Научная статья на тему '“YAXSHILIK” VA “YOVUZLIK” KONSEPTLARINING MILLIY-MA’DANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK AFORIZMLARI MISOLIDA)'

“YAXSHILIK” VA “YOVUZLIK” KONSEPTLARINING MILLIY-MA’DANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK AFORIZMLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
558
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturulogiya / kognitiv tilshunoslik / konsept / aforizm / yaxshilik / yovuzlik / lisoniy tasvir / paralingvistika. / linguoculturology / cognitive linguistics / concept / aphorism / goodness / evil / linguistic image / paralinguistics

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Normamatov, Farrux Komiljon O’g’li

Ushbu maqolada hozirgi kunda tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo’lib kelayotgan konsept termini, turli davr olimlarining konsept borasida bergan ta’riflari, shuningdek, ingliz va o’zbek xalqida mavjud aforizm (hikmatli gaplar)lar, ular ustida ish olib borgan olimlar, “yaxshilik” va “yovuzlik” konseptlarining aforizmlarda aks etishi va ularning milliy ma’daniy xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF THE CONCEPTS OF "GOODNESS" AND "EVIL" (IN THE EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEK APHORISMS)

This article discusses the concept term which is currently one of the topical issues of linguistics and linguoculturology, the definitions given by scholars of different periods regarding the concept, as well as aphorisms (wise sayings) existing in the English and Uzbek people, scientists worked on them, the concepts of "goodness" and "evil" are reflected in aphorisms and their national cultural features.

Текст научной работы на тему «“YAXSHILIK” VA “YOVUZLIK” KONSEPTLARINING MILLIY-MA’DANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O’ZBEK AFORIZMLARI MISOLIDA)»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"YAXSHILIK" VA "YOVUZLIK" KONSEPTLARINING MILLIY-MA'DANIY XUSUSIYATLARI (INGLIZ VA O'ZBEK AFORIZMLARI

MISOLIDA)

Normamatov Farrux Komiljon o'g'li

Termiz davlat pedagogika instituti stajyor o'qituvchisi normamatovfk@gmail .com

Ushbu maqolada hozirgi kunda tilshunoslik va lingvomadaniyatshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo 'lib kelayotgan konsept termini, turli davr olimlarining konsept borasida bergan ta'riflari, shuningdek, ingliz va o'zbek xalqida mavjud aforizm (hikmatli gaplar)lar, ular ustida ish olib borgan olimlar, "yaxshilik" va "yovuzlik" konseptlarining aforizmlarda aks etishi va ularning milliy ma'daniy xususiyatlari haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: lingvokulturulogiya, kognitiv tilshunoslik, konsept, aforizm, yaxshilik, yovuzlik, lisoniy tasvir, paralingvistika.

NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF THE CONCEPTS OF "GOODNESS" AND "EVIL" (IN THE EXAMPLE OF ENGLISH AND

UZBEK APHORISMS)

Normamatov Farrukh Komiljon ugli

Teacher of Termiz State Pedagogical Institute normamatovfk@gmail .com

This article discusses the concept term which is currently one of the topical issues of linguistics and linguoculturology, the definitions given by scholars of different periods regarding the concept, as well as aphorisms (wise sayings) existing in the English and Uzbek people, scientists worked on them, the concepts of "goodness" and "evil" are reflected in aphorisms and their national cultural features.

Key words: linguoculturology, cognitive linguistics, concept, aphorism, goodness, evil, linguistic image, paralinguistics.

НАЦИОНАЛЬНО-КУЛЬТУРНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПОНЯТИЙ "ДОБРО" И "ЗЛО" (НА ПРИМЕРЕ АНГЛИЙСКИХ И УЗБЕКСКИХ

АФОРИЗМОВ)

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Нормаматов Фаррух Комилжон ртли

Преподаватель-стажер Термезского государственного педагогического

В данной научной статьи рассматривается один из актуальных вопросов в сфере лингвистики и лингвокультурологии термин "концепт ". Как в разных эпохах различные научные деятели объяснили свои научные точки зрения, афоризмы на узбекском и английском языках и научные работы по данной теме, выражение концептов доброта и зло в афоризмах и научный подход национально-культурных аспектов.

