Научная статья на тему 'REALIYALAR SEMANTIKASINING TARJIMA MATNLARDAGI IFODASI'

REALIYALAR SEMANTIKASINING TARJIMA MATNLARDAGI IFODASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1528
265
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
antropotsentrik paradigma / lingvokulturologiya / realiya / realiya birlik / atama / badiiy matn / tarjima / transliteratsiya / madaniyatlararo munosabat / leksema / semantika / milliy kolorit.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zulxumor Turdiyevna Xolmanova, Ziyoda Movlon Qizi Kasimova

Maqolada realiya birlik, realiyalarning turlicha tavsifi, realiyalarning madaniy xususiyatlarni yoritishdagi o„rni yoritilgan. Realiyalarni tarjima qilish usullari, xususan, transliteratsiya haqida so„z yuritilgan. Realiyalarning atamalardan farqi ochib berilgan. Transliteratsiya usulida tarjima qilingan o„zbek tiliga xos realiya birliklar tahlil qilingan. Ularning semantik xususiyatlari izohlangan. Realiya birliklar semantikasining xalq dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy munosabatlar bilan aloqadorligi ta‟kidlangan. Realiyalarning transliteratsiya usulidagi tarjimasi badiiy matn yaratilgan til boyligi sifatida tarjima tiliga o„zlashtirilishi, lug„at boyligini oshirishi, milliy koloritni aks ettirishi misollar orqali ko„rsatib berilgan. Realiya birliklar semantikasi, realiyalar tarjimasiga doir tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarni o„rganishda, madaniyatlararo munosabatlarni yoritishda amaliy ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «REALIYALAR SEMANTIKASINING TARJIMA MATNLARDAGI IFODASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

REALIYALAR SEMANTIKASINING TARJIMA MATNLARDAGI

IFODASI

Zulxumor Turdiyevna Xolmanova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

professori, filologiya fanlari doktori [email protected]

Ziyoda Movlon qizi Kasimova

O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada realiya birlik, realiyalarning turlicha tavsifi, realiyalarning madaniy xususiyatlarni yoritishdagi o'rni yoritilgan. Realiyalarni tarjima qilish usullari, xususan, transliteratsiya haqida so'z yuritilgan. Realiyalarning atamalardan farqi ochib berilgan. Transliteratsiya usulida tarjima qilingan o'zbek tiliga xos realiya birliklar tahlil qilingan. Ularning semantik xususiyatlari izohlangan. Realiya birliklar semantikasining xalq dunyoqarashi, turmush tarzi, madaniy munosabatlar bilan aloqadorligi ta'kidlangan. Realiyalarning transliteratsiya usulidagi tarjimasi badiiy matn yaratilgan til boyligi sifatida tarjima tiliga o'zlashtirilishi, lug'at boyligini oshirishi, milliy koloritni aks ettirishi misollar orqali ko'rsatib berilgan. Realiya birliklar semantikasi, realiyalar tarjimasiga doir tadqiqotlar doirasini kengaytirish muayyan tilning ichki taraqqiyot xususiyatlarni o'rganishda, madaniyatlararo munosabatlarni yoritishda amaliy ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.

Kalit so'zlar: antropotsentrik paradigma, lingvokulturologiya, realiya, realiya birlik, atama, badiiy matn, tarjima, transliteratsiya, madaniyatlararo munosabat, leksema, semantika, milliy kolorit.

KIRISH

Tilshunoslikda an'anaviy tarzda uch xil paradigmaning mavjudligi qayd etiladi: qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, struktur tilshunoslik, antropotsentrik tilshunoslik. Ushbu paradigmalardan biri bo'lgan antropotsentrik tilshunoslik

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

tilni shu til sohiblarining qiziqishlari, ruhiyati, ichki olami, dunyoqarashi bilan uyg'unlikda talqin qiladi. Antropotsentrik yo'nalishlardan biri lingvokulturologiyadir.

Til kommunikativ, emotsional-ekspressiv, akkumulyativ funksiyalarni bajaradi. Tilning akkumulyativ funksiyasi madaniy munosabatlar, milliy qadriyatlarni aks ettirish xususiyati orqali ham namoyon bo'ladi. Til va madaniyatning o'zaro munosabatini o'raganadigan soha -lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biri realiyadir.

Realiya tarjimashunoslik, qiyosiy-tilshunoslik, madaniyatshunoslik, etnolingvistikaga oid tadqiqotlarda tillararo va madaniyatlararo farqlarni o'rganishda muhim o'rin tutadi. Realiya madaniy munosabatlar darajasini yoritishga xizmat qiladi, xalqning turmush tarziga oid tushunchalarni aks ettiradi.

Realiyalar kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi davrlarida shakllangan tushunchalar bo'lib, madaniyatlar o'rtasidagi farqlar yuzaga kelgan davrlarga to'g'ri keladi. Realiyalarni boshqa yondosh tushunchalardan farqlab turuvchi asosiy belgi ularning predmet-narsa ma'nosiga ega bo'lganligidir. Realiyaning dastlabki ma'nosi madaniyatlarning o'ziga xos belgilarini aks ettiruvchi narsa-buyum haqidagi tushunchalardir. "Realiya" so'zining etimologiyasi ham lotincha "moddiy" degan tushunchaga teng keladi. Realiyalarni moddiy madaniyat belgilari sifatida baholash mumkin. Tilshunoslik va tarjimashunoslikda predmetlarni ifoda etuvchi so'z va iboralar keng ma'noda realiyalar deb yuritiladi.

METODLAR

Maqolani tayyorlashda badiiy matn analiziga doir qarashlardan, tarjima matnlari haqidagi tadqiqot yo'nalishlaridan, tavsifiy, qiyosiy tahlil usullari, komponent tahlil metodlaridan foydalanildi.

