Научная статья на тему 'BADIIY MATNGA KOGNITIV-SEMANTIK YONDASHUV'

BADIIY MATNGA KOGNITIV-SEMANTIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1058
152
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kognitiv tilshunoslik / kontekst / konsept / sintak / badiiy matn / inson omili. / cognitive linguistics / context / concept / syntax / literary text / human factor.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xakimdjanova, Mamura Erkinovna

Kognitiv tilshunoslik psixika va psixologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu yana aynan inson omiliga ishora qiladi. Badiiy matn, inson omili hamda kognitiv-semantik yondashuv atamalarini o‘zaro bog‘laydigan bo‘lsak, kognitiv-semantika bu kognitiv lingvistika ichidagi bir yo‘nalishkognitiv semantikaga ko‘ra, til shaxslarning umumiy qismi bo‘lib, odamlar dunyoni faqat tasavvurlaridagi kabi tasvirlash mumkin. Ushbu maqolada konseptning turli turlari qatorida sintaktik konsept ham milliy madaniy xususiyatga ega ekanligi ayrim misollar orqali isbotlashga harakat qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COGNITIVE-SEMANTIC APPROACH TO ART TEXT

Cognitive linguistics is inextricably linked to the psyche and psychology, which again refers to the human factor. If we connect the terms literary text, the human factor, and the cognitive-semantic approach, one direction within linguistics is that according to cognitive semantics, language is a common part of individuals and people can describe the world only as they imagine it. This article has tried to prove by some examples that the syntactic concept, along with the different types of concept, also has a national cultural character.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNGA KOGNITIV-SEMANTIK YONDASHUV»

Scientific Journal Impact Factor

О

BADIIY MATNGA KOGNITIV-SEMANTIK YONDASHUV

Mamura Erkinovna Xakimdjanova

Xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi, Jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti

ANNOTATSIYA

Kognitiv tilshunoslikpsixika vapsixologiya bilan uzviy bog'liq bo 'lib, bu yana aynan inson omiliga ishora qiladi. Badiiy matn, inson omili hamda kognitiv-semantik yondashuv atamalarini o 'zaro bog 'laydigan bo 'lsak, kognitiv-semantika bu kognitiv lingvistika ichidagi bir yo 'nalishkognitiv semantikaga ko 'ra, til shaxslarning umumiy qismi bo 'lib, odamlar dunyoni faqat tasavvurlaridagi kabi tasvirlash mumkin. Ushbu maqolada konseptning turli turlari qatorida sintaktik konsept ham milliy madaniy xususiyatga ega ekanligi ayrim misollar orqali isbotlashga harakat qilingan.

Kalit so'zlar: kognitiv tilshunoslik, kontekst, konsept, sintak, badiiy matn, inson omili.

Cognitive linguistics is inextricably linked to the psyche and psychology, which again refers to the human factor. If we connect the terms literary text, the human factor, and the cognitive-semantic approach, one direction within linguistics is that according to cognitive semantics, language is a common part of individuals and people can describe the world only as they imagine it. This article has tried to prove by some examples that the syntactic concept, along with the different types of concept, also has a national cultural character.

Keywords: cognitive linguistics, context, concept, syntax, literary text, human factor.

Когнитивная лингвистика неразрывно связана с психикой и психологией, что опять же относится к человеческому фактору. Если соединить термины художественный текст, человеческий фактор и когнитивно-семантический подход, то когнитивно-семантика — это направление внутри когнитивной лингвистики, которое, согласно когнитивной семантике, является общей частью индивидов, а люди воспринимают мир только как они воображают, что это можно описать. В данной статье на некоторых примерах предпринята попытка доказать, что синтаксический концепт, наряду с разными типами концепта, имеет и национально-культурный характер.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

О

Ключевые слова: когнитивная лингвистика, контекст, концепт, синтаксис, художественный текст, человеческий фактор.

