Научная статья на тему '“ONA VATAN” KONSEPTINI O’RGANISHDA MAQOL-MATALLAR VA HIKMATLI SO’ZLARNING O’RNI, ULARNING MILLIY-MADANIY KONSEPTUAL BELGILARI'

“ONA VATAN” KONSEPTINI O’RGANISHDA MAQOL-MATALLAR VA HIKMATLI SO’ZLARNING O’RNI, ULARNING MILLIY-MADANIY KONSEPTUAL BELGILARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

889
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / konseptual belgi / maqol / vatan / yurt / tematika. / Concept / conceptual symbol / proverb / homeland / country / theme.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mansurbek Odil O’g’li Javliyev

Mazkur maqola "Ona Vatan" konsepti mavzusini o'zbek xalqiga tegishli, xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lgan maqol-matallar, shuningdek ma'lum taniqli shaxslar tomonidan yozilgan hikmatli so'zlar vositasida ularning milliy-madaniy konseptual belgilarini ochib berishni tahlil qiladi va shu o'rinda konsept terminiga ham alohida to'xtalib o'tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the topic of the concept of "Motherland" to reveal the national and cultural conceptual features of the Uzbek people through proverbs and sayings written by famous people and the term concept is also emphasized here.

Текст научной работы на тему «“ONA VATAN” KONSEPTINI O’RGANISHDA MAQOL-MATALLAR VA HIKMATLI SO’ZLARNING O’RNI, ULARNING MILLIY-MADANIY KONSEPTUAL BELGILARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

"ONA VATAN" KONSEPTINI O'RGANISHDA MAQOL-MATALLAR VA HIKMATLI SO'ZLARNING O'RNI, ULARNING MILLIY-MADANIY

KONSEPTUAL BELGILARI

Mansurbek Odil o'g'li Javliyev

Termiz davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola "Ona Vatan" konsepti mavzusini o'zbek xalqiga tegishli, xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lgan maqol-matallar, shuningdek ma'lum taniqli shaxslar tomonidan yozilgan hikmatli so'zlar vositasida ularning milliy-madaniy konseptual belgilarini ochib berishni tahlil qiladi va shu o'rinda konsept terminiga ham alohida to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: konsept, konseptual belgi, maqol, vatan, yurt, tematika.

ABSTRACT

This article analyzes the topic of the concept of "Motherland" to reveal the national and cultural conceptual features of the Uzbek people through proverbs and sayings written by famous people and the term concept is also emphasized here.

Keywords: Concept, conceptual symbol, proverb, homeland, country, theme.

KIRISH

Ma'lumki, konsept termini ongda, nutqda yoki tafakkurda vujudga keladigan oddiy g'oyalar yoki umumiy tushunchalarning umumiy yig'indisini tashkil qiladigan tasavvurni anglatadi. U prinsiplar, fikrlar va e'tiqodlar konseptsiyasining asosiy qurilish bloklari sifatida tushuniladi. Konsept tilshunoslik, psixologiya va falsafa kabi bir qancha fanlar tomonidan o'rganiladi va bu fanlarni konseptning mantiqiy va psixologik tuzilishi, ularni qanday birlashtirib fikr va jumlalar tuzish qiziqtiradi.

АDАBIYOTLАR TАHLILI VА METODOLOGIYA

Konsept atamasiga oid juda ko'plab nazariyalar vafikrlar bo'lishiga qaramasdan bugungi kungacha aniq bir to'xtamga kelinmaganligini ko'rish mumkin. "Konsept" termin ko'plab fanlarning faol yadroviy tushunchasi o'laroq juda muhim ilmiy xarakter va maqomga ega. Izlanishlarshuni ko'rsatdiki, konseptni o'rganish, bilishning chegarasi yo'q. Bugungi kunda dunyo miqyosida minglab olimlar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

