Научная статья на тему 'FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TO‘QIMA FRAZEOLOGIZMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI'

FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TO‘QIMA FRAZEOLOGIZMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
631
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
toponim / frazeologik etimologiya / milliy-madaniy / o‘zlashma / assositativ bog‘liqlik / to‘qima toponim komponentlar / kalambur. / toponym / phraseological etymology / national-cultural / borrowing / associative connection / fictional toponymic components / calembour. KIRISH

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kurbonova Gulsara Sodikovna

Mazkur maqolada fransuz tilidagi to‘qima toponim komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari kalambur uslubiy vositalari asosida o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF TISSUE PHRASEOLOGIES IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES

In this article, the national and cultural features of fictional toponymic component phraseological units are studied based on the stylistics calembour's.

Текст научной работы на тему «FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TO‘QIMA FRAZEOLOGIZMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI»

FRANSUZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI TO'QIMA FRAZEOLOGIZMLARNING CHOG'ISHTIRMA TAHLILI

Kurbonova Gulsara Sodikovna O'zMUfilologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

[email protected]

tel: (90) 9168423

Annotatsiya: Mazkur maqolada fransuz tilidagi to'qima toponim komponentli frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlari kalambur uslubiy vositalari asosida o 'rganiladi.

Kalit so'zlar: toponim, frazeologik etimologiya, milliy-madaniy, o'zlashma, assositativ bog'liqlik, to'qima toponim komponentlar, kalambur.

Аннотация: В данной статье национально-культурные особенности

вымышленных топонимических компонентных фразеологизмов изучаются в основе стилистических каламбуров.

Ключевые слова: топоним, фразеологическая этимология, национально-культурная, заимствование, ассоциативная связь, вымышленные топонимические компоненты, каламбур.

Abstract: In this article, the national and cultural features offictional toponymic component phraseological units are studied based on the stylistics calembour's.

Key words: toponym, phraseological etymology, national-cultural, borrowing, associative connection, fictional toponymic components, calembour.

KIRISH

Tahlilga tortilgan ikki til doirasida mavjud geografik toponimlardan tashqari yasama geografik nom bilan bog'liq frazeologik birliklami ham uchratishimiz mumkin. Bu guruhga kiruvchi aksariyat frazeologizmlar madaniy uslubiy vosita sanalgan kalambur yoki so'z o'yini yordamida hosil bo'ladi.

Kalamburlarni tushunish uchun madaniy axborotni aslidagidek qayta tiklash zarur. Bunday to'qima toponimlarning tabiiy toponimlardan farqi ob'ektni tavsiflashdan iborat. Ko'chma ma'no metafora hodisasi tufayli yuz beradi. Kalambur, turg'un so'z birikmasi yasovchilik xususiyatiga ko'ra eng mahsuldor uslubiy vosita hisoblanadi. Kalambur oddiy so'zlashuvda keng qo'llaniladi, shuningdek, yozuvchilar asarlarida undan muhim obrazli va ekspressiv-emotsional ta'sirchan vosita sifatida foydalanishadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Fransuz va o'zbek tillaridagi to'qima frazeologizmlarning chog'ishtirma tahlili obyektiv ochib berildi.O'zbek va Fransuz tillaridagi to'qima frazeologizmlarnmg shakllanish davri tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Балли Ш. "Общая лингвистика и вопросы французского языка" nomli kitoblari mantiqiy izchillik va asosiy manba sifatida tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Toponimlarning kalambur, so'z o'yini asosida yasalish an'anasi Fransiyada avvaldan mavjud. Kalamburning keng qo'llanilishi milliy xarakterdan tashqari fransuz tilining "ruhi"ni, uning xarakterli "o'ziga xosligi"ni ko'rsatadi.

