Научная статья на тему 'FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)'

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2009
363
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologiya / xalq mentaliteti / madaniyat fenomeni / madaniy omil / madaniy qadriyat / qiyosiy lingvokulturologiya. / Linguoculturology / linguoculture / mentality / cultural phenomenon / cultural factor / comparative linguoculturology.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xudoyqulov, Behzod

Lingvomadaniy tahlil ijtimoiy hayot darajasining tildagi aks etishini o’rganishda ham aktiv qo’llaniladi. Jumladan, tildagi frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma’naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu maqolada iboralarning lingvomadanaiy xususiyatlari tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUACULTURAL FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN ITALIAN LANGUAGE

Linguoculturology is an actively developing field of linguistics. Linguoculturology is a new branch of science, which deals with manifestations of culture of different nations, which became fixed and are reflected in the language. Linguoculturology is a rapidly expanding field at the interface between linguistics, cultural studies, ethnolinguistics and sociolinguistics. However, it has its own integral aspect of studying language and culture. This paper is dedicated to the analysis of linguocultural peculiarities of some phraseological units.

Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)»

Scientific Journal Impact Factor

FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)

Behzod Xudoyqulov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi bekhzod33 8@gmail .com

Lingvomadaniy tahlil ijtimoiy hayot darajasining tildagi aks etishini o 'rganishda ham aktiv qo 'llaniladi. Jumladan, tildagi frazeologik birliklar til egasi hisoblangan xalqning ma 'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va tarkibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu maqolada iboralarning lingvomadanaiy xususiyatlari tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: lingvokulturologiya, xalq mentaliteti, madaniyat fenomeni, madaniy omil, madaniy qadriyat, qiyosiy lingvokulturologiya.

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ

ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ НА ИТАЛЬЯНСКОГО ЯЗЫК4

Бехзод Худайкулов

Денауский институт предпринимательства и педагогики. [email protected]

АННОТАЦИЯ

Фразеологизмы играют в роль в отображении национально-культурных особенностей любого языка. Они очень ярко и точно отражают особенности восприятия мира, характерные черты материальной и духовной жизни носителей языка, его менталитета. Данная статья посвящена исследованию лингвокультурологических особенности фразеологизмов.

Ключевые слова: лингвокультурология, менталитет, культурный феномен, культурный фактор, тпоставительная лингвокультурология.

LINGUACULTURAL FEATURES OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN

ITALIAN LANGUAGE Bekhzod Khudaykulov

Denau Institute of Entrepreneurship and Pedagogy [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Linguoculturology is an actively developing field of linguistics. Linguoculturology is a new branch of science, which deals with manifestations of culture of different nations, which became fixed and are reflected in the language. Linguoculturology is a rapidly expanding field at the interface between linguistics, cultural studies, ethnolinguistics and sociolinguistics. However, it has its own integral aspect of studying language and culture.

This paper is dedicated to the analysis of linguocultural peculiarities of some phraseological units.

Keywords: Linguoculturology, linguoculture, mentality, cultural phenomenon, cultural factor, comparative linguoculturology.

KIRISH

Har bir millat o'zida ma'lum bir milliy an'analarni aks ettiradi. Ya'ni har bir xalqning, millatning o'z milliy an'analari, urf-odatlari mavjud. Bu ma'noda har bir inson ana shu milliylikni o'zida aks ettiruvchi muayyan madaniyat, til , tarix, adabiyotga aloqador bo'ladi. Ma'lumki, til ijtimoiy hodisa bo'lish bilan birgalikda madaniyat bilan ham uzviy bog'liqdir. Bugungi kunda insonlar, xalqlar, mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, madaniy hamda ilmiy aloqalar, xalqaro madaniy kommunikativ jarayonlar tilshunoslik sohasida tillarning o'zaro munosabati va til madaniyati hamda tilning milliy o'ziga xos ko'rinishi kabi qator va madaniyatshunoslik o'rtasidagi alohida yo'nalishi va predmetiga ega bo'lgan yangi soha - lingvokulturologiyaning yuzaga kelishiga sabab bo'lmoqda. Natijada XX asr oxirlariga kelib, til va madaniyat muammosini o'rganishni maqsad qilgan -tilshunoslikning yangi sohasi lingvokulturologiya jadal rivojlandi. Lingvokulturologiya - "til va madaniyat"ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o'zida aks ettirgan hodisalar - til-madaniyatni birgalikda o'rganadigan alohida ilmiy soha sanaladi. U madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlari o'rtasida yuzaga kelgan umumlashma fan bo'lib, til va madaniyatning o'zaro ta'siri va bog'liqligi, bu bog'liqlikning shakllanishi hamda yaxlit bir sistema sifatida til va tildan tashqarida aks etishi kabi hodisalarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Bir tomondan lingvokulturologiya insoniyatning madaniy til faktoridagi o'rni, ikkinchi tomondan esa, til faktoridagi insonning o'rnini o'rganadi. Lingvokulturologiya o'rganish obyektiga ko'ra madaniyatshunoslik va tilshunoslik fanlariga birmuncha yaqin, biroq mazmun-mohiyati, o'rganish obyektiga bo'lgan yondoshuviga ko'ra farqli deb aytish mumkin. Uning chegaralanuvchi maqomi

