Филологические науки
UDC 82
SOMATIZMLARNING TARKIBIY QISM SIFATIDA ITALYAN TILI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARIDA UCHRASHI
M.M. Rustamova1
Annotasiya
Ushbu maqolada italyan va o'zbek tillaridagi frazeologik birliklarda somatizmlarning tarkibiy qism sifatida leksik bog'lanishini ko'rib chiqiladi. Somatizmlar italyan va o'zbek tillarida frazeologizmlar yasalishida keng qo'llaniladi. Qiyosiy tahlil natijasida ikki til o'rtasida o'xshashliklar aniqlandi.
Kalit so'zlar: frazeologizm, frazeologik birlik, somatizm, somatik birlik, ibora, lug'aviy ma'no
O'zga bir xalqning madaniyatini o'rganishda til asosiy vosita qurolidir. Boshqacha aytganda, xalqning benihoya boy tarixiy-madaniy, etnik-ma'naviy tajribalari, ichki kechinmalari, his-tuyg'ulari, ya'ni uning o'zigagina xos olamning lisoniy manzarasi til vositasida shakllangani kabi mazkur tajribalarning barchasi ayanan xalqning tilida o'z ifodasini topadi. Shuni inobatga olib bugungi maqolada tilshunoslikning bir bo'limi bo'lgan frazeologizmda somatizmlarning ishlatilishini ko'rib chiqamiz. Frazeologizmlarni tadqiq qilish orqali italyan xalqining o'ziga xos xususiyati, odatlari, his qilish holatlarini tahliliy o'rganishdan iboratdir. Bundan tashqari frazeologizmlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish jiddiy qiyinchiliklar tug'diradi.
Frazeologiya bu nima? Frazeologiya yunon tilidan olingan bo'lib, "phrasis" -ifoda, ibora va "logiya" - o'rganaman ya'ni iboralarni o'rganaman degan ma'noni bildiradi.
Ibora ikki va undan ortiq so'zlardan tarkib topgan lug'aviy birlik bo'lib, xuddi so'z kabi lug'aviy ma'noni anglatadi. Xuddi so'z kabi yaxlit bir ma'noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi. Ibora tuzilishiga ko'ra so'z birikmasiga o'xshab ketsa ham nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi. U so'z birikmasi kabi har gal nutqning o'zidagina yuzaga kelmaydi. Til birligi sifatida nutqqacha tayyor holda mavjud bo'ladi. Shunga ko'ra iboralarni tilshunoslikda turg'un so'z birikmasi deb ham yuritiladi. So'z birikmasining tarkibidagi so'zlar o'z leksik ma'no mustaqilligini saqlagan bo'ladi. Iboraning tarkibidagi so'zlar esa o'z leksik ma'nosi bilan qatnashmaydi, ma'nosini yo'qotgan bo'ladi. Iboralar ham so'zlar kabi ifoda va ma'no butunligiga ega. So'zning ifodaviy tomonini tovushlar tashkil etsa, iboraning ifoda tomonini esa so'zlar tashkil etadi.
Somatizm so'zi grekchadan olingan bo'lib, "soma" - "tana" degan ma'noni bildirib, odam va hayvon tana a'zolarini ifodalaydigan ot so'z turkumiga mansub so'zlarga aytiladi. Somatik frazeologizmlar tor va keng tushunishga ega. Tor ma'noda tushunilganda, faqat odam tana a'zolarini ifodalovchi somatizmlardan tarkib topgan frazeologizmlar nazarda tutiladi, keng ma'noda tushunilganda, tarkibida somatik komponent sifatida nafaqat odam tana a'zolarini ifodalovchi, balki hayvon tana a'zolarini ifodalovchi so'zlar ham qatnashgan frazeologizmlar nazarda tutiladi.
Italyan tilida mavjud bo'lgan somatik frazeologizmlarni o'rganishda Giuseppe Pittanoning "Frase fatta" asaridan foydalanildi. Bu to'plamda jami 43ta somatik frazeologizmlar topildi. Shu jumladan eng kup uchraydigan somatizmlar occhio (ko'z) - 10, mano (qo'l) - 7, orecchie - 5, bocca (og'iz) - 6.
Quyida ayrim somatik iboralarni tahlil qilib ko'ramiz.
1Рустамова Малика Мурадуллаевна - преподаватель кафедры испано-итальянского языка, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Узбекистан.
Филологические науки
Acqua in bocca - gapirmaslik, jim o'tirmoq, sirni oshkor etmaslik ma'nolarida qo'llanadi. Ushbu iboraning kelib chiqishi bir hikoyaga borib taqaladi. Unga ko'ra, bir qishloqda juda ham ko'p gapiradigan ayol bo'lgan ekan. Gapirganda ham haqoratli so'zlarni ko'p ishlatarkan. Ushbu illatdan qutulish uchun da'vo izlab rohibning oldiga boradi. Rohib unga o'zi bilan suv olib yurishni va har safar og'ziga haqoratli so'z kelganda o'gzida bir qultum suv saqlashni maslahat beradi. Shunday qilib haligi ayol bu illatdan asta sekin xalos bo'lgan ekan. Ushbu iboraning o'zbek tilidagi ekvivalenti "og'ziga talqon solmoq". O'zbek xalqida ham huddi shu hikoyaga o'xshash hikoya mavjud. Unda suv o'rniga tosh qo'llanilgan.
Avere le mani bucate - ko'chma ma'noda qo'llanilib, ko'p sarf qiladigan ma'noda ishlatiladi. To'g'ridan to'gri "qo'li teshik bo'lmoq" deb tarjima qilinadi, o'zbek tilida 'qo'lida pul turmaydi" degan ibora ma'no jihatidan ekvivalent bo'la oladi.
Avere gli occhi di basilico-bu ham ko'chma ma'nodagi ibora bo'lib, qo'rqinchli qaramoq ma'nolarida keladi. Bazilik grek-rim afsonalarida tanasi sudralib yuruvchiniki va boshi toj kiygizilgan xo'roz sifatida tasvirlanadigan mavjudot. Afsonaga ko'ra uning har bir nigohi o'lim olib keladi. Qo'rqinchli qaragan odamning nigohini Bazilikning nigohiga o'xshatishgan. Ushbu ibora ma'no jihatidan o'zbek tilidagi "olayib qaramoq, bo'zraymoq" iboralariga to'g'ri keladi.
Fischiare le orecchie - ushbu ibora o'zbek xalqida ham mavjud. Ma'no jihatdan ekvivalenti " qulogM qizimoq". Ushbu iborani qulogMmiz qiziganda kimdir bizni eslayabdi yoki biz haqimizda kimdir gapirayabdi deb ta'rif qilamiz. Odatga ko'ra chap qulogMmiz qizisa kimdir biz haqimizda salbiy eslayabdi yoki gapiryabdi o'ng qulogMmiz qizisa aksincha.
A caval donato non si guarda in bocca - ushbu ibora savdogarlar shevasidan kelib chiqqan. Sababi biror bir mol yoki ot sotib olinganda uning yoshi, sogligMni bilish uchun jonivorning tishlari ko'zdan kechirilgan. Ibora tog'ridan to'gri tarjima qilinganda, "berilgan otning og'ziga qaralmaydi" deb tarjima qilinadi. Ya'ni berilgan, sovg'a qilingan narsa-buyumni tanqid qilmasdan qabul qilish kerak mka'nosida ishlatiladi. O'zbek tilida "mevasini yeginu bogMni surishtirma, berganning betiga qarama" degan o'xshash iboralar mavjud.
Cadere nelle braccia di Morfeo - chuqur uyquga ketish ma'nosida ishlatiladi. Afsonaga ko'ra Morfey uyqu hudosi bo'lgan. Greklar uchun Uyquning akasi Olim bo'lgan. Ushbu iborani ikki hil ma'noda ishlatish mumkin, biri qattiq uhlab qolmoq, ikkinchisi abadiy uyquga ketmoq.
Le bugie hanno le gambe corte-o'zbek tiliga "yolg'onning umri qisqa" deb tarjima qilinadi.
Essere il braccio destro di qualcuno-qadimdan deyarli barcha xalqlarda o'ng tomon doim ijobiy tushunchaga, cham tomon esa salbiy tushunchaga ega bo'lgan. Bu iborani o'zbek tiliga tu'gridan to'gri tarjima qilganimizda "kimningdir o'ng qo'lib bo'lmoq" deb tarjima qilinadi. O'zbek tilida ham huddi shunday ibora mavjud. Kimningdir o'ng qo'li bo'lish deganda kimningdir ishongan odami bo'lish nazarda tutiladi.
Gettarsi dietro le spalle-bu ibora o'zidan biror bir ma'suliyani soqit qilish, unutishga harakat qilish, yuzaki qabul qilish ma'nolarini berishda ishlatiladi. Iborani to'g'ridan to'gri tarjima qilganimizda "yelkadan orqaga tashlamoq" deb tarjima qilinadi, o'zbek xalqida "orqaga (ortga) tashlab qo'ymoq" degan ibora keng foydaliniladi.
Xulosa qilib aytganda, o'zbek xalqi va italyan xalqi orasida til, tarix, ma'daniy hayot jihatdan katta farq bolsada kundalik hayotida ishlatib turadigan somatik frazeologizmlar ma'no jihatdan bir biriga o'xshash.
Foydalanilgan adabiyotlar royhati:
1. Raxmatullaev SH. Frazeologik birliklarning asosiy ma'no turlari. T.: O'z FA nashriyoti,
1997.B.5.
2. Umarov E.A. Frazeologik lug'at, Xazoin-ul maoniy A.Navoiy, Toshkent, 1991. B.14.
3. G. Pittano Frase fatta. Zanichelli editore. Bologna, 1992
© M.M. PycraMOBa, 2016
УДК 82
СОМАТИЗМ КАК КОМПОНЕНТ ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКОЙ ЕДИНИЦЫ ИТАЛЬЯНСКОГО ЯЗЫКА
М.М. Рустамова
Аннотация. В данной статье рассматривается лексическая организация фразеологизмов с соматическим компонентом в итальянском и узбекском языках. Соматизмы в итальянском и узбекском языках обладают большими возможностями для образования фразеологизмов, характеризующихся большой частотностью употребления. Проведённый сравнительный анализ свидетельствует о значительном сходстве структурной организации изучаемых единиц в итальянском и узбекском языках.
Ключевые слова: фразеологизм, фразеологическая единица, соматизм, компонент, выражение
© М.М. Рустамова, 2016
UDC 82
THE SOMATIC COMPONENT OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN ITALIAN LANGUAGE
M.M. Rustamova
Abstract. The article deals with lexical organization of phraseological units with somatic component in Italian and Uzbek. Semantics of component-zoonym is described; the author makes an attempt to identify the role of the component in the formation of Italian and Uzbek phraseological units.
Keywords: phraseology, phraseological unit, somatic, component, expression
© M.M. Rustamova, 2016