.S.Vasileva, V.G.Goretskiy, M.I.Omorokov, T.G.Ramzaeva va boshqalar badiiy asarning shakl va mazmunini tahlil qilish, L.A.Gorbushina, O. V.Kubasova, L.N.Mali, L.V.Nefedova va boshqalar ishlab chiqqan metodikada o'quvchilarning ijodiy ishlariga, ayrimlar esa o'qish texnikasini rivojlantirish zarurligini qayd etdilar. Shunday qilib, boshlang'ich ta'lim metodikasi metodik fan sifatida shakllanish bosqichlarini bosib otdi.
Ma'lumki, badiiy asarlarni o'qish bilan bog'liq holda shaxsni estetik tarbiyalash, ya'ni bilim berish, tarbiyalash va e'tiqodlarini shakllantirish; ya'ni maktabda o'qitiladigan predmetlar kabi bolalar adabiyoti namunalarini sanat asari sifatida o'rganish vazifalari o'qish darslariga yuklatiladi.
Har bir fan o'zining o'ganish ob'ekti va predmetiga ega bo'lganidek, hozirgi kunda boshlang' ich sinflarda o' qish metodikasi adabiy ta' lim metodikasi sifatida ish ko'rishi lozimligi g'oyasi ilgari surilmoqda. Haqiqatan ham, adabiyot o'qitish sistematik kursiga tayyorlovchi predmet sifatida o'qish metodikasi bolalar adabiyoti namunalari asosida o'z maqsad va vazifalarini belgilaydi. Shundan kelib chiqqan holda boshlang'ich sinfda o'qish darslarining o'rganish ob'yekti - o'quvchilarning adabiy ta'limni egallash jarayoni deb belgilanishi maqsadga muvofiqdir.
"Adabiy ta'lim" atamasi ozaro bog'liq bo'lgan uch jarayonni o'z ichiga oladi: 1) adabiy-badiiy asarlar bilan aloqa jarayonida shaxs tarbiyasi; 2) o'qitish, ya'ni bolalar adabiyotini maktab fanlaridan biri sifatida o'qitish; 3) shaxsning o'zini rivoj lantirishini shakllantirish.
V.V.Golubkov tomonidan ishlab chiqilgan "Nima uchun o'rgatish kerak?" (badiiy asarni o'rgatish maqsadi), "Nimani o'rgatish kerak?" (adabiy ta'limning mazmuni), "Qanday o'rgatish kerak?" (talabalarning - bo'lajak o'qituvchining
maqsadi, mazmuni, mos metod va usullar, vositalar), "Nima uchun shunday o'qitish kerak, boshqacha emas?"(tanlangan yo'lning ilmiy asoslanganligi) adabiy ta'lim metodologiyasiga asoslanilgan. Hozirgi kun metodikasida bu masalaga o'quvchi nuqtai nazaridan qaralmoqda. Unga ko'ra o'quvchi tomonidan tan olingan o'quv maqsadi sifatida quyidagilar belgilangan:
1) "Nimani o'rganyapman?" (adabiy ta'limning o'quvchi shaxsi tomonidan qabul qilingan mazmuni);
2) "Qanday o'qiyman?" (bola o'zlashtirishning qaysi usullaridan foydalanishi);
3) "Nega men shu usulda organyapman, boshqa usulda emas?" (o'rganayotgan usullaridan qaysi birining samarali ekanini anglashi)
Metodologiyaning fan sifatida rivojlanishi bir paradigmaning boshqasi bilan bog'liqligiga asoslanib o'qitish ko'zga tashlanadi. Bunda "Nima uchun oqituvchi dars beradi?", "Nima uchun bola o'qiydi?" savollarga javoblar mos tushadi.
1-sinf o'quvchisi o'zidagi bo'shliqlarni to'ldirish, so'z san'atini o'zlashtirish maqsadlarini o'z oldiga qo'ya olmaydi. O'qituvchi bu maqsadlarni o'rtaga tashlab, o'quvchilarni maqsad sari yo'naltiradi. Siz nima o'qiyapsiz? O'ylang, nima uchun bu asarni o'qiyapmiz? Bu asarni hozirgi o'qish va tahlil qilish usulimiz bilan yaxshi o'zlashtira oldingizmi?
Keyinchalik o' quvchi darslar davomida kitobxon bo' lish uchun nimalarni bilish kerakligini, yaxshi kitob kitobxonda turli xil kechinmalarni (qayg'urish, tshvishlanish) yuzaga keltirishini, fikrlashga undashini, o'zining pozitsiyasini tanlash imkonini berishini bilib boradi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Hozirgi kunda metodikadan boshlang'ich sinf o'qituvchilari aniq dalillangan, ilmiy asoslangan ko'rsatmalarni kutmoqda. Metodika bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini adabiy ta'limnining mazmuniga va uni o'qitishga mustaqil ongli yondasha oladigan, o'zgalarning tajribasini na faqat o'rganib olmasgan, balki ular faoliyatining natijalarini ongli ravishda tahlil qilib, to'gri xulosa chiqara biladigan bo'lishlarini ta'minlaydi.
M.A.Ribnikova metodikaning asosi sifatida 4ta didaktik qoidani keltiradi:
l.Ta' lim o' quvchilarning anglashlariga har tomonlama ta' sir etuvchi xarakterda bo'lishi.
2.O'quvchilar oldilariga qo'yilgan masalani aniq tushunishlari.
