LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Nursulton Shayxislamov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada tilshunoslikning zamonaviy yo'nalishi hisoblangan lingvokulturologiya haqida mulohazalar yuritilgan. Lingvokulturologiyaning o'rganish sohasi haqida tahlillar berilgan.
Kalit so'zlar: madaniyat, tilshunoslik, madaniyatlararo muloqot, nutq, til, lingvokulturologiya, lingvomadaniyat.
STAGE OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF LINGUCULTUROLOGY
AS A SCIENCE
Nursulton Shaykhislamov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region [email protected]
ABSTRACT
This article discusses lingua-culturology, a modern branch of linguistics. An analysis of the field of study of lingua-culturology is given.
Keywords: culture, linguistics, intercultural communication, speech, language, linguo-culturology, lingua-culture.
KIRISH
Lingvokulturologiya - tilshunoslik va madaniyatshunoslikning o'zaro bog'liqliklaridan paydo bo'lgan fan bo'lib, u xalq madaniyatining paydo bo'lishini tilda ifodalanishi va mujassamlanishini tadqiq etadi. Bu ikki yo'nalishni, ya'ni tilshunoslik va madaniyatshunoslik o'zaro bog'lanishi oddiy bog'lanish emas, balki bu yangi ilmiy asoslangan yo'nalishning vujudga kelishidir. Shuning uchun bu hodisa tilshunoslik va madaniyatshunoslikning vaqtincha bog'lanishi bo'lmasdan, u fanning sistemalashgan tarmog'i bo'lib o'zining mustaqil maqsad, vazifa, metod va tadqiqot obyektiga ega bo'lgan fandir.
Shunday qilib, lingvokulturologiyani fanning maxsus tarmog'i sifatida shakllanishi XX asming 90-yillariga to'g'ri keladi. Lingvokulturologiyaning rivojlanish davri ikki turga bo'linadi: birinchi davr bu V.Gumboldt, A.A.Potebnya, E.Sepir va boshqa olimlar ishlarning rivojlanish davri, ikkinchi davr esa lingvokulturologiyani mustaqil o'rganish tarmog'i sifatida shakllanishidir. Fanning rivojlanish dinamikasi yana bir davr, ya'ni uchinchi davrni kuzatishni taqazo etadi, bu lingvokulturologiyani fundamental fan sifatida paydo bo'lishidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Barcha tillarda bo'lgani kabi o'zbek va ingliz tillarida ham millat madaniyati til birikmalari va frazeologizmlarida o'z aksini topadi. Misol sifatida ushbu tillarda ishlatiladigan murojaat so'zlarni keltirish mumkin. Inglizlar suhbatida sir, mister, gentleman, lady, miss, misses kabi so'zlar yoki kishining yoshidan qat'i nazar uning ismi bilan chaqirilishi mumkin bo'lsa, o'zbek tili nutqida ko'proq kishi ismidan keyin aka, opa, amah, xola, kelinoyi, bobo kabi so'zlar ishlatilib, notanish kishilar bilan suhbatda esa ushbu keltirilgan so'zlardan tashqari uka, singil, o'g'lim, qizim, opoqi kabi so'zlar qo'llaniladi.
Ma'lumki, madaniyat tildagi frazeologizmlarda so'zlardagidan ko'ra yaqqolroq namoyon bo'ladi. Misol sifatida, ingliz va o'zbek tillaridagi hudud va kishi nomlari ishtirok etgan frazeologik birliklarni keltirish mumkin. Masalan, ingliz tilida foydasiz ishga nisbatan Carry coals to Newcastle (Nyukasl - Angliya ko 'mir sanoati markazi), ayyorlikni ifodalashda Cokel Yorkshire over (Yorkshir aholisi ayyorligi bilan Angliyada mashhur) frazeologik birliklari hudud nomi bilan bog'liq bo'lsa, juda ilgari paytda bo'lgan voqeaga nisbatan ishlatiladigan When queen Anne was alive, ilojsiz tanlovga nisbatan Hobson's choise kabi iboralar kishi nomlari bilan bog'liq bo'lib ingliz madaniyatini o'zida aks ettiradi.