Ключевые слова: лингвокультурология, когнитивная лингвистика, концепт, афоризм, добро, зло, языковой образ, паралингвистика.

Zamonaviy kognitiv tilshunoslikning va lingvomadaniyatning asosiy atamalaridan biri bu-konsept atamasidir. Sir emas konsept atamasi insonning tafakkur xususiyatlari va uning muammolari bilan qiziquvchilarning diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Konsept tushunchasi ko'plab atoqli tilshunos olimlar tomonidan keng tadqiq va mushohada qilinib, ularning har biri bu termin yoki tushunchani turlicha individual tarzda talqin qilishgan. Hozirgi kun tilshunosligidagi eng dolzarb yo'nalishlar qatoriga biz bevosita sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, paralingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika kabilarni ko'rsatishimiz mumkin. Shulardan kognitiv tilshunoslik ayni damda yurtimizda rivojlanib borayotgan tilshunoslikning o'ziga xos bosqichlaridan biri ekanligi ahamiyatlidir.

MUHOKAMA

Kognitiv tilshunoslik (inglizcha cognize-bilmoq, anglamoq, tushunmoq) falsafadagi bilish nazariyasi bilan chegaralanib qolmasdan, balki lisonni tafakkur bilan bog'lab, uning hosil bo'lishidagi psixologik, biologik va neyrofiziologik jihatlarning ijtimoiy, madaniy hodisalar bilan uzviy aloqasini chuqur ilmiy tadqiq etadi. Kognitiv tilshunoslik psixologiyadagi tushuncha va konsept birliklari bilan bevosita ish olib boradi. Konsept tushunchasi asosida ma'no va obraz yotadi. Lingvokulturologiya bu til va madaniyatning o'zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi, chunki: "Til madaniyat bilan zieh bog'langan, u madaniyatga yetib

института normamatovfk@gmail. com

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boradi, unda rivojlanadi va uni ifodalaydi"[5.9]. Bu soha nafaqat madaniyat bilan, balki u orqali turli milliy an'ana va urf-odatlar, diniy hodisalar, milliy konseptlar, dunyoning til orqali ongli his qilish vositalarini o'rganadi. Dunyoning til xaritasi bevosita ularning insonlar ongidagi mantiqiy ifodasi bilan to'la mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy jihatdan o'rganish va mushohada qilish lingvokulturolgiya va lingvokognitologiya bilan bog'liqdir. Kognitiv tilshunoslik sohasidagi olimlarning ko'pchiligi kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchalari deb bilish kategoriyasi, bilishning turlari va ularning lisoniy aks etishini hisoblaydilar.

Bugungi kunda ko'pchilik aforizm so'zini kundalik hayotda ko'p bora qo'llaydi. Biroq, hamma ham buning ma'nosini oxirigacha tushunmaydi. Aforizm nima, uning maqollardan farqi va vazifalari ko'pchilikka ma'lum emas. Shuningdek, aforizmlarning ingliz lisoniy tasvirida "yaxshilik" va "yovuzlik" konseptlarini ochib berish imkoniyati va ahamiyati qay darajada degan savollar o'rtaga tashlanishi tabiiy, albatta. Aforizm so'zi har bir inson uchun turli xil tushunchaga ega. Kimdir uni o'z kayfiyatini ko'tarish uchun o'qisa, kimdir hayot tajribasini oshirishga va donishmandlardek fikrlash uchun o'qiydi, kimdir esa kerakli vaqtda, davralarda ushbu ibratli gaplarni ishlatish uchun o'qiydi va o'rganadi. Aforizm - bu so'zlardan tashkil topgan, qachonlardir buyuk allomalar, shoirlar va zamonamizning mashhur olimlari, biznesmenlari, sport ustalari tomonidan aytilgan qisqa va chuqur ma'noli hikmatli so'zlardir[3.8]. Lekin ushbu so'zlarni nafaqat allomalar yoki mashhurlar aytishgan, balki oddiy oramizdagi yoshi ulug' insonlar yoki bo'lmasa hayotda ko'zlagan maqsadlariga yetishgan, ulkan hayot tajribasiga ega insonlar ham o'z kechinmalari va hayotiy darslarini qisqa va purma'no so'zlar orqali ifodalashga harakat qiladi. Ayrim aforizmlar bizlarga yashashni o'rgatadi. Misol uchun, "Sening munosabating, sening darajangni aniqlab beradi", "Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aql bilan ham shunday holat yuz beradi". Ushbu aforizmlarda hayot qonuni jamlangan bo'lib, tan olish kerakki ular bizni to'g'ri yashashga undaydi.

