Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI'

O‘ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1177
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / maqol / salbiy xarakter / obraz / mazmun / ko‘chma ma’no / folklore / proverbs / negative characters / images / content / metaphors

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Kobilova, Nursulton Shayxislamov, Mushtariy Raimova

Xalq og`zaki ijodining qadimiy namunalaridan biri hisoblangan maqol boshqa janrlardan o‘zining qisqa, lo‘nda, obrazli va chuqur mazmunga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Maqollar orqali har bir xalqning o‘ziga xos qadimiy va boy manaviyati namoyon bo‘ladi. Maqollar mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma-xil bo‘lib, mazmun jihatdan o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanilishi mumkin. Maqollar uchun obyekt sifatida shaxslar, narsa-buyumlar va shu bilan birga, hayvonlar ham olinadi. Maqollar, asosan, didaktik xarakterga ega bo‘lib, Bahodir Sarimsoqovning ta`kidlashicha, “Maqollar ham o‘z ham ko‘chma ma’noda qo‘llana olish imkoniyatiga egadir. Bu xususiyat maqollarning tematik doirasini, qo‘llanilish darajasini kengaytiradi”.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE-SEMANTICAL ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH PAREMIOLOGICAL UNITS

The proverb, which is one of the oldest examples of folklore, differs from other genres by its short, concise, figurative and deep meaning. Proverbs show the ancient and rich spirituality of each nation. Proverbs are very rich and varied in subject matter, and can be used in their own right or in their figurative sense. Objects for proverbs are taken as individuals, objects, and, at the same time, animals. The proverbs are mainly didactic in nature, as Bahodir Sarimsakov points out, “Proverbs can be used both figuratively and figuratively. This feature expands the thematic scope and scope of the articles”.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI»

O'ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-

SEMANTIK TAHLILI

Nafisa Kobilova Nursulton Shayxislamov Mushtariy Raimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected] [email protected] [email protected]

ANNOTATSIYA

Xalq og'zaki ijodining qadimiy namunalaridan biri hisoblangan maqol boshqa janrlardan o'zining qisqa, lo'nda, obrazli va chuqur mazmunga egaligi bilan alohida ajralib turadi. Maqollar orqali har bir xalqning o'ziga xos qadimiy va boy manaviyati namoyon bo'ladi. Maqollar mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma-xil bo'lib, mazmun jihatdan o'z ma'nosida yoki ko'chma ma'noda qo'llanilishi mumkin. Maqollar uchun obyekt sifatida shaxslar, narsa-buyumlar va shu bilan birga, hayvonlar ham olinadi. Maqollar, asosan, didaktik xarakterga ega bo'lib, Bahodir Sarimsoqovning takidlashicha, "Maqollar ham o'z ham ko'chma ma'noda qo'llana olish imkoniyatiga egadir. Bu xususiyat maqollarning tematik doirasini, qo'llanilish darajasini kengaytiradi". [1]

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, maqol, salbiy xarakter, obraz, mazmun, ko'chma ma'no

COMPARATIVE-SEMANTICAL ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH

PAREMIOLOGICAL UNITS

Nafisa Kobilova Nursulton Shaykhislamov Mushtariy Raimova

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected] [email protected] [email protected]

ABSTRACT

The proverb, which is one of the oldest examples of folklore, differs from other genres by its short, concise, figurative and deep meaning. Proverbs show the ancient and rich spirituality of each nation. Proverbs are very rich and varied in subject matter, and can be used in their own right or in their figurative sense. Objects for proverbs are taken as individuals, objects, and, at the same time, animals. The proverbs are mainly didactic in nature, as Bahodir Sarimsakov points out, "Proverbs can be used both figuratively and figuratively. This feature expands the thematic scope and scope of the articles". [1]

