Научная статья на тему 'ULUG’BEK HAMDAM SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON'

ULUG’BEK HAMDAM SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1574
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ulug’bek Hamdam / lirik qahramon / inson ruhiyati / shoir / she’r / she’riyat. / Ulugbek Hamdam / lyrical hero / human psyche / poet / poem / poetry.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mohinur Abduxakimova

Mustaqillikdan keyin insonni tasvirlash, uning ruhiy olamini ko’rsatish adabiyotda, xususan, she’riyatda ham kuchaydi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Halima Xudoyberdiyeva, Fahriyor, Farida Afro’z singari qator she’riyat namoyondalari asarlarida insonni, uning ruhiy iztiroblarini tasvirlash bosh o’ringa chiqdi. Lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalashda har bir shoir o’zining iste’dodini bo’y ko’rsata bildi. Biz ushbu maqolada ustozlarining an’analarini davom ettirib kelayotgan serqirra ijodkor Ulug’bek Hamdam haqida so’z yuritmoqchimiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ULUGBEK HAMDAM IS A LYRICAL HERO IN HIS POETRY

After independence, it has intensified its spiritual world in the literature, especially in poetry. Abdulla Aripov, Erkin Vahidov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Halima Khudoiberdiyeva, Fahriyor, Farida Afroz, took place in the works of a series of poetry, Farida Africa, In expressing the spiritual condition of the lyrics, each poet knew his talent. In this article, we want to talk about the versions that continues the traditions of their Master, Ulugbek Hamdam.

Текст научной работы на тему «ULUG’BEK HAMDAM SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON»

ULUG'BEK HAMDAM SHE'RIYATIDA LIRIK QAHRAMON

Mohinur Abduxakimova

Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik yo'nalishi 2-kurs

magistri

ANNOTATSIYA

Mustaqillikdan keyin insonni tasvirlash, uning ruhiy olamini ko'rsatish adabiyotda, xususan, she'riyatda ham kuchaydi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Halima Xudoyberdiyeva, Fahriyor, Farida Afro'z singari qator she'riyat namoyondalari asarlarida insonni, uning ruhiy iztiroblarini tasvirlash bosh o'ringa chiqdi. Lirik qahramonning ruhiy holatini ifodalashda har bir shoir o'zining iste'dodini bo'y ko'rsata bildi. Biz ushbu maqolada ustozlarining an'analarini davom ettirib kelayotgan serqirra ijodkor Ulug'bek Hamdam haqida so'z yuritmoqchimiz.

Kalit so'zlar: Ulug'bek Hamdam, lirik qahramon, inson ruhiyati, shoir, she'r, she'riyat.

ULUGBEK HAMDAM IS A LYRICAL HERO IN HIS POETRY

Mohinur Abdukhakimova

Andijan State University, Faculty of Philology, 2nd year Master's degree in Literary

Studies

ABSTRACT

After independence, it has intensified its spiritual world in the literature, especially in poetry. Abdulla Aripov, Erkin Vahidov, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Halima Khudoiberdiyeva, Fahriyor, Farida Afroz, took place in the works of a series of poetry, Farida Africa, In expressing the spiritual condition of the lyrics, each poet knew his talent. In this article, we want to talk about the versions that continues the traditions of their Master, Ulugbek Hamdam.

Keywords: Ulugbek Hamdam, lyrical hero, human psyche, poet, poem, poetry.