3.Metodist yangi murakkab hodisalarni tanish hodisalardek oson ko'rsata olishi mahoratiga ega bo'lishi.
4.Deduksiyani induksiya bilan bog'lashi.
M.A. Ribnikova bu metodik sistemaga jonli jarayon sifatida qaraydi va asosiy diqqatni metodik sistemaga qaratish lozimligini ta'kidlaydi.
Bu qarashlar boshlang'ich sinf o'qish darslarida o'rganilayotgan adabiy-badiiy asarlar tahlili va talqiniga yangicha yondashish lozimligini taqozo etmoqmoda. Asar tahlilini bosqichli izchillik asosida olib borish o'quvchilarning o'quv faoliyatini aniq vaqsadga yo'naltirish imkonini beradi.
"Bumerang texnologiyasi", "Arra" metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o' qish materiali - badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo'naltirilishini, o'quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta'lim oluvchilarga individual yondashishni, o'quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta'minlaydi.
"Arra" metodida o'rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda "O'qish kitobi" darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o'rganishga tadbiq etilishi mimkin. Masalan, "Shaxzodaning bolaligi" hikoyasi o'rganiladigan darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4 qismga bo'linadi. Sinf o'quvchilari ham 4ta kichik guruhga bo'linadi. Har bir guruhga o'qiydagin qismi belgilab ko'rsatiladi. Har bir guruh uchun bir xil topshiriq beriladi:
1-topshiriq. O^qigan qismlarining mazmunini toliq gapirib berishga tayyorlanish. (Guruhning har bir o'quvchisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadij
So'ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda old ingi guruhdagi bitta mutaxassis o'quvchi bo'ladi. Ular arra tishlari ketma -ketligida mavzuni - asar mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda o'rtoqlariga hikoyalab beradi.
2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob beradi:
1. Malika Kuzbor Malikka nima uchun o'g'li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya qilishni topshirdi?
2. Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o'rgatishining sababini izohlang.
3. Kuzbor Malikning Jaloloddinga o'q otish sirlarini o'rgatishining sababini izohlang.
4. Asar nima uchun to'rt qismga bo'lindi?
3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi topshiriqlarni bajaradilar va taqdimotga chiqadilar:
1. Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona sifatida baho bering.
2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan? Malikning malika Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz?
3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o rgandi? U qanday shahzoda bo'lib yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?
4-topshiriq. Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:
1.Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko'rsatgan ehtiromlarini ifodalagan so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (ehtirom ila bosh egdi, tiz cho^kdi, buyuring, sadoqat ila, "Siz buyukXorazmshoh rafiqasi, men qulingizman, e^tirozga og4zjuftlamoqchi boldi, bosh ustiga, ta^zim ila).
2. Malika Oychechakning Kuzborga ko'rsatgan ehtiromini ifodalovchi so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (yonidan joy ko^rsatdi, og^a, o^tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uniyuz-xotir qilmang).
3. Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (injiq-tantiq shahzoda bolmasin, chinakam bahodir yigit bolsin, alp yigit bolsin, zehni o^tkir, Jaloliddin valiahd, bugundan shogirdingiz, o^quvchingiz)
O'quvchilar bu topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o'qiydi, o'qish ko'nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda yuqorida aniqlagan so'z va iboralarni nutqida qo'llaydi, nutqi rivojlanadi.
Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o'quvchilar o'zlariga hozirgi davr nuqtai nazari bilan yondashib tegishlicha xulosa chiqaradilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp yigitlar, bahodir yigitlar bo'lib yetishishlari uchun harbiy bilimlarni egalamoqliklari kerak degan xulosaga keladilar.
Musobaqa tashkil qilish:
1. "Ifodali o'qish" musobaqasi. Hikoyaning bir qismini ifodali o'qitiladi.
2. "Eng yaxshi hikoyachi" tanlovi. Hikoya matnga yaqinlashtirib qayta hikoyalatiladi.
Hozirgi adabiy ta' limni o' qitishda maktab oldiga o' sib kelayotgan yosh avlodni yuz yillar oldindan insoniyat tarixi davomida yaratilgan va shu vaqtgacha to'ldirib kelingan madaniyatni egallash, bolani real hayotga tayyorlash, ongli ravishda kasb tanlashiga erishish, o'quvchilarni atrofdagi kishilar bilan madaniyatli muomala qilishga o'rgatish talabini qo'ymoqda. Buning uchun o'quvchilarning imkoniyatlarini va asosiy faoliyatlarini hisobga olgan holda o' qitishning har bir bosqichida maktab adabiy ta' limi tayanch maqsadlarni belgilab olish lozim.
REFERENCES
1. K. Qosimova va b. Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir. 2009.
2. М.П. Воюшина, С.А.Кислинская, Е.В. Лебедева. Методика обучения литературе в начальной школе. -М.: -Академия. - 2010.
3. Маtchonov S., Shojalilov A., Gulomova X. va b. Oqish kitobi. 4- sinf uchun darslik. -T.: Yangiyo'l poligraf servis. 2020.
4. Матчонов С. Адабиёт дарсларида тахлил ва талкин уЙFунлиги. Til va adabiyot talimi. 2020. 7- son.
5. Гуломова Х. Укувчиларнинг матн устида ишлаши.// Тил ва адабиёт таълими. 1994. №2-3.
6. Bakiyeva H. Boshlsng'ich sinflarda so'z ustida ishlash metodikasi. -T.: Istiqlol. 2013.