Realiyalar tavsifi O'z xususiyati va vazifalariga binoan realiyalar atamalarga va atoqli otlarga yaqin turadi. Madaniy birliklar tadqiqotchilari fikriga ko'ra, atamalar va realiyalar orasidagi chegara juda shartli va juda o'zgaruvchandir. Ammo ularni bir xil tushunchalar sifatida baholash to'g'ri emas. Atama va realiyalar quyidagicha farqlanadi:

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

Atama Realiya

Ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Badiiy adabiyotda va ommaviy axborot vositalarida kuzatiladi.

Milliy bo'yoqdorlikka ega bo'lmaydi, neytral ifoda ustunlik qiladi. Milliy, mahalliy va tarixiy kolorit ifodasi uchun xizmat qiladi.

Atamalar u yoki bu tushunchani nomlash uchun sun'iy ravishda yunoncha va lotincha morfemalar asosida tanlanadi. Realiyalar esa tabiiy tilda mavjud bo'ladi, xalq tomonidan yaratiladi.

Atamalar biror narsa-buyumlarning nomi sifatida shu predmet-narsalar bilan birga tarqaladi. Muayyan millatning boyligi sifatida e'tirof etiladi. Realiyalar ma'lum bir xalq madaniyati bilan chambarchas bog'langan, aynan shu xalq tilida umumiste'mol qilinadigan va boshqa xalqda mavjud bo'lmagan narsa-buyum nomlaridir.

Atamalar tarjima qilinadigan muqobillariga ega birliklar hisoblanadi. Realiyalar aksariyat hollarda tarjima qilinmaydi.

G.D.Tomaxin lingvistika, stilistika, tarjimashunoslikda realiyalarning bir xil tavsiflanmaganligini ta'kidlaydi, asosiy xususiyatlari keltirilmaganligini aytib o'tadi [9,10]. XX asrning 50-yillariga kelib

realiyalar milliy o'ziga xoslikning aniq, sezilarli elementi, kolorit ko'rsatkichlari sifatida ta'riflana boshladi.

Realiya klassik grammatikada tashqi lingvistika fani o'rganadigan, muayyan mamlakatning davlat tuzumi, xalq tarixi, madaniyati va aynan shu tilda so'zlashuvchilarning til va aloqalari hamda boshqa turli xil omillar hamda madaniyat predmetlari sifatida izohlangan [1,381]. D.E.Rozental, M.A.Telenkovalar realiyalarni "so'zning nominativ ma'nosi uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi, mavjud madaniyat predmetlari" deb ta'riflashgan [7,362]. L.N.Sobolev fikriga ko'ra, ekvivalentlariga ega bo'lmagan maishiy va o'ziga xos milliy so'zlar va iboralar, shuningdek, boshqa tillarda mavjud bo'lmagan milliy turmush tarziga oid birliklar "realiya" hisoblanadi, negaki ushbu predmet va hodisalar boshqa mamlakatlarda mavjud bo'lmaydi [8,281]. A.V.Fedorov "realiya" deganda "ijtimoiy hayot va moddiy turmush tarzini anglatuvchi", faqat mahalliy hodisani ifodalovchi va boshqa xalqlarning turmushida

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

va tushunchasida tengi yo'q bo'lgan so'zlar"ni [10,160] tushunadi. T.I.Cheremisinaning fikriga ko'ra, "realiya-so'zlar lokal belgilangan so'zlar hisoblanib, muayyan millatga xos urf-odatlar, maishiy predmetlarni belgilash uchun xizmat qiladi" [12,27]. G.D.Tomaxin esa quyidagicha ta'riflaydi: "Realiyalar faqat muayyan millat va xalqlarga tegishli bo'lgan moddiy madaniyat predmetlar i, tarixiy dalillar, davlat institutlari, milliy va xalq og'zaki ijodiyoti qahramonlari, afsonaviy mavjudotlar va h.k. nomidir" [9,5].

Realiyalar bir qator mezonlarga ko'ra tasnif qilingan [11,32].

Yuqorida bayon etilganlardan "realiya" tushunchasining quyidagi semantik belgilarini ajratish mumkin: 1) xalq ijodi mahsuli ekanligi; 2) tabiiy holda nomlanishi; 3) muayyan xalq hayotiga (turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy va tarixiy rivojlanishiga) oidligi; 4) boshqa madaniyat uchun notanish bo'lgan narsa-buyumlarni ifodalashi; 5) milliy va tarixiy koloritni yetkazib berishga xizmat qilishi; 6) boshqa tillarda aniq ekvivalentlariga ega bo'lmasligi.

Realiyalar tarjimasidagi transliteratsiya usuli:

Realiyalarning badiiy matnlarda ko'p kuzatilishini qayd etgan edik. Demak, badiiy matn tarjimasida realiyalarni o'girish tarjimashunoslikda alohida muammo sanaladi. Realiyalar tarjimasi mutaxassisdan badiiy asar yaratilgan til xususiyatlari, uning sohiblari madaniyati, yashash tarzi, urf-odat, an'analari borasida ma'lum darajadagi bilim, ko'nikmaga ega bo'lishni talab qiladi. Realiyalarning to'g'ri tarjimasi badiiy matndagi birliklarning o'quvchi ongida maqsadga muvofiq proyeksiyalanishini ta'minlaydi.

Barcha tillarda xorijiy tildagi realiyalarni o'quvchi ongiga yetkazib berishning bir necha usullari mavjud. Y.Maslov "moddiy o'zlashtirish" yoki xususiy ma'nodagi o'zlashtirish usulini ajratib ko'rsatadi [5,202]. Bunday hollarda xorijiy til birliklarining nafaqat lug'aviy ma'nosi, balki u yoki bu darajadagi yaqin ma'nolari -moddiy eksponenti o'zlashtiriladi: "Moddiy o'zlashtirish"ning keng tarqalgan turlari transliteratsiya va transkripsiyadir. Transkripsiya va transliteratsiyadan ko'p hollarda atoqli otlar, davlat korxonalari, o'quv yurtlari nomlari kabilarni qayta hosil qilishda foydalaniladi.

