Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYANING TUTGAN O’RNI'

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYANING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
777
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
konsept / lingvomadaniyat / fraza / frazeologizm / leksema / konsept / idioma / ekvivalentlik / phrase / phraseology / lexeme / concept / idiom / equivalence

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dildora Rahmanova

Ushbu maqola tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasiga bag‟ishlangan bo‟lib, unda nemis va o‟zbek tillaridagi vaqt konseptini ifodalovchi frazeologizmlar ya‟ni idioma, maqollarning lingvokulturologik jihatlari yoritiladi, nemis tilidagi frazeologik birliklarning o‟zbek tilidagi muqobillari haqida so‟z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LINGUOCULTUROLOGY IN MODERN LINGUISTICS

This article is devoted to the field of phraseology of linguistics, linguoculturology in modern linguistics it describes the phraseology, idioms, proverbs that express the concept of time in German and Uzbek, and discusses the Uzbek alternatives of German phraseological units.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYANING TUTGAN O’RNI»

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA LINGVOKULTUROLOGIYANING

TUTGAN O'RNI

Dildora Rahmanova Dildorar90@mail.ru Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola tilshunoslikning lingvokulturologiya sohasiga bag'ishlangan bo'lib, unda nemis va o'zbek tillaridagi vaqt konseptini ifodalovchi frazeologizmlar ya'ni idioma, maqollarning lingvokulturologik jihatlari yoritiladi, nemis tilidagi frazeologik birliklarning o'zbek tilidagi muqobillari haqida so'z yuritiladi.

Tayanch tushunchalar: konsept, lingvomadaniyat, fraza, frazeologizm, leksema, konsept, idioma, ekvivalentlik

THE ROLE OF LINGUOCULTUROLOGY IN MODERN LINGUISTICS

ABSTRACT

This article is devoted to the field of phraseology of linguistics, linguoculturology in modern linguistics it describes the phraseology, idioms, proverbs that express the concept of time in German and Uzbek, and discusses the Uzbek alternatives of German phraseological units.

Keywords: phrase, phraseology, lexeme, concept, idiom, equivalence

KIRISH

XX asrning 90 - yillarida tilshunoslik bilan ma'daniyatshunoslik orasida yangi fan sohasi, lingvokulturologiya (lingvomadaniyatshunoslik) paydo bo'ldi. U tilshunoslikning mustaqil yo'nalishi sifatida tan olindi. Lingvokulturologiyaning shakllanishi haqida deyarli barcha tadqiqotchilar ushbu nazaryaning ildizi V. fon Gumboldtga borib taqalishini ta'kidlaydilar. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A. Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo'lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Fon Gumboldt, E.Benvnist, L.Vaysgerber, A.A. Potebnya, E.Sepir) kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologiyaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi;

XXI asr boshiga kelib lingvokulturologiya dunyo tilshunosligidagi yetakchi yo'nalishlardan biriga aylanib ulgurdi. Lingvokulturologiya tilni madaniy fenomeni

sifatida o'rganuvchi fan bo'lib, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan til va madaniyat uning predmetini tashkil etadi. Jumladan, V.N. Teliya bu haqida shunday yozadi: "Lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog'i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Bu esa shuni bildiradiki, lingvokulturologiya markazi madaniyat fenomeni bo'lgan inson to'g'risidagi antropologik paradigmaga xos bo'lgan yutuqlar majmuasidir".1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

V.V.Vorobyev "lingvokulturologiya - sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo'lib, u madaniyat va til o'rtasidagi o'zaro aloqalar va ta'sirlashuvlarni o'rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy

ustuvorliklarga (umuminsoniy me'yorlar va qadryatlar) qaratilgan tizimli metodlar

• 2

yordamida aks ettiradi", - deb ko'rsatadi. Ushbu tushunchalarning o'zaro farqli jihatlarini professor O'. Yusupov quydagicha izohlaydi. "Lingvokulturema - o'z semantikasida (ma'nosida) madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi. Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi so'zlar, frazeologik birliklar, so'z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko'rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o'sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o'zining mazmun va ifoda planiga ega bo'lishi bilan farq qiladi, lingvokult urologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko'rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, "lingvokulturema" tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, "zero til - madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko'rinishida, ya'ni so'zlar vositasida ifoda etadi".

Agar madaniyatshunoslik insonning tabiat, jamiyat, san'at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o'z-o'zini anglash xususiyatini o'rgansa, tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining mental modellari sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o'rganadi. Lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot predmeti esa doimiy o'zaro ta'sirlashish holatida bo'lgan ham til, ham madaniyat hisoblanadi. Lingvokulturologiyaning tadqiqot manbalari madaniyatda ramziy, obrazli, metaforik ma'no kasb etgan va natijalari inson ongida umumlashtirilib mif, afsona, folklor va

1 Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy i lingvokultrologicheskiy aspekti. - M.: Shkola "Yaziki russkoy kulturi", 1196- S.222.

