Научная статья на тему 'FRANSUZ VA O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASIDA“TARIXIY XOTIRA”NI IFODALASHDA TIL O‘YINLARINI O‘ZARO TA’SIRI (AHAMIYATI)'

FRANSUZ VA O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASIDA“TARIXIY XOTIRA”NI IFODALASHDA TIL O‘YINLARINI O‘ZARO TA’SIRI (AHAMIYATI) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
232
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarixiy xotira / frazeologik birlik / so‘z o‘yini / ibora / kalambur. / historical memory / phraseological unit / word game / phrase / pun

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djafarova Dildora Ilxomovna

Mazkur maqolada fransuz va o‘zbek tillarida tarixiy xotirani ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibida kalambur, so‘z o‘yinlarining ishtirok etishi tahlil qilingan hamda ikki til doirasida misollar orqali yoritilgan. So‘z o‘yinlari, ya’ni kalamburlar yangi frazeologik birliklarning yaratilishiga yordam beradi. “Tarixiy xotira”ni ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibidagi til o‘yinlari chog‘ishtirilayotgan fransuz hamda o‘zbek frazeologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini, ikki xalqning millat sifatida ijtimoiy-psixologik ruhiyatini namoyon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERACTION OF LANGUAGE GAMES IN THE EXPRESSION OF "HISTORICAL MEMORY" IN FRENCH AND UZBEK PHRASEOLOGY (IMPORTANCE)

This article analyzes the participation of puns and word games in the phraseological units representing historical memory in french and uzbek languages and illustrates them with examples within the two languages. The word games, so they are the puns help to create new phraseological units. The language games within the phraseological units representing the "historical memory" reflect the peculiarities of the french and uzbek phraseology being compared, the socio-psychological spirit of the two peoples as a nation.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ VA O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASIDA“TARIXIY XOTIRA”NI IFODALASHDA TIL O‘YINLARINI O‘ZARO TA’SIRI (AHAMIYATI)»

FRANSUZ VA O'ZBEK FRAZEOLOGIYASIDA" TARIXIY XOTIRA"NI IFODALASHDA TIL O'YINLARINI O'ZARO TA'SIRI (AHAMIYATI)

Djafarova Dildora Ilxomovna

O'zMu, dotsent. dildora. djafarova@gmai. com

Annotatsiya: Mazkur maqolada fransuz va o'zbek tillarida tarixiy xotirani ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibida kalambur, so 'z o 'yinlarining ishtirok etishi tahlil qilingan hamda ikki til doirasida misollar orqali yoritilgan. So'z o'yinlari, ya'ni kalamburlar yangi frazeologik birliklarning yaratilishiga yordam beradi. "Tarixiy xotira"ni ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibidagi til o'yinlari chog'ishtirilayotgan fransuz hamda o'zbek frazeologiyasining o'ziga xos xususiyatlarini, ikki xalqning millat sifatida ijtimoiy-psixologik ruhiyatini namoyon qiladi.

Kalitso'zlar: tarixiyxotira, frazeologikbirlik, so'z o'yini, ibora, kalambur.

Аннотация: В данной статье анализируется участие каламбуров во фразеологических единицах, представляющих историческую память на французском и узбекском языках, и иллюстрируется их примерами на двух языках. Словесные игры, то есть каламбуры, помогают создавать новые фразеологизмы. Языковые игры внутри фразеологизмов, представляющих «историческую память», отражают особенности сравниваемой французской и узбекской фразеологии, социально-психологический дух двух народов как нации.

Ключевые слова: историческая память, фразеологизм, словесная игра, словосочетание, каламбур.

Absract: This article analyzes the participation of puns and word games in the phraseological units representing historical memory in french and uzbek languages and illustrates them with examples within the two languages. The word games, so they are the puns help to create new phraseological units. The language games within the phraseological units representing the "historical memory" reflect the peculiarities of the french and uzbek phraseology being compared, the socio-psychological spirit of the two peoples as a nation.

Keywords: historical memory, phraseological unit, word game, phrase, pun.

Tilshunoslikda "til o'yinlari" atamasi keng tarqalgan bo'lib, bu haqda olimlar turlicha fikr bildirib, izoh berishgan. Ma'lumki, birinchi bo'lib avstriyalik faylasuf L.

