Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD – KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH'

ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD – KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18169
995
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
imlo / imlo qoidalari / mashqlar / to‘g‘rilash / kakografiya usuli / spelling / spelling rules / intentionally / exercises / error / correction / thought / cacographical method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nursulton Shayxislamov

Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish, xususan, kakografiya yo‘li, ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MODERN METHODS CACOGRAPHY IN TEACHING NATIVE TONGUE LESSONS

The article discusses the question of teaching the students the spelling rules on the basis of the method of cacography, i.e. the method of basis of error, correction of the texts which contain errors entered intentionally.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD – KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH»

ONA TILI DARSLARINI O'QITISHDA ZAMONAVIY METOD -KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH

Nursulton Shayxislamov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolda o'quvchilarga imlo qoidalarini o'rgatish, xususan, kakografiya yo'li, ya'ni maqsadli ravishda xatolarga yo'l qo'yilgan matnni o'quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to'g'rilash, kakografiya usuli

USE OF MODERN METHODS - CACOGRAPHY IN TEACHING NATIVE

TONGUE LESSONS

Nursulton Shaykhislamov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article discusses the question of teaching the students the spelling rules on the basis of the method of cacography, i.e. the method of basis of error, correction of the texts which contain errors entered intentionally.

Keywords: spelling, spelling rules, intentionally, exercises, error, correction, thought, cacographical method

KIRISH

Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog'idan boshlab qunt bilan o'qish, ilm va hunar o'rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda o'ziga xos ta'lim tizimi yaratildi: "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. Ularda ta'limning boshqa sohalari qatori ona tili ta'limiga ham alohida o'rin ajratilgan.

Ona tili o'quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og'zaki va yozma ravishda to'liq bayon qilishga o'rgatadi. O'quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi.

Ma'lumki, har bir milliy til o'zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg'u-alamlari-yu shodliklarini ham o'rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o'z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tilning o'ziga xos nafosatini o'quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta'limida an'anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so'rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo'ldi [1, 180-bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.

Kakografiya so'zi lotincha kakos — yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos — yozmoq so'laridan olingan bo'lib, muayyan maqsadni ko'zlab xatoliklarga yo'l qo'yilgan matnni tuzattirish orqali o'quvchilarga imloni o'rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida какофонический, какофония degan so'zlar mavjud bo'lib, ularga lug'atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g'aliz; uyg'unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig'indisi degan izohlar beriladiki, bu so'z semantikasiga salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko'ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog'liq g'alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga o'xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog'liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.

Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo'yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O'quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo'qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.

Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo'limlari bilan bog'liq amaliy darslarni o'tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o'quvchilarga unli va undosh tovushlar bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar berilgach, "Mustahkamlash darslari" yoki "Takrorlash darslari"da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e'tibor so'zlarning aytilishi va yozilishi o'rtasidagi farqqa qaratiladi.

Tajribadan ma'lumki, o'quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini puxta o'zlashtirmaydilar. So'larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek, o'quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so'zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo'ladi.

Masalan, o'quvchilarning og'zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden, obod, marvarid, shanba, mas 'ul, daryo kabi so'zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma 'sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi

www.scientificprogress.uz

bo'yicha ona tili darslarida yetarlicha bilim va malakaga ega bo'lganliklarini ko'rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida "O'zbek tilining imlo qoidalari"dagi "Ayrim unlilar va undoshlar imlosi" yuzasidan tegishli nazariy ma'lumotlar mavzular o'tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi:

So 'zlarni o 'qing, xato yozilgan o 'rinlarni topib, o 'zbek tilning imlo qoidalariga mos ravishda ularni to 'g'rilang va daftaringizga ko 'chiribyozing.

Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya, kampyuter, maylis va hokazo.

To'g'ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor, konferensiya, kompyuter, majlis.

Kakografik yo'nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan quyidagi natijalarga erishish mumkin:

• O'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;

• O'quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalarni xotirlashga, esga olishga harakat qiladi;

• Materiallarni bir-biriga solishtiradi, taqqoslaydi;

• Xulosalar chiqaradi, orfografik bilimlarni mustahkamlaydi.

MUHOKAMA

Ayniqsa, og'zaki nutqda h - x, b - p, d - t, z - s kabi birining o'rniga ikkinchisi ko'p qo'llaniladigan undosh tovushlarning imlosini o'rgatishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Bunda xato yozilgan so'zlarni o'quvchilarga slaydlar orqali ko'rsatish, sinf taxtasiga ataylab xato yozish, so'zlari xato yozilgan tarqatma materiallarni qo'llash kabi vositalardan foydalanish unumli. Masalan:

Xato yozilgan so'zlarni aniqlab, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilang va daftaringizga ko'chirib yozing.

Orombahsh, zahira, hoxish, xol-ahvol, hiyonat, ihlos, xar hil, xamma, Xindiston, hatti-xarakat, hayol

To'g'ri yozilishi: orombaxsh, zaxira, xohish, hol-ahvol, xiyonat, ixlos, har xil, hamma, Hindiston, xatti-harakat, xayol.