2 Vorobyev V.V. Lingvokulturologiya. Teoriya i metodi. -M., 1997.

diniy diskurslarda, poetik va prozaik badiiy matnlarda, frazeologizmlarda, metaforalarda va ramzlarda aks etadigan til birliklari sanaladi. Bunda muayyan lingvokulturologik birlik bir paytning o'zida bir qancha semiotik tizimlarga tegishli bo'lishi mumkin: ma'lum bir odat frazeologizmga, maqolga, matalga aylanishi mumkin. Tadqiqot obyektining vaziyatidan kelib chiqqan holda, uning alohida lingvokulturologik birliklardan tashkil topgan bir qancha predmetlarini ko'rsatish mumkin. "Madaniyat" lotincha "Colere" so'zidan olingan bo'lib, "ishlov berish, tarbiyalash, rivojlanish, hurmat qilish, ibodat" ma'nolarini anglatadi. XVIII asrdan boshlab "madaniyat" atamasi inson faoliyatining mahsuli bo'lgan barcha narsalarga nisbatan qo'llanila boshlagan. Bu ma'nolarning barchasi "madaniyat" so'zining qo'llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida bu so'z "insonning tabiatiga maqsadli ta'siri, tabiatning inson manfaatlari uchun o'zgartirilishi , ya'ni yerga ishlov berilishi" (qishloq xo'jalik madanyati) degan ma'noni anglatgan. Keyinchalik "madaniyat" atamasi bilimdon, marifatli, yuksak tarbiyali insonlarni tariflashda ham ishlatila boshlagan. Hozirga kelib "madaniyat" atamasining fan va amaliyotning turli sohalarida 500 dan ortiq variantda ishlatilishi ma'lum. Mualliflarning madaniyatga bergan ta'riflari umumlashtirilsa, madaniyatga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi" deb ta'rif berish mumkin. Shunga asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1) moddiy madaniyat; 2) ma'naviy madaniyat; Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan "ikkinchi tabiat", ya'ni ishlab chiqarilish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko'nikmalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun hizmat qiladigan barcha boyliklarni anglatadi. Ma'naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo'lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya'ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta'lim-tarbiya, maktab, o'rta va oliy ta'lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san'at, xalq ma'naviy ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy madaniyat bir biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror turini inson aql-zakovatisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo'lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ma'naviy madaniyat ham yotadi. Har qanday moddiy va ma'naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma'naviy ma'daniyat voqealikni badiiy aks ettirish va o'zlashtirish vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan, ma'naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-rusm, an'ana, marosim va milliy qadriyatlar bilan chambarchars bog'liqdir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o'rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog'liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko'z o'ngida aks etgan voqea-hodisalarni madanyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma'lumki, insonlar ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so'zlashadilar va ular muayyan milliy ma'naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma'naviyat, uni ro'yobga chiqishida muhim o'rin tutadigan til madaniyati va nutq ma'naviyatining o'ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o'z aksini topadi. Masalan, stol ustidagi biror narsani yerga tushib ketishidagi emotsional holatni ingliz ayoli "Oaps", nemis ayoli "Mein Got!", rus ayoli "Боже мой!", o'zbek ayoli esa "Voy, o'lay" tarzlarida ifodalaydi. Turli millatlarga mansub bo'lgan ayollar til madaniyati va nutq ma'naviyatini qiyosiy tahlil qilish imkonini beruvchi ushbu misoldan ko'rinib turganidek, to'saddan sodir bo'lgan his - hayajonni ifodalashda hech qanday lug'aviy ma'noga ega bo'lmagan "Oaps!" undov so'zidan, nemis va rus ayollari o'z ajdodlarining til madaniyati va nutq ma'naviyatiga amal qilgan holda Allohni rozi qiladigan "Mein Got", "Боже мой" so'zlaridan foydalanadilar. O'zbek ayoli esa bunday holda salbiy ma'noga ega bo'lgan "Voy, o'lay!" so'zlarini ishlatadi. Insonning hayot kechirishida kerakli predmetlar hamda yuzaga keladigan voqea-hodisalarni madaniyat vositasi deb fikr yuritsa ham bo'ladi. Masalan, quyoshni yoki oyni madaniyatga kiritish bir tomomdan mumkin emasdek ko'rinadi. Ammo barcha xalqlar madaniyatida ushbu tushunchalarning mavjud ekanligi ma'lum. Lekin ba'zi salqin ob-havo sharoitida yashovchi Yevropa xalqlari (slavyanlar va germanlar) quyoshni issiqlik, ardoqlash va iltifot belgilari sifatida ijobiy baholaydi. Arab davlatlari madaniyatida esa quyosh yoz paytida ularni qiyin ahvolga soluvchi jazirama haroratga tenglashtirib, salbiy baholanadi. Demak, quyoshni faqat tabiat hodisasi emas, balki madaniyat mahsuli sifatida tushunsa bo'ladi. Janubda yashovchi xalqlar madaniyatida oy alohida e'tirof bilan tilga olinadi. Ruslar ongida u qorong'ilik, oxirat bilan bog'lanib, ba'zida hayot -va momot bilan (жить «под луной», » в подлунном мире» - hammaning hayoti birdek sharoitda kechadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa slavyanlarda homilador hamda norasidalar uchun havfli, ziyon keltiradigan hodisaga taqqoslanadi. Vetnamliklarda esa boshqa janubiy Osiyo xalqlaridagi kabi oyga munosabat tomoman boshqacha, ya'ni ular oy kalendari bo'yicha yashashadi, maxsus nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning sevimli bayrami hisoblanadi. Go'zal, nozik va beg'ubor yosh qizlar oyga o'xshatiladi, sevishganlar oy yorug'ida guringlashib, unga bag'ishlab she'rlar to'qishadi va qo'shiqlar aytishadi. Shuning uchun Vetnam xalqi hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali tasavvur etadilar. Shu kabi oyga

munosabat - o'zbek xalqiga ham mansub ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Chunki o'zbeklarda oy quyoshdan nur olib, yog'du soluvchi samoviy jismgina emas ("oyni etak bilan yopib bo'lmaydi" - maqol), balki "go'zal, chiroyli yuz" ( oy yuzini qora chimmat zulmidan qutiltirg'il. "juda go'zal, juda ham chiroyli") ("Oy desa oyga, kun desa kunga o'xshaydi"), safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash ("Oy borib omon qayt") ma'nolarida ishlatiladi. Shuni aytib o'tish joizki, rus xalqida ham "лицо как луна" iborasi go'zalikka tan berishni anglatadi . Bunga o'xshagan misollarni boshqa xalqlar madaniyatida ham uchratish mumkin. Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida keltirilgan o'ziga xos alohidaliklarning tilda aks etishini o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o'zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, bu borada bir qancha o'quv qo'llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e'tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Mazkur o'quv qo'llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo'nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko'rsatilgan. Lingvokulturologik yondashuvdagi tadqiqotlar o'zbek tilshunosligida oxirgi o'n yilliklarda paydo bo'la boshladi. Professor N. Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi va yo'llarini izlab..." nomli maloqasida lingvokulturologiya, umuman, antropotsentrik paradigmaning mohiyati va bu boradagi muammolar chuqur va asosli yoritib beriladi. Ushbu maqolani o'zbek tilshunosligida lingvokulturologiya haqida jiddiy mulohazalar bayon qilingan birinchi asar sifatida baholash mumkin. Maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun hizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan.

XULOSA

Frazeologizmlarda muayyan xalqning miflari, udumlari, rivoyatlari, taomillari, urf-odatlari, ma'naviyati, axloqi va h.k. haqidagi tasavvurlari mujassamlashgan bo'ladi. Masalan, ko'rpasiga qarab oyoq uzatmoq "imkoniyatini hisobga olib ish tutmoq", tanobini tortmoq "faoliyat doirasini, imkoniyatini cheklab qo'ymoq", to'ydan ilgarinog'ora qoqmoq"ro„yobga chiqishi aniq bo'lmagan narsa haqida hovliqmalik bilan vaqtidan oldin gapirmoq", to'nini teskari kiyib olmoq "o'chakishgan holda qaysarlik qilmoq", xamir uchidan patir" katta ko'p narsadan boshlang'ich va kichik bir qism", Xo'ja ko'rsinga "shunchaki nomigagina", Xizrniyo'qlasam bo'lar ekan "kimnidir ko'rish istagi qo'qisdan ro'yobga chiqqanda aytiladigan ibora". Biron tilning o'zigagina xos bo'lgan hisob so'zlari qolipining

frazeologizmlarga ko'chganini ko'rish mumkin. Masalan, "juda qisqa, juda oz vaqt davom etadigan" ma'nosidagi bir tutam (Bir tutam qish kuni Gulnor uchun bitmas -tugamas uzoq ko'rindi), "qittak, ozgina" ma'nosidagi bir chimdim (Hazil-huzul, bir chimdim suhbatdan so'ng Mirhaydar va O'ktam paxta dalasiga yo'l oldilar), "jindak, qittak, juda oz" ma'nosidagi bir shingil(Qani, shunaqa bemaza hazildan bir shingil ashula yaxshi), "juda yosh, deyarli go'dak" ma'nosidagi bir qarich (Bir qarichligimdan yetim qolib, amakining xizmatida o'tib ketganman) singari frazeologizmlar shular jumlasidandir. Turli lingvomadaniyatlarda muayyan bir narsaning, masalan, hayvonning turg'un o'xshatish etaloni sifatida qo'llanishini kuzatish mumkin. Masalan, aksariyat tillarda tulki ayyorlik, aldoqchilik, yolg'onchilik ramzi, etaloni sifatida faol ishlatiladi: tulkiday ayyor, хитрый как лиса (ruscha), as false as fox (inglizcha), you chorom (koreyscha). Yoki o'zbek tilining o'ziga xos o'xshatishlari sifatida qo'ydekyuvosh, arvohday ozg'in, moldek ovqatyeydiva h.k. ni ko'rsatish mumkin. Lingvokulturologiyani ramzning belgilik jihati qiziqtiradi.

REFERENCES

1. Муродкосимов, А., Рахманова, Д., Санакулов, З., & Зарипова, Г. (2020). Немис ва узбек тилларида суз ясаш усуллари (композицион усул мисолида). Academic research in educational sciences, (2).

2. Муродкосимов, A., Рахмaнова, Д., Санакулов, З., & Зарипова, Г. НЕМИС ВА УЗБЕК ТИЛЛАРИДА СУЗ ЯСАШ УСУЛЛАРИ (КОМПОЗИЦИОН УСУЛ МИСОЛИДА).

3. Рахмaнова, Д. А., Усмонходжаева, М. А., Санакулов, З. И., & Зарипова, Г. Ф. К,. (2020). Немис ва узбек тиллари замонавий тилшунослигида суз ясалиши тизими. Science and education, 1(8).

4. Rakhmatov, F. (2020). Tillarda zamon kategoriyasini umumiy-qiyosiy o'rganish. Academic research in educational sciences,(3).

5. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020). Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).

6. Raxmanova, D. (2021). NEMIS VA O'ZBEK TILIDAGI VAQT KONSEPTINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIZMLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Dildora Abdinabiyevna Rahmanova (2021). DIE BEDEUTUNG DES ONLINELERNENS IM FREMDSPRACHENUNTERRICHT. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 2), 470-473.

8. Shahnoza Razakova (2020). Xorijiy tillarni o'qitishda ovozli texnik vositalarni qo'llash.Respublika onlayn ilmiy- nazariy konferensiya, B.87-89.

9. Shahnoza Razakova (2020).Kompressiyaning tuzulishi haqida umumiy tushuncha. Uz.Academia.

10. Shahnoza Razakova (2020).Badiiy matnlar tarjimasi muammolari. Uz.Academia.

11. Shahnoza Razakova (2020).Tarjimada paydo bo'ladigan muammolar Uz.Academia.№1

12. Shahnoza Razakova (2020).The importance of compression in the translation of military texts. Monografía pokonferencyjna Science.

13. Shahnoza Razakova (2020).Nofilologik oliy o'quv yurtlarida chet tilini o'qitishda leksikaning orni. Respublika ilmiy-amaliy anjumani CHOTQMBYu. B.41-44.

14. Sanakulov, Z. (2020). Affixation as one of the important objects of grammar. In Current issues of 21st century linguistics and translation studies: theory, practice, innovation. NUU. https://doi.org/10.6084/m9.figshare.12560474.v1

15. Sanakulov, Z. (2020). Comparative analysis of word formation systems in German and Uzbek languages. In Science and education in Uzbekistan (pp. 345348). tadqiqot.uz. http//oac. dsmi-qf.uz

16. Sanakulov, Z. I. (2020). The meaning of word formation in German and Uzbek languages (in comparative aspect). Science and Education, 1, 179-186.

17. Зариф, Кувонов (2020). Немис тилига франсуз тилидан узлашган сузларнинг структурал-семантик таджики, XXI аср тилшунослиги ва таржимашунослигининг долзарб муаммолари: назария, амалиёт, инновация

18. Кувонов, Зарифжон (2020). Немис тилига узлашган сузларнинг келиб чикиш тарихи. Проблемы и перспективы развития современной науки в странах Европы и Азии - XXIV Международной научно-практической интернет-конференции.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.