konseptning o'zi nima, u qanday ilmiy hodisa degan savolga hali tugal javobni berolmagan bo'lsa, konseptning qirralari, strukturasi, kategoriyalari, xarakterini to'liq ta'riflashga hali tilshunoslikdek fan ham biroz ojizdek, nazarimizda. Shu bir tushunchaga tegishli yuzlab fikrlarni umumlashtirib qiyoslab ko'rilsa ularning hech birini noto'g'ri deb aytish qiyin, aksincha, ular mazkur tushuncha uchun yangi tasavvur kengliklarini yaratib beradi. Lekin ba'zi asosli manbalardan foydalangan holda quyida ba'zi ta'riflar keltirib o'tiladi. Xususan,Lingvistik ensiklopedik lug'atda konsept atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: «konsept bu - «so'z ma'nosi» kabi tushuncha bo'lib, faqat bog'lanishlar tizimi nuqtai nazaridan farqlanadi; ma'no-til tizimida; tushuncha ham mantiqda, ham tilshunoslikda tadqiq etiladigan mantiqiy munosabatlar va formalar tizimida bo'ladi».Konseptni o'rganuvchi tilshunos olimlarning konsept haqida fikrlari ichida eng ma'qul kelgan ta'rif bu rus olimasi Pimenovaning "Odam nimani bilsa, qanday deb hisoblasa , ichki va tashqi dunyo ob 'ektlari haqida nimani tasavvuriga sig 'dira olsa, u konsept hisoblanadi "dir.

MUHOKAMA VA TAHLILLAR

Vatanga bo'lgan muhabbat, unga nisbatan sodiqlik, o'z ona yurtini ardoqlash va sevish dunyoning istalgan davlatida, jamiiki xalqlar, elatlar va millatlarning qon qoniga singib ketganini ularning o'z ota makonini har xil go'zal va nafis so'zlar, gaplar, she'rlar, asarlar, maqollar, matallar, aforizmlar, hikmatli so'zlar orqali ifoda etishidan ham bilib olish qiyin emas. Vatan juda keng va chuqur ma'noga ega bo'lgan, insonlar tomonidan eng ko'p ishlatiladigan so'zlardan biridir. Ta'kidlash joizki, „Ona Vatan' konseptiga oid maqol-matallar va hikmatli so'zlarni o'rganish mobaynida, ularning juda ko'p va serqirra ekanligi ayon bo'ldi.

Xalq og'zaki ijodining ommaviy janrlaridan biri sanalgan maqollar asrlar davomida og'izdan-og'izga o'tib kelib, xalqning dunyoqarashi, jamiyatga bo'lgan munosabati, tarixi va ruhiy holatini ifodalovchi muhim vosita hisoblanib kelinadi. Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelib chiqqan, qimmatli fikrlarning xulosasi ifodalanadi. "Maqol - xalq og'zaki ijodi janri; qisqa va lo'nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli va muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg'ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan". Maqollar ko'pincha she'riy shaklga ega bo'ladi. Ular o'zining ixcham, pishiq va puxtaligi bilan ham xalq og'zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Maqollar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

chuqur va mukammal mazmunga ega bo'lib, ularda xalq donoligi, milliy an'analari, ko'p asrlik hayot tajribasi mujassamlashadi. Folklor asarlarining boshqa hamma janrlari kabi maqollarda xalqning orzu-umidlari, vatanparvarlik, insonparvarlik hislatlari, qisqasi, barcha ijobiy-siyosiy va tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Maqollar, dostonlar, ertaklar, qo'shiqlarda ham juda ko'p uchraydi. Shuningdek, ko'pchilik xalq ertaklarining oxiri ham qissadan-xissa tarzida maqol yoki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan biron-bir pand-nasihat bilan tugaydi.