Kognitiv tilshunoslik termini ustida juda ko'plab bahs-munozaralar o'tkazilgan bo'lib, atama aynan nimani anglatishi to'g'risida kelishuv mavjud emas. Inglizzabon mutaxassislarning fikricha - kognitiv tilshunoslik tilshunoslikning kognitiv psixologiya, neuropsixologiya hamda tilshunoslikdagi bilimlar va tadqiqotlarni o'zida jamlagan bir bo'lagi. Shu orada aytib o'tish joizki, kognitiv so'zining o'zi bilish tushunchasini anglatadi. Ko'rinib turganidek, kognitiv tilshunoslik psixika va psixologiya bilan uzviy bog'liq bo'lib, bu yana aynan inson omiliga ishora qiladi. Endi esa badiiy matn, inson omili hamda kognitiv-semantik yondashuv atamalarini o'zaro bog'laydigan bo'lsak, kognitiv-semantika bu kognitiv lingvistika ichidagi bir yo'nalishkognitiv semantikaga ko'ra, til shaxslarning umumiy qismi bo'lib, odamlar dunyoni faqat tasavvurlaridagi kabi tasvirlash mumkin. Izlanishlarga ko'rra kognitiv semantikaning bir qancha asosiy qoidalari mavjud:

- Grammatika dunyo haqidagi tushunchani madaniyat ichida aks etadi;

- Til to'g'risidagi bilimlar ma'lum bir kontekstga ega;

- Tildan foydalanish qobiliyati umumiy emas, balki maxsus manbalarga asoslanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kognitiv-semantika qoidalari to'g'ridan-to'g'ri antroposentrik paradigm hamda konsept tushunchalariga ishora qilmoqda. Bu esa yuqorida biz jamlashimiz kerak bo'lgan atamalarning asos mavzumiz hisoblangan konsept atrofida birlashtirish imkonini beradi. Konsept muammosi antroseptrik paradigmaning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Ma'lumki, tilshunoslikda konseptlar, asosan, leksik hamda leksik frazeologik birliklar orqali ifodalanadi, degan fikr ustun. Keyingi davrlarda esa fanda sintaktik konseptlar haqidagi nazariy qarashlar, shuningdek, ushbu mavzuga oid tadqiqotlar ham yuzaga keldi.

C.E.Kuzminaning fikriga ko'ra, sintaktik konsept bu - " Predmetlar va ularning munosabatini aks ettiruvchi vaziyat haqidagi axborot bo'lib,u gapning struktur sxemasi orqali ifodalanadi hamda tipik propozitsiya ( mazmunning strukturlashtirilgan yig'indisi) orqali namoyon bo'ladi."

Misol tariqasida bir necha ingliz tilidagi gaplarni bergan holda ( I don't give you the book, the doctor gave him some cough medicines, I sent her a letter...) kimdir kimgadir nimadir beradi shaklini tipik propozitsiya sifatida belgilaydi. Bundan

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o

ko'rinib turibdiki, konseptni belgilashda ularda anglashilgan mazmun mavhumlashmoqda.

Ma'lumki, konsept -mavhum tushuncha ya'ni uning aniq bir ta'rifi yo'q, uni bevosita kuzatish mumkin emas. Insonning kognitiv faoliyati bilan bog'liq bo'lgan bu hodisani uning tildagi shakllari orqali aniqlash mumkin. Sintaktik konsept haqidagi ilmiy qarashlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, til birliklaridan biri bo'lgan gap ham konsept ifodachisi sifatida tan olinmoqda. Demak biz badiiy matnlarni kognitiv semantik jihatdan konsept tushunchasi bilan bog'lagan holda tahlil qilishimiz mumkin ekan. Aynan konsept bilan aloqadorligini isboti o'laroq o'zaro farq qiladigan ikki matnni tahlil etib ko'rsak.

Odamni qon qilib yubordigan kuz yomg'irlari boshlandi. Barakning shifer tomidan chakka o'tib hammayoq zaxlab ketdi. Paxta tugul podbor ham qolmagan, ammo yomg'ir tinishi bilan ularni dalaga haydashar, talabalar biydek paxtazorda tentirab yurishar, har qadamda etikka botmon-botmon loy yopishib, marzalarnng u yer- bu yerda to'kilib qolgan ko'rak aralash loy paxtani etakka tiqishar edi.

Demak tahlil uchun matn tanladik. Bu badiiy matnda biz nafaqat madaniyatga, balki shevaga ham xos bo'lgan so'zlar borligiga ahamiyat bermasdan, gaplarning umumiy mazmuniga to'xtalamiz. Ushbu matn semantikasida nafaqat mlliy madaniyat va o'sha davr ruhi, balki yozuvchning o'ziga xos uslubini ham ko'rishimiz mumkin. Matn tahliliga keladigan bo'lsak, birinchi gapdanoq milliy o'ziga xoslikni ko'rishimiz mumkin. Sababi, yomg'ir ko'pchilik xalqlarda, ayniqsa, ingliz xalqi uchun sevimli tabiat hodisasi bo'lib, u barchani ham " qon qil"avermaydi. Bu bilan biz o'zbek xalqi yomg'irni yoqtirmaydi demoqchi emasmiz, albatta. Aynan shu yerda ushbu matnga bog'liq kognitiv-semantika ishga tushadi.

"Nega kuz yomg'iri odamni qon qilmoqda?" Sababi o'sha davrda paxta yig'imiga chiqqan, yo'q paxtani yig'ishga sovuq havoda majbur etilgan talabalar uchun ayni yomg'ir mavsumi - deyarli har kuni yog'adigan kuz yomg'iri sevimli holat bo'lmagan. Bu ma'no esa matnning keyingi qismlaridan anglashilib turibdi. Matn tarkibidagi gaplarning umumiy tahlili bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lib, uni o'sha davr muhiti, yozuvchi uslubi, tarix va hatto tabiat hodisalari haqida bilimga ega bo'lmagan inson tushuna olmaydi. Ko'rinib turibdiki, o'zbek xalqi, uning madaniyati va tarixi bilan tanish bo'lmagan ajnabiy ham bunga qodir emas. Bu esa matnning konsept bilan uzviyligini isbotlaydi. Ushbu fikrlarni isbotlash uchun mutlaqo teskari uslubdagi asardan bir parcha keltirsak:

Alvasti:

Kechiring, bilmadim, qarilik qursin.

Scientific Journal Impact Factor

о

Ne qilay bilmadim tuyog'ingizni, Ham qarg'ani mangu hamrohingizni. Mefistofel:

Kechirdim, balki sen begunohdirsen, Diydor ko'rishmadik anchadan buy on, Ko'p fasllar kechdi, o'tdi ko'p zamon.

Alvasti hamda Mefistofel suhbati. Asarni to'liq o'qib chiqmagan kitobxon Mefistofel kimligini bilmasligi aniq. Biroq yetarlicha orqa fon bilimiga ega bo'lgan shaxs matndan uni anglab olishi turgan gap: "Ne qilay bilmadim tuyog'ingizni". Asar nemis adabiyoti durdonasi bo'lishiga qaramasdan, shaytonning echki tuyoq bo'lishi haqidagi afsonalardan Mefistofel aynan shayton ekanligini bilib olsa bo'ladi. ( eslang: Abdulla Oripov "Sohibqiron"). Demak yuqoridagi matn uning ma'lum bir qismi bilan Alvasti va Shayton suhbati ekanligi anglashildi. Lekin milliy madaniy jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, "Ham qarg'ani mangu hamrohingizni" ekanligi boshqa millat vakillari uchun yod tushuncha bo'lishi aniq. Xususan, o'zbek xalqida ham qarg'a ijobiy taassurot uyg'otmasa-da, shaytonning hamrohi, degan tushuncha mavjud emas. Ingliz xalqida qarg'alar ijobiy obraz hisoblanadi. Hattoki, ayollar go'zalligini ta'riflashda qarg'a ishtirok etadi.

Yuqorida keltirilgan ikkita badiiy matn matn tarkibidagi gaplar konsept bo'la olishi, ularning kognitiv-semantik xususiyatlari butun ma'noni anglashga yordam berishi, aynan ushbu jihatlar orqali sintaktik konsept anglashilishi va sintaktik konsept ham milliy madaniy o'ziga xosliklarga ega bo'lishining isboti bo'la oladi.

REFERENCES

1. Croft, William and D.Alan Cruse. Cognitive linguistics. Cambridge. 2004.

2. Abdullaeva Marhabo Raxmonkulovna. (2021). Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima yaratishi va o'ziga xos xususiyatda. Innovation, integration va ta'lim bo'yicha xalqaro ma'lumot jurnali, 2 (2), 297-306. https: //summusj o urnal s. uz/i ndex. php/i j diie/article/view/641

3. Gyote. Y.V. Faust. "Yangi asr avlodi". Toshkent - 2015

4. Hoshimov. O'. Tushda kechgan umrlar"MERIYUS" Toshkent - 2011.

5. Кузьмина С. Е. Понятие "синтаксеческий концепт" в лингвестических исследованиях/ Вестник ЧелГУ. 2012. №17. Филология. Искусствоведение. Вып.

6. A.M. Raxmonkulovna. English-uzbek translation process and their analysis. Web of Scientist: International Scientific Research Journal 2 (05), pp:583-601.2021

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

7. XAITBAYEVNA NOSIROVA, M.(2021 ). ANALYSIS OF MORPHOLOGICAL (TIPOLOGICAL) CLASSIFICATION OF LANGUAGES . European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 7, 155-157. Retrieved from http://eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/106

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.