Yaxshilik va yomonlik-axloqshunoslik fanining juft tushunchasi hisoblanadi. Odamlarning xatti-harakatlariga, ijtimoiy hodisalarga berilgan ijobiy yoki salbiy bahoni ifodalaydi. Yaxshilik - eng muhim fazilat bo'lib, inson faoliyatining asl va azaliy mohiyatini anglatadi. U insonga kuchli ruhiy lazzat bag'ishlashi barobarida, uni shaxsga aylantiradigan haqiqiy baxtga olib boradi. Yaxshilik insonning axloqiy va amaliy faoliyatida yuzaga chiqib, unda kamtarlik, ochiqko'ngillilik, mardlik, halollik, insoflilik, adolat, rostgo'ylik kabi fazilatlar mujassam bo'ladi. Yomonlik-yaxshilikning ziddi, shaxs va jamiyat taraqqiyotiga to'sqinlik qiluvchi illat.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yolg'onchilik, pastkashlik, munofiqlik, behayolik, rahmsizlik, nomardlik, xiyonat kabi tushunchalarda namoyon bo'ladi. Diniy nuqtai nazardan yaxshilik ilohiy inoyat, yomonlik esa insondagi shaytoniy va hayvoniy xislatlarning ifodasi tarzida talqin qilinadi; yaxshilik ham, yomonlik ham insonning ixtiyor erkinligidan qay darajada foydalanishining oqibati sanaladi. Aforizmlarning maqollardan farqi shundaki, u aynan bir shaxsga tegishli bo'lib, uning hayot yoki ma'lum bir doiraga xos qarashlarini ifodalaydi. Maqollar esa umumiy bo'lib, ular aynan bir insonga tegishli bo'lmaydi va butun bir xalqning hayotiy va falsafiy qarashlarini o'zida aks ettiradi.

• Yaxshilik va yomonlikni bilmaslik inson hayotining eng bezovta qiluvchi faktidir.

• Yomonlik manbai behuda, yaxshilik manbai esa rahmdildir.

• Biz odamlarni o'zimizga qilgan yaxshiliklari uchun sevamiz va ularga qilgan yomonliklarimizni sevmaymiz.

• Yomonlikyaxshilikdan tug'ilmaydi va aksincha. Odamlarning ko'zlari ularni ajratish uchun berilgan.

•Yomonlikni sezmagan - ahmoq, yaxshilikni sezmagan - baxtsizdir [6.26].

Yuqoridagi misollardan shuni ko'rishimiz mumkinki, "yaxshilik" va "yovuzlik" konseptlarini ifodalovchi bu kabi aforizmlarda insonni imkon qadar yaxshilik qilishga va bu qilgan ezguliklari insonlar qalbida boqiy yashashiga urg'u berilgan. Shuningdek, bu ezgu amallar va insonlarning qalbidagi ezgulik urug'lari insonning hayoti yaxshi kechishiga va uning ichki dunyosi sokinligiga o'z hissasini qo'shishi madh etilgan. Bundan farqli o'laroq, "yomonlik" konseptini o'zida jo qilgan yuqoridagi aforizmlarda biz yomon ishlarimiz va chirkin o'ylarimiz oqibatda yaxshilik olib kelmasligi va hayotimiz behalovatlikda o'tishini hamda qilgan qabih amallarimiz va o'ylarimiz o'zimizga qaytib kelishini guvohi bo'lishimiz mumkin.