KIRISH

Insonning ulug'ligi, avvalo, uning ozlikni anglashi, undan faxrlanib yashashida namoyon boladi. Milliy tuyg'u millat oldida katta mas'uliyat bilan yashash, mеhnat qilish, fidoiy bo'lishga undaydi. Bu tuyg'u millatni anglamagan inson manqurtdir. Insoniyatni asrash qanchalik buyuk va muqaddas ish bolsa, millatni asrash ham shundan kam emas. Millatning vakili ekanini anglash, qadrlashni bilish insongina bunday fazilatga ega boladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Buning uchun birinchi galda ta'lim va milliy tarbiyani rivojlantirish, urf-odat, an'ana va qadriyatlarni umumbashariy qadriyatlarga uyg'un holda umumbashariy qadriyatlar bilan o'z millati qadriyatlarining boyligi va go'zalligini chuqur his etishlari, ularga milliy ma'naviyatning asosiy manbai sifatida qarashlariga erishish zarur. Ana shunda milliy meros, urf-odat, an'ana va qadriyatlar orqali yoshlarda milliy ong, dunyoqarash va ruhiyatni shakllantirish, ularni o'zligini anglatish, xalq va Vatan oldidagi mas'uliyatini yuksaltirish imkoniyati yaratiladi. Albatta, bu ulug'vor vazifalarni adabiyotsiz, uning ajralmas qismi bo'lgan she'riyatsiz amalga oshirib bo'lmaydi. Bugungi kunda kitob javonlarimizdan Alisher Navoiy, Lutfiy, Bobur va Nodirabegimdan tortib, Oybek, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Rauf Parfi, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Shavkat Rahmon, Farida Afro'z kabi ardoqli shoirlarimizning asarlari joy olgani bejiz emas. Ha, inson she'riyatsiz, qo' shiqlarsiz yashay olmaydi.

Yozuvchi, shoir va adabiyotshunos Ulug'bek Hamdam ham ana shunday ustozlari an'analariga sodiq qolgan holda ijod qilib kelayotgan sermahsul va serqirra ijodkordir. Ulug'bek Hamdamning asarlarida, xususan, she'rlarida bir qizil ip ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Bu inson va uning Ruhiyati sezimlaridir. Ulug'bek Hamdam she'rlarini ko'zdan kechirar ekansiz, shoirning inson qalbining eng to'riga qarab borganiga, uncha-muncha ijodkor ilg'ay olmagan inson qalbi manzaralarini ilg'ab marvarid kabi terib tuhfa qilganiga ishonch hosil qilasiz. Boisi Ulug'bek Hamdam she'rlarida inson ruhi va ongidagi eng nozik kechinmalar manaman deb bo'y ko'rsatib turadi.

Ulug'bek Hamdam adabiyotshunos sifatida bir qator tahliliy maqolalar muallifi hamdir. Ayniqsa uning inson ruhiyati masalalariga bag'ishlangan "Turlanayotgan so'z" maqolasi e'tiborga molikdir. Chunki muallif inson ruhiyatining ochilmagan qirralari haqida chuqur mushohada yuritadi. Chunonchi, uning quyidagi so'zlari fikrimizning isbotidir: "...bugungi inson taraqqiyot bilan hisoblashmoqqa mahkum. Lekin aynan shu narsa insonning javhari-ruhiyatiga rahna solmoqda. Natijada uning ruhiy holati ajdodlarinikiga qiyosan ancha g'ariblashib qolmoqda. Teranroq nazar tashlasak, bugungi dunyodagi ziddiyatlarning, turli shakldagi urushlarning ildizi ko'p jihatdan aynan ana shu narsaga-ruh notinchligiga borib taqaladi. Nazarimizda, ruh ekologiyasi, ma'naviyat masalasi kelajakda eng jiddiy va olamshul muammolardan biri bo'lib qoladi".

Muallif shu o'rinda bir qiziq misol keltiradi: "Ingliz mustabidlariga qarshi kurashgan hind ziyolilari poyezd yo'llarining qurilishiga keskin qarshilik ko'rsatgan ekan. Chunki mamlakatning bu chekkasidan narigi chekkasiga bemalol qatnab turadigan poyezdlarni ular millatning ruhiy olamiga bostirib kirish, uning o'zligiga xuruj etish bilan barobar deb tushungan. Bunday qaraganda, poyezd- tamaddun mahsuli, u oxir