A.G.Nazaryan kalambur frazeologizmlarni uch guruhga ajratadi. Bular quyidagilar:

1. Frazeologizmlar, komponentlaridan birining ikki tomonlama ma'nosi asosida quriladi (passer l 'arme à gauche).

2. Frazeologizmlarning omonimik komponentlaridan birining o'rni almashadi (raisonner comme un tambour, so'zma-so'z. baraban singari fikrlamoq; ma'nosi: noma 'qul gap aytmoq, bema 'ni gaplar gapirmoq; raisonner (fikrlamoq), résonner (yangramoq).

3. Onomastik kalamburli frazeologizmlar atoqli otlar va nomlarning ikki ma'noligi mavjud yoki o'ylab topilgan ma'nosi asosida qurilgan.

Ular orasidagi ikki xillikni ajratib ko'rsatish mumkin:

a) frazeologik birlik so'z va atoqli otning (ko'pincha, antonimlar) ohangdoshligi asosida quriladi, ular, xususan, to'qima birliklardir: sainte Nitouche - so'zma-so'z. Nitush; ma'nosi: hazil, gap ko'tarmaydigan odam, jizzaki (Nitouche = n'y touche) café de sainte Claire - so'zma-so'z. muqaddas Klara kofesi; ma'nosi: uncha achchiq bo'lmagan kofe (muqaddas Claire ismi clair(e) yorug' sifati bilan ohangdosh.

b) frazeologik birlik so'z va toponim to'qima toponimlarning o'zaro ohangdoshligi asosida quriladi: aller à Crevant - (so'zma-so'z. Krevanga jo'namoq) ma'nosi: vafot etmoq. Crever/o'lmoq fe'lidan Crevant soxta toponimi hosil bo'lgan; aller à Niort - (so'zma-so'z. Niorga jo'namoq) ma'nosi: qat'iy rad etmoq. Fransuz departamentining bosh shahri Niort deb nomlanadi, ibora nier/rad etmoq fe'lidan yasalgan [2, 238-239].

To'qima toponimik frazeologik birliklar 4 ta guruhga bo'lib o'rganildi.

1. Toponimli frazeologik birliklar tarkibidagi toponimlar nafaqat o'zining asosiy vazifasi(geografik ob'ektni nomlash)ni bajaribgina qolmay, balki madaniy-tarixiy

223

yoki ijtimoiy-iqtisodiy axborot etkazish vazifasini ham bajaradi. Masalan, Le rendezvous de Samarkand (so'zma-so'z.: Samarqandda uchrashuv, ma'nosi: taqdir bilan uchrashuv) toponimik frazeologizmi "Ming bir kecha" ertagiga aloqador ibora. Bog'bonga ajal ertasi kuni jonini olgani bog'ga kelishini xabar qiladi, bu xabarni eshitgan bog'bon shu kechasiyoq xo'jayini bilan kelishgan holda Samarqandga qochib ketadi, biroq taqdirdan qochib qutilib bo'lmaydi, ajal bilan uchrashuv o'sha aytilgan muddatda Samarqandda sodir bo'ladi. Une conduite de Grenoble (so'zma-so'z.: Grenobl xulq-atvori) ma'nosi : qo'pollik bilan eshik ortiga qo'ymoq. Ibora Lyudovik XIII ning Dofine provinsiyasining gubernatori marshal de Ledigeraga (1543-1626) tegishli, u Grenobldan aholisi bilan birga quvilgan bo'lib, shaharga ogohlantirishsiz kirib keladi.

2. Toponomik frazeologik birlik tarkibiga utopik falsafiy dunyoqarashni aks ettiruvchi okkazional toponimlar qiradi. Masalan, pays de Cocagne - ertaklar mamlakati, farovon hayot va bekorchilik, erdagi jannat (so'zma-so'z.: Kokan mamlakati, shirinliklar mamlakati.) Birinchi marta bu ibora eski fransuz epik poemasi "Aymeri de Narbonne" ("Narbon Emerisi") asarida qayd etilgan bo'lib, u joy hamma baxtli yashaydigan, er yuzidagi jannatni ifodalaydi. Uyning devorlari turli xil noz-ne'matlardan qurilgan....daryoning bir tomonidan qizil vino, bir tomonidan oq vino oqadi; haftada uch marta issiqqina pirojniy yomg'iri yog'adi.... [3, 329].