O'zbek xalq maqollarining tematikasi boy va xilma-xildir. Turmushning hamma sohasida: mehnat jarayoni, jonli suhbatlarda, yozma adabiyotlarda maqol va hikmatli iboralar ko'p ishlatiladi. Anglatilmoqchi bo'lgan faktlar obrazli qilib ifodalanadi. "So'z ko'rki maqol", "Yaxshi naql-tomirli aql" deb bejizga aytilmagan. Shuning uchun ham mumtoz ijodkorlarimiz xalq ijodiga, ayniqsa maqollarga ko'proq murojaat etganlar. O'tmishda yaratilgan va qo'llanib kelinayotgan eng yaxshi maqollar xalq donishmandchiligining namunasi sifatida hozirda juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Yaratilgan maqollar, matallar va hikmatli so'zlar birgalikda ma'naviy boyligimizning qimmatbaho xazinasini tashkil etadi. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar maqollar sanaladi. Maqollar fikrni ta'sirchan, bunyodkor qilib ifodalovchi qudratli vositadir. Grammatik jihatdan gap holida shakllangan, to'g'ri ma'noda qo'llaniladigan xalq donishmandligi natijasida vujudga kelgan barqaror birikmalar matallar hisoblanadi. Masalan, "Yaxshidan bog' qoladi, yomondan dog'". "Qimirlagan qir oshar" Matallar ham xuddi maqollar singari xalqning hayotini uzoq davrlar mobaynida kuzatish orqali hosil bo'lgan hayotiy tajribasini ixcham tarzda ifoda topishidir. Quyida maqollarning o'rni va milliy-madaniy konseptual belgilari bir qancha misollar yordamida ko'rib chiqiladi:

Ona yurting oltin beshiging. Bu yerda Vatan konsepti ham ona, ham oltin beshikka qiyos qilinmoqda. Beshik-bu go'dak orom olib, tinch, osuda uxlaydigan bexavotir joydir. Demak Vatan ham xuddi ona kabi bizga alla aytib, tinch bo'lishimiz uchun beshik singari bizni qo'riqlab turadigan maskandir. Maqolda milliy-madaniy konseptual belgilar sifatida onavabeshik so'zlari olingan.

Vataning tinch sen tinch. Yurtning tinchligi sening qo'lingdadir, uni dushmanlardan qo'riqlasang oilang tinch, o'zing tinch bo'larsan. Tinch so'zi o'ziga xos konseptual belgi tarzida olingan.

O'z uying o'lan to'shaging. O'zga yurtda shoh, bo'lgandan ko'ra, o'z yurtingni gadosi bo'l deb bejizga aytishmagan. Bu yerda to'shak o'ziga xos

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

konseptual belgilaridan biri bo'lib, uy ma'nosida ishlatilgan.

O'z yurtingning qadri o'zga yurtda bilinar. Bundan xulosa qilinadiki musofirbo'lmaguncha Vatan qadrini, unga bo'lgan sog'inchni his qilish qiyin. Aslida ham shunday.Qadr so'zi milliy madaniy konseptual belgi funksiyasida ishlatilgan.

Ona yurting omon bo 'lsa, rangi ro 'ying somon bo 'lmas. Eling, yurting tinch bo'lsa sen ham sog'-salomat yurarsan. Omon so'zi o'ziga xos konseptual belgi sifatida qo'llanilgan.

Vatani borning baxti bor, mehnati borning taxti bor. Uysiz, joysiz inson hech qachon baxtli bo'la olmas. Baxt so'zi milliy-madaniy konseptual belgi bo'lib kelgan.

Har gulning o'z isi bor, har elning o'z tuzi bor. Har bir yurtning o'ziga yarasha past-balandliklari va issiq-sovug'i bordir.Gul so'zi o'ziga xos konseptual belgi sifatida kelgan.

FiltushidaHindistonniko'rar. Hatto fil o'zga yurtlarda o'z makonini sog'inar

ekan.

Ayrilmagin elingdan quvvat ketar belingdan. Elidan, yurtidan judo bo'lgan inson xuddi manqurt kabi bo'lar.

Badqavm bo'lsang ham beqavm bo'lma. Yaqiningdan ayrilsang ham, elingdan ayrilma ma'nolarida qo'llanilgan.

Baliq suv bilan tirik, odam el bilan. Baliq suvsiz yashay olmagandek, odam elsiz yashay olmas.

Begona tuproq, devona tuproq. O'zga yurtning tuprog'i ham sen uchun begonadir.

Bulbul chamanni sevar, odam Vatanni. Har bir inson uchun o'z yurti azizdir.

Yigit g'ami elida, elning g'ami dilida. Yigit el dardiga hamdard degan ma'noda qo'llanilgan.

Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. Doim eling bilan birga bo'l, bo'lmasa yakkalanib kuchsizlanib qolasan degan ma'noda qo'llanilgan.

Hikmatli so'zlarning 'Ona Vatan' konseptini o'rganishdagi o'rni Vatanni madh etishda ularning muhim vosita ekanligida nomoyon bo'ladi. Umumiy ma'noda ular tugal fikrni anglatuvchi, o'tkir mazmunli qisqa va lo'nda ibora bayt, jumla hisoblanadi. Xalq maqollaridan farqli ravishda hikmatli so'zlar kelib chiqishi jihatidan ma'lum bir shaxs tomonidan aytilgan bo'lib, individualligini saqlab qoladi. O'zbek yozuvchilaridan Hamza, A.Qodiriy, G'.G'ulom, Oybek, H.Olimjon, A.Qahhor, Shayxzoda kabi san'atkorlar o'z asarlarida Hikmatli so'zlarning zamonaviy namunalarini yaratib, o'zbek adabiy tilining rivojiga samarali hissa

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

qo'shganlar. Hikmatli so'zlarni vatan mavzusi bilan bog'langanda uning o'zbek xalqining boy va shonli tarixida juda katta o'rin tutishini bilish mumkin. Butun dunyo bo'ylab, istalgan davlatlardagi adib va arboblardan Vatanni ulug'lamagani, shoirlardan esa Vatanni madh etmagani topilmasa kerak. Vatan haqida ko'p va ho'p aytilgan purma'no va mantiqan o'rinli ta'riflar bo'lgan-ki, ular vaqt o'tishi bilan kuchli falsafiy talqinga ega bo'lganligi bois o'sha xalqning og'zaki ijodi, adabiyoti, ma'naviy va madaniy turmush tarziga singib borib, o'rnashib, hikmatlar xazinasiga aylangan. O'zbek xalqining suyukli farzandi bo'lgan, har misrasida Vatanga bo'lgan mehri otashin bo'lgan, Fitrat shunday deydi: "Vatan mening jonu tanim sajdagohimdir. U mening to'lin oyim, tinch-omonim, izzatim, sharofatim. Ka'bam, qiblam hamda gulistonimdir".

Hamidjon Hamidiy va Mahmud Hasaniylar hammuallifligida to'plangan "Mashrik zamin - hikmat bo'stoni" hamda M.Saidov va Z.Toirovlar hammuallifligida yaratilgan "Komillik o'gitlari" asaridan o'rin olgan quyidagi hikmatli va qimmatli fikrlar Vatanni tushunish uchun yaxshi manba bo'lib xizmat qiladi.

Vatan gadosi - kafan gadosi. Bu maqol orqali kelajak avlodga vatanni sevish, unga sodiq bo'lish zarurligini uqtiriladi, unib-o'sgan yerni noshukrchilik qilib tashlab ketish juda yomon va xunuk oqibatlarga olib kelishini ko'rsatadi.

Vataning tinch - sen tinch. Vatanning tinchligini saqlash, uning daxlsizligi, ozodligi va mustaqilligini ta'minlash, ona tuproqni dushman oyog'i ostida toptamaslik, vayron bo'lishiga yo'l qo'ymaslik Vatan oldidagi muqaddas burchdir.

Elu hushimdan ayrildim,

Otashi hijrona tushdim. (Rizoiy) Bu yerda xijron, ayriliq so'zlari o'ziga xos milliy-madaniy konseptual belgi funksiyasida ishlatilgan.

O'tar kunlar, o'tar zamon, Ey Vatanim, bo'lma xijron!Hijronso'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Men ketsam-da, sen bo'l omon! Omon-Vatan, Vatan-omon. (Avloniy) Omon so'zi milliy-madaniy konseptual belgi.

Eski buzuq xarobada cho'g'dek ayladim vatan,

Bir tuzuk oshiyona yuk, kelmasa-kelmasun netay. (Bayoniy) Oshiyona so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Vatan erur senga ikkinchi ona. (Anbar Otin) Ona so'zi bir necha bor o'ziga xos konseptual belgi sifatida qo'llanilgan.