KIRISH

Vitgenshteyn. til o'yinlari tushunchasini o'zining "Filosofskie issledovanieya" asarida ishlatgan, uning ta'kidlashicha "til o'yinlari bu - tilda so'zlarni ishlatishning butun jarayoni, shuningdek, bolalar o'zlarining ona tillarini o'zlashtiradigan o'yinlardan biri sifatida tasavvur qilinishi mumkin" O'zimiz sezgan va sevmagan holatlarda, og'zaki nutqda til o'yinlari jarayonlariga duch kelamiz va ko'p ishlatamiz [1]. Mazkur konsepsiya nafaqat keyingi falsafiy an'analarga, balki tegishli atamani tilshunoslikning ilmiy apparatiga kiritilishiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Ilyasovning fikricha, "til o'yinlari" gumanitar va ijtimoiy fanlar, fikr doirasida doimiy harakatda bo'lib, ular aksariyat hollarda turli xil ilmiy munozaralar va tortishuvlar markazida tashkil topadi, hamda rivojlanadi" [3].

G. Raximqulovaning aytishicha, "til o'yini til bilan o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, uning maqsadi iste'dodli, bilimdon o'quvchi uchun o'zi bilan o'yin munosabatlariga asoslangan matndan estetik mamnuniyat olishdir" Haqiqatdan ham pedagogik faoliyatlarda shuni ta'kidlash kerakli "til o'yinlari" o'quvchilar orasida faollik, tezkorlikni amalga oshirish bilan birgalikda xotirani mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi [5].

Bizning fikrimizcha "til o'yinlarining tilshunoslik va boshqa fanlarni o'rganishda ahamiyati va o'rni beqiyos. Aynan tilshunoslikdagi ma'lum bir bo'limlarni o'zlashtirishda, ya'ni grammatika, fonetika, fonologiya, punktuatsiya, semantika, frazeologiyada keng ahamiyat kasb etadi. Mazkur "til o'yinlari" o'quvchi, talabalar orasida mavzuga doir qoida, mashqlarni eslab qolishda, bolalarning aqliy jarayonlarida, xotira rivojida, ularning tezkorligini oshirishda o'ziga xos xususiyatlarni amalga oshiriradi.

Sherbakovaning aytishicha "til o'yinlari ko'proq estetik jarayonlarda, ya'ni, jonkuyarlik, noinsoniylik, boylik, ochko'zlikni, qisqacha qilib aytadigan bo'lsak birinchi navbatda nasr va nazmni ifodalashda ishlatiladi" va chuqurlikka intilish) bilan bog'liq bo'lsa [6].

Tilshunos B.Norman esa til o'yinining quyidagi ta'rifini taklif qiladi. Uning fikricha "til o'yinlari tilning o'ziga xos estetik, ijtimoiy jarayonlarni, til tizimidagi "yumshoq" vaziyatlarni namoyish etadigan maqsadlardir. Bunday jarayonlar ko'proq nutq vaziyatlariga nisbatan ko'proq erkinlik baxsh etadi [4].

Zemskayaning ta'kidlashicha, "til o'yini"; degan umumiy atama ostida har qanday hodisalar ma'ruzachi nutq shakli bilan "o'ynaganda", nutq shakliga bo'lgan erkin munosabat estetik vazifani, hattoki eng kichik vazifani olganida ham birlashtiriladi" [2].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

"Til o'yinlari" ko'proq, ma'lum bir milliy tilning frazeologik birliklar fondini yaratishda ishtirok etib, o'tmish avlodlarning faoliyati, turmush tarzini ifodalaydi. Mazkur o'yinlar frazeologiyada o'tmish va kelajakni birlashtiradi, bu o'yinlar domiy rivojlanib, boyib boradi. [3].

MUHOKAMA

Hammamizga ma'lumki, tilshunoslikda frazeologiyadagi til o'yinlarini frazeologik birliklar tarkibidagi til resurslari bilan til birligining o'yin manipulyasiyasi jarayoni bo'lib, ko'proq bu jarayonlar mikrotektlar orqali ifodalanadi. Bunday mikrotektlar fransuz va o'zbek tilida ko'p bo'lib, frazeologik birliklar asosida ishtirok etadi. Masalan, fransuz tilida bunday iboralar, diniy, harbiy dafn marosimlarida, urf-odat, an'analarda, qadriyatlarda o'z aksini topgan va hozirgi kunga qadar til sohiblari tomonidan ishlatilib kelinmoqda.

Fransuz tilida passer l'arme a gauche iborasini so'zma-so'z tarjima qilsak, qurolni chap elkada olib yurish, tom ma'nosi "o'lmoq"ni anglatadi. Ma'lumki, qurol domiy o'ng elkada olib yuriladi, ayniqsa fransuz askarlari harbiy mashq, mustaqilliq bayram marosimlarida bir xilda saf tortib o'ng elkasida qurol bilan yuradi, bu esa askarlarda qulaylikni ifoda etadi. CHap elkada turgan qurol harbiylar uchun bir nechta noqulaylikni aks ettirgani uchun ham, ibora sifatida "o'lmoq"ni anglatadi.

Mazkur iboraning yana bir varianti o'rta asrlarga taalluqli bo'lib, frazeologik birlikning ma'nosi boshqacha talqin etilgan, ya'ni nikohdan keyin qarindosh oilalarning qalqonlari yangi gerbda birlashtirilishi mumkin bo'lgan. Bunday holda, erning gerbi o'ng tomonda, ayolning gerbi esa chap tomonda turishi belgilab qo'yilgan. Turmush o'rtog'i vafot etgan taqdirda, uning gerbi tasviri chap tomonga ko'chirilgan. Passer l'arme a gauche iborasini «Xudoga jon berish» degan ma'noni anglatgan. Ammo, tadqiq qilinayotgan frazeologik birlik ma'nosini keltirib chiqargan tarixiy voqealar, an'analar yo'qolib ketgan bo'lsada, fransuz tilida yo'qolgan emas, chunki uning hozirgi kunga qadar ushbu iboraning ishlatilishi so'zlar o'yini orqali ta'minlangan. .Fransuz tilida "passer" fe'lining ma'nosi juda ko'p bo'lib, "o'lmoq" ma'nosiga ham ega1. Bizning fikrimizcha ham, mazkur frazeologik birlikning til sohiblari tomonidan ishlatilishi nafaqat til o'yinlari orqali, balki "tarixiy xotira"ning ta'siri ham mavjud.

Fransuz tilida bu iboraning bir nechta variantlari mavjud bo'lib, turlicha ifodalangan. Masalan, faire passer le fleuret a gauche frazeologik birligi tarjimada "qilichni chap qo'li bilan ushlomoq", tom ma'noda "raqibning qo'lidan qilichini tortib olish, uni qurolidan mahrum qilish va uni o'ldirish" degan ma'noni anglatadi.

1 Le nouveau grand dictionnaire phraséologique français-russe.-Moscou.2005.-1159p.

257

Ma'lumotlarga qaraganda mazkur frazeologik birlik "tarixiy xotira"ga oid bo'lib, an'anaviy ravishda jang qilayotgan harbiy kishi yoki qilichboz qilichni o'ng qo'li bilan ushlab turadi.Mazkur iborada chap tomonning "noqulaylik" ma'nosini anglatadi.

Tarixdan ma'lumki, Amir Temur davrida ham jang san'ati jarayonida askarlarni Temur ikki qo'lda qilich ushlab mashq qilishga majbur qiladi. Hattoki, Amir Temurning jang mashqlarini o'rgatgan ustozi mashhur qilichboz Samar tarxon shunday deydi: "jangda dushman raqibining o'ng qo'lini odatda yaralab, ishdan chiqarish payida bo'ladi, o'ng qo'lini ishlata olmagan kishining o'likdan farqi qolmaydi".

Se lever du pied gauche / du mauvais pied frazeologik birligi so'zma-so'z tarjima qilsak, chap oyoqdan turib zarba berishni bildiradi, tom ma'noda "yomon kayfiyatda bo'lish"ni anglatadi. Haqiqatdan ham chap tomon noqulaylikni bildiradi, chunki fanda ma'lumki ko'pgina insonlar o'ng harakat orqali faoliyatni amalga oshiradi, ya'ni o'ng qo'l bilan yozadi, o'ng oyoq bilan qadam tashlaydi kabilar. Mazkur ibora o'zbek tilida ham mavjud bo'lib, "chap tomoni bilan uyg'onmoq" yoki "chap tomoni bilan turmoq" tarzifa ifodalanadi. Ammo, frazeologik birliklarning barchasida ham chap tomon "noqulaylik"ni bildirib, tom ma'noda "kayfiyati buzilgan"ni aks ettiradi.

O'zbek tilida chap tomon bilan bajarilgan harakatlar milliy an'ana, qadriyat, urf-odatlarda ham salbiy ma'no kasb etadi, ya'ni "yangi uyga o'ng oyoqda kirish", "uydan chiqayotganda o'ng oyoq bilan chiqish", "kelinlarni kuyov uyiga o'ng qadami bilan ostonadan kiritish" kabilarda o'tmishdan qolgan urf-odatlar zamirida chap tomon harakatlar salbiylikni anglatgan.

Partir du mauvais pied frazeologik iborasi tarjimada "chap oyoqda jo'nab ketish"ni, tom ma'noda esa "yomon kayfiyatda jo'nab ketmoq"ni bildirgan. Mazkur ibora tarixiy voqealar, urushlar, harbiy majburiyat asosida yaratilgan bo'lib, bu ham millatlarning odatlari, udumlari ifoda etgan, ya'ni o'g'il bolalar voyaga etgandan keyin harbiy burchlarini bajarish uchun armiyaga jo'nab ketayotganda uyning ostonasidan o'ng oyog'i bilan chiqishi o'tmish davrlardan buyon meros sanaladi. Bu ibora "tarixiy xotira"ni o'zida aks ettirib, hozirgi kunda ham ishlatiladi. Fransuz millati orasida esa ishni chap oyoq bilan boshlash yoki mehmonga borganda chap oyoq bilan kirish ham salbiylikni aks ettiradi.

Voir la lune a gauche iborasi tarjimada "chap tomonda oyni ko'rish"ni anglatsa, ibora sifatida "aldanish"ni aks ettiradi. Fransuz xalqida oyni chap tomondan ko'rish yomon alomat deb hisoblanadi, chunki o'ng tarafdagi oy omad, baxt bilan

NATIJALAR

bog'liq bo'lib, uto paydo bo'lgan biгinchi yosh oyni chap tomondan ko'rinish baxtsizlikni keltiгib chiqaгadi deb o'ylashadi. O'zbek tilshunosligida "oy tug'di" iboгasi mavjud bo'lib, "yangi oy"ning paydo bo'lganiga ishora qiladi. Masalan, Oy tug'di 1) yangi oy boshlandi. Oy tug'ib, mo 'Ijaliyaqin etdi.

XULOSA

Bizning fikrimizcha, frazeologik bMiklaMagi so'z o'yinlaгi millatlaming tarixiy jarayonlari, kundalik turmush tarzi, yashash sharoiti, hattoki zamonaviy hayot haqiqatlaгini o'z ichiga olib, ulami "taгixiy xotira" oгqali keyingi milliy-lingvistik jamoaga etkazadi. SHu bilan birgalikda frazeologiya til sohiblarining tilda aks etish tajribasini mustahkamlab, "taгixiy xotiгa"ni til o'yinlari oгqali namoyon qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Витгенштейн.Л. Философские исследования. Новое в зарубежной лингвистике. Вып. 16. - М., 1985. - С. 79-128.

2. Земская, Е.А., Китайгородская, М.А., Розанова, Н.Н. Языковая игра. - М., 1983.- С. 172-214.

3. Ильясов, P.P. Игра как предмет философского познания: онтологический и гносеологический аспекты: Автореф. дис. ... д-ра филос. Наук. - Уфа, 2006. -46 с.

4. Норман, Б.Ю. Игра на гранях языка [Текст] / Б.Ю. Норман. - М.: Флинта : Наука, 2006. - 344 с.

5. Рахимкулова, Г.Ф. Проза Владимира Набокова в зеркале языковой игры. -Ростов-на-Дону: Изд-во Рост, ун-та, 2003. - 320 с.

6. Щербакова, А.В. Лексико-фразеологические средства создания языковой игры в художественной прозе авторов «Сатирикона» (на материале произведений А. Аверченко, Н. Тэффи, С. Черного): Авто- реф. дис. ... канд. филол. наук. - Иваново, 2007. - 18 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.