Transliteratsiya fransuzcha translitération - "tarjima qilish" ma'nosidagi so'z bo'lib, ma'lum bir til grafikasida bitilgan yodgorlik yoxud qo'lyozmani boshqa (amaldagi) yozuvga o'girish, biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

ifodalash usulini ifoda etadi (mas., Gamzatov - Hamzatov) [13,283]. Boshqacha qilib aytganda, trasliteratsiya so'zni grafik shakllarda aynan yetkazishdir.

Muayyan xalq turmush tushunchalarini anglatadigan ko'pgina so'zlarning ma'nolari va bajaradigan vazifalari mamlakatlarning o'zaro madaniy, ma'rifiy, iqtisodiy, siyosiy aloqalari natijasida qator xalqlar vakillariga, shu jumladan, tarjima tili sohiblariga ham tanish bo'lib qoladiki, tarjimonlar bunday so'zlarga o'z tillarida muqobil lisoniy vositalar qidirmasdan, transliteratsiya yo'li bilan talqin etadilar.

Transliteratsiya usulidan foydalanishning asosiy sababi - asliyatda qo'llangan milliy belgiga ega bo'lgan lisoniy vositalarning tarjima tilida muqobili mavjud bo'lmaganligidir. Transliteratsiya muayyan xalq turmush tarziga oid tushunchalarni aks ettiradigan xos so'zlarni tarjimada talqin etishning eng samarali usullaridan bo'lib, asliyatning milliy xususiyati qulay holda talqin etiladi.

Tarjima tilida asliyatdagi lisoniy vositalar ma'nolariga ma'lum darajada yaqinroq mazmunli birliklar uchrasa-da, leksik birliklar semalarida farqlar ko'zga tashlanadi. Bu o'rinda transliteratsiya usuli muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi. Asliyat mansub bo'lgan xalqqa xos pul hamda masofa-uzunlik birliklari, ro'zg'or ashyolari, kiyim-kechak, yegulik, ichkilik kabi ko'pgina tushunchalarni anglatadigan so'zlarni transliteratsiya yo'li bilan talqin etish muayyan muhit va sharoitning kitobxon ko'z oldida yaqqol namoyon bo'lishini ta'minlaydi.

Asosli transliteratsiya kitobxon tasavvurini boyitadi, uning tilidagi lug'at zaxirasini kengaytiradi. Masalan, ruscha "tansevat" so'zi o'zining birgina ma'nosi bilan o'zbekcha "raqsga tushmoq" birikmasiga mos ekvivalent bo'la olar edi. Uning boshqa bir ma'nosi - erkak va ayolning bel-u qo'l ushlashib davrada aylanishi, bu usulda raqsga tushish o'zbeklarga xos bo'lmagani tufayli, o'zbek tilida o'z ekvivalentiga ega emas. Mazkur so'zni transliteratsiya usulida talqin etish esa o'zbek tili lug'at boyligini oshiradi. Hozirgi umumxalq tili lug'at tarkibidan o'rin olgan "tansa tushmoq" birikmasi azaldan o'zbekcha "raqsga tushmoq" birikmasi bilan sinonimik qator hosil qilgani holda, omma tasavvurini "erkak va ayolning birgalikdagi raqsi" degan yangi tushuncha bilan boyitdi.

Tarjima amaliyotining transliteratsiya usuli milliy tillar boyishiga keng yo'l ochgani holda, ularning fikr bayon qilish imkoniyatini oshiradi, adekvat, shu bilan birga, asliyat milliy bo'yog'ini kitobxon ko'z oldida aynan jonlantiradigan ifodalarni vujudga keltiradi.

O'z-o'zidan ma'lumki, muayyan xalq turmush tarzini ifoda etadigan so'zlargina bunday tushunchalarga ega bo'lmagan xalqlar tillariga tarjimasiz -

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

asliyatdagi shaklida o'tkaziladi, shu tariqa tarjimada muallif matnining milliy bo'yog'i adekvat talqin etiladi. Masalan, "taxmon", "xurjun", "palov", "ketmon", "paranji", "supa" kabi o'zbeklar turmush tarzigagina xos narsa-buyumlarni bunday tushunchalarga ega bo'lmagan xalqlar tillariga qilingan tarjimalarda aynan keltirish asliyatning milliy xususiyatini saqlab qolish bilan birga, tarjima tillari lug'at tarkibi kengayishi uchun zamin yaratadi. O'z navbatida, so'z o'zlashtirish jarayoni amalga oshadi.

Realiyalarning transliteratsiya usulida tarjima qilinishi haqida so'z borar ekan, o'zbek millati va o'zbek xalqiga xos, o'zbek madaniy hayotini ifodalovchi realiyalarning rus tiliga tarjima qilingan matnlardagi ifodasi borasida to'xtalamiz. Quyida Abdulla Qodiriy qalamiga mansub "O'tkan kunlar" romanining rus tiliga qilingan tarjimasida ayrim reliyalarning ifodalanishini kuzatamiz.

Hasanali dasturxon yozib qumg'on kirgizdi. Odatiy takalluflar bilan dasturxon va choyga qaraldi. Homid nonni shinniga bulg'ar ekan so'radi: - Yoshingiz nechada, bek? [1,9].

- Хасанали расстелил дастархан и внес кумган. Последовала традиционная церемония ухаживания за гостями. Хамид, обмакивая кусок лепешки в патоку, спросил:

- Сколко вам лет, бек? [2,10].

Tarjima matnda o'zbek urf-odatiga xos bo'lgan dasturxon, qumg'on so'zlari hamda bek murojaat so'zi transliteratsiya orqali ifodalangan. Non so'zi лепёшка tarzida tarjima qilingan.