Keywords: folklore, proverbs, negative characters, images, content, metaphors

KIRISH

Xalq maqollarida hayvon nomlari ya'ni zoonimlarning qo'llanilishi juda ko'p uchraydi. Zoonimlar qo'llangan maqollarning deyarli barchasida majoziy xarakter ifodalanadi. Hayvon obrazlarini keltirish orqali insonga xos xususiyatlar hayvonlar orqali ko'rsatiladi, ya'ni maqollarda keltirilgan ibratli fikr aynan maqolda keltirilgan hayvonga qarata emas, aksincha, insonlarga qarata aytiladi. Ko'pincha, hayvonlar vositasida, salbiy xarakterli insonlarga dashnom beriladi, tanqid qilinadi. Har bir millatning o'ziga xos xususiyatlarini namoyon qiluvchi maqollari mavjud. Biz ushbu kichik tadqiqotimizda o'zbek va ingliz xalq maqollarini tuzilish hamda semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Masalan, Almost never killed a fly -ushbu ingliz xalq maqolini o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qiladigan bo'lsak, hatto pashshani ham o'ldirmagan gapi hosil bo'ladi, biroq o'zbek tilida pashsha hasharoti biroz salbiy ma'no kasb etadi. O'zbek tilida almost never killed a fly paremik birligining muqobili sifatida chumoliga ham ozor bermagan yoki qo'y og^zidan cho'p olmagan kabi frazeologik birligini keltirishimiz mumkin.

An as between two bundles of hay—ushbu paremik birlik o'zbek tiliga to'g'ridan to'g'ri Ikki bog"pichan orasida arosatda qolgan eshak tarzida tarjima qilinadi. Ammo semantik jihatdan mos keluvchi frazema esa Ikki quyonning ketidan quvgan ikkalasidan ham quruq qolar. Muloqot jarayoniga tayyor holatda olib kiriluvchi yuqoridagi kabi birliklar xalqlarning joylashuv hududi, milliy urf-odatlaridan kelib chiqqan holatda bir-biridan farqlanadi. Ammo barchasining markazida shaxsga tarbiya berish, ya'ni didaktik maqsad ko'zlanganligi bois semantik jihatdan bir xilliklarga ham ega.

MUHOKAMA

Zoonimlar qatnashgan maqollar ingliz tilida ham o'zbek tilida ham ikki xil maqsadda, ya'ni salbiy jihatlarni yoritish yoki tarbiyaviy maqsadga yo'naltirilganligi bilan ham birlashuvchi xususiyatga ega. Buni quyidagi maqollarning semantik tahlili orqali ham ko'rib o'tishimiz mumkin:

1. Bats in the belfry, To have- Minorasida ko'rshapalagi bor, ya'ni telba, o'zbekcha muqobili Telba tosh yig'ar. Bu maqolda ko'rshapalak zoonimi ishtirok etgan bo'lib, salbiy ma'no ifodalash uchun xizmat qilgan. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ingliz xalq maqollarida uchragan hayvon nomlari o'zbek xalq maqollarida umuman ishtirok etmasligi ham mumkin. Yuqoridagi maqolda qo'llangan ko'rshapalak zoonimi o'zbek xalq maqollarida qatnashmaydi. Buning sababi esa, maqollar tarkibida keladigan hayvon nomlari ham o'sha xalq yashash hududining geografik joylashuvi, tabiatiga va

eng asosiysi, qaysidir hayvonlarning ular hayotidagi o'rni va ahamiyati qanchalik katta yoki kichikligiga bogliqligidadir.

2. Better be the head of a dog than the tail of a lion - Arslonning dumi bo'lgandan ko'ra itning dumi bo'lgan afzal. Bu maqolga o'zbek tilidagi Arslonning o'ligi- sichqonning tirigi maqoli ekvivalent bo'la oladi.

3. Buy a pig in a pake, to- Qop ichidagi cho'chqani ko'rmasdan sotib olmoq.

Bu maqolning o'zbek tilidagi semantik jihatdan muvifiqi quyidagichadir: Savdogarga

sunma bo'yningni, Puch yong'oqqa to'ldirar qo'yningni.

4. Cat in gloves catches no mice a- Mushuk qo'lqopda sichqon tutolmas.

Bu maqolni "Burga tutmoq uchun ham barmoqni ho'llamoq kerak" maqoli bilan bir xil mano ifodalaydi deyishimiz mumkin.

5. Cat's away, when the mice will.

O'zbekcha ma'nosi: Mushuk ketsa, sichqon o'yin tushar. Ekvivalenti: Mushukning o'lgani- sichqonga to'y.

