MUHAMMAD YUSUF SHE'RIYATIDA RITORIK SO'ROQ GAPLARNING O'ZIGA XOS USLUBIY XUSUSIYATLARI
Shuxrat Alimbayevich Jumaniyozov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ritorik-so'roq gaplarning nutqimizdagi ahamiyati, ifodalanishi shoir Muhammad Yusuf she'rlaridagi o'ziga xos uslubiy xususiyati misollar asosida ko'rsatilgan.
Kalit so'zlar: ritorik-so'roq, uslubiyat, emotsial-eksprevlik, ritorik-gumon, ritorik-tasdiq, ritorik-taajjub, ritorik-tashvish, ritorik-g'azab, ritorik-hayajon.
METHODOLOGICAL CHARACTERISTICS OF RHETORIC QUESTIONS IN
THE POETRY OF MUHAMMAD YUSUF
Shukhrat Alimbaevich Jumaniyozov
Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
ABSTRACT
In this article, the importance of rhetorical interrogation in our speech, the expression of the peculiar stylistic features of the poems of the poet Muhammad Yusuf are shown on the basis of examples.
Keywords: rhetorical-interrogation, methodology, emotional-expressiveness, rhetorical-suspicion, rhetorical-affirmation, rhetorical-surprise, rhetorical-anxiety, rhetorical-anger, rhetorical-excitement.
KIRISH
O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari qatori tilshunoslik sohasida ham ulkan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Millatimizning ruhi bo'lgan o'zbek tili qurilishining ilmiy-nazariy talqini milliy mafkura va g'oyalarimizning ravnaqi uchun muhimdir. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Sh. Sh. Mirziyoyev «Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo'lgan o'zbek tili xalqimiz uchun milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho
ma'naviy boylik,buyuk qadriyatdir. Kimda-kim o'zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo'lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o'lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo'shiqlariga quloq tutsin,» - deb o'rinli fikrlarni bildirdilar. Darhaqiqat, shoir va yozuvchilarimiz asarlariga quloq tutar ekanmiz bu fikrlar qanchalar o'rinli eganligiga guvoh bo'lamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Jumladan, xalqimizning suyukli va dilbar shoiri - Muhammad Yusuf o'zining betakror ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan yurtdoshlarimiz qalbida fidoiylik tuyg'ularini uyg'otib, farzandlik burchini anglagan holda yosh avlod onggi, qalbi va shuurida vatanga muhabbat, o'zaro hurmat, chin mardlik, o'zbekona qadriyatlar kabi insoniy fazilatlarni uyg'ota oldi. Shoir she'rlarida samimiyat, qalb yaqinligi, muhimi falsafa mujassam.
Shu bilan birgalikda, shoir ijodining til xususiyatlarini o'rganish ham tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Muhammad Yusuf she'rlarining sintaktik xususiyati ham o'ziga xos bo'lib, bu holatni shoir she'riyatidagi gap shakllarining ifodalanishida ham ko'rishimiz mumkin. Jumladan, ritorik so'roq gaplarning qo'llanishidagi o'ziga xoslikni shoirning ichki kechinmalarini buyruq, tasdiqlash, tashvish, kuchli hayajon, inkor, tasdiq, taajjub kabi ma'nolar orqali ifodalashiga guvoh bo'lamiz. O'ylaymizki, mazkur ilmiy maqola orqali shoir she'riyatida qo'llangan ritorik so'roq gaplarni o'rganish tilshunoslik fanining samaradorligini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
MUHOKAMA
Ma'lumki, ilmiy adabiyotlarda ritorik so'roq gaplar - badiiy matnning emotsional-ekspressivligini ta'minlovchi uslubiy vositalardan hisoblanadi. Tasdiq va inkor mazmuniga ega bo'lgan, tinglovchidan javob talab qilmaydigan gaplardir. Ko'pincha ritorik so'roq gaplar takibida nahotki, axir so'zlari keladi. Ular nutqqa ko'tarinki ruh bag'ishlaydi va tasdiqning kuchli emotsiya bilan ta'kidlanishi uchun xizmat qiladi. Bunday gap shakllari qahramonning hayratlanishi, quvonchini, ajablanishini, shubha va gumonsirashini, g'azab va nafratini ifodalashda juda qo'l keladi. Ichki va tashqi, monologik va dialogik nutqlarda keng qo'llaniladi. Ritorik so'roq gaplarning quyidagi ma'nolarni ifodalovchi 7 ta turi mavjud:
1) Ritorik-tasdiq;
2) Ritorik-inkor;
3) Ritorik-taajjub;
4) Ritorik-tashvish;
5) Ritorik-g'azab;
6) Ritorik-gumon;
7) Ritorik-kuchli hayajon.