oqibatda baribir mamlakatning taraqqiy etishiga xizmat qiladi (ma'lum muddat boyliklarni tashib ketish vositasi bo'lishi ham yoddan ko'tarilgani yo'q). Hamonki shunday ekan, hind ziyolilarining xatti-harakati, rivojlanish nuqtai nazaridan, qoloqlik belgisi bo'lib tuyuladi. Iroq masala mohiyatiga teranroq nazar tashlansa, hind ziyolilari tamaddunning, ya'ni texnikaning o'ziga emas, balki asta-sekin ruhni mahv etib, odam bolasini robotga aylantirib yuborish mumkin bo'lgan tamoyillarga qarshi kurashgan. Qiziqda, bani bashar taraqqiyotdan, uning ko'z o'ynatuvchi ne'matlaridan voz kecholmaydi, ayni damda, tanganing ikkinchi tomoni borligini ham unutmaylik: tamaddun insonning javhari-ruhiyatiga hamla qilmoqda. Bu holni bizning adabiyotga bo'lgan bugungi munosabatimiz misolida yanada yaqqolroq tasavvur etish mumkin".

Ulug'bek Hamdam o'z she'rlarida ana shu qarashlarini aks ettirishga harakat qilgan. Buni shoirning qator she'rlari misolida ko'rish va kuzatish mumkin. Ulug'bek Hamdam shunchaki yoki ermak uchun yozmaydi. U har bir she'rini o'quvchi qalbiga yetib borishini, o'quvchi qalbida iliq taasurotlar qoldirishini, kitobxonning ko'ngil mulkiga aylanishini istaydi. Shuning uchun ham Ulug'bek Hamdam she'rlarini o'qiganda kitobxon o'yga toladi, atrofdagi o'zgarishlarga, taraqqiyotga teran ko'z bilan boqadi.

"Tamaddun qanchalik turlanmasin, bugun baribir ruh ehtiyoji qarshisida ojizlik qilmoqda. Ruhiy ehtiyoj chashmalaridan bir esa adabiyotdir. Biroq adabiyot faqat o'z muxlislari doirasida qolishi kerak emas, u bugun jamiyatning yashash tarziga singib ketmog'i lozim".

Eng muhimi adabiyotda xalqning qalbi, xohish-irodasi va dardi ifodalanmog'i lozim. Ana shunday ijodkornigina biz haqiqiy ijodkor deyshimiz mumkin. Ulug'bek Hamdam "Gul ekardim..." she'rida shunday deb yozadi: Suv ostida dimiqib tolgan Odam kabi bo' g' ildim yomon... Bir siltanib chiqsaydim suvdan, Bu o' limdan qolsaydim omon, Qo'shiq aytib berardim Sizga!..

MUHOKAMA

Tasavvur qilib ko'ring, suv ostida dimiqib qolgan odam holatini. Shoir ham shunday holatda. Suvdan bir siltanib chiqib ketishini, bir o'limdan omon qolishni va qo'shiq aytib berishni shunchalar istaydiki... demak, shoirning lirik qahramoni, bu -shoirning o'zi. O'zining ruhiy holatida kechayotgan holatlarni so'z orqali kitobxonga yetkazishga harakat qilmoqda. Kitobxon beixtiyor shoirning holatiga kirib, tezroq shoirni bu holatdan chiqishini, uning qanday qo'shiq aytmoqchi ekanligini bilgisi keladi.

She'rning keyingi misralariga nazar tashlaymz: Qo'shiq aytib o'tirdim Sizga,

Topganimni bag'riga joylab, Borlig" imni ishonib so'zga, Gul ekardim Vatanim bo'ylab, Bo'ston bo'lib ketardi so'ngra...1