Aslida forscha-tojikcha so'z bo'lgan dasturxon o'zbek madaniyati belgilarini ifodalovchi realiya darajasiga ko'tarilgan. Dasturxon - o'rtaga yozib, ustiga ovqat qo'yiladigan maxsus mato, ro'zg'or buyumi.

O'zbek tilida dasturxon so'zi metonimiyaga asoslangan ko'chma ma'nolarda qo'llanadi: 1) "taom, noz-ne'mat": dasturxonga qaramoq; 2) "taom, noz-ne'matlarni tanovul qilish j arayoni": dasturxonga o'tirmoq.

Dasturxon so'zi bilan bogliq metonimiya asosidagi ayrim ko'chma ma'nolar eskilik bo'yog'iga ega bo'lib, hozirda qo'llanmaydi. Masalan, dasturxon yemoq "ziyofat qilmoq" ma'nosini ifodalagan: Jamoamizning barchasi ham hozir bo'lib, dasturxon yer erdik. A. Qodiriy, "G'irvonlik Mallavoy" [14,575]. Bu tushuncha hozirgi o'zbek tilida "gap yemoq" qo'shma fe'li bilan ifodalanadi. Gap yemoq -ulfatchilik, ziyofatda muntazam ishtirok etmoq. Qishning uzun kunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P.Tursun, "O'qituvchi" [14,485].

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

Dasturxon ko'chma ma'noda "mamlakat, jamiyat boyligi, rizq-ro'zi" ma'nosini ham ifodalaydi: to'kin dasturxon; xalqimiz dasturxoni: Biz mamlakatimiz ulkan dasturxoniga.. oq oltinimizni qo'shishimiz bilan faxrlanamiz. R. Fayziy, "Ta'zim".

Dasturxon lug'aviy birligi barqaror birikmalar tarkibida ham uchraydi: Dasturxonga boqqan do'st emas. Maqol. Bu o'rinda dasturxon zohiran "taom", "yegulik" tushunchalarini, botinan "boylik", "mol-dunyo" ma'nolarini ifoda etadi.

Dasturxon realiyasida "yoymoq" semasi asosida ham ma'no ko'chishi kuzatiladi: dasturxon qilmoq - biror gapni har qayerlarda va har kimlarga gapirib, ovoza qilib yurmoq, dastmoya qilib olmoq. Siz kimga yaxshi ko'rinmoqchi edingiz, yolg'on gapni dasturxon qilib yuribsiz? P.Qodirov, "Qadrim".

Dasturxon qilmoq qo'shma fe'li mehmonga borilganda tog'orani (taomni) "dasturxonga o'rab borish" tushunchasini bildiradi va yuqoridagi frazema bilan omonimlikni yuzaga keltiradi.

Nonini yeb, dasturxoniga oyoq artmoq frazemasi esa "yaxshilikka yomonlik qaytarish" ma'nosini ifoda etadi. Dasturxon xalq qadriyati darajasiga ko'tarilgani sababli unga qo'l artib bo'lmaydi (ba'zi hollarda kuzatilgan bunday harakatlarni "madaniyatsizlik", "qadriyatga hurmatsizlik" belgisi sifatida baholash mumkin). Dasturxonga "oyoq artish" mumkin bo'lmagan va tasavvur qilib bo'lmaydigan holat sifatida frazemaning obrazli semantikasini shakllantirishga xizmat qilgan.

Dasturxon doimiy ravishda ishlatiladigan maishiy realiya bo'lgani uchun ham dasturxon qilinadigan matolar alohida tanlangan. Bunda matoning rangi, gullari, qalin-yupqaligi, qulayligi (non ushoqlarining yopishib qolmasligi), kirchimolligi (kirni bildirmasligi) e'tiborga olingan. Xalqda ipak matolardan qilingan dasturxonlar ishlatilmagan, asosan, paxtadan tayyorlangan gazlamalardan foydalanilgan. Ipakdan to'qilgan matolarni dasturxon qilib bo'lmaslik haqidagi tushuncha halollik qadriyati bilan belgilanadi. Ammo bu qadriyat bo'lmaganida ham ipakdan tayyorlangan matolar dasturxon qilish uchun noqulay: non ushoqlari matoga yopishib qoladi. Shu sabab "dasturxonlik" degan tushuncha shakllangan: dasturxonlik "dasturxon bo'ladigan"; "dasturxonbop" - dasturxonlik mato: Bozorga tushib, ikki metr dasturxonlik oldim [14,575].

O'zbek tilida dasturxon leksemasidan dasturxonli lug'aviy birligi shakllangan bo'lib, to'y-hashamlarda orzu-havasini namoyon etadigan, dasturxon yozish, tog'ora jo'natish marosimlarini me'yorida tashkil qiladigan ayollarga nisbatan ishlatiladi. Dasturxonli, odatda, quda-andachilik munosabatlarida qo'llanadi. Shu tushunchaga

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

zid o'laroq, mehmondo'stlikni bilmaydigan, saxovatsiz kimsalarga nisbatan "dasturxonsiz" so'zi ishlatiladi.

O'zbek madaniyatida dasturxonsiz stol fayzsiz hisoblanadi.

Dasturxon leksemasidan yasalgan dasturxonchi so'zi "to'y, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol yoki erkak kishi"ni bildiradi. Dasturxonchi hozirgi kunda gender jihatdan ayollar faoliyatiga xoslanib qolgan bo'lsa-da, tarixda "amir, xon va beklar saroyida saroy ahllariga beriladigan ovqatlarni tayyorlatish va mehmon kutish bilan shug'ullangan lavozimli kishi" ma'nosida erkaklarga nisbatan ham qo'llangan: Go'ro'g'li bilan Avazxon shul zamon taxtga chiqib, sarkarda, to'qsoba, nomdor beklarini chaqirtirib... dasturxonchilar dasturxon yozib, turli taomlar tortilib... kechasi bilan har elga yasovullarni choptirib yotdi. «Gulshanbog'».