O'zbek tilidagi frazeologizmlarda ham shu kabi holat kuzatiladi. Misol tariqasida Bog'dodda hammayoq tinch, so'rab-so'rab Makkani tops abo'ladi, Xo'ja ko'rsincha, Alixo'ja-Xojaali, Alpomishdek yigit, Barchinoydek go'zal kabi frazeologik birliklar o'zida o'zbek madaniyatini aks ettirishini ko'rsatish mumkin.
Demak, har bir millat o'z tili va madaniyatiga ega bo'lib, madaniyat tilda turli til birliklari (leksemalar, frazeologik birliklar)da o'z aksini topishi til va madaniyatning bir-biri bilan chambarchas bog'liq ekanligini tasdiqlaydi.
O'zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarda obrazlilik xususiyatlarini lingvokulturologik jihatdan tahlil qilishda millatning o'ziga xos bo'lgan bir nechta xislatlarni kuzatdik. Quyida biz bu ikki tildagi frazeologik birliklarda obrazlilik
xususiyatlarini o'rganib, tahlil qilishga harakat qilamiz. Tahlil materiali sifatida o'zbek va ingliz tillaridagi maqollar, matallar va albatta frazeologizmlardan foydalandik.
All are not saint that go to the church (Cherkovga borganlarning hammasi ham avliyo bo 'lavermaydi)
Eshak Makkaga borgani bilan hoji bo'lmas. Ingliz tilidagi maqolni tahlil qiladigan bo'lsak, bu yerda ingliz xalqining e'tiqodi obrazi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Chunki inglizlarning aksariyat qismi xristian diniga e'tiqod qilishadi, shuning uchun ularni cherkovga borishadi deb aytilmoqda. Maqolda ingliz xalqiga xos bo'lgan o'zining diniga bo'lgan e'tiqod nazarda tutilyapti, bunga maqoldagi "saint" (avliyo, "church" (cherkov) obrazlari misol bo'la oladi.
MUHOKAMA
O'zbek tilidagi maqolda ham yuqoridagidek holatni kuzatishimiz mumkin. Eshak Makkaga borgani bilan hoji bo'lmas maqolida "Makka", "hoji" obrazlari o'zbek xalqiga xos bo'lgan e'tiqodni ifoda qilyapti. Agar o'zbek xalqi islom diniga emas, balki boshqa bir dinga e'tiqod qilganida bu maqol umuman paydo bo'lmasligi ham mumkin edi. Chunki har bir din o'sha millatning milliy e'tiqodi va odatidir.
Janubda yashovchi xalqlar madaniyatida oy alohida e'tirof bilan tilga olinadi. Ruslar ongida u qorong'ulik, oxirat bilan bog'lanib, ba'zida hayot va mamot bilan (жить «под луной», «в подлуном мире» - hammaning hayoti birdek sharoitda kichadi) tasavvur qilinsa, oy nuri boshqa slavyanlarda homilador hamda norasidalar uchun xavfli, ziyon keltiradigan hodisaga taqqoslanadi. Vyetnamliklarda esa boshqa Janubiy Osiyo xalqlaridagi kabi oyga munosabat tamoman boshqacha, ya'ni ular oy kalendari bo'yicha yashashadi, maxsus nishonlanadigan Oy bayrami bolalarning sevimli bayrami hisoblanadi. Go'zal, nozik va beg'ubor yosh qizlar oyga o'xshatiladi, sevishganlar oy yog'dusida gurunglashib, unga bag'ishlab she'rlar to'qishadi va qo'shiqlar aytishadi. Shuning uchun Vyetnam xalqi hayotidagi barcha ezguliklarni oy orqali tasavvur etadilar.