Mana shoir nima demoqchi ekanligi. Shoirning lirik qahramoni Vatanini jondan ortiq sevadi. U Vatanini ozod, obod, go'zal, gullarga burkangan holda ko'radi. Chunki bu jonajon, kindik qoni to'kilgan Vatan bobolardan qolgan ona-Vatan, ona yurt. Bobolarimiz mana shu muqaddas zamin uchun jonlarini fido qilganlar, ne-ne bosqinchilar bilan bir tomchiqoni qolguncha fidokorona jang qilganlar, To'maris, Shiroq, Jalolidn, Amir Temur bo'lib jangga kirganlar. Buyuk Sohibqiron hazratlari bo'lib el-yurt obodligi uchun kurashganlar. Zero, tarix kitoblarida Amir Temur qaysi mamlakatga borsa, o'sha yerda parvarishlanayotgan noyob gullarning ko'chat va urug'laridan olib keltirib, Samaraqandga ektirgan.

NATIJA

Ulug'bek Hamdam ana shunday buyuk zotlarning avlodi. Shuning uchun ham u "Topganimni bag'riga joylab. Borlig'imni ishonib so'zga, Gul ekardim Vatanim bo'ylab", deydi. Ana shunda bu yagona va betakror Vatan bo'stonga, gulistonga aylanib, ko'rganning ko'zini quvontiradigan so'lim diyorga aylanishi shubhasiz. Shoir she'rlari orqali qalblarga ekkan gullar har bir kitobxon qalbida nish urib bo'y taratishi shubhasiz.

Qachon el-yurt gulga to lishi, bo'stonga aylanishi mumkin. Albatta, tinchlik zamonida,- deya javob berasiz bu savolga. Ulug'bek Hamdam she'riyatida ona-Vatan, tinchlkni tarannum etuvchi she'rlarni juda ko'plab uchratish mumkin.

Bu qanday qo'shiq? Sevgi haqidami? Yoki iztirob haqdami? Balki hijron yoki visol haqdadir? Ana shu savollarga javob izlayotgan zamondosh she'rning keyingi satrlarini sabrsizlik bilan o'qishga tutinadi:

Yana sen o'zingdan bermaysan darak, Yana men urushman tip-tinch dunyoda! Bo'g'zimga tig" kelgan jondek jonsarak Teshilar yo'lingda ko'zim behuda...2

Yana ko'p nuqtalar. Necha shoir "Bo'g'zimga tig' kelgan jondek" va bezovta? U mahbubini kuta-kuta ko'zlari teshildi, to'rt bo'ldi emas!

Shoir "Mentikkan bayroq"she'rida aytmoqchi bo'lgan fikr she'rning so'nggi satrlariga joylashgan:

Yana sen borgaysan, lekin topmayman, Yana men izlayman, yo' qdaysan biroq!

1 U.Hamdam. She'rlar. // Internet, 3-bet.

2 U.Hamdam. Atirgul. She'rlar. // Toshkent, 2005, 23-bet.

Mangu ikkilikning o'rtasi-Vatan,

"5

Mangu iztirobdir men tikkan Bayroq!

Bunday ruhiy holatni uning "Xudoyimning qo'shig'i" she'rida ham ko'rishimiz mumkin. Ulug'bek Hamdam ushbu she'rida sevimli mahbubasiga "Ko'zlaringni ko'zimga tikib, Yuragimdan hikmatlar so'rgil. Jon ildizing jonimga ekib, Nafasimdan titrablar turgil", deya iltijo qiladi.

Inson o'zining javhari-ruhiyatidan quvvat olishga, unga aloqadorligini his qilib yashashga har doim ehtiyojmand. Agar ushbu ehtiyoj qondirilmas ekan, odamzod go'yo nimasinidir yo'qotib qo'yganidek, hushi boshdan uchib, esankirab qoladi. So'ngra tomiri qirqilgan guldek, sekin-asta soTishi ham mumkin.