3. Toponomik frazeologik birliklar so'z o'yini asosida quriladi: Aller à Argenton - (so'zma-so'z. Arjantonga jo'nab ketmoq) ma'nosi: pul ishlamoq. Argenton argent/pul so'zidan hosil bo'lgan; aller à Cachan - yashirinmoq, Cachan se cacher/bekinmoq fe'lidan hosil bo'lgan); aller à Montretout (argo) - (so'zma-so'z. Montretuga jo'nab ketmoq) ma'nosi: shifokor ko'rigidan o'tmoq. Montretout montre tout/barchasini ko'rsat so'zidan yasalgan.

4. Toponomik frazeologik birlik tarkibida so'z o'yini haqiqatda mavjud joy nomlari bilan ishtirok etadigan topokomponent mavjud bo'ladi. Masalan, teatr aktyorlarining professional tilida aller à Rouen - (so'zma-so'z.: Ruanga jo'namoq) ma'nosi: tomoshabinlar hushtagiga uchramoq muvaffaqiyatsizlikka uchramoq. Ruan astionimining g'ildirak harakati nomi bilan ohangdoshligi (Rouen/ supplice de/roue)ga asoslangan. Bunday frazeologik birliklarni ta'riflashda A.G.Nazaryan kalambur frazeologizmlar [2,55-56] terminini qo'llagan. Mazkur ibora tarixiy xotira va nutqiy xotiraning birikuvi natijasida paydo bo'lgan. Aller à + toponim konstruksiyali geografik kalamburlar yasalishi uchun fransuz tili juda sermahsul til sanaladi. Aller à Versailles - (so'zma-so'z.: Versalga jo'namoq). qulamoq, zovurga

umbaloq oshib tushmoq, Verser (ag'darmoq, qulatmoq) va Fransiyaning Versai shahri so'zlari bilan kalambur qo'llanilgan.

Fransuz tilida oronim, xoronim, oykonim va urbanonim komponentli o'ylab topilgan frazeologik birliklar ham uchrab turadi: marquis d'Argencourt qashshoq, kambag'al baron (so'zma-so'z.: markiz Arjankur). Idiomaning asosida Argencourt -to'qima geografik nom va à court d'argent iborasining talaffuzi o'xshashligiga asoslangan so'z o'yini yotibdi. Marquis de la Bourse Plate (bourse plate - o'sh hamyon) iborasi ham o'xshash so'z o'yini asosiga qurilgan; pivois de Blanchimont -(so'zma-so'z.: Blanshimon vinosi) oq vino. Blanchimont - montagne blanche so'zidan to'qilgan bo'lishi mumkin. Pivois - vinon nomi, uning bunday atalishiga sabab, uzum g'uddaga o'xshaydi, dialektda bunday meva qarag'ay g'uddasi deb atalgan. O'tmishda ko'pgina qahvaxonalarda qarag'ay g'uddasi nomli yorliq osiqlik turgan. Boshqa tadqiqotchilar pivois bu sallagul, piongulning qizil rangiga qiyosan olingan, deb hisoblaydilar; aller à Dormillon - (so'zma-so'z.: Dormiyonga bormoq) ma'nosi: uxlagani yotmoq. Dormillon so'z o'yini asosida qurilgan - dormir (uxlamoq) so'zidan geografik nom to'qilgan.

SHu tariqa so'z o'yini qilish fransuz frazeologiyasi uchun eng xarakterli belgilardan biridir. Bu so'z o'yinining o'ziga xosligi fransuz tili va fransuzlarga xos milliy ruhiyatning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq. SH.Balli ta'kidlaganidek, "...so'zlarning va bo'g'inlarning noto'g'ri bo'linishi kalamburni hosil qiladi; ular, ayniqsa, fransuz tilida osongina paydo bo'ladi. Bu esa tasodifiy emas, kalambur hosil bo'lishining asosiy sababi qisqartirilgan iboralardir" [1, 141].

