Научная статья на тему 'AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ADABIY MUHIT VA TASVIRIY SAN’ATNING BA’ZI JIHATLARI TARIXIY MANBALARDA'

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ADABIY MUHIT VA TASVIRIY SAN’ATNING BA’ZI JIHATLARI TARIXIY MANBALARDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

5687
412
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alisher Navoiy / Husayn Boyqaro / “Tazkirat ush-shuaro” / miniatyura / qo„lyozmalar / renasans / tarixiy asarlar / san‟at / rassomchilik / adabiyot / ilm – fan. / Alisher Navoi / Hussein Boykaro / Tazkirat ush-shuaro / miniatures / manuscripts / renaissance / historical works / art / painting / literature / science.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Farrux Kamoliddinov

Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayoti haqida so„z yuritiladi. Bu davrning katta bir o„zgarishi “Ikkinchi renasans” vaqdida adabiy muhit va tasviriy san‟atda ham bo„lgani yuksalishi haqida turli xil manbalar asosida tahlil qilingan va qimmatli ma‟lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR TEMUR AND THE TEMURIAN PERIOD LITERARY ENVIRONMENT AND SOME ASPECTS OF FINE ART IN HISTORICAL SOURCES

This article deals with the cultural life of Amir Temur and the Temurids. A major change in this period was the rise of both the literary environment and the fine arts during the Second Renaissance, which has been analyzed from a variety of sources and provided valuable information.

Текст научной работы на тему «AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ADABIY MUHIT VA TASVIRIY SAN’ATNING BA’ZI JIHATLARI TARIXIY MANBALARDA»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI ADABIY MUHIT VA TASVIRIY SAN'ATNING BA'ZI JIHATLARI TARIXIY MANBALARDA

Farrux Kamoliddinov

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi hayot733@ gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayoti haqida so„z yuritiladi. Bu davrning katta bir o'zgarishi "Ikkinchi renasans" vaqdida adabiy muhit va tasviriy san'atda ham bo'lgani yuksalishi haqida turli xil manbalar asosida tahlil qilingan va qimmatli ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, "Tazkirat ush-shuaro", miniatyura, qo'lyozmalar, renasans, tarixiy asarlar, san'at, rassomchilik, adabiyot, ilm - fan.

AMIR TEMUR AND THE TEMURIAN PERIOD LITERARY ENVIRONMENT AND SOME ASPECTS OF FINE ART IN HISTORICAL

SOURCES

ABSTRACT

This article deals with the cultural life of Amir Temur and the Temurids. A major change in this period was the rise of both the literary environment and the fine arts during the Second Renaissance, which has been analyzed from a variety of sources and provided valuable information.

Keywords: Alisher Navoi, Hussein Boykaro, Tazkirat ush-shuaro, miniatures, manuscripts, renaissance, historical works, art, painting, literature, science.

KIRISH

Yaqin yillarda mamlakatimizda xalqimizning jonli kechmishini, o'lkamizning siyosiy-ijtimoiy tarixi, madaniyati va san'ati taraqqiyoti masalalarini o'rganish shaxsan davlatimiz rahbarining nazorati va g'amho'rligi ostida, hukumatimizning bu boradagi keng qamrovli dasturi asosida olib borilmoqda. Mazkur maqolada uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan Markaziy Osiyodagi XIV-XV asrlar davri madaniyati tarixi tadqiq qilindi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

Maqola umum qabul qilingan tarixiy metodlar-tarixiylik, obyektiv, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, tamoyillari asosida yoritilgan bo'lib, unda Amir Temur va Temuriylar davri manbalari asosida adabiy muhit va tasviriy san'at qiyosiy taxlil va ketma - ketli asosida taxlil qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amir Temur hayoti va faoliyati hamda bu masalani yorituvchi asosiy tarixiy manbalar xilma-xil bo'lib, bu Amir Temurning jahon tarixidagi roli buyuk ekanligidan va uning nomi g'oyat mashhurligidan dalolat beradi. Mazkur manbalar jamiyat tarixini o'rganuvchi olimlarimizning asarlarida, ayniqsa, o'zbek, rus va ingliz tillarida nashr etilgan. Jumladan "Amir Temur jahon tarixida" nomli fundamental tadqiqotda batafsil tahlil etib berilgan. Ushbu tadqiqotda mavzu bo'yicha jahonning turli tillarida nashr etilgan adabiyotlar ro'yhati ham keltirilgan. [1]

Temuriylar saltanati hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot ham yangi bosqichda ko'tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o'zining yangi rivojlanish pog'onasiga erishgan bo'lsa, o'zbek adabiyoti Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o'z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko'tarildi.

Abdurahmon Jomiyning "Haft avrang", A.Navoiyning "Xamsa", "Hazoyin ul maoniy" asarlari shu davr adabiyotining shoh asarlari edi. Jomiy yetti dostondan iborat to'plamiga "Haft avrang" (Yetti taxt) deb nom qo'yar ekan, Temuriylar sulolasidan yetti (Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux, Ulug'bek, Abulqosim Bobur, Abu Said, Mirzo Husayn Boyqaro) ni ko'zda tutgan bo'lsa, Navoiy o'z "Xamsa"sini yaxlit holda Husayn Boyqaroga bag'ishlagan va bu bilan har ikki muallif ham shu davr hukumdorlariga o'zlarining ma'lum ma'noda minnatdorchiliklarini namoyon etgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Temuriylar davridagi adabiy hayotning o'ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy jarayonning yagonaligi, unda turkiy tilda ijod qiluvchilarning ham, forsiyda qalam tebratuvchilarning ham barobar va faol qatnasha olgani edi. Buni biz Alisher Navoiynitng "Majolis un-nafois" tazkirasida yaqqol ko'ramiz.

XV asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy va adabiy hayotda yuz bergan ibratli xodisalardan biri Navoiy-Jomiy munosabatlaridir. Bu ikki

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

buyuk zot ijod sohasida xalqparvarlik va insonparvarlik mavqeida turish bilan birga xalq, davlat ishlarida insof va adolatni yoqlar edilar.

Abdurahmon Jomiy g'oyat sermahsul ijodkor bo'lib, undan bizga adabiyotning turli janrlariga fan va san'atining rang-barang sohalariga oid boy meros qolgan. Jomiy asarlari o'z davridayoq Xuroson va Movarounnahr doirasidagina emas, boshqa mamlakatlarga ham keng tarqalgan edi. Ba'zan qo'shni mamlakat podshohlari, masalan, Sulton Ya'qub uning asarlarini so'rab maxsus elchilar yuborgan. Uning asarlari o'z davrida va undan keyin ham ko'p qo'lyozma nusxalarda ko'chirilgan. Masalan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Jomiy asarlarining XV-XVI asrlarda ko'chirilgan o'nlab qo'lyozmalarini uchratish mumkin. Bunday qo'lyozmalar Rossiya, Afg'oniston, Eron va Yevropa mamlakatlaridagi boshqa qo'lyozma fondlarida ham uchraydi. Taniqli sharqshunos Y.E.Bertels "Jomiy monografiyasi"da shoir asarlarining Toshkent kulliyoti asosida shoirning nomini keltiradi. [2]

Abduraxmon Jomiy Temuriylar davri ilm fani va adabiyotining faxri, Sharq she'riyatini yuksaklikka ko'targan so'z san'atkorlaridan biridir. U bir necha asrdirki, Navoiy bilan yonma-yon o'zbek shoir va adiblariga ham ustozlik qilib kelmoqda va har doim shunday bo'lib qoladi.

XV asr jahon ma'naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bo'lib uning asarlari turkiy tilning boyishiga yuksak hissa qo'shdi.

Bundan tashqari Alisher Navoiy Husayn Boyqaro tomonidan muxrdor qilib tayinlangan paytda el xizmatida bo'ldi. Keyinchalik uni vazir lavozimiga tayinlashdi. Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini ta'minlaydi.

Hirot bu davrda nihoyatda ko'rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she'riyat, nafis san'at rivoj oldi talabalar uchun "Ixlosiya" madrasasi, darveshlar uchun "Xalosiya" xonaqohi, bemorlar uchun "Shifoiya" shifoxonasi, masjidi Jome' yoniga Qorixona ("Dor ul xuffoz") qurildi. Ulug' amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo'lyozmalarni oqqa ko'chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana "Nizomiya", Marvda "Xusraviya" va boshqa madrasalar barpo etildi.

Fors tilida birinchi "Xamsa" yozganini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o'tib Hindistonda tug'ilib o'sgan forsiyzabon turk o'g'loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy "Xamsa"siga birinchi bo'lib tatabbu yozadi va "Xamsachilik" an'anasini boshlab beradi. Dehlaviy "Xamsa"si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

mazmunlaming yangicha talqini sifatida o'zining ham falsafaning ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV-XV asrlar mintaqa ma'naviyati "Xamsa" an'anasi ta'sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo'lmaganda "Xamsa"ning bir dostoniga javob yoza bilish bilan o'lchanadigan bo'ldi. Bu jahon ma'naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Xaydar Xorazmiylar boshlab bergan "Xamsachilik" an'anasi o'zining kamolini A.Navoiy ijodida topdi.

XV asrning ko'zga ko'ringan adabiyotshunos olimlarning biri Davlatshoh ibn Abouddaula Baxtish al-G'oziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimai holiga oid ma'lumotlar juda kam bo'lib, "Tazkirot un-shuaro" (Shoirlar tazkirasi) asarida keltirilgan ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat rabobi oilasida tug'ilgan. Uni taxminan yashagan yillari 1435-1495 yillarga to'g'ri keladi.

Uning "Tazkirat un-shuaro" asarida VII-XV asarlarda yashab ijod qilgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Bu asar juda katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan.

"Tazkirat ush-shuaro" yoki "Tazkirai Davlatshohiy" muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat.

Davlatshoh Samarqandiyning mazkur tazkirasi jamoatchilik e'tiborini ko'pdan beri tortib kelmoqda. 1819-yildan bayon asarning ayrim parchalari Rossiya (V.A.Jukovskiy va F.Erdman), Fransiyada (Silvers de Sasi), Angliyada (E.Broun va A.Falkoner), Turkiyada (Fahim Sulaymon afandi), Germaniyada (Hammer) hamda Gollandiyada chop etilgan. Uning to'la matni 1887-yili Bombayda Mirza Muhammad, 1901-yili Londonda E.Broun va 1958-yili Tehronda Xoja Muhammad Ramazoniy tomonidan nashr etilgan.

1900-yili birinchi bor Xivada Muhammad Rafe tomonidan eski o'zbek tiliga (Xorazm shevasida) o'girildi. 1967-yili B.Ahmedov "Tazkirat ush-shuaro" tazkirasidan Mavrkaziy Osiyo va Xurosonlik 32 va 1981-yili 50 dan ortiq shoir hayoti hamda ijodiga oid ayrim parchalarni o'zbek tiliga tarjima qilib, "Davlatshoh Samarqandiy" nomli kitobiga ilova qilgan. [3]

Davlatshoh Samarqandiy bilan umrguzaronlik qilgan olimu, davlat arboblaridan bo'lgan Husayn Boyqaro (1438-1506), Husayn Voiz Koshifiy (14401505) bo'lib bular XV asrda Xuroson va Movarounnahr madaniyatining madaniyatining rivojiga katta hissa qo'shgan hamda o'z asarlari bilan so'nggi avlodlarga katta ta'sir ko'rsatgan mashxur allomalardan bo'lib tarixda qoldi. [4] Ular qomusiy ijodi bilan o'z davri ma'naviy yuksalishi yo'lida faol xizmat qildi va nafaqat

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

O'rta Osiyo, balki butun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Bu davrda Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans ya'ni uyg'onish davri vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, "Sharq Rafayeli", ulug' musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir.

Nafaqat musulmon sharqi xalqlari balki butun dunyo xalqlari san'ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o'zining barakali hissasini qo'shgan zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda kambag'al hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Behzod ota-onasidan juda erta ajraldi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashxur musavviri Amir Ruhillo (Mirak naqqosh) o'z tarbiyasiga olib, tutingan otasi bo'ldi va Kamoliddinga tuz-non berib, kiyim bosh bilan ta'minlab, hartomonlama ilmli qilib voyaga yetkazadi. Yosh Kamoliddin Mirak Naqqosh tarbiyasida, uning Hirotdagi Nigoristonda (san'at akademiyasida) naqqoshlik va miniatyurasozlik hunarining sir-asrorlarini o'rgandi.

Behzod miniatyura san'ati tarixida maxsus maktab "Behzod maktabi"ni yaratdi.[5] Behzod miniatyuralari uning tirikligidayoq va ayniqsa undan so'ng musulmon sharqida va g'arbida ham bu san'atning eng oliy yutug'i deb tan olindi hamda eng qimmatli san'at asarlari sifatida mashxur bo'lib ketdi.

Behzodning ijodiy merosini o'rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma'lum bo'lgan asarlari taxminan o'ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashxurlari quyidagilardir:

1. Sharofiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"siga ishlangan miniatyuralar.

2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqadagi 40 dan ortiq go'zal miniatyuralar.

3. Abduraxmon Jomiyning "Solomon va Ibsol" asariga ishlangan rasmlar.

4. Amir Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyuralar.

5. Sa'diyning "Bo'ston" asariga ishlangan go'zal rasmlar.

6. Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa" asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar.

7. Abdulloh Xotifiyning "Temurnoma" asariga chizilgan rasmlar.

8. Sa'diyning "Guliston" asarlariga ishlangan nafis miniatyuralar.

9. Abduraxmon Jomiy tasviri.

10. Husayn Boyqaro tasviri

11. Shayboniyxon tasviri

12. Shoh Taxmasp tasviri

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

13. Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri

14. Tuyalar jangi

15. Raqsi darvish (darvishlar raqsi)

16. Samarqandda madrasa qurilishi va hokazolar.[6]

Behzod maktabining hozirgi zamondagi davomchilarini Afg'onistonda (Ustod Muhammad Said Mash'al), Eronda (Karim Tohirzoda Behzod), O'zbekistonda (marhum ustod Chingiz Ahmarov) va boshqa sharq o'lkalarida ham ko'rish mumkin. Hozirda Sharq va Yevropa mamlakatlarida san'at, rassomchilik tarixini o'rganishda miniatyura chizish tarixi, xususan, Behzod miniatyura maktabi alohida o'rganiladi va tadqiq etiladi hamda maxsus maktablarda o'qitilardi.

Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida, balki jahon rasm san'ati tarixida o'chmas iz qoldirgan, o'zining ajoyib va qimmatbaxo miniatyura durdonalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida salmoqli o'rin olgan buyuk va zabardast san'atkordir.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000-yilda Kamoliddin Behzodning 545 yillik tavallud kuni keng nishonlandi.

Markaziy Osiyoning XIV-XV asr, ya'ni Temur va Temuriylar davrida yashab ijod etgan mohir tarixnavis, yozma yodgorliklaridan biri Amir Temur topshirig'i bilan yozilgan. "Zafarnoma" asarining muallifi Nizomiddin Shomiydir.

"Zafarnoma"ning yozilish tarixi haqida shuni ta'kidlash lavozimki, Mavlono Shomiyning o'zi bergan ma'lumotga ko'ra hijriy 804 yili Amir Temur uni huzuriga chorlab, o'z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan. Sohibqiron o'sha davrga qadar munshiy va kotiblari tarafidan tuzilgan bitiklar uni qoniqtirmaganligini aytgan. Yozilajak asar bir tomondan avom xalqqa tushunarli, sodda, ravon tilda va ayni paytda ma'rifatli kishilar e'tiboriga ham loyiq tarzda yozilishini o'qtirgan Mavlono Nizomiddin bu ma'suliyatni o'z bo'yniga olgan.[7]

"Zafarnoma" tarixiy asar sifatida XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar hukumronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O'rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg'oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o'z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360-yilga qadar Markaziy Osiyoda hukmronlmk qilgan Chingiziy hukmdorlar haqida qisqacha ma'lumot berildi. So'ngra Amir Temurning XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan

Xullas, XIV-XV asrlarda O'rta Osiyoda sodir bo'lgan o'zaro nizolar, taxt uchun kurashlar bo'layotgan bir davrda ham ilm-fan, san'at, adabiyot sohalari o'tgan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

asrlarga nisbatan ancha rivojlandi va bu davr keyinchalik "Musulmon Renessensi" degan atamaning paydo qilib keldi.

XULOSA

Mirzo Ulug'bek tomonidan Samarqand shahridagi madrasasida o'ziga xos akademiya bundoy etildi. Unda ushbu davrning yetuk ilm-fan sohiblari faoliyat yuritishdi. Natijada aniq fanlar sohasi juda katta taraqqiy qildi. Ushbu davrda Mirzo Ulug'bek tomonidan qurilgan Rasadxonaning faoliyatini ham ushbu davr ilm-faniga katta hissa qo'shgan deyishimiz mumkin. Ayniqsa unda o'rnatilgan sekstan ushbu davrda kattaligi jihatidan dunyoda ikkinchi o'rinda turganinidan ham bilib olishimiz mumkin. Hatto Mirzo Ulug'bek bir yilning qancha vaqtdan iborat ekanligini hisoblab chiqadi va hozirgi kundagiga nisbatan bor yog'i 1 minut-u 2 sekundgagina adashganidan ham ushbu davr madaniy hayotida ilm-fanning taraqqiy etganini bilib olishimiz mumkin.

Temuriy shahzoda Mirzo Ulug'bek Samarqand va Buxoro ilmu ma'rifat dargohiga aylantirdi. O'z zamonasining dorilfununi hisoblangan Samarqand, Buxoro, G'ijduvon madrasalarida diniy va dunyoviy fanlardan ta'lim berildi, Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Ulug'bek, Ali Qushchi kabi yetuk olimlar Samarqand akademiyasiga ilmu toliblarga saboq berishdi va bu davrdagi Markaziy Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga o'z xissasini qo'shdi.

Amir Temur va Temuriylar davrida badiiy uslub jihatdan adabiyot nihoyatda takomillashib, yangi pog'onaga ko'tarildi. Zamonaning yetuk shoirlari Sakkokiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Atoiy, Durbeklar nasr va nazmda ko'plab nodir asarlar yaratishdi. Bu davrda Markaziy Osiyoda kitobot, xattotlik, musavvirlik, lavvohlik (lavha chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) san'ati nihoyatda taraqqiy etdi. Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Kitob, Mirak Naqqosh, Qosim Ali kabi xattot, musavvvir, lavvohlar o'z sohasining jonkuyarlari bo'lishdi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi ulkan yutuqlarga erishdi.

Xullas, XIV asrning oxiri XV asr Markaziy Osiyo, aniqrog'i, Movarounnahr va Xuroson tarixida o'rta asr uchun oliy darajadagi madaniy - manaviy yuksalish davri bo'ldi. Bu yuksalish Markaziy Osiyoda uyg'onish davrining tiklanishi va oliy darajadagi sivilizatsiyaga qo'shgan hissasi bilan atash mumkin. Bu yuksalishlar xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-786-793

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Amir Temur jahon tarixida. BMT. YUNESKO. Parij, 1996, - B. 119-128, 256-293.

2. Hayetmetov A. "Ma'naviyat yulduzlari" - T., 2001. - B. 220.

3. Boboyev X.B. Amir Temur va temuriylar saltanati. - T.: Kamalak, 1996. - 200 b.

4. Azimov E. Amir Temur saltanati. - T.: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1996. -88 b.

5. Axmedov B. Temur tuzuklari haqida ikki og'iz so'z // Sharq yulduzi. - T. 1989. -№8. - B. 132.

6. Axmedov N., Badirov A. Amir Temur va Temuriylar davri tarixiga kirish (ma'ruzalar matni). - Samarqand: Zarafshon, 1999. - 74 b.

7. Lyusen Keren. Amir Temur saltanati. Fransuz tilidan tarjima va izohlar muallifi B.Ermatov. - T.: Ma'naviyat, 1999. - 224 b.

8. F. Kamoliddinov.(2021). Саудия Арабистонининг АОПЕК ташкилотидаги етакчилик мавкеи ва унинг ташкилот фаолиятига таъсири. Хорижий Шарк мамлакатлари тарихий жараёнлари ва уларни урганишнинг долзарб муаммолари VII илмий-амалий конференция.7.(7)

9. F. Kamoliddinov.(2020).Fors ko'rfazi arab davlatlar hamkorlik kengashining tashkil topishi va unga a'zo davlatlarning tashkilotdagi roli. Шоислом Шомухдмедов номидаги ёш шаркшуносларнинг IV форуми материаллари туплами.4. 220-224

10. Sultonova Dilnoza Abdumajidovna.(2021). Belomor va Moskva-Volga kanallari qurilishida ishtirok etgan o'zbekistonliklar. "Academic Research in Educational Sciences (ARES)" . Vol. 2, No. 9, 2021.

11. Shohsanam Sulaymonova.(2021). ШАРОФ РАШИДОВНИНГ СИЁСИЙ ЗАКОСИ ВА РАХ,БАРЛИК ФАОЛИЯТИ. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES.2(2).829-834

12. Shohsanam Sulaymonova.(2021). SHAROF RASHIDOVNING O'ZBEKISTON TA'LIM, FAN, MADANIYATI TARAQQIYOTIDAGI HIZMATLARI. Sohibqiron yulduzi.1. 74-78

13. Shohsanam Sulaymonova.(2021). SHAROF RASHIDOV'S HONORABLE SERVICES TO THE UZBEK PEOPLE. International Journal on Integrated Education.4(6).126-128

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.