Ingliz milliy madaniyatida ham aforizmlarning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Chunki aforizmlar shu xalq vakillariga tegishli bo'lib, har bir aforizm o'zida xalqning hayotini aks ettiradi. Quyida ingliz lisoniy tasvirida "yaxshilik" va "yovuzlikni" ifoda etuvchi bir qancha aforizmlarga to'xtalib o'tamiz.

It is not from reason that justice springs, but goodness is born of wisdom-Adolat paydo bo'lishi aqldan emas, biroq ezgulik donolikdan tug'iladi. Muallif bu hikmatli so'zlari bilan yaxshilikni kelib chiqish sababi donolik va aql zakovat ekanligiga ishora qilmoqda.

Goodness is love in action, love with its hand to the plow, love with the burden on its back, love following his footsteps who went about continually doing good-Yaxshilik bu amaldagi sevgi, o'z qo'li bilan yerga bo'lgan muhabbat, yelkasidagi

883

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

og'ir yukni sevish, doimo yaxshilik qilib yurgan inson izidan borishdir. Yaxshilik qilish bu qilayotgan amallarini sevishi, mehnat qilishdan qochmaslik, yelkasida turgan vazifalardan tonmaslik va uni sidqidildan bajarish hamda yaxshilik qilishni o'ziga odat qilgan insonlar yo'lidan ketish kabi xislatlarni o'z ichiga oladi.

Nothing can be compared to a faithful friend, and no weight of gold and silver is able to countervail the goodness of his fidelity- Hech narsani sodiq do'st bilan taqqoslash mumkin emas va hech qanday oltin va kumush uning sadoqati hamda yaxshiliklariga teng kelolmaydi. Ushbu aforizm ingliz tilidagi A friend in need is a friend indeed maqoliga mos keladi ya'ni haqiqiy do'st kulfatda bilinadi. Insonning yaxshi va yomon kunlarida yonida qarindoshlaridan tashqari haqiqiy do'stlari ham turadi, imkoni boricha do'stiga yordam qo'lini cho'zadi. Kerak paytda ko'rsatilgan yordam esa yaxshilikdir. Bunday yaxshiliklarning qiymatini biz ingliz xalqining aforizmlarida ko'rishimiz mumkin.

Aforizm (hikmatli so'z)lar haqida gap ketganda albatta uning adabiyotlardagi ta'riflariga ham to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiq. Hikmatli so'zlarga adabiyotlarda turlicha ta'riflar berib o'tilgan:

1. Aforizm- aniq va ixcham ifodalanib, tugal fikrni anglatuvchi hikmatli so'zlar

2. Aniq va ixcham shaklli, chuqur mazmunli, muallifi aniq gap.

3. Ma'lum shaxslar tomonidan aytilgan yoki asarlarida ishlatilgan ixcham, ma'nodor, ishlatishga qulay va quyma fikrlardir [2.144].

Adabiyotshunos olim Z.Toshpo'latov o'z tadqiqotida aforizmlar tabiati haqida bildirilgan turlicha qarash va mulohazalarning ma'lum sabablarini ko'rsatib o'tadi: Birinchidan, ushbu janr dunyo xalqlarining barchasida mavjud va ular haqida jahon paremiologiyasida turlicha fikr-mulohazalar bildirilgan. Ikkinchidan, aforizmlarning badiiy shakli masalasida yagona hukmron fikr, yagona konsepsiya yo'q. Uchinchidan, ko'pchilik olimlar aniq muallifga ega bo'lgan chuqur mazmunli, ixcham ifoda shakliga ega bo'lgan hikmatli gaplarni aforizm deb hisoblasalar, ayrimlar aniq muallifga ega bo'lmagan "qanotli" iboralarni ham ushbu janr tarkibiga kiritadilar [3.9]. Demak, aforizmlar ixcham va purma'no so'zlardan tarkib topishi hamda ma'lum bir holatga xolisona baho berishi bilan ahamiyatlidir. Aforizmlar ingliz lisoniy tasvirida "yaxshilik" va "yovuzlik" konseptlarini ifodalashda va ushbu konseptlarning mohiyatini o'zga madaniyat vakillariga yetkazib berishda muhim rol o'ynaydi. Chunki olamning lisoniy tasviri insonning olam haqidagi tasavvurlarini o'rganish asosida yaratiladi. Olam-o'zaro munosabatdagi inson va muhit bo'lsa, olam manzarasi- inson va muhit haqidagi ma'lumotni qayta ishlash natijasidir. Agar