Kakografiya usuli leksikologiya bilan bog'liq mavzularni o'tishda ham qo'l keladi. Matn ichida bir tovush bilan farqlanuvchi dars-darz, bob-bop, mart-mard, qasr-kasr, qaram-karam, halok-halak, kaft-kift, asl-asil, asr-asir, oxir-axir-oxur, chog'-choq-choh singari paronim so'zlarni xato yozib, o'quvchilardan ularni to'g'rilab yozishni so'rash ulardagi bilimlarni mustahkamlashga olib keladi.

Xato yozilgan paronim so 'zlarni toping, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilab, daftaringizga ko'chiring.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

www.scientificprogress.uz

Birovga choq qazisang, o 'zing tushasan. Mart bir o 'ladi, nomart - ming. Qarz ikki qo 'ldan chiqadi. Onangni kiftingda ko'tarsang, singlingni kaftingda ko 'tar.

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,

Dovrug'i ham dardi sendek kim bor yana,

Xalq bo 'lishga haddi sendek kim bor yana,

Moziyni yot etay desang - xalq bo'l, elim! [4, 10-bet].

Gaplardagi choh, mard, momard, qars, kaft, kift, yod so'zlari noto'g'ri yozilgan. Buni faqat o'ylash, fikrlash, leksikologiya bo'yicha o'tilganlarni eslash, xotirlash va zaruriy xulosalar chiqarish orqaligina topish mumkin. Bu esa o'quvchilarning xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ulardagi mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

NATIJA

Kakografiyaning yana bir ko'rinishi matn ichida noto'g'ri berilgan so'zlarni to'g'rilashdan iborat.

Gaplarni o'qing, noto'g'ri yozilgan so'zlarni orfografiya qoidalariga mos ravishda ko 'chirib yozing.

Bug'day noning bo'masin, Bug'day so'zing bo'sin. Ma'zali so'zga qulog' charchamas. Toom lazati o 'zidan, Odam lazati - so 'zidan. Qulog 'dan kirgan soviq so 'z ko'ngilga borip muz bo'lar. Puling bo'masa bo'masin, shirin so'zing bo'sin. Tili shirinning do 'si ko 'p. Qatiq gap qarindoshga ham yoqmas.

To'g'ri yozilishi: Bug'doy noning bo'lmasin, Bug'doy so'zing bo'lsin. Mazali so 'zga quloq charchamas. Taom lazzati o 'zidan, Odam lazzati - so 'zidan. Quloqdan kirgan sovuq so'z ko'ngilga borib muz bo'lar. Puling bo'lmasa bo'lmasin, shirin so 'zing bo 'lsin. Tili shirinning do 'sti ko 'p. Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

Bunday topshiriqlar o'quvchilardagi ko'rish, eslash, narsalarni bir-biriga solishtirish va zaruriy xulosalar chiqarish kabi aqliy-ruhiy xususiyatlarning rivojlanishiga turtki bo'ladi.

XULOSA

Umuman olganda, biz - yoshlar vatanimiz O'zbekistonning qanotlarimiz. Bugun bizning oldimizda ona tilini o'rganish borasida yagona to'g'ri yo'l turibdi. Bizdan millatimizning bebaho boyligi, xalqimiz tafakkurining tengsiz javohiroti sanalgan o'zbek tilini mukammal o'rganishimiz, og'zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo'lishi talab etilmoqda. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi mumkin. Zero, davr o'qituvchidan ham, o'quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o'zlashtirishni talab etmoqda.

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3

REFERENCES

1. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).

2. Shayxislamov, N. (2020). So'z urg'usining o'zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.

3. Shayxislamov, N. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт: "Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.

4. Shayxislamov, N. HOZIRGI ZAMON TILSHUNOSLIGIDA TIL VA MADANIYATNING TALQINI. Scientific Progress, 7(1), 59-70.

5. Shaykhislamov, N. (2020). In the Field of Modern Linguistics-Linguoculturology. Мировая наука, (8), 33-36.

6. Шайхисламов, Н. (2020). Укувчиларнинг нущий компетенцияларни ривожлантиришда нуткнинг илмий-назарий изохд. Science and Education, 1(5).

7. Shayxislamov, N. (2020). Problems of sociolinguistics: status of the language. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim, 3, 279-281.

8. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука вXXI веке, 1(6), 390-393.

9. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда гендер жихдтлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309.

10. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o 'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(3), 71-73.

11. Shayxislamov, N. (2020). Nutqning paralingvistik va ekstralingvistik vositalari. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотлар, 36-37.

12. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

13. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

14. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

15. Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL KORPUSI YARATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI XUSUSIDA. Science and Education, 1(Special Issue 3).

16. Шукурова, М. А. (2020). СВЯЗЬ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С КУЛЬТУРОЙ РУССКОГО И УЗБЕКСКОГО НАРОДОВ. Science and Education, 7(Special Issue 3), 204-211.

17. Жабборова, О. М., & Бозоров, Н. Н. (2020). Ул ИТИШНИНГ КЛАСТЕР УСУЛИ. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 373-377.

18. Qurbonova, M. (2020). Methods for improvement of training competitions for classifications leading on the organization of independent works. Экономика и социум, (6), 240-244.

19. Курбонова, M. Ф. (2020). Ёшларда креатив тафаккурни шакллантиришнинг педагогик асослари. Халц таълими, 3.

20. Абдураимовна, Ш. М. (2019). Вопросы изучение фразеологических единиц в современной русской прозе. Образование через всю жизнь: непрерывное образование в интересах устойчивого развития, 105-108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.