Dasturxonchilik so'zi "vositachi, dallol" ma'nolarida ham qo'llanadi [14,575].

Dasturxon realiya birligi quyidagi semalarni o'z ichiga oladi: A) "mato"; B) "taom"; D) "ovqatlanish"; E) "yoyish"; F) "boylik"; G) "qadriyat". Dasturxon realiya birligining ko'chma ma'nolari asosidagi semalarni quyidagi jadval orqali ko'rsatish mumkin:

Dasturxon ishtirokidagi A B В E F G

birikmalar

Dasturxon yozmoq + + + + +

Dasturxonga qaramoq - + + - -

Dasturxonga o'tirmoq - + + - -

Xalqimiz dasturxoni - - - - + +

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Dasturxon qilmoq (fe'l) + + + - - +

Dasturxon qilmoq (frazema) + - - + - -

Dasturxonga boqqan do'st emas. - + - - + -

Qumg'on - choy qaynatish uchun ko'pincha misdan yasaladigan, ichi qalay bilan oqartirilgan, ko'zacha shaklidagi dastali va qopqoqli idish; katta choy dish. Mis qumg'on. O'choqning og'zida o'tga ko'milgan qora qumg'on vaqirlab qaynaydi. S.Anorboev, "Xotima". Bo'taboy qumg'onga choy damlab olib keldi. S.Ahmad. "Hukm" [16,380]. Suv ichish, choy qaynatish uchun ishlatiladi. Og'zi (bo'yni) keng, jo'mragi tor, qorni katta (ovalsimon) idish. Jo'mragi choy qaynaganda suv to'kilishining oldini oladi. Obdasta, oftobalar bilan "suv idish" ma'nosida umumiylik hosil qiladi. Lekin qumg'ondagi "choy qaynatish uchun mo'ljallanganlik" semasi

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

oftoba, obdasta leksemalarida ifodalanmaydi. O'zbek xalq qo'shiqlarida ham qumg'on "o'choq boshida" deb tasvirlanadi:

O'toq boshida qumg'on, atrofi baland qo'rg'on...

Qumg'on kandakori o'yma naqshlar bilan bezatiladi. Qadimdan sopol qumg'onlar keng tarqalgan, keyinchalik misdan bolg'alab ishlangan. Sanoat rivojlanishi bilan quyib, temirdan ishlab, ustidan sirlab tayyorlana boshlagan. Hajmiga ko'ra katta qumg'on (4-5 litr suv sig'adi), o'rta qumg'on (2-3 litr), qumg'oncha (1-1,5 litr) deb nomlangan. Sharq mamlakatlari, Kavkaz va O'rta Osiyoda keng tarqalgan. Qumg'onning jozibador qilib bezatilgan namunalari respublika muzeylari va xususiy to'plamlarda saqlanadi. Quyidagi gaplarning rus tiliga qilingan tarjimalarida ham transliteratsiya usulidan foydalanilgan:

Otabek xufton namozi uchun tahorat olishg'a mehmonxonadan chiqg'an edi, uning keticha:

- Otasining bolasi-da, - deb Ziyo shohichi mehmonlarga qarab qo'ydi [1,19].

- Когда Атабек вышел из михманханы, чтобы совершит омовение перед намазом хуфтан, Зия-шахичи обменялся понимающими взглядами гостями и сказал ему вслед:

- Истинный сын своего отца! [2,21].

Yuqoridagi misollarda xufton namozi, mehmonxona so'zlari transliteratsiya qilingan, tahorat olmoq so'zi совершит омовение tarzida tarjima qilingan. Rus tilida mehmonxona so'zining "гостинная, гостиницa" variantlari mavjud bo'lsa-da, tarjimon transliteratsiya usulidan foydalanib, asliyat shaklini bergan. Mehmonxona so'zi rus tilida muqobiliga egaligi va tushuncha rus madaniyatida mavjudligi sababli realiya birlik hisoblanmaydi. Shunday bo'lsa-da, o'zbek mehmonxonalari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Mehmonxona [mehmon + xona]. 1. Mehmon kutiladigan uy. 2. Musofirlarning vaqtincha turishi uchun jihozlangan xonalardan iborat bino; musofirxona (O'TIL, 2, 588). Mehmonxona hovlining asosiy va muhim o'rnini egallaydi, boshqa xonalarga nisbatan keng, baland, hashamatli qilib quriladi, bo'yama va o'yma naqshlar bilan serhasham qilib bezatiladi.

Har bir viloyatning mehmonxonalari o'ziga xos tuzilishga ega bo'lib, taxmon va tokchalar ishlanadi. Palak, gulko'rpa, choyshab, zardevor, gilam va boshqa mehmon kutish uchun kerakli bo'lgan buyumlar bilan jihozlanadi.

Xufton forscha-tojikcha "uxlamoq, uxlash" ma'nosidagi so'z. 1. Quyosh botgandan bir-ikki soat keyingi, taxminan kech soat yettidan o'ngacha davom

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

etadigan vaqt. 2. Diniy atama: quyosh botgandan bir yarim soat o'tgach o'qiladigan kechki namoz. Xufton deganda ko'p hollarda "xufton namozi" tushunchasi anglashiladi. Xufton xalq tasavvurida "qora", "qorong'u" ma'nolarida ham o'zlashib, frazeologik birikmalarning shakllanishiga asos bo'lgan. Masalan, dili (yoki ko'ngli, ta'bi) xufton iborasi "ko'ngli g'ash", "xafa" ma'nolarida qo'llanadi. Xufton so'zining sanoq sonlar bilan kelishi leksema semantikasidagi "vaqt" semasini darajalab ko'rsatishga xizmat qiladi: yetti (yoki ikki, uch) xufton "Allamahal, allavaqt" (O'TIL,4,430).

