Научная статья на тему 'O‘ZBEK MUMTOZ SHE’RIYATIDA ZOONIMLAR VOSITASIDA GO‘ZALLIK IFODALASH'

O‘ZBEK MUMTOZ SHE’RIYATIDA ZOONIMLAR VOSITASIDA GO‘ZALLIK IFODALASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
940
109
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / go‘zallik / zoonim / metafora / konseptosfera / leksik-semantik maydon / emotsional baho. / concept / beauty / zoonym / metaphor / concept sphere / lexico-semantic field / emotional assessment.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zulfiya Marufova

Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz she’riyatida “go‘zallik” konseptining verballashuvi, xususan, jonivorlar (hayvon, hasharot) nomini bildiruvchi leksik birliklar vositasida go‘zallik yaratilishi haqida so‘z boradi. Sub’ektning emotsional –ekspressiv baho darajasini ifodalashda zoonimlar orqali hosil qilingan konseptual-kognitiv metaforalar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF BEAUTY THROUGH ZOONIMS IN UZBEK CLASSIC SHARIA

This article deals with the verbalization of the concept of "beauty" in Uzbek classical poetry, in particular, the creation of beauty through lexical units denoting the names of animals (animals, insects). Conceptual-cognitive metaphors formed by zoonyms are analyzed in expressing the level of emotional-expressive assessment of the subject.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MUMTOZ SHE’RIYATIDA ZOONIMLAR VOSITASIDA GO‘ZALLIK IFODALASH»

O'ZBEK MUMTOZ SHE'RIYATIDA ZOONIMLAR VOSITASIDA

GO'ZALLIK IFODALASH

Zulfiya Marufova Toshkent shahar Yashnobod tumani 204-maktab o'qituvchisi

Zulfiyaxon2018@amail.com

Annotatsiya: ushbu maqolada o'zbek mumtoz she'riyatida "go'zallik" konseptining verballashuvi, xususan, jonivorlar (hayvon, hasharot) nomini bildiruvchi leksik birliklar vositasida go'zallik yaratilishi haqida so'z boradi. Sub 'ektning emotsional -ekspressiv baho darajasini ifodalashda zoonimlar orqali hosil qilingan konseptual-kognitiv metaforalar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: konsept, go'zallik, zoonim, metafora, konseptosfera, leksik-semantik maydon, emotsional baho.

Аннотация: В статье рассматривается вербализация понятия «красота» в узбекской классической поэзии, в частности создание красоты через лексические единицы, обозначающие имена животных (зверей, насекомых). Анализируются концептуально-когнитивные метафоры, образованные зоонимами, в выражении уровня эмоционально-выразительной оценки предмета.

Ключевые слова: концепт, красота, зооним, метафора, концептосфера, лексико-семантическое поле, эмоциональная оценка.

Resume: This article deals with the verbalization of the concept of "beauty" in Uzbek classical poetry, in particular, the creation of beauty through lexical units denoting the names of animals (animals, insects). Conceptual-cognitive metaphors formed by zoonyms are analyzed in expressing the level of emotional-expressive assessment of the subject.

Key words: concept, beauty, zoonym, metaphor, concept sphere, lexico-semantic field, emotional assessment.

KIRISH

Badiiy asarlardagi go'zallik tasvirida go'zallik leksik-semantik maydoniga kiruvchi so'zlardan tashqari "Go'zallik" konseptosferasiga kiruvchi konseptlarni turli kognitiv mexanizmlar va badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash yordamida ham go 'zallik tushunchasi hosil qilingan. Y.S.Stepanov fikricha, «tushuncha predmetlar va hodisalar haqidagi fikr bo'lib, ularning umumiy va ahamiyatli belgilarini aks ettiradi, konsept esa - bu shunday bir g'oyaki, u nafaqat mavhum, balki aniq-assotsiativ va emotsional-baholovchi belgilarni ham qamrab oladi. Konseptlar nafaqat fikrlanadi, balki ular boshdan kechiriladi»1. Go'zallik tasviri so'zlovchining borliqqa, ob'ektga,

1 Степанов Ю.С. Константы: словарь русской культуры: опыт исследования. - М., 1997. 824с.

