SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA "HALOLLIK" LEKSEMASI MA'NODOSHLARI VA ULARNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
G'ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi o'qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-kurs talabasi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola ingliz va o'zbek tillarida "Halollik" konseptining semantik tahliliga bag'ishlanadi. Shuningdek, ushbu maqolada "Halollik" konseptining ingliz va o'zbek lingvomadaniyatidagi o'xshashlik va farqli jihatlari ham ochib beriladi. Halollik leksemasining asosiy, muhim xususiyatlarini axloqni tor guruh manfaatlaridan, g'oyaviy yoki amaliy fikrlardan, korporativlikdan ustun qo'yadigan halollik leksemasini me'yorlarning ob'yektiv mazmunini aks ettiruvchi umuminsoniy tabiati deb atash kerak.
Kalit so'zlar: konsept, halollik, madaniyat, milliy madaniyat, qadriyat, lingvokulturologiya, ijtimoiy-madaniy voqelik.
Данная статья посвящена семантическому анализу концепта «Честность» в английском и узбекском языках. Также в данной статье раскрываются сходства и различия концепта «Честность» в английской и узбекской лингвокультуре. Основными и важными чертами лексемы честности следует назвать универсальный характер лексемы честности, ставящий нравственность выше интересов узкой группы, идейных или практических мыслей, корпоративность, отражающую объективное содержание норм.
Ключевые слова: концепт, честность, культура, национальная культура, ценность, языковая культура, социокультурная реальность.
Kognitiv tilshunoslik- til va ong o'rtasidagi munosabatlar muammolarini, dunyoni konseptuallashtirsh va turkumlashtirishda tilning rolini, kognitiv jarayonlarda va inson tajribasini umulashtirishda, insonning individual kognitiv qobilyatlari bilan bog'liqligini va til va ularning o'zaro ta'siri shakllarini o'rganadigan tilshunoslik yo'nalishi. Konsept kognitiv tilshunoslining tayanch tushunchasi hisoblanadi. U tilshunoslikda tushuncha, fikr, g'oya, anglash va shunga o'xshash izohlar bilan yuritiladi. Konsept so'zi, lotincha conceptus bo'lib,
АННОТАЦИЯ
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
"tushuncha" ma'nosini ifodalaydi. Ko'p hollarda "konsept" atamasidan "tushuncha" so'zining sinonimi sifatida foydalanilsada, "Tushuncha" predmet yoki voqeani asosiy belgisini ifodalaydi, "Konsept" esa u haqida umumiy hamda kengroq ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtiradi.
Kognitiv tilshunoslikda konseptning ahamiyati (hallolik konsepti)
Y. S. Kubryakovaning fikriga ko'ra, "konsept" termini tafakkur, anglash, ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan shug'ullanuvchi kognitiv psixologiya hamda kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya fanlari uchun "soyabon" vazifasini o'taydi. ( 1,2)
Barchamizga ma'lumki yaqin yillardan buyon konsept so'ziga ham tilshunoslikning alohida o'rganadigan obyekti sifatida e'tibor qaratilmoqda.
Konsept zamonaviy tilshunoslikdagi lingvomadaniy sohaning birligi hisoblanadi, chunki u til, jamiyat va uning madaniyati to'g'risidagi bilimlarni mujassamlashtiradi. Ushbu tushuncha tilda madaniyatni aks ettiradi va inson ongida olam tasvirini shakllantiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Konsept tafakkurning operativ mazmun birligi, tizimlashtirilgan bilimning birligi yoki kvantidir"(3) "Konseptlar - bu inson fikrlash jarayonida foydalanadigan ideal, mavhum birliklar, ma'nolardir. Ular olingan bilimlar tajriba, insonning real borliqni idrok etishi natijalarining mazmunini muayyan birliklar,"kvantlar" ko'rinishida aks ettiradi" (4). Turli konseptlar leksikasining semantik izohlanishi, muayyan birliklar majmuasiga aloqadorligi bilan xarakterlanadi.
"N.N. Boldiryevning ta'kidlashicha, "tilda konsept alohida so'zlar va so'z birikmalari, frazeologik birliklar, gaplar va butun matnlar vositasida verballashgan bo'lishi mumkin"(5).
Bilamizki, har bir hududning faol qo'llaniladigan ko'plab tushunchalar bor. Shu jumladan, ular og'zaki va yozma nutqda mavjudligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Ushbu maqolada yuqoridagilarga tayangan holda "Halollik" konseptiga chuqurroq ta'rif berishga harakat qilamiz. Halollik so'zining lug'aviy ma'nosi: Vijdon bilan, insof yuzasidan ish tutish; to'g'rilik, soflik. Halollik insonni tarbilayash orqali shakllantiriladigan go'zal fazilatlarning biridir. Ya'niki to'g'ri yo'lda yurish, o'zining mehnati bilan kun ko'rish, so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi munosabatlarning mustahkam bo'lishi uchun muloqot mobaynida, olib borilayotgan ishlari davomida rost so'zlash hamda insof bilan ish ko'rish nazarda tutiladi. Bundan ko'rinib turadiki, "Halollik" konsepti o'zaro muloqotga kirishgan shaxslar o'rtasida bir-biriga bo'lgan munosabatida asosiy o'rinni egallab, ular o'rtasidagi ishonchni
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
ortishini shakllantiradi, o'zaro munosabatlarni yaxshilaydi, har qanday faoliyat jarayonida insofli, adolatli bo'lishga undaydi.
"Halol rizq izlash farz ibodatlardan keyin keladigan farzdir"
Imom Tabaroniy va Bayhaqiy.
"To'rt narsa senda bo'lsa baxtlisan: omonatni extiyot qiladigan, so'zinga yolg'on qo'shmaydigan, go'zal axloqli, yemishingni halol yo'l bilan topadigan bo'lsang."
Imom Ahmad(6)
Yuqoridagilardan ma'lumki muqaddas Islom dinimizda ham bu tushunchaga alohida urg'u beriladi. Sababi Islom halolllik va pokizalik dinidir. Unga ko'ra halol va harom, ijobiy yoki salbiy deb baholanadigan diniy, axloqiy-huquqiy normalardir.
O'zbek tilida "halollik" konseptini anglatuvchi (poklik, halollik, soflik, shaffoflik) kabi sinonimlar bo'lganidek Ingliz tilida ham "honesty" - "halollik" terminiga sinonim bo'la oladigan so'zlar mavjud. Ular quyidagilarni o'z ichiga oladi: ( integrity, sincerity, truthfulness, righteousness, probity,veracity...)
"I would much prefer to suffer from the clean incision of an honest lancet than from asweetened poison"
Mark Twain(7)
"There are people who think that honesty is always the best policy. This is a superstition. There are times when the appearance of it is worth six of it."
Mark Twain (8)
Yuqorida mashxur yozuvchi Mark Tvenning asarlaridan olingan iqtiboslarni ko'rib chiqdik. Yuzuvchi "Halollik" konseptiga mohirona yo'l bilan tarif berib o'tgan.
Bundan tashqari Muxtorxon Eshon Umarxo'ja "Qizil kitobga tushmas tuyg'ular" kitobida ushbu konseptga shunday ta'rif berib o'tgan: "Barcha ezguliku yaxshilikning boshi halollikdadir. Halolllik yaxshilik, baraka, xotirjamlik kabi bir-biri bilan qarindosh tuyg'ulardir. Jilvalanib, nafsimizni qitiqlovchi turli shayton vas-vasalaridan saqlangan insongina pok insondir.
Halol yashayotganingni sezib tursang baxtli insonsan. Bamaylihotir o'ylasak, dunyoni halollik tuyg'usi asrab kelmoqda. Darvoqea, bobolarimizning aytishicha, ibodat o'n qismdan iborat bo'lsa, uning to'qqiz qismi halol risq qidirishdir.
Halolllik faqat sog'lom e'tiqod sohibi bo'lgan kishilarda bo'ladi. Inson hayotida barcha ijtimoiy munosabatlarda, turmush uchun urinishlarda, yashash uchun kurash jarayonlarida, atrofdagilar bilan o'zaro aloqalarda juda zarur. Halollikka rioya qilgan
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(3), March, 2023
kishi o'ziga bildirilgan ishonchni suiiste'mol qilmaydi, boshqalarning haq-huquqlariga rioya qiladi, zimmasidagi vazifani vijdonan bajaradi".(9)
REFERENCES
1. Кубрякова, Е. Когнитивный взгляд на природу частей речи //Словарь. Грамматика. Текст. — М., 1996. — 331 с.
2. Кубрякова, Е. Об установках когнитивной науки и актуальныхпроблемах когнитивной лингвистики // Вопросы когнитивнойлингвистики. — M., 2004. № 1. — С. 6-17.
3. Е.С. Кубрякова, В.З. Демьянков, Ю.Г. Панкрац, Л.Г. Лузина. Краткий словарь когнитивных терминов. - Москва, 1997. - Б. 90
4. Н.Н. Болдырев. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: учебное пособие. Изд.5-е, стер. - Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. - Б. 30.
5. Н.Н. Болдырев. Когнитивная семантика: Курс лекций по английской филологии: учебное пособие. Изд.5-е, стер. - Москва-Берлин: DirectMedia, 2016. - Б.36-47.
6. Abu Homid G'azzoliy Mukoshafatul qulub ( Qalblar kashfiyoti) "Adolat" Toshkent 2002.
7. Mark Twain (1990). "Mark Twain's letters, Volume 2; 1867-1868",p.357, Univ of California Press
8. Mark Twain2014), "Following The Equator", p. 59,Jazzybee Verlag
9. M.E Umarxo'ja "Qizil kitob"ga tushmas tuyg'ular. Toshkent "Akademnashr'
2020.