Fikrimizcha, fransuz frazeologiyasida geografik nom kalamburlari va so'z o'yinlari fransuzcha yumoru hazilga moyillik hisini yorqin aks ettiradi. Fransuz xalqining bu milliy xususiyati zamonaviy fransuz tilidagi kalambur (so'z o'yini) asosida qurilgan frazeologizmlarda aniqroq voqelanadi.

O'zbek tilida kalambur toponimlar ikki xil usulda hosil bo'ladi: 1) oronimlar nomi bilan: Qo 'hi Qof - etib borish mushkul bo'lgan, kelib chiqishi etiqodiy tushuncha bilan bog'liq afsonaviy tog'. Bu so'z ishtirokida hosil bo'lgan frazeologik birliklar xalqning jonli tilida faol qo'llanilishi bilan shu guruhga kiruvchi boshqa toponim komponentli frazeologizmlardan farq qiladi. YOmon lof desa, ola Qof deydi; Qof - butun er yuzini o'rab olgan afsonaviy tog'; Turum tog'i abadiylik, doimiylik, barqarorlik ma'nolarini bildiradi. U Arabistondagi Turi sino tog'i nomidan yasalgan bo'lishi ham mumkin. YOtib eganga Turum tog'i ham chidamaydi [4, 111]. Varianti: YOtib eganga tog' ham chidamaydi.

2) anafor - fonetik uslubda, ya'ni so'z boshida bir xil tovushning takrorlanishi natijasida hosil bo'lgan hamda qofiya va uslubiy takror ohangdorlikka asoslanib yasalgan real nomlar bilan bog'liq frazeologik birliklar: YOmon somonxona kuydi desa, Samarqand kuydi, deydi; Otboshi, Arpa erinda horidi ot, Ot otang bo'lsa, qoziqni qoq-dayot (Hozirgi Qozog'iston hududida Otboshi, Norin, Arpa degan joylar bor); Oq qoptol ot Otboshi o 'tin o 'tlamas (Otboshi - joy nomi. Otning egar, jazliq qo'shiladigan - elkasi "qoptol" deyiladi) kabi alliteratsiya uslubiy hodisasidan foydalanib yasalgan. YAxshi ot kelar Jizzaqdan, Qo'shsa kelar uzaqdan. Bunda Jizzax va uzoq so'zlar qofiya va shevaga moslab Jizzaq, uzaq deyilgan. Jizzax o'zining eng zotdor otlari bilan azaldan mashhur bo'lib kelgan; Xonqalining boyini, Xivalining kambag'alini bilib bo'lmaydi; SHovotdan sharillab o't; Kayvoni kerak bo 'lsa Gurlanga bor; Xonqaga manzirat qil kabi iboralar shular jumlasidan.

O'zbek tilida toponim komponentli frazeologik birlik tarkibidagi topokomponetlarning hosil bo'lishida fonetik o'zgarishlarning o'ziga xosligi tilning milliy-madaniy xususiyatlarini namoyon etadi.

Xulosa shuki, tilning frazeologik fondi, xususan, toponim komponentli frazeologizmlar madaniyat va xalq mentaliteti xususidagi eng qimmatli manba bo'lib, ularda xalqqa tegishli bo'lgan rivoyatlar, urf-odatlar, an'analar, diniy marosimlar, odat, axloq, xulq-atvor va hokazolar o'z aksini topadi. Frazeologizmlarda hamisha xalq dunyoqarashi, o'z davrining g'oyalari, ijtimoiy qurilishi bilvosita tarzda aks etadi.

1. Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. - М.: Эдиториал УРСС, 2001. - 416 с.

2. Назарян А.Г. Фразеология современного французского языка. - М.: Высшая школа, 1987. - 288 с.

3. Скоробогатова Т.И. Французская фразеология в зеркале исторической памяти. - Ростов-на-Дону: Логос, 2009 - 212 с.

4. Шомаксудов Ш., Шорахмедов Ш., Маънолар махзани. - Т.: Узбекистон миллий давлат энциклопедияси, 2001. - 448 б.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.