Judolik daraxtdir bargi yo'q yolg'iz, Bargi bo'lsa hamki, ammo mevasiz.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

Judolik so'zi milliy-madaniy konseptual belgi.

Bugun ayriliqdan yuragim giryon, Aziz yorni qo'ldan chiqarib hayron,

Na ko'zda uyqu bor, na dilda rohat, Azob o'ti barin aylamish g'orat! (Xoja Samandar Termiziy) Ayriliq so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Ochib har nav'i maktab, endi himmatni qilib oliy,Vatanni qilgali obod, lozim aylamak g'ayrat. (Avaz O'tar) Obod so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Vatan uchun o'lmoq ham sharaf.Sharaf so'zini ham o'ziga xos konseptual belgi sifatida kiritish mumkin.

Vatandan yiroqlashgan-nomusdan o'lar.Nomus so'zi ham milliy-madaniy konseptual belgi.

Vatani borning baxti bor, Mehnati borning-taxti. Baxt so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Dushmanga nafrati bo 'lmaganning Vatanga muhabbati bo 'lmas. Muhabbat so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Yordan ayrilsang ham eldan ayrilma.

Yoridan ayrilgan yetti yil yig'lar, Yurtidan ayrilgan o'lguncha yig'lar.

Yoringni gul orasidan izla, Erkingni-el orasidan. Yuqoridagilarda yor so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Ko'lning otini balig'i chiqarar.Ko 4 so'zi o'ziga xos konseptual belgi.

Ko'rpang qayerda bo'lsa, Ko'ngling shu yerda. Ko'rpa so'zi milliy-madaniy konseptual belgi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda vatan va unga oid maqol-matallar va hikmatli so'zlarning chek chegarasi yo'qligi ushbu maqolada namoyon bo'ldi. Tarixdagi ko'plab buyuk insonlar tomonidan yozilgan hikmatli so'zlar va xalq tiliga oid bo'lgan maqollarning o'ziga xos va milliy-madaniy konseptual belgilari ko'plab misollar yordamida tahlil qilib chiqildi. Va shuningdek, qadim zamonlarda ham vatanga bo'lgan muhabbat unga bo'lgan ehtirom va yondashuvlar juda yuqori darajada bo'lganligi aniqlandi. "Ona Vatan" tushunchasini juda keng va purma'noligi uning nafaqat maqol-matallar va hikmatli so'zlar balki boshqa vositalar yordamida ham to'liq ochib berish mushkulligi asnosida ayon bo'ldi. Bu albatta kelgusida ushbu mavzuda yanada ko'proq izlanishlar olib borilishiga turtki bo'ladi degan umiddamiz.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722

REFERENCES

1. Joseph Goguen "What is a Concept?" Proceedings of the 13th international conference on Conceptual Structures July 2005 Pages 52-77

2. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh., Ma'nolar maxzani, T., 2001

3. Hikmatli so'zlar" O'zME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

4. Mashriq zamin hikmat bostoni / Translators: H.Khamidi and M.Khasani. Tashkent: Sharq, 1997. - p. 4. www.ziyouz.com

5. Ruziev, K. B. (2020). Proverbs and corpus linguistics. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (6), 64-67.

6. BAKHRITDINOVICH, R. K. The Approach of Paremias in Parallel Corpora. JournalNX, 6(05), 216-222.

7. Ruziev, K. B. (2018). Semantic analysis of the words of value and respect in English and Uzbek.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. РУЗИЕВ, Х. Б. (2018). Основное значение билингвализма при изучении языка. Развитие и актуальные вопросы современной науки, (4), 101-104.

9. Ruziyev, K. B. (2020). TRANSLATION AND INTERCULTURAL COMMUNICATION. Актуальные научные исследования в современном мире, (11-12), 47-52.

10. RUZIYEV, X. B., & SIDIKOVA, S. A. K. (2019). TRANSLATION PROBLEMS OF PROVERBS AND SOME SPECIAL TIP FOR TRANSLATING FROM ENGLISH INTO UZBEK. Наука среди нас, (5), 100-105.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.