Ha, odamzod yashashi uchun ruhiy quvvat zarur. Ruhiy quvvat esa she'riyat bag'riga joylangani sir emas. Necha asrlarki, inson qo'shiqlar, she'rlar bilan Hamdam, ham qadam nafas oladi. Inson tug'ilganda uni alla bilan qarshilagan boTsalar vafot etgandayig'i-yo'qlov qo'shiqlari bilan so'nggi yo'lga kuzatadilar. Inson mehnat qilganida ham, shodlik damlarida ham, qayg'uli onlarida ham unga qo'shiq doimo hamroh. Inson iztirob chekkan onlarda ham albatta bir yaxshi she'rga ehtiyoj sezadi, undan ruhiy madad olib, qayg'u va g'amlaridan ozod boTishini, iztiroblarini boTishishni istaydi. Biroq hamma gap o'sha she'rning qanday boTishida va o'sha she'r qalb torlarini chertib, yuragiga "jiz" etib tegishidadir. Ulug'bek Hamdam she'rlari yurakka ana shunday "jiz" etib tegadigan, kishi ruhiyatiga ta'sir etadigan she'rlardan hisoblanadi. Buni shoirning "Senga qaytguvchi..." deb nomlangan she'ri misolida ham ko'rish mumkin. Eng avvalo shuni ta'kidlash joizki, she'r atigi sakkiz qatordan iborat. Biroq undagi iztirob va kechinmalar esa sakson ming qatorga jo bo'lgulik. Har kuni ming bora o'lib, ming bora tirilish mumkinmi? Agar Ulug'bek Hamdamning ushbu she'rini o'qisangiz lirik qahramonning cheksiz iztiroblarini siz ham his etasiz, qalbingizni adadsiz iztiroblar tig'langanday, ulardan chakillab qip-qizil qon tomchilab turganday tuyuladi:

Har kuni kuyingda ming bora o'lib, Ming bora tirilgan aftoda menman. Baxti baxtsizlikning belanchigida Adoqsiz tebrangan ovora menman. Ich-ichimga botgan badkor tig'ingdan, Havola g'alvirdek sadpora menman. Bir kuni baribir yorib qafasing, Bot Senga qaytguvchi hur yora menman...4

Bu satrlarni inson ruhiyatining qichqirig'i yoxud o tli hayajonli kechnmalar deb baholashimiz mumkin. Boisi uning lirik qahramoni har kuni ming bora o'lib, ming bora

3 O'sha manba, 97-bet.

4 U.Hamdam. Atirgul. She'rlar. // Toshkent, 2005, 8-bet.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

tirilsa ham sevaveradigan, ahdida qat'iy turadigan mahbub sanaladi. Bunday sevgi ham kimga ham nasib etavermaydi.

XULOSA

Ulug'bek Hamdam lirik qahramonining sevgisi shunchalar kuchliki, u ma'shuqaning ich-ichiga botgan tig'idan g'alvirdek sadpora bo'lsa-da, baribir sevishdan charchamaydi. Chunki lirik qahramonning kelajakdan umidi zo'r, yorug' kunlar kelishiga ishonadi. Shuning uchun ham "Bir kuni baribir yorib qafasing, Bot Senga qaytguvchi hur yora menman..." deydi. Endi qafasni yorib, ozodlikka, hurlik va erkni qo'lga kiritgan lirik qahramonning qanchalar shod va baxtiyor ekanligini bir tasavvur qilib ko'ring. Axir dunyoda hurlik, ozodlik va erkinlikdan ham ziyodroq baxt bo'lmasa kerak? Ulug'bek Hamdamning lirik qahramoni ana shunday baxt lazzatini totishga loyiq haqiqiy oshiq. Uni hech qanday kuch yo'ldan qaytara olmaydi. U har qanday to'siqlarni yengishga, har qanday mustahkam qafaslarni-da parchalashga qodir oshiq. Bunday lirik qahramonga har qancha havas qilsa arziydi.

Albatta bular ijodkor mehnatining mahsuli, uning teran tuyg'ulari mevasidir.

REFERENCES

1. Normatov U. tafakkur yog'dusi. // t., 2006

2. U.Hamdam. Atirgul. She'rlar. // Toshkent, 2005, 23-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.