6. Fish begins to stink at the head. O'zbekcha ma'nosi: Baliq boshidan sasiy boshlaydi. Ekvivalenti: Baliq boshidan chiriydi.

7. Dogs bark, the but caravan goes on.

O'zbekcha ma'nosi: Itlar hurar, karvon esa o'tar. Bu maqol to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinganda ham muqobil variant bilan mosdir.

8. Dogs lie, let sleeping.

O'zbekcha ma'nosi: Uxlab yotgan kuchukni uyg'otmang. Ekvivalenti: Yotgan ilonning quyrug'ini bosma.

NATIJA

Hayvon obrazlari qatnashgan ingliz va o'zbek maqollarining har ikkala tildagi variantida har doim ham bir xil hayvonlar ifodalanmasligi mumkin. Yuqoridagi maqolda inglizcha variantda "dog", ya'ni "it" ishlatilgan bo'lsa, o'zbekcha variantida "ilon" obrazidan foydalanilgan. Lekin bu o'zgarish bilan maqolning mazmuni o'zgarib qolmagan, har ikkalasida ham ehtiyotsizlik, e'tiborsizlik ma'nosi ifodalangan.

O'zbek va ingliz xalq maqollarini solishtirib ko'rilganda "it", "mushuk", "baliq" zoonimlari nisbatan ko'proq uchraydi.

XULOSA

Yuqoridagilarga xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, paremiologik birliklar har bir xaqlning milliy urf-odati hamda ananalarini verbal vositalar orqali ko'rsatib beradi. Bu birliklarni qiyosiy o'rganish xalqlarning o'ziga xoslilari hamda

birlashtiruvchi jihatlarini aniqlashga yordam beradi. Paremik birliklarda qo'llangan zoonimlar ularning hududiy joylashuvi, milliy mentaliteti, diniy qarashlari bilan bog'liq holatda bir-biridan farqlanadi. Ammo semantik jihatdan bir xil ma'no ifodalaydiganlari ham talaygina. Tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etilganda, asosiy e'tibor paremalarning shakl xususiyatiga emas, balki semantikasiga qaratiladi. Hayvon nomlari turlicha bo'lishi mumkin, biroq ma'noviy jihatdan bir xil bo'lgan birliklar mavjud.

REFERENCES

1. Sarimsoqov B. O'zbek xalq maqollari. Toshkent, 1978.

2. Karamatova M.K., Karamatov H.S. Proverbs Maqollar. Toshkent, Mehnat, 2000.

3. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 7(3).

4. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTIKA, UNING ZAMONAVIY TURLARI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

5. Шайхисламов, Н. (2020). МАВ^ЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАИ ФАЩО ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences, (4).

6. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya - zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.

7. Shayxislamov, N. (2021). Nutqning sotsiolingvistik - paralingvistik va ekstralingvistik vositalari haqaida mulohazalar. The 21st Century Skills for Professional Activity, (1), 20-24.

8. Шайхисламов, Н. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт: "Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 54-60.

9. Shayxislamov, N. (2020). Hozirgi zamon tilshunosligida til va madaniyatning talqini. Scientific progress, 1(1).

10. Shayxislamov, N. (2020). So'z urg'usining o'zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.

11. Шайхисламов, Н., & Хафизова, С. (2020). Педагогика-тарбия хдкидаги фан: асосий тушунчалар хдмда унинг бошка фанлар билан богликлиги. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотларда талабаларнинг урни, 182-184.

12. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarini o 'qitishda kakografiya usulini qo 'llash. Янги Узбекистонни курит ва ривожлантиришда ёшларнинг фаоллиги, 317320.

13. Shayxislamov, N. (2020). Proverb as an object of linguistic analysis.

Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari, 31-33.

14. Шайхисламов, Н. (2020). Понятие заглавия с позиции когнитивной стилистики. Студенческий, 28(144), 32-33.

15. Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o 'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 3742.

16. Шайхисламов, Н. (2020). Тафсири интеграцияи синтакс бо морфология. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 427-429.

17. Shaykhislamov, N. (2020). The Role of Lingvoculturology in Speech Culture. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 136-140.

18. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.

19. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).

20. Shayxislamov, N. (2020). Turg 'un bog 'lanmalarning lingvokulturologik tahlili. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар укитишнинг узвийлиги, 522-523.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.