Xalqning erka, bulbulzabon shoir Muhammad Yusufning
Sha'ningga she'r bitdim. U seni topsin, Poyingga tiz cho'kib, qo'lingni o'psin. Undan ham ulug'im borligin ko'rsin, Men uchun ham aziz holingniso'rsin, Sensizg'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam, Endi men ham senga o'g'ilmi, onam! («Onamga» she'ri) satrlarida taajjubli-tashvishli holati ritorik so'roq gapning ritorik-tashvish xususiyati orqali namoyon qilingan. Bunda shoir onasini qiynab qo'yganligi, undan afsusdaligi va shu gunohlari uchun volidai muhtaramasidan uzr so'rayotganligi, men senga loyiq farzand bo'la olmadim, shunda ham sen meni farzandim deb ulug'layapsan, «men gunohkoringni kechir», deyish orqali afsus-nadomat va uzrini ifodalagan. «Rozidil» she'ridan keltirilgan quyidagi parchada esa ritorik-gumon ma'nosi qo'llangan bo'lib, shoirning voqeaga nisbatan biroz ishonchsizlik, gumonsirash holatini ko'rishimiz mumkin:
Bu yoqda uvol-u, u yoqda halol -Chinorday yurakni bukar qilday g'am.
Yaxsi odamlarni ko 'rib, ehtimol,
Sayrab yuborgandir AsqadMuxtor ham. («Rozidil» she'ri) Bu ta'sirchan misralar insonning chinorday mustahkam, baquvvat yuragini qilday nozik g'am osongina yenga olishini, shu g'am va hasratlarni, nohaqlik va adolatsizliklarni ko'rib guvohi bo'lgan tinch, osoyishta va ezgilik hukm surayotgan davrni orzu qilib ko'rolmay ketgan ijodkorlarga achinish, balki ular hozir ana shunday osoyishta zaminda hayot bo'lganda shu hurlikni kuylovchi ajoyib asarlar yaratgan bo'lardi degan gumonli o'y-fikrlarni bayon etmoqda.
Alhazar, alhazar, ming bor alhazar, Ana, yurishibdi kiyganlari zar, Qodiriyni sorib shoir bo'lganlar -Mehrobingdan chiqqan chayonlaring bor...
(«Yurtim ado bo'lmas armonlaring bor»)
NATIJALAR
Ma'lumki, o'zbek romanchiligining asoschisi, buyuk ijodkor A. Qodiriy ham qatag'on qurboniga aylangan. Shunday yuksak iste'dod sohibini ko'rolmay uning oyog'iga bolta urgan noinsof, laganbardorlarga bo'lgan nafratini, g'azabini ritorik-so'roq orqali to'kib solganligiga yuqoridagi misolda guvoh bo'lamiz.
Oshiq yuraklarning iztirobli kechinmalari ham majnuntabiat shoirning e'tiboridan chetda qolmagan, albatta. Oshiqning dard-u alamlarini, yurakdagi yorga bo'lgan mehrini, sevgi va his-hayajonini, orzu-o'ylari va xayollarini «Suvpari» she'ridagi misralarda o'zini aybdor sezish hamda tasdiqlash orqali ritorik-tasdiq aks-ettirilganligini kuzatish mumkin.
Yo'ling kesib o'tsam - o'zim xijolat, Uzoqdan bir seni ko'rsam kifoyat, Bir nigohing o'zi menga inoyat, Seni hech kim sevolmaydi meningdek... («Suvpari»)
Shoir qator she'rlarida shunday hayotning real tasvirida o'zimizning qiyofamizni o'zimizga ro'para qiladi. Hayotda ro'y bergan adolatsizlikdan zada bo'lgan qalbning ziddiyatlarini misralarda to'kadi.
XULOSA
Muhammad Yusufning she'rlari shunday. O'zbekiston qahramoni, katta adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov bu haqida shunday yozadi: «Muhammadning she'rlari bir qarashda juda sodda, jo'n yoziladiganga o'xshab tuyuladi. Ammo unga o'xshatib yozib ko'ring-chi? Qo'lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o'xshab ko'ringan misralari muxlislarini yig'latadi, kuldiradi, o'z og'ushiga tortib oladi». Bu ayni haqiqatdir. Shuningdek, Muhammad Yusufning she'rlari sof milliylig-u, milliy ruhning mujassamligi bilan ajralib turadi. U chiranib yozmaydi, so'zlarning o'zi quyilib keladi. Shundan uning she'rlari maftunkor va jozibali. Uning she'rlarining mazmunini og'zaki gapirib, bayon qilib bo'lmaydi. Chunki ularning asosini voqelik emas, yuqoridagi misralarda ko'rganimizdek, tuyg'ular, dardlar tashkil qiladi. Tuyg'u va dardlarni esa gapirib bo'lmaydi. U his qilinadi. Muhammad Yusuf she'rlari ham ana shunday, uni his qilish lozim. His qilingan narsa yurakka borib tegadi. Yurakka tekkan narsaning ta'siri katta bo'ladi, bir holatdan ikkinchi holatga soladi. Biz ko'rib o'tgan ritorik-so'roq gaplar ham she'rlar mazmunining ana shunday ta'sirchanligini oshirishga xizmat qilgan. Shoirning deyarli barcha she'ri shu xususiyatga ega. Uning elga mashhurligi siri ham shundadir.
REFERENCES
1. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O „ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 7(4).
2. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 1(4).
3. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.
4. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУГРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).
5. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO „ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).
6. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity, (4), 221-222.
7. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarida filologik mashqlarning tutgan o'rni. Тилни уцитиш ва ургатишда XXI аср куникмалари, (2), 134-137.