Tahorat - namoz o'qish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Tahorat arabcha "tozalik, poklik, yuvinib toza bo'lganlik"; "hojatdan so'ng suv bilan tozalanish" ma'nolarida qo'llanadigan diniy atama. Ibodat qilish, namoz o'qish, qur'on tilovat qilish oldidan bet, qo'l, oyoq va boshqa a'zolarni yuvish, poklanish, shunday poklangan holatga nisbatan ishlatiladi (O'TIL,4,41). Tahorat olmoq "tahorat qilish" tushunchasini ifodalaydi.

Quyidagi matnda etnik nomlar transliteratsiya usulida o'girilgan: Bukungi qorachopon va qipchoq nizolarini sizga bir timsol o'rnida ko'rsatayin: o'ylab ko'rilsin, bu nizolardan bizga qanchalik foyda va qipchoq og'aynilarg'a nima manfaat hosil bo'lmoqda? [1,18]. В качестве примера может служит существующая вражда между карачапан и кипчаков: Подумайте, какого полза выгода для нас и братев наших кипчаков от этих распрей? [2,20].

Qoidaga ko'ra, atoqli otlar, qabila, urug' nomlari transliteratsiya usulida beriladi (karachapan, kipchak). Qorachopon - o'zbek urug'laridan birining nomi. Qipchoqlar 1. XI -XV asrlarda Uralbo'yi va Volgabo'yi dashtlarida, hozirgi Qozog'istonning markaziy va g'arbiy qismlarida yashagan, keyinchalik boshqa hududlarga ham tarqalgan ko'chmanchi turkiy xalq. 2. O'zbek xalqi etnik tarkibidagi asosiy urug'-qabilalardan biri (O'TIL, 5, 298).

Hasanali o'rnini yozar ekan "tavba" deb qo'ydi [1,21]. Стеля себе, Хасанали лиш произнес "тавба" [2,24].

Tavba arabcha "aybiga iqror bo'lish; gunohlari uchun kechirim so'rab yolvorish" ma'nolarini ifodalaydi. 1. Qilmishidan ta'zir yeb yoki pushaymon bo'lib, uni qaytarmaslik uchun qilingan azm-qaror, berilgan va'da yoki qilmishi uchun so'ralgan uzr. 2. Biror g'ayritabiiy narsa, hodisa oldida istig'for aytish, xudodan kechirim so'rash ma'nosida qo'llanadi. 3. Diniy termin sifatida tasavvufda: solikning tariqat sari qadam qo'yishidan oldin qilgan barcha gunohlaridan tavba qilib, kelajakda biror gunoh ishni qasddan qilmaslikka azmu qaror qilishi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

Tavba so'zi nutqda ko'p qo'llanishi natijasida taajjublanish, hayronlikni bildiruvchi undov so'z yuzaga kelgan. Undov so'zning mohiyatida ham Ollohning qudratiga va san'atiga iqror bo'lish hamda uzr so'rash yotadi. Tavba so'zidan ichki imkoniyat asosida tavba qilmoq, tavbasiga tayanmoq fe'llari yasalgan. Tavba qilmoq - tavbani bildiruvchi kechirim so'zlarini, shuningdek, «tavba» so'zining o'zini aytmoqdir. Tavbasiga tayanmoq - qilmishidan nihoyatda pushaymon, ta'zirini yegan holatda bo'lmoq, shunday holatga tushmoqni ifodalaydi (O'TIL, 3,630). Tavba leksemasi tazarru so'zi bilan juft qo'llanib, uzr so'rashning yuqori darajasini ifodalash uchun ishlatiladi: tavba-tazarru [tavba + tazarru] - qilmishi uchun astoydil kechirim so'rash; qilmishiga o'kinib, iqror bo'lib, yalinib so'ralgan uzr. Tazarru "arabcha o'zini past tutish, itoatkorlik; yalinish, yolvorish" ma'nolarini anglatadi (O'TIL, 3,640). Tavba-tazarru qilmoq - yalinib-yolvorib uzr aytmoq.

Ruscha tarjimada "tavba" so'zi izoh bilan berilgan: восклицание, означающее "Чур, меня".

Choyni ichib bo'lg'andan keyin qutidor fotiha o'qub o'rnidan turdi:

- Men senga aytib qo'yay, Kumush, - dedi turar ekan qutidor Oftob oyimga, - bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho'ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qoplag'an ko'rpalaringni ber, tanchaga o'shani yopsin [1,29].

Закончив чаепитие, кутидор прочел фатиху и, вставая с места, заметил:

- Кумуш, имей в виду, я пригласил на сегодня одного гостя. А Офтобаим сказал: - Прикажи служанке прибратся в михманхане. Дай ей вон те новые курпачи, пуст ими накроет сандал [2,32].

Ushbu matn tarjimasida madaniy munosabatlarga doir realiya o'z ifodasini topgan. Realiya vazifasida, odatda, narsa-buyum, ashyolar ko'p qo'llansa, ayrim o'rinlarda milliy munosabat va qadriyatlar ham mohiyatiga ko'ra realiya hodisasini ifoda etadi. Keltirilgan matn parchasida o'zbek xalqi madaniyatiga xos bo'lgan "qayta nomlash" funksiyasi mavjud. Bu hodisa metonimiya asosidagi ma'no ko'chishi natijasida yuz beradi. Qayta nomlash er-xotin munosabatlarida kuzatiladi. Er-xotin bir-birlariga farzandlarining ismi bilan murojaat qilishgan. Bu esa o'ziga xos me'yor, odob-andisha, hurmat belgisi sanalgan. Mazkur matn tarjimasida yana bir jihat ko'zga tashlanadiki, bu holat milliy mental xususiyat bilan bog'liq. Qutidor Oftoboyimga yuzlanib "Kumush" deb (qizining nomi bilan) murojaat qiladi. Tarjimon bu holatni Mirzakarim qutidorning avval Kumushga (qiziga), keyin esa Oftob oyimga (xotiniga) murojaat qilgan ko'rinishda tasvirlagan. O'zbeklarda er-xotin munosabatida o'ziga xos qadriyat mavjud. Er va xotin bir-birining ismini aytib