[1.35].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

olamning obrazi bo'linmaydigan yaxlit butunlikni namoyon qilsa, olamning tasviri dunyo haqidagi turli darajadagi bilimlar majmuini va uning obyektlariga bo'lgan munosabatni namoyon qiladi. Olamning obrazini to'g'ridan to'g'ri reflekslar vositasida anglab bo'lmaydi, uni faqat o'ziga xos obrazlarni "o'z boshidan kechirish" orqaligina tushunish mumkin. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, ingliz millatiga mansub bo'lgan taniqli olimlaru ijodkorlar, ulkan hayot tajribasiga ega insonlar tomonidan aytilgan hikmatli so'zlar yaxshilik va yovuzlik konseptlarini ochib berishda yaxlit butunlikni namoyon qiladi. Quyida ularning bir qanchasiga yana bir bor to'xtalib o'tamiz.

It is very hard to be simple enough to be good- Yaxshi bo'lish uchun yetarlicha oddiy bo'lish juda qiyin. Insonlar odatda yaxshi bo'lish va yaxshilik qilish uchun ko'p narsa talab etiladi deb o'ylashadi. Kimgadir ezgulik qilish uchun insonning "qo'li uzun" bo'lishi, moddiy jihatdan boy bo'lishi lozim degan qarashlar aksariyatning ongida hamon mavjud. Biroq inson yaxshi bo'lishi uchun, kimlarningdir ulkan ehtiyojlarini qondirishi (uy, mashina, pul), imoratlar qurdirishi shart emas, shunchaki insonlarga, tabiatga yomonlik qilmaslikni o'zi ham bir yaxshilikdir. Insonlarga va tabiatga mehr berish, tabassum bilan muomalda bo'lish, imkoning yetgancha ko'maklashish yaxshilikning namunasi hisoblanadi. Yaxshilik mansab va nasl nasab talab qilmaydi uni har kim har yerda har qachon qilishi mumkin. Keltirilgan aforizmda shu kabi tushunchalar aks etgan.

Secrecy is the element of all goodness; even virtue, even beauty is mysterious-Maxfiylik barcha yaxshiliklarning elementidir; hatto fazilat va go'zallik ham sirlidir. Ushbu aforizmda yaxshilik beminnat bo'lishi kerakligi aytilmoqda. Bizga ma'lumki dunyodagi eng go'zal joylar va ajoyibotlar sirli, inson qadami yetmagan joylarda yashiringan bo'ladi. Insonni qilgan ezgu amallari ham sirliligicha qolishi va uning qaytishini kutmasligi kerak. Bu ibora o'zbek tilidagi o'ng qo'ling berganni chap qo'ling bilmasin yoki bo'lmasa Yaxshilik qilsang suvga sol baliq biladi, baliq bilmasa Xoliq biladi kabi maqollarga mos keladi. Demak, ingliz xalqi madaniyatida yaxshilik konsepti o'zbek xalqi madaniyati kabi beminnatlik, sirlilik tamoyillariga asoslangan.

Beauty endures only for as long as it can be seen; goodness, beautiful today, will remain so tomorrow- Go'zallik faqat ko'zga ko'rinadigan vaqtgacha davom etadi, yaxshilik esa bugun ham go'zal, ertaga ham shunday bo'lib qolaveradi. Keltirilgan aforizmda insondagi va moddiy jismlardagi chiroy, go'zallik va latofat vaqtincha ekanligi va vaqt o'tishi bilan asl go'zalligini yo'qotishi va aksincha yaxshilik esa bugun ham ertaga ham boqiy qolishi ya'ni insonning o'zgalarga qilgan yaxshiligi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularning qalbida, jamiyatning yuragida umrbod yashashi ta'kidlangan.