shundan iboratki, u xalq madaniyatining tilda namoyon bo'lishi hamda ifodalanishi,

946

Scientific Journal Impact Factor

til mentaliteti, milliyligi, til ruhiyati bilan bog'liq ravishda nutqiy muloqotni tashkil etishdagi milliy-madaniy spetsifik qoidalarni o'rganadi hamda millat madaniyatining tilda aks etgan o'ziga xos milliy til xususiyatlarini aniqlash, tadqiq etish bilan shug'ullanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya jahon, xususan, rus, o'zbek tilshunosligida eng rivojlangan yo'nalishlardan biri bo'lib, bu borada bir qancha o'quv qo'llanmalar yaratilgan. Tilshunoslarning e'tirof etilishicha, ularning orasida eng mashhuri V.A. Maslova tomonidan yaratilgan o'quv qo'llanma hisoblanadi. Mazkur o'quv qo'llanmada lingvokulturoligiya sohasining metodlari, obyekti va predmeti, yo'nalishlari yoritib berilgan, muayyan til birligini lingvokulturologik tahlil qilish namunalari ko'rsatilgan [1. 208].

O'zbek tilshunoslik ilmida ham bu yo'nalishda qator ishlar olib borilmoqda. Chunonchi, o'zbek tilshunosligida lingvomadaniyatshunoslikning ilmiy asoslanishi, madaniyatning tilda aks etishi kabi qator masalalarga qaratilgan dastlabki ilmiy tadqiqot namunalari sifatida A.Nurmonovning "O'zbek tilida lingvokulturologik yo'nalish", N.Mahmudovning "Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab", N.Sayidrahimovaning "Lingvokulturologiyaning ilmiy asoslanishiga doir ayrim mulohazalar", "Lingvokulturologiyaning komponentlari" nomli maqolalarini, D.Xudoyberganovaning "Matnning atropotsentrik tadqiqi" mavzusida gimonografiyasini belgilash mumkin. Mazkur ishlarda lingvomadaniyatshunoslik fanining mohiyati, predmeti va obyekti masalalari o'rganilgan.

Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi so'zlar, frazeologik birliklar, so'z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko'rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o'sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o'zining mazmun va ifoda planiga ega bo'lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko'rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, "lingvokulturema" tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, "zero til - madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko'rinishida, ya'ni so'zlar vositasida ifoda etadi" [4.15].

Barcha tillarda bo'lgani kabi o'zbek va italyan tillarida ham millat madaniyati til birikmalari va frazeologizmlarida o'z aksini topadi. Misol sifatida ushbu tillarda ishlatiladigan bir-biriga o'xshash iboralarni keltirish mumkin: Fe'lli iboralar:

Dare la parola a qualcuno - So'z bermoq, gapirtirmoq.

Avere il cuore di fare qualcosa (Avere il coraggio di fare qualcosa) -

Ushbu ibora, Biror narsani bajarishga jasorati bo'lmoq - degan m'noda ishlatiladi.

Dare coraggio - Ruhlantirmoq.