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

chaqirishi mumkin emas - bu hurmatsizlik belgisi hisoblangan. "Onasi" yoki "otasi" deyish ham sharqona sharm-hayoga to'g'ri kelmagan. Eng yaxshi usul: farzandning (odatda, to'ng'ich farzandning) nomi bilan atash hisoblangan. Keltirilgan matn parchasida Mirzakarim qutidor "Kumush" deb Oftoboyimga murojaat qilayotganini tarjimon bilishi uchun tarjima qilinayotgan matn sohibi bo'lgan xalqqa xos qadriyatlarni yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi kerak.

"O'tgan kunlar"dan olingan matn parchasida Mirzakarim qutidor xotini Oftoboyimga qizining ismi bilan - "Kumush" deya murojaat qilgan. Turgan gapki, tarjimon buni tushunmagan.

Ikki shaxs - Mirzakarim qutidor va Oftoboyim o'rtasidagi muloqotni uch shaxs - Mirzakarim qutidor, Oftoboyim va Kumush o'rtasidagi munosabat ko'rinishida tarjima qilgan. Tarjimaga ko'ra, Mirzakarim qutidor birinchi Kumushga gapirgan, keyin esa Oftoboyimga murojaat qilgan.

Matnda diniy realiya sifatida kelgan fotiha transliteratsiya usulida o'girilgan.

Fotiha arabcha "ochish, ochilish, boshlanish, ibtido, muqaddima" ma'nolarini anglatadi. 1. Diniy atama sifatida Qur'onning birinchi, boshlang'ich surasi, boshlanishini bildiradi. 2. Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqishni ifodalaydi (O'TIL, 4,362). Fotiha so'zi Qur'on surasi bilan bog'liq ravishda ma'no ko'chishiga uchragan. Shu sura o'qilmasdan aytilgan duolar, niyatlarni ham ifoda etadi. Fotiha so'zidan fotiha o'qimoq, fotiha qilmoq, fotiha bermoq, fotiha olmoq qo'shma fe'llari, yuziga fotiha tortmoq iborasi shakllangan:

fotiha o'qimoq 1) qur'onning qisqa suralaridan birini o'qib, marhumning ruhiga xudodan mehr-u shafqat, ezgulik tilamoq; 2) qo'l ochib va uni yuzlariga tortgan holda, o'zi yoki boshqalar uchun yaxshiliklar, ezgulik, tinchlik, salomatlik tilamoq, duo qilmoq.

Fotiha qilmoq so'zlashuv tilida: fotiha o'qimoq.

Fotiha ber - biror ish-harakatni bajarishga kirishayotgan kishiga omad, baxt tilagan holda beriladigan ruxsat, ijozat.

Fotiha olmoq - to'y-ma'raka egasining boshqalar duosini qabul qilishi.

Fotiha so'ramoq - boshqalardan oldinroq turib ketish uchun yig'ilish ahlidan yoki yoshi kattaroq kishidan ruxsat so'ramoq.

Yuziga fotiha tortmoq - fotiha o'qib bo'lingach, ikki qo'lning kafti bilan yuzni yuqoridan pastga tomon yengilgina silamoq.

Oq fotiha iborasi "biror ishni bajarishga kirishish uchun rozi bo'lib, mamnunlik bilan beriladigan ruxsat, ijozat" tushunchasini anglatadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

Fotiha etnonim birlik sifatida qadriyatga aylangan: qiz bilan yigit turmush qurishga rozi bo'lgandan keyin, buni qarindosh-urug', mahalla ahliga ma'lum qilish maqsadida nikohdan oldin o'tkaziladigan marosim; unashtirishni ham ifoda etadi. Qiz bilan yigitning unashtirilganligi munosabati bilan o'tkazila-digan kichik to'y; unashtirish to'yi fotiha to'yi deb nomlanadi.

Fotiha so'zi semantikasida zid tushuncha shakllangan. Bu hodisa antisemiya deb nomlanadi. O'lik chiqqan xonadonga o'limning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning xotirasi uchun o'tkaziladigan marosim; ta'ziya ma'nolarini ham bildiradi. Fotiha so'zidan fotihali, fotihaxon, fotihaxonlik, fotihachi so'zlari ham yasalgan. Bu birliklarning barchasi "Fotiha" surasi semantikasi asosida shakllangan.

Yuqoridagi misoldagi bir o'ringa ahamiyat bersak. Ma'lumki, xalqimizda "nonushta qilmoq" birikmasi o'rniga "choy ichmoq" birikmasidan foydalaniladi. Tarjimada ana shu jihatga e'tibor berilib, "чаепитие" shaklida o'girilgan. Shuningdek, fotiha o'qimoq iborasi transliteratsiya qilinib, "первая сура Корана" deb izohlangan. Tarjimon bu o'rinda Qur'onning birinchi surasi "Fotiha" deb nomlanishiga ahamiyat qaratgan. Lekin xalqimizda "fotiha o'qimoq" deganda, asosan "duo qilmoq" ma'nosi tushuniladi. Shu bilan birga, misolda "mehmonxona", "ko'rpacha" so'zlari "mixmanxana", "kurpacha" tarzida transliteratsiya qilingan. "Tancha" so'zi esa "sandal" deb tarjima qilinganini ko'rishimiz mumkin.

Tancha realiya birligi sandal tarzida o'girilgan. Tancha shevaga xos bo'lib, sandal so'ziga sinonim hisoblanadi. Sandal - [a. kursi, stol] O'rta Osiyo mamlakatlari va Yaponiyada ma'lum bir joyni isitish uchun mo'ljallangan manqal; xonaning o'rtasiga yoki chekkaroq yeriga chorburchak chuqurchaga o'rnatilgan, ustiga ko'rpa yopilib, atrofiga ko'rpachalar to'shalgan xontaxtadan iborat bo'lib, ichiga saksovul yoki ko'mir cho'g'i solinadi; tancha (qish sovug'ida sandalga oyoq-qo'lni tiqib isiniladi, ayni paytda ustiga dasturxon yozib, undan stol sifatida foydalaniladi) [15,438].

Sandal so'zi ruscha izohli lug'atida quyidagicha berilgan:

Sandal - дерево южных стран с ароматической древесиной [6,1624]. Ya'ni janub davlatlarida xushbo'y hidli yog'ochdan mebel deb izohlangan.

XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, tarjimon o'zbekcha milliy realiyalarni rus tiliga o'girishda transliteratsiya usulidan ham, tarjima va izohlash usullaridan ham unumli foydalangan va o'z ishini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

Realiya birliklar til o'rganish jarayonida ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Zamon talablari asosidagi til ta'limi masalalari bilan shug'ullanadigan lingvodidaktikada madaniy belgilarni o'zlashtirishga ham e'tibor qaratiladi. Realiyalar tilning lug'at boyligi, frazeologik qatlami, obrazli ifoda va o'xshatishlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ham ahamiyatlidir.

Realiyalarni transliteratsiya usulida o'girish til madaniyatida mavjud voqelikni aniq ifodalashga yordam beradi. Transliteratsiya usulining cheklangan tomoni ham mavjud. Bunday usuldan foydalanish tarjimada o'rganilmagan va tushunarsiz so'zlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Shunday bo'lsa-da, ma'lum xalq madaniyatiga xos tushunchalarning boshqa madaniyatlarga keng yoyilishini ta'minlaydi.

Badiiy matndagi realiya birliklar ma'lum bir narsa-buyum haqida axborot berish bilan birga shu narsa-buyumning lisoniy ifodasida aks etgan milliy-madaniy semalar, kognitiv belgi va pragmatik ma'noni ham ifoda etadi. Realiya birliklar tadqiqi leksemalarning semantik taraqqiyotini tahlil qilishda ahamiyatlidir. Realiya birliklar ma'lum bir xalq turmush tarziga oid tushunchalarni ifodalar ekan, vaqt o'tgan sari semantik mundarijasida madaniy munosabatlarni, kognitiv belgilarni, qadriyat va bahoni namoyon eta boradi.

TAVSIYALAR

Realiya birliklarni tarjima qilish usullari leksemalar semantikasini boshqa tilda qayta hosil qilish masalasini yoritishga qaratiladi. Realiya birliklar semantikasini qayta hosil qilish turli usullar orqali amalga oshiriladi. Shu usullardan biri bo'lgan transliteratsiya tarjimada milliy koloritni aks ettirish imkonini beradi. Ammo realiya birlik semantikasini yoritish har doim ham amalga oshavermaydi. Realiya birlik semantikasini yoritish, asl tildagi pragmatik ma'nolarini aks ettirish uchun qo'shimcha izohlar zarur bo'ladi.

Realiyalar milliy-madaniy muhit belgilari, qadriyatlar ifodasi sifatida badiiy matnga alohida ruh bag'ishlaydi. Realiyalar tarjimasi tarjimondan til bilimidan tashqari madaniy belgilar haqidagi ma'lumotga ega bo'lishni ham talab etadi. Demak, tarjimon mutaxassislarni shakllantirishda lingvistik kompetensiyaga alohida ahamiyat berish lozim bo'ladi. Lingvistik kompetensiya ona tilini mukammal o'zlashtirish asosida shakllanadi. Ona tilini o'zlashtirish shunchaki kommunikatsiya, emotsional-ekspressiv funksiyalaridan foydalanish emas, balki madaniy munosabatlarni, qadriyatlarni anglash asosiga qurilmog'i lozim bo'ladi. Ona tili kompetentligiga ega

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-747-761

bo'lgan mutaxassis boshqa tilni madaniy kontekstda o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Tarjimon-kadrlarni tayyorlashda bu masalaga alohida e'tibor qaratish lozim.

REFERENCES:

1. Абдулла Кодирий (2004).Уткан кунлар. - Тошкент.

2. Абдулла Кадыри (2009). Минувшие дни. - Тошкент.

3. Ахманова О.С. (1969). Словарь лингвистических терминов. - Москва.

4. Черемисина Т.И. (1983). Функциональный аспект неассимилированных заимствований. - Москва.

5. Маслов Ю.С. (1987). Введение в языкознание. - Mосква.

6. Ожегов С.И., Шведова Н.Ю. (1999). Толковый словарь русского языка. -Москва.

7. Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. (1985). Словарь-справочник лингвистических терминов: пособие для учителя. - Mосква.

8. Соболев Л.Н. (1952). Пособие по переводу с русского языка на французский. - Москва.

9. Томахин Г.Д. (1988). Теория перевода.- Москва.

10. Федоров А.В. (1968). Основы общей теории перевода. - Москва, 1968.

11. XolmanovaZ., Saidaxmedova O., Nurullayeva O. (2018). Lingvokulturologiyaga oid tushunchalar tadqiqi. - ^шкет1.

12. Черемисина Т.И. Функциональный аспект неассимилированных заимствований. - М., 1983. С.27.

13. Узбек совет энциклопедияси (1978). - Тошкент.

14. Узбек тилининг изошли лугати (2006). 1-жилд. - Тошкент.

15. Узбек тилининг изошли лугати (2007). 3-жилд. - Тошкент.

16. Узбек тилининг изошли лугати (2008). 5-жилд. - Тошкент.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.