Shu kabi oyga munosabat o'zbek xalqiga ham mansub ekanligini alohida ta'kidlash lozim. Chunki o'zbeklarda oy quyoshdan nur olib, yog'du sochuvchi samoviy jismgina emas ("oyni etak bilan yopib bo'lmaydi" - maqol), balki "go'zal, chiroyli yuz" ("oy yuzing qora chimmat zulmidan qutiltirg'il. "Juda go'zal, juda ham chiroyli" ("Oy desa oyga, kun desa kunga o'xshaydi"), safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilash ("Oy borib omon qayt") ma'nolarida ishlatiladi. Shuni aytib o'tish joizki, rus xalqida ham "лицо, как луна" iborasi go'zallikka tan berishni anglatadi.
Bunga o'xshagan misollarni boshqa xalqlar madaniyatida ham ko'plab uchratish mumkin.
NATIJA
Turli xalqlar madaniyatida mavjud yuqorida keltirilgan o'ziga xosliklarning tilda aks ettirilishini o'rganish lingvokulturologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Lingvokulturologiya tilshunoslikning yosh, yangi sohasi bo'lsa-da, biroq unda frazeologik, konseptologik, leksikografik va lingvodidaktik yo'nalishlar shakllanib ulgurgan.
Mazkur fanning asosiy vazifasi - til bilan madaniyatning bog'liq tomonini, ya'ni madaniyatga oid tushunchalarning tilda va uning turli vositalarida ifodalanish usullarini o'rganish, til va xalq mentaliteti o'rtasidagi o'zaro aloqalarni tavsiflashdan iborat. O'zbekistondagi bir qator olimlar, xususan, A.Abduazizov, D.Ashurova, Sh.Safarov, O'.Yusupov, A.Mamatov va boshqa tadqiqotchilar lingvokulturologiya sohasiga salmoqli hissa qo'shib kelmoqdalar.
Lingvokulturologiya - madaniyat va tilning qo'llanish jarayoni maqomidagi o'zaro ta'sirlashuvlarni o'rganuvchi fandir. Lingvokulturologik tadqiqotlar sotsiolingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, lingvomamlakatshunoslik, madaniyatshunoslik va boshqa shunga yaqin sohalararo miqyosda olib boriladi.
Professor D.Ashurova fikricha, lingvokulturologiyaning eng muhim vazifalaridan biri - metodologik shrt-sharoitlarni aniqlashtirish, tadqiqotlarning konseptual qonun-qoidalari hamda madaniyat nuqtayi nazaridan ajratib olingan til birliklarini (lingvokulturemalar) tizimiga solish va tasniflash muammolarini ishlab chiqish hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, XIX asrda V.Gumboldtning til va tafakkur munosabatlarini o'rganishda millat madaniyatiga asosiy e'tibor berilishi lozimligi haqidagi mulohazalarni XX asrning 90-yillarida qator tilshunoslar tomonidan yangi fan yuzaga kelishiga sabab bo'lib, ushbu fan hozirgi zamon tilshunosligida o'ta tez sur'atlarda rivojlanib, umumiy tilshunoslikdan alohida o'rin egalladi.
REFERENCES
1. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).
2. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o 'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(3), 71-73.
3. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотлар, 36-37.
4. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, ^(Special Issue 3).
5. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, ^(Special Issue 3).
6. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.
7. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, ^(Special Issue 3).
8. Шукурова, М. А. (2020). СВЯЗЬ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С КУЛЬТУРОЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО НАРОДОВ. Science and Education, ^(Special Issue 3), 204-211.
9. Qurbonova, M. (2020). Methods for improvement of training competitions for classifications leading on the organization of independent works. Экономика и социум, (6), 240-244.
10. Курбонова, M. Ф. (2020). Ёшларда креатив тафаккурни шакллантиришнинг педагогик асослари. Халц таълими, 3.
11. Абдураимовна, Ш. М. (2019). Вопросы изучение фразеологических единиц в современной русской прозе. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, 105-108.