Rubare il cuore a qualcuno (Fare innamorare qualcuno) - Biror kishining yuragini o'g'irlamoq, deb tarjima qilinadi aslida. Ibora, Biror kishini o'ziga rom qilmoq, sevdirmoq ma'nolarini beradi. Hayvon nomlariga oid iboralar: Lento come una lumaca - Juda sekin Non si sente volare una mosca - Butunlay jim-jit. Fare la pecora - Qo'zidek yumshoq bo'lmoq (itoatkor) Rang - tus nomlariga oid iboralar: Essere bianco dalla paura - Juda qo'rqmoq. Essere rosso dalla vergogna - Juda tortinmoq/uyalmoq. Oila mavzusiga oid iboralar: Tenere famiglia - Oilani birlashtirib ushlab turish Yer so'ziga oid iboralar:

Mettere piede a terra - Yerga tushish (ot, arava va boshqalardan)

Oy so'ziga oid iboralar:

Luna di miele - Asal oyi

So'z va so'zlashga oid iboralar:

Rubare la parola in bocca a qd - Birov aytmoqchi bo'lgan narsani boshqasi ilg'ab oldindan aytib qo'yish.

Uomo di parola - So'zida turadigan/ishonchli odam

Dare parola - So'z/va'da bermoq

Tana a'zolari ishtirok etgan iboralar:

Dare una mano - Yordam qo'lini cho'zmoq/yordam bermoq.

Alzare le mani - Qo'l ko'tarmoq/urmoq.

Di seconda mano - Ishlatilgan, qo'ldan - qo'lga o'tgan narsa buyum (avtomobil) ga nisbatan ham ishlatiladi.

Scientific Journal Impact Factor

Chiedere la mano - Qo'lini so'ramoq (qiz boladan turmushga chiqishini so 'ramoq) ma'nosida ishlatiladi.

Essere in gamba - O 'zini o'nglab olgan, oyoqqa turgan. Parlare a cuore aperto/col cuore in mano (Parlare con sincerita e fiducia.) -Ochiq ko'ngillik bilan/Samimiylik bilan gapirish.

In buone mani - Ishonchli qo'llarda, himoyada bo'lmoq;

• Partire da zero - So'zma-so'z tarjimada: Noldan jo'namoq - tarzida bo'ladi. Ibora sifatida - Hech kimni yordamisiz, boshidan/noldan boshlamoq degan ma'nolarni ifodalaydi.

• Prendere due piccioni con una fava - So'zma-so'z tarjimada: Bitta loviya bilan ikkita kaptarni olmoq. Ibora sifatida - Bir urinish bilan ikki natijaga erishmoq. ma'nosini ifodalaydi.

• Dare il cinque - Mamnunlikni ifodalash uchun ishlatiladigan ishora (ikki kishi orasida qo'l harakati bilan )/ Besh tashlamoq.

• Fatto trenta, facciamo trentuno - (Qirqiga chidading, qirqbiriga chida) Biror ishni nihoyasiga yetkazish uchun yana bir ozgina turtki berish.

Quyidagi misollar orqali esa italyan xalqida - yog', tuxum, qalampir, salami, non kabi so'zlar bilan ishlatiladigan ayrim frazeologik iboralarning ma'nolari va asosiy xususiyatlarini tahlil qilamiz:

Liscio come l'olio (Andare or filare liscio come l'olio) - Italiancha oziq ovqatga tegishli ibora bo'lib, yog' ustida silliq ketgandek deb tarjima qilinadi. Asl ma'noda, hech qanday muammosiz hal bo'lgan ishga nisbatan ishlatiladi. Misol:"Com'è andata?" "E' andato/filato tutto liscio come l'olio " gapini -"Qanday o'tdi?" "Hammasi yaxshi o'tdi/ (silliq) kechdi" deb tarjima qilamiz.

Pieno come un uovo - Bu tuxum haqida italyancha ibora. Essere pieno come un uovo - tarjima qilganimizda, tuxum kabi to'liq bo'lishni anglatadi. Bu ibora odatda juda ko'p ovqatlanayotganda ishlatiladi, bu kishining boshqa oziq-ovqatlarni iste'mol qila olmay qolgan, qorni to'la ma'nosini anglatadi.

Misol:"Vuoi ancora un po' di lasagne?" "No, grazie, sono veramente pieno come un uovo" -" Yana lazaniya yeysanmi?" Yo'q, rahmat, mening qornim juda to'ydi" deb tarjima qilinadi.

Avere le fette di salame sugli occhi - Bu oziq-ovqat haqidagi yana bir qiziqarli italiyancha idioma. Ya'ni , Avere le fette di salame sugli occhi, ko'zlaringda salami parchalari bor deb tarjima qilinadi. Aslida, bu, agar uning oldida bo'lsa ham, inson haqiqatni ko'ra olmaydi degan ma'noni anglatadi. Misol uchun quyidagi gap: Ma

Son komponentli iboralar misolida:

che hai le fette di salame sugli occhi? Non hai ancora capito che ti mette le corna? -Ko'r bo'lib qoldingizmi? U sizni aldayotganini hali anglamadingizmi? deb tarjima qilinadi.

Rosso come un peperone - Bu oziq-ovqat haqida eng keng tarqalgan italyan iboralaridan biridir. So'zma-so'z tarjimada: essere or diventare rosso come un peperone - qalampir kabi qizil bo'lishni anglatadi. Idiomatik ravishda, inson yuzi chindan ham qizil bo'lib qolganligini bildiradi. Bu qizarib ketish yoki quyosh urgandek deb ham atalashi mumkin. Misol:Quando ha incontrato Julia ha smesso di parlare ed e diventato rosso come un peperone - U Julia bilan uchrashganida, u gapirishni to'xtatdi va qizarib ketdi.

Essere rigido come un baccala' - Bu italyancha baccalá balig'i, bilan bog'liq iboradir. Essere rigido come un baccalá, tom ma'noda tuzlangan baliq kabi qotib qolish, qotib qolib qarashni anglatadi, odatda siz biron noqulay vaziyatda bo'lib qolganingizni bildiradi.Misol: Cerca di rilassarti! Sei rigido come un baccalá! - Bir oz o'zingni erkin tutishga harakat qil! Yog'ochdek qotib qolding!

Avere le mani di pastafrolla - Idiomatik tarzda, bu noqulay, qo'pol bo'lishi yoki biror narsani qo'lida ushlab tura olmaslikka nisbatan ishlatiladi. Misol: Oggi ho giá fatto cadere una tazzina e un uovo: ho proprio le mani di pastafrolla! - Bugun men chashka va tuxumni tushirib yubordim: Men juda ham qo'polman!

Essere alla frutta - Bu italiyancha ibora - turli ma'nolarga ega bo'lishi mumkin. Masalan: Bu kuch yoki quvvatning tugashi ma'nosida ham ishlatilishi mumkin. Italyan tilida bu ibora odatda salbiy ma'noga ega ekanligini ham unutmang. Misollar:L'anno scolastico e appena iniziato ma io sono giá alla frutta - Maktab ( darslar) endi boshlandi lekin men juda charchadim.

"Buono come il pane" - Muloyim insonga nisbatan ishlatiladi

Til - madaniyatning ko'zgusi bolib, unda nafaqat insonni o'rab olgan real borliq, uning real yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy rolini o'zi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, urf-odatlari, qadriyatlar yigindisi va dunyoqarashi ham aks etadi.

XULOSA

Til madaniyat xazinasi, sandig'i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, forklor va ilmiy adabiyot, og'zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi. Til - madaniyat tashuvchisi bo'lib, ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o'zlashtiradi. Til - madaniyatning quroli,

vositasidir. u xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi.

950

Scientific Journal Impact Factor

Til madaniyatning milliy komponentlari orasida birinchi o'rinda turadi. Til birinchi navbatda, madaniyatga kishilik jamiyatining ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo'yuvchi vosita bolishiga yordam beradi.

REFERENCES

1. Maslova V.A. Lingvokulturologiya: Ucheb. Posobie. - M.: Academia, 2001-208s.

2. Mahmudov N. - Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.

3. Teliya V.N. Russkaya frazeologiya: semanticheskiy, pragmaticheskiy i lingvokultrologicheskiy aspekti. - M.: Shkola "Yaziki russkoy kulturi", 1196- S.222.

4. Vorobyev V.V. Lingvokulturologiya. Teoriya i metodi. -M., 1997.

5. Ahmedova Odinaxon Abdullajon qizi. "Lingvokulturologiya tilning madaniy fenomeni sifatida". Xorijiy filologiya til • adabiyot • ta'lim ilmiy-uslubiy jurnali. 2019. -102-104.

6. Gianluca Aprile. Italiano per modo di dire: Alma Edizione - Firenze, 2008.

7. Kovolev. Dizionario fondamentale della lingua italiana per straniere. 2005. p 2164.

8. Рум А. Р. У. Великобритания: Лингвострановедческий словарь. — 2-е изд., стереотип. — М.: Рус. яз., 2000. — 560 с.

9. Томахин Т.Д. Лингвострановедческий словарь. -- М., 1999;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.