307

hodisalarga sub'ektiv-emotsional bahosini ifodalash bilan birga, o'zida milliy, lingvomadaniy, estetik qadriyatlarni ham mujassamlashtiradi. O'zbek mumtoz adabiyotida "go'zallik" tushunchasi "ayol", "ishq" tushunchalari bilan bog'liq holda talqin qilib kelingan. Z.M.Baynazarovning ta'kidlashicha, "O'zbek tili uchun go'zallik tushunchasi avvalambor "ayol" tushunchasi bilan bog'liq, undan keyingi o'rinlarda "tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning, inson faoliyatining kishida mehr-muhabbat, quvonch, zavq tuyg'ulari uyg'otuvchi xususiyatlarini ifodalashi" tushuniladi. Bu holat tilimizda ming yillardan beri mavjud bo'lib kelganligi ma'lum"2. Mumtoz adabiyotimizda "go'zallik" konseptining yuzaga chiqarilishida uning leksik-semantik maydoniga kiruvchi leksemalardan tashqari, turli xil qimmatbaho toshlar, o'simlik nomlari, hayvonlar (zoonimlar), ilohiy timsollar, joy nomlari ham serunum vositalardan sanaladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Maqolada bugungi o'zbek mumtoz she'riyatida zoonimlar vositasida go'zallik ifodalashining mohiyati xususida so'z boradi. Jahon tilshunosligida matnga berilgan baho va mazkur hodisaga turlicha yondashuvlar mavjudligi haqida fikr yuritiladi. Adabiyot sifatida o'zbek mumtoz she'riyatida zoonimlar mohiyati bilan bog'liq bo'lgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA Xususan, ko'z jozibadorligini va tana harakatini tavsiflashda ohu (g'izola, jayron, kiyik), oshiq holatini ifodalashda bulbul, lochin(shohboz); ma'shuqa labiga sifat berishda ari, chivin; soch ta'rifida ilon zoonimlari orqali "Go'zallik" konseptining komponentlari yuzaga chiqarilgan.

SHe'riyatda yorning ko'zlarini shahloligi va qoraligi jihatdan ohu ko'ziga qiyoslash ko'p uchraydigan tasvirlardan biridir. Ko 'zungki, lolau nasrin uza uzola yotur, Xo 'tan chechaklari ichra magar g 'izola yotur?3 (Lutfiy)

Mazmuni: ko 'zing lola va nasrin gullar ichida uzala tushgan, go 'yoki g 'izola (tojikcha-ohu) Xo'tan chechaklari ichda yotganday. Xo'tan - Xitoy hududiga qarashli joy bo'lib, mumtoz she'riyatda asosan, jannatmakon er sifatida qalamga olinadi. Ko'pgina adiblarimiz ijodida Xo'tan chechaklari, Xo'tan kiyigi, Xo'tan mushki, Xo 'tan gulzori kabi birikmalarni uchratish mumkin. Xususan, Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" asarida CHin go'zali ta'rifini shunday boshlaydi: YUzlari Xo'tan gulzoriga o'xshar, ko'zi bu gulzordagi mushkin kiyikni eslatardi. CHehrasi xuddi CHinning nurli quyoshi bo 'lib, qop-qora xutan mushki uning zulfi muanbaricha bor edi.( Hayrat ul-abror (nasr) - O'n sakkizinchi maqolat)

2 Байназаров З.М. Махмуд Кошгарийнинг "Девону лугати-т-турк" асарида ифодаланган оламнинг лисоний манзараси. Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Самарканд-2020. 14-б.

3 Лутфий. Девон. Faфyp Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.Тошкент 2012, 59-бет

308

Lutfiy baytida lola va nasrin o'simliklariga tegishli rang bildiruvchi semalar -qizillik va oqlik yor yuzini ifodalash bilan birga, xo'tan gullarining rangi qizil va oq ekaniga ishora qilingan. CHunki sub'ekt ongidagi mavjud bilimga ko'ra, lola - qizil rangda, nasrin - oq rangdagi gul. YUz va gullar uchun tegishli bo'lgan rang bildiruvchi semalar kognitiv metafora mexanizmining natijasi o'laroq, shoirning emotsional-sub'ektiv bahosini yuzaga chiqargan. Baytning ikkinchi misrasida sinekdoxa usuli bilan tasvir yaratilgan. YA'ni gullar ichida yotgan ohuning o'zi emas, ko'zi nazarda tutilgan. Butun (g'izola) orqali qism (ko'z) ifodasiga urg'u berilgan. Bu o'rinda "qora", "shahlo", "chiroyli" kabi semalar ko'z o'rnida "g'izola" leksemasi qo'llanishiga asos bo'lgan. Sababi, sub'ekt o'z shaxsiy tajribasiga ko'ra g'izola ko'zi haqida tasavvurga ega. V.A.Maslovaning fikricha, konsept so'z ma'nosidan bevosita kelib chiqmaydi, balki so'z lug'aviy ma'nosining inson shaxsiy tajribasi va xalq tajribasi bilan to'qnashuvi natijasi hisoblanadi. U emotsional, ekspressiv, baholash koshini bilan o'ralgan4.

Demak, sub'ekt ongida ohuning ko'zi haqida tasavvur mavjud. SHoir bu ko'zlarni eng chiroyli va jozibador, deb hisoblaydi. U o'zining shaxsiy didi, estetikasi va go'zallik haqidagi tasavvuridan kelib chiqqan holda yor ko'zini ohu ko'ziga o'xshatadi. Mumtoz she'riyatda ko'z leksemasining "shakl", "rang", "suzuk", "xumor", "kipriklari uzun" kabi semalari etakchi o'ringa chiqariladi. Ma'shuqa ko'zini ohu ko'ziga qiyoslash an'anasi nafaqat mumtoz adabiyotda, zamonaviy adabiyot uchun ham xosdir. "G'izola"(ohu) so'zi orqali ko'zning nazarda tutilishi sinekdoxa usulida konseptni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ko 'zung g'izolasi kezar ul lolazor aro Kim, ravzaning aning kibi xush lolazori yuq5.134 (Lutfiy) baytida ham ko'zning go'zalligi g'izola orqali ifodalanib, metaforik tasvir orqali yuz lolazorga o'xshatilgan. Keyingi misrada jannatda ham bunday lolazor yo'qligi ta'kidlanyapti. Endi harakat bildiruvchi "kezmoq" leksemasi "ohular gulzorda yuradi" degan kognitiv tasavvur asosida go'zal yuzdagi chiroyli ko'z harakatlarini konseptual mexanizmlar orqali yuzaga chiqargan. Bu konseptosferada «tana + harakat» maydonida joylashgan «gorizontal harakat» voqelikda ko'z harakatini ifodalashga xizmat qilgan.

Xo 'tanga chun sabo eltti, soching idi ravon bo 'yi, Giyohikim kiyiklar sepdi chun ul mushki nob o 'ldi6. (Lutfiy) Bayt mazmuni: Sabo(shaboda)lar soching hidini Xo 'tanga olib bordi, u erning giyohlari hididan kiyiklarda mushki nob hosil bo'ldi. Xo'tan mumtoz she'riyatimizda jannatmakon joy sifatida tasvir yaratishga xizmat qilishini yuqorida

4 Маслова В.А. Введение в когнитивную лингвистику: Уч. пособие. - М.: 2004. - 296 с.

5 Лутфий. Девон. Faфyp Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.Тошкент 2012, 134-бет

6 Лутфий. Девон. Faфyp Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.Тошкент 2012, 291-бет

309

aytib o'tdik. Demak, eng yaxshi narsalar o'sha erda bo'ladi. Ayniqsa, xo 'tan mushki, xo 'tan lolazori, xo 'tan kiyiklari sermahsul qo'llaniladigan birikmalardandir.

Mushk, ipor, ufor, muskus — hayvon yoki o 'simliklarning o 'tkir hidli moddasi...M.dan parfyumeriya sanoatida foydalaniladi7. Mushk-qora tusli xushbo'y modda bo'lib, mushk-anbar sifatida ishlatiladi. Mushki nob esa mushkning eng asl va toza turi. ( muskus; mushki azfar, mushki nob chistbiy muskus)8. Soch leksemasining semantik doirasidagi "qora", "uzun", "xushbo'y" semalari; mushk so'zining "qora", "xushbo'y" semalari bilan o'zaro assotsiatsiyalashib, "go'zallik" konseptosferasiga kiruvchi "hid" konseptining "xushbo'y", "yoqimli" semasida o'zaro tutashadi. SHoirning yor sochining hidi haqidagi sub'ektiv bahosi shu tarzda o'quvchiga badiiy-emotsional baho tarzida etkazib beriladi.

XULOSA

O'zbek mumtoz she'riyatida ari, chivin zoonimlari vositasida ham "go'zallik" konseptining "shirin", "rohatbaxsh" singari komponentlarini verballashtirish an'anasi mavjud, deyish mumkin.

Zanburi asal og 'zi to 'la shahd ekaninda

Irningni ko'rib bemaza deb, bol to 'kubtur9.(Lutfiy)

Mazmuni: Asalari og 'zi to 'la asal ekanida, sening og 'zingni ko 'rgach, bemaza ekan deb, og 'zidagi asalini to 'kib yubordi.

Bu baytda "go'zallik" konseptining verballashuvida maza-ta'm ifodalash etakchi o'ringa ko'tarilgan bo'lib, zanburi asal (asalari) zoonimi ob'ekt vazifasini bajargan. Sub'ekt yorning labi shirin va yoqimli ekanini biladi. SHuningdek, asalning ham mazasidan xabardor. YOr labi asal leksemasi bilan ta 'm, shirin, shirali, mazali, yoqimli semalari orqali bog'lanar ekan, sub'ektning emotsional baho darajasini ifodalaydi. Asal bilan labning ta'mini taqqoslar ekan, shoir keyingi baytda labning shirinlik darajasi asaldan ham ortiqroq ekanligini aytmoqchi bo'ladi.

Ul og'izdur yo asalning arisi gulbarg uza

Nish ila nozuk nishon qildi-yu, to 'ldirdi asal10.(Lutfiy)

Baytida ham asalari zoonimi orqali yaratilgan kognitiv jarayonni kuzatish mumkin. "Bu yorning og'zimi yoki asalari gulbargning ichini nozik nishi bilan asalga to'ldiribdimi", deya husni ta'lil san'ati qo'llangan. Lab - shakl va rang bildiruvchi semalari orqali gulbarg leksemasi bilan, labning ta'mi -maza-ta 'm (shirali, lazzatli, yoqimli) bildiruvchi semalar orqali asal leksemasi bilan bog'lanadi. Asalari - "asal" so'zining asosiy komponentlaridan biri bo'lgani ushbu zoonim vositasida go'zallikka aloqador tasvirlar yaratishga imkon bergan.

7 Узбекистон миллий энциклопедияси. Биринчи жилд. Тошкент, 2000-йил.

8 https://www.lugatnoma.com/ti ru

9 Лутфий. Девон. Faфyp Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.Тошкент 2012, 84-бет

10Лутфий. Девон. Faфyp Fулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи.Тошкент 2012, 159-бет

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Ko'rib o'tganimizdek, sharq mumtoz she'riyatida Ayol (yor) ko'rinishida namoyon bo'luvchi "go'zallik" tushunchasining poetik ifodasi va lingvistik verballashuvida jonivor nomlarini bildiruvchi leksemalardan mohirona foydalanilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Stepanov YU.S. Konstanter slovar russkoy kulturm: opmt issledovaniya. -M., 1997. 824s.

2. Baynazarov Z.M. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ati-t-turk" asarida ifodalangan olamning lisoniy manzarasi. 10.00.01-0'zbek tili. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Samarqand-2020. 14-b.

3.Maslova V.A. Vvedenie v kognitivnuyu lingvistiku: Uch. posobie. - M.: 2004. - 296 s.

4.D.Baxronova.Olamning lisoniy manzarasi tasvirida konsept va konseptosfera. O'zb. Res. Qurolli Kuchlari Akademiyasi dotsenti, fil.f.d. (PhD).Xorijiy filologiya №3, 2019 yil, 65-bet

5. U.S.Yigitaliev. O'zbek tilida "odam" va "jins" konseptlari bilan bog'liq assotsiativ-verbal birliklar. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) diss.avtoreferati.Toshkent-2020. 11-bet

6. Lutfiy. Devon. Fafyp Fulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.Toshkent

7. Sakkokiy. Tanlangan asarlar. O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent-1958

8. Devoni Shayxzoda Atoyi. Toshkent, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti, 2008

9. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

https://www.lugatnoma.com/ti ru

2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.