We must not wait for the good in us to be brought out; we must carry it out [4.66]. Biz ichimizdagi yaxshilikni yuzaga chiqishini kutmasligimiz kerak; biz buni amalga oshirishimiz kerak. Hamma insonning ich ichida odamlarga yaxshilik qilish, og'irini yengil qilish kabi yaxshi niyatlari bo'lishi tabiiy albatta biroq niyatni o'zi bilan ish bitmasligi bu niyatlarni amalda ko'rsatish kerakligi muhim hisoblanadi.

It is better to be known as a good man than a great one, for greatness is an assessment of mortals, goodness is a gift of God- Buyuk bo'lib tanilgandan ko'ra yaxshi odam sifatida tanilgan yaxshiroqdir, chunki buyuklik-bu insonlarning baholashi, yaxshilik esa Xudoning in'omidir. Buyuklik har kimga ham nasib qilishi mumkin. Tarixdagi barcha buyuk insonlar ham yaxshiliklari uchun buyuk bo'lgan emas. Aksariyati o'zining zulm va yovuzliklari bilan, daxshatli ixtirolari bilan nom qozongani ko'pchilikka ma'lum. Biroq yaxshi inson tarixda nom qozonmasada uning atrofdagilari u bu dunyodan o'tgach ham uni doim yaxshi xotiralar bilan yodga olishadi.

Yuqoridagi aforizmlar ingliz lisoniy tasvirida "yaxshilik" konseptini ifodalashga xizmat qiladi. Ingliz aforizmlari orasida yomonlikni qoralovchi bir qancha namunalari ham bo'lib, ingliz xalqi madaniyatida "yomonlik" konseptini ifodalashga xizmat qiladi.

Evil is committed without effort, naturally, fatally; goodness is always the product of some art - Yomonlik, tabiiy ravishda, say-harakatlarsiz amalga oshiriladi; ezgulik har doim qandaydir san'at mahsulidir. Bizning loqaydligimiz hamda e'tiborsizligimiz ko'p kulfatlarga sabab bo'ladi garchi biz buni istamasakda, biroq yaxshilik qilishga harakat qilmasak hech qanday ezgu amal yuzaga chiqmaydi, inglizlar tabiri bilan aytganda: Active evil is better than passive good-harakatsiz yaxshilikdan harakatdagi yovuzlik afzal.

Only a writer who has the sense of evil can make goodness readable. Yomonlikni his qiladigan yozuvchigina yaxshilikni o'qiy oladigan qiladi. Inson yomonlikning qurboni bo'lmasa yaxshilikning qadrini bilmaydi. Ya'ni qiyinchilik va og'ir sharoitlarni boshidan o'tkazgan insonlarga ko'rsatilgan yaxshilik, keraksiz paytlarda berilgan ko'makdan afzaldir va shunday lahzalarda inson yaxshilikning tub mohiyatini va ahamiyatini anglab yetadi hamda o'zgalarga ham xuddi shunday yaxshiliklar qilishga qodir bo'ladi.

Evil is unspectacular and always human. And shares our bed and eats at our own table- Yovuzlik his etib bo'lmas va doim insonlar bilan birga. U biz bilan birga uxlaydi va biz bilan bir dasturxon atrofida ovqatlanadi. Bundan ma'lumki yovuzlik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

doim biz bilan, har bir harakatimizda mavjud. Insonlar istalgan vaqtda yomonlikka qo'l urishlari mumkin.

The resolution to avoid an evil is seldom framed till the evil is so far advanced as to make avoidance impossible- Yomonlikdan saqlanish uchun qaror kamdan-kam hollarda yovuzlik rivojlanib undan qochish imkonsiz bo'lmaguncha tuzilmaydi. Inson zoti shundayki ba'zi hollarda toki "boshi devorga urilmaguncha" ketayotgan noto'g'ri yo'lidan qaytmaydi va oqibat kech bo'lganda qilgan ishlari yomon ekanligini anglab yetadi. Eng yomon tomoni shundaki, aksariyat hollarda insonlar ketayotgan yo'li noto'g'riligini bilishadi biroq vaqtida o'zlarini tiymaydilar. Bu hikmatli gap o'zbek tilidagi "So'ngi pushaymon o'zingga dushman" maqoliga mos keladi. Ingliz aforizmlarida shuningdek, insonni faqat yaxshi bo'lishi kifoya emasligi, agar u yaxshi amallar qilmasa uning yomondan farqi yo'qligi ham qator hikmatli so'zlarida berilgan. Misol uchun, For evil to succeed it is sufficient that good men do nothing- Yomonlikning muvaffaqiyati uchun yaxshi odamlarning hech narsa qilmasligi kifoya. Keltirilgan aforizmda yaxshi insonlarning hech qanday ezgu ishlar qilmasligi yovuzlikning g'alabasi ekanligi ta'kidlab o'tilgan. Yana bir misolda insonning yomon xislatlardan biri tanqid ostiga olingan:

One of the devices of the evil inclination is to turn our attention away from the present by heightening our anticipation of the future- Yomonlikka moyillikning vositalaridan biri kelajakka bo'lgan intizomni, e'tiborni kuchaytirish orqali e'tiborimizni hozirgi zamondan uzoqlashtirishdir ya'ni odamlar yaxshi kelajakni orzu qilib hozirgi hayotida ko'plab yomonliklarga qo'l urmoqda. Hozirgi holatidan mamnun bo'lmay kelajakda yaxshi hayot kechirish maqsadida turli jinoyatlarga, korrupsiya holatlariga qo'l urayotganlar talaygina.

Ingliz rohiblaridan biri Rohib Augistin yaxshi va yomon insonlarga quyidagicha ta'rif berib, ular orasidagi farqni mohirona tasvirlagan. "The good man is free, even if he is a slave. The evil man is a slave, even if he is a king"[7.89]. -Yaxshi inson ozoddir garchi u qul bo'lsa ham. Yomon inson quldir garchi u shoh bo'lsa ham. Evil so'zi ham ot ham sifat so'z turkumi bo'lib kelishi mumkin. Ushbu aforizmda evil sifat so'z turkumida kelib yomon, yovuz kabi ma'nolarni beryapti. Aksariyat hollarda esa evil ot so'z turkumida kelib, yovuzlik, yomonlik kabi ma'nolarni anglatadi. Misol uchun, Evil requires the sanction of the victim-Yomonlik qurbonining tasdig'ini talab qiladi. Ushbu misolda keltirilishicha, yomonlik o'z o'zidan bo'lib qolmaydi ya'ni insonni o'zi unga xohish, yoki tasdiq bildirmasa yovuzlik aslo sodir bo'lmaydi. Yomonlikdan o'zini tiyish uchun insondan kuchli iroda va sabr talab etiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Yuqoridagilardan shuni ko'rishimiz mumkinki, yaxshilik va yovuzlik konseptlari mavhum tushuncha hisoblanib bevosita insonning bilish jarayoni bilan bog'liqdir. "Yaxshilik" va "yovuzlik" konseptlarini o'zida ifoda etgan aforizmlar bevosita muallifning ijod mahsuli bo'lib, o'zining yo o'zi guvoh bo'lgan holatlarga bildirgan xolisona yondashuvi hisoblanibgina qolmasdan, balki davrining, jamiyatning qarashlarini va hayot tarzini o'zida mujassam etgan haqiqatlardir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Homidiy H, Abdullayeva Sh, Ibrohimova S. Adabiyotshunoslik terminlari lug'ati. -T.: "O'qituvchi", 1967.-B.35

2. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. -T.: "Fan", 2002.-B.144

3. Toshpo'latov Z. Aforizmlarning janr xususiyatlari va badiiyati: Filol.fanlari nomzodi...diss.avtoref - T.2006.-B.8

4. Ner Le'Elef. Book of quotations. Jewish Quarter, Old City.2004.-P.66

5. Маслова В.А. Лингвокультурология. издание. -М.: Академия, 2004. -C.9

6. https://www.ziyo.uz

7. https: //www. azquotes.com/author/663-